Суббота, 23.11.2024, 13:17
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Shaxsiy Ijod (Loading) - Страница 2 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Shaxsiy Ijod (Loading)
LoadingДата: Понедельник, 10.06.2013, 19:48 | Сообщение # 26
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Tasbeh!

Xona burchagida bir maromda tasbex toshi chiqirlab ovoz beradi. So'ng shaq etib yerga tushadida xona saxnida shivirlagan ovozga xo'rsinish, burun tortib ox chekish nidolari eshitilib qoldi. Bejirim, to'qilgan yashil ipga qator terilgan tasbex toshlari saxarning mayin sabosida yayrab o'rin almashadi. Donalari barmoq orasidan sakrab tushganida uchqun otilib atrof yorishkandek bo'ladi. Tasbex toshlarining sho'xliklari xaddan oshib ip uzildi. Kaft ichida omonatkina bo'lib 14 donagina tosh qoldi. Qolganlari sakray-sakray quvlashib xar tarafga sochilib ketishti. Ularni birqanchasini mushk xidi kelib turgan barmoqlar terib oldi. Uch donasi yashiringan joyida qolib ketti. Biri tosh bo'lib oldi, biri tuproqqa belangancha jim yotipti. Ikkitasi sassiq o't ortiga yashirinib oldi. Avval shodon qiqirlayotkandilar, umidsiz yurib, bomdodga shoshib keta boshlagan mo'minning ortidan mayus qarab qoldilar. Ular tarafka bir qaragan nigox ortidan ''innalillahi va innailayhi rojiun! Bu xam yaxshilikka.. degan ovoz eshitildi.
Oradan ko'p kunlar o'tib, yomg'ir ostida daydigan bola yalt etib turgan, toshni qo'lga oldi. ''bu tosh do'damni tasbixiga o'xshar ekan.'' dediyu iziga qarab yugurib ketti.
- Oyi do'dam uydamilar?
- Yo'q qori, dadajonim machitga chiqib kettilar. Sizam Asr namozini vaqtida o'qib oling.
- Xozir oyjon men muxum ish qilyabman, savobli ish. O'ylaymanki Alloh kechiradi?
- Vaqtida o'qib oling halos. Ishiz keyin bo'ladi. Man kimga aytdim qori? Qayt bola. . !
Tuproqdan topilgan donachani cho'ntagiga solib, kissasini og'zini bekitib machit tomon yugurib ketmoqda. Donacha xar tarafga sakrab o'ynab boradi. Uzoqdan azon eshitildi. ''voy o'tirish kerak'' kissa qisilib qolganiga qaramay og'zidan yorug' kirib turibti.
- Xoy bola, nega oftobta o'tiribsan?
- O'tirin amaki, azon etkanda o'tirish kerak.
- Tur bolam, shoshilish kerak.
Donacha qorovulxona tokchasida qoldi. Bolacha har kuni do'dasiga ergashib jomega chiqadi. Namozdan so'ng qo'lida tasbex toshini tutib egasini topishni o'ylaydi.
Kuz xazoni to'kilib ulgurmay. . .
Ikkinchi tosh kimning qo'liga tushadi?

Добавлено (10.06.2013, 18:48)
---------------------------------------------
Tasbeh!

Xona burchagida bir maromda tasbex toshi chiqirlab ovoz beradi. So'ng shaq etib yerga tushadida xona saxnida shivirlagan ovozga xo'rsinish, burun tortib ox chekish nidolari eshitilib qoldi. Bejirim, to'qilgan yashil ipga qator terilgan tasbex toshlari saxarning mayin sabosida yayrab o'rin almashadi. Donalari barmoq orasidan sakrab tushganida uchqun otilib atrof yorishkandek bo'ladi. Tasbex toshlarining sho'xliklari xaddan oshib ip uzildi. Kaft ichida omonatkina bo'lib 14 donagina tosh qoldi. Qolganlari sakray-sakray quvlashib xar tarafga sochilib ketishti. Ularni birqanchasini mushk xidi kelib turgan barmoqlar terib oldi. Uch donasi yashiringan joyida qolib ketti. Biri tosh bo'lib oldi, biri tuproqqa belangancha jim yotipti. Ikkitasi sassiq o't ortiga yashirinib oldi. Avval shodon qiqirlayotkandilar, umidsiz yurib, bomdodga shoshib keta boshlagan mo'minning ortidan mayus qarab qoldilar. Ular tarafka bir qaragan nigox ortidan ''innalillahi va innailayhi rojiun! Bu xam yaxshilikka.. degan ovoz eshitildi.
Oradan ko'p kunlar o'tib, yomg'ir ostida daydigan bola yalt etib turgan, toshni qo'lga oldi. ''bu tosh do'damni tasbixiga o'xshar ekan.'' dediyu iziga qarab yugurib ketti.
- Oyi do'dam uydamilar?
- Yo'q qori, dadajonim machitga chiqib kettilar. Sizam Asr namozini vaqtida o'qib oling.
- Xozir oyjon men muxum ish qilyabman, savobli ish. O'ylaymanki Alloh kechiradi?
- Vaqtida o'qib oling halos. Ishiz keyin bo'ladi. Man kimga aytdim qori? Qayt bola. . !
Tuproqdan topilgan donachani cho'ntagiga solib, kissasini og'zini bekitib machit tomon yugurib ketmoqda. Donacha xar tarafga sakrab o'ynab boradi. Uzoqdan azon eshitildi. ''voy o'tirish kerak'' kissa qisilib qolganiga qaramay og'zidan yorug' kirib turibti.
- Xoy bola, nega oftobta o'tiribsan?
- O'tirin amaki, azon etkanda o'tirish kerak.
- Tur bolam, shoshilish kerak.
Donacha qorovulxona tokchasida qoldi. Bolacha har kuni do'dasiga ergashib jomega chiqadi. Namozdan so'ng qo'lida tasbex toshini tutib egasini topishni o'ylaydi.
Kuz xazoni to'kilib ulgurmay. . .
Ikkinchi tosh kimning qo'liga tushadi?


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SoginchДата: Понедельник, 10.06.2013, 20:37 | Сообщение # 27
Группа: Qadrli mehmon





Bitta gap aytaymi)))

2 marta oqib chiqdim lekin hech narsa tuwunmadim.

Tuwuntirib beriwni sizdan soraymi yoki sizni yozganlariyzni manga tahlil qilib beradigan Sokinadan?))
 
Faqat Fazliddin.Дата: Понедельник, 10.06.2013, 21:57 | Сообщение # 28
Группа: Qadrli mehmon





Manga xozircha chunarlik. tasbex donasi tarafdan o'qing qani.
 
SoginchДата: Вторник, 11.06.2013, 06:45 | Сообщение # 29
Группа: Qadrli mehmon





Tasbeh donalari uzildi...

Agar Sokina tuwuntirib berganday manoda bolsa haqiqatanam zor yozibsiz.

Man oqiganim bn baribiram tuwunolmadim
 
SokinaДата: Среда, 12.06.2013, 22:51 | Сообщение # 30
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Sizning yozganlaringizdan doimo falsafiy ma'noni boshqalarga nisbatan koproq izlayman.Esingizdami shom paytining xususiyatlari haqida fikr almashgandik.Bu hikoyani oqish davomida osha ajoyib vertual suhbatimiz yodimga keldi...

Hamma insonlar bu dunyoga musulmon bolib keladi.
Diyonatli odamlar iymonlariga nisbatan qanchalar sergak bolsa, diyonatsizlar shunchalar gaflatdadirlar...
Afsus va ming bor afsuski tasbeh uzilishigacha bolgan davr nihoyatda qisqa... aslida umrning teng yarmidan kopida sherik bolgan taqdirda ham fursat juda qisqa...
Avlodlar davomiyligi tasbeh donachalari kabi sachrab tasvirlansa qay biri tuproqda qorilib , qay biri masjid yolida ketib borayapti...Loading...

Menimcha,hikoyada suv ramziy ma'noda ishlatilganda yanada saviyasi yuqorilashardi.

Bugun kundaligimga shunday deb yozib qoydim:

Shabnam tomchisida aks etar hayot...
Inson umri -bir tomchi shabnam...

Bu paradoksni hikoyaga nima aloqasi bor ,deb oylayotgan bolsangiz bu paradoks sizga mulohaza uchun mavzu...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Четверг, 13.06.2013, 21:56 | Сообщение # 31
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Loading... Yozganlarizdan keyin ko'p o'ylab qolaman. Bir so'zda necha ma'no yashirin.
 
LoadingДата: Пятница, 14.06.2013, 00:26 | Сообщение # 32
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Sokina qo'shnijon. Xikoyani man yozibmanu manosini sizdan bilvomman. jiddiy aqlbovar qilmas darajada.

Navbatdagi qism ikki barobar chunarsiz birinchi qism kabi qiziq bo'lmadi ammo mazmunan boyishga xarakat qilib ko'rdim.

Tasbeh.
Kuz xazonlarini to'kib ulgurmay shamol turib yomg'ir mavsumi boshlandi. Chiqindi orqalab olgan cho'loq daydi yo'l yoqalab qo'lga ilingan tuzukroq narsani terib keladi. Hushyorligida o'tmagan ko'zi gaz xolatida binoyidek ko'radigan bo'lib qoladi. Yoz bo'yi saratonning sarig'ida qovjiragan sassiq o't oryidan tasbex toshlari ko'ka ko'z tikib turibtilar. Xato qilib qo'yganlarini ming bor bo'yinlariga oldilar. Xorlik axvolida qolib kettilar. Daydi ularni qolga olib nazar soldi. Tarjimasida ''Alloh'' deb o'yib yozilgan arab xarfariga ko'zi tushdi. Ko'rgan zaxoti avval bo'sh qo'lini yengil eniga ishqalab mazmunan tozalab so'ng ikkinchi qo'lini xam shunday tozaladi. Bu yozuvni tanidi, bu ismni tanidi, tanimasimmi? Go'dakligidayoq bu ismni ming bor takrorlab ota-onasiga shafoat so'raganku? Ammo so'ng...
Donachalarni kissasiga solib qo'ydi. Ko'p qavatli binoga qarashli chiqindixona yaqiniga kelganda shu yerni bezorilari turtkilab jig'iga tegishni boshlashti. Maqsadlari shu mazlum bechorani peshona teri bilan topkan pulini shilib olish. Balog'at ostonasi shunday erkaliklar bilan yodda qolarli. Daydi atrofini o'rab olgan bollardan qochib bo'lmasligini bilardi, lekin qopini maxkam ushlagancha yugurib ketti. Bir qo'li qopta, ikkinchi qo'li puli turgan kissasida. Yo'q, befoyda. Misha ismli bola ortidan, oyog'idan chalib yiqitti. Daydi pulini asrab qolish maqsadida Mishani to'xtatishga urundi. ''stoy, stop u menya koy chto yest'!'' dedida boyagi toshlarni ko'rsati. ''Eto ochen dorogoy kamen. Xochesh podaryu?! Drug vozmi eto tebe, podorok ot mena.'' Misha tasbex donalariga uzoq tikilib turdida xotirjamlik bilan ''A tiper gani babki starik!'' deb sheriklariga ishora qildi.
Tungi klub, bazm avjida, Zamonaviy elektron musiqa oxanglarida butun tana telba namo xarakatlar qiladi. Bazilar tabak xidi to'la bu makonda dam olib o'tiradi. Salqin ichimlik, mastqiluvchi koktel, dilbar yigitlar qurshovi, nozanin qizlar xusniga mast bo'lib orom oladi. Xozir gurulib olv chiqib ketadigandek qizigan raqs maydonidan Misha oyoqlarini sezar-sezmas buyurtma dasturxonga kelib joylashdi. Qurib qolgan tomog'ini pivo bilan xo'lab, xali ismini bilmaydigan qizning chakkasidan extirosli xidlab, yolg'ondan o'pib qo'ydi. Uning bu xarakatini kuzatib o'tirgan Nodir alla nechuk xayol surib ayyor jilmaydi. Uning diqqatini Mishani qo'lida yorug'lik tushishiga qarab o'chib yonayotkan taqinchoq, undagi donalar o'ziga tortdi. '' ey chuvak u tea klassniy aksissuar. A mojna posmotret xoroshenko?!'' Nodir qo'lbola taqinchoqni qo'liga olib taqib ko'rdi. Kiyim boshiga solishtirdi. Yarashgan-yarashmagani xaqida ikkilanib turdi. Yechib qator tizilgan turli donalarni ko'rib chiqti. Turli tildagi xarf belgilar orasida ''Alloh'' yozuvini ko'rib nafas olishdan to'xtadi. Unga tinimsiz suykalab o'tirgan asli O'zbegu so'ngi paytlarda ''shunaqaga'' o'xshamay qolgan qizxam ko'rib sipolashgan bo'ldi.
- Misha ot kuda etix kamushki vzal? A ti znayesh eto cho za nadpis? Tut nadpiseno ''Alloh'' Nodir dunyoni ilmini biladigan odamdek kerildi.
- Ne, neznayu ey! Allah... Misha ko'ksida paydo bo'lgan og'riqdan ko'ksini changallab qoldi. Tashqariga toza xavoga otildi. Nodirni qo'lida ''Tumor'' qolib ketti.
Xarom ichimliklar, tamaki isi, turli ayol-qizlarning xushbo'y atrlari hidi ketmagan kaft ichida tasbex donalari bir uyoqqa, gox buyoqqa yumalab borishmoqda. Qadam tovushi yo'qolib, silkinishlar to'xtadi.
- Nimani kutyabsiz birodar? Azon aytib bo'lindi, xozir takbir aytiladi. Xonaqoga kiraverin.
- Xop Jamol aka xop... Mana bu menimcha anu sanidigan ''toshbeh''midi shuni donasi bo'lsa kerak? Op qo'ying kerak bo'lar?
Nodir kaftini ochib ulgurmay donallar sakrab nur taralib turgan tarafga Jamol akani kaftiga sakrashdi. Zora yana tasbeh donasi maqomini ololsalar?

Добавлено (13.06.2013, 23:26)
---------------------------------------------
Qorovulxona derazasiga uch dona qilib ipga terilgan donalar osb qo'yildi...


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SoginchДата: Воскресенье, 16.06.2013, 19:22 | Сообщение # 33
Группа: Qadrli mehmon





Tasbeh uzildi.
Yana yigildi.
Loading togrisi sizni yoziwingiz man un tuwunarsiz.
Sokinabegim aytganiday falsafiy mano berib oqiy desam kallam unday narsalarga yetmaydi))
 
LoadingДата: Среда, 03.07.2013, 00:31 | Сообщение # 34
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Qaytma. Menga obro' kerakmas. Quruq gap-so'z kerakmas. Soxta yashay olmasman. Qaytma, g'arib kulbamni vayron etkani. Qasirlarda yashay olmayman. Davr-u-davron surish kelmas qo'limdan. Qol mayli, qolib ket usha yerlarda. Qoldirib ket meni chorasiz. Maylin yasha bir umr achinish bilan. Kulib yasha ustimdan bot-bot. O'ylama, ayb sitmasman. Oqibatni solmagayman yuzinga.
Mexmonim bo'l quruq qo'l bilan, xamma kabi ikkta non keltir. Kerakmasdur sovg'a salomlar, hushnud qilish uchun ko'nglimni.
Do'stim eslab qo''ysang duoda, tushlarimda jilmayib tursang.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Среда, 03.07.2013, 09:57 | Сообщение # 35
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Inson imkoniyatlari aynan qaysi rivojlanish bosqichida bo'lmasin undagi ijodiy fikrlash jarayoni "yosh" tanlamaydi.
Oltmish yoshli kishining aqli yetmagan jumboqli masalani olti yoshli bolakay birpasda hal qilib qoyishi mumkin.
Bu aksiomaga, shaxmat boyicha Osiyo chempioni olti yoshli bolakay Islombek Sindorovning natijalarini eshitib yana bir bora amin boldim.
Shunday ekan aql yoshda emas,boshda.
Qoshnim, sizni hazillashib 90 yoshli otaxon derdim.
Lekin,yoshingizdan kora aqlingiz oldinlab ketgan bolsa ayb sizdamas , hammasi yaratganning marhamati bolsayu,siz bundan boshqalarni bahramand qilmasangiz bu sizga insofdanmi?
Shunaqa chiroyli falsafiy fikrlar egasi ozini ozi kashf etolmasa buninig sabab yoki bahonasini nimadan izlaylik?
Balki,zararli odatu,(bu xoh erinchoqlik bolsin) yoki,shunchaki vaqtni boy berishga majbur qilayotgan odamlar, bekorchiliklardan xalos bolishga urunib ijodiy faoliyatni kuchaytirishga urg'u berib korarsiz...
Qiyomatda qoshnini holini soramaganlik uchun javob beribqolmay-da))

O'zingiz bilmagan holda chiroyli fikrlar ayta olishingizni avvaldan bilaman.
Dunyoda kashfiyotchilarninig o'zlari kashf etib qoygan kashfiyotlarini bilmay qolgan paytlari ham kop bolgan ekan)

Sizga xayolparastlik Gulichcha onadan o'tmagani aniq))
Aytgancha,Gulichcha onaga mendan duoi salom.)

IJODINGIZGA BARAKA!
(ko'z tegishi dinimizda bor, koz tegib qolmasligi uchun odatda mavjud narsalarga baraka tilanadi)


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Четверг, 04.07.2013, 00:03 | Сообщение # 36
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Yozib chuntiraman. bu ko'dlangan maktub xisobi. qolganlar taxminan 2 yil oralig'ida chunib oladilar.
Avval aytdim: Men boshqaman. Menga omad kulmagan. Hamma chunar bir lavzidan, men qandaydur boshqaman. O'zimni ko'p yoqotdim. judo boldim gururdan. yo'q o'lmadi ammo yo'q edi.
U farishta emas, ser xato bir qiz, aytgani qarshidur ko'pda o'ziga. Ne ajib meni baxtli etoldi.

Qo'shni sizga janatda bir dugona toptim. Duo qiling shuday bo'lsin!


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Четверг, 04.07.2013, 00:51 | Сообщение # 37
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
InshaAlloh !

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Пятница, 05.07.2013, 23:24 | Сообщение # 38
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
.. dan oldin ..

Bir odam el qatori yashab, xayotni pastu balandini ko'rib juda chiroylik qaridi. El ichida obro'-etibor topti. Taqvosi bilan ibrat bo'ldi. Qarilikmi yoki sabab bo'ldimi, kam xarakat bo'lib yotib qoldi. Bazo'r zaxar xozirga yoki tamaddi qilish uchun ornidan turadigan bo'ldi. Qarindosh-urug', oqibat qilib kelganlar ko'paydi. Qariya chundiki vaqt saoti yaqin qolgan. Bir kechada tush ko'rdi. Bir sharpa, yuzi aniq-tiniq ko'rinib turibti. Lekin ko'rmagandek. Ovozi tiniq eshitildi. Huddi o'rtada parda bor. Parda ortidan savol yangradi.
- Maqsadingni ayt.
- Jannatni talab qilaman.
- Qaysi amaling uchun?
- To'at-ibodatim mukammaligi uchun.
- Xaq ibodat qilganing yozib qo'yilgan. Ammo yetarlik emas biz jannatni extiyor etmadik. Yana jannatni talab etuvchi amaling bormi?
- Axli ayolimga xiyonat qilmadim. Qing'ir yo'lga yurmadim faqat...
- Xaqiqatni aytding. Faxsh yo'lga yurmaganing yozilgan.
- Xayr exson qildim, Sila'i raxmni mustaxkam ushladim. Jannatni talab qildim. Biror marotaba Alloh haqida yomon gumonda bo'lmadim.
- Haq gapni aytding. Yana nima amallar bilan kelding?
- Allohga ayon bir dardim bor. Musibat boshimga tushgan. Farzand dog'ini ko'rdim, so'ng farzandsiz o'ttim.
- Buni o'zing xoxlagan edinku? Bolam deb qo'lga olmading, erkalab, suymading. Begona dek qiyo boqmading. Uni sendan olganimiz zaxoti ko'zlaring ochilib dod deb qolding.
- Yo'q, men yosh edim. Men majbur edim! Bolalarni jonimdan ortiq ko'rishim Allohga ayon!?
- Unda nega bola asrab olmading? O'z bolangdek, hech bo'lmasa Holisalilloh unga mexir berish xaqida o'ylab amalga oshirmading? Ortga suraverding?
- Bilguvchi Alloh. Men undan nusrat kutib yashadim.
- Nima uchun berganimizni inkor etib yana najot kutasan? Farzand ketib ko'nglinga o'yin-kulgular sig'may qoldiku?! Boyliklaring qani ey banda? Har bandani rizqini "Yaratgan" beradi deb ogoxlantirilmaganmidi?
- Men shunday qildimku? Alloh roziligi uchun bor boyligimni exson qildim.
- SEN bu boyliklarni farzand evaziga ''exson'' qilganingni inkor etasanmi? Barcha ayb-nuxsonlardan pok bo'lgan zot bilan tijorat qilishdan xayo qilmadingmi?
- Ha men shunday qilgan edim. Bu ishni boshqalar xam qiladilarku?
- Yo'q ularning niyatlari holis edi.
- Siz ozi kim bo'lasiz, bularni siz qayerdan bilasiz. Alloh va mendan o'zga biror kishi bilmaydigan sirlarimni siz qayerdan bilib oldingiz. Siz amallar daftarini o'quvchi farishtamisiz? Men endi jaxanam olovida yonamanmi?
- ALLOH BILGUVCHIROQ. Ammo endi chindan ibodat qil, shoyad najot topguvchilardan bo'lsang.
Shunda kuchli xayqiriqdan quloqlaridan oqqan yiringni og'rig'i bilindi. Sapchib uyg'ondi, dod deb yig'ladi, tovba qildi. Ammo qarigan chog'ida ulgurolmay qolishdan qorqdi..

Nima deb xulosa berishga ojizman.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Пятница, 05.07.2013, 23:51 | Сообщение # 39
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
SubhonAlloh!!!
Bu zot Azroil alayhissalom edilarku!!!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Пятница, 02.08.2013, 22:01 | Сообщение # 40
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Ayriliq!
Shoshilyabman. Yana biroz kuting, iltimos. Hozir boraman. Hozir yoningizda bo'laman. Bag'ringizga bosasiz. Erkalaysiz, yuzlarimdan o'pichlab, ko'z yoshlarimiz sho'rini lablaringiz ila tuyasiz. Sabr qilsangiz bo'ldi. Mana men taksidaman ''Faqat tezroq yurasiz!'' tabassum qilaman. Axir sizdan faqat mexr ko'rdim. Sadoqatni o'rgandim. Siz sabab kuldim, siz o'rgatkandek yashayabman. ''O'nga burilasiz!'' Bilasizmi? ''Ikkita bekatdan so'ng yana o'nga qayilamiz.'' Bilasizmi sizni aldagandim. Men sizni juda yaxshi ko'raman. Men faqat.. Aytolsaydim o'zingizga. Aytkim keladi xar safar. Har safar o'zgacha, siz kutmagan vaqtda buni aytishga urunaman. ''Mexribonim, - yo'q sizga emas o'zimcha shunchaki, xayol surib qolibman, yo'lingizga qarang chalg'itgan bo'lsam uzur!'' Mexribonim, ha shoir xaq sizning mehringiz ''daryo'' men tomon tinmay oqadiyu sira tugamaydi. Bu mehir tafti zamindek iliq, shaloladek jo'shqin, maysalardek hushdor. Oz qoldi, juda oz ''Shu yerda to'xtating'' Ana siz meni kutib turibsiz. Men tomon oshiqyabsizku nimadandur havotir olib turgan joyingizda ko'zingizni olib qochasiz. Nima uchun? Nega bunday qilasiz? Tinchlikmi o'zi?! Tinchlik bo'lsin Ilohim! Allohim osoyishtaligimizni ber!
Sizni qanchalik sog'ingan edim. Kechirasiz o'zimni tutolmay qoldim. Yuring uyga kiramiz, yana qo'shnilar bu xotin xorijda aqldan ozibti demasinlar. Sizning shaningizga yomon gapplar aytmasinlar. Meni axmoq desalar bu tuxmatni ko'tarolmay yuzimni tirnashim aniq. Sog'inmadizmi? Munchalar soviq bu uchrashuv? Yukimni ko'tarishiz bilan sog'inchingizni xis qilolmadim. Jilmayasiz soxta. Qaddingiz egik. Ayting axir jonim-jaxonim, mehribonim onajonim. Nega gapirishni istamysiz!? ''Oyijon tinchlikmi, adam tuzukmilar?'' so'radim soxta jilmayib. Ana dadam ko'rindi. Kayfiyati yaxshi, yoki biror nimani yashiryabtilarmi? Shu savollar bilan ikki kunim o'tti. Yuragim siqildi. Turkiyada ishim qolib ketti. Yangi biror nima chizay desam qo'lim bormayabti. Rostimni aytsam yuragim g'ash. Ketkim kelmayabti. Charchadim begona yurtda. Ketmasam xam bo'lmas bolalarimni sog'indim. Sevgi, o'ldim-kuydimlar qolib ketkanu turmush o'rtoog'imni ko'rgim kelyabti. Sog'indim rostim, lekin aytmayman. Burni ko'tariladi u kishimni. Mana 4 kun o'tib bo'ldi. Dadam choynagini stolga qo'ydi. Oyimga ishora shu bo'ldimi choyni yangilash uchun o'zlari chiqib kettilar. Dadam yana nasixat o'qishni boshladilar. Odam ulg'aygan sari maslaxatga, nasixatga qanchalik muxtojlik sezsa, shunchalik uni eshitish, qabul qilish, ayniqsa nuqsonini to'g'rilash qiyin bo'larkan. ''Xop adajon.'', '' xop bo'ladi.'', '' Bilasiz adajon manga ishonmisizmi?'' o'zimni bosib chidab o'tirdim. Xayriyat oyim qo'shilmadilar desam ertalabgacha ularni eshib yotdim. Xaydashvotti. Xmm man xavotir olib ushattan shetga qimmatga bilet olib kelib o'tiribman. Nega chaqirishdiyu nega endi xaydashvotti?! To'vba odam qarigansari injiq bo'lib qolarkan.. "Tovba" dey tavba. Qaytaman, bollarimni sog'indim. Zakazlarim qop ketti. Mijozlarimni yoqataman bunaqada. Dadamga xayronman, ana akam xich kemidi, sinim uyda g'irt bekorchi ushalani chaqirsin. Maxallasi bir qadam. Man Turkiyadan shuncha yo'l bosib kelaman. Ula kelomidimi? To'ri, dadam etkanlaricha bor "o'nta bo'lsa o'rni boshqa ekan" mana o'zim Toshkendamanu o'y-xayolim Turkiyada qoldi.
"Hop oyijon, adajon o'zilani extiyot qilila. Telefon qilib turaman. Erkin adam oyimga yaxshilab qarela. Akamga qarab o'tirmi o'zin bilib-bilib ishini qil." ichimda gapim ko'p, ko'p nasixatim bor ukamga. Ezmalik qilgim kelmadi. Oyim har safargidek jim ko'z yosh to'kadi. Men doim kuyinchaklik bilan koyib beraman. Dadamni qo'lida nevaralariga atalgan narsalar to'la sumka. Hech kimga ishonmay o'zlari olib yuradila. Hamma bilan hayrlashib bo'lganimdan keyin tayinlab qo'limga tutkazadilar. Shu ota-ona bilan harlashishdan og'iri yo'q. Ketkim kelmay qoladi. Dadam avval oyim bilan hayrlashishni aytdila. Onamni bag'rimga bosib yig'lab yubordim. Juda g'alati. Oyim og'iz juftladilaru gaplari ichlarida qoldi. Meni ovutishga xarakat qildilar. Sababini bilmay hotirjam qilshga urinib yotibtilar. "Oyijon mani kechirin, yana kelaman. Bollarim bilan!" Reys vaqti yaqin qolgani sababli airoportning xar chekkasidan yoqimli ovoz eshitildi. Qaysi yo'lakdan chiqilishi xaqida malomot berdi. Ko'ksi to'lib turgan dadam tomoq qirib hayrlashishga chaqirdilar. To'risi uylaman, nikox kuni oq fotixa berotkanlarida qattiq bag'rimga bosib yigladim. Qattiq xijolat bo'lgandim. Meni voyaga yetkazdilar, men esa ularga biror nafim tegdimi, yo'qmi? Usha kuni ko'zimga qarab ichimni o'qidilar, dildagi arrmonimni aritib "Baxtli bo'l qizim, kulib kelib, kulib ket. Kuyovimni rozi qil, man mingdan-ming rozim" dedilar. ''men shunday qilaman" deb vada berdim. Xozir, bugun qancha urunmay kulolmayabman. Ko'zimdagi yoshimni to'xtatish qo'limdan kelmayabti. ''Kechirin adajon, negadur qo'limdan kelmayabti." karnaylarni yertkudek yana diqqat signali chalindi. Boyagi hush ovozli qiz yana yo'lovchilarga yo'nalish berib gapirdi. Dadam yelkamdan maxkam ushlab o'zlaridan ajratdilar. Kozimga qaragan zaxotlari ich-ichimdan xotirjamlikni sezdim. Qo'laridagi bolalarimga atalgan maxsus sumkani olib yo'lakdan o'tib samalotka chiqdim. Mana xavodaman. Shoshilyabman. Yana biroz kuting, iltimos. Hozir boraman. Hozir yoningizda bo'laman. Bag'ringizga bosasiz. Erkalaysiz, yuzlarimdan o'pichlab, ko'z yoshlarimiz sho'rini lablaringiz ila tuyasiz. Sabr qilsangiz bo'ldi. Mana men taksidaman ''Faqat tezroq yurasiz!'' sizni o'ylayman, tabassum qilaman. Axir sizni sevaman. Axir siz meni baxtli kunlarim sababchisi, davomchisisiz...
Ramazon oyi muborak! Alloh gunohlarimizni kechirib, jannatiga loyiq qilsin. ikki dunyo sa'odatini topish uchun bergan bu imkoni uchun unga Yolg'iz zot Allohga xamd, sanolar bo'lsin. payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga salovot salomlarimiz bo'lsin!

Добавлено (21.07.2013, 00:55)
---------------------------------------------
Yulduzim!

Qarang osmonda yulduz uchyapti?!
Yulduzmas sevgilim bulut suzyapti!

Sen mening yulduzum men xira bulut. Uzoqlab ketyabam ilojim qancha? Sen xar kecha nomoyon izlaysan meni, men esa osmonga qaytmadim mudom. Endi men darxtlar yaprog'idaman, shuvullab nomingni solaman kuyga. Men endi dengizlar bag'rida tomchi, parchalab tashladi meni tabiat. Tunlarda sokin senga boqaman, nuringda parvona, jo'shib oqaman. Sog'inchim jo'sh urib senga talpindim, etagim tortqilar ummon be rahim. Kim ajrata olardi to'kilsa yoshim, tezroq kuydursaydi bobo quyoshim. Shunda yetardim uchub sen tomon, yuzlaring siypalab yulduzim mening. Yomon! Yomondur qora bulutlar. Yoptilar yuzingni, yopildi visol. Endi diydorin amridur maxol.

Добавлено (02.08.2013, 21:01)
---------------------------------------------
Shag'al
Yuragim. Bag'rimga bosib. Jiyaninga xavasim keladi. Juda chiroyli kulasan. Uni erkalaysan, sening xushbo'y isingdan burni qishadi. Senga qo'l cho'zaman be extiyor. Uni to'yguningcha o'pasan. Qanday odil shariat, na qadar qattiq qo'l qonunlar.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Суббота, 03.08.2013, 00:17 | Сообщение # 41
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Qarang,osmonda yulduz uchyapti...

Bu so'zlar olis bolalik xotiralarimni yodga soladi.

Osmonni shunchalar yaxshi ko'raman,yerdanda ko'proq!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Nilufar_93Дата: Суббота, 03.08.2013, 01:25 | Сообщение # 42
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Репутация: 2
Статус: Offline
Ayriliq,
Bir ayolni arosat aro qoldirib ketmoqda.

Yaqinlarimiz davrasida bo'lish buyuk baxtimiz.
 
LoadingДата: Воскресенье, 11.08.2013, 21:10 | Сообщение # 43
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Afsus turkumidan!

Ota!
Qo'chqor xotini bilan janjalashib qoldi. Oxir oqibat sud ularni ajrashtirdi. Jaji Nafisa otasi bilan qolishi xaqida qaror qo'shimcha qildi. Onasi uni deyarli ko'rish xuquqidan maxrum qilindi. Afsus ayoldek nozik xilqat ko'ksida bazan tosh turadi ekan. Tashqariga chiqqayotib Qo'chqorga taxdidli zaxarxanda gapini aytdi.
- Ajab ish bo'ldi, endi yallo yashayman. Qizinam Alumentinam boshinda qosin.
- Yo'qol alvasti! Uyimgayam, qizimgayam yaqinlashma!
Shundan keyin Qo'chqor uylanmadi. Ayol zotida onasiyu, jaji Nafisadan boshqasiga ishonmasdi. Hayolida qolganlar alvasti xotinidek edi xuddi. Kunlar o'taverdi, "qiz bolani tarbiyasi nozik" derdi rahmatlik Qo'chqorni ayasi. Nafisa otasiga o'g'ildek edi. Uylariga asosan o'g'il bola o'rtoqlar kelardi. Dadasini oshnalari o'zi bilan kamdan-kam qizlarini olib kelishardi. Ko'pincha qizchalar uyda onalari bilan qolishadiku? Nafisa to'marisdek chaqmoq qiz bo'lib ulg'aydi. Tengdosh qizlar bilan chiqisholmasdi. Ulardagi noziklik, ibo deb atalmish parda unga yot ko'rinardi. G'ashini keltirardi. Ayniqsa bo'shashkan yigitlarni ko'rsa chirpiragini chiqarib yuborardi.
Qo'chqor uyda qizining qizlardan ko'ra o'g'il bola do'stlari ko'payganini payqadi. Ko'ngli bir g'ashlikni sezdi. Shu sabab Nafisani bolalikdan birga o'sgan, akasidek bo'lib qolgan Jur'atni yoniga chaqirib. Gapni erkagini aytdi.
- Jur'at, otang do'stim, lekin san manga o'g'limdeksan. Nafisa bilan birga o'sding.
- To'ri Qo'chqor aka! Jur'at yelkasida turgan qo'ldan g'ashi keldi. Ko'chada birov shunday qo'lini qo'ysin, huddi sakkiz buklab qo'yaqoladi. - Tinchlimi? Birov, nima bo'votti?
- Yo'q singlini atrofida yigitlar o'ralashib qoldi. Qisqasi meni chunding. Iltimos yagonam shu.
- Bo'ldi Qo'chqor aka, xovotir omen, chivin yaqinlashmidi qizizga.
Jur'at yorilib ketkudek bo'lib Qo'chqor amakisini o'gitlariga quloq solgan bo'ldi. Qo'chqor qayta-qayta qizini bir o'zi katta qilganini takidladi. Ko'zlariga yosh to'ldi. Jur'atga ishonch bildirdi. So'ng ancha tinchlandi.
Oradan oy-kunlar o'tib Jur'at Nafisaga o'rganib qolganini sezdi. Aka bo'lib o'rgatardi, do'sti bo'lib maslaxat berardi. Ikki kundan keyin Nafisani Ammasini uyida to'y. Qiz chiqaryabti. Qo'chqor poytaxtga kecha ketkan. Nafisa bugun imtixnonini topshirib bo'ldi. Ana endi to'yga xotirjam boradi.
- Alo Jur'at aka qayoqdasiz?
- . . ..
- Qaytishda kiring biznikiga?
- ..
- Ha tinch, Ammamni uyida to'y, poytaxtga ketishim kerak.
- . . . . . , . . ..
- Kelin xop.
Kun shomdan oqib bo'gan, osmonda dadil yulduzlar ko'rinish berib milt-milt tovlanib turibti. Nafisa bularga etibor bermay ming xayol bilan uyda yugurib yuribti. Kun kech bo'ldi. Uyni saramjon qilib ketish kerak. O'ziga qarab olishga ulgurishi kerak. Xovlida odam sharpasi sezildi. Jur'at keldi. Darvoza oldidagi bo'ks qopini bir-ikki mushtlamasa ko'ngli joyiga tushmaydi. Nafisa 6ta pog'onali, naqshinkor taxta tutqichlik, zina yo'lagiga shoshib chiqdi.
- Jur'at aka mexmon xonaga kirib turin. Mani biroz ishlarim qoldi. Keyin ketaveramiz.
- Tezlash-ey?! Jur'at bir-ikki mushtlab ovoz tarafga qaradi. Sochi namligidan bir-biriga yopishgan Nafisa, pushti, yupqa, matoli yozgi halatda unga savol nazari bilan qarab turganini ko'rid.
-Zalga kirib turasizmi? Nime qotib qoldiz? Nafisa sochini uyoq-buyoqqa taramlab so'ng, kiyimiga qaradi. Ko'zi tushib etiborsizgina "voy sharmanda" deb ichkariga qaytdi. - Kirib televizor ko'rib turin. Man tayyorman xisob! deb yana takidladi.
Jur'at bosayotkan qadmi xato ekanini to'liq anglar, oqibati ko'z o'ngidan aniq o'tardi. Lekin Nafisani ayni laxzada ko'rgisi kelardi. Xona eshigi ochiq, mobil telefonda qandaydur xira qo'shiq jarang sochib turibti. Ichkarida Nafisa hamon usha kiyimida oynada o'zini tartibga keltirib turibti. Jur'at yanada jiddiy kayfiyatga kirdi. Hayolida bu to'g'ri harakat degan aniq ishon bilan ichkariga qadam qo'ydi. Nafisa tovush kelgan tarafga ko'zgu orqali nazar soldi. Chap qo'li be extiyor kiyimini bo'ynini bosti. U tomon yaqin qolgan Jur'atni jim kuzatishda davom etti. So'ng o'ng qo'lidagi upani qo'yib kalta tikilgan xalatining etagini pastga tortqiladi. U bukulgan sayin kiyim yuqoriga ko'tarilganini sezib yana qaddini rostladi. Borgan sayin ko'zi xiralashib ketkandek tuydi. Fikrlashdan to'xtab qolgan boshida bir xulosa, u meni akam, u meni akam. Lekin ko'ksida uyg'ongan alla nechuk talpinish unga tinchlik bermayabti. Tog'ni talqon qilgudek uradigan yuragi to'xtab qolgandek, chuqur nafas oladi. Tez-tez nafas oladi. Bir musht bilan yigitman deganini mazasini qochiradigan Nafisani rangi o'ziga keldi.
Xona olov ichida qoldi.
Qo'chqor cho'chib uyg'ondi. Tushda ko'rganlari tiliga ko'chdi.
Tushlarimda ko'rdim onamni,
kelin deya so'roqlar kimni.
Uyquyimga bermay xalovat,
qizim, qizim qoro yer derdi.
Tushlarimda ko'rdim otamni,
hifchinidan olov sachradi.
Qizim, qizim or-nomusim der,
savalardi tinmay onamni.

Добавлено (10.08.2013, 21:36)
---------------------------------------------
Millat vabosi.

Qiz bola sevmasin ekan. Chunki uning nozik tanasi ichra mardlik, sadoqat mustaxkam joy olar ekan. Ko'ksida nafrat o'tini yoqolmay Nargiza tunlari bedor yig'lardi. Endi uning quvonchi, ko'z yoshlarini artib qo'yadigan sevgilisi Sadriddin yo'q. U bilan gaplasholmaydi, unga atalgan to'rt qatorgina sms.lar yozolmaydi. Umr yo'ldoshi uni sochlarini mayin silab ovitadi. "Jonim yig'lamang. Hammasi yaxshi o'ttiku. Men sizdan minatdorman. Ko'nglim to'ldi. Nima uchun yig'lisiz? Axir men yonizdamanku, men sizni qalqoniz bo'laman. Oila azolarim... MEN SIZNI BIR UMR ARDOQLASHGA, SEVISHGA VADA BERAMAN" Nargiza kutilmagan mexirdan erib ketadi. Ich-ichidan "Sadriddin men sizni unutaman. Vada beraman. Men xaqiqiy baxtimni toptim. U meni birzum yolg'iz qoldirmaydi." deb turmush o'rtog'idan yoshli, sir to'la ko'zlarini olib qochadi. Allanechuk xotirjamlik, bir necha kunlik charchoqqa qorishib ketadi. Qolaversa bir necha daqiqalar avval tanasini bel quvvati tark etib bo'ldi. Tush ko'rib-ko'rmay cho'chib uyg'ondi. Xovliga chiqib ikki qo'shni nari-beri ko'chaga suv sepib, shupurib kirdi. Qayni otasini duosini olib oshxonaga chopti. Dasturxonga to'ydan qolgan noz-nematlardan qo'ydi, og'izga yoqadi deb quymoqga unadi. Bu orada qayni onasi tomoq qirib xonaga kirib keldi.
- Qizim charchamadizmi?
- Yo'q oyijon nega charchiman, sizga nima tayyorlab beray?
- Ovora bo'mang oppog'im borini yeb tugatilik. Uvol bo'masin.
- Kechirin oyijon quymoq pishirvomman.
- Yo'q maylin, yegiz kegan bo'lsa..?
- Turmadimi?
- Nomoz o'qivotudila. Xozir chaqiraman.
- Hay ishizni qilin. O'zi chiqadi.
Quymoq kuymasin deb olovni pasroq ushlab atalani soldi. Yog' shovullab, mayda donalar otib o'yin qilishni boshladi. Nargizani uzoqdan mudroq, horg'inlik bosib keldi. Ko'z pardasida hayolidan o'tkanlar suzib ko'rindi. Sadriddinning elektron pochtasida turgan manoli ko'z qarashli, foto surati aniq gavdalandi. Bir muddat o'zini sezmay nomalum muxit ichida vaqt bo'shlig'i orasida turib qoldi.
"- Sadriddin aka mana bir xafta bo'ldi.
- Nimaga bir xafta bo'ldi Nargizam?
- Sizni ovozizni sog'inib kettim." Ko'zidan oqgan tomchi yosh tovadigi yog'ga tushub shovullab, yana jim bo'lib qoldi.
- Nima pishirvossan ertalabtan?! Xonada kuyov bolani ovozi sadolanib eshitildi. - Yanami?
- Yo'q tutunga achishdi.
- Yo'g'ey, adam qaytdilami?
- Yo'q. Oyim turdila.
- Mani oyimde, o'rgan kuyov yosh boladek oyisiga erkalik qilib eshikdan chiqib ketti. - Choyni yengila, sovib qopti.

Добавлено (11.08.2013, 20:10)
---------------------------------------------
2-qism

Qizbola, ayolkishiga uy ishi ish bo'larmidi? Nargiza kun yarmiga bormay hammayoqni chinni-chiroqdek, yog' tomsa yalagudek qilib qo'yadi. Jo'shqin o'tayotkan kunidan, Sadriddinni o'zi tugul ismini xam eslamayotkanidan quvonadi. Biror qarindosh, qo'ni-qo'shni chiqsa shular bilan tanishadi. Yoki turmush o'rtog'i bilan uzoq suxbatlashadi. Sirlashadi. To'y o'tkaniga mana bir oydan oshdi. Kunlar uzayib, cho'zilib ketkandek tuyilishni boshladi. Nargiza xamon uyiga qo'ng'iroq qilsa yig'laydi. Singlisini ovozini eshitkan xamonoq Sadriddin xaqida gapirishini istaydi. Singlisi buni biladi, ammo aytolmaydi. Aytolmadi! Eslatishga xaqqi yo'q. Takrorlaydigan gapi "opa u endi yo'q. Uni unuting. U sizni baribir unutgan. Kelganizda go'shaknixam ko'tarmadiku?". Nargiza tunlari uxlashga qo'rqib qoldi. Uyqusida Sadriddini aytib yuborishdan cho'chiydi. Tunlari hayoli Sadriddinga xiyonat qilayotkandek tuyilaveradi. Hayoliga tunda Sadriddin bilan qilgan shirin orzulari keladi. Charchadi. O'tmishning taqibidan charchab bo'ldi. Sadriddinga qastdan qilgandek bazan eriga o'zi suykalishni boshlaydi. Yana hotiralar girdobida lazzat tatimay ko'zi yoshlanadi.
Nargiza endi xiyla ishlatishga majbur. Turmush o'rtog'iga shart qo'ydi. Telefonini qaytarib berishini iltimos oxangida talab qildi. Shubxalangan Zoxid ko'nmadi. "boshqa shart qo'yish xaqida o'ylamasin" deb bir-ikki yaxshilab tepkiladi. Nargizani ichi yonib ketti. Qani xozir Sadriddin bo'lsayu uni bag'riga bosib to'yib yig'lasa. Dardlari arisa. Hap senimi dediyu...
- Alo? Begim.
- Kim bu?
- Bu man Nargizaman. Tanimi qoldizmi? Nargizani ovozi yana mayinlashdi.
- Nargiza sizmisiz? Sadriddin nima uchun qo'ng'iroqga o'zi javob berganini bilmasdi. Usiz yashashga ko'nikib bo'lgandi. Telefonini avvalgidek ko'tarib yurmasdi, bazan uyida qoldirib ketadigan bo'lgandi.
- Man begim, sog'inib kettim! Nega telefonizni ko'tarmisiz?! Bilasizku sharoyitimmi. Oldingidek emas.
- Bo'ldi qilin. Kerakmas. Hayr! lekin aloqani uzolmadi. Kuchi yetmadi.
- Yo'q! Hazillashdim! O'lib turganim yo'q. Voy vo', shunchki do'stimdan xabar oliy dib telefon qildim.
- Yaxshi tinchmisiz?
- Nima qiganiz bu? Mani jaxlim chiqvotti Sadriddin!
- Nega jaxliz chiqadi? Sadriddin nimaga ishora bo'lganini payqab tursada, jiddiy oxangda suxbatini davom etirdi.
- Mani sizlamen. O'zimmi beganadek sezvomman.
- Chunki beganasan. Aloqa uzuldi.
Shunga o'xshash suxbatlar bazan soatlarga cho'zilardi. Nargiza hayotiga Sadriddin yetmayotkanini bod,bod takrorlardi.

. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Hozircha bu mavzu stop.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Воскресенье, 11.08.2013, 22:27 | Сообщение # 44
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Tavba!

Добавлено (11.08.2013, 21:27)
---------------------------------------------
Sadriddinga ko'ngil qo'yib nega boshqasiga tegdi?
Maqsad faqat oila qurish... Tamom. Qizlargayam hayronman qolib ketmasa yoki qari qiz bo'lib qolmasa boldi ekanda.Ko'ngil qo'ymasdan turmush qurib bo'larkanmi...Konglida boshqa birov bo'lmasayamku tushunsa bo'lar...

O'ziniyam, boshqaniyam baxtsiz qilib oxiri gunohga botib ketibdiku.Kimningdir jufti haloli bo'lsa-yu boshqasini xayolidan chiqarolmasa .Tavba , bu aqlga to'gri kelmaydiku.
Men xuddi shu narsani tasavvur qilolmayman va tushunmayman.

Buni hayot deydilar...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Воскресенье, 09.11.2014, 01:56 | Сообщение # 45
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
P.S Sokina kechirasiz yoshizga balki to'g'ri kelmas. Umuman oganda buni aytish yigitmi, ayolmi uyat. Ammo shariyat ilmiga egasiz. Hikoyani to'xtatkanim sababi qanday aytishni bilmay turibman. Voqiyalar rivojida Nargiza xap senimi deb mushti zo'r erini o'ziga yaqinlashtirmaydi. Er "chaqirganda " ayol rad etishga xaqqi yo'q. Agar uzurlik bo'lmasa.
So'ngi kunlar turmush butunlay o'z manosini yoqotib qo'ydi. Endi qayni ona aynib qoldi. Go'shangaga hohlagan vaqti kirib Nargizaga ish buyuradigan. Yoki indamay qaytib chiqib ketadigan bo'ldi. Nargiza Sadriddinga ko'ngli sovigan, lekin undan boshqasiga ishonmay qo'ydi. Xazilmi, chinmi suxbat ajrashib Sadriddin bilan baxtli bo'lish xaqida bo'lardi.

. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Yashirin.

Добавлено (11.08.2013, 22:08)
---------------------------------------------
Yashirin.!
Tunga belanib olsam qaniydi? Kunduz bo'lmasa, yashirin bo'lsam. Yuzimni ko'rmang, ayblarim bilmang. Bir umr siz uchun oppoq yashasam. Tunda bor bilaman yashirin xislar. Chiroyi boricha yonadi yal-yal. Bir umr yashasam yulduzlar bilan. Bulutlar bag'rida yashirin bo'lsam.
Odamlar dardini bilib yashasam. Malxami bo'lolsam bo'larmi ey tangrim. Oyoqqa tursalar bo'lib men sabab. Yo'q ko'rmasalar, yashirin bo'lsam. Tunning bag'rida bir umr qolsam.

Добавлено (30.10.2014, 13:30)
---------------------------------------------
Kampirshoni boblab so'ktim. Titragancha o'chib qoldi. Qo'rquvdan lovillab tursaham, ko'zini menga olazarak qilib qaraydi. Munkillaganicha yosh to'kadi. Har ko'z yoshi araqni tomchilashiga o'xshab ketadi. "Uy-joyingni qara" devdiyamki mana senga degandek eshikni qarsiratib tepib chiqib kelyabman. O'zingda mamashka qalelar?
Ey uzur do'stim, ona tuzumilar. Hafa bo'misan hammasiga anu kampir aybdor. Shuni ko'rsam hamma jodugar man uchun.
Ha, shunaqa degin.
O'zimni pulim bo'masayam, bervoraman-ku. Nechchi martta bozor qilib keganman, yo'q ko'rinmidi bizaniki. Anu ilon ketmaganda ikkilovi gaplashib o'tirishardi. Ketganiyam yaxshi bo'ldi, bitta tekin tamoq kamaydi.

Добавлено (09.11.2014, 01:56)
---------------------------------------------
Meni unitib qo'ydingiz.
-- Yomg'ir quyib yog'yabti. ho'rsindi Zafar. Ustidagi cho'ponini tortibroq yopinib. Ichidan soviq qottimi?
-- Yog'adida aka! Opam rahmatlikni, qanday beg'ubor qiz edilar. Osmon yig'layabti, har kim siqqan dunyodan shunday inson ketadiyu yig'lamasinmi?
-- 30 yoshida, bokira ketti opam bechora.  Haaaa! Chuqur ho'rsinish mayit haqidagi aytilgan aytilmay dilda qolgan etiroflarning tasdig'i bo'ldi. Ichkaridan mayitning yaqinlarini chaqirishdi. "yuzlarini ko'rib olay, jonim bolam, kimlarga tashlab ketyabsan?!"
Murodimga yettim.
-- Tinchlikmi?!... Yomg'irdan qo'rqasanmi?
-- Albatta qo'rqamanda! Voy dod! Oyijon! turmush o'rtog'ini quchoqlagancha titrab ketti. Yorining tomog'i ostidan asta osmonga mo'raladi. Yana chaqmoq chaqadimi degan havotirda ko'zlarini pirpiratib bulutlar ko'ksini nigohlari ila taftish qildi.
-- Jinivoyim, men bormanku nega cho'chiysan? kulimsirab kurtkasini ochib qizni o'rab oldi. Ayni vaqtda uni tanasini munosabatlardagi iliqlik, kimgadur, seni sevgan insonga keraklilik hissiyoti bilan birga mehir va rahmdillik tuyg'ulari chimchilagandek tuyildi. Ayniqsa ustunlik ko'zlarini biroz qamashtirdi. -- Chaqmoqni nimasi qo'rqinchlik?
-- Nima qilibti? Silar erkaksizlar! Quchoqlaganim yoqmadimi? Dadam bo'lganida boshimni silab, kaftlari bilan himoya qilib olardilar. shu damda qiz o'zini yigittan tortdi. Yuragidan qo'rquv ko'tarildi. Tongdan beri ko'ngli hira bo'lgani bekor emas ekan. Ana turmushga chiqqaniga bir hafta bo'lmay, o'rtalaridan gap oraladi.
-- Yo'q jinnivoyim..
-- Ha man shunaqa jinniman!
-- Unaqa demoqchimas edim! yigit hato qilib qo'yganini chundi. Qizni yelkasidan tutib bag'riga bosdi. -- Men boshqa narsani o'ylagan edim.
-- Hop, siz doim bir nimalarni o'ylab yurasiz. siniq ovozda --meni hech kim o'ylamaydi.
-- Jonim qara. Yomg'irni yog'ishini. Qo'shiq kuylayorkanga o'xshaydi. Bizga baxt tilab kuylayapti har bir yomg'ir tomchisi. Men qachon baxtliman bilasanmi? Ota-onam, singillarim va albatta sen kulganingda.
 Qizning g'uncha labiga shabnam tomchisidek yomg'ir qo'ndi. Qiz jilmayishi bilan u yalt etib ketti.
U kechiradi.
 -- Yomg'irni yog'ishini qarang. Chelaklab quygandekkina-a? Singlim nega jimsiz? Hayolngiz ham alla qayerda aylanib yuribti chog'i? yoshi 40ni qoralagan ayol bergan savollari no o'rin bo'ldimi deb, jimib qoldi.
-- Opa yomg'ir odamlarning gunohini yuvarmish. Shu gapda jon bormi? O'lsin, bandamiz, kimni gunohi bo'lmaydi. kupedagi yana bir ayol gapni uladi.
" Dardim meni ey odamlar,
Quloqlarni kar qiladur.
Quloqlarni berkitsangiz,
Bag'ringizni qon qiladur"
Yomg'ir yog'ib irmoqlarga aylandi. Kupe derazasiga tinmsiz naqsh chizib, shiddat bilan oqib o'tadi. Yoshgina boshidan kechirganlari bag'rini tilkalaydi. Kupeni tepa o'rindig'ida g'ujanak bo'lgancha extiyorini butunlay taqdirning izmiga tashlab qo'ygan.
"Exx men soqovga aylanib qolganman. Dardim og'ir, og'riqli. Alamlisi bu dardni o'zimga o'zim ortirganman. Sizlar aytgan yomg'ir tugul bo'ron turib qon-qonimni muzlatkandaham yuragimdagi og'riqdan to'lg'onaveraman. Azobiga arang dosh beryabman."
-- Ko'zlarga qarang? Yoshgina jussasiga qayerdan shuncha dardni ortirib olgan, hayronman. 40 yoshli ayol gung qotib o'tirgan qizning dardini his qildimi, yokim sarhat bilmas shamolning mayyin iplari tanasini qitiqladimi, yelkasidagi qalin ro'moliga biqindi.
-- Bu yoshlarning ishi sevishda opa. Biz sevmabmizmi? To'ydan keyin.. ayol nariroqdan pirpirab yonib turgan chiroq shulasiga qaradi. Birov eshitmayabtimi degan hadik bilan kupe eshigi tarafga nazar yugurtirdi. -- Nima deyatkandim? Men to'ydan keyin erimni ko'rganman. Ungacha dalada yuraverganmiz. Traktoridan bosh chiqarib so'kkani-so'kan edi. Shunga erga chiqaman deb sira o'ylamovdim. Keyin sevib qoldim. Menimcha ularam sevsalar kerak? 6ta bolalik bo'guncha sevib qolgandur?! dag'algina bu ayolning gapida ham jon bor. O'zi gapirib, gapi o'ziga nasha qilib kulib yubordi. "Shuncha gapni gapirding nega uyalasan?" deguvchi yo'q.
-- Ey sivisham bor bo'lsin. Qizginani axvolini ko'ring. Gapirsangchi qizim darding yengillashadi. Yomg'irham tinay demadi. Shundoq ko'nglimni xira qilyabti. Buyoqda seni mulzamligingdan nafasim siqyabti. Men axir onaman, shuyerda o'tiribmanu uyda kutib o'tirgan Vohobjonimni ko'ngli nima tusab o'tirganini bilyabman. Mana hozir Samarqand bekatidan ikki donagina bo'lsaham shokolad sotib olaman.
-- Opa qarang farishtalik qiz ekan. Istaralik ekan. Singlim turmushga chiqanmisiz? O'zim kelin qilardim. Ukam Toshkentda, insitutda o'qiydi. Ko'rib kelyabman,shu yil bitirib qaytsa to'yini qilardik. chapanalik yana pand berdimi, qiz javob bermadi, yuzidan manosi yanada qochdi. Labini tishlab ko'zini yumib oldi.
 Osmonimdan yog'ar yomg'ir, ko'nglim cho'kib bormoqda. Sen bevfo qaydasan boshim qo'yib baloga?
-- Tashqarida yomg'ir, chaqmoq qarsillaydi. Dunyo larzaga keldi. U tug'uldi. Aniq esimda. Ovozini eshitmadim, ammo jajji yuragini tiniq eshitdim. Bag'rimda yotkanicha ko'kragimni barmoqchalari qitiqladi. Tashqarida yomg'ir o'zini derazaga ura boshladi. Meni ogohlantirmoqchi bo'lgandek. G'uv-g'uv shomol esadi. Havotir bo'la boshladim. Unga bir korihol bo'lmasin deb quchoqlamoqchi edim, qo'limni sezmayabman. Nigohimni har yoqqa qarataman lekin uni ko'rmayabman. U yo'q edi. Birdan hushimga keldim. Tashqaridan derazamni chertib yomg'ir tomchilaydi. Uyimda, abgor holimda yotibman. Talvasaga tushib yana baqiraman. "Men tug'maganman! Men seni o'ldirganman bolam! Ming afsus, usha behayo yigitni uchratgan kunimdan nafratlanaman! Endi nima qilaman? O'tmishim qora, kelajagim qorong'u! Nimalar qilib qo'ydim?! Endi na ota-onam bor, na bir do'sti yorim.
 Shu zayilda oradan yil o'ttib bo'ldi. Trikligim sababini hamon anglab yetkanimcha yo'q. Balki gunohimni shu dunyoda yuvib yurgandurman? Har yomg'ir tomchisida usha hotiralar jilvalanadi. Yaxshi va yomon kunlarim yomg'ir yoqqan kunda o'tadi. Balki men yomg'irsiz yasholmasam kerak? Yo'q men yashashim kerak. Birovga kerak bo'lishni istayman. Men gunohkorman. Ammo menda ham yurak bor. Men ham odamman. Hammangiz kabi men ham hatolarimni tuzatishga qodirman. Nega menga bunday shavqat ko'zi bilan qaraysizlar. Achinib qaraysizlaru, ichingizda meni ko'ksimdan itarishni istaysiz. Men ko'zingizga yomg'ir ostida nochor qolgan tilamchidek ko'rinaman. Kiyimidan loyqa suv oqib turgan boladek meni turkilab, yana ko'chaga haydaysizlar. Lekin men sizlardan hafa emasman. Men o'z yo'limni izlab yurgan ojiz bandaman. Yomg'ir yoqanda burningizni bir qitiqlab so'ng yo'qolib qolgan ifforman men. Unutmang odamlar osmondan barchamiz tushamiz yomg'ir qor kabi. Birlashamiz zamin sathida, turli oqimlarga qo'shilib oqib ketamiz. Vaqti kilib albatta zamin bizni bag'riga oladi.
 Bolalar.
 -- Najmiddin uyga kir. Shamollab qolasan.
-- Oyi yomg'ir bilan biroz o'ynay.
-- Ustinga kurtkangni kiyib, qalin ishton kiyib ol keyin o'ynayverasan. Tez uyga kir.
-- Eeeyy, oyijon men uyga kirib ketsam yomg'ir ketib qoladida.
-- Shu yomg'ir bilan uyda o'ynasang bo'lmaydimi?
-- Uyimiz yomg'irga torlik qiladi. Biz u bilan quvlamachoq o'ynayabmiz.
-- Hoziroq uyga kirmasang dadangni jaxlini bisana?
                                           ***
-- Dada boya yomg'ir bilan o'ynadik.
-- Shundaymi? Voy ajoyib o'g'lim mani. Bildim o'ynaganingni.
-- Oyim baribir aytib berdilarmi?
-- Yo'q, o'zim bildim.
-- Qanday qilib dada?
-- yomg'ir do'sting burningni uchiga o'tirib olganmi, yiqilib ketyabti. Uni berkitay deb burunni tortyabsanu, u lip etib chiqib qolyabdi.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
LoadingДата: Пятница, 27.03.2015, 03:21 | Сообщение # 46
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Nega seni deb?
Odatga ko'ra fastfoodga kirdim. Ko'pincha yolg'iz ovqatlanishni yoqtiraman. Stollarning birida bir qiz telefonda gaplashib o'tiribti. Qayoqadur bormasligini aytib, suxbatdoshiga baqirdi. Aparatini stolga tashlab chuqur nafas yutindi. Ko'rinishidan yaqinda horijdan qaytgan qizga o'xshaydi. Alohida belgisi yo'q lekin, sezasiz. O'ylab o'tirmay u bilan o'tirishga ijozat so'radim. Javob kutmay o'tirib oldim. U etibor bermaganek bo'ldi, qarshilik ham bildirmadi. Buyurtma bermagan ekan, birga minu buyurtirdik. Chexrasi ochilmadi, lekin o'zini olib qochmay gaplashib o'tirdi.
Adashmabman, horijda o'qib, usha yerda ishlab qaytibti. Tushlik vaqtim tugamasa yana ancha vaqt gaplashib o'tirardik. Ishdan chiqib uchrashadigan bo'ldik. Ishxonaga qaytib kirsam ish yo'q. Zeriktim, telefon qilib ko'rdim. Ko'tarmadi. Uchrashuv belgilab qo'ydim, pulum yo'q. Puli ko'p qizakan, g'ururim yo'l qo'ymiddide.
Uchrashib yaqinroq tanishdik. Anglya Germaniya shaharlarida yashar ekan. Davolanish uchun qaytib kepti. Chet elda, davolinish juda qimmat ekan. Menga nima dedim ichimda, qaytib kegani yaxshi bo'bti, gaplashib o'tiribmiz mana. Lekin ulada tanishuv uchrashuv degan narsalaga to'g'ri ko'z bilan qarashadi. To'ri kep qosen yotibam keturur ekansan. Rostini aytsam bunga ishonasdim.
P.S Voqiya rivoji shu joydan boshlanadi.
DAVOMI BOR.

Добавлено (06.12.2014, 17:27)
---------------------------------------------
Rostini aytsam bunga ishonmasdim. U buni tasdiqladi. Lekin bu kinoda ekanini aytkanida rosa kuldik. U tobora meni o'ziga maxliyo etib borardi. Deyarli har kuni u bilan uchrashar edim. Aqildan ozgandim.
P.s Boshlandi.

Добавлено (07.12.2014, 13:08)
---------------------------------------------
Unga tuyg'ularimni aytmasam chidolmasdim.
- manga qara, man sani sevib qoldim.
- nima bo'bti. Mani hamma sevadi.
- yo'q mani chunmayabsan, birga bo'lishimizni hohlavomman.
- ... Hmm niyatiz shumidi? Man ochiq gapirganimga, to'shakka yotadi deb o'yladizmi? Unutmen mani kallam hali joyida. dediyu o'rnidan turmoqchi edi qo'lidan tutib joyiga qaytardim. Kayfiyati qattiq buzuldi. Hafa bo'ldi.
- yo'q mani noto'ri chundin.
- ey bilaman, gapirmen! Niyatilani etasila, yopishib ketadi, o'lib turibti dib o'ylisizde a? Yesli cho "mani noto'ri chundin, uyog'idi buyog'idi. La la, la la" dib vaziyatdan chiqib ketasila. Man bazilaga o'xshab o'ldim kuydim qizmasman.
- o'v o'zini bosvol! Kim sani to'shakga tortqiladi?! shunday dedim. Noqulay ahvolda qoldim. Kutilmagan vaziyat bo'ldi. Hammasi oddiy shunchaki etilsa bo'lib ketaveradigandek tuyilgandi. Sabohatni qo'lini so'ragandim. Noto'ri chundi.
- Yaqinlarimdan qochib bitta siz bilan gaplashyotkan edim. Siz bo'lsez man haqimda yomon hayolda yurgan ekansiz.
- yo'q, mani eshitmayabsan. "Birga bo'lish" degani jinsiy aloqaga ishoramasku? Kecha eslab ko'rsam tanishganimizga yarim yildan oshibti. Shunga o'ylagandimki...
-- Qiz eshitib jim o'tiraverdi. Hayoliga ko'p bor kelgan bunday hayollar. Suhrob meni sevarmikin deb o'ylab qolardi. To'g'ri tanishganlariga yarim yildan oshdi. Bu orada, Sabohat ancha tuzaldi. Avvaliga yashash umidi so'ngandi. Suhrobni uchratib yana yashashga rag'ati oshdi. Be davo dard deganlari asta chekindi. Qon taxlili toza chiqdi. Doktorlar horijdagi spid markaziga ham qon namunasini yuborishgan. Yana bir necha haftadan so'ng navbatdagi qon analizini topshiradi. Agar yana ijobiy ko'rsatkich bo'lsa to'laqonli hayotga qaytadi. Lekin Suhrob bulardan be habar. Sabohat aytgisi kelgandi, lekin doktorlar kasalini sir saqlashni qatiy talab qilishgan.

Добавлено (15.12.2014, 02:26)
---------------------------------------------
Kichik tanafus vaqtida nana bu hikoyga ko'z yugurtirasiz. Hikoyam bir qizning nomidan yoziladi.
(Sadoqat)
Sinfga yengi qiz keldi. Maktab yillarini siz ham eslarsiz. Hozir ular qanday bilmadim-ku, lekin biz maktabda o'qiganda, sinfdoshlar o'rtasida sevgi bor degan gapdan uyalar edik. Shunday bo'lishini qanchalik hohlasakda, shu barobar bu peshlashlardan qochardik. Lekin baribir u siz bo'lmagan. Murg'ak qalblarda, sevgi chechak ocharkanu, buni inkor etishga urinarkan ekanlar. Bazan hiyonat, albatta javobsiz qolgan sevgi uchun ko'z yosh to'kiladi. Bular ham shirin yolg'on, ajib hotiralar. Kelajakda triklik uchun bir sabab bo'ladi.
Siz ham usha kunlar tasiriga tushgan bo'lsangiz, hikoyamni davom ettirsam. Maktab kundaligidagi bitiklardan birini o'qiymiz.
8-sinf. Sinfga yengi qiz keldi. Sinf rahbarimiz uni tanishtirib bugun kelmagan Davronning o'rniga o'tkazib qo'ydilar. Tanafusdan so'ng Davron paydo bo'lib qoldi. O'ziga ishongan, g'irt bezori bo'lsayam, o'qituvchi mavzuni so'rasa uzuq-yuluq qilib bo'lsa ham chuntirib beradi. Sinfdagi boy bolalardan biri. Bugun yana yangi kiyinib kepti. O'ziga yarashkan. Nima kiysa yarashadi. Ana o'zini joyiga borib o'tirmoqchi.
Hammani ko'zi ularda. Shivir-shivirda ularni savol javobi aniq eshitilib turibti. - Sizni joyizmi? Mani ustoz shu joyga o'tkazdilar.
- Manga farqi yo'q sur! Davron jismoniy tarbiya fo'rmasidan boshqa hech nimasi yo'q rugzagini partaga tashladi.
- Axmoq, deb shaxt bilan o'rnidan turib, sinf eshigi oldida bir nima dedi. Sinfda shovqin ko'tarilgani bois yaxshi eshitolmadik.
Davron bir qizni ortidan chiqishga or qildimi, "o'zini onangni" deb joyiga o'tirmay hamtavoq bollar safiga qo'shildi. Ajab bo'ldi. O'zlaricha malikalardek bizni mensimayotkandi. Qo'ng'iroq chalingach Dars boshlandi.
Oradan bir oy o'tib, Latofat haqida mish-mishlar bolalab bo'ldi. Bizni sinfga kelgunicha mingta maktabdan xaydalgan ekan. O'zidan so'rasak uyimizni ko'p almashtiramiz deb maqtanuvdi. "Qozonga yaqin yursang.." faqat bugina emasdi, kuzatib tursangiz, bizlardan ko'ra o'g'il bolalar atrofida ko'p aylanishadi. Davronga-ku tirjaygani tirjaygan. O'l suzilmi. Koshki Davron sani nazariga ilsa. Yo'q afsuski.. Davrondan bunaqasini kutmagandim. Oradan bir necha kun o'tib, o'g'il bollar doskani oldiga parta qo'yib ikki varroqga yozilgan sevgi maktubini ilib qo'yishdi. Latofat past bo'yli bo'lgani uchun stul qo'yib chiqqan edi bo'yi yetmadi. Partani suraman degandi bollar qarshilik qilishdi. Sharmanda bo'ldi, hozir dod deydi deb o'ylagan edik, ensasini qotirib Davronning partasiga borib o'tirib oldi. Xatni o'qidik. "Sevgilim Davron aka, men sizni shuqadar sevamanki, bir minut uyoqda tursin, bir sekund ham yashay olmayman. Siz meni borlig'im, birinchi va yagona muhabbatimsiz. Iltimos, imkon qadar tezroq qaytib keling. Sizni kutib sevib qoluvchi sevgilingiz Latofat" sinfda har xil ovozlar bo'lib ketdi. Birov kulgan, qizlardan kimdur yig'lab ham oldi. Shu payt xonaga Avzal sinfdoshimiz kirib keldi. Hammaga bir-bir qarab chiqib, ayyor tabassum bilan Latofat tarafga yurdi. "o' javob xati keldiku" dedi Nargiza bizni qarsakka undab. Bizga bu ishi yoqqanini payqab "buniyam osilik, hammamiz o'qimiz" deb qo'shimcha qildi. Avzal esa juda muhim vazifa bajargan odamga o'xshab bu juda maxfiy dedi. Latofatni qulog'iga pichirladi. U esa urushdan eri qaytgandek ko'ziga yosh olib tashqariga chopti. Derazadan kuzatib turdik, ular maktab hovlisida uchrashishdi. Latofatni ko'z yoshlarini Davron dastro'moliga artib qo'ydi. Menga og'ir botti. Durdonani sevaman degandayam ishonar edim. U boy, go'zal qiz. Bu churrindiga o'xshash qizni nimasini sevib qolgan? Avzal ular atrofida o'ralashib yurib Davronni buyrug'i bilan "anavini" sumkasidan bir nimalarni titib, olib chiqib ketti. Avzal tushgach shoshib qayoqadur ketishti. Latofat esa ko'zi jiqqa yosh bilan sinfga qaytdi. Partaga bosh qo'yib, xo'ngrab yig'ladi. Shu paytda unga juda rahmim keldi. Qizlar uni yupatishni boshladik. Latofat bizni yorib o'tib tashqariga otildi. Uyiga ketkani aniq. Men ham shunday qilgan bo'lardim. Agar menga shunday qilsalar...
Hayolimni Avzalga berilgan savol buzdi.
- Davron qani, Meliyev?! Yana compyuter o'ynagani kettimi? Tez chaqir, compyuter! ustozimiz kompyuter so'zini shu qadar urg'u berib aytkanlaridan o'zlariyam suyinib kettilar. Chunarli, demak Davron qiz sho'rlikni aldab pulini olgan. Yana chet elga ketvomman dib compyuterxonaga kirib ketkanga o'xshaydi.
9-sinfga o'tkanimizda bu sevgi qissasi yakuniga yetkandi. Latofatni biz, hojat xonada, maktabning pana joylarida, yoki hiyobonda paralel sinf bolalari bilan bazan umuman begona yigitlar bilan quchoqlashib turganini ko'rib qolardik. Davron esa uni xonaga qamab olib, lablaridan bo'sa olib yalashib yulqashganlarini ko'rib qolishibti. Ertasigayoq Latofat sochi kal bo'lib darsga keldi. Uyalmaydiyam. Hammamiz birgalikda, uni quvib soldik. Davron uni yonini olishni o'ylamadi ham. Qo'ldan qo'l bo'lib ketkan Latofat, og'zida yuqumli yaralar toshib ketkanligi uchun maxsus kasalxonaga yotib davolandi. Bitiruv imtixonlari, so'ngi qo'ng'iroq, bitiruv oqshomiga kelolmadi. Biz usha vaqda u qilgan ishlar gunoh ekanini bilar edik. Lekin oradan vaqt o'tib oilalik bo'lgach uning qiliqlari naqadar jirkanch ekanligini chundim. Turmush o'rtog'im bilan men ular qilgancha paskashlikka bormadik. Ular esa nomahram bilan, ko'cha ko'ylarda, ilim olinajak maskanda bu fohish ishlarini qilganlari aqilga sig'maydi.
Tamom.

Добавлено (27.03.2015, 03:21)
---------------------------------------------
Ro'yo(bo'lmaganhaqiqat)
Shunday bo'ldiki avto halokatdan so'ng yigit hayotdan ko'z yumdi. Qiz bu judolikni juda og'ir ko'tardi. U xamma narsadan voz kechdi. Faqat joni yaratganing qo'lida bo'lgani sabab hali hayot turibti. Tunlari uxlamas, deyarli hech nima yemay qo'ydi. "Qaniydi" deydi qiz sho'rlik. "-Yana bir marotaba ko'rsaydim, faqat bir marotaba. Usha kuni xafa qilganim uchun kechirim so'rar edim."
Yigit va qiz usha kuni urishib qolishgandi. Faqatgina so'z talashib, qizning aytgani maqqul ko'rilmagani sabab bo'ldi. Qiz achchiq gapirdi, yigit achchiq qilib ketib qoldi. Ammo rishta uzilmadi. Sevgilari qalbda o'z o'rnini begona tug'ularga bo'shatib bermadi. Qiz aybini bilib yigitga umidvor tikilib turardi. Yigit esa "seni sevaman faqat sabir qil" deya shivirlab ketardi.
Shularni eslab qizning tanasi yana azobga to'ldi. Dod deb yig'ladi. Quloqlari ostida birov, yigitning ovoziga o'xshash shivirlar "uni Allohdan so'ra, U mo'jiza beruvchi yagona Zot." deb shivirladi. Qiz shunday qilaverdi, tokay marxumni ko'rmaguncha. Yigit ko'rindi. Qiz undan kechirim so'radi. Uni biror so'z aytishini yalinib so'radi. Yigit gapirdi. Qiz undan ketmasligini iltimos qildi. Yigit qoldi. Bir laxzalik diydor qolgan mo'jizalarni yetakladi. Shunday bo'ldiki qiz yonida turgan sevgilisini o'lganini butunlay unutib qo'ydi. Oshiqona suxbatlar yana zeriktirdi va yana aytishib qolishdi. Qiz jaxil ustida, Yaratganing rahmi kelib in'om etgan mo'jizasini shaytoniy so'zlar bilan haqorat qilib qo'ydi. "Bunchalik yomonsiz! Shundayligizdan hudo ham sizni qabul qilmadi! Nimagaham sizni tirilishingizni istadim!?" deya so'zlari o'ziga nasha qilib kuldi.
Yigit g'oyib bo'ldi. Qiz avalgidanda yomonroq axvolda nochor qoldi. Qancha vaqt o'tmasin sog'inchi yengil tortmadi, qanchalik yomon axvolga tushmasin unga telbalik yetmadi


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Суббота, 28.03.2015, 08:55 | Сообщение # 47
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yashang usta. Ko'proq va tezroq forum qoralab turing. Muxlislariz kutib qolishmasin)
 
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:
Flag Counter