Суббота, 23.11.2024, 13:18
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Alloh uchun kuy! (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Alloh uchun kuy! (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Четверг, 13.09.2012, 11:36 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Ehtimol,Odam ato qorong'u va badböy tanaga nay navosiga mast bölib joylashmaganda bu dunyoda kuy mavjud bölmasmidi...bilguvchi Alloh.Inson imkoniyatlari aynan kuy borasida möjizalarga qodirligi ham yagona Allohdandir... .

Добавлено (10.09.2012, 13:29)
---------------------------------------------
Quyuq daraxtzorga burkangan bog' etagidan gitaraning mayin sadosi yangray boshladi.Bog'dagi qushlar ham kuyga jörovoz bölib sayray ketishdi.Daraxt shoxlarining quyuq bargli poyalariga joylashib olgan qushlar mutlaqo közga tashlanmasdi.Daryo, miyasidan qalbiga quyilib bög'zida töplanayotgan allaqanday sokin kuyni gitaraning tarang tortilgan simlarini birma bir barmoqlari bilan chertib ohangni yönaltira boshladi.Shu kuy barobarida uning vujudida yengillik paydo bölib tanasini deyarli his qilmasdi.Kuy barobarida tartibsiz misralar ham vujudini qamrab ola boshlaganda barmoqlari jarayonni boshqarolmay chalkashib keta boshladi.Daryo quyilib kelayotgan kuyni misralar hamohangligida barmoqlari yetarli darajada özlashtirolmayotganidan va qalbidagi tug'yonni quloqlariga his qildira olmaganidan boshini sarak-sarak qildiyu,bir zum barmoqlariga erkinlik berdi.Kuy töxtashi barobarida qushlarning sayrog'i ham töxtadi.U atrofga razm solarkan,hozirgi holatida unga nima yordam berishi mumkinligini anglashga harakat qildi.Gitarani maysa ustiga sekin qöyib,shoshmasdan örnidan turdi.O'zi yoqtirgan azim daraxt yoniga bordiyu,g'adir-budir tanasiga sekin boshi bilan suyandi.Xayolan daraxt bilan sirlasha boshladi."Daraxtjon,Allohimning ilmini mukammal örganishga ahd qilgan kunlarimga shukrona aytaman,lekin men kuyga talpinib tög'ri ish qilayapmanmi?Vujudimni qaynatib quyilayotgan kuy-u,misralar rahmoniy yölmikan,ishqilib?Shayton sharri emasmikan,daraxtjon?Sen doimo shovullab eng baland ovozda Allohimga zikr aytasanku,men esa doimo senga havas qilaman.Senga öxshab baland ovozda Yaratganga atab kuylagim kelayapti,ammo afsuski eplolmayapman.Nima qilay,aytgin daraxtjon.Menga maslahat ber",shu öylari bilan daraxt tanasini nozik,uzun barmoqlari bilan silab qöydi.Xuddi shu payt g'alati hodisa röy berdi. Mayin shabada ta'sirida daraxt barglari sekinlik bilan shitir-shitir ovoz chiqarib uzoq vaqt jildirab turgandan keyin,atrofdagi qushlar sayrog'i jörligida ovoz ajiga chiqdi.Boshqa daraxtlar ham jör böla boshlagandan keyin yoqimli simfoniyani tinglayotgan Daryo savollariga javob olayotgandek,yuzida mamnun tabassum bilan jonu-dilidan tinglab turdi.

Добавлено (10.09.2012, 15:39)
---------------------------------------------
Kuy qanday boshlangan bölsa,xuddi shunday sokin tarzda yakunlandi.Daryo zohiriy idroki bilan tabiatning ishorasini fahmlab savollariga javob olganday böldi.Boshidagi römolini tezda tög'riladi-yu,daraxt tanasini qattiq quchoqlab,rahmat senga bobo daraxt, endi men kuylayman.Eng baland ovozda Allohimni madh etib kuylayman,deya shivirlab ,sevinchidan daraxtni mahkam bag'riga bosib,g'adir-budir tanasini mehr bilan öpib qöydi... Qiz mayda odimlar bilan uy tomon ketayotgan edi,dadasi uni töxtatdi.Dadasi qizining tabiatga shaydo ekanini biladi,shuning uchun Daryoning daraxt bilan "suhbatlashayotganini" uzoqdan kuzata turib bu holdan ajablanmadi.-Daryo,peshinda biroz dam olsang bölmaydimi,chillani kuni bölsa qizim,kun issiq,deya mehribonlik ohangida tanbeh berdi.Qiz kutilmaganda bir narsa yodiga tushganday qop-qora kipriklarini bir qoqib olib dadasini savolga tutdi.-Dadajon,nega ismimni Daryo,deb qöygansizlar?

Добавлено (10.09.2012, 19:27)
---------------------------------------------
-Daryoda qut-baraka bor ona qizim.Bilgan odamga daryo yaxshilikdan ö'zga narsa emas.Daryo obi-hayot,Daryo qizim.Ha,nega tösatdan sörab qolding?-deya Maqsud aka qiziqib söradi.-O'zim shunday...,deya öylanib javob qaytardiyu,uyga kirib ketdi.Xonasiga kirib,kitob javonidan qalin muqovali daftarini olayotganda,orasidan bir surat gilamga tushib ketdi.Qöliga olib uzoq tiklab qoldi,bu bolaligida qöshni bolalar bilan birga tushgan surati ekan.Beixtiyor bolaligiga qaytganday böldi: mana bu Aziza u hozir oilali,yaqinda töyi böldi.Bu bola esa Solih, uning hammaga laqab qöyib oladigan odati haliyam qolmagan.Daryoga "jilg'a",deb laqab qöyib olgandi.Negadir keyingi yillarda bu bola ancha ma'yuslashib qolgan.Bu Abror u duradgor,Gulnora tikuvchi...Shu öylar bilan chalg'ib aslida nima uchun daftarni qöliga olganini unutay,dedi.

Добавлено (10.09.2012, 19:32)
---------------------------------------------
Bolalikning shirin xotiralari uni tark etmay,labida sirli tabassum bilan sekin daftarni varaqladi.

Добавлено (10.09.2012, 19:41)
---------------------------------------------
Daftarning toza sahifasiga katta harflarda: "ALLOHIM UCHUN KUY!",deb yozdiyu,keyin qanday boshlashni bilmasdan bir pas xayolchan oq varaqqa qarab turdi.Söng chiroyli husnixatda yoza boshladi...

Добавлено (10.09.2012, 22:20)
---------------------------------------------
Unga Alloh bolaligidan ijodiy ilhom ne'matini yuqtirgan.Bu ne'mat avvaliga unchalik kuchli emasdi.Ulg'aygan sayin kuchayib borar,taqdirning bu tansiq in'omi uni bora-bora ijod olamida butkul asiraga aylantirdi. Daryoning ötkir zehni,kuchli xotirasi va ayni paytda tabiatidagi anchayin vazmin va sokinligi ilhomini tezda jilovlab olishiga sabab bölgandir ,ehtimol.Balki,bu shuuriy holatda ham özini idora eta olishi tahsinga loyiqligi uning tarbiyaviy muhitiga bog'liqdir.Nima bölgandayam taqdirdan qochib qutulib bölmaydi.Ato qilsa,xato qilmas ekan.Gohida ilhom shu darajada vujudiga bostirib kirardiki,avvaliga badani qizib boshi og'irlasha boshlardi.Ruhiy bezovtalik sarosima qilar va birdan sözlar ohanglar jörligida qalbiga quyila boshlardi.Qalbda göyo qaynab toblanadiyu,keyin sekinlik bilan tartibga tushib,aql va qalb oralig'idagi bir nuqtaga yig'ilib,kuydira boshlaydi.Bu joy taxminan halqum va bög'zi örtasidagi bir nuqta.Agar shu paytda bu ötli vulqonni sarf qilmasa,qiz özini butun vujudi alanga bölib yonib ketayotgandek his qilardi.Hozir ham bir muddat qog'ozga tiklab,jamlanishni kutib turdi-yu, oniy holatni his qilgancha közlaridan yosh quyilgancha daftarga tez-tez yozardi:

Добавлено (10.09.2012, 22:41)
---------------------------------------------
"Yo Rabbim,ibodat rohatim,zikr odatim,
Senga madh aytmasa tilim gung bölsin.
Shirin iztirobla qaqshatib jismim,
Senga atalmasa misralar yonsin.
Ruhimda chinqirgan kuylarim tinsin,
Senga atalmasa,sano aytmasa!
O'zing bilguvchisan Qodirim Alloh...
Boshim zirqirar,titraydi qalbim,
Bög'zimga tiqilar chalajon ilhom.
Barmoqlar tebransa,madhingda azoblanmasa,
Noshukur,yolg'onchi bölmaymanmi,ayt?!
Köngil degani ötli chög'-vulqon bölsa,
Sen uchun yonmasa,dözaxingda kuymaymanmi,ayt?!
Bergan ne'mating chun qulluq aytmasam,
Bandalikka ravo,gadomanmi,ayt?!...
Allohim,kuyimga misrani Sen uchun bitdim,
Sendan tilaganim JANNATIY unvon.
Fazo tölqinida saslarim uchsin.
Senga atalgan roz-muhabbatimni,
Lavhul Mahfuzga muhrlab qaytsin.
Senga kuy bitmoqqa intilgan vujud,
Vasl umidida pinhon yonayapti.
Butun jismu-jonim tölg'onib ishqda,
Senga hamdu-sano,rasulingga salovat aytdi.
Qabul et,yo Rabbim sen uchun atalgan kuyni,
Arsh sathida taralsin sanoyu-madhim! "


Добавлено (11.09.2012, 00:15)
---------------------------------------------
Daryo yozuvga bir köz yugurtirib chiqdiyu,daftarni tezlikda yopib,hovliqqancha boqqa qarab shoshdi.O'zining qadrdon joyiga borib,maysalar ustidagi gitara sozini qöllariga oldiyu,past ovozda,musiqa jörligida hozir yozgan she'rini xirgoyi qila boshladi.Uning ma'yus ovozi avvaliga biroz bög'ilib chiqa boshladi.Söng sekin-sekin yuqori pardalarda avjini kuyladi va qöshiq nihoyasiga kelganda biroz dag'alroq ovozda tugatdi.U özini shunchaki ermak uchun kuylagandek his qildiyu,ta'bi xira tortdi.Söng sevimli daraxtining tanasiga suyangancha yana kuylay boshladi.Endi u bor ovozi bilan berilib kuylar,kuylagan sayin ruhi yengillashar hamda qushlar va daraxt barglari shildirab,unga jörovoz bölib qöshilganidan bahri-dili ochilib ,hozirgina yaratgan sokin qöshiqni pok Parvardigor Alloh taolo uchun berilib kuylardi.Uning tabiatidagi tortinchoqlik faqatgina shu qadrdon katta bog'da,shunda ham kimsasiz bölgan paytda ortga chekinardi.Hozir ham xuddi shunday böldi...Qöshiq tugashi bilan qattiq shabada esdiyu,yuksaklikka intilgan daraxt barglari qattiq shaldiragan ovoz chiqarib,bir muddat göyo davomli "chapak" chalgandek tuyuldi.Daryo özida biroz qoniqish his qilgandek böldiyu,ayni damda könglidan ,hali özim istagandek mukammal bölmadi,yana ishlashim kerak,degan öy ham kechayotgandi.Qiz Alloh uchun kuylashga ahd qilganiga hali uncha köp vaqt bölmagandi... .Daraxt shoxiga sozni ilib,asr namoziga hozirlik körish uchun uy tomon dadil qadamlarda yurib ketdi...

Добавлено (11.09.2012, 16:45)
---------------------------------------------
Daryo onasining vafotidan keyin ancha odamovi,g'amgin va ma'yus bölib qolgandi.Jamiki ayol zotiga Momo Havodan meros qolgan ta'sirchanlik va özgaruvchanlik xususiyati ösha damlarda uning tabiatidayam biroz kuchaygandek böldi. Ammo,oila-a'zolari uni öz holiga tashlab qöyishmadi.Uning köngliga qarashar,har xil manzarali joylarga sayohatga va qadimiy qadamjolarga ziyoratga olib borishardi.Turli-tuman sovg'alar bilan siylashar hamda qiziqarli mashg'ulotlarga chalg'itishga harakat qilishardi.Ayniqsa dadasi Maqsud aka Daryoni nihoyatda asrab-avaylardi.Hammasi Allohning irodasi ekanini bot-bot uqtirar hamda vaqt ötishi bilan könikish paydo bölishiga qizini ishontirardi...Daryo uchun esa ,göyo hayot töxtab qolgandek edi.Uning uchun eng aziz insonining örni baribir bösh edi,aynan ona mehrini hech kim his qildira olmasligini ana öshanda chin dildan anglab yetdi.U onasining hidini uyning har bir qarichidan izlar,ayrim paytlarda suratiga termulib zor-zor yig'lagancha bilgan duolarini öqib uzun tunlarda uxlamasdan ötiraverardi.Daryo onasi bergan tarbiyaning köpginasiga amal qilsada,aynan bitta gapi qulog'iga qörg'oshinday quyuilgandek edi."Har qanday holatdayam Allohning farzlariga ham Muhammad Mustafo s.a.v sunnatlariga amal qilishing kerakligini unutma!" Bu gapni onasi oxirgi kunlarining birida aytgandi... .Qizning kunlari shu zayl ötaverdi.Daryo bu tushkun holatdan chiqib ketish uchun faqat bitta narsa-Alloh taolo ato qilgan ne'mat -ijod jarayoni yordam berishini anglab yetgandan söng tinimsiz yozadigan böldi.Yozuv san'ati uning muhim kundalik mashg'ulotiga aylandi.Daftar uyumlarini esa gurullab turgan tandirga solib bir zumda kulga aylanishini kuzatib turar,shu bilan g'am-anduhlarini yoqib yuborgandek yengillashardi.Bu harakati faqat özini özi aldash ekanini bilsa-da,alam va ökinch bilan tölgan daftarlarni peshma-pesh yoqib yuboraverdi...Vaqt oliy hakam! Vaqt ötishi bilan Daryo sekin-asta tushkun holatdan chiqib öziga kela boshladi.Tushkunlikda inson köp xato qiladi,degan hayotiy aqidaning haqiqat ekaniga ham öz hayoti misolida guvoh böldi. Daryoning tushkun holatdan chiqib ketishiga Allohning marhamati va yaqin insonlarining mehr-muhabbati sabab bölgandi.Gohida u ham uydagilarini öylab köz yoshlarini körsatmaslikka astoydil harakat qilardi.Garchi u, g'amini yuzidan bildirmasada közlari baribir sotib qöyaverardi.Uning uchun endi hayot mazmunining mohiyati özgargandek tuyulardi...

Добавлено (11.09.2012, 17:49)
---------------------------------------------
Yozning uzun kunlarida köpchilik peshindan söng uyquga ketadi.Ammo,Daryo kamdan kam hollarda kunduz uxlardi,uning bu odati Maqsud akaga ma'qul kelsada,qizining uyqusizlikdan toliqib qolishini istamasdi.Shuning uchun unga mehribonlik qilib tanbeh beraverardi.Lekin,qizining dardli ovozda kuylagan sokin qöshig'ini tinglarkan, onasining ölimiga könikmadimikan,degan ichki hadik könglidan ötdi.Hammamizdanam köra shunga qiyin böldi,deb qöydiyu,ammo könglidan tösatdan kechgan yomon xayolidan özi bir seskanib ketib,astag'furulloh deb qöydi... . Maqsud aka qizini ayvonga yoniga chaqirdi.Daryo tabassum bilan kelib dadasining röparasiga ötirdi.Maqsud aka salmoqlab gap boshladi.-Onajon,sizning adabsiz qizlarga öxshashingizni istamaymiz.Ayol zotining baland ovozda gapirishi,ayniqsa kuylashi mumkin emas.Ovoz ham avrat hisoblanadi,buni bilasiz.Shuning uchun,uydan tashqari joylarda bu qobiliyatingizni namoyon qilmasligingizni qattiq talab qilmoqchimiz.Sizning gunohkor bölib qolishingizni aslo istamaymiz.Zero,bilmasdan turib qilgan gunohingizga ham bizning sherikchiligimiz tayindir,ona qizim,deya qizidan javob kutib qarab turdi.Daryo dadasining hamma gaplarini jon qulog'i bilan tinglab turib,uning könglidagidek gaplarni eshitganidan ancha taskin topdi. Dadasi aynan nimadan xavotirlanganini anglab yetgandi.U tabiatan tortinchoq qiz bölgani uchun,hatto ög'il-qiz aralash bölib sinfdoshlari yig'iladigan joylarga ham deyarli bormasdi hisob.Qizlar orasida esa,shundog'am bir-biriga gap bermaydigan dugonalari juda köp.Uning niyati Alloh uchun pinhona kuylash edi,xolos.Xuddi, haqiqiy ibodat pinhona bölgani kabi... .Lekin,bu gaplarni dadasiga qanday aytishni bilmasdan,xöp böladi,deb gapni qisqa qilib qöya qoldi.Maqsud aka qizining diliga ozor berib qöymadimmikan degan öyda: Alloh uchun aytgan qöshiq eng ma'qul qöshiq.Salovat ham ayting,faqat bu gaplarimdan keyin aytmay qolmang.Aytavering,onajon,deya kulib qöydi.Daryo endi özini yelkasidan yuk tushgandek his qildiyu,dadajon özim ham uydan tashqarida umuman aytmoqchimasman.Bu haqda hatto öylaganim ham yöq,deya dadasini xotirjam qilish uchun közlari porlab javob berdi.-Umringizdan baraka toping onam, endi bitta choy damlab olib kelingchi,deya Maqsud aka qiziga mehri tovlanib mamnun boqdi...

Добавлено (11.09.2012, 18:12)
---------------------------------------------
Daryo dadasining ori kuchli odam ekanini juda yaxshi biladi.Qizining allaqanday davralarda mahram-nomahramlarni zavqlantirib qöshiq aytishini hazm qilolmaydi. Dayuslik uning tabiatiga zid.Maqsud aka keyingi paytlarda deyarli televizor körmay qöygandi.Ayrim Tv kanallarida qöshiq aytib chiqayotgan özbek qizlarning behayo qiliqlariyu,yigitlarining ayolchalishligi uning g'ashiga tegardi.U faqat axborot körsatuvlarni körardi.Daryo ham sha'riatdan uzoqlashgan har qanday holat jirkanch va xunuk körinishi tabiy holligi va bu kabi körinishlar gunohning özginasi ekanini juda yaxshi bilardi...Ota-bola fikri bir joydan chiqqanidan köngli xotirjam bölgan Maqsud aka xayolan rafiqasi bilan gaplashdi."Qizimiz Allohni va rasulini yaxshi köradi,onasi.Alloh rahmatlarini yog'dirsin sizga!".Uning xayolini Daryoning,dadajon ,degan ovozi bölib yubordi.Qizi piyolada choy uzatayotgandi...

Добавлено (11.09.2012, 20:50)
---------------------------------------------
Shu kecha Daryoning tushiga onasi kirdi.Onasi oppoq libosda bog'dagi gullarga suv sepayotgan ekan.Keyin Daryoning sevimli daraxti yoniga boribdi.Daryo onasiga qarab yugurganda ,onasi bir zumda közdan g'oyib bölibdi.Daryo yig'lab onasini chaqirish barobarida uyg'onib ketdi.U öngida ham yig'layotgan ekan.Közlaridagi jiqqa yoshni qöllari bilan artib,körgan tushining alomati nima ekanligi haqida öylab ancha payt uxlamasdan yotdi...

Добавлено (12.09.2012, 10:32)
---------------------------------------------
Shu taxlit öy-xayollar,xotiralar va g'alati taassurotlar qurshovida yotaverdi.Oradan qanchadir fursat ötgandan söng,azon ovozidan sergaklanib örnidan qözg'aldi.Bomdod mahali bölibdi...

Добавлено (12.09.2012, 14:21)
---------------------------------------------
Daryo namozdan söng öziga taaluqli tonggi yumushlarni bajarishga kirishdi.U yumushlarni hafsalasiz bajarardi.Körgan tushining ta'birini anglashga harakat qilar,onasi nega tushiga kirganiga hayron edi.Chunki,ancha vaqtdan buyon tushida onasini körmagandi.Daryo onasini nihoyatda qattiq sog'inganini his qilgan sayin köz yoshlari quyilib kelayotgandi.

Добавлено (12.09.2012, 18:48)
---------------------------------------------
Unga bir narsa juda alam qilardi.Avvallari tushida onasini körsa u bilan gaplashardi.Ruh hozir,deyishadi.Bu nimaga ishora ekan,deya öylanib xonasiga kirdi.Onasining suratlari joylangan albomni topib varaqlay boshladi.Onasi suratga tushishni unchalik yoqtirmasdi.Lekin oila davrasida suratga tushaverar,farzandlarining ra'yini qaytargisi kelmasdi.Daryo keyingi sahifani ochganda hayratdan közlari katta-katta ochilib ketdi.Onasi Daryoning sevimli azim daraxtini quchoqlab suratga tushgandi.Suratning bir chetida gulzor ham aniq-tiniq körinib turibdi,daraxt ham ancha yosh.Bu surat ancha yillar oldin olinganga öxshaydi.Chunki,onasiyam birmuncha yosh körinayapti.Daryo nigohlari bilan surat chetidagi sanani izladi.Ha mana, xira yozuvda sana yozilib qöyilgan ekan.Bu surat olinganiga ön yildan köproq vaqt ötibdi...Daryo miyasiga öqtin kelgan fikrdan shodlanib ketdi.Onasi uchun ham bu daraxt sevimli bölgan!Shuning uchun Daryo daraxt yonida özini butkul xotirjam his qilsa kerak,bu unga meros tuygular ekan-da.Daryo körgan tushini özicha ta'bir qildi.Tiniq suv,gulzor,yam-yashil daraxt,oppoq libos,...buning hammasi yaxshilikka!Balki, onasi ham Alloh uchun kuylashni istagandir,ehtimol kuylagandir ham.Axir u tanburni mahorat bilan cherta olardiku... .

Добавлено (12.09.2012, 19:05)
---------------------------------------------
Daryo dadasining xonasining eshigi ochiq turganini körib ichkariga kirdi.Xonada hech kim yöq.Sekin borib onasidan qolgan anjomlar saqlanadigan mebel eshigini ochib,tanburni oldi.G'ilofini yechib sozni silab,simlarini chertdi. Xona böylab chöziq sado yangrab ketdi,keyin qiz chalishni bilmasada,simlarni chertaverdi.Nima uchun chalishni örganmadi ekan?Bu savol afsus bilan özida olis xotiralarni ham jonlantirdi.O'shanda bahor fasli edi,onasi unga tanbur chertishni örgataman deb yurgan paytlarda tösatdan katta tog'asi vafot etib qoldi.Shu bilan soz g'ilofida bir necha yil qolib ketdi.Keyin esa Daryoning qiziqishi yöqoldi,u badiy bezaklar yasashga qiziqib ketgandi.

Добавлено (12.09.2012, 21:42)
---------------------------------------------
Xonaga dadasi kirib kelganda Daryo sozni g'ilofiga joylashtirayotgandi.Haonam, tanburni qölga olibsiz.Anchadan beri hech kim qöliga olmagandi,deb qizining közlariga qarab,ichida "yana yig'labdi",deya ökinib qöydi.U hozir qiziga bu haqda biror gap gapirishi ortiqcha ekanini tushunib turibdi,lekin jim turishi ham notög'ri edi.Qizi onasini sog'ingan,bu ayriliqqa uncha-muncha odam dosh berolmaydi.Bardoshli inson bölsa ham osongina könikolmasligi aniq.Shuning uchun qizini chalg'itish uchun gapni burib: zardolilar rosa tökilibdi,jiyanlaring bilan terib olgin,uvol bölmasin,qizim,deb kursiga borib ötirib qöliga gazetani oldi.- Dadajon,ayamlar qöshiq aytarmidilar?-deya Daryo qiziqib söradi.-Yöq,onang qöshiq aytmasdi.Balki,hammadan yashirincha aytgandir,lekin köpincha menga tanburdan kuy chalib berardi.Bu borada uni hech qachon majburlab bölmasdi.Agar chalgisi kelmasa chalmasdi.Shuning uchun,kuy chalishni istayotgan bölsangiz deb iltimos qilib sörardim.Onangning qalbi juda nozik edi,Hokisor ayol edi,baraka topgur,deya past ovozda "rahmatli" deb qöydi.- Ular kecha tushimga kiribdilar. -Yaxshilikka bölsin,lekin hadeb ruhlarni bezovta qilaverish kerakmas,bolam.Joyida tinch yotsin desang haqqiga duo öqi.Lekin hech qachon yig'lab,xafa bölib eslama.Ozorlanmasin,xöpmi,aqlligim onajonim.-Xöp böladi,dadajon,deya Daryo tanburni yana joyiga qöyib,xonadan sekin chiqib ketdi.Oshxonada kirib qiladigan ish qidirdi,yangasi hamma yumushni tindirib qöygan ekan.Stulga ötirib qölini iyagiga qöyib,past ovozda Yulduz Usmonova kuylagan salovotni xirgoyi qila boshladi.Birdan yodiga dadasi buyurgan ish tushib qoldiyu,chelakni olib boqqa kirib ketdi.

Добавлено (12.09.2012, 23:41)
---------------------------------------------
Sönggi vaqtlarda Daryo uchun eng halovatli joy,shu bog' bölib qolgandi.Uning onasi bilan bog'liq xotiralari ham aynan bog' bilan bog'liq edi.Hozir ham daraxtdan tökilgan mevalarni saralab terarkan,yana onasi haqida esladi...

Добавлено (13.09.2012, 10:31)
---------------------------------------------
Onasi unga, tabiatning tilini tushunishni örganishing kerak.U senga gapiradi,faqat tushuna olsang,bas.Tabiatga mehr bermagan,rahm-shafqat körsatmaydigan odamning qalb közi berk böladi.Tabiatni sevgan,uning tilini tushungan kishi esa hech kimsaga yomonlik qilmaydigan beozor inson böladi.Shukronalikning eng birinchi belgisi borliqqa rozi bölishdir,deya borliq haqida tushuncha berardi.Mana hozir ham u, bog' havosi uning tanayu-ruhiga kuch-quvvat berayotganini his qilayapti.Bu esa tabiatning minnatdorchiligi,saxovati bölsa ajabmas.Daryo ishini tugatgach,ariq böyiga borib qöllaridagi zardoli shirasini obdon yuvdi.Ariqdan chetroqda ösgan yalpizlarga hovuchida suv olib tökdi.Söng gitarani olib, yana sevimli daraxtiga suyangancha,kechagi qöshig'ini ayta boshladi.U butun vujudi bilan kuyni his qilgancha,eng buyuk muhabbati-ALLOH uchun jöshib kuylardi.Atrof jim-jit,hatto sayrab turgan qushlar ham taqqa töxtab uni tinlayotgandek.Daraxtlar,gullar tonggi shabadada sekin ovozsiz tebrangancha,göyo qöshiqdan rohatlanayotgandek taassurot uyg'otayotgandi.Daryo uncha baland bölmagan tembrda sokin qöshiq kuylardi.Uning qalbidan kechayotgan kechinmalarini söz bilan ta'riflab bölmasdi.Ich-ichidan shukronalik,mamnunlik,xotirjamlik va allaqanday jöshqin tug'yonlar vujudini qamrab olgandi.Uning xayolida faqat Jannatdagina inson özini shunday his qilishi mumkindek edi. Qöshiq tugashi barobarida yomg'ir tomchilari qizning yuzi,qöllariga tomchilaganday böldi.Daryo osmonga qaradi,yozning qoq chillasida yomg'ir bölishi mumkinmas?!,degan öyda daraxtdan biroz uzoqlashdi. Yöq,adashmabdi! Yomg'ir biroz tezlashib mayda tomchilar tinimsiz quya boshladi.Yomg'ir aralash shabboda ta'sirida daraxt barglari shitir-shitir ovoz chiqarib,Allohga hamdu-sano aytib zikrni boshlab yubordi.Qushlar ham öz tillarida chug'urlashib zikr qilayotgandek...Daryo bog'ning ochiq joyiga yugurib chiqib,qulochlarini keng yozib,kökka qaragancha yomg'ir tomchilarining olqishidan bahra olardi.Uning qalbidagi shukronalik ayni paytda eng chöqqisiga yetganday tuyuldi!Uning sevinchi göyo butun olamga sig'mayotgandek edi.Uning tili karaxtlangandek bitta sözni qayta-qayta takrorlardi: subhonAlloh,subhonAlloh,subhonAlloh... !!! Yozning qoq chillasidagi yomg'ir,kuylayotgan qiz uchun Allohning rahmat yomg'iri bölsa ne ajab?!

Добавлено (13.09.2012, 10:36)
---------------------------------------------
Xotima. Allohni seving!U buyuk va qudratli zotdir!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Четверг, 13.09.2012, 14:34 | Сообщение # 2
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Sokina bilasizmi, onasini daraxt oldidagi suratda ko'rgani va tushini manosini suv gullar, Jannat bog'laridan bir bog' ekaniga ishora qilgan joylarida ichim jiz etib ketti. Shunday bo'lsin.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Четверг, 13.09.2012, 16:11 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Qo'shiq so'zlari zo'r ekan. Negadir Daryoni shu qo'shiq kuylayotganini eshitgim keldi. Sokina rahmat shunaqangi zo'r tasvirlabsiz.
 
LoadingДата: Пятница, 14.09.2012, 10:38 | Сообщение # 4
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
SubhonAlloh Naqadar yengil hikoya. Huddi piyoladagi meva sharbatiga o'xshaydi. Ichsang roxat olasan. oldinma ketin tam o'zgarishidan hayratlanib SubhonAlloh deysan be extiyor. Hikoyezdan yana bir hulosani oldim. Olma, olma daraxtidan uzoqqa to'kilmidi.

Sokina Iltimosim bor edi. Agar mumkin bo'lsa bazi so'zlarga lug'at bersangiz. Gapga qarab taxminan bivomman, aynan qaysi manolarda keladi shunisi qiziq.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Пятница, 14.09.2012, 11:35 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Assalomu alaykum.Giyos,Loading fikrlar un rahmat sizlarga.Qanaqa sözni tushunmadingiz,Loading,bemalol sörayvering.Istagan sözingizni izohlab berishim mumkin.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Пятница, 14.09.2012, 11:52 | Сообщение # 6
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Zardoli - bu biror meva nomimi?

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Пятница, 14.09.2012, 12:00 | Сообщение # 7
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Zardoli-örik mevasi

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Пятница, 14.09.2012, 15:57 | Сообщение # 8
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Zardolini o'qib, esimga armiya tushib ketdi. Ushatda zardoli bog'imiz bor edi. Cho'lni qoq o'rtasida bog' yaratishgandi. Rosa zo'r edi. Ushatda o'rikni zardoli diyishganini bilgandim. Qashqadaryo cho'llarida yana tunlari bedor yurish, usha paytdagidek yurish nasib qilmaydida!
 
SokinaДата: Пятница, 14.09.2012, 18:23 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Chölni örtasiga suv qayoqdan borardi? O'rik suvsizlikda chidamaydiku?

Добавлено (14.09.2012, 17:23)
---------------------------------------------
Samarqand+Qawqadaryoda örik mevasi zardoli deyiwadi.Bizda örik,deb quritilgan zardoliga aytiladi.Boshqa joylarni bilmayman.Sizlarda zardolini örik,örikni turwak deyiwadi)


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Суббота, 15.09.2012, 07:51 | Сообщение # 10
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
2 km uzoqlikdan Qarwi magistral kanali o'tgan. Usha yerdan mator yordamida tortib kelinadi. Yog'on turubalarda.
 
УМАРДата: Вторник, 14.05.2013, 17:30 | Сообщение # 11
Группа: Qadrli mehmon





МАН БУ ХИКОЯНИ КАЙТА КАЙТА УКИЙВЕРАМАН. ДАРЁ МАНИ ИДЕАЛИМДАГИ КИЗ . ДАРЁДАЙ СОКИН КИЗ...
 
SoginchДата: Вторник, 21.05.2013, 14:26 | Сообщение # 12
Группа: Qadrli mehmon





Mangayam hikoyadagi qiz yoqadi)
 
SoginchДата: Понедельник, 05.08.2013, 08:45 | Сообщение # 13
Группа: Qadrli mehmon





Kutaverib ,kutaverib oxiri wu qowiqniyam ewitdim.Man qowiq tasirida xaliyam sexrlanganday yuribman.Xudoni bergani bergan uni bergsni esa ilohiy boladi!!!!.Bowqa gap aytiwgayam hojt yoq!!!!"!

Добавлено (05.08.2013, 07:34)
---------------------------------------------
Qaabuull eet qaaabuull eeet yoo roobbiiimm seenn uchuun aataalgaan kuuyniii......
Allohga bagiwlangan
sokin nawida !!!!Man munday qowiqni umrimda ewitmaganman lekin kamdan kam ewitganlar orasida manam borman wunisiga wukur qildim!!!!!

Добавлено (05.08.2013, 07:45)
---------------------------------------------
Exxx baxtiyor Raxmonovam gitara bn qowiq aytyapman deb yursa yuribdida!!!!"

 
SokinaДата: Четверг, 27.03.2014, 13:27 | Сообщение # 14
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Fikrlar uchun rahmat...

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter