Четверг, 21.11.2024, 18:12
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Hech kimsiz... (Giyos yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Hech kimsiz... (Giyos yozgan hikoya)
GiyosДата: Четверг, 08.08.2013, 15:58 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Hech kimsiz...

- Yo’q, dada. Men boraman. Tog’ga dam olgani borishim kerak. O’rtoqlarimga va’da berganman. Va’damni buza olmayman.
- Bormaysan dedim.
- Boraman. Bilasizku. Baribir aytganimni qilaman.
- Tinch yursang ham mayli edi. Janjalkash bola bo’lsang. Kechayam militsiya xonadan olib keldim. Janjallardan beri kelmasang. Uyda o’tir. Onangni havotirga qo’ymagin.
- Dada. Yigitchilik. Bunaqalar bo’lib turadi. O’zingiz ham rosa janjalkash bo’lgansizku. Onam aytib berganlar.
- Bo’lmagan gap. Men bosiq odam bo’lganman. Janjallarga aralashmasdim.
- Unda nega qamalib chiqgandingiz?
- Uni sababi boshqa edi.
- Aldamang.
- Men ko’rganlarimni sen ko’rmagin deyapman o’g’lim.
- Havotir olmang, menda unday bo’lmaydi.
- Uyda ishlar ham ko’p edi.
- Ukam borku. Usha qiladi. Qolaversa singlim ham ta’tilda. 2 kunda qaytaman.
- Onang bilan hayirlashib ket hech bo’lmasa.
- Tez qaytamanku, hayirlashib nima qilaman.
- Ketmasang bo’lardi. Ko’nglim g’ashda.
- Qachon ko’nglingiz g’asht bo’lmagandi o’zi?

Qodir sumkasini yerdan olib, otasiga xayir demasdanam chiqib ketdi. 100 metr yurganidan keyin, o’rtoqlari kutib turgan mashinaga o’tirdi. Uyda Karim aka, o’g’liga gapi o’tmaganidan, afsuslanib, o’ziga o’zi kuyinib qoldi va kichik o’g’li bilan qizi Qodirga o’xshamaganiga shukur qildi. Borib, hovlidagi o’rindiqqa o’tirdi. Cho’ntagidan sigarata olib tutatdi. Chekib bo’lib, uyiga kirib ketdi. Uyga kirganida deraza tokchasida turgan Qodirni telefoni jiringladi. Telefoni qolib ketibdiku deb hayolidan o’tkazdi. Va kelayotgan qo’ng’iroqqa javob berdi. Qodirning o’zi, do’stining telefonidan qo’ng’iroq qilibdi. Otasiga telefonini o’chirib qo’yib, xonasiga kompyuterini yoniga qo’yib qo’yishini aytibdi. Karim aka, o’g’li aytganini qilib, yana hovliga chiqibdi. Hovlida xotini Jamila opa uni savolga tutibdi:
- Adasi, o’g’lingiz ketdimi?
- Ha ketdi.
- Xayirlashmadiku?!
- Aytdim. Tez kelaman deb, ketdi. Aytganimni qilmadi. Bilasanku o’g’lingni.
- Nega aytganingizni qildira olmaysiz? Qanaqa otasiz?
- Boshimni qotirmagin. O’zi jahlim chiqib turibdi. Uni bolaligida qamalib ketib, unga otalik qila olmadim. Uni ustidan o’rtoqlari “otang qamoqda” deb kulishgan. Yana boshqa sabablar. Senga hammasini aytib o’tirmayman. Shunga u meni hurmat qilmaydi. Meni aybim bilan u xo’rlanib o’sgan emish. O’smay har narsa bo’lgur. Shunday vaziyatda men nima qilishim kerak endi. Mayli, aytganimni qilmasin. Sog’ bo’lsa bo’lgani.
- Ushanda qiynaldida bola.
- Nega qiynaladi? Hamma narsalaring bor edi. Qolaversa akalarim qarab turishdi senlarga. O’zingni uyingdagilar qarab turishdi. Tarbiyani qayeridadir xato qilgansan. Balki otang bo’lganida undan bo’ladi, otang bo’lganida bunday bo’lardi deb, rosa qulog’iga quygandirsan.
- Ha, shunday deganman.
- Mayli, o’tib ketdi. Insof kirib qolar.

Karim aka hozirda 43 yoshdalar. 25 yoshlarida, Qodir 5 yoshligida qamoqqa tushib qolgandi. Ko’chada bezorilar bilan tortishib qolib, ularni mayib qilib qo’ygandi. Bezorilar keyin uni ustidan yozib yuborishdi... Karim aka, o’zimni himoya qildim deb, isbotlay olmadi. Taqdirga tan berib qo’ya qoldi. Jamila opa esa, Qodirni quchoqlab, yig’lab qoldi. 5 yilda qaytib chiqdi... Keyin birin ketin o’g’il va qizli bo’lishdi. Qodir bilan esa, munosabati shu ahvolga keldi...

Qodir do’stlari bilan tog’ga yetib bordi. Yo’lda yurganda telefoni qolib ketgani esiga tushib, telefon qilib, o’chirtirib qo’ydi. 5 ta o’rtoq, tog’dan, ijaraga hovli olib, usha yerga joylashishdi. O’zlari bilan olib kelgan masalliqlarini olib kirib, ovqatga unab ketishdi. Albatta ichkilik ham bor edi. Yonidagi hovlida ham odamlar bor ekan. Ular ham o’zlari tengi yigitlar. Bir ikki qizlar ham yuribdi. Ko’rib, Qodir kulib qo’ydi. Ovqat pishdi, yeyishdi. Ichkilliklar ichildi. Hovli yonidan o’tgan suvda cho’milishdi. Keyin chiqib, yana ichishdi, gazakdan yeyishdi. Kech tushdi. Yana ovqat pishirishdi. Yeyishdi, ichishdi. Ozgina yotishdi. Keyin mashinada musiqani baland qo’yib, orqa bagajni ochib qo’yishdi. Keyin birgalashib, qiyqirishib, raqsga tushishdi. Soat 23-30 lar atrofi bo’lgandi. Ancha baqirishib, o’ynashdi. Shunda qo’shni hovlidagi yigitlardan biri chiqib, ularga ashulani pasaytirishligini iltimos qildi. Ularni uhlashiga halaqit berayotgan ekan. Qodirga bu yoqmadi. Uning mazza qilib dam olishini kimdir buzayotgani yoqmadi va kelgan yigitni yoqasiga yopishdi. U yigitni do’stlari kuzatib turgan ekan, tezda unga yordam bergani kelishdi. Bu yoqda Qodirni do’stlari... Jang bo’lmadi. Ajratishdi. Tinchlik bilan hal qilindi. Musiqa o’chirilib, hammalari xonalariga kirib uhlashdi...
Karim aka kechasi yaxshi uhlay olmadi. Uyoqdan buyoqqa ag’anab, keyin uhladi. Tun. Jim jit. Hamma uhlayapti. Ahyon ahyon Karim akani xurrak ovozi chiqib, sukunatni buzib turadi. Ko’cha devoridan asta ikkita kimdir oshib tushdi. Va tushgan joyida qimirlamay qotib turishdi. Hovlini ozgina kuzatib, uyga yaqinlashishdi. Eshikni asta, bildirmay ochishdi. Lekin baribir past ovozda qiyqillagan ovoz eshitildi. Joylarida jim turib qolishdi. Hech kim uyg’onmaganiga ishonch hosil qilishgach, ichkarida ohista kirib borishdi. Xonalarni ko’zdan kechirishdi. Kim qaysi xonada yotganini bilib olishdi. Keyin, bir chekkadan Karim aka, Jamila opa va ularni o’g’illari va qizlarini bo’g’izlab chiqishdi. Qotillar boshqa xonalarni yana boshqattan kuzatib chiqishdi, qidirganlarini topa olishmadi, murdalarni yuziga chiroq yoqib yaxshilab qarashdi, ularni o’lganiga ishonch hosil qilib, kelgan devorlaridan oshib ko’chaga tushishdi. 2 chaqirimcha piyoda yurib, katta mashina yo’lga chiqishdi va oldindan kelishilgan taksi mashinaga o’tirishdi, keyin katta anhor bo’yiga borib, qonga botgan pichoqlarini yuvishdi. Qonga botgan kiyimlarini almashtirishdi va pichoq bilan maydalab, suvga otib yuborishdi. Pichoqni urib sindirib, uni ham suvni boshqa boshqa tomoniga otishdi. Keyin qayta mashinaga o’tirib, tungi klubga borib, ichkariga kirib ketishdi...
Tong otdi. Hovlida qushlar chug’ur chug’uri boshlandi... Ichkarida esa yana jim jitlik. Tinch. Soat o’tib borayapti... Tushlik payti bo’ldi. Jamila opanikiga deyarli har kuni chiqadigan qo’shni Salimaxon ham bugun negadir chiqmayapti. Balki chiqqan bo’lsa, darvoza ichkaridan qulf bo’lgani uchun ocha olmay, qaytib uyiga ketgandir. Kechki payt bo’ldi. Salimaxon yana chiqdi. Darvoza ochilmadi. Bu unga shubhali tuyuldi. So’ng telefonini olib, telefon qildi. Ichkaridan jiringlagan ovozi keldi. Hech kim ko’tarmayapti. Ichkaridan qulf bo’lsa, kimdir bo’lishi kerakku deb, yana qayta qo’ng’iroq qildi. Keyin yana qaytib chiqib ketdi. Kech tushdi. Salimaxon yana chiqdi. Yana o’sha ahvol. Hayron bo’ldi. Qo’ng’iroq qildi. Yana hech kim olmadi... Bu payt Qodir yo’lda uyiga qaytayotgan edi. U o’ylardi. Do’stlarini otasiga munosabatini. Ular haqida faxrlanib, to’lqinlanib gapirishlariga havas qildi. Birini otasi ham yo’q. Har gapida otasini eslab o’tadi: otam bunday degandilar, mana bunday degandilar deb. Qodir o’zining otasi haqida oldin hech o’ylamaganiga afsuslandi. To’g’risida, unda nima ayb. Dam olishda, do’stlarini uyidagilar qo’ng’iroq qilib, hol ahvol so’rashganida, u o’zini uyidagilarini esladi. Telefoni yonida bo’lganida uni ham eslasharmidi? Ha eslashardi. Nima bo’lsa ham, uni yaxshi ko’rishadi. Bugun borib dadamdan kechirim so’rayman dedi. Yaxshisi ertaga... Ularda ayb yo’q. Shuncha payt men ularga yomon gapirsamda, ular menga bir og’iz qattiq gapirmadilarku. Menga bo’lgan hurmatlarini tushunmabman. O’zgarishim kerak. Uyiga keldi. Darvoza yonida Salimaxonni ko’rdi, salom berdi. Salimaxon unga darvoza yopiq ekanni, ertalabdan beri hech kim ochmayapganinida aytdi. Qodir hayron bo’ldi.O’zi darvozni itarib ko’rdi. Taqillatdi. Salimaxonni qo’lidan telefonni olib, uydagilarni barcha telefoniga qo’ng’iroq qildi. Hech kim ko’tarmadi. Eshikni yanada qattiqroq taqillatdi. Javob yo’q. O’zining o’chirtirib qo’ygan telefoniga ham qo’ng’iroq qilib ko’rdi. O’chiq. Devordan oshib tushishga harakat qilmoqchi bo’ldi. Salimaxondan narvon olib, devordan oshib tushdi. Keyin darvozani ochdi. Ichkaridan haligacha qulf ekaniga ajablandi. Eshik ochilgandan keyin, Salimaxon ham ichkariga kirdi va “kimdir bor ekanmi?” deb so’radi. Qodir dadasi va onasining xonasining derazasidan qaradi. Parda orqali qilib, ular yotganini hiraroq ko’rdi.
- Ha shu yerda ekanlar. Uhlashayaptimi deyman?
- Ertalabdan beri uhlashayaptimikan? Eshik ertalabdan qulf edi.
- Bilmadim. Lekin telefon jiringlaganda, ular uyg’onishi kerak edi. Hozir kirib qarayman.

Qodir ichkariga kirdi. Ichkaridan g’alati hid kelayapgandi. Dadasi va onasi yotgan xonaga kirib, ularga qaradiyu, joyidan qimirlamay qoldi. Yotog’ qip qizil qotib qolgan qon. Dadasi va onasing bo’yni bo’g’izlangan. Borib ishonqiramay qimirlatib ko’rdi. Ular alaqachon o’lib, ko’karishni boshlagandi. Yooooo’q deb baqirib yubordi. Tashaqarida Salimaxon yugirib kirdiyu, ichkaridagi ahvolni ko’rib, hushidan ketdi. Qodir shoshib, ukasi va singlisini xonasiga kirdi. U yerda ham shu ahvolligini ko’rib, gangib qoldi. Nima qilishini bilmay qoldi. Ota onasini xonasiga o’tdi. Yerda yotgan Salimaxonni ko’rib, uni o’ziga keltirdi. O’rnidan turg’azdi. Salimaxon o’ziga kelganda ham, rangi oqarganicha qolaverdi. Salimaxon hovliga chiqib o’tirdi. Qodir esa, nima qilishini bilmay, u xonadan bu xonaga o’tib yurdi. Hamma oila a’zolarini birma bir turtib chiqdi. Sado chiqmadi. Hovliga chiqib, baqirdi. Bir ikki qo’shnilar “nima bo’ldi” deb yugurib chiqishdi. Militsiya, eskpertlar keldi... Qodirni amaki va tog’alari keldi. Salimaxon uchun Tez yordam chaqirildi. Ichkarilar ko’zdan kechirilib, Qodir va Salimaxon savol javob qilindi... Murdalar ekspertiza uchun olib ketildi. 1 kundan keyin janoza o’qildi. Militsiya qotilni qidirishga tushdi... Qarindoshlarini uylarni tozalab berishdi. Keyin asta sekin hamma Qodirga sabr tilab, tarqalishdi...

Qodir bir o’zi hayhotdek hovlda shumashib qolib ketdi. Hovling burchagida, osmonga qarab, yulduzlarga termulib o’tirardi. Surishga hayoli, o’ylashga o’yi kelmayotgan edi. Hayol qilishdan ham, o’ylashdan ham qo’rqayotgan edi. Unda faqat ikkita savol bor edi, kim va nima uchun o’ldirdi? Militsiyadan javob yo’q. Qidirishayapti. Topishlaridan Qodirning umidi ham yo’q. Uhlay desa, uyqusi ham kelmayapti. Ko’zini yumguncha, oilasidagilarni murdasi ko’z o’ngiga kelaveradi. Savol qayta qayta berilayapti: “Nima uchun? Nima uchun? Nima uchun???? Balki ketmaganimda bunday bo’lmasdimi? Dadam aytdilaraa, ketmagin, ko’nglim g’ash deb. Men noshud quloq solmay ketib qoldim... Onam bilan xayrlashmadim ham. Xayrlashgin degandilarku. Nega aytganlarini qilmadim. Endi diydor qiyomatga qoldimi? Endi ularsiz qanday yashayman. Bir o’zim qoldimku. Hech kimsiz qoldimku!!! Endi hayotdan ma’no topayotganimda, hammasi puchga chiqdi. Negaaa?!?!?!?”...
Qodir ko’zlaridagi yoshni artib, o’rnidan turdi. Boshi aylandimi, sal joyida turdi. Keyin o’ziga kelib, uyga qarab yurdi. Ota onasining xonasiga kirdi. Ko’z o’ngida ularni yotgan murdasi yana shaklana boshladi. Qodir ko’zlarini ishqaladi. Murdalar yoqoldi. Ichkariga yurishga qo’rqdi. Singlisini xonasiga bordi. Chiroqni yoqdi. Singlisini yumshoq o’yinchoqlari turibdi. Qodir singlisiga, o’tgan yili, tug’ilgan kunida, sovg’a qilgan ayiqchani qo’liga oldi. Bu ayiqchani singlisi xonasiga kirganda, qo’lidan tushurmasdi. Qodir, ayiqchani, huddi singlisini bag’riga bosgandek, mahkam quchoqlab oldi. Yig’lab yubordi. 5 daqiqacha quchoqlab turdi. Keyin ukasini xonasiga bordi. Eshikni ochdi. Ichkaridan “Aka, kiravering” degan ovozni eshitgandek bo’ldi. To’xtab qoldi. Xonaga kirayotganida ukasi har doim shunday der edi. Balki o’rganish bo’lib qolgani uchun eshitilayotgandir deb o’yladi. Lekin ichkariga kirgani yuragi bormadi. O’z xonasiga kirib, kompyuterini yoqdi. Ichidan, oilasini rasmlarini ochib, birin ketin tomosha qila boshladi. Har bir rasmni ko’rganda, uni silab qo’yardi. Ba’zi rasmlarni eslab, ko’zidan yosh ham oqizardi. Ko’rib bo’lgach, kompyuterni o’chirib, uhladi.
Ertalab uni hech kim uyg’otmadi. Avval onasi uyg’otardi. Ishiga kech qoladigan bo’ldi. Chunki uhlab qolib, kech turdi. Nonushtasi tayyor emas. O’zi tayyorlamasdi. Doimo singlisi tayyorlab bergan. Oshxonaga borib, muzlatgichni ochdi. Ishtaxasi tortmadi. Bir o’zi ovqatlanishni odat qilmagandi. Muzlatgichni eshigini qayta yopib, xonasiga kirib, kiyinib, ishiga ketdi. Hayoli oilasidagilarda qolgan. Ishida ham unum yo’q. Unga hech kim e’tiroz qilmayapti. Uning hozirgi holatini hamma bilib turibdi. Shunga ho’jayini uni yoniga chaqirib, 2 haftaga ta’til berib, sihatgohga yo’llanma ham taklif qildi. O’ziga kelib olishi uchun. Qodir sihatgohga borishni rad etdi. Uyga qaytdi. O’tmishini esladi. Uydagilarga aytarli vaqt ajratmagan ekan. Ko’chada yurib, bezorilikdan beri bo’lmagan ekan. Har kuni kim bilandir mushtlashgan, yoki kimnidir haqorat qilgan edi. Tungi klublardan beri kelmasdi. Ba’zi paytlar uyga kelmay ham qolardi. Shularni esladi. Behuda o’tgan umriga achindi. O’tmishni qanday qaytarsa bo’ladi degan javobi yo’q savolni o’ziga berdi. Javobini ming o’ylab topa olmagach, yerni ko’p bora mushtladi...
Ertasi kuni tog’asi bilan amakisi kelib, o’tgan ruhiga duo o’qishdi. Qodirga ahvoliga qarashdi, ozib ketgan, sochlariga bir ikki oq oralabdi. Soqoli o’sib ketgan. Unga achinishdi. Keyin amakisi gap boshladi:
- Jiyan. Bir o’zing qiynalmayapsanmi?
- Yo’q. Qiynalmayapman.
- Ko’rinishing bunday demayaptiku.
- Ko’rinishim... oldingidek.
- Seni tushunamiz. Bir kunda butun oilangdan ajralish, sen uchun o’g’ir. Men uchun ham og’ir. Ular meni ham jigarlarim edi. Sendagi holat menda ham bo’layapti.
- Aynan mendagi sizda bo’lmayapti.
- Biza, tog’ang bilan masalahatlashdik. Hohlasang, menikiga yur. Biz bilan yashaysan. Yoki tog’angnikiga.
- Yosh bolamasmanku. O’zimni o’zim eplay olaman. Rahmat.
- Senga yosh bolasan demadim. Lekin hozir sen hech kimsiz yashashing qiyin. Bir fursat, biznikida yashab tursang, ancha o’zingga kelib olarding.
- Men o’zimdaman. Tug’ilib o’sgan uyimni tashlab keta olmayman. Uzr.
- Uzr so’rashing shart emas. Senga biz taklifimizni aytdik. Yana o’ylab ko’r.
- Hop. Rahmat.

Ular ketishdi. Yana Qodirni bir o’zi qoldi. Uyga kirib, otasini, onasini, ukasini, singlisini telefonlarini olib chiqdi. Yerga o’tirib, ularni birin ketin yoqdi. Onasini telefonini olib, o’zini raqamiga terdi. Telefoni jiringlab, ekranda “Onam” degan yozuv chiqdi. Chuqur nafas tortib qo’ydi. Ekrandagi “Onam” yozuvini bosh barmog’i bilan silab: “Kechiring onajon”, - dedi. Qo’ng’iroq tugagach, yana qayta qo’ng’iroq qildi. Ekranda “Onam” degan yozuv paydo bo’ldi. O’chguncha termulib turdi. Keyin otasini telefonidan qo’ng’iroq qildi. Keyin ukasi va singlisini telefonidan. Bularda ham ancha termulib turdi. O’zini huddi ular telefon qilayotganga ishontirishga harakat qilardi. Ularni his qilishga harakat qilardi. Qanchadir miqdorda bunga erishdi ham...

Kechasi uyga kirishga yuragi betlamadi. Hozir kirsa, ko’ziga yana oilasini jasadi ko’rinadi. Uyqisi ham kelmadi. Hovlida gandiraklab, uyoqdan buyoqqa yura boshladi. Oxiri yurishga holi ham kelmadi. Hamma chiroqlarni o’chirdi. Hovlini chekkarog’idagi o’rindiqqa o’tirdi. O’kirib yig’lab yubordi. So’ng ko’zlaridagi yoshlarni artdi. O’rindiqqa yotib, uhlab qoldi. Qancha uhlaganini bilmaydi. Hovlidagi qadam tovushlaridan uyg’onib ketdi. Hovlida ikki kishi, uy tomon harakatlanayotgandi. Qodir, vaziyatni tezda fahmladi. Qotillar, uni o’ldirish uchun kelishgan. Demak, butun oilasi, uning deb o’lib ketishgan. Qodir joyidan qimirlamadi. Vaziyatni kuzatdi. Hovlidagi ikki kishi, avval hovlini kuzatib, uyga kirib ketishdi. Qodirni yotgan joyi ulardan uzoqroq va qorong’i bo’lgani uchun ko’rishmadi. Ko’rishgan bo’lsa ham, o’rindiqni ko’rishgan. Qodir, o’rnidan sekin turib, chekkaroqda turgan qalin yog’ochni qo’liga oldi. Sekin uyga yaqinlashdi. Eshikni orqasiga o’tib, ularni chiqishini poyladi. Ichkaridan Qodirni topa olmay, birin ketin chiqib kela boshlashdi. Qodir ulardan birini boshiga yog’och bilan urdi. Dup etib yiqildi. Ikkinchisi nima bo’lganini tushunmay qolayotganida uni boshiga ham yog’och tushdi. Ancha baquvvat ekanmi, yiqilmay qoldi. Qayta, qattiqroq tushgan zarbdan keyin yiqildi. Qodir borib, chiroqni yoqdi. Uyidan, arqonni olib chiqib, ularni bog’ladi. Yonidan pichoqlarini olib qo’ydi. Keyin militsiyaga qo’ng’iroq qildi... Amakisiga ham. Militsiyadan avval amakisi yetib keldi. Bu payt, shovqindan bir ikki qo’shni ham chiqib ulgurgandi. So’ng militsiya yetib kelib, Qodirdan voqeani so’rab, yozib, hovliga tushgan shahslarni olib ketdi... Amakisi Qodirga:
- Jiyan, senga aytgandimku, biznikiga yur deb. Qara, seni o’ldirib ketishlariga oz qoldi.
- Balki siznikiga borganimda, sizlarni ham o’ldirib ketishi mumkin edi.
- Tanirmiding bularni?
- Ha. Bu nusxalar bilan ko’p mushtlashgandim. Ablah ekanini bilardim. Lekin pastkash ekanini bilmagan ekanman. Kimdan gumon qilishniyam bilmayapgan edim. Mana endi tugadi hammasi.
- Haliyam kech emas. Biznikiga yur.
- Uyni chirog’ini kimdir yoqib turishi kerakku amaki.
- Juda qaysarsanda. O’zing bilasan. Men ketdim bo’lmasam.

Qodir, hovlidagi o’rindiqqa yana borib o’tirdi. Tonga ham otay deb qolgandi. Uhlagisi kelmadi. Uyidagilarini o’limida o’zini yanada kattaroq aybdor his qila boshladi. Uning ahmoqona ko’cha hayoti deb, butun oilasi o’lib ketdi... Qayg’uga botib qoldi.
Ertalab, uyg’ondi. Yuzini yuvib, oynaga qaradi. Sochiga oq oralabdi. Oshxonaga kirib, choy qo’ydi. Uyda bir o’zi hech nonushta qilmasdi. Nonushta qilgisi kelmadi. Uyida non ham yo’q ekan. Olib kelmagan. Shu paytgacha otasi olib kelardi. Choyni o’chirdi. Do’stlari, kechqurungi voqeani qayerdandir eshitib, unga telefon qilishdi. Bir kafega uchrashuv belgilashdi. Borib usha yerda, ubu narsa yeb gaplashib o’tirishdi. Do’stlari, unda oldingi Qodirni ko’rishmayotgandi. Ancha o’zgargan. Gapirishlari, fikrlari, avvalgi Qodirdan tubdan farq qilardi. O’zgargandi. Ancha vaqt gaplashib o’tirishdi. Keyin uy uyligiga tarqashdi. Qodir uyiga kirib, televizorni yoqmoqchi bo’ldi. Lekin yoqmadi. Xonasiga kirib, o’rnida yotdi. Uyidagilari hayoliga keldi. Aybdorlik hisi yana paydo bo’ldi. Tinmay kechirim so’radi. “Aybdorman”, - dedi. Yuragi borgan sari tez ura boshladi. Nafas yetishmay borardi. Tez tez nafas oldi. Ko’z oldi qorong’ilashdi. Boshi aylandi. Yotgan bo’lsa ham, o’zini yiqilib tushayotgandek his qildi. Ozginadan keyin o’tib ketdi. O’ziga o’zi “charchabman”, - dedi. Bunaqa ahvolda yashay olmasam kerak. Xotira meni qiynab, o’ldirib qo’yadi, - deb, narsalarini yig’ishtirdi. Telefonini olib, amakisiga telefon qildi:
- Amaki, menga joy hozirlang, siznikiga boraman. Qiynalib ketdim. Hech kimsiz yashay olmayman boshqa.
- Bo’ldi. Kelaver. Joy tayyor. Bemalol.

Qodirni amakisi, telfonda gaplashib bo’lgandan keyin, eshitib turgan xotini unga dedi:
- Endi butunlay shu yerda yashaydimi?
- Yo’q, butunlay yashamasa kerak. Uylangandan keyin, o’zini uyiga ketib qoladi. Hech kimsiz bo’lmaydiku.



Mualif: Giyos Gapparov
Manba: Giyos.ucoz.org
 
GiyosДата: Вторник, 13.08.2013, 02:23 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
http://giyos.ucoz.org/news/hech_kimsiz/2013-08-08-93

Hozir yozib o'tirgandim. Adam uyg'onib, uhla endi dib qoldilar. Cho'chib tushdim. )))
Hikoyani ichiga kirib ketibman)))


Va nihoyat tugadi. Balki fikrim o'zgarib qolsa, o'zgartirarman. Hozircha shunday tugadi. Bosh sahifadayam, shu yerdayam to'liq.

E'tiboringiz uchun rahmat.
 
ShohiДата: Вторник, 13.08.2013, 07:45 | Сообщение # 3
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
yawirib nima qildim, ko'proq narsa kutgandim...

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
GiyosДата: Вторник, 13.08.2013, 07:52 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Boshida, o'zimda ham ko'p narsa bor edi. Lekin uzunlashib keta boshladi. Menga qisqa hikoya kerak edi. Va uzunlashtirsam, qahramonni ortiqcha qiynab yuborishdan qo'rqdim. Yana ichki kechinmalarini yozmoqchidim, yozmay amakisinikiga jo'natdim)))
Qottillarni o'zi topishi kerak edi. Lekin bunaqa qilolmadi. Reallikdan uzoqlashishni istamadim.
Nimalar kutganizni yozib qoldiring. Balki to'g'rilarman. Yozdimku, balki o'zgartirarman deb.
 
GiyosДата: Вторник, 13.08.2013, 08:01 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
O'zi buni bir kunda yozib tugatishim kerak edi. Lekin, 3 kun ketdi. Serial tarzda yozganimda, ko'p narsalar yozmoqchi edim.
Sevgi muhabbat aralashtirmasdan yozdim))))
Muhabbatdan charchaganlar uchun. Serial tarzda bo'lganids, yozardim...
Qizi bo'lardi, keyin tashab ketadimiye, uydagilari rozi bo'midimiye, keyin to'y qilamiz disa, bu uyga tushmaymanman diydi, sotib yuboring diydi. Bola, ota uyimni sotmayman diydi... shunaqa qib cho'ziladi. Oxiri bola pashol bo'lmasa dib, boshqa nochorroq oilani qiziga uylanadi..... davom etiraman desam, gap ko'p, vaqt yo'q)
Ms da ko'rishamiz.
 
Dilshod_AДата: Вторник, 13.08.2013, 08:08 | Сообщение # 6
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 117
Репутация: 2
Статус: Offline
Ko'p narsalarni kutgandim.. Siz etganizde qotillarni o'zi topiwi va uni militsiyaga o'zi topwiriwi. Qotillar nima sababdan oila azolarini o'ldirganiga iqror bo'liwi.. Qodirni otasi nima sababdan qamalib chiqganligi xam mavxum.. Xullas bu xikoyadan juda ko'p narsa kutgandim lekin bunaqa juda sayoz yakunni emas.. To'g'ri etiwiz mumkin oldin o'zin eplab yozvol dip.. Lekin sizdaka yow ijodkorlani ko'p maqtavorsayam bo'midide.. Xullas tezro o'zgartiriw kiritmasez bo'midi bu xikoyezga.. Tugatiwga wowmen (wowgan qiz erga yolchimas diyiwadiyu) xamma sir sinoatlarini qo'rqmasdan ochib tawen..
 
SokinaДата: Вторник, 13.08.2013, 08:13 | Сообщение # 7
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Men "Subhidam" ni yozayotganimda qizning ruhiy ichki kechinmalari ta'sirida qolib ketuvdim.Uni his qilganimchalik yozolmadim va yetkazib berolmaganlarim meni qurshab olganday bo'ldi. Hikoyadan chiqib ketolmay qolgandim.O'shanda kimdandir dalda olishim kerak ,degan qarorga kelib Loadingdan yordam so'ragandim.
Oradan bir -ikki kun o'tibgina o'z hayotimga qaytgandek bo'luvdim... shu paytgacha eng qiynalib yozgan hikoyam shu bo'ldi.
Men ichki kechinmalarini yozing deganimda boshimdan o'tgan o'sha holatimni eslab,maboda Qodirning ruhiy holatini o'zingizda his qilgan bo'lsangiz ichingizda qolib ketib qiynalib qolmang,degan o'yda yozgandim.Amakisiga o'tkazvorib yaxshi eqilibsiz))
Demak xulosa shuki ,sayoq yurgan tayoq yeydi!

Добавлено (13.08.2013, 07:13)
---------------------------------------------
Men "Subhidam" ni yozayotganimda qizning ruhiy ichki kechinmalari ta'sirida qolib ketuvdim.Uni his qilganimchalik yozolmadim va yetkazib berolmaganlarim meni qurshab olganday bo'ldi. Hikoyadan chiqib ketolmay qolgandim.O'shanda kimdandir dalda olishim kerak ,degan qarorga kelib Loadingdan yordam so'ragandim.
Oradan bir -ikki kun o'tibgina o'z hayotimga qaytgandek bo'luvdim... shu paytgacha eng qiynalib yozgan hikoyam shu bo'ldi.
Men ichki kechinmalarini yozing deganimda boshimdan o'tgan o'sha holatimni eslab,maboda Qodirning ruhiy holatini o'zingizda his qilgan bo'lsangiz ichingizda qolib ketib qiynalib qolmang,degan o'yda yozgandim.Amakisiga o'tkazvorib yaxshi eqilibsiz))
Demak xulosa shuki ,sayoq yurgan tayoq yeydi!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
ShohiДата: Вторник, 13.08.2013, 08:18 | Сообщение # 8
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Men qotillikning sababi bowqacha bo'liwini kutgandim. Qodir aybdorligini bilardim, l.n bowqacharoq sabab kutgandim. Ya'ni qotillik ochilishi kulminatsiya bo'lsa yaxwi bo'lardi. Oila a'zolari o'lganida o'quvchini "nega" degan savol qamrab oladi. Qotillik sababi juda oddiy...

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
SokinaДата: Вторник, 13.08.2013, 08:26 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Menimcha,o'quvchining o'zi fikrlashi hikoyadan qandaydir xulosa olishi uchun ham nimadir mavhum qolishi kerak.Hammasini "chaynab"berish kerakmas)
Hikoyani ko'p uzaytirmasdan birozgina davom ettirsangiz bo'lar,nazarimda.

Добавлено (13.08.2013, 07:26)
---------------------------------------------
Haqiqatanam,yozadigan narsalar ko'p lekin vaqt yo'q! Avvallari kattalardan ish ko'p, vaqt yo'q degan jumlani ko'p eshitardim.
Hozir o'zimda ham xuddi shunday hol.
Demak,ulg'ayibman...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Вторник, 13.08.2013, 09:09 | Сообщение # 10
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Man hikoyada qotillikga urg'u bermoqchimasman. Buni o'z mutaxasislari yozgani yaxshi. Chala detektivlik qilib, parot bo'lgandan, oddiy, sayoz qib tugatishni maqul topdim.
Man buni balki to'ldirarman, nimadir kallaga kelsa.
Lekin otasi qamalgani qolib ketgan. Bir gap bilan Amakisi etib ketardi. Lekin bu ahamiyatsiz.
 
GiyosДата: Вторник, 13.08.2013, 09:14 | Сообщение # 11
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Gazetalada hikoyalar bo'ladiku, buyam ushanaqada)))
 
GiyosДата: Вторник, 13.08.2013, 09:19 | Сообщение # 12
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
O'zi, boshidagi rejamda, u siqilib, ko'ziga har narsa ko'p ko'rinib, jinnixonaga tushib qolardi. Qotillar topilmasdi... Yoki umuman ularga qaytilmasdi. Bularni yozsam, yana uzun bo'b ketardi.
 
GiyosДата: Вторник, 13.08.2013, 09:30 | Сообщение # 13
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Hop, takliflar... jo'yali taklif etilar.
 
SokinaДата: Вторник, 13.08.2013, 11:51 | Сообщение # 14
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Taklif.
O'rtoqlari bilan uchrashganda uning o'zgarganini shunday bir kichik voqea syujeti bilan tasvirlash kerak-ki, undagi o'zgarishni ortiqcha ta'riflashga hojat qolmasin.

Qotillar kelishidan oldingi ruhiy holatini ,uyidagilarining xotiralarini ko'z ongida aks ettirib ichki kechinmalari ta'sirida yurak-bagri tilka-pora bolayotganini yetarlicha yetkazib berishga harakat qilib koring.

Xuddi shu ikki nuqtada fikringiz bo'lingan va mavjud holat haqida oquvchiga yetarli taassurot berolmagansiz.Aslida,sizda bundan ko'ra teranroq yozishga imkoniyat bolgan.Hozircha shu.

p.s mendayam hikoyalarimni xatosini ko'rsatib beradigan tanqidchim bolsaydi...)


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Воскресенье, 18.08.2013, 12:12 | Сообщение # 15
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Qoilman Giyosiddin. To'ri avvalgidek birinchi raqamli o'quvchi, muxlisiz emasman. Lekini doim bor. Katta qiziqish bilan o'qidim.
Hikoyez kutilgan va kutilmagan voqiyalar rivojini bermoqda. Manimcha bu o'quvchini hikoyada yashay boshlaganidan darak beradi.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
MirzoxidДата: Воскресенье, 18.08.2013, 19:16 | Сообщение # 16
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
X[

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!

Сообщение отредактировал Mirzoxid - Воскресенье, 18.08.2013, 20:47
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter