Суббота, 23.11.2024, 13:03
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Qorxat (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Qorxat (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Среда, 19.12.2012, 19:59 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Shaxnoza maktabdan aftodahol ahvolda kelib,behol yotib qoldi.Onasi vahimaga tushib qizining peshonasini ushlab kördi.Olov-otash bölib isitmasi chiqayapti.Ona jonholatda hamshira qöshnisinikiga yugurdi.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
BumBumCHaДата: Вторник, 22.01.2013, 20:30 | Сообщение # 2
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
Keyinchi?
 
SokinaДата: Четверг, 11.07.2013, 16:32 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Karima opa bir zumda muolaja qilib uyiga chiqib ketgach Shaxnoza ahvoli biuncha.yaxshilamganini his qildi.
-Oyijon,qor yog'ayaptimi?
Deraza oldida o'tirgan onasi :
-Yo'q...tinibdi shekilli.Balki kechga tomon yana yog'ib boshlar,deya ohista kelib qizining yonoqlariga qo'lini birpas tutib turdi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Суббота, 13.07.2013, 02:10 | Сообщение # 4
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
davomini yozing..

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Вторник, 13.08.2013, 12:41 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Harorati ancha pasaygan ammo , bu hali kasallik chekindi,degani emas.
Shaxnoza onasining qo'lini issiq kaftlari orasiga olib ko'zlariga surdi.
-Oyijon, darslarimni bajarishim kerak,deya o'rnidan sekin qo'zg'alayotganda Gulchehra opa qizini yelkasidan ohista bosib,yotaver darslaring kutib turadi ,deya qat'iy ammo mehribonona ohangda javob qaytardi.

Добавлено (07.08.2013, 12:17)
---------------------------------------------
Shaxnoza noiloj onasining gapiga ko'nib indamaygina joyidan qo'zg'almasdan yotishga majbur bo'ldi.U bir zaylda yotishdan zerikib goh u tomoniga,goh bu tomoniga ag'darilaverdi.Onasi qizining holatidan uning sog'aya boshlagani uchun yotgisi kelmay qolayotganini anglab, Shaxnoza rasm chizasanmi,deb ohista so'radi.

Добавлено (12.08.2013, 08:59)
---------------------------------------------
Yo'q ona tili kitobimni olib bering,oyijon.
Gulchehra opa unga kitobini berib o'zi oshxonaga chiqib ketdi.
Shaxnoza kitob orasidan bugun Jamshidga yozgan qorxatini oldi.Qatlangan va g'ijimlanib qog'oz sifatini yoqotgan varaqni sekin ochib o'qidi. "Qorxat. Jamshid,birinchi qor bilan tabriklayman.Agar bu xatni o'qib,ikki metrgacha meni tutib ololsang men , bo'lmasa sen yutqazgan bo'lasan.
Sharti oson.Mushtariy ustozni qor bilan pishasan"
Qor xatni Jamshid o'qimadi to'g'rirog'i uning qo'ligacha yetib bormadi.Shaxnoza mehnat darsidan o'tadigan ustozini xushlamagani uchun unga shu taxlit bepisand muomula qilardi. Xat behosdan sinfdoshi Sobirning qo'liga tushib qoldi.

Добавлено (13.08.2013, 11:36)
---------------------------------------------
Sobir to'polonchi va shumligi ko'proq bola bo'lgani uchun xatni butun sinfga baralla o'qib berdi.Shaxnoza xatni undan tortib olishga harakat qildi.Sobir esa kalaka qilib xatni u qo'lidan bu qo'liga olib qochardi.Nihoyat , Shaxnoza yig'lamoqdan beri bo'lavergach,ma olaqol deb g'ijimlangan xatni uning qo'liga tutqazdi.
Dars oxirigacha qorxat hammani yodidan ko'tarilib ketdi.Shaxnoza uyga gqaytguncha qo'shni sinf qizlari rosa qorbo'ron qilishdi.Qizlar uning yuzlariga qorni ishqalab va hatto ichiga ham yumaloqlangan qordan solib ketishdi.Shaxnoza ko'pchilikka bas kelolmadi. Qorda o'tirvolib alam bilan yig'layotganida Mushtariy ustozi kelib qoldi.
-Shaxnoza,senga nima bo'ldi? Tur sovuqda o'tirma!
-To'laganovaning qizlari qorbo'ron qilishdi,Shaxnoza alam bilan ko'zida yoshi to'xtamay javob qaytardi.
-Turaqol ,ular bilan o'zim gaplashaman.Sen tezroq uyingga bor.
Shaxnoza ustoziga so'zsiz itoat etib o'rnidan turdi-yu, ust-boshini qoqib to'g'irlagan bo'ldi. Bekatgacha ustozi olib borib qo'ydi.
Aksiga olib avtobus ham kela qolmadi.Shaxnoza ich-ichidan dag-dag' qaltirab isitmasi chiqayotganini sezsa-da bekatda sovqotgancha turaverdi...
Shaxnoza o'g'ir uf tortdi.Oshxonada kuymalanayotgan onasi uni eshitib ,yotaverib zerikdi deb o'ylab, Shaxnoza,istasang menga yordamlash dedi.
Shaxnozaning vijdoni qiynalayotganidan onasi bexabar edi.
Qorxatni o'qib ,yana kitob orasiga solib qo'ydi.
"Bu menga o'zimning yomonligimni eslatib turuvchi hujjat bo'lsin", deya o'ylab qizchaning ko'zlari g'ilt-g'ilt yoshlandi...

Добавлено (13.08.2013, 11:41)
---------------------------------------------
Tamom.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter