Четверг, 21.11.2024, 18:15
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Hayot chig'irig'i yohid toblanganlar(Sokina yozgan qissa) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Hayot chig'irig'i yohid toblanganlar(Sokina yozgan qissa)
SokinaДата: Среда, 03.07.2013, 17:35 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Kaftingizning taqdir chiziqlari , deya atalgan o'yiq chiziqchalar joylashgan qismini tishlay olasizmi?
Yo'qmi?! Sizni bilmadim-u lekin men buni eplayolmayman.Bolaligimda , hayot sinovlardan iborat ekanligi ,bu sinovlar ham o'ziga bog'liq bolmagan holda har kimga har xil tarzda nasib qilishini bobomdan juda kop bora eshitganman.Aynan,o'gir qismatli insonlarninig ko'rgan -kechirganlarini bot-bot hikoya qilib beradigan bobom kelajakda o'z nabirasi ham o'sha Alloh suygan bandalarninig biri bo'lishini yetti uxlab tushida ham ko'rmagandir.Ehtimol,ichki oniy xayoliy shuuri bilan bir lahza bo'lsa-da his qilib bu ibratli hikoyalarni asqotib qolar,degan umidda menga so'zlab bergandir?! Yana kim biladi,deysiz...
Taqdirimizga bitilgan qismat haqida va uni hech bir ojiz banda Allohning iznisiz o'zgartira olmasligi haqida ham eshitardim-u,ammo kuni kelib meninig boshimdan ham bu kabi qaqshatqich hayot sinovlari o'tishini xayolimga ham keltirmagan ekanman ...
Hayot chig'iriqlari insonni toblaydi ,toblaganda ham hazrati , deya ta'riflanadigan inson degan jonzodni ming poraga bo'lib ,irodasini parchalab , sabru-toqatini oxir-oqibat o'limiga mahtal qilganicha so'nggi kunim deya tan olganda kichik bir siylov bilan yana kurashga chorlarkan...

Добавлено (03.07.2013, 11:35)
---------------------------------------------
Bolaligimda bobom so'zlab beradigan hayotiy voqealar men uchun ertakdek tuyulardi.Qay biri bobomning qismati ekanligi esa men uchun qorong'u edi.Bobom hech qachon o'zining boshidan kechirganlarini aynan hikoya qilib bermagan.So'raganimda esa yuzidagi taram-taram ajinlar bilan qoplanib ketgan ko'zlari qisilib uzoq o'yga cho'mib qolardi va mehribon nigohlari bilan menga boqib ,"har bir insonning o'z o'tmishi bo'ladi .Hayot kurashlardan iborat bo'tam ",deya.siniq jilmayib uzundan uzoq duo o'qirdi.Bobomning olis xotiralarning oydinlashuvi esa men uchun hali hamon mavhumligicha qolgan...
Men o'sha voqealar qahramonlari orasidan menga eng ma'qul kelgani cho'pon yigitning boshidan kechirganlarini bolalik xayolotimda rahmatli bobomni talqin etib xotiramda saqlab qolganman.

Добавлено (03.07.2013, 15:55)
---------------------------------------------
O'lim bilan yuzma-yuz kelib, bo'rilar bilan beayov kurashib yirtqich galasidan omon chiqqan cho'pon yigitga havasim kelar va uning siymosini bobomning yoshligidek tasavvur qilib ko'z oldimga keltirar edim.

Добавлено (03.07.2013, 16:35)
---------------------------------------------
O'smirlik paytimda ham ana shu taassurotlar ta'sirida kelajakda mard,dovyurak ,tadbirli yigit va eng asosiysi boshqalarga o'rnak bo'la oladigan inson bo'lish uchun o'z ustimda tinimsiz ishlay boshladim.Qo'limdan kitob tushmaydigan bo'ldi .Men koproq sarguzasht asarlarni yoqtirardim .Chunki o'zim sarguzasht ishqiboziman , sayohat qilishni yoqtirardim.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
SoginchДата: Среда, 03.07.2013, 19:24 | Сообщение # 2
Группа: Qadrli mehmon





Bu qissani yoziwda omad tilayman.Oxirida tugagandan keyin bir gap aytaman))))
 
SokinaДата: Пятница, 19.07.2013, 09:40 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Iltimos,faqat qissaga taaluqlu fikr-mulohaza va munosabatlar bolsa izoh qoldirsangiz...

Добавлено (11.07.2013, 14:40)
---------------------------------------------
Tugilganimda menga ozod va hur hamda keng fikrli inson bo'lsin degan niyatda Ozod deb ism qo'yishgan.Inson ismi uning ikki dunyodagi qismati bilan "umrguzaronlik" qiladigan sherigidir.Aytib o'tganimdek men sarguzasht ishqiboziman ya'ni safar qilishni juda-juda yoqtiraman.O'zimcha, o'zimni katta odamlardek his qilib bo'ylarim cho'zilib mo'ylovim sabza ura boshlaganda ota-onamdan so'roqsiz ishlarni ham qilib ko'p bora kaltak yegan kunlarim ham bo'lgan.
Kunlardan bir kun uyimizga mehmonga kelgan Abdunabi to'gamning mashinasini minib ko'chadagi jo'ralarimga ko'z-ko'z qilmoqchi boldim.Togamdan mashinangizni yuvib qoyaman, degan bahonada kalitni osongina qo'lga kiritgach,bir zum kalovlanib qoldim
Men mashina haydashni bilmayman-ku!
O'shanda o'zimga nisbatan ishonchim shunchalar kuchli bolgan ekanki,hozir eslasam yuragim orqaga tortib ketadi...
Xullas,tavakkal qilib kalitni buradimu oyoqlarim arang yetib turgan murvatlarni sekinlik bilan bosib mashinani o't oldirib joyidan jildirdim.Qo'llarim bilan rulga mahkam yopishib olganimcha darvozadan olib chiqdim buyog'i katta va keng asfalt yo'l!
Men go'yo uchib ketayotgandek edim,qo'ni-qoshnilar,tanish-bilishlar va hatto begonalar ham menga havas va hayrat bilan tikilib qolishardi.Men esa o'zimdan g'ururlanib tobora tezlikni oshirardim .O'sha paytlarda mashinalar unchalik ham ko'p emasdi.Ahyon-ahyonda bir-ikkita mashina duch kelmasa deyarli yo'limdan mashina chiqmadi desam ham bo'ladi.Eng qiziq voqea uyda kutib turganini hali bilmasdim...

Добавлено (16.07.2013, 13:06)
---------------------------------------------
Abdunabi tog'am uyiga qaytaman ,deb hovliga chiqsa mashina yo'q!Otam bilan onam ham hayron qolishibdi.Ko'chaga chiqishsa u yerdayam yo'q.Xuddi,yer yutgandek gumdon bo'lgan.Shunda togam:
-Ozod yuvib qoyaman degan edi,haydab ketdimikan?,desa. Onam ,yo'q hali u yosh bolaku haydashni bilmaydi,o'gri o'girlab ketdimikan,deb meni izlay boshlashibdi.
Onam,Ozod-uvv,deb rosa baqirib chaqiribdi.Men uchun bir zumdek tuyulgan vaqt naq bir soatdan ham ziyodga cho'zilgani o'shanda xayolimgayam kelmagandi.Uydagilarimiz yon qo'shnimiz Tilovmurod akadan meni so'rashganda shu tomon ketayotganini ko'ruvdim debdi-yu,u ham biznikilar ham mashinada ketganimni aytmabdiyam so'rashmabdiyam.Onaginam o'shanda chin gumonda qolibdi,kalitni mashinada qoldirib jo'ralari bilan ketgan bo'lsa mashinani o'g'ri urib ketdimikan,deb rosa qayg'uribdi.Otam sabr qilaylik-chi Ozod kelsa hammasi ma'lum bo'ladi desayam,onam ko'nmabdi.
-Melisa chaqiring dadasi Ozodingiz mashina haydolmaydi,uni birov o'g'irlab ketganga o'xshaydi,deb turib olibdi.

Добавлено (19.07.2013, 08:40)
---------------------------------------------
Aksiga olib shu payt Jontemir milisa ko'chadan o'tib qolibdi.Otam ham onamning qistovi bilan uni chaqirib bo'lgan voqeani tushuntiribdi.
Qonun bo'yicha avval ariza yozishingiz kerak,bolmasa bu ish bilan shugullanolmayman debdi u ham.
Ular hovlida shu taxlit suhbatlashib turishgan bir paytda ota-onamning "jahongashta yosh bola" o'gli- kaminai kamtarin ham "uchqur ot"da katta darvoza tagiga yetib kelibman.
Bir payt qarasam ahvol chatoq!Hovlimiz rosa keng edi.Ularning menga angraygancha qotib qarab turishganini ko'rib jilmayib vaziyatni yumshatishga harakat qilib ular tomon boraverdim.Qayerda deysiz,soxtalik qo'ldan kelmasa qiyin ekan.
Shu payt o'zimga o'zim dalda berdim:
"Ozod,ro'yi-rostini aytaver nari borsa bir-ikki shapaloq bilan qarsillagan kaltakdan yersan".
Shu fikrda to'xtalishim barobarida kattalarning yoniga yetib borib qo'limni ko'ksimga qo'yib obod bilan Jontemir amakiga salom berdim.Jontemir amaki alik oldi.Shundan keyin birinchi zarbaga tayyorlanib indamaygina joyimdan jilmay turdim.
Qizig'i hech kim hech nima demasdan bir-birlariga ma'noli qarab olishdi.Har doimgidek mehribonim onajonim jonimga oro kirdi.
-Voy nimaga bunday turibmiz,qani Jontemirjon ichkariga torting.Abdunabijon sen ham kir borasanda shu uyingga ozib yozib bir kelibsan.
Jontemir amaki o'gzidan tanobi qochib iljaydi.
-Mehmondorchilikni yoqtiramanda...
Otam ham ularni uyga boshlarkan,menga shunaqangi o'qrayib qaradiki,undan ko'ra boplab kaltaklagani yaxshiroq edi.
Shunday qilib o'sha kuni uyimizda mehmondorchilik avjiga chiqdi.Men ham qarab turmasdan oyoq-qo'lim chaqqon bo'lib mehmonlarga xizmat qildim.Zora,aybim shu bilan yuvilib qolsa!
Ertasiga ertalab otam menga bir so'z demasdan ko'chaga chiqib ketdi.
Tushda oshnasi Sadir amaki bilan yetaklashib kirib kelishdi.Mehmonlarni suyguvchi onajonim har galgidan ko'ra sevinib taom tayorlardi.Bir mahal otam meni chaqirib qoldi.Zipillab mehmonxonamizga kirdim.
-Sadir amakingdan moshina sozlashni o'rganasan,bira to'la haydashniyam.
-Hop bo'ladi,otajon,deya Sadir amakimga mamnun boqdim.
Sadir amaki menga sinovchan ko'zlar bilan qarab turganicha:
-Xo'sh Ozodboy,temir-tersakka qiziqasanmi o'zi,deya o'zining gapi o'ziga na'sha qilib xoxolab kuldi.
Ha qiziqaman,-deya kechagi ko'rsatgan tomosham qulogiga yetib bordimikan degan o'yda uyalibroq javob berdim.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
FC_PAXTAKORДата: Пятница, 19.07.2013, 13:11 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Davomini kuturmiz))
 
SokinaДата: Воскресенье, 21.07.2013, 21:13 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Oilada to'ng'ich farzand bo'lganim uchun ota-onamning mendan umidlari katta edi. O'shanda yosh o'smir bola bo'lganim uchunmi men jazodan osongina qutulib qolganimga koproq xursand bo'lgandirman.
Ota-onam mening va uka-singillarimning eng yaxshi tarbiyachimiz va duogo'yimiz bo'lib kelishganiga yoshim bir joyga borib o'zim farzandlarimga ota,nabiralarimga bobo bo'lganimda ich-ichimdan shukronalik bilan qayta-qayta amin bo'lmoqdaman...
Shunday qilib bo'sh vaqtlarimni Sadir amakimning ustaxonasida o'tkazadigan bo'ldim.Uning shogirdlari avvaliga menga mensimaslik nazari bilan qarashardi.
Bir kuni Sadir amakim , mening o'zimga bo'lgan ishonchimni yanada kuchaytirib , buni texnikaga tug'ma qobiliyati bor deya alqab, hech kim o'rgatmasidan tog'amning mashinasini haydab katta yo'lda sayr qilganimni ularga aytib bergan kundan boshlab ularning ham menga nisbatan munosabati ijobiy tomonga birdan o'zgardi.
Vaqt o'tishi bilan texnikaning sir-asrorlarini puxtalik bilan egallay boshladim. Ehtimol, azbaroyi shu sohaga havasmandligimdan zehnim tez qabul qilgandir.
Bizning jamoa ko'p millatli edik. Hammamiz, o'zbek ,qoraqalpoq,qirg'iz,qozoq,turkman,rus va koreis bolalar bir-birimiz bilan har turli mavzularda fikrlashar , kezi kelganda esa , asosan texnikaga oid mavzularda qizg'in bahslashib ketardik.Bir-birimizga shunchalar yaqin edikki,qaysi tilda gapirayotganimizniyam unutib qoyardik.Hazil -huzul qilishib bir-birimizning yuzlarimizga qora moy surtib qoyardik.
Ko'pincha, toza ust-boshim ham qora moyga tegib qolardi.Mening mehribon va kuyunchak singlim Safargul kiyimimdagi qora moy dog'larini erinmasdan tozalab ketkazib berardi.O'sha paytlar mening po'rim bo'lib ohorli kiyimlarda ko'chada bexijolat yurishimda singlimning katta mehnati singanini ham keyinchalik anglab yetganman.
Onamning orastaligi singillarimga ham o'tgan.Kichik singlim Halimaxon ham onamning quyib qo'ygandek o'zi edi.Uning birozgina qaysar tabiyati ham biz akalarga unchalik bilinmasdi.Keyinchalik
Safargul singlimni uzatganimizdan so'ng Halimaxonning erka qaysarligidan asar ham qolmagandi.
Bizning oilamizda doimiy ahil-inoqlik hukmron edi. Bizning ulug' tarbiyachilarimiz ushbu tarbiyani qon-qonimizga singdirib yuborishgani uchun ham oiladagi sog'lom muhit va
genetik yetuklik hayotimning eng og'ir sinovli kunlarida ham irodamni qattiq ushlab yashash uchun kurashishimga sababchi bo'lib kelayotgandir...

Добавлено (21.07.2013, 20:13)
---------------------------------------------
Bir voqea aniq esimda , mendan keyingi ukam Hojiboy ogir-bosiq bo'lishi bilan birga ayni damda biroz qo'polroq tabiyati ham yo'q emasdi. Men ustaxonadan beri kelmaganim uchun uydagi bizbop yumushlarning aksariyati ukamning zimmasida edi. Bir kuni chindan joniga tekkan ekanmi menga , aka siz ham uydagi ishlarga yordam bering,deb qoldi. Men o'sha paytda akalik huquqimdan foydalanib,uka sen hozircha kichkinasan ishlarni qilib tur,juda charchasang ana Mo'minboy bilan Do'stjonbekka buyur ,deb uydan chiqib ketdim.
Shomga yaqin uyga kelsam Hojiboy uyda yo'q.Hamma xavotirda.Men ukamni xafa qilganimni tushundim-u ammo, hech kimga sir boy bergim kelmadi.Otamga aytdimu, ukamni izlash uchun uydan ko'chaga chiqib ketdim.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
FC_PAXTAKORДата: Понедельник, 22.07.2013, 00:32 | Сообщение # 6
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Yaxshi
 
SokinaДата: Пятница, 02.08.2013, 10:37 | Сообщение # 7
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Hojiboyni qayerdan izlashni bilmay bir pas ko'cha yuzasida turib qoldim.O'ylab ko'rsam yaqin do'stlarinikidan izlay desam, o'z ukamning yaqin sirdosh do'stlari bormi -yoq'mi aqalli biron marta qiziqmagan ekanman.Shu paytda o'zimni o'zim yomon ko'rib ketdim.Tavakkal , deya ko'cha boshiga qarab yurdim.Ketib boryapman-u,ko'zim gira-shirada sharpasini payqagan odamlarimda.Har bir o'tkinchiga sinchiklab qarayman.Hojiboydan darak ham yo'q.Boshim qotti,endi nima qilsam ekan.Ukamni qayerdan izlasam ekan,degan o'y miyamni hali-hamon tark etgani yo'q.Shunday bo'lsa-da,boshim oqqan tomonga manzilsiz ketib boryapman.

Добавлено (02.08.2013, 09:37)
---------------------------------------------
Bir payt xayolimga,balki bobomning uyiga borgandir,degan fikr yarq etib keldi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
БОБОДата: Понедельник, 05.08.2013, 10:22 | Сообщение # 8
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 7
Репутация: 2
Статус: Offline
Койил колдим.
 
SokinaДата: Вторник, 17.09.2013, 18:11 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Tashakkur,Ozod aka.
Ro'zadorligim uchunmi yozganlarimdan ko'nglim to'lmay ,toliqdim shekilli ijodim sustlashgandek ,deb o'ylayotgandim.
Sizning e'tirofingizdan boshim ko'kka yetgandek bo'ldi.)

Добавлено (05.08.2013, 22:07)
---------------------------------------------
Shu xayol bilan yo'limni bobomning uyi tomonga burdim.Men shunda halidan beri o'zimni kechirolmayotganimji his qildim.Ketayapmanu,boshimdan ming turfa o'y-xayollar o'tib ukam bilan xayolan gaplashib borardim."Hojiboy ,ukajonim berahm akangni kechir.Sening kichik gavdangga katta bir ro'zg'orning yumushini yuklab qoyib beo'ylov yuravergan ekanman.Bundan keyin hammasi boshqacha bo'ladi.Bunga so'z beraman! Sening ham orzularing borligini pisand ham qilmabman.Aka bo'lib aqalli biror marta og'iringni yengil qilishni o'ylab ham ko'rmabman.Hojiboy ,ukaginam senga mehrim bo'lakcha ekanini tushundim.Sen,uka-singillarimizga mendan keyingi akasan!Sen bilan biz ota-onamizga tirgak,uka-singillarimizga mehribon suyanchiq bo'lishimiz kerak!
Biz qobil farzand,mehribon aka bo'lishimiz kerak..." , shu kabi o'y-xayollar girdobida bobomning uyiga yetib kelganimni ham bilmay qolibman.O'shanda men odamzodni Alloh chevarlik bilan yaratganiga yana bir bora chin dildan iymon keltirdim.Qarang-ki,odamning miyasi har xil fikrlar bilan band bo'lsa-da,oyoqlar manzil tomon adashmasdan boshlab ketaverarkan.Bobomning hikoyatlarida otlar kuchli qor bo'ron-u,chang-quyunlarda ham adashmay egasini manziliga yetkazarib borardi.Bundan ajablanardim.Bildimki,bu Allohning hikmati ekan! Shu tobda darvoza oldida turib neradir shu narsalar haqida o'ylayotgandim.Va yana nima uchundir bu yoqqa kelayotganimda ich-ichimdan ukam shu yerdaligiga amin edim.Turibman-u, gumonlarim qanot yoza boshladi.
Ancha kech tushib qolgani uchunmi darvozani taqillatishga biroz yuragim betlamadi.Bu yerda bo'lmasa-chi,unda bobomni xavotirga tushurib qo'yamanku.Biror ishonarli bahona o'ylab topishim kerak.Aksiga olib miyamga mantiqqa to'gri keladigan biror jo'yali gap ham kela qolmayotgandi.
Nima bo'lsa bo'lar ,deb darvozani taqillatish uchun endigina qo'l cho'zgan edim ham-ki,to'satdan ichkaridan darvoza zulfi shiqirlab kimdir darvozani ochdi.

Добавлено (07.08.2013, 18:46)
---------------------------------------------
Darvoza ostonasida bobom menga tiklab qarab qoldi.Xayolimni yig'ib salom berdim.
-Ozod,senmisan bolam bemahalda nima qilib yuribsan?
-Men,men ...haa jo'ramnikiga keluvdim... sizdanam xabarlashib ketay deb buriluvdim,deya kalovlanib bazo'r yolg'on to'qidim.Bobom keskin gapirdi.
-Kir,ichkariga!

Добавлено (07.08.2013, 19:07)
---------------------------------------------
Ichkarida ,tut tagidagi supada Hojiboy mazza qilib uxlab yotibdi. Ukamni ko'rib ko'nglim taskin topdi.Xavotirim arib ,bobomning jahli nima uchun chiqqanini tushungandek bo'ldim.
Bu dunyoda qariyalarning bizga aytmaydigan gaplari ko'p bo'ladi,desam ishonavering.Ular sizning hamma gap-so'zlaringiznu ham inkor etmasdan jimgina tinglab o'tirishi mumkin.Ammo,qalbi bilan sizning ichki dunyongizga nazar tashlab siyratingizni suratingizdek ko'rib turgan bo'ladi,desam ham ishonavering.Buni xuddi rentgen nurlarida tanangizni korganingizga o'xshatib tushunsangiz ham bo'ladi.Ular ko'p yillik hayot maktabining turfa xil saboqlarini olaverib o'zlari-da allaqachon saboq berishga qodir zotlarga aylanishgan. Allaqachon bu dunyoning muqim bir parchasiga aylanib ulgurishgan insonlarga qanday qilib dunyo haqida dars o'tishingiz mumkin?!
Ular bu dunyoni jisman tark etsalarda hamon avlodlarida yashayotgan bo'lishadi.

Добавлено (07.08.2013, 19:07)
---------------------------------------------
Ichkarida ,tut tagidagi supada Hojiboy mazza qilib uxlab yotibdi. Ukamni ko'rib ko'nglim taskin topdi.Xavotirim arib ,bobomning jahli nima uchun chiqqanini tushungandek bo'ldim.
Bu dunyoda qariyalarning bizga aytmaydigan gaplari ko'p bo'ladi,desam ishonavering.Ular sizning hamma gap-so'zlaringiznu ham inkor etmasdan jimgina tinglab o'tirishi mumkin.Ammo,qalbi bilan sizning ichki dunyongizga nazar tashlab siyratingizni suratingizdek ko'rib turgan bo'ladi,desam ham ishonavering.Buni xuddi rentgen nurlarida tanangizni korganingizga o'xshatib tushunsangiz ham bo'ladi.Ular ko'p yillik hayot maktabining turfa xil saboqlarini olaverib o'zlari-da allaqachon saboq berishga qodir zotlarga aylanishgan. Allaqachon bu dunyoning muqim bir parchasiga aylanib ulgurishgan insonlarga qanday qilib dunyo haqida dars o'tishingiz mumkin?!
Ular bu dunyoni jisman tark etsalarda hamon avlodlarida yashayotgan bo'lishadi.

Добавлено (10.08.2013, 13:43)
---------------------------------------------
"Qarisi bor uyning parisi bor" deb bejizga aytishmagan.Bobom supa chetiga omonat o'tirib meni yoniga chaqirdi.
-Beri kel,deya qisqa yo'talib qoydida menga sinchkov nazar tashlab gap boshladi.
-Ozodboy,siz inilaringizga aka bo'lasiz.Ularni hadeganda ozorlantiraversangiz bezib qoladi.Aka bo'lib begonalarni yonida turtkilayversangiz tashqaridagilar tepkilashadi,bo'tam.
-Bobo,men Hojiboyga hech narsa qilmadim. Bobomning so'zlari nafsoniyatimga qattiq ta'sir qilib o'zimni oqlashga harakat qildim.

Добавлено (12.08.2013, 08:00)
---------------------------------------------
Hojiboy ro'zg'or yumushlarni yakka o'zi qilishi-chi,bu ro'zgo'r senikiyam-ku?
-Bobojon,bundan buyon hamma ishlarni birga qilamiz.Ukamni xafa qilmayman
-Men Hojiboygayam aytadiganimni aytdim.U ham uydan qochgani uchun "nasiba"sini oldi.
Endi yotib uxla.Ota-onang xavotirlansayam bir kecha ming kecha bo'lmaydi. Tunda ko'chada yurishning xosiyati yo'q.
Bobom shu gaplarni ayta turib joyiga cho'zildi. Men ham ichkaridan o'zimga ko'rpa-toshak olib chiqib joy to'shab oldim.

Добавлено (13.08.2013, 11:06)
---------------------------------------------
Ertasiga bobom tongda ikkalamizniyam uyg'otib uyga jo'natdi.Uyga kelsak,onaginam ko'zlari qizargan bir ahvolda hovlida o'tiribdi.Otam,uka-singillarim ko'rinmaydi.Hojiboy ikkalamizni kirib borganimizni ko'rgan onam lip etib o'rnidan turib biz tomon oshiqdi.
-Keldilaringmi,xudoga shukur-ey. Kecha qayerda edilaring?
-Bobomnikida.
-Bobongnikida?
-Ha onajon bobomnikida edik,Hojiboy xijolatlanib javob qaytardi.
-Haa shundaymi... bobong , amakilaring yaxshi ekanlarmi?
-Ha yaxshi.
-Ikkalangam izsiz yo'qolib ketganingga ich-etimni yedimku,senlar katta bo'lib tashvishim kattarmasin-da endi...
Onam bu gaplarni yig'lamsirab gapirdi.So'ng oshxona tomonga qarab ketdi. Biz Hojiboy ikkimiz bir-birimizga unsiz qarab qoldik.

Добавлено (13.08.2013, 13:08)
---------------------------------------------
O'sha kuni tushgacha uy ishlarida bosh-qosh bo'ldim.Onam bizdan rozi bo'lishini chin dildan istayotgandim.Ehtimol o'shanda oradan yillar o'tib onaizorimdan ayrilib qolishimiz xayolimgayam kelmagandir.Men o'sha paytda onamni chin dildan sevintirishni o'ylab kerak bo'lsa tog'ni talqon qiladigan darajada edim.Onam o'sha kuni biz uchun sevimli tuxumbarak tayorladi.Onamning tuxumbaragiday taomni hali bu dunyoda boshqa yemadim.Bizning katta va ahil oilamiz onaizorimning issiq mehri bilan doimo obod edi.
Ertasiga o'qishga hujjat topshirish uchun hujjatlarimni tayyorladim.

Добавлено (05.09.2013, 01:17)
---------------------------------------------
Hujjatlarimni uyoqqa yugurib,buyoqqa yugurib kechgacha arang tayyorlab bitirdim.
Men qaysi sohani tanlashim avvaldan ma'lum edi.Texnika shaydosi yana qaysi sohaniyam tanlashi mumkin,albatta texnika sohasini tanlaydida!
Shunday bo'lsada kechqurun oilamizda kasb tanlashim mavzusiga bag'ishlangan oxirgi hal qiluvchi oilaviy majlis bo'lib o'tdi.

Добавлено (17.09.2013, 17:11)
---------------------------------------------
Onajonim bu safar ham keng dasturxon yozdi.Har doimgidek kuyib-pishib mehmonlarga tansiq taomlar tayyorladi.Bobom,otam,Sadir amakim va yana Xorazmdan kelgan bir ikkita qarindoshlarimiz mening kelajagim haqida uzoq gurunglashishdi.Men uchun eng ma'qul texnikum tanlashardi.Otam ,qayerda bo'lsa ham texnika sohasini yanada puxta o'zlashtirib yuzimni yerga qaratmay o'qishni bitirib kelsa bo'ldi.Menga desa shu o'zimizdagi birorta o"qishda o'qisa yaxshi,deya o'z fikrini bildirdi.Keyin Sadir amakimga qarab, ustoz otangday ulug',deganlar do'stim,siz nima deysiz, deya diqqatini berib ustozimga yuzlandi.Sadir amakim to'satdan poytaxtda malakali o'qituvchilar ko'p,o'sha yoqqa olib boramiz ,deb qoldi.Bobom esa qat'iy ohangda sakkizni endigina bitirgan bolani begona joylarga yubormayman.O'qisa, o'zimizni Nukusda ham malakali o'qituvchilar ko'p,deya hal qiluvchi qarorni aytdi va gap o'zanini boshqa yoqqa burdi.Men o'z shahrimda qolayotganimdan biroz ranjidim.Chunki,sayohatchiligim tutib turgandi-da,o'zimcha shirin orzularga berilib Toshkentda o'qib yurgamimni xayol qilayotgandim.Yana bir tomonlama do'stlarim va oilamdan uzoqqa ketmayotganligim uchun xursand edim.Hozir o'ylab qarasam,bobom doimo men uchun nima zarurligini bilib faqat va faqat foydamga hal qiluvchi bebaho maslahatlari bilan o'z yo'limni topishimda yaqin ko'makchim bo'lgan ekan.Axir,menda ota-bobolarimning qoni jo'sh urib mavjlanib tursa-yu,nega o'z qoni uchun nima muhimligini bilmasa bo'lmasdiyam-da.Men bu hikmatni ham o'zim ota va bobo bo'lib anglab yetdim-ki, har bir farzandim va yoki nabiram uchun maslahatli tanlovlarda eng to'g'ri yo'lni qalbim bilan his qilib turaman.O'shanda bobom va otam ham men uchun eng jo'yali qaror qabul qilishganiga bugunga kelib ,shu halol kasbim tufayli.hayotda erishgan yutuqlarimni sarhisob qilsam mutlaqo shubham qolmaydi...
Shunday qilib men mehribonlarimning bergan maslahatlariga amal qiladigan bo'ldim.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
БОБОДата: Пятница, 11.10.2013, 12:36 | Сообщение # 10
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 7
Репутация: 2
Статус: Offline
Ассалому алайкум Сокина,узок куттириб куйганим учун узр.

Саволларизга вакт топиб жавоб ёзолмадим..
Нукус автомобиль йуллари техникуми "автомобилларни
Эксплуатация килиш" булимида 1977-1981 йилларда
Укиганман.8 синфни тугатиб кирганман
Курсдошларимдан Аскар,Бахитжон,Марат,Дмитрий Спирин
Шишенков Максим деган йигитлар бор эди

Добавлено (11.10.2013, 11:18)
---------------------------------------------
Техникумда биз укиган пайтлар асосан йигитлар укишарди
Битирганимизда потокда 3 та киз бор эди.Усмирлик пайтимда
Севишга улгурмадим

Добавлено (11.10.2013, 11:28)
---------------------------------------------
Домларимиздан кураторимиз Утепбергенов Коржовбой деган
Домламиз булган ва спец буйича Есбергенов Курбонбойларни
Бир умрга эслаб колганман

Добавлено (11.10.2013, 11:36)
---------------------------------------------
Курсдошим Дмитрий Спирин хозирда Самарада яшайди.
Гаи ходими булиб ишлаб пенсияга чиккан подполковник.

 
SokinaДата: Воскресенье, 26.04.2015, 16:10 | Сообщение # 11
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Assalomu alaykum Ozod aka.Javoblar uchun rahmat.
Shuni bildirib qo'yishni istardim,
men ham sizga o'xshab vaqt masalasida juda qizg'anchiqman.))

Добавлено (29.10.2013, 17:51)
---------------------------------------------
Erta tongdan uyg'ondim.Nonushtadan so'ng Safargul singlim yuvib dazmollab qo'ygan ohorli kiyimlarimni shoshmasdan kiydim.Ko'zgudan menga bo'ylari novcha, ko'zlari biroz qiyiq, qoshlarining oxiri yoyiq ,orasta kiyingan bir yigitcha jilmayib boqib turardi.O'zimdan o'zim g'ururlanib ketdim.Endi men o'zimni maktab o'quvchisi deb hisoblamasdim. Garchi,ko'pchilik sinfdoshlarim o'rta maktabni davom ettirishga qaror qilishgan bo'lsada,men o'zimni o'quvchi emas talabalikka ruhan tayorlay boshlayotgandim.
Qo'limga hujjatlarim tikilgan papkani oldimu,shitob bilan uydan chuqib ketdim.Men Nukus avtomobil yo'llari texnikumi tamon ravona bo'ldim.Nukus mening ona shahrim.Uning har bir ko'chasi men uchun qadrdon va tanish.Odamlari ham turfa millatlardan tashkil topgan bo'lsa-da, o'zlarini shu muqaddas qoraqalpoq zaminining bir parchasi deya tan olishadi. Texnikum darvozasidan kirib borayotganimda hovli abiturentlarga to'la ekanini ko'rib meni biroz hayojon bosdi.

Добавлено (29.10.2013, 18:02)
---------------------------------------------
Men ruschalab "Priyom"(qabul) deb yozib qo'yilgan eshikdan kirdim va turnaqator qo'yilgan stollar ustiga yozilgan bo'limlarning nomlarini ham birma-bir erinmasdan o'qib chiqdim.Bir keksaroq ko'zoynakli kishi o'tirgan stolga yaqinlashib salom berdimu, papkamni uning men tomon cho'zilgan qo'llariga tutdim.Avtomobillarni ekspulatatsiya qilish bo'limiga deb ariza yozdim va haligi kishininig qo'liga topshirdim.

Добавлено (14.03.2014, 17:50)
---------------------------------------------
U kishi menga bir ikkita savol berdi keyin taxlangan hujjatlar ustiga meni papkamni ham qoshib qoydi va qolini sekin sermab "boraver" degandek ishora qildi. Hujjat topshirish bunchalar osonligi togrisi xayolimgayam kelmagandi. G'oz yurib texnikum hovlisiga chiqdim sekin odimlar bilan ketayotganimda kimdir ismimni aytib chaqirganini eshitdim. Qarasam ustaxonaga dostlashgan o'rtogim To'lepbergan ekan. U qoraqalpoq yigiti bo'lsada o'zbek tilida juda ravon gapirardi. Yuz ko'zlaridan ham o'zbeklarga kelishib ketardi. U yaqinlasha turib salom berib qo'lini uzatdi. Ha bu o'sha, men uchun qadrdon va tanish qora moy yuqi bilinib turgan qo'llar...
-Ozod,sen ham shu yerga hujjat topshirdingmi?
-Ha dostim shu texnikumga topshirdim. Senchi?
-Men ham,u sevinib javob qaytardi.
Ikki dost yaqin oradagi oshxonaga kirib yarim kosadan shorva ichdik. Song sekin poyi piyoda Nukus koshalarini kezib istirohat bogiga bordik. Men bu yerga deyarli kelmagandim garchi shu shaharda tugulib o'sgan bo'lsamda bu so'lim go'shaga shu paytgacha nega kelmaganimga o'zimda arzirli javob topolmadim. Tolepbergan kop bora kelgan ekan u yol boshladi. Biz u bilan tinimsiz suhbatlashardik. Suhbatimizning asosiy mavzusi esa ustozimiz va ustaxonadagi dostlarimiz bolib goh-goh texnika sirlari haqida eshitgan va bilgan yangiliklar haqida kechardi. Shu zayl ancha joyni kezdik, muzqaymoq yedik. Biz ikki do'st imtihonlarga birga tayyorgarlik ko'rishga kelishib oldikda, kechga tomon xayrlashdik.

Добавлено (14.03.2014, 17:59)
---------------------------------------------
Darvozdan kirishim bilan onam peshpoz chiqdi. Onajonim-a ikki ko'zi yo'lda , xavotir aralash betoqatlik bilan yolimni poylab meni kutib otirgan ekan. Shunga aytishsa kerakda, onani ko'ngli bolada, bolani ko'ngli dalada,deb. Hujjatlarni eson omon topshirganimni bilgach, meni qornimni to'ydirish g'amiga tushib qoldi. Onam shu choqqacha tomogidan ovqat o'tmay o'tirgan ekan men bilan birga ovqatlandi.

Добавлено (27.06.2014, 06:50)
---------------------------------------------
Kunlar ketidan kunlar bir maromda o'taverdi. Menga asosiy vazifa qilib imtihonga tayyorlanish yuklatildi!
To'grisini aytsam imtihonga uchalik ham jonimni koyitib tayyorlanganim ham yo'q. Nimagadir bu taraflama ko'nglim xotirjam edi. Birinchi imtihon kuni hatto kechikib boribman. U paytlar bilet yozilardi, qanday bilet qo'lingga tushishi esa omadingga bogliq. Menga o'zim biladigan savollardan tushdi. Tayyorgarlik ko'rmasdan javob berdim. Imtihonni a'loga topshirib sekin tashqariga chiqdim. Havo issiq, odam gavjum.

Добавлено (22.07.2014, 10:36)
---------------------------------------------
Oradan ikki kun o'tib yana bir imtihon bo'ldi. Menga biroz qiyin savol tushdi. Tayyorlanib keyin bilganimcha javob berdim.
O'sha kuni To'lepbergandan eshitgan bir voqea ta'bimni xira qildi. U bir o'qituvchini aytib rosa poraxo'r ekan deb qoldi. Sen qayoqdan bilding,degan savolimga bir bolani biletiga belgi qo'yilgan ekan. Hammasi avvaldan kelishilgan ekan-da bir qiz kirib bilmasdan o'sha chetda turgan biletni olibdi. Boshqasini ol, debdi. Qiz ham qaysar ekan yo'q men shu biletga tayyorlanmasdan javob beraman,deb turib olibdi. Xullas,dahanaki tortishuv katta janjalga aylanib ketibdi. Bu voqeani eshitib avvaliga hayron qoldim. Qanaqasiga?! Keyin biroz jahlim chiqdi ,negadir o'sha notanish qizga rahmim kelib ketdi. O'qituvchi-ku pixini yorgan odamga o'xshaydi u o'zini oqlab ketadi. Lekin qizga qiyin bo'ladi menimcha chunki hali yana bitta imtihon bor. Undan keyin o'qish davridayam o'sha o'qituvchi dars o'tsa,qizni ataylab kamsitishga harakat qiladi.Bu voqea menga qattiq ta'sir qildi. Shu holat tegrasida taffakur qila turib yosh aqlim bilan bunday holatlar jirkanchli va hatto kuni kelib qachonlardir halokatli natijalarga olib borishi mumkin-ku deya gar-chi bu voqea men bilan bo'lib o'tmagan bo'lsada dilim ranjiy boshlagandi.
Uyga lanj kayfiyatda qaytdim. Bu noxush holat o'tib ketishini istab kitob varaqladim. Yoq,butun fikru-zikrim do'stim aytib bergan voqeaga ketaverdi.Onamga imtihon qiyin o'tdi dam olaman,deb mehmonxonamizga kirib yotib oldim. Koshki,uyqum kelsa men o'zimga taaluqli va bogliq ham bo'lmagan jamiyatdagi bugungiday noxush holatlar haqida bosh qotirayotgandim...
Bobom aytardilar,odam o'zgaruvchan deb. Men o'zgarganimni his qildim. Salbiy illatlarga jimgina qarab turish kerak emas deya, vijdonim hayqirayotgandek edi. Men shu tobda ulg'ayganimni, faqat o'zim haqimda emas boshqalar haqida ham o'ylay boshlaganimni , qalbimda adolatsizliklarga nisbatan isyon paydo bo'layotganini idrok eta boshladim .Avvalgilardek, shunga o'xshash voqealarga bepisandlarcha menga taaluqlimas , deb indamay ketish o'z vijdonimga qarshi chiqishim ekanini anglab yetgandek bo'ldim.
Shu tobda bobom bilan gurunglashgim keldi.Shaxt o'rnimdan turdimu, hovliga chiqdim. Oshxona soyasida velosipedini tuzatib o'tirgan Mo'minboy ukamdan boshqa hech kimga ko'zim tushmadi. Unga o'rtogimnikiga ketayapman onamga aytib qoygin,degancha ko'chaga chiqdim. Ko'chada zo'g ko'rinmaydi. Bu yerlar qadimda odam yursa oyog'i, qush uchsa qanoti kuyadi,deya ta'riflanuvchi joylar bo'lgani rostdir balki. Havo shunaqangi issiqki asfaltdan qaynoq hovur ko'tarilib turganini shundoq ko'z bilan ko'rsa bo'ladi. Nukusning yozi issiq,qishi esa sovuq bo'ladi. Chunki,bu shahar sahro ustiga barpo qilingan, deyishadi.

Добавлено (05.10.2014, 12:48)
---------------------------------------------
Shunday bolsada, shashtimdan qaytgim kelmadi. Poyi piyoda chillani issigida terga pishib ketaverdim. Kimdir orqamdan chaqirganday bo'ldi. O'girilib qaradim, hech kim korinmadi. Issiq tasir qildi shekilli deya yana yo'limda davom etdim.

Добавлено (24.10.2014, 08:44)
---------------------------------------------
Havo issiq bundan tashqari biroz asabiylashganim uchun shunday holat ro'y bergandir deb, o'ylagancha ketayotgandim. Endi ovoz aniq eshitilgandek tuyuldi. Orqamga qaradim,tavba hech kim yo'qku, kim chaqirayapti ekan?! Atrofga alanglab kim chaqirayotganini ko'zlarim bilan izladim.

Добавлено (01.11.2014, 09:21)
---------------------------------------------
Chap tomondagi uylardan birini tomida sinfdoshim Akmal menga qarab turibdi. Unga bir qo'limni ko'tarib salom berganday ishora qildim. U ham menga qo'l ko'tarib to'xtab tur, dedida narigi tomonga yurib ko'rinmay ketdi.Yo'l yoqalab ekilgan daraxtlardan birini tagida kutib turdim. Daraxt soyasida bir oz shabada bor ekan. Hayriyat-e, dedim tanam ozgina bolsa ham saqlinlaganidan sevinib.
Akmal yonimga keldi. Qalaysan, jo'ra, yur anhorga borib cho'milib kelamiz ,dedi. Menga bu taklif ma'qul tushdi. Yo'nalishimni o'zgartirib Akmal bilan cho'milishga ketdim. Anhorda bolalar ko'p ekan, bizga tanish bolalar bilan kalla ko'mish, suvga pishish,suv sepish o'yinlarini miriqib o'ynadik. Kayfiyatim ko'tarilib bugungi g'ashlikni unutay degan chog'imda,Akmal gap boshlab qoldi.
- Med.texnikum direktori bilan dadam gaplashib qo'yibdi. Endi majburan o'qishim kerak, men maktabni davom ettirmochi edim. Dadam ko'nmayapti, stomotolog bo'lib yaxshi pul topasan deb holi jonimga qo'ymaganiga tomga chiqib bekinib o'tirgandim. Seni ko'rganim yaxshi bo'ldi, o'zing nima qilyapsan? Maktabda qoldingmi yoki...?
-Men texnikumda o'qimoqchiman, imtihon topshirib yuribman. Senga maslahatim qiziqishing bolmasa u yerda o'qima, undan ko'ra maktabni davom ettiraver. Med.ga qiziqmayman desang dadang ham buni tushunadi.
-Ey,jora hamma dadalaram bir xil bo'lmaydida. Men bolaligimdan beri ota onamni qiziqishlariga majburan ko'nikib yashab kelayapman. Agar chiziqdan chisam tamom. Uyimizda uchinchi jahon urushi boshlanadi, deya Akmal kulib qo'ydi.

Добавлено (01.11.2014, 09:25)
---------------------------------------------
Uning holati menga notanish edi. Chunki, ota onam hech qachon bizning qiziqishlarimizga qarshi harakat qilishmagan.

Добавлено (10.11.2014, 21:17)
---------------------------------------------
Bu kabi holatlarda qanday yol tutish kerak. Akmalga yana nima deyarimni ham bilmay qoldim. Yosh aqlim bilan keyingi kunlarda hayotda duch kelayotgan vaziyatlarim men uchun mavhumlicha qolayotgani yanada ruhimga ogirlik qila boshlaganini his qilganim sayin bobomni korgim u kishinnig suhbatlarini olgim kelayayotganini koproq anglay boshladim. Men hali kop narsalarni organishim kerak, ongu-tafakkurimda yuz berayotgan o'zgarishlar hatto o'zimni-da hayratlantirardi...

Добавлено (10.11.2014, 21:29)
---------------------------------------------
Akmalga qarab bobomnikiga borishim kerak edi, dedim. Akmal menga bir pas o'ylanib qarab turdi-da, Ozod jo'rajon, bobongnikiga men ham borsamchi, deb yalinganamo so'radi.
Ketdik, dedim. Ikki do'st mahallama mahalla oralab bobonikiga qarab ketayapmiz. Akmal menga ota onasi haqida gurung berib kelardi. Men uning gaplarini eshitganim sayin o'z ota onam ko'z oldimga kelib ketaverdi. Akmal gapiraverayapti-yu go'yo,xayolim uzoqlarga ketib qolgandek...
Otam ko'pincha,biror voqea haqida eshitganda, bir kam dunyo deb qo'yadi. Ehtimol, bu ham biri kam dunyoning noaniq ko'rinishlaridan bittasidir. Nega ota onalar har xil bo'lisharkan?!Kim biladi, deysiz. Bu olamda tizimsizliklar tiqilib yotibdiku. Men shunda o'ylay boshladim, agar bu dunyo shunday turfa xil bo'lmaganda odamlar uchun yashashni qizig'i qolmasdi... .

Добавлено (23.12.2014, 22:02)
---------------------------------------------
Bobomnikiga yetib borganimizda ko'cha to'la odam ekan. Ariq bo'yida suv talashib g'ala-g'ovur qilayotgan odamlar to'piga yaqinlashdik. Bir ayol bilan yoshi kattaroq erkak kishi suv talashib urushib qolishibdi. Qolganlar esa , "tekin tomosha"ga yig'ilganlar va murosa tarafdorlari...

Добавлено (23.12.2014, 22:09)
---------------------------------------------
Amakimni ham shu odamlar orasida ekan, bizni ko'rishi bilan ular safidan ajralib chiqib, biz bilan salomlashib so'zsiz uy tomon boshladi. Amakim tabiatan juda kamgap odam. Uning kamgapligiga hammamiz o'rganib qolganmiz.

Добавлено (02.01.2015, 23:12)
---------------------------------------------
Amakim yolda keta-keta boshini afsuslangandek sarak-sarak qildi-da, suv boyida suv talashgan,odamzod, deb qo'ydi. U bu gapni xuddi o'ziga o'zi gapirgandek tuyuldi. Miyamda yana bugungi fikrlarim jo'sh urib isyon qila boshladi. Nahotki, odamlarimiz shunchalik g'aflatda yashayotgan bo'lsa?! Amakim togri aytayapti,ular suv boyida suv talashayapti. Ha, bundan ortiq va battarroq kaltafahmliklar ham hayotda tiqilib yotibdi. Faqat, bazilar uchun bu oddiy holatdek korinadi yoki etiborsizlik bilan ko'z yumib qo'ya qolishadi. Lekin, hamma katta- katta fojealarning tub mohiyatida arzimasdek ko'ringan illatlar mudrab yotganini hamma ham anglayvermaydi...

Добавлено (02.01.2015, 23:19)
---------------------------------------------
Bobom har doimgidek tut tagidagi supada ekan. Bizni ko'rib chehrasi yorishdi. Jo'ramni bobomga tanishtirdim. Ma'qul, deb qo'ydi.
Gapni nimadan boshlashni bilmay o'ylanib qoldim. Bolgan voqeani bobomga qanday tushuntirishni bilmay qiynala boshladim. Qaniydi,miyamdagi hamma gaplarimni bayon qilib berolsaydim...

Добавлено (11.02.2015, 20:39)
---------------------------------------------
Keng supada bobom,men va Akmal o'tiribmiz. Bobom otamni ishlari haqida mendan so'radi. Yaxshi, deb qo'ydim. Bobom ko'zlarimga sinovchan tikilib turdi-da,uyda tinchlikmi, deya ta'kidlab so'radi. Ha, tinch, dedim . Bobom menga dag'al ovozda nega shalpayib o'tiribsan unda kayfiyating ham yo'q nimadan ranjiding, deb ko'z uzmasdan so'radi.
-Bobo, hammasi joyida-yu, ...sizdan bir narsa haqida so'ramoqchi bo'lib keluvdim... keluvdik. To'grirog'i maslahatingiz kerak edi, deya gap boshlab miyamni band etgan voqeani uzuq-yuluq holda amallab tushuntirdim.
Bobom bir dam ma'yuslashib qoldi. So'ng jiddiylashib,
bolam, dunyoni shunday xaromxo'r tekintomoqlar buzadi, dedi. Bobom bizga hayot saboqlaridan, xotiralaridan eslab anchagina gurung berdi.
Akmal ikkimiz jimgina bobomni tinglab o'tirdik.

Добавлено (11.02.2015, 20:55)
---------------------------------------------
Bobomning hikoyasi har doimgidek maroqli va mulohazali edi.
Shu orada yangam biz uchun dasturxon yozdi. Ayollar doimo uyida mehmon uchun ataylab "zahira" saqlashini bilaman. Yangam dasturxonni noz-ne'matlar bilan to'ldirdi, bizning oilada er urug'i kelganda mehmondorchilik nisbatan quyuq bolishi kerak. Bu momomning kelinlariga bergan tarbiyasi. Buni kuzatib bilib olganman. Onam ham xuddi shunday qiladi. Otamning qarindoshlari kelsa har galgidanda sergakroq turib mehmon qiladi. O'zi yemasayam mehmon yesin, deydi. Odamlarimizda andisha kuchli, odamlarimiz haqiqatdan sodda xalq. Mehmonni oldida uyatli bo'lmaylik, deb bekitib olib qo'yilgan qand qurslar mehmonga tortiladi.
Bu ishda erkaklarni xizmati yoq desayam boladi. Hammasi ayollar zimmasida. Ex, jonsarakkina ayollar-a! Mehmon desa hatto betob bolsa ham chehralari ochilib xizmatga shay turadi.
Shuning uchundir balkim, o'zbegimning mehmondo'stligiga butun dunyo tan bergan!

Добавлено (11.02.2015, 21:08)
---------------------------------------------
BOBOMNING HIKOYASI. 2-qism.
Ikkinchi jahon urushi yillarida hammayoqda ocharchilik , qahatchilik avj olgan bir paytda front orqasida qolganlar ham frontdagilardan kam qiynalgan emasdi. Aslida, bu urushga bizning hech qanday aloqamiz yo'q edi. Russiyani tinchligi uchun frontning oldingi qatorlarida turib biz Turkistonliklar jang qildik. Vo, darig' o'n bechta respublika orasida eng kop jabr chekkan bizning xalqimiz va yurtimiz bo'ldi. Eng ko'p shahid bo'lganlar ham bizning o'g'lonlarimiz edi... .

Добавлено (26.04.2015, 16:10)
---------------------------------------------
Markaziy Osiyo xalqlarini bo'laklab hatto bir -biriga qarshi qayragan qizil imperiya josuslarini izdoshlarini ajdar kallasi yanglig' ma'lun izdoshlari hamon tinchigani yo'q. Ularni fitnalari, yot g'oyalari, qorishiq va yasama "zamonaviylik" bugunga kelib ko'pgina el -ulusga ayonlashgan bolsada u paytlar anglaganlar afsuski kamchilik edi. Anglaganlarni surgun qilar va yoki qatl qilardilar. Bizga urushning ahamiyati yoq, degan inson borki, dizertir degan ayblov bilan qamoqqa tashlanardi.
Omi olomon esa o'zlaridan chiqqan manaviyatli, bilimli hamda haqiqiy qahramonlarining asl maqsadini fitnachilarning "yaltiroq" va "mehribonlik" niqooblari ostiga bekitgan fitnalari sabab tushunmas, ularni va ularning oilasini "vatan xoini" degan tamg"a bilan badnom qilishga majbur etilardi. Urush bizning zaminimizda bolmagan bo'lsada ko'plab talofatlar keltirdi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter