Суббота, 23.11.2024, 14:34
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Oshiq.D (Qalbim daftari) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Oshiq.D (Qalbim daftari)
DadaxonДата: Вторник, 19.06.2012, 18:42 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 13
Репутация: 0
Статус: Offline
Bu yerga mittigina ijod namunalarimni joylab boraman. Maqsad: sizlarni fikringizni bilish va shu fikrlar yordamida qalamimni ötkirlash. Zero tanqid kelajak mevasi.
 
SokinaДата: Вторник, 19.06.2012, 19:04 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Dadaxon,tanqid kerak bölsa,albatta tanqid qilamiz,axir biz qalami ötkir hajivchilarmiz)))) bu hazil.Ijodingizga baraka.Omad!

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
DadaxonДата: Вторник, 19.06.2012, 21:48 | Сообщение # 3
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 13
Репутация: 0
Статус: Offline
Savol!
Qancha sevgi kerak, mexr muxabbat, ishqqa vafoyu sadoqat, qancha kerak sabr toqat. Mendan kechmasliging uchun, olislab ketmasliging uchun. Ayt ne töxtatar seni, qancha baxt va omad. Xijron tig'i yeg'latar meni, yetarmu sevsam to abad. Menla qolmog'ing uchun, mexr bermog'ing uchun. Shoir bölib sherlar yozaymu? xofiz bölib nola qilaymu? Tongda tushar shudring bölib, lablaringdan bösa olaymu? Sevgim qabul etmog'ing uchun, qoshimga bir qaytmog'ing uchun. Muxabbat bog'idan gullar olayin, poyinga jonimla birga töshayin. Söz aytmasang imo qil, aytgil gulim ne qilayin. Qöllarimdan tutmog'ing uchun, qalbingdan joy bermog'ing uchun. Qancha jafo tortmog'im kerak, xijronlarda qolmog'im kerak. Yana qancha kutay seni, ne istaysan, ayat neni? Orzularim bölmog'ing uchun, menla birga qolmog'ing uchun. Majnun saxro kezdi, Layli deya, Farxod daston böldi, Shirin deya. Oshiq.D ne bölsin seni deya, ado böldiku, ötda kuya kuya. Senga yor bölmoq uchun, oq libosda körmoq uchun...! Qancha sevgi kerak ayt!
 
SokinaДата: Вторник, 19.06.2012, 22:24 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Dadaxon, sizning ijodingizni kuzata turib Yurak deb sizga taxallus bergim kelgandi.Dadaxon Yurakning köngliga Allohimning O'zi orom bersin,deymiz.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
DadaxonДата: Суббота, 07.07.2012, 13:52 | Сообщение # 5
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 13
Репутация: 0
Статус: Offline
Sog'indim.!
Kunlar ketidan kun kelyapti, xayot xam davom etyapti. Yurakka chög' solgan közingni, sog'indim bir bor körgim kelyapti.
Keng dunyolar xam tordek göyo, bulutlarni quchgim kelyapti. Yuzinga yarashgan dona xolingni, sog'indim bir bor körgim kelyapti.
Quyosh xam negadir porlamay qöygan, bog'imda gullarim gullamay qöygan. Xijron yurakni makon etyapti, sog'indim bir bor körgim kelyapti.
Sen yöqsan quvonch xam tark etgan, kunlarimdan xalovat ketgan. Qoshingda bir zum turgim kelyapti, sog'indim bir bor körgim kelyapti.
Sochlaringa tushgan qordan xam, ishon jonim rashkim kelyapti. Öshal qora sochlaringni, sog'indim bir bor körgim kelyapti.
Betob qalbimga shifo izlab, sen tomon borgim kelyapti. Bosgan xar bir izing sizlab, sog'indim bir bor körgim kelyapti.
Sensizlik menga azob beryapti, közlardan yoshlar tinmay oqyapti. Shu azoblarga barxam berib, sog'indim bir bor körgim kelyapti.
Bu dunyo ishlariga qöl siltab, sen tomon uchgim kelyapti. Oshiq qalbim visol istab, sog'indim bir bor körgim kelyapti.
Charchadim yölinga zor boqishdan, qachon kelarkin deb kutishdan. Yurak seni tinmay söryapti, sog'indim bir bor körgim kelyapti.
She'rlarim ila dunyoni kömgim kelyapti, bu she'rlar sengaligin aytgm kelyapti. Yurakda töla xasrat ila, sog'indim bir bor körgim kelyapti! 17.12.2011.

Добавлено (02.07.2012, 17:46)
---------------------------------------------
Ketding!
Ketding özga qölidan tutib,
Men oshiqu zoring unutib.
Bergan axdingdan kechib,
Ketding özgani quchib.
Unda nechun sevasan
Sevgim öyin qilasan, Gar sevmagan bölsang
Nega vada berasan?
Qancha orzularim bor edi,
Barchasin barbot etding.
Pok sevgimizdan kechib,
Boylik ortidan ketding.
Xech kutmagan edim
Seni bevafolik qilishing.
Axir senga ishongandim,
Xayotim deya atagandim.
Shu ishonch bölib sabab
Sendan shubxa qilmabman,
To özganiki bölguningcha
Xech xam buni sezmabman.
Muxabbat qasrin tark etib
Boylik quliga aylanding.
Öz baxtingdan yuz burib,
Bevafo deya atalding.

Добавлено (02.07.2012, 17:52)
---------------------------------------------
Davomi:
Yuragimda qoldi bitmas jaroxat,
Xotiramga muxrlandi bu xaqorat.
Bilginki endi seni sevmasman,
Bu qilmishingni unutmasman.
Bugun qölim kaltadir
Erta bunday bölmaydi. Yaratgan egam xoxlasa
Yuzim baxtdan porlaydi.
Öshal kun kelganda
Köp afsus qilasan. Xato qilganingni anglab,
Qancha köz yosh tökasan.
Bir kun afsus qilasan!
09.03.2012

Добавлено (07.07.2012, 12:52)
---------------------------------------------
Qonli gul...
Yurakimdan qonlar oqdi,
Bir gul undi qonimdan.
U xam men kabi g'arib
Töyib ketgan jonidan.
Atrofida qancha gullar,
Qönar xar kun kapalak
Lek u bermas e'tibor
Öz gulin kutar intizor.
Quyosh nurlari kerak emas, unga öz guli kelsa bas.
Tomchi suvga zor emas,
Qonli qalbi yorishmas.
Qani qayda uning guli
Sog'inchdan yaproqlari qon
Borolmaydi olisdir yöli
Tomrida tugamoqda jon.
Qancha yomg'ir tökolmagan
Nozik yaproqlari
Bugun yakson etmoqda
Ishqning achchiq firoqlari.
Kutish uni ado etdi
Qisqa umr yöllarida
Qorlar uni kömib ketdi
Bu xayotdan olib ketdi.
Yetolmadi öz guliga
Bosh egdi taqdiriga
Qorlar yakun yasadi
Gulning qonli dardiga.

 
LoadingДата: Воскресенье, 08.07.2012, 07:39 | Сообщение # 6
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Menga ham juda yoqti.
Mutola qilish davomida albatta citatalar keltirib fikrimni aytib boraman.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
DadaxonДата: Среда, 18.07.2012, 10:11 | Сообщение # 7
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 13
Репутация: 0
Статус: Offline
Bugun yana seni esladim,
Xotiralardan vasling izladim,
Ketganinga sabab izladm,
Lek topmadim topolmadim.
Nega meni sevmading
Nega özgani tanlading
Sevgim kamlik qildimi
Yoki u boylik qildimi?
Aqlim charchadi xayollardan,
Javobi yöq söroqlardan
Qachon xoli bölaman
Sen qoldirgan
qiynoqlardan.
Bir zum senga
qayta olsaydim,
Xoling nedir
bilolsaydim,
Xech bölmasa xech
bölmasa,
Tushlarimda körolsaydim.
Bugun yana seni
esladim,
Qölarimga qalam olib,
Yana senga she'r bitdm,
Öqirmisan qölga olib!
Yaratildi 3 May

Добавлено (18.07.2012, 09:11)
---------------------------------------------
Ey dunyo qanday kunlarga kelib
qoldik,
Bölgan ishlarni körib lol qoldik.
Shu qadar tuban inson
böladimi,
Shularniyam yer kötarib
yuradimi?
Bir ayolning makriga
uchib,
Zebu-zarlarin körib darxol
quchib,
Kechib ketding
ayolingdan, Uyalmading xatto tört
qizingdan.
Ayol boshi bilan,
Bugun oila boqmoqda. Sendan
qolgan bolalarga,
Non topib
kelmoqda.
Sen esa roxat qilib
Bir ayolni quli bölib,
Yashayapsan shaxarlarda
Qishlog'imiz dog'i bölib.
Ayt, bu farzandlarda
Qanday gunox bor edi
Ota mexriga zor qilib ketishga
Senga kim xuquq berdi.
Erta indin böyi yetib
Bir chiroylik qiz böladi,
Sovchilar kelar xar tomondan
Ayoling töylar qiladi.
Lek shu baxt tatirmikan ularga
Davo böla oladimi bu kuygan
yurakka,
Ota oyog'iga bosh qöyar payt
Boshin egadi qaysi erkakka.
Naxot öylamaysan shu xaqda,
Sen xam özincha erkakda.
Tört qizni yetim qilb ketgan
Lanatlar bölsin sendagi yurakka.
Birkun kelib javob berasan
Yaratganni oldiga borgach,
Shunda afsus qilasan
Dözax olovin körgach.
Bu dunyo ötguvchidir
Bir zumda ötib ketadi,
Allox bilib turguchidir
Özi senga jazo beradi.
Ösha sen yor etgan ayol
U xam onaku axir,
Bir onaga qilib zavol
Qanday topadi iqbol.
Bu dunyo qaytar dunyo
Birkun albat qaytadi,
Kimdir kuch topib senga
Shu gaplarni aytadi.
Bir oilani xor qilding
Senxam birkun xor bölasan,
Tashlab ketgan bollaringni
Izlariga zor bölasan.
Ushbu she'rim senga yetib borsa
Sengalign darxol bilasan,
Balki parvo qilmassan
Balki öyga tolasan.
Bu she'rni seni yer qilish
Yoxud g'iybat uchun yozmadim,
Kimnidir yarasin tirnab
Qalbini örtash uchun yozmadim.
Shundoq xam yetimlar köp
Ularga mexr beraylik,
Öksik dillarni emas
Shod qalblarni köpaytiraylik.
Balki xali yoshdurman
She'rlarim sayozdir biroz,
Lekn xayot nelign bilaman
Yozganlarim yolg'on emas rost.
Ey birodar öqib fikr qil
Ög'ilmi qiz boriga shukur qil.
Shayton yöliga kirmagin
Tögri yölni tanlagin.!

 
misSOДата: Четверг, 19.07.2012, 21:49 | Сообщение # 8
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 40
Репутация: 7
Статус: Offline
Hayotiy mavzu, qalbni titratadi.

Любите тех, кто рисует на вашем лице улыбку)))
 
DadaxonДата: Среда, 25.07.2012, 12:41 | Сообщение # 9
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 13
Репутация: 0
Статус: Offline
Yig'lagim keldi!
Bugun yana bolalikka qaytgim keldi
Dardlarimni loy köchaga aytgim keldi,
Avvalgidek majnuntol ila döst bölib
Töyib-töyib yig'lagim keldi.
Yalang oyoq köchalarda öynab
Bolalarcha beg'ubor quvnab,
Öshal damlarni eslab
Töyib töyib yig'lagim keldi.
Ötib ketdi yoshlik chog'larim
Yetib keldi ulg'aygan yillarim,
Asta köpayib tashvishlarim
Töyib töyib yig'lagim keldi.
Döstlarim yovlarga sotdilar
Suyganim kulib ketdilar,
Xar ötgan turtib ötdilar
Töyib-töyib yig'lagim keldi.
Xar joyda aldov yolg'onlar
Qalblarda shubxayu gumonlar
Bugun shamollar xam özgacha yeldi
Töyib-töyib yig'lagim keldi.
Dardim aytay desam tinglaguvchi yöq,
Yiqilsam gar biron qöllaguvchi yöq
Senman biron sizlaguvchi yöq
Töyib-töyib yig'lagim keldi.
Yig'lay desam közimda yosh yöq
Azoblarga ortiq bardosh yöq
Közimga yosh emas qonlar keldi
Töyib-töyib yig'lagim keldi!
 
SokinaДата: Суббота, 15.09.2012, 11:41 | Сообщение # 10
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Dadaxon,nega töxtab qoldingiz? Faqat daftarga yozib yurmasdan yozing buyergayam)

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter