Среда, 04.12.2024, 13:17
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Kitoblar haqida - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Kitoblar haqida
SokinaДата: Суббота, 15.09.2012, 16:07 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Bu mavzuda öqigan kitoblarimizdan olgan taassurotlarimiz va ibratli xulosalarimiz bn örtoqlawamiz.Badiy va ilmiy kitoblarni avtorlari va nomlarini yozib forumdowlarga tavsiya qilamiz.

Добавлено (19.05.2012, 23:21)
---------------------------------------------
Mavzu sarlavhasi:Kitoblar haqida

Добавлено (20.05.2012, 10:40)
---------------------------------------------
Muhammad Yusufning Xalq böl,elim" we'riy töplamida sovet davrida özbeklar bowiga tuwgan kulfatlar va mustaqillik qölga kiritilgandan sönggi his-hayajonlari ifoda etilgan.Vatanimizning bepoyon sarhadlarini,qir-adirlariyu,qöy-qözilarini umuman olganda sodda xalqning turmuw tarzini,töpori va mehnatkaw,zukko va ibratli kiwilarini Muhammad Yusufdek ta'riflaydigan woir bowqa bølmasa kerak.

Добавлено (21.05.2012, 07:08)
---------------------------------------------
Karim Mahmudov "Ochil dasturxon" kitobini öqib bowladim.Har xil taomlar retsepti,chiroyli rasmlar bn bezatilga kitob.

Добавлено (23.05.2012, 14:15)
---------------------------------------------
Nosir Fozilov ."Saraton".

Добавлено (17.06.2012, 09:51)
---------------------------------------------
Chingiz Aytmatov Qulayotgan tog'lar(Mangu qayliq) asarini öqib bowladim

Добавлено (17.06.2012, 16:53)
---------------------------------------------
Mangu qayliqni bowlaganimga ancha bölibdi.Köproq darsliklar öqiyotganim un badiy kitob deyarli öqiyolmayapman...

Добавлено (22.06.2012, 19:36)
---------------------------------------------
Ikki kundan buyog'iga birortayam kitob öqimadim.Bu tarki odat yaxwimi yoki...? Bilolmadim...

Добавлено (15.09.2012, 15:07)
---------------------------------------------
Lug'at kitob doimiy hamrohimga aylanib qoldi)


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Суббота, 15.09.2012, 16:34 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bitta qissa o'qivotudim. Yarimida bow qahramoni qiliqlari nervimga tegib o'qimiy qo'ydim. Armon asirasi digan qissa.
 
SokinaДата: Суббота, 15.09.2012, 16:58 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
21 asr adabiyotidanmi? Muallifi kim ekan?

Добавлено (15.09.2012, 15:58)
---------------------------------------------
Lev Tolstoyning Iqrornomasini 3-marta öqib chiqdim. Tolstoy bizning zamonni körganda nima bölar edi?,degan savol tug'ildi.Bu kitob hayotni örgatadi.Menga juda yoqadi.Ozod Warafiddinov tarjima qilganlar.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Среда, 19.09.2012, 03:01 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Quote (Sokina)
21 asr adabiyotidanmi? Muallifi kim ekan?

Ha. Zulfya Qurolboy qizi.
To'g'risi hali ham yonimda yotibdi. Bahorda o'qigandim. Qaysi betga kelganim ham esimda yo'q)) Qimor o'ynagani kirmoqchidi. Xotini bozorda ne azobda ishlab pul topayotgan edi. Bu berkitgan pullariga qimor o'ynab, pulini ko'paytirmoqchidi. Rosa jahlim chiqib kitobni yopib qo'ygandim. Sadqayi odam keteeee dib))))
(Kimdir o'qimoqchi bo'lsa ko'chirishi uchun (shuni bossin). 6 mb rar format. Ichida kitob PDF da. Kompda o'qish mumkin va smartphone tellarda. Oddiy tellarda o'qib bo'lmaydi.)
 
SokinaДата: Понедельник, 11.03.2013, 01:44 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Bunaqa holatlar mendayam bölib turadi.21 asr adabiyotidan men chin dildan tan olgan ijodkor yöq.19-20 asr adabiyotini köproq öqigim keladi.O'tkir Hoshimov va Chingiz Aytmatov ijodlarining ruhiyati mening ruhiyatimga juda yaqin.Men ularni ma'naviy ustozim ,deb tan olganman.

Добавлено (19.09.2012, 07:34)
---------------------------------------------
O'zbek adabiyotidagi tog'a-jiyanlar Mirzakalon Ismoiliy va Tohir Malik ijodlari ham maftun etgan,desam mubolag'a bölmas.

Добавлено (19.09.2012, 07:37)
---------------------------------------------
O'ylab qarasam,hozir sevimli ijodkorlarimni yozaversam,ism-familiyalarning uzundan uzoq röyxatini tuzishga tusharkanman.))

Добавлено (24.09.2012, 06:30)
---------------------------------------------
Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yohud ahloq"ni öqib bowladim.Unda diniy va dunyoviy ta'lim-tarbiyani uygunlawtirib olib boriw kerakligi haqida, muallif öz fikrlarini oyat va sahih hadislar bilan mustahkamlab ifoda etgan.Menimcha bu kitobni har bir kishi öqiwi lozim.

Добавлено (20.10.2012, 20:41)
---------------------------------------------
Keyingi 2 kunda kitobsiz hayot kechirayapman.Ayni paytda esa,nimadir öqigim kelayapti...

Добавлено (11.03.2013, 00:44)
---------------------------------------------
Oxirgi paytlarda kitoblarga kömilib ketib mazza qilib mutolaa qildim.Kitob-eng yaqin suhbatdosh.Hamma savollarning javobi kitobda.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
ГостьДата: Пятница, 12.04.2013, 17:51 | Сообщение # 6
Группа: Qadrli mehmon





Kitob öqiydiganlarga havasim keladi.Man qölimga kitob oliwim bilan uyqum keladi))
 
SoginchДата: Вторник, 21.05.2013, 19:30 | Сообщение # 7
Группа: Qadrli mehmon





Mani dostim tugilmasdan oldin kitob oqiganlardan.Xudo xammaniyam bunday mukofotlamaydi! Unga qiziqib Bowsiz chavandozni oqib bowlagandim ozim bowsiz qolib ketiwimga sal qwoldi))))
Domlajonlarimning sevimli talabasimanda)))
 
M@$terДата: Суббота, 15.06.2013, 19:25 | Сообщение # 8
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 9
Репутация: 0
Статус: Offline
Toxir Malikning "Xalovat" asarini. Zerikarli tuyilishi mumkin nasixat ham keragidan ortig'roqdir lekin asarda yozilgan o'gitlarga amal qilinsa har birimiz komil inson darajasiga yetishamiz. Yosh oila qurvotganlaga taklif qilgan bo'lardim.
Mario Pyuzi " Mafiya Sardori yoki Cho'qintirgan Ota" Amerikaning jinoyat olami mashxur Korleonelar haqidagi dedektiv asar.
, Mihail Bulgakov " Usta va Margarita" Maning sevimli asarim adashmasam 5 marta o'qib chiqganman haqiqiy falsafiy asar. Fantastik nasrning eng mukammali. Asar har kimga har xil ta'sir qiladi, Har kim har xil ozuqa oladi ...Кимсан, айт!
— Мен ҳаргиз ёмонлик тилаб —
Яхшилик қилгувчи кучнинг бир қисми1.
Гёте, «Фауст».. O'qigan ne ziyonisky. Zero "Odamlar kitob o‘qishdan to‘xtasalar, fikrlashdan ham to‘xtaydilar." Dedi Didro.
 
SokinaДата: Понедельник, 24.06.2013, 20:19 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Usta va Margarita" negadir menga yoqmagandi.Bu asarni mening ruhiyatim qabul qilmagan.Bulgakov bu kitobni yozgandan so'ng hayotida jiddiy sinovlarga duch kelgsn ekan.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
SoginchДата: Пятница, 02.08.2013, 17:14 | Сообщение # 10
Группа: Qadrli mehmon





Manam odam bop qoldim))))
Xudo sabr berib kitob oqiyapman.Qozonga yaqin yursan qorasi yuqadi deb wunga aytsalar keragda))))
 
SokinaДата: Четверг, 22.08.2013, 00:00 | Сообщение # 11
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Pol Breggning kitoblarini o'qiyapman.

Добавлено (21.08.2013, 23:00)
---------------------------------------------
Deyl Karnegining kitoblarini o'qiyapman.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Пятница, 23.08.2013, 17:29 | Сообщение # 12
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
O'tkir Hoshimovning "Tushda kechkan umrlar" kitobini boshlovdim, hali o'qivotman.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Четверг, 05.09.2013, 02:04 | Сообщение # 13
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
A.L.Qozonchining "O'gay ona" asarini o'qib chiqdim.
Fotimaning Alloh yo'lidan og'ishmasdan uning roziligi uchun yetimlarga ko'rsatgan mehr-muhabbatini Alloh yo'lida jihod qilish deb baholasak bo'ladi.Ya'ni,nafsidan kechib Allohning roziligi uchun Unga yoqadigan amal qilish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi.Oradan uzoq yillar o'tib Ismoilning unga kuyov bo'lishi esa Allohimning unga taqdir qilgan go'zal ta'biri bo'lsa ne ajab?!
Sarlavhasini ko'rib bu asarni o'qigim kelmay yurgandim.Balki,hamma onasini yo'qotgan barcha farzandlar kabi men ham o'gay onam bo'lishini istamaganim uchun bu asar nomi ko'nglimga yoqmagandir...
Bilguvchi Alloh.
Ajoyib asar, o'qishni tavsiya qilaman.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Nilufar_93Дата: Понедельник, 09.09.2013, 01:31 | Сообщение # 14
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Репутация: 2
Статус: Offline
Nabi Hoshimov "Tog'lik qiz qismati".
Kitobxon dugonamning tafsiyasi bilan o'qidim.Romandagi voqealar tavsiloti kutilmagan va juda tasirli.Asosiysi real hayotni olib chiqib bergan.Taqdirning haziliga ro'baro bo'lmaylik.
 
SokinaДата: Вторник, 22.10.2013, 17:43 | Сообщение # 15
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
"O'tkan kunlar". A.Qodiriy.

Добавлено (20.10.2013, 16:43)
---------------------------------------------
A.Qodiriy "Mehrobdan chayon".

Добавлено (22.10.2013, 16:43)
---------------------------------------------
Hidoyat jurnalining toplamini o'qiyapman.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Четверг, 24.10.2013, 20:23 | Сообщение # 16
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Abdulla Qahhorning hikoyalarini tugatdim.
Har bir qahramonning harakterini alohida ochib bera olganlar.
 
SokinaДата: Четверг, 13.03.2014, 19:40 | Сообщение # 17
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Abdulla Qahhor so'zlarni terib , yangi iboralar bilan asarlarini boyita olgan.Bu tarafi o'zbek adabiyotida yangilik bilan izohlangan.Millylik bor,lekin tuzumning "baxtli hayot" sindromini har bir asarida uchratish mumkin.
Sovet tuzumining ko'pchilik namoyandalari kabi ateistik ruhidagi asarlari hozirgi kun talqinida biroz e'tirozlarga sabab bo'ladi.O'z davrining yaxshi ijodkori bo'lgani bilan hozirgi davr adabiyoti uning asarlarini kundalik hayotga to'la joriy qilishga "shoshilmaydi".

Sovet tuzumida hamma bolalar "baxtli hayot" programmasi bo'yicha ana shu mashhur ijodkorlar tomonidan tarbiyanlagan. Bu tarbiyani olgan o'sha avlod vakillarida hozirgi kunimizda ham qarsakbozlik , xushomadgo'ylik va hakoza salbiy xislatlar bilan hulq-atvorida "sovet tarbiyasi" akslanmoqda.

Ayni paytda adabiyotda avlodlar orasidagi farq yaqqol ko'zga tashlanmoqda.Chunki,tuzumlar o'zgargan.Bu bevosita jamiyatdagi adabiyotning o'rnini ham belgilaydi.

Добавлено (26.10.2013, 10:01)
---------------------------------------------
Menga sovet davrining ijodkorlatidan Chingiz Aytmatov(qirg'iz) va O'tkir Hoshimov(o'zbek) yoqadi.
Chunki,ular o'z millatining xususiyatlarini juda a'lo darajada o'zlashtirishgan va o'zi taaqluqli bo'lgan milliy mentalitetning zehniyati va ruhiyatini ikir-chikirigacha isloh va iroda qila oladigan ijodkorlar bo'lishgan. Xalq ham bu insonlarni o'z millati nomidan gapirishga haqli inson deb qabul qilgan.Qisqacha fikrim shu.
O'tkir Hoshimov rahmatli to'g'riso'z va samimiy inson edi.Bu inson haqda vafot etgandan buyon so'z ochish men uchun jida qiyin mavzu edi...

Добавлено (28.10.2013, 11:27)
---------------------------------------------
O'TKIR HOSHIMOVNING "DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR'INI O'QIYAPMAN!
Bu kitobni har bir o'zbek tilini iroda etolgan inson o'qib chiqishi shart va kerak,menimcha.
Bu kitob,men uchun biz o'zbeklar haqimizdagi ensiklopediya.

SABOT.
Tangri insonga sabot bergan.Nonini tortib olsalar,chidaydi.Molini og'irlasalar , chidaydi.Ursalar,so'ksalar, chidaydi. Ammo, oqni qora , qorani oq desalar, farishtani "shayton", shaytonni "farishta" deb "isbotlab bersalar", bunisiga chidash qiyin...
Bunday paytda so'nggi ilinj-Ollohdan madad so'rab ,iltijo qilishdir. Tangrining tarozusi bexato ishlaydi... O'tkir Hoshimov.

Добавлено (29.10.2013, 13:55)
---------------------------------------------
Cho'lpon. "Kecha va kunduz"

Добавлено (13.03.2014, 18:40)
---------------------------------------------
Oqigan kitoblarimni qaysi birini tavsiya qilishniyam bilmayapman) Chunki, hammasi biri biridan qiziqarli!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
JaNoB_JaDiDДата: Среда, 23.04.2014, 13:43 | Сообщение # 18
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 4
Репутация: 0
Статус: Offline
azamat qorjovovning "qil ustidagi taqdir" kitobi juda zör yozilgan. Öqiw davomida kitobni i4ida yawawiz aniq....
 
GiyosДата: Четверг, 01.01.2015, 18:59 | Сообщение # 19
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" romanini o'qidim.
Ushbu romonda, Fotima ismli qiz, ikkita bolasi bor kishiga turmushga chiqishi va ularga o'z onasidanda yaxshi qarashi, ularga o'gayligini bildirmasligi haqida yozilgan. Bundan tashqari boshqa o'gay onalar zulmini ham yozgan. Bola tarbiyasi haqida ham ko'p narsa o'rganish mumkin.
O'qishni tavsiya qilaman.
(Bilmiman, oxirgi paytlar ta'sirchan bo'lib qolayapmanmi, ta'sirli nimadir o'qisam, ko'zimga yoshlar kelaveradi. Yaxshiyam bir o'zim o'qiyman))) )
4-5 joyida ko'zimga yosh keldi)
 
GiyosДата: Суббота, 03.01.2015, 11:21 | Сообщение # 20
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Nazar Eshonqul ning "Urish odamlari" kitobini o'qidim. Bungayam 3 kun ketdi) Bemalol bo'lsam, bir kun ketadi)
Nima haqida? Urishdan nogiron bo'lib kelgan Normat ismli kishi va uning hayoti. Xotini undan kelgan qoraxat sabab uni o'ldi deb o'yladi. Rais uni o'rab, o'ynashib qo'yadi. Keyin eri urushdan qaytadi...
Homilador bo'lgani uchun sir ochiladi... Shu va urish qiyinchiliklari, ayollar erini kutib, ular deb chekkan iztoriblari... Urishni xalq uchun solgan azoblari. Urush bo'lmaganda edi... Shu jumla ko'p qo'llanilgan.
O'qishni tavsiya qilaman.
Yozuvchining tasvirlash qobilyati kuchli ekan. Har bir detalni maydalab, tasvirlab bergan. Biydi momo obrazini ham zo'r qilib yozgan. Hozirgi tilda mujik kampir deydimi. Shunaqa ayol obrazi.
 
SokinaДата: Понедельник, 16.02.2015, 12:30 | Сообщение # 21
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Shukrullo. Kafansiz ko'milganlar. Tavsiya qilaman.
Tohir Malik Halovat kochasi.

Hozirgina islom.tarix.uz saytidan
Turkiston
Milliy ozodlik harakatini harakatga keltirganlar yani, bolsheviklar " bosmachi"deb atagan yurt pahlavonlari haqida o'qidim. Ex, qanchadan qancha jo'mard yigitlar ni bu ablah bolshovoylar qirg'in qilgan. Ularni davomchilari hoziram bor,millatchi skinxedlar.

Добавлено (06.01.2015, 00:56)
---------------------------------------------
Eng sara insonlarni ayovsiz qirgin qilgan, qatl qilgan, surgun qilgan . Agar shu odamlar va ularning nasli hozir bolganda edi, hozirgi jamiyatimiz tozaroq va boshqacharoq bolgan bolar edi.
O'ylab qaralsa, hamma zamonlardayam o'zgacha fikrlaydigan erksevar insonlar taqdiri qiyin kechgan...

Добавлено (06.01.2015, 01:01)
---------------------------------------------
Bir rahmatli qari momoning oqquloqning uyi kuysin, deb qarganib yurishini kop eshitganman. Bolsheviklarni bolshovoy derdi o'sha momo. Otasi,bobolarini dindor bolgani uchun otib tashlashgan ekan...

Добавлено (16.02.2015, 12:26)
---------------------------------------------
Tib.islom.uzdagi maqolalarni vaqtim bo'lganda o'qib turibman. Juda foydali ilmlar jamlangan. Ilmiy isbotlangan sunnat amallari, tabobat, soglom hayot tarzi va umuman olganda meni doimo qiziqtirib kelgan kopgina savollarning javoblari miridan sirigacha tahlil qilingan.
Masalan," Marsliklar hujumi" nomli maqolada har xil bachkana kuy qoshiqlarning jamiyatga, ijtimoiy maishiy hayotimizga tasiri haqida oqib, hayron qoldim. Chunki, men ham hech narsadan bexabar, hozida radio va tv.ni toldirgan zamonni buzgan "zamonaviy" qoshiqlarning odamlarga ayniqsa yoshlarga ta'siri haqida mushohada yuritganimda xuddi shunday xulosa qilgandim... Va hakoza.

Islom.uz portalidagi hamma saytlar ham foydali. Tavsiya qilaman.

Добавлено (16.02.2015, 12:30)
---------------------------------------------
O'tkir Hoshimovning "Ikki karra ikki besh"ini ham tavsiya qilaman. Men hurmat qilgan adib! Alloh rahmatiga olsin! )


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
zulfiyДата: Понедельник, 13.04.2015, 01:25 | Сообщение # 22
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 14
Репутация: 0
Статус: Offline
Эльчин Сафарли "Если бы ты знал..." китобини укияпман. Китобда ёзилган куп гапларни афоризм,цитаталарга булиб чикса булади.Романтикага бой.Бош кахрамон-саратон касаллигига дучор булган киз.Узини кечинмалари билан булишади китобда...

"Ben kinci biri değilim. Sadece canımı acıtan insanların, hiçbir şey olmamış gibi hayatlarına devam etmelerini istemiyorum."
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter