Giyos | Дата: Воскресенье, 28.04.2013, 02:16 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| XATO
Tushlik payti. Avtobus unchalik tiqilinch emas. Bir ikki turgan odamlarni aytmasa, deyarli hamma o’tirib kelmoqda. Chiptachi yangi chiqgan yo’lovchilardan yo’l xaqqini olib, avtobusni oldingi tarafiga o’tdi. Keyingi bekatdan bir yoshgina ayol chiqdi. U ham avtobusni oldi tarafida, tutqichni ushlab turdi. Yonida bosh joy bor edi, lekin negadir o’tirmadi. Keyingi bekatdan, o’rta eshikdan, bir o’rta yoshdagi erkak chiqdi. Yaqinidagi tutqichni ushladi. Chayqalib turardi. Oldidagi, ayolni yonidagi bo’sh o’rinni ko’rib, o’sha tomonga yurdi va nogohon chayqalib ketib, tutqichni ushlab olmay qoldi. Bir qo’li ayolni badaniga tegib ketdi. O’zini o’nglab olgandan keyin, ayoldan past ovozda, ovozi titrab, uzr so’rab, o’rindiqga o’tirib oldi. Ayolga bu yoqmadi va unga baqirdi: - Hoy iflos, seni insofing bormi? Nega meni ushlaysan? - Kechirasiz? Men atilatandan qilmadim. - Atilatan qilmadim? Harom qo’llaringni menga tekkizmagin, ho’pmi? - Uzr. Uzr so’radimku. - Qilar ishni qilib qo’yib, uzr so’rab qutilmoqchimisan? O’zing mast ekansan. Og’zingdan gupillab hidi kelib turibdi. Uyalmasdan atilatan qilmadim deyishinichi. - Men ichmayman. Mast emasman. - Ko’rib turibmiz, oyog’ingda tura olmayapsan. O’zi ichib olgan odam, hech qachon ichganman demaydi. Tan olmaysanlar sanlar. Maraz. - Siz meni eshitmayapsiz. - Eshitishni ham istamayman. Senlarni hammangni yoqotib yuborish kerak. - Atilatdan qilmadim. Boshim aylanib ketib, teginib ketdim. Uzr so’rayapmanku singlim. - Singlim dema meni. Meni beshigimni tebratib qo’yibsanmi, singlim deysan? Sendaqa akam yo’q meni. Bo’lganda ham kechib yuborardim. - Hop, hop. Iltimos, bo’ldi qiling. Hammani qaratayapsiz. - Nima aybingni yashirayapsanmi? Uyaladigan bo’lib qoldingmi? Men uylashim kerak, qilgan ishingdan.
Orqa tarafda pichir, pichirlar boshlanib ketdi. – Baribir ayol kishi yutib chiqadi. – Avtobusda ham tinchlik yo’q. – Uzr so’radi, bo’ldida. – kap katta odam, qilib yurgan ishini. Qizi tengi kelsa kerak. Shunaqa ham bo’kib ichadimi? Uyingda ichsang bo’lmaydimi? Oyoqda zo’rg’a turibsanku. – Odamlar aynib ketdi. Sal narsaga asabiy bo’lib qolgan. Yo’q joydan janjallashadi. Bu jamoat transporti bo’lsa. Teginib ketishi mumkin, tushunish kerakku.Tiqilinch paytda indamasdan yopishib ketaverishadi. Yoqmasa taksida ket. – Yaxshi meni xotinim bunaqa shallaqimas. – Shunaqasiga uylanishdan Hudoni o’zi asrasin. – Jonga tegib ketdi....
- Meni gapimni eshiting. Iltimos. - Baqirma menga. Kimsan baqirasan? Ovozingni ochma menga. - Siz eshit... - Hayvonsan sen. Tong’izdek ichib olgansan.
Erkak, hammani oldida hijolat bo’lib ketdi. Kastyumini cho’ntagidan nimadir oldi. Qandaydir kichik idish edi. O’shandan ichdi. Ayol hali ham uni qarg’ayotgan edi. Uni bemalol o’tirishi, unga yoqmadimi, qo’lini turtib yubordi. Erkakni qo’lidan idish yerga tushib ketdi va ichidagi to’kildi. Avtobus bekatga kelganda, erkak o’rnidan zo’rg’a turib, eshik tomonga yurdi. Yiqilay deganda, chiptachi uni ushlab qoldi. Erkak unga: “- Uka, telefoning bo’lsa, tez tibbiy yordamga qo’ng’iroq qilib yubor. Shu bekatga chaqir. Yuragimni og’rig’i qolmayapti. Avtobusga chiqishdan oldinam ichgandim. Shuni hidini ajrata olmay, meni ichganga chiqardi. Hozir ichganim ham foyda bermayapti. Iltimos. Menda telefon yo’q edi” – deb yo’l xaqini uzatdi. Chiptachi olmadi. Uni bekatga o’tkazib, avtobusga qaytib chiqdi. Avtobusni boyagi to’kilgan idishdagi dorini hidi qamrab ola boshladi. U valeryana ekstraktini hidi edi. Menga tanish u hid. Erkak haqida noto’g’ri o’ylaganlar, endi ayolni yomonlay boshlashdi. Hamma unga o’qrayib qaray boshladi. Ayol chiday olmay, avtobusdan tushib qoldi... Uni ko’zlarida ikki tomchi yoshlarni payqash mumkin edi. U qilgan ishidan afsusda edi. U bir odamni ranjitgandi. Eshitmadi uni. U qilgan xatosidan afsusda edi. Men nima qilib o’tiribman. Tez yordam kelguncha, men u kishini kasalxonaga taksida olib borsam bo’lardiku. Hozir tushib, ortga qaytib, shunday qilaman... Tushib qolib, 1 bekat ortga taksida qaytdim. Erkak tushib qolgan bekatga bordim. Tez yordam mashinasi kelibdi. Hayriyat, tez kelishibdi dedim. Yaqinroq bordim. Bekatda, yerda, bir odamning ustiga oq mato yopib qo’yishganini ko’rdim. Tez yordam shifokori, ratsiyada xabar berayotgandi: “Kelgunimizcha joni uzilib bo’libdi. Kech qolibmiz... Yordam bera olmadik...” Menam xato qildim...
|
|
| |
Sog'inch | Дата: Воскресенье, 28.04.2013, 08:52 | Сообщение # 2 |
Группа: Qadrli mehmon
| Xikoya tasirli.Odamni qadri aroqchayamasa.Sizlaram kinolardagiday gipokrat qasamini ichasilarmi?
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 28.04.2013, 10:29 | Сообщение # 3 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Kinolar, bizdek qasam ichadi))
|
|
| |
NinU | Дата: Пятница, 10.05.2013, 00:33 | Сообщение # 4 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 9
Статус: Offline
| bechora odam
|
|
| |
Loading | Дата: Четверг, 16.05.2013, 00:48 | Сообщение # 5 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Negadur fikrimni yozib qoldirmagan ekanman. man bu xikoyani metroda o'qib ketkandim... ko'nglim bo'shashib xolsizlanib qoldim.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Четверг, 16.05.2013, 01:51 | Сообщение # 6 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Afsus...
|
|
| |