Суббота, 23.11.2024, 14:33
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Sodda (Giyos yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Sodda (Giyos yozgan hikoya)
GiyosДата: Среда, 19.11.2014, 21:57 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sodda.
 
-      Kechirasiz? Bir daqiqaga menga qarab yubora olasizmi?
-      Menmi? Eshitaman.
-      Meni tanimadizmi?
-      Yo’q... Eslay olmayapman.
-      Men Maftunaman.
-      ...
-      Puchuqoyman.
-      ... (Aslida uni tanigandim. Faqatgina tanimaganlikka oldim.)
 
6 yil avval...
 
U bilan birinchi uchrashuvimiz hiyobonda bo’lgan edi.
Ushanda men o’rindiqda o’tirgandim. U yonimga yig’lab kelib, o’tirdi. Men
boshida ozgina hijolat bo’ldim. Turib ketmoqchi ham bo’ldim, lekin qalbim
negadir undan nima bo’lganini so’ra deyotgandi.
 
-      Kechirasiz. Nega yig’layapsiz?
-      ...
-      Balki yordamim kerakdir?
-      Yordam bera olmaysiz...
-      Yo’q, nega? Balki qo’limdan kelar.
-      Meni, akam... (ko’z yoshlarini artib). Meni, akam uydan haydab yubordi.
-      Nega haydab yuboradi? Qanaqa qilib?
-      Kenayim bilan ko’p urishardik. Yaramas kenayim gij-gijlab shundayqildirtirdi.
-      Ota-onangiz indashmadimi?
-      Ota-onam yoshligimda o’tib ketishgan. Tog’amni qo’llarida katta bo’ldik.Akam kattaroq bo’lib, o’zi ishlab, yana ozroq qarz ko’tarib, 2 xonalik uy sotib
oldi. Keyin tog’amnikidan chiqib ketdik. Sababi u yeda yashashimizga joy
qolmayotgan edi. Ular ham bolalarini uylantirishlari kerak edi. Joy kerak edi.
Shu sabab so’ngi paytlar oradan ko’p gap so’zlar o’tayotgadi. Tog’am aniq
qilib, chiqib ket deya olmasdiyu, lekin shunga shama gaplar qilardi. Shunga
chiqib ketdik. Keyin akam sevgan qiziga uylandi. Shundan so’ng aka-singillik
rishtamiz uzila boshladi. Oxiri haydab yubordilar.
-      Hm.
-      Hattoki men u uyda ro’yhatda ham yo’qman. Keyin qo’ydiramiz deb,qo’ydirmagandilar.
-      Achinarli. Endi nima qilmoqchisiz?
-      Bilmayman. (Yana yig’lab yubordi).
-      Qo’ying, yig’lamang. Tog’angiznikiga borsangizchi?
-      Buni iloji yo’q. Ular ham kelin tushirganlar. O’zligi kichik joydayashashadi. Menga joy yo’q.
-      Hohlasangiz akangiz bilan gaplashishim mumkin.
-      Aslo unday qila ko’rmang. Akam keyin meni o’ldiradi, “O’ynashingni yetaklabkeldingmi? – deb.
-      Ha, bu ham to’g’ri. Endi nima qilmoqchisiz?
-      Bilmayman. Boradigan joyim yo’q. Tog’amdan boshqa qarindoshlarimiz hamyo’q.
-      (Chiroylikkina qiz ekan. Ko’chada hor bo’lmasin deb, unga yordam bergimkeldi). Hohlasangiz, meni uyimda joy topguningizcha yashab turing.
-      Ota-onangiz nima deydi?
-      Ular chet elda ishlashadi. 1 yilda 1 marotaba kelishadi. 4 xona uyda biro’zim yashayman.
-      Uzr, sizni ovora qilgim kelmayapti.  
-      Ovorasi borakanmi?
-      Hijolat bo’layapman. (yig’lashdan to’xtab, ko’z yoshlarini artib qo’ydi).Siz bir o’zingiz yasharkansiz. Men qiz bola bo’lib sizning uyingizga borsam...
-      Qo’rqmang. Men sizni singlim deb qabul qilaman.
-      Qo’ying. Bu meni muammoyim. O’zim hal qilishim kerak. Bir kunimni ko’ribketarman.
-      Yo’q. Men sizga yordam beraman dedim. Endi so’zimni ustidan chiqishimkerak. Hecham hijolat ham bo’lmang. Ismingiz kim? Shuncha gaplashib,
so’ramabman.
-      Maftuna.
-      Ismingiz chiroyli ekan. Meniki Temur. Yoshingiz nechida?
-      18 da.
-      Meniki 22 da. Yuring ketdik unda. (Maftuna qanaqadir tortinib turgandi).Maftuna. Siz mendan sira cho’chimang. Men sizni singlimdek ko’rayapman. Siz ham
meni akangizdek ko’ring. Mayli, hech bo’lmasa o’zingizga boshpana
topguningizcha yashab turasiz.
-      Hop, mayli. Rahmat sizga.
-      Arzimaydi. Uyim uzoqda emas. Anavi ko’p qavatli uyni orqasidagi uy. 4qavatda yashayman. Hamma sharoitlari bor. O’zim mebel chiqarish korxonasida
ishlayman.
-      Tanishganimdan hursandman.
-      Nima kerak bo’lsa, tortinmay aytavering. O’z yaqiningizdek ko’ring.
-      Hop bo’ladi.
 
Shunday qilib uni uyimga olib keldim. Unga hamma
xonalarni tanishtirdim. Unga bitta xonani ajratib berdim. Ertasiga birga
bozorga olib borib, yangi kiyimlar olib berdim. 2 kun avval oylik olgandim. U
mendan juda hursand bo’ldi. Ota-onamga hech nima demadim. Bilishmagani maq’ul
deb o’yladim. O’zi ketishganligiga 1 oy bo’ldi. Kelishguncha bu qiz uy-joyini
topib ketsa kerak deb o’yladim. Maftuna 3-4 kun uyda o’tirdi. Keyin ish qidirib
ko’raman deb, ertalablari shahar aylanib kelardi. Men esa o’z ishimga borib
kelaverardim. 2 hafta deganda u supermarketga ishga joylashdi. U menga: “Ozroq
pul to’plab, ijarada yashagani chiqib ketaman”, - dedi. Men esa unga, shu yerda
yashayverishini, ijaraga pul to’laguncha, o’zi pul yig’ib, sotib olishini
maslahat berdim. To’g’ri, oz vaqtda uy sotib olishi qiyin. Menam yordam beraman
deb o’yladim. Shunday qilib, birga yashay boshladik.
Maftuna juda chiroyli qiz edi. O’zi oppoqqina, o’rtacha
gavdali, qomatlari kelishgan... Exx. Naqt malika edi. Bunday suluv qizni
avvallari ko’rmagandim. U doimo meni kelishimga, ovqatlarni pishirib, tayyorlab
qo’ygan bo’ladi. Uy supurilgan, ozoda. Kiyimlarimni ham yuvib qo’ygan bo’lardi.
Huddi o’zimni uylangandek his qilardim. 1 oycha yashaganimizdan keyin,
mahallamiz raisi meni chaqirtiribdi. U yoqqa bordim.
 
-        Assalomu Alekum. Chaqirtirgan ekansiz.
-        Voalekum Assalom. Keling Temurbek.
-        Keldik.
-        Sizni chaqirtirishdan maqsadimni bilsangiz kerak.
-        Yo’q, bilmayman.
-        Shundaymi? Uyingizda bir begona qiz yashayotgan ekan. Shuni yetkazishgandi.
-        Qoyil. Qo’shnilarimga gap yo’q.
-        U qiz kim? Nega siznikida yashayapti? Ota onangiz horijda.
-        U qiz... (negadir to’g’risini aytgim kelmadi. Undan ayrilib qolishdanqo’rqdim. Negadir uni mendan tortib olishadigandek tuyulishdi).
-        Ho’sh. Nega jim bo’lib qoldingiz?
-        U qiz bizni uzoqroq qarindoshimizni qizi. O’qishga kirmoqchi ekan. Shungashu yerda tayyorlanayapti.
-        Uzoqroq qarindoshimizni qizi deng. Yaxshi. Qayerda tayyorlanayapti?
-        Bilmadim. Qaysidir o’quv markazlarida bo’lsa kerak.
-        Shuncha payt birga yashab, so’ramadingizmi?
-        So’ramadim. Menga uni qizig’i yo’q.
-        Hop. Mayli. Ozgina kuzataylikchi. Keyin gaplashamiz. Sizga ruhsat.
-        Sog’ bo’ling.
 
Raisni xonasidan chiqib, bir narsani o’ylab qoldim. Nega
to’g’risini aytmadim. Negadir uni qizg’ondim. Yoqtirib qoldimmikan? Bo’lishi
mumkin emas. Lekin qizg’ondimku...
Uyga qaytayotsam, yo’lda o’rtoqlarimni ko’rib qoldim.
Meni qo’yarga qo’yman, yaqin atrofdagi kafega olib ketib qolishdi. U yerda
ozgina o’tirib, u-bu yeganimizdan keyin, Bobur gap boshlab qolishdi:
-        Uyinga bitta janonni olib kelibsan. Shokir ko’ribdi.
-        Qanaqa janon?
-        O’zingni bilmaganga olma. Bugun biz ham ko’rdik. Aynan poylab turdik.Ishmaganimiz uchun.
-        Yo’g’e.
-        Kim u? Qayerdan keldi? Nega keldi? Qanchadan to’layapsan?
-        U unaqa qizamas. U yaxshi qiz. Uyidan haydashgan ekan. Shunga menikidayashab turibdi.
-        XAXAXA. Bizni shu gaplaringga ishonadi deb o’ylayapsanmi? Bog’cha yoshidan o’tganmiz.Hozir bog’cha bolayam bu gapga ishonmaydi.
-        To’g’risi. Sizlarni nega aldayman.
-        Sen ichidan pishgan tullaksan, o’zing sodda ko’ringaning bilan. Lekinrostdan ham chiroyli qiz ekan. Zo’rini topibsan. Senga zo’rda. Ota-onang
uzoqda. Kvartirang tayyor. Hohlaganingcha o’ynab kulasan. Har hilini olib
kelmasdan, bittasi bilan doimiy yashash yaxshi. Kasal pasal yuqmaydi. Kallangga
gap yo’q.
-        Nimalar deb aljirayapsan? Men unaqa iflos emasman.
-        Hop, sen yaxshi bolasan. Unda qachon bizni mehmonga chaqirasan?
-        Seni kallang aynib qolibdi. Hech qanaqa mehmonga chaqirmayman. Jinnisan.
-        Jahli chiqishini qara. Huddi kimdir sevgan qizinga gapirayotgandekqizishasana? Shoshma? Balki u sevgan qizingdir?
 
Shu gapidan keyin u bilan mushtlashib ketdim. Bizni
ajratib qolishdi. Keyin uy uyimizga tarqaldik. Men Shokir bilan birga qaytdim.
U bilan uyimiz yaqin edi. Yo’lda uyoq buyoqdan gaplashdik. U menga:
-        Temur, senga bir gap aytsamde. Seni boshinga baxt qushi qo’nibdi. Qarade.Uyingda shunday janon yuribdi. Seni o’rningda bo’lganimda undan foydalanardim.
Hech kimi yo’q deyapsan. Uni sekin aldardim. Ko’ngliga yo’l topardim. Juda
bo’lmasa, senga uylanaman deyrdim. Bir gap bilan aytganda, ko’ndirardimda.
-        Yo’q. Men bunday qila olmayman.
-        O’zing bilasan. Men gap yo’g’ida aytib qo’ydimda.
-        Men unga sizni singlimdek ko’raman deganman.
-        Nima desam ekan. To’g’ri. Lekin shunday deganing bilan aslida aka singilemasanlar. Bu shunchaki gap o’rnida aytilgan. Yuqorida aytganlarim. Seni
o’rningda bo’lganimda, o’zim bilardim.
-        Boshimni qotirma. Men senga o’xshamayman. Men bir ko’chada qolgan qizgayordam berayapman.
-        Bilmadimkuya, lekin qizlar o’zidan o’zi ko’chada qolib ketib, begona erkakbilan birga yashamaydi. Nimadir maqsad bilan keladi. Yoki sendan taklif
kutayapti. Yoki boshqa maqsad.
-        Unga faqat uy joy kerak. Ko’chada qolgan.
-        Mayli. O’zing bilasan. Qaraginda.
 
Shokir bilan uyimga yaqinlashganimdan keyin xayrlashdik.
Kech qolib kelayotganim uchun eshikni ochish uchun Maftunani ovora qilgim
kelmadi. Uhlayotgan bo’lsa, uyg’otib nima qilaman dedim. O’zimni kalitim bilan
eshikni ochib kirdim. Tufligimni yechib, chekkaga qo’ydim. Chiroqni yoqdim.
Xonamga o’tib, kiyimlarimni yechdim. Sochig’imni olib, cho’milish uchun vannaga
qarab yurdim. Eshikni ochdimuu.... Eshik qulflanmagan ekan. Maftuna
cho’milayotgan ekan. Uni yalong’och badanini ko’rib qoldim. Men uni
cho’milayotganini bilmagandim. Shoshib qoldim. Kechirasiz deb, eshikni yopib,
xonamga kirib ketdim. O’zimni yotoqqa tashladim. Ancha charchagandim. Uyqim
kela boshladi. Ko’z o’ngimdan Maftunaning badani ketmadi. Umrimda birinchi
marta yalong’och qizning ko’rishim edi. Shokirni gaplarini o’ylay boshladim.
         Ertalab
o’rnimdan turib, choy ichgani oshxonaga o’tsam, nonushta tayyor ekan. Maftuna
ham usha yerda ekan. Bir birimizni ko’zimizga qarashga uyaldik. Bir so’z
aytishga ham uyaldik. Unga qarab turib, Puchuqqinam dedim. U yalt etib, menga
qaradi. Unga qarab, “Burningiz puchiqqina ekan. Endi ahamiyat beribman”, -
dedim va kulib qo’ydim. U ham kulib qo’ydi. Kechagi voqeani esdan chiqaramiz.
Bu tasodif edi. Men sizni uhlayotgan bo’lsangiz kerak deb o’ylagandim. U
bo’lsa, “Men sizni eshik qo’ng’irog’ini bosasiz deb o’ylagandim. Hayol bilan
hammomni eshikini yopmagan ekanman. Qisqasi sizni ham hijolatga qo’ydim. Meni
kechiring”, - dedi.
         Shu
suhbatimizdan keyin uni Maftuna emas, Puchuqqinam deb chaqira boshladim. Unga
ham bu yoqardi. Baribiram uning o’sha kuni ko’rganim, esimdan chiqmayotgandi.
         Birga
yashayotganimizga 3 oydan oshdi. Bir birimizga ancha o’rganib qoldik. U bilan
birga kinolarga, restoranlarga, parklarga bordik. U bilan qo’l ushlashib
yurardim. Qandaydir uni yaqin ko’rardim. Uni qattiq bag’rimga bosgilarim,
erkalagilarim kelardi. Lekin uni singlim deganim uchun bunday qila olmasdim. Miyamda
qandaydir bir ovoz, u singling emas. U seniki deb turardi. Rosti ham shunday
ediku. Uni bag’rimga bosishimga, puchuqqinam deb erkalashimga nima to’sqinlik
qilayapti. Shokir ham xaq. Balki keyin unga uylanarman. Yo’q. Unga shunday deb
aytaman...
         Uyga
borganimda, Maftuna ovqatlarni tayyorlab turgan ekan. Kiyimlarimni almashtirib
chiqib, birga ovqatlandik. Dilmdagilarni aytaman degandim, lekin ikkilandim.
Xonamga kirib, yotib uhladim. Ertalab ishga ketayotganimda, unga xonamni
tozalab qo’yishini iltimos qildim. Avvallari unga bu xonaga kirishiga ruhsat
bermagandim. Kirsa ham bor paytimda bir ikki bora kirgan. Qolgan payt eshikni
qulflab ketardim. Xonamda hamma narsalarim turardi. Xonani ochiq qoldirdimda,
o’zim ketdim. Bu bilan unga ishonchimni ko’rsatmoqchidim. Eshikdan chiqishim
bilan Shokirni ko’rib qoldim. U menga Maftuna bilan ancha opoq-chapoq bo’lib
qolganimni aytdi. Qo’l ushlashib yurganimizni ham. Katta yo’lga chiqib, uni
ortiqcha gaplaridan qutilish uchun duch kelgan taksilardan biriga o’tirib
ketdim. Uyga har doimgidan ozgina kech keldim. Maftuna uyda ekan. Xonamni kirdim.
Xonamni ozoda sarishta qilib yig’ishtirib qo’yibdi. Ko’rib hursand bo’ldim.
Keyin kechki ovqatni yeb, televizor ko’rdim. 
Maftuna xonasiga uhlash uchun kirib ketdi. Men qaysi kanalni ko’rishni
bilmasdan, boshqa kanallarga o’tkazdim. Bir chet el kanalida ishqiy film
bo’layotgan. Shunda to’xtadim. Uni ko’rib, extiroslarim oshib ketdi. Bo’ldi.
Hozir Maftunani o’zimniki qilaman deb, o’rnimdan turdim. Televizorni musiqiy
kanalga qo’yib, ovozini ko’tardim. Baqir chaqir qilsa, qo’shnilarga
eshitilmasligi uchun. Uning xonasiga qarab, ohista yura boshladim. Shu payt
telefonim jiringlab qoldi. Shokir ekan. Otasi yiqilib tushib, oyog’i sinibdi.
Shunga mashinaga ko’tarib chiqarishga yordamlashishga chaqiribdi. Nailoj
ketdim. Qaytib kelganimdan keyin esa... Extiroslarim so’nib bo’lgandi. Xonamga
kirib uhladim. Ertalab uyg’onib, Maftuna bilan nonushta qildik. Uni nigohlarim
bilan “yeb” qo’yardim. U uyalgandek, hijolat bo’lgandek yerga qarab qo’yardi.
Keyin u bilan xayrlashib, xonamni eshigini ochiq qoldirib, ishga ketdim.
Qanaqadir kayfiyatim yaxshi edi. Ishda ham mazza qilib ishladim. Uyga har
doimgi vaqtda keldim. Uyga kirdim. Maftuna ko’rinmasdi. Oshxonaga kirdim.
Kechki ovqat tayyorlanmagan. Maftunani xonasiga bordim. U yerda ham yo’q.
Hayron qoldim. U hech qachon ishidan kech qaytmasdi. Kech keladigan bo’lsa,
menga telefon qilib aytib qo’yardi. Muammosi chiqib qoldimikan deb qo’ng’iroq
qildim. Telefoni o’chiq. Havotir ola boshladim. Xonamga kirib yotdim. Uni
kelishini kutdim. Soat kechki 12:00 bo’lgan bo’lsa ham u kelmasdi. Nima
qilishimni bilmasdim. Uni qanday topishni ham. Uni qidirib ko’raman deb,
ko’chaga chiqib, aylanib keldim. Ishlayman deb aytgan supermarketiga ham
bordim. Yopilib bo’libdi. Uyga qaytib keldim. Balki uyga qaytgandir deb o’ylab.
Yo’q, uyga ham kelmabdi. Balki ubu dugonasinikiga ketgandir degan hayol o’tdi.
Xonamda yotib o’ylay boshladim. Balki u niyatim buzilganini sezib, qochib
ketgan bo’lsachi. Ha. Huddi sezib qolgan. Keyin qochib ketgan. Lekin xonasida
narsalari turibdiku. Qochadigan odam shuncha narsani nima qiladi. Qo’rqib
qochib ketgan. Shu hayollar bilan uhlab qoldim. Ertalab turdim. Xonalarni bir
bir aylanib chiqdim. Maftuna yo’q. Kelmabdi. Nonushta qilish ham ko’nglimga
sig’madi. Telefonim jiringladi. Hursand bo’lib ketdim. Yo’q. Telefon qilgan
Maftuna emas, Shokir ekan. Dadasini operatsiyasiga ozroq pul yetmayapgan ekan.
Shuni oylik olgunicha berib turishimni so’radi. Hop dedim. Xonamga kirib, pul
turadigan shikafimni ochdim. Qarasam, hech qanday pul yo’q. Hayron qoldim.
Shosha pisha boshqa tortmalarimni ham qaradim. Yo’q. Mashina olishga
yig’ayotgan pullarim. Keyin ota onam jo’natgan pullar. Birortasi ham yo’q.
Uyimga o’g’ri tushgan. Ha, ha. O’g’ri tushgan. To’xta. Ha. Maftuna olgan. Yo’q.
U unday emas. O’g’rilar kelib, Maftunani ham olib ketishgan. Militsiyaga
telefon qilaman. Shunday deb telefonimni olganimda, Shokir telefon qildi.
-        Temur, tushayapsanmi?
-        Shokir. Bilasami? Uyimga o’g’ri tushibdi. Hamma pularimni o’g’irlabdi.
-        Nima? Hazillashayapsanmi?
-        Shunaqa gap bilan ham hazil qilamanmi? Maftunani ham o’g’irlab ketishibdi.
-        Qanaqasiga? Qayerdan bilding.
-        U ham kechadan beri yo’q. Pullarimga kecha ertalab, yana qo’shibqo’ygandim. Hozir qarasam yo’q.
-        Balki usha qizingni o’zi o’g’rilab ketgandir.
-        U unaqa qiz emas.
-        Puling qayerda turardi.
-        Xonamda, tortmada.
-        U bilarmidi?
-        Yo’q.
-        Aniqmi?
-        Ha, aniq. Yo’q. Bilmadim. Kecha xonamni tozalatgandim. Ungacha xonamgakirg’azmasdim.
-        Hozir xonang yoyilib yotibdimi?
-        Yo’q. Hamma narsam joyida.
-        Bo’ldi, aniq. Usha qiz bir kun avval ko’rgan. Keyin olib ketgan. O’g’rilar,qidirayotganda, hamma yoqni yoyib tashlashadi. Yeb qo’yibsan do’stim.
Hamdardman. Har kimni ham uyga olib kelish kerakmas. Militsiyaga telefon qil.
-        Yo’q. Nima deyman. Birga yashardim deymanmi? Ortiqcha gap. Mahallada gapso’z bo’lib ketadi. O’zim qidirib ko’raman. Topa olmasam... Yaxshisi o’sha
mashinamni pulidan voz kechaman. Bu menga katta saboq bo’ldi. Ota onamni
pullarini kelishguncha ishlab toparman. Sadaqa.
-        To’g’ri qilasan. O’rnigda bo’lganimda men ham shunday qilardim.
 
Gaplashib bo’lib, Maftunaga qo’ng’iroq qildim. O’chiq.
Keyin ko’chaga chiqib, u ishlaydigan supermarketga bordim. To’g’risi birinchi
marotaba kelishim edi. U yerda avval aylanib yurib, uni qidirdim. Topa
olmagach, uni so’radim. Bu yerda unaqa ismli qiz ishlamagani aytishdi.
Telefonimda rasmini ko’rsatdim. Tanishmasligini etishdi. Undan qiz bu yerda
umuman ishlamagan ekan. Keyin taqdirga tan berib, ishxonaga ketdim. Chuv
tushganimga ishondim. Uni ishonchiga kiraman deb yurganimda, u meni ishonchimga
kirib bo’lgan ekan. Naqadar sodda, laqmaman. Shuncha payt ishlamay qayerda
yurgan ekan... Soddaman.
 
Hozirgi vaqt...
 
Hozirda yoshim 28 da. Hali ham uylanmadim. Qizlarga
ishonchim qolmadi. Uydagilar, uylan uylan deya, mingta qizni rasmini
ko’rsatishdi. Rad qilaverdim. Kimnidir sevib qolishga esa, yurak qolmagan. Bir
kuni kafeda o’tirganimda, yonimga bir tanish chehrali qiz kelib qoldi.
 
-      Kechirasiz? Bir daqiqaga menga qarab yubora olasizmi?
-      Menmi? Eshitaman.
-      Meni tanimadizmi?
-      Yo’q... Eslay olmayapman.
-      Men Maftunaman.
-      ...
-      Puchuqoyman.
-      ... (Aslida uni tanigandim. Faqatgina tanimaganlikka oldim.)
-      Temur aka. (u shunday deya, to’g’rimdagi stolga o’tirdi). Men Maftunaman.Sizni Puchuqoyingizman. (burnini puchiq joyini ko’rsatib qo’ydi).
-      Yo’q. Sizni tanimayman. Lekin ismimni bilar ekansiz. Bu kafeda ko’p kiribturaman. Kimdandir ismimni so’rab oldingizmi?
-      Yo’q. Sizdan kechirim so’ramoqchiman. O’sha payt men majbur bo’ldim. Akammeni shunday ishlar qilishga majburlardi. Kimni ilintirishimni u o’zi aytardi.
Siz haqingizda ham menga ma’lumotlarni to’plab bergandi.  
-      ...
-      U siz haqingizda ma’lumotlarni bir o’rtog’izdan. Adashmasam, ismi Shokiredi. Ushandan bilib olgandi. Men pullarni olib ketganimdan keyin militsiyaga
bermasligingiz uchun, Shokir sizni qaytarishi kerak edi. Avval u sizdan pul
so’rab, shu tariqa bildiradi. Agar militsiyaga beraman desangiz, fikringizdan
qaytartirar edi. Lekin siz o’zingiz militsiyaga bermaslikka qaror qildingiz.
-      ...
-      Sizdan uzr so’rashimdan maqsad, siz juda boshqacha edingiz. Sizdaka mehrnimenga hech kim bermagandi. Agar kechira olsangiz kechiring. Vijdonim qiynalib
ketdi. Vaqtliroq uzr so’ramoqchi edim. Afsuski, boshqa yoqda ham shunday
o’g’rilikdan so’ng, qo’lga tushib qolib... bir qancha vaqt turmada o’tirib
chiqdik. Chiqanimdan keyin mana sizni topdim. O’sha paytlar sizga xaqiqatni
aytgilarim kelardi. Lekin qo’rqardim. Meni kechiring. Iltimos.
-      Hikoyangiz ta’sirli ekan. Lekin to’g’risi sizni tanimayman. Baki siztaniydigan Temur bilan ko’rinishim va ismim bir hildir. Xayr. Yana bir gap.
Yaxshilik unitiladi. Yomonlik esa unutilmaydi. Siz o’sha payt buni o’ylashingiz
kerak edi...
 
Kafedan chiqib, Shokirga SMS yozdim. “6 yil avval
pullarimni o’g’rilab ketishda qatnashib, qanaqa do’stman deb yuribsan? Sendan
nafratlanaman! Ablah ekansan! Bir kun afsuslanasan!”.
Lekin bu SMS ni o’qish unga nasib qilmabdi. SMS yozgan
paytimda, pora bilan qo’lga tushib, mahkamaga so’roq uchun olib ketilayotgan
ekan...
 
FC_PAXTAKORДата: Четверг, 20.11.2014, 10:21 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
har kim ham do'sting bo'la olmas ekan
ajoyib hikoya
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter