Суббота, 23.11.2024, 14:29
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Shaxsiy Ijod (Loading) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Shaxsiy Ijod (Loading)
LoadingДата: Понедельник, 08.04.2013, 22:56 | Сообщение # 1
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Sizlarga bu mavzu ochilish sababini, meni kimligimu ijodim xaqida gapirishimni xojati yo'q. Ishonamanki ijodimda yaxshi tarafga o'sish bor. Xolis xakam siz o'quvchilar.
Yaratganning o'zi axdimga sodiqlardan qilsin!

 
 
Tuproqlardan avaylab olgan baxtim.
 


 Bu dunyoning ishi qiziq. Yoshlik olovga o'xshaydi. Ho'lu-quruqni yondurgudek shidatli bo'ladi. Oliygoxlarda o'qisayam tuyg'ular ilmini o'zlashtirolmay imtixonda yeqilgan ham yoshlik davrimizga to'g'ri keladi. 
 Zabira sira uyg'ongisi kelmasti. Kechagi voqiya tushi bo'lishini istardi. Ko'zini ocholmasti. Ko'z yoshlarini artaverganidan kiprik atroflar gullab achishardi. Ammo bu alfozda boshqa yotolmasti. Hali hech nima bo'madi. Hali umid bor. Baxromni to'xtatib qolishni yo'lini topishi kerak. Baxti uchun yanada ko'proq kurashmasa bo'lmaydi. Kechagisi hisob emas. Sevgi shunday sinovlar beradi, shu sinovlardan o'tish uchun kuch xam berarkan deb o'yladi Zabira. Erinibgina holsiz ko'zgu oldida to'xtadi. Ko'zlarini arang ochib o'zini ko'zguga soldi. Kechagi buzulib ketkan soch turmagi, pardoz-andozi, ko'z pardasiga erib quyilgan qora bo'yoq, yuzlariga qo'shilib oqqan achchiq ko'z yoshlar qoldiqlari shundayligicha turibti. Yuvinish xonasiga qarab yurarkan yuzini sochiq bilan to'sib oldi. Oyisi, yoki otasimi, akasi bu ko'rinishda ko'rib qolsa bormi kecha yashirinib kirib olgani bir tiyn bo'ladi. Sirlari ochilib qoladi... Xonaning deraza pardasi oralab kirgan quyosh nurida chang to'zon shodon o'ynaydi. Ular be armonlar, 
be g'amlar. To'zg'itib yuborsangiz ham zum o'tmay o'yinlarini davom etiraveradilar. Quvlashmachoq o'ynab charchashmaydi. Xonaga Zabirani oyisi kirmay eshik oldida xonaga razim soldi. Be tartib axvolni ko'rib ensa qotirdi. "Bu qizbolani be saramjonligini qara, ertaga turmushga chiqsa kaltak yeb umri o'tadi!" deb kimgadur murojat qilgancha uzoqlashdi. Xona yana yolg'iz qoldi. Oradan ko'p o'tmay xonada Zabira paydo bo'ldi. 
- Oyi xozir shoshilib turibman, bormasam bo'midi. Vada beraman, kelib tozalab tartibga keltirib olaman! Zabira ko'zgu oldida sochini uyoqdan-buyoqqa tashlab fenlab quritti. Xonaning har qayerida yotkan kiyimlarini bir uyum qilib, krovar ostidagi tormaga joyladi. Gardirobidan boshqa kiyimlarini olib kiydi. 
- Choy ichmi qayoqqa ketvosan? so'radi oyisi xayron bo'lib. 
- Ey shoshilvomman oyi! Ko'chada u bu narsa yevolarman.
- Kasal bo'lib kelib ertaga oyi disen, qizim dimiman, shuni bilib qo'y! 
- Hop oyijon hop! Qochib turin man chiqib keti. Ne eshiga turvoldiz? U juda asabiylashardi. O'zini zo'rg'a bosib gapirdi. 
 Xonada yana ko'z yoshdan ho'l bo'lib ketkan yostiq, alam bilan otilgan buyumlar holi qoldilar. Ular jonsiz ko'rinsalarda qizning barcha sirlariga sirdoshlar. Ikki kungina oldin Zabirani ilk sevgi izxorini tinglagan Baxrom bergan ayiq pati yulingan toviqday bo'lib yuz tuban yerda yotibti. Katta shiringina ayiq. Usha kuni sevgi timsoli bo'lgan ayiq kecha nafratli zarba bilan yerga otildi. Ayiqcha qancha uzib-yulunmasin jilmaygacha jim yotardi. Zabira kecha nimalar demadi? Baxromni vadasi yolg'on ekan. "Sevdim" deganlari qayoqlarda qoldi? Nima uchun bunday qildi? Baxrom mensiz men esa usiz yasholmaymiz deb ichiga sig'may shivrlagani kechaga qadar xonasining har burchagida havolinib turgandi. Kecha bu ovozlar mungli jimlikka aylanib qoldi. Quyosh nuri kishi ilg'amas chiziq chizib xonadan chiqib ketti. Qo'shni xonada Zabirani ovozi eshitildi. Mexmon bilan kelgan ko'rinadi. Dugonasi Fazilat. Ayor qarashi, chimdim tabassumi o'ziga juda yarashadi. Malohatini yanada oshiradi. Fazilat o'zini Zabirani eng yaqin dugonasi, sirdoshi deb biladi. Zabira ham shunday xisoblaydi ammo dugonasiga ko'p sirlarini aytmaydi, dardini to'kib solib uni dilini xira qilishni istamaydi. Lekin quvonchli kunlarida doim Fazilat uni yonida bo'lishini istaydi. Xona eshigi yopildi. Odatga ko'ra xozir eshik taqillab Mavluda opa kirib keladilar. "Dugonanga choy-poy bermisanmi?! Mexmon qimisanmi?!" deb qizlarini koyib beradilar. Bazan oyisi etkandek qiladi, bazida hazil qilib oyisini xonadan chiqarib yuboradi. Bugun o'zi podnos qilib kirdi. 
- Voy vo', quyosh qayoladan chiqti bugun? 
- Jim, oyim kirib qomasinlar divomman. Juda zaril gapim bor. Zabira ko'zlarini olib qochti. 
- Tinchlikmi o'zi? Boya ko'rgan zoxotim sezudim bir nima bo'ganini! Qani gapir ne yig'lisan? Xona eshigi odatdagidek taqilladi. 
- Oyi choy opkirdim-ku?! Hech narsa kerakmas! baqirdi Zabira eshik ortida turgan oyisiga.
- Hop-Hop ko'rdim, man bozorga kettim. Yaxshi o'tirila. Fazilat kegin yana uyindilaga salom et.
- Hop bo'ladi Mavluda kenayi sizam borin mexmonga. shundan keyin diqqat qilib turdida oyoq tovushlari uzoqlashgach Fazilat dugonasiga yaqinroq o'tirdi. Uni qo'lini maxkamroq siqib ko'zlariga qaradi. - Nima bo'ldi? Urushib qoldilami? Shunga siqilib o'tiribsanmi? Hamma urushadi. Qizg'anganidanmi, erkalatibmi, urushidi. Hafa bo'ma sog'inib telefon qiladi o'zi. Yo'ki san qo'ng'iroq qil. Sevganindan keyin telefon qisen ayb bo'midi.
- Yo'q dugonajon endi u yo'q. Meniki emas, men bilan emas. U uylanvotti. Dugonajon meni tashlab boshqasiga uylanib ketvotti. Zabira ichi to'lib-to'lib pichirladi.
- Voy basharasi qurimasin!? Nimaga unaqa qiladi?! Jinnimi u?! 
- Bilmadim. Sog'inib ketvomman. Ovozlarini eshitkim kevotti.
- Nima didi?! "Onam boshqasiga uylantiraman divottila" didimi? Axmog'akan sando qizni tashab ketib baxtli bo'lolirkanmiya?!
- Yo'q o'zlari xoxishlari shunaqa ekan. Rosa yalindim. Nimala dimadim. Man... Man... Zabira gapirolmay qoldi. Ikki dugona o'zlari bilan gaplashib o'tirgandek edilar. Zabira Baxromni ayibsiz ko'rsatishga urinsa, Fazilat dugonasini ovitish bilan ovora edi. 
- Bilmadim dugonajon, bilmadim! Sandek qizni uvoliga qoladi! Mana meni etti dirsan!
- Yashashni istamiman.
- Bemani gapini yeg'ishtir! Bitta vadavoz axmoqni deb o'lib ketaverasanmi? 
- Endi menga farqi yo'q.
- O'zi chuntirdinmi? Gapirdinmi, yoki yig'lab tururdinmi?
- O'zimam bilmiman, baqirdim, yig'ladim, gapirmagan gapim qomadi. Oxiri bir gunox ish qildim. 
- Nima qanaqa gunox?! Nima devossan!? Jinni bo'ldinmi? Nima qilding?! Aroq ichtinmi? 
- Yo'q!
- Sigaret chaktinmi? Fazilat ichi qizib peshanasidan terni artti. 
- Jinnimisan, man. man...
- Nima qildin unda? Gapiraqogin!
- O'rtolarini oldida homiladorman dedim. 
- Voy o'lmasam!?
- Qayoqdan hayolimga keldi bilmayman. Shundan keyin biroz o'zlariga keldilar. Ammo "oldirib tashash mumkin" deb qutildilar. Bolani tan omasliklarini ettila. 
- O'l sharmanda, qachon ulgurgandilarin!? Yuzin bormi? Endi nima qilasan?!
- Yo'q bu quruq gap. Lekin do'slarini oldida kim degan odam bo'ldim. Sharmanda bo'ldim. Nima qili? Bu so'ngi choradek ko'rindi. Yechim shudek edi.
- Maylin endi tinchlan. Fazilat jim bolinb qoldi. Bir nimalarni taxlil qildi. - Baxromni tinch qo'y. Bilaman sandan yaxshisini topomidi. Sengayam oson tutmayabman, vaqti vaqti bilan unutish mumkin. Shu suxbatdan keyin Zabira biroz tinchlangan bo'ldi. Ammo juda qiynaldi. Xonada Baxrom bergan sovg'alarni ko'rib yuragi ozor chekardi. Aslida xonaning har burchagida Baxrom bilan bog'liq xotiralar yashardi. Oradan ikki oy o'tib Baxromni to'yi bo'ldi. Zabira shu kuni dugonalar bilan tog' sayoxatida edilar. Bu uning dugonasi Fazilatni kishi bilmas tashabbusi edi. Xonadagi stolda oyisiga qoldirgan xati turibti. Mavluda ona lotinchani qiynalibgina o'qiy boshladi. "Oyjon toqqa ketvomman. Kursdosh dugonalirim bilan. Adam va akam bilmasinla. Keyin iltimos oyjon bugungi sovchilarga yo'q deng. Hozircha tayyor emasman. Sog'inmi o'tirila, ertaga qaytamiz. Hovitir omen bo'tta faqat qizla o'zimiz. Dugonamizni dachasidamiz. Dugonamni oyisi va kelin oyisi xam shu yerdalar." - Hozirgi qizlarga nima bo'lgan o'zi? Bizni davirda derzadan ko'chaga qaramasdik. Bula indamiy toqqa ketibti. O'g'il bola bo'lib tug'ilganmi bula? Ish qilib tinchlik bo'sinde. 
- Oyi qayoqdasiz? qo'shni honadan Zabirani akasini ovozi eshitildi.
- Singlini xonasidaman, tinchlimi?
- Zabi qani? Adam so'ravottila, telefonini ko'tarmabti. 
- A nima? Sinin uyda. Yo'q uydamasidi mmm.. Mavluda qizi yo'qligini, qanday chuntirishni, nima deb baxona qilishni bilmay qoldi. Dovdirab javob berdi.
- Uydami, uydamasmi?
- O'qishiga ketkanidide...
- Bugun yakshanbaku oyi! Qanaqa o'qishda bo'ladi?
- Ey bilmadim! Man qattan bilaman bolam?! Tergovchimisan? 
- Ne manga tashisiz. Adamga telefon qilib qo'yin mani bezovta qimasinla! Nosir sal qizishib mexmonxonaga qaytdi.
- Endi bunisini muomilasini qara?! Xammasi o'zi tug'ulib o'zi kotta bo'b qogan! Ona o'ziga-o'zi gapirib eshikni yopkancha xonadan chiqib ketti.
 Derazadan mayin esib kirgan shamol egasi yo'q xonada shodon raqs tushadi. Buyumlarning qo'lidan tutib raqsga chorlaydi. Yupqa muqovali daftar orasida Baxromning fotosurati jilmayib turibti. O'ng yelkasida Zabirani ikkita qo'li turibti. Bu fotosurat birga o'tkan so'ngi baxtiyor damlaridan qolgan edi. Zabira bu suratni qoq o'rtasidan yertgandi, lekin tashlab yubormadi. Shu suratni ko'rganida Zabira Baxromdan kechishga o'zida kuch topadi. Shu suratni ko'rganida do'stlarini ortiga bekinib "Jonimga teydin, Man sandan charchadim! eshitvosanmi charchadim" deb baqirganini eslaydi. Qo'liga osilib "Jon baxromaka iltimos aybim bo'sa eting, Faqat mani tashab ketmen" deb yalinganini eslaydiyu qo'llari musht siqadi. Huddi usha tabassum " Do'stini mashinasiga o'tirib olib "Men seni eshitmayamman" deb shunday so'vuq tirjaygandi. "Meni 4 yil ermak uchun aldab yurgan toshbag'ir" derdi. Usha kuni ko'cha changitib ketgan mashina ortidan yugurgandan so'ng boshqa bunday qilmadi. Qasos olish degan hayoldan o'zini tiyish yo'llarini izladi. O'zini o'qish bilan chalg'itti. Turmush qurish xaqida jiddiy o'ylab ko'rdi. "Turmush qurish baxtli bo'lish uchun sevib oila qurish shart emas" degan xulosalar atrofida o'ralashib qoldi. Bir kuni Zabira shu suratni qo'liga olib uzoq tikilib o'tirdida "Xayotim mazmuni" deb pichirladi. O'ziga savol berdi. Nima uchun Baxrom meni xayotim mazmuniga aylandi? Xayot mazmunim. Nima xaqida o'ylasam, nima ish qilsam ohiri Baxrom bilan birga bo'lishni o'ylardim. Bu hayollarim tasavvurdan ko'ra xaqiqatga o'xshardi. O'zim-bilib bilmay kun sanardim. Har kunim tugar ekan...
 Dugonalar uyga qaytishti. Zabira Sahxar xavosiga o'rganishi biroz qiyin bo'ldi. Shu sababdan holsiz yotib qoldi. Mavluda ona uni kechgacha oyoqqa turgazish xarakatida yuguradilar. Adasi yoki akasi bilsa ikkisi xam gap eshitib qolishadi. Kamiga kasal bo'lib kelgani ortiqcha bo'ldi. Zabira qatiq ichurib ko'ngli ozib ketti. Lekin o'ziga keldi. Baribir kechki ovqatga chiqshga qo'rqdi. Yuzi taranglashgan, qorayib ikki yuzi qizg'ish sho'ralagani ko'rinib turgandi. Albatta bu Saidaxmad (Zabirani otasi)da shubxa uyg'otti. Sir ochildi, Zabirani kasalligi va shu kasaligini xisobga olmasa sog'-omon qaytganini o'ylab Saidaxmat Mavludaga bir o'qrayish qilib, indamay xonadan chiqib ketti. Erini ketidan onayam chiqib ketti. "Kaltak" birinchi bo'lib onaning boshida sindi. Aka bo'lib singlisini nazorat qilmagani uchun akasiyam yaxshigina gap eshitti. Zabira dadasini ovozini o'rnida gujanak bo'lib tingladi. Qo'rqib ketti. Lekin dadsi unga g'ing demadi. Zabira yengil nafas oldi. Ammo oqibati kutilmagan bo'ldi. Yuz-ko'zi biroz o'ziga kelishi bilan uchrashuvga chiqa boshladi. Mana endi xonadagi Baxromni eslatuvchi xamma narsa axlat qutisiga chiqarildi. Janjal qilib tamirlashdan olib qolgan xonasini o'zi tamirlashga kirishdi. Bu ishlarini Baxroni unutish uchun qilmadi. Baxrom endi axamiyatsiz odamga aylanib bo'lgandi. Endi Baxrom began sovg'alar xuddi begona odamning buyumlari begona xonada qolib ketkandek tasurot uyg'otardi. Zabira oliygoni bitirishini kutib turishgandek sovchilar qadami ko'paydi. Faqat qiziq xolat. Sovchilar kelishardi, uchrashuvlar o'tardi, Surishtirish uchun malumotlar olingach jimjit bo'lib qolishardi. 
 Zabirani bugun tavalud kuni. Shunga qaramay Fazilat bilan xonaga kirib kelishti. Eshikni ichkaridan quluflab uyoq buyoqdan gaplashib o'tirishti. Fazilat bilan gaplashga bundan boshqa vaqt yo'q edi. Fazilat bolalik bo'lgach olingidek ko'chaga ko'p chiqolmay qoldi. Bazida mashinasi bo'lgani uchun bir zumgina kirib o'tadi. Suxbatlashish uchun imkon qolmaydi. 
- Nima bo'ldi? Uchrashuvga chiqvosanmi Zabira? 
- Xa o'tkan kuni 4-siga chiqib keldim. 
- Nima yoqmayabtimi? yoki yoqmayabsanmi? Fazilat bu savol o'rinsiz bo'lsada berishga majbur bo'ldi. 
- Ikkinchisi yaxshi yigit ekan. Ochiqqina. Ikkinchi uchrashuvga o'zi chaqirdi. Keyin telefon qilib fikrimni so'radi. Uyimdila nima deyishsa shu dedim xamma qatori.
- Xop qani nima bo'ldi? Fazilat xuddi dugonasini to'yi boshlangandek ko'zi yarqirab ketti. 
- Onasi qo'ng'iroq qilib o'ylab ko'ramiz deganmush. "Qiziz xaqida qo'shnilar.." Qo'shnilar birnima dishganmi, aynib ketishti.
- Ko'romidigan iflos kimsal ko'pde dugonajon. Xafa bo'ma Xudo yuzini teskari qisin bulani. Jazosini o'zi bersin.
- Kimdan nima kutishini bilmi qolarkansan. Kimdan gumon qilishiniyam bilmidsan.
- Xop sanga ikkinchi yigit yoqqan bo'sa man o'zim gaplashaman. 
- Yo'q keremas!? Battar gap-so'zga qolaman Fazilat! 
- San xovotir omagin. Mandayam shunaqa qilishgandi. Ishonchli odamim bor. Topib, dabdalasini chiqarib, ostonenga emelatib keladi.
- Voy yo'q!?!
- San jim, aralashma, ikki kundan keyin nasib qisa shu yigitni kutib tur. "Shaxzoden" oq otta keladi. Fazilat ayyor jilmayishini qilib xonadan chiqib ketti. Zabira uni kuzatib xonada biroz o'tirdida, mexmonlarni oldiga qaytti.
 Vada qilingandek bir xafta oralig'ida tanish raqamdan qo'ng'iroq bo'ldi. Roziliklar olingach to'y tarodudiga kirishildi. To'y boxonasida Fazilat dugonasinikiga kelib-ketti. Qisqa salom-alikdan so'ng quchoqlashib bir-birlarini to'y bilan tabriklashti. Xonaga Mavluda opa kirib keldilar. Fazilat yelka qoqib salomlashish uchun qo'l uzatkanida Mavluda opa chaqqonlik bilan uning qo'liga tilla uzuk taqib qo'ydilar. Keyin raxmat aytib mehir bilan yuzidan o'pib qo'ydilar. Ikki dugonaning xayolini o'qigandek ularni holi qoldirib chiqib ketilar. Ikkisini ichida bir biriga aytadiganlari to'lib yotibtiyu faqat quvnoq ko'zlar o'ynoqilaydi. Fazilat yana birinchi bo'lib gap boshladi.
- Baxtlimisan dugonajon?! Zabirani yelkasiga qo'l uzatib.
- Ichimga sig'mayabman! Bir gapni etsam ustimdan kulmisanmi Fazilat? Zabira dugonasini kaftini yuziga bosib erkalandi.
- Agar rostini etsen kulmiman! Fazilatni ayyorligi tutib ketib jilmaydi. Ko'z qiri bilan uyalganidan yuzi qizarib ketkan dugonasiga qaradi. Zabira nima deyshi avalldan biladigandek.
- Dugonjon man sevib qoldim!? quvonchim ichimga sig'mayabti. Man buni o'zimdan kutmagandim!
- A endi sevasizde. To'ydan keyin shunaqa qattiq sevib qolasiz malikam.
- Voy kulmiman degandinku?! Zabira yig'lab yubordi. Yuzini shart o'g'rib, kafti bilan yopib oldida chin dildan yig'ladi. Fazilatni qo'li yelkasida turganini sezib silkitib tashladi. Fazilat o'ynashgandek uning bo'ynidan quchoqlab oldi. 
- Sevib qolibsan dugonajon sevib qobsan. Allohim baxtini o'z panoxida asrasin. Qo'sha qari dugonajon. xar qanday xolatda o'zini tutib turadigan sharttaki, matonatli Fazilat xam yig'lab yubordi. Ko'ngli bo'shashib ketti. Tilaklarini oxiriga yetkazolmay ming'illab qoldi.
- Ona xotin bo'bsan, qopasan Fazilat. dedi Zabira dugonasiga yengil suyanib.
- Voy mamuni qara, Bir pasta kampir bo'ldimmi? To'yim bo'ganiga endi 2 yil bo'ldi xalos. Xali jida yoshman. Fazlat bunday hujumni kutmagandi. - Bo'g'ib qo'yimi asal qiz? deb do'q urgan bo'li. Ular shu zayil ancha suxbatlashishdi. Sovchilarni qaytargan qo'shnilar emas, Turmushu o'xshamagani uchun ajrashib ketkan, Zabirani bunda ayiblayotkan Baxromning ishi ekani xaqida aytib berdi. Fazilat shaxsan o'zi Baxromni 4 martta tepkanini faxirlanib aytib berdi. Zabira Baxromga, "Birinchi sevgi"siga emas shunchaki bir insoning joni og'riganiga biroz yuragi xijir bo'ldi. Dugonasini chapana shevada berilib gapirishiga ishqivoz bo'lib birzumda Baxromni unitib yubordi. Turmush qurgani bilan Fazilatni bu odatlari qolmagan ekan. Ishonganlari tug'ishkan ukalari ekan. Ayol quda bilan Fazilatni o'zi gaplashibti, kuyov bilan uklari. Yigitni farosati bor ekanmi, chunibti... Zabirani xotirasidan Baxrom o'chib ketkaniga ishonibti. Yo'q o'chirib bo'lmaydi lekin solishtirish vaqi kelganida Zabirani savollar qiynamasligiga ishonch xosil qilgandur. Alloh ko'ngliga solib Qalbini ilitgan bo'lsa ne ajab? 
Baxt va So'roq belgisi. Mani fikrimcha Dunyodagi eng ko'p ishlatiluvchi narsalar yo'l, suv va so'roq belgisi bo'lsa kerak? 
Bu hikoyaga qo'l urishdan oldin Sho'rlik qizning taqdiri bilan qiziqdim. Uni baxtli qilishga axd qildim. Ey Allohim aldanibmi o'zlari bilibni shunday axvolda qolganlarga to'g'ri yechim ber. Ularni adashtirib qo'yma.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SmartDentДата: Вторник, 09.04.2013, 00:52 | Сообщение # 2
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 1
Репутация: 0
Статус: Offline
Койилееее...
 
FC_PAXTAKORДата: Вторник, 09.04.2013, 02:50 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Ajoyib
 
aziz007uzbДата: Четверг, 11.04.2013, 23:23 | Сообщение # 4
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 16
Репутация: 0
Статус: Offline
aytganiz kelsin!
 
SokinaДата: Пятница, 03.05.2013, 18:39 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Bilmadim... nima deyishgayam hayronman. Bir fikr bildirishdan oldin,axir buni yozgan insonning murakkab ichki ruhiy-hissiy boy olamini öz olamingda kashf etgansan-ku, udrok etishing uchun kamida uningdek fikrlar,öy-xayollar ummonida suza bilmog'ing kerak,degan fikr keldi. Taqdir taqozasi degan jumla haqida kecha öylagandim. Taqdirning har bir taqozasiga rozi bölmoqlik yoki isyon qilmoqlik odamzodga meros tuyg'ular bölsa kerak...Ehtimol,aql va qalb orasidagi tuyg'ularni ilg'ash uchun asriy tushunchalarni özgartirish kerakdir... Loading...

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Четверг, 16.05.2013, 12:36 | Сообщение # 6
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Extimol SOKINA?
Etibor uchun xar biringizga be xad raxmat...

Barmoq uchiga ko'z, burun, soch chizzib tomosha korsatib turgan ''Jimmi'' Xasan oldida bollar sho'x-shodon kulib chug'ullashishadi. Bazan barmoq qo'g'irchoqqa bolajonlar biror nima sovg'a qilishadi. Xasan ularga etibor bermaydi. Uning o'z bolalik olami bor. ko'rsatib turgan tamoshosi o'zi uchun. O'ziga qiziq. Salqin chinor ostida ulardan boshqa yana bir yigit otiribti. Xasanning tengdoshi. Bir ishni qotirgandek kerilib o'tiradi. Bolalar ketsa xam, Xasan qayoqlarnidur daydib kelganidaxam u o'tiraveradi. Og'zida sigaret tutab turganda ko'kragini yanada kerib oladi.

Добавлено (16.05.2013, 11:36)
---------------------------------------------
Bu bilan tengoshi Xasanni ustidan kuladi. Churvaqalarga o'zini zo'r ko'rsatishga urinadi. Jimining g'ayri oddiy ertaklarini so'zma so'z buzib luqma tashlab o'tiradi.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
BARSДата: Четверг, 16.05.2013, 12:42 | Сообщение # 7
Группа: Qadrli mehmon





DAVOM ETING
 
LoadingДата: Понедельник, 27.05.2013, 19:46 | Сообщение # 8
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Navbatdan tashqari tipo monolog...

Chalkashliklar.
Ikki majnun o'rtasida turib olgan qaysar qiz. Tangrim seni kechirsin. Xiyonatkor to'sh qalbli malika. Dili boshqayu tili boshqa ofatijon. Ayt axir, bizni uzoq kuttirma, qadamingni bos axir. Tanla tezroq. Qo'rqma endi be foyda, jang bo'ladi. Uzoq davom etadi bu kurash. Usiz bo'lmaydi axir. Bu kurashni sen boshladingu qurboni biz bo'ldik. Sevganmizku axir ikkimiz. Ikkimizga bergansan umid. Birimizni tanla va biz axmoqlar o'rtasidan chiq tezroq. Ikkimizxam senga ozor yetishidan qo'rqamiz. Ko'zimizga ko'rinmay tur. Yoki tinch qo'y bizni butunlay. Ammo kutma seni tinch qo'ymasmiz. Nega chunmaysan seni sevamiz, unutolmaymiz. Endi qanday kulasan. Qanday yashaysan axir? Menga yetsang sevgisiz, unga yetsang boyliksiz qolasan. Bizdan kechsang mazmunsiz xayot kutadi seni.
Mayli menga og'ir bo'lsin, maylin ozay aqildan. Ammo qolgin u bilan maylin, majbur roziman. Baxtli yasha iltimos. Faqat shunda roziman, vaqti kelib unutarman.
tamom!


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
MirzoxidДата: Вторник, 28.05.2013, 12:28 | Сообщение # 9
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
uchinchi majnun yomi

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
LoadingДата: Вторник, 28.05.2013, 19:57 | Сообщение # 10
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
[9] Mirzoxid [Сегодня, 11:28]

Kimga turmushga chiqsa shu 3-majnun deb topamiz.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
MirzoxidДата: Пятница, 31.05.2013, 11:02 | Сообщение # 11
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Фазлиддин акоооооо шу одамхам анча дангаса бубк,обдила

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SoginchДата: Пятница, 31.05.2013, 11:38 | Сообщение # 12
Группа: Qadrli mehmon





Loading-Fazliddin aka ,.. Siz haqingizda yaxwi gaplar ewitganman)) Ijodni toxtatmang)))
 
LoadingДата: Суббота, 01.06.2013, 21:05 | Сообщение # 13
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Giyos dan kechirishlarini so'rab.
sovg'a
/bayram kuni/
Bugun bir bolachani shar sotib turganini ko'rasiz. qo'lida 10 dona turli shari bor. Undan shar sotib olgan ota-onalar farzandiga xavasi keladi. U xam bugun bolalar kunida ota-onasi unga shar sovg'a qilishlarini istaydi. Bir xaridor kelib ''nega sharlarin xar xil ishirilgan'' desa, ichidan uyalib qizaradi. xaridor kishi boshqalar sotayotkan uchar sharlarni olgisi kelmadimi? Bolachadan shu sharchalarni sotib oladi. Qolidagi pulni sanash o'rniga xaridorga tinmay raxmat aytadi. Uyi tomon yuguradi.
- Xakimjon qayoqlarda yurasana? ona jaxili chisada avaylab koyidi.
- Ko'chada edim oyi. Men singlim... bolachani gapi og'zida qoldi.
- Bayram qildinmmi? Singling kasalxonada san bayram qilishga. uyog'ini onaatayin aytmadi. bolasini ko'nglini og'ritish o'z ko'ksiga xanjar sanchganday gap.
Ular kasalxonaga yo'l oldilar. Bugun odam gavjum katta yo'ldan uzun ko'cha bo'ylab kirib kelguncha bayramona bezaklar osilgan. Xuddi ommaviy sayl bo'layotkanday. Kasalxona tarfadan mashxur xonanda qo'shig'i baralla yangrab turardi. yaqinlashgan sari kasalxona katta xovlisidan bolajonlarning shodon baqiriqlari eshitila boshladi.
Bir bola ko'plar kiyib olgandek kiyinib olibti. Usha bola chuntirdi. Onani ko'zlariga yosh keldi. Tadbir so'ngida bemor bolajonlar o'z xonalariga kirib kelishti. Xakim singlisiga yaqin kelib o'tirdi.
- Fazilat tuzalib qooldimmi?
- Yo'q endi tuzalaman aka.
Suxbatlari o'rtasida xonaga foto oparat ko'targan amaki, va doim Xakim bilan oyisi kelganda kiradigan xalatli hola kirib kelishdi. Xakimning oyisiga xat va qutichada singlisi ichadigan doridan berishti. foto aparati bor aka ularni birga rasimga oldi. Fazilat yuzidagi oq niqobini yechkanida. Xakimning oyisini ko'zlari yoshlanib ketti. oppoqqina shirin qizaloq. dom yuzida kulguchi bor, shiringina qizaloq. Xakim usha tanish ayolni gaplarini odatdagidek jim tingladi. ko'zlari quvonchdan porlab ketti.
-Sinim ana shu dorini ichsen tuzalarkansan. Xakim gapim rosta degandek bir kepka kiygan amakiga, bir halat kiygan xolaga manoli qaradi.
-Rostanmi akajon? Fazilatni kulguchi yanada chuqurroq botib dona-dona tishlari ko'rrindi.
- Mana agar yana dori kere bo'sa mani plim bor sanga dori oberaman...
kirganlar xonadan endi chiqamiz deganlarida boyagi xaridor bo'lib shar olgan amaki usha tanish sharlar bilan kirib keldilar. Bolalar kuni bilan aka-singilni tabriklab shar ulashtilar.
Tamom...


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
MirzoxidДата: Воскресенье, 02.06.2013, 01:27 | Сообщение # 14
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
... Фазлиддин ака к,айтишиз кере

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SoginchДата: Воскресенье, 02.06.2013, 08:54 | Сообщение # 15
Группа: Qadrli mehmon





Bolalar kuniga zo'r sovga boldi.Orqaga qaytmang faqat olga qadam bosing)))))Ijodda davom eting))
 
LoadingДата: Понедельник, 03.06.2013, 19:33 | Сообщение # 16
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Yoz xotirasi.
Yoz kuni bo'lishiga qaramay osmonning xar joy xar joyida, qordek oppoq bulutlar g'ujg'ollon otadi. Shabadasi roxat baxsh esadi. Andak salqin havo quyoshning olovli nafasini bo'g'adi. Chit matosidan yengil kiyib olgan Ezoza qanot bog'lagandek uchib bormoqda. Odamlar orasidan soya kabi siypalib otib ketti. Ana ko'zlagan manziliga kelib qoldi. Baxt uyining qoramtir panjaralari ko'rinib turibti. Elyor esa korinmaydi. Odatda qiz bola kutirardi. Ezoza o'ylaganini kulib yengdi. Bugun uni ko'nglini uncha-muncha xiraliklar buzolmaydi. Atrofga xayolchan boqarkan shu quvonchi hech qachon tugamasayu , ming yillarcha yashasaydi. Hayolini ko'ylagini tortqilagan qizchabuzdi. Avval hayoliga kelgani tilanchi qiz bo'ldi. Sumkasini kavlay turib unday emasligini chundimi pul o'rniga shirinlik chiqarib qizga berdi. Yig'layverib ko'zlari qizargan, kiprigida yoshi qurimagan shiringina qizaloq. Ezoza atrofga savol nazari bilan qaradi. Qizchani ota-onasi qayerda degan savol tezda xayolini qoraladi. Yaqin atrofda odam ko'p, birortasi qizini yoki singlisini oldiga kelayotkanga o'xshamaydi. ''Balki avtobus bekatidan kelib qolgandur'' shu xulosasi o'ziga to'g'ri tuyildi. Qizchani o'rikdek kafti, loviyadek barmoqchalaridan tutib bekat tarafga yurdi. Ortlaridan Elyor hansirab yetib keldi.
- Qayoga qochib ketvos Ezozaxon?!
- Hech qayoqqa. Mana bu qizcha yoqolib qopti.
- A shunaqami? Nima qilamiz unda, soat xam o'ndan oshibti?
- Menimcha onasi bekatda bo'lsa kerak? Shunday topib keyin kiramiz. Hohlasez siz kutib turin.
- Ey yo'q. Menam siz bilan boraman. Yana o'zizam yoqolib qomen? Elyor gapiga jiddiy tus berib jilmaydi.
Avtobus bekatiga yetuncha Elyor qizdan qayta-qayta ota-onasi xaqida so'radi. Tezroq baxt uyidan, ro'yxatdan o'tib olishni umuman visol kunlariga tezroq yetishni istardi. Katta muamolar ko'rinmayabtyu shu kichik mayda chuydalar ulkan dovdek oldida turgandek go'yo. Bekatda qizchani hech kimi topilmadi. Qizcha hech gapirmaydi faqat yeg'lagani yig'lagan. Hamma o'zi billan ovora. Ezozani xayolini xavotirli o'ylar qurshab olmoqda. Qizchani ota-onasi topilmaydi degan xavotir uni qo'rqitib qo'ydi. Elyorga uzoq tikilib turdida, ''endi nima qilamiz? '' degandek yelka uchurdi. Elyorni ko'zlarida yechim bor edi huddi. Elyor boyadan beri mavridini kutib turgan gapni aytishni joyi kelganini bildi.
- Ezoza manimcha bu qiz shu yaqindagi uylarda yashasa kerak? Kiyimiga qaren uychi kiyim menimcha?
- Yo'g'ey, shunaqamikan? Ezoza ishonchsizgina - unday bo'lmasa kerak? deb bosh chayqadi.
- Unday bo'lsa maxalla tayanch punktiga boramiz. Elyor bu bilan nimani o'laganini chunib bo'lmadi.
- Yaxshi fikr aqliz zo'r ishlidide. Man taxminan bilaman milisaxonani.
- Balki shart emasdur? Elyor Ezozani miliciadan qo'rqadi deb o'ylaganmidi? Birdan fikridan qaytib qoldi. To'g'rida Ezoza nimadan qo'rqadi? Ayniqsa yaxshilik sabab idoraga borishmoqchiku... - kettik bo'masa.
Idorada kechka qadar qolib kettilar. Qani endi qizchaning biror kimi topila qolsa. Navbatchi inspektor ular topilmasa qizchani o'zlari bilan olib ketishga majbur ekanlikarini uqtirdi. Ezoza qo'rqib ketti. Begonadan begona qizchani nima deb uyga olib kiradi? Qayoqdanam bu mashmashaga yoliqdiya? Elyor oldida xam xijolat bo'lib qoldi. Qabul komisiyasi tugab bo'lgandur?? Idoraga tez-tez qo''ng'iroqlar bo'lib turibti. Har safar Elyor va Ezozaga jon kiradi. Qizchani uydagilaridan biror xat xavar bordek ko'z-quloq bo'lib turishibti. Shu safar telefon o'zgacha jiringlagandek, jarangladi.
- Alo xa xa, Vo alaykum assalom yana bir bor, xayirli kech tilayman. Inspektor gapni ataylab cho'zayotkandek keraksiz gaplarni gapiryapti. - Men men qo'ng'iroq qildirgandim, tinchlikmi?... Xmm...
- ...
- Mana yonimda o'tiribti. Nima qilay?
- ... .
- Xechqisi yo'q. Bolada, shunaqasi bo'lib turadi. Asosiysi soppa-sog'. Inspektorni ko'ngli yorishdi. Musichadak xurpayib o'tirgan ikki yoshga manoli qarab suxbatni yakunladida ikki yoshga minatdorchilik bildirib ularga ruxsat berdi. Qizcha ularga ergashib yig'lab qoldi. Ezoza qizchani bag'riga bosib ko'zlaridan yoshini artdi. Chin ko'ngildan quloqlariga pichirlab '' yig'lama shakarim. Xali seni xaqiqiy ota-onanang kelishadi. Mana ko'rasan. Meni aytdi dersan. So'ng ikkovlari qizchaning yuzidan o'pib baxt uyi tomonga shoshib ketishti. Yetib kelishkanida qabul tugab bo'lgandi. Xodimlar shu kungi topshirilgan arizalarni tartibga keltirib arxiv xujatlarni tuzishni boshlagan edilar. Elyor qancha iltimos qildi, Ezoza qancha yalindi. Foydasiz, davlat ishida tartib degan narsa bor. Elyor va Ezoza aynan shu kuni kutib kelishkandi. Agar zagkskga xujatlarini bugun topshirsalar raqamlar ketma-ketligi ajoyib o'rnashgan bo'lardi. Ko'ngillari g'ash bolib uyga qaytishga qaror qilishti. Bino yo'lagiida ularga bir xodima yetib olib qaytishlarini so'radi. Yo'l-yo'lakay xujatlarni ko'zdan kechirib xonada ro'yxatga olib tibbiy ko'rikka yo'lanma yozib berdi. Shunday qilib yaxshilik yerda qolmadi.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SoginchДата: Понедельник, 03.06.2013, 19:46 | Сообщение # 17
Группа: Qadrli mehmon





Zo"r yozibsiz.Elyor bn Ezoza baxli boliwsin))
 
LoadingДата: Вторник, 04.06.2013, 03:36 | Сообщение # 18
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Manga tanqid va yutuq taraflarini yozishilarni iltimos qilar edim. etibor uchun katta raxmat. nasib qilsa tez kunda yana mutolalashamiz.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
MirzoxidДата: Вторник, 04.06.2013, 04:21 | Сообщение # 19
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
окам сизни танк,ид к,иладиган 2та камчлик лекин манга ту'ри кемиди буни сизга айтиш biggrin хикояла хаётий вок,еалага бог'лик, менга ёк,адиган тарафи улдим к,олдимла ё маг'зини чак,сак тамини сезамиз асосийсихам шумасми яна кутуб к,оламиз smile

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
Sokina))))Дата: Вторник, 04.06.2013, 08:07 | Сообщение # 20
Группа: Qadrli mehmon





Sizni faqat Soginch tamqid qiloliwi mumkni.Bowqamizni duximiz yetmaydi))))))) Soginch deganlarini kalladi bum bum bolsayam tanqidga qalpoq kiygizib qoyadi))))))
 
БАРСДата: Пятница, 07.06.2013, 09:18 | Сообщение # 21
Группа: Qadrli mehmon





СОГИНЧ ХУЛИГАНКАМИЗ СОКИНАНИ НОМИДАН ЁЗИБДИМИ)))))
ДУСТИМ,ИЖОДДА ДАВОМ ЭТИНГ!
 
LoadingДата: Суббота, 08.06.2013, 22:41 | Сообщение # 22
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Baxor uyg'onib ketti bir zumda. O'rik gulari to'kildi xar yon. Bodom shoshqoloq ko'klam barg yozib. Oz qoldi ketay dedi to'kilib. So'ngi qor jon berar oldidan sapchip singib ketti zamin qariga. Yashillar nish urub ko'kka intilar, zaminchi quchog'in bo'shatay demas. Maysalar yuzini silasam mayin, rashk qilib bulutlar boshimga keldi, gullarning yuzidan bo'salar olsam boshimdan suv quyiib arazlab ketti. Cho'zilib sayradi nolakor qushar, shu fasil ulg'aydim bazan sezilar.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
MirzoxidДата: Воскресенье, 09.06.2013, 02:06 | Сообщение # 23
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Лоадин ако манда бир оз танк,ид бор танк,идмасу илтимоснома smile
ижодингиздаги шер, моналог, ва хикоялада к,оидасига амал к,илинг (!) шундан бази нарсалани олволамиз
Сокина айтганларидек манам (у'хшатма)пустой бакалашкаману (силани кола деб хисоблаволдим)бир оз бошк,алани танк,ид к,ибтураман

шер у'зизни хаётиздан келиб чик,дими (ман шундей диб у'йладим) smile


Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SoginchДата: Воскресенье, 09.06.2013, 09:03 | Сообщение # 24
Группа: Qadrli mehmon





Mirzozid u gapni Sokinsmad man yozuvdim)))))Hshaha ana bitta odamni bolsayam oxwatolibmankuu)))
Bars siz bilib qolibsizku Soginch yozganini)))
 
MirzoxidДата: Воскресенье, 09.06.2013, 14:21 | Сообщение # 25
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
sad Сог'инч

Добавлено (09.06.2013, 10:07)
---------------------------------------------
смаил адашди

Добавлено (09.06.2013, 13:21)
---------------------------------------------
angry


Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:
Flag Counter