Четверг, 21.11.2024, 18:07
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Baxt “LI” va “SIZ”. (Giyos yozgan monolog) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Baxt “LI” va “SIZ”. (Giyos yozgan monolog)
GiyosДата: Воскресенье, 27.01.2013, 00:08 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Baxt “LI” va “SIZ”. (Audio pastda)

Baxt “li” qiz, ertaga turmushga chiqmoqda… Ko’zlarida yosh! Birinchi bora uyidan uzoq ketmoqda. Ko’zlarida yosh, romolcha kamlik qilmoqda. Otasi bilan xayirlashdi, onasi bilan... singlisi, uka-akalari bilan. Ketmoqda endi yori tomon... Qalbida sevgi uyg’ondi yoriga. Endi u baxt “li”. O’ylagandi axir shu hayotni. Juda ham baxt “li”. Juda ham. Sevinchi ichida emas. Uyga borganda ota-onasidan uyalardi. Axir qarshi edi boshida. Uni majburlab uzatishdi, eng so’lim yoshida, sevgi yo’q boshida. Endi hursand. O’z uyini ham unutgandi go’yo. Bu kunlar unga ertak edi. Bolalikdagi ertak... Rostdan ham ertakka aylandi. Shahzodasi asli qaroqchi bo’lib porladi. U uchun boshlandi qorong’u kunlar. Boshi chiqmas endi tashvishdan. Uyga ham qaytib borolmas, boshin egolmas. Chidadi azoblarga... Oxiri betob bo’lib.... Qaytarishdi o’z uyiga...
Baxt “siz” qiz, erta ajrashdi yoridan. Uyda qoldi yolg’iz, yig’lardi yurakdagi og’riq zo’ridan. Bu og’riq bilinmasdi hech kimga, ko’rinmasdi hatto, qaraganda chetdan. Qiz yig’lardi tinimsiz. Hech sababsiz. Ha. Sababsiz. Chetdan qaraganda sababsiz. Qizgachi? Sabab dengizdek. Toshayotgan, xayqirayotgan to’lqindek... Hayotini tugadi dyerdi. Nima ko’ribman hayotdan, bu beshafqat hayotdan dyerdi. Unga shavqat qilmagandi hayot. Uyda o’tirar chiqmay ko’chaga. Tinimsiz yig’ladi... Kunlar tunlar yig’ladi. Ko’zida yosh qolmadi. Ota onasi endi qiziga ko’rinishga uyalar. Axir ular deb shu xolga tushdi bechora.
Unga aytishardi, “hali hayoting oldinda, hali hammasi yahshi bo’ladi, sen ishonsang bo’ldi” deb. Unga bu gaplar sig’armidi. Axir bu gaplar to’g’ri kelmasdi uni hayotiga. Sevishga ulgurmadi qiz, sevgin qo’lin tutib qololmadi qiz. O’zini atay boshladi baxt “siz”... Endi u baxt “siz”. Har qadamda baxt “siz”. Uni atashar baxt “siz”. Uni ko’rsatishar baxt”siz”. Nafas olganda eshitlar baxt “siz”. Oynaga qaraganda ham ko’rinar baxt “siz”. Umuman baxt “siz”...
Uyda zerikdi baxt “ni” o’ylagan qiz. Ko’chaga chiqdi, yurdi tinimsiz, qidirdi yoqotganini. Topolmadi. Ishondi yana, o’ziga deya man yana baxt “siz”. Uyga keldi. Yotdi. Yig’ladi yana bearmon. Yuzidan ketdi kulgu, o’ylaydi, qaytmaydi endi mangu... Seva olmaydi endi birovni boshqa, sevishga qo’rqar, men qiz emas deb qanday aytar. Qalb torlarini chertsa birov, atasalar unga musiqa... Nega u ayta olmaydi endi... Nima endi yursinmi ko’chada sayoq, axir yeydiku unda bir kun tayoq...
Telefoni jiringladi. Oldi. Dugonasi. Turmushga chiqayotgan ekan. Baxt tilashi kerak. Aytdi: “Baxt “li” bo’l”. Baxt “ni” “li”sini o’yladi. Baxt “ni” “siz”ini o’yladi. Dugonasi bo’ladi endi “li” u esa qolayapti “siz”. Yana o’yladi. Qayerda qildim xato. Qayerda adashdim... o’ylab o’yiga yetolmadi... Yana o’yladi. Baxt so’zini ma’nosini axtardi. Dugonasi baxt “li”. Juda ham. Yana oylar o’tdi. Boshqa dugonasi telefon qildi. U ham to’yga taklif etdi. Qiz aytdi: “Baxt...” telefonni qo’ydi. Baxt “li” bo’l deya ayta olmadi. O’zida yo’q narsani boshqadan qizg’ondi. Ko’ziga yosh oldi, baxt uzugi olingan barmog’iga qarab...
Baxt “ga” zor qiz, yana o’ylaydi o’zini baxt “siz”, yo’q u baxtsiz emas. U asli o’zini atadi baxt “siz”. Hech kim bu dunyoda baxt berilmaydi. Uni o’zi yasaydi. “LI” va “SIZ”. Kimdir oladi “li”ni aslida bo’lsa ham “siz”. Kimdir oladi “siz”ni aslida bo’lsa ham “li”.
Baxti “ni” taniy olmagan qiz yurar osuda. Kutib, kim unga berarkin “li” yoki “siz” qo’shimcha. Kim baxtli, kim baxtsiz. O’zimizga baho beramiz. Asli hammamiz oddiy baxt. Kimgadir “li” kimgadir “siz” miz.

Audio turini ko'chirish uchun: Giyos - Baxt "LI" va "SIZ" (monolog)(2.35Mb)
Audio turini shu yerda eshitish:
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter