She'rlar - Giyos/FORUM
She'rlar
| |
Giyos | Дата: Вторник, 22.02.2011, 00:03 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| She'rlar yozamiz
|
|
| |
JASMINA | Дата: Среда, 23.02.2011, 07:31 | Сообщение # 2 |
Jasmina
Группа: Talaba
Сообщений: 7
Статус: Offline
| DADAM Meni tushunasiz har doim o’ziz, Mehrla boqadi doimo ko’ziz, Ko’zimga surtishga arziydi iziz, Bizni deb ishlaysiz, kam olasiz dam, Farzandim deb o’zni unutgan dadam. Urushsangiz meni hafa bo’lmayman, Menga yaxshi bo’lsin deysiz bilaman, Ishonchiz oqlashga va’da beraman. Katta qildiz meni ko’rsatmasdan g’am, Farzandim deb o’zni unutgan dadam. Boshizda ne tashvish, biz bilmaymiz, Bema'ni ishlar deb, sizni qiynaymiz, Siz borsiz, bizlar hech g’amni bilmaymiz, Hayoliz bizdadir, yo’lda bo’lsangiz ham , Farzandim deb o’zini unutgan dadam. Qo’ng’iroq qolsam gar, diliz quvnaydi, Onam ham tinch uyda, sizni o’ylaydi, Otasiz farzandlar qanday yashaydi, Suyanchim ham sizsiz, sizsiz do’stim ham, Farzandim deb o’zni unutgan dadam. Oilangiz baxtiga sog’ bo’ling endi, Mehnatlariz o’zin mevasin berdi, O’g’liz ham otam deb ko’kragin kerdi, Hamma fazilatni o’zda qilgan jam, Farzandim deb o’zni unutgan dadam .Добавлено (23.02.2011, 04:24) --------------------------------------------- Nega biz shunchalar egallanganmiz - Ko'nglimiz og'riydi ko'ngilchanglikdan? Nimaga bunchalar chigallanganmiz - Mushkulot kutamiz yengilchanglikdan? Yuramiz o'ng yo'lning so'liga qarab, Ishqda ishqsizlardan o'rnak olamiz, Bizni sevmaganlar yo'liga qarab, Bizni sevganlarni ko'rmay qolamiz! Bizning borligimiz - dunyoga qimor, O'yin gardkamligi - ekanmanlikda, Hayotdan nolishlik - yo'qlikka xumor, Dunyo birkamligi - mukammallikda... Добавлено (23.02.2011, 05:31) --------------------------------------------- SEVOLMASMAN!!! 20:23 Jonim seni Baxtga to'lib sevgandim, Gohi yig'lab, gohi kulib sevgandim. Borim nima, Jonim nima, hattoki, Hayotimni senga berib sevgandim. Afsus o'sha damlar xayol buldiku, Javob yo'q dilda savol buldiku. Vujudimda yashayotgan muhabbat, Shurlik qalbim ichra uvol buldiku. Shumi baxtim Men shurlikni bilolmeyman, Ich ichimdan yiglab chindan kulolmeyman. Na tirikman, na o'lib xam o'lolmeyman. Meni balki sevar kimdir, men endi sevolmeyman!!! Sevdim degan so'zlaring qolib ketti vafosiz, Chir tig'may qalb turlarim nolib ketti navosiz Jahanammi bu dunyo? Yo g'rbat bu hayotda Tomchi suvga tashna keng sahrodaman havosiz Senga ayon edi qalbim dardlari, Senga bayon edi sevgim xatlari, Oxim yetar xatto osmon falakka Senga yetmas ming faryod-u dodlarim!!! Sevgim buldi bu dunyoda bir kamim Muhabbatim bor xasratim alamim Ishqim o'ldi hiyonatning qulida Tuyg'ularim armon endi sevolmasman. Armonim shu qo'llaringdan tutmay sevdim G'unchagina labingdan bol ichmay sevdim Sevdim deya meni tashlab ketsang hamki, Men bechora yo'llaringni tusmay sevdim Uzga qullar silar endi sochlaring O'zga so'zlar maqtar endi ko'zu qoshlaring Yuragimga otib isyon toshlaring O'zga lablar erkalaydi yuzlaring O'tib ketti sensiz g'urbat kunlarim Qayg'ularim allalagan tunlarim Yoshligimga armon bulgan sevgimga Bugun so'nggi kunim, So'nggi So'zlarim Tugar buldi Umrim, Endi SEVOLMASMAN!!!!
|
|
| |
zolushka | Дата: Пятница, 25.02.2011, 14:26 | Сообщение # 3 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 4
Статус: Offline
| Onajon Topmoq - yo'qotmoqdir, Yo'qotmoq – topmoq, Sen so'lib, Men yashab, To'lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko'proq yo'qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig'latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Sog'inch haqda she’rlar Yozdim o'zimcha, Mendan peshonangda Dog'lar tizimcha. O'g'il bo'lmay o'lay, Attangb ming attang. Qiz tug'sang netardi, Ko'proq qiz tug'sang!.. Tirgak bo'lolmadim Bitta qizingga Uyalmay shoirman Deyishimga boq. Joningdan aylanay, Turgil jonajon, Yo'l qarab bo'ldimi Jigarginang qon? Boqma, ko'zlarimga Bemajol, xasta, Mening topganlarim Gulmi bir dasta, Yo'qotganim senmi Endi ONAJON?.. O'z etimni o'zim Yeyishimga boq. Bilsang yuragimni Bir alam elar. Buyursang qo'limdan Kelmaydi nelar, Ayt, Pichan yig'aymi, O'tin yoraymi, Yerni haydayinmi, Ko'k ag'daraymi?.. Itdek oyog'ingga Suykalgim kelar – Uchib-uchib, mana Qo'nishimga boq. Hech narsa kerakmas, Bolam, hech deysan. Endi kech deysan-da, Endi kech deysan. Yuzimni bosaman Muzday yuzingga, ONAJON, Zor qilib ketma izingga! O'lim oldida ham G'amimni yeysan, Men-chi, jim, taqdirga Ko'nishimga boq. She'rim bitdi, Xayir, Do'stlar xush qoling. Bedil yashamakka O'rganmang menday Boring, Volidangiz Ko'nglini oling, Ertaga Kech qolib O'rtanmang menday. Добавлено (25.02.2011, 12:22) --------------------------------------------- Уни севмагандим. Умуман… Хуллас- У бир ҳавас эди, шунчаки ҳавас… Унинг ёди билан отар эди тонг, Уни ўйлаб кунлар ботар эди, бас… Уни севмагандим. Севмагандим, йўқ! Муҳаббат не ўзи? билмасдим, асли Юракка тегканди шунчаки бир ўқ, Дардимга даво деб билардим васлин… Кўзидан томарди кўксимга мунглар Кўнглимда аламлар сели оқарди… Унинг айвонида отганда тонглар Менинг тонгларимдан тунлар боқарди… Уят парда эди. Ҳаё- подишоҳ. Ғурур кўзларимнинг артарди ёшин. Мен жим термулардим… Кўрмас эди, воҳ, Шундай ўтиб кетди ўн саккиз ёшим… Шундай ўтдик ишқсиз. Кул остида чўғ. Кунда икки-уч бор боқар эди, бас. Уни севмаганман. Севмаганман йўқ! У менга шунчаки ёқар эди, бас! Шунчаки, йиғлатиб кетди йиллар ҳам. Армон алла айтди, қайғуга ўраб. Бир сўзда айтолмай ўтди диллар ҳам, Шунчаки… Тўйида йиғладим ўкраб. Йиғладим, йиғлади қаро булутлар. Югурдим. Ғурурим тўсди йўлимни. Кўрмоқчи эдим, бир… Оҳирги марта. Ҳаё ушлаб қолди, маҳкам қўлимни… Юрак-тош. Муҳаббат? Кул остида чўг. Ёниб улгурмайин ўчирганман, бас. Уни севмаганман, севмаганман йўқ! У бир ҳавас эди… Шунчаки ҳавас! Добавлено (25.02.2011, 12:26) --------------------------------------------- Мендан воз кечманг… Ушбу she'r - ҳали туғилиб улгурмаган боласидан воз кечмоқчи бўлаётган аёлларга бағишланади. Нечун бунча юрагингиз безовта, она? Сўзларингиз бунча аччиқ, серзарда, она? Наҳот мен деб, ҳаётингиз озорда, она?! Мендан воз кечманг… Кечманг, онажон! Мендан кечманг, бошингизга болиш бўлай ман, Тунлар сизга овунч бўлиб, кундай тўлай ман, Изн беринг, кенг дунёни бир бор кўрай ман, Мендан воз кечманг, Кечманг онажон! Ҳали ёғиб улгурмаган лайлакқорман-ку? Гар туғилсам, сизга суянч номус, орман-ку! Гуноҳ қилиб улгурмаган гуноҳкорман-му?! Мендан воз кечманг… Кечманг, онажон! Мен-ку қўрқиб йиғлаяпман, сиз сезмайсиз-му? Юрагингиз силаб турсам ҳис этмайсиз-му? Мени Аллоҳ берди, айтинг, воз кечмайсиз-му?! Мендан воз кечманг, Кечманг онажон! Наҳот дийдор насиб этмас бахти қораман, Сиздан бунёд бўлган парча жигарпораман, Қўлингиздан тутиб, Ҳажга олиб бораман… Мендан воз кечманг! Кечманг онажон… Кўзларингиз кўргим келар, она қанчалар… Бағрингизда кулгим келар, она қанчалар. Наҳот мени юлиб олса, темир панжалар?! Мендан воз кечманг… Кечманг онажон…
|
|
| |
JASMINA | Дата: Пятница, 01.04.2011, 22:29 | Сообщение # 4 |
Jasmina
Группа: Talaba
Сообщений: 7
Статус: Offline
|
Сообщение отредактировал JASMINA - Суббота, 02.04.2011, 19:45 |
|
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 20.05.2012, 21:54 | Сообщение # 5 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Ona,...! Qabringiz quchoqlab yig'lamayman hech,Bölmag'ur sözlarni sözlamayman hech.Mayli nima bölsa bölar unutaman tez,G'arib kunlar øtar erta yoki kech...Sizga duolarim yetsin samoga,Ajrimi köpayib bitsin samoda.Hamma yaxwilikka hokima onam,Nurlarga belangan hurliqo onam...Yomonlarga yot bölaman men,Yaxwilarga døst bølaman men.Faqat duo qiling, tinch böling,ona,Mendan rözi böling,roziman ona...Siz ketib aqlimni yöqotdim mana,Goh wud,goh nowud sarsonman ona.Fe'limga zid kelib zorlansam yana,Telba qizingizni koyimang ona...Bu sözlarni ozor chekib yiglab bitdim,Mehringizni qömsab yana bözlab bitdim.Tuwunmadim dun-dunyoning iwlariga,Yomonlardan,wum közlardan bezdim ,Ona...! Добавлено (20.05.2012, 20:49) --------------------------------------------- Sözlarimdan ranjimang,orlanmang,ona,Men ham sizdayin "zolim"man,ona.Mehrimni tarqatib dilozorlarga,Siz tomon qachondir uchaman,ONA!!! Добавлено (20.05.2012, 20:54) --------------------------------------------- SOKINA
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 16.06.2012, 02:57 | Сообщение # 6 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Turkiy Guliston yoki ahloq Abdulla Avloniy
So'ylasang so'yla yahshi so'zlardan, Yo'qsa jim turmoqing erur yaxshi.
O'ylasang yaxshi fikrlar o'yla, Yo'qsa gung bo'lmoqing erur yaxshi.
Ishlasang ishla yaxshi ishlarni, Yo'qsa bekorlig'ing erur yaxshi.
*******
Xulqi yomon yuz, ko’zlidin na sud Yuz, ko’zli xulqni qilmas kashud. Xulq mariziga davo istasang, Marg davosin berilur qistasang. Xulqi yomoning keturar ko’p zarar, Xulqing o’zi boshingga kaltak urar. Xulqi fano bo’lsa degil alhazar, Xor-u zalillikda qolur darbadar.
***********
Xudoning rahmat-u fayzi hama insonga yaksardur, Va lekin tarbiyat birla yetushmak sharti akbardur. Tug’ub tashlov Ha bo’lmas bola, bo’lg’ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa, bo’lur ul rahnamo sizga. Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bцiur olim, Buzulsa xulqi, Luqmon o’g’li bo’lsa, bo’lg’usi zolim. Yomonlarga qo’shuldi Nuhning o’g’li, o’ldi beimon, Yurudi Kahf iti xublar Ha bo'ldi oti inson.
**********
Har kishining dunyoda oromi joni tarbiyat, Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat. Tarbiyat hamroh etadur hur ila ruzvonlara, Gar desam bo’lmas xato jannat makoni tarbiyat. Ey, Otalar! Jonlaringizdan suchuk farzandingiz, G’ayrat aylang o’tmasun vaqt-zamoni tarbiyat. Moyai zilli xumodur tarbiyatning soyasi, Bizda anqo tuxmidek yo’q oshyoni tarbiyat.
*********
Agar bir qushning yosh bolasin olib, Bo’lur tarbiyat birla yo’lga solib. Onasin olib asrag’on birla rom, Qilmas kishi sa’y qilsa mudom. Kerak tarbiyat yoshlikdan demak, Ulug’ bo’lsa lozim kelur g’am yemak. Egur bemashaqqat kishi navdani, To’g’unchi egur kuydirib kavdani.
Davomi bor...
|
|
| |
Giyos | Дата: Четверг, 27.09.2012, 23:46 | Сообщение # 7 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Dod deyman bevafolar dastidan, Tinchlik bormi ular ko’pidan. Tomom bo’ldimku, ado ham. Nega unutding sevgimiz, bevafo.
Qaysi yuz bilan qarading menga Yoki yuzingdagi niqobmi aslida Hayratdaman seni gaplaringdan Qoldim sendan nafratlanib…
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 06.02.2013, 12:24 | Сообщение # 8 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Balki seni yo’ldan urgan shayton bo’ldi.Chimildiqsiz tunda oy hamhayron bo’ldi. Bittag’uncha ochilmasdanxazon bo’ldi Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan qizHayotida oppoq liboskiymagan qiz Gunohingniko’z yoshlaring yuvmasendi Havas qilgan yigitlarham quvmas endi Afsus senga hech kim sovchiqo’ymas endi. Gul yoshidao’z- o’zini tiymagan qizHayotida oppoq liboskiymagan qiz Karnay- surnay chalinmasdan o’yin qoldi Yor- yor deganhayajonli kuying qoldiBahorlarda belgilanganto’ying qoldi Gul yoshidao’z- o’zini tiymagan qizHayotida oppoq libos kiymagan qiz Oh ursangham Ollohga yetmas endiMing ta’zim qilsang hamotang kechirmas endiHech kim seni nazarigailmas endi Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan qizHayotida oppoq liboskiymagan qiz..!!! Odnodan ko'chirildi..
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 06.02.2013, 12:24 | Сообщение # 9 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Balki seni yo’ldan urgan shayton bo’ldi.Chimildiqsiz tunda oy hamhayron bo’ldi. Bittag’uncha ochilmasdanxazon bo’ldi Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan qizHayotida oppoq liboskiymagan qiz Gunohingniko’z yoshlaring yuvmasendi Havas qilgan yigitlarham quvmas endi Afsus senga hech kim sovchiqo’ymas endi. Gul yoshidao’z- o’zini tiymagan qizHayotida oppoq liboskiymagan qiz Karnay- surnay chalinmasdan o’yin qoldi Yor- yor deganhayajonli kuying qoldiBahorlarda belgilanganto’ying qoldi Gul yoshidao’z- o’zini tiymagan qizHayotida oppoq libos kiymagan qiz Oh ursangham Ollohga yetmas endiMing ta’zim qilsang hamotang kechirmas endiHech kim seni nazarigailmas endi Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan qizHayotida oppoq liboskiymagan qiz..!!! Odnodan ko'chirildi..
|
|
| |
BumBumCHa | Дата: Вторник, 19.03.2013, 09:52 | Сообщение # 10 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Статус: Offline
| Mening g`animlarim bulutdan ham ko`p, Ortimdan soyadek yurishar to`p-to`p, Salomat ekanim ham bir g`animat, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Ko`ngil yig`lar, qara ko`zlar tonmoqda, Ko`kragimga ko`ksing qo`ygin - yonmoqda, Chayqalib turipti ruhim tamoqda, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Ey mening jallodim, ey mehribonim, Ko`kim tuproq mening, tuproq - osmonim, Tilimning uchida turipti jonim, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Tun deganlari bu - tilsiz bir tilsim, Tushi to`liq cho`g`mi, o`qmi, kim bilsin? Tongda turarmanmi-yo`qmi, kim bilsin?.. O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Jon shunday uzilsa, bu - oson o`lmoq, Sevsang, sitamingdan o`ldir meni, moh. Qoshlaring dog` bo`lsin, sochlaring - sirtmoq, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Bizlar - ojiz banda, ajaldir - hakam, Oshiqma deb meni, bo`g`magin, erkam. Bo`sangdan bo`g`ilib o`lay o`lsam ham - O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p!Добавлено (11.03.2013, 12:41) --------------------------------------------- Uni o` zimga ham ko `rgim kelmas ep , Uni bergim kelmas , hatto she ` r , gulga . Aql yalinadi, nuqta qo `ygin deb , Qalb bo ` lsa , o `rganib qolgan vergulga. Bir harfdan uyg `onmas savodsiz dunyo , Unga sog` inch sochgan unlar qiziqmas , Vergulgacha kechgan umr - bu ma ` no ! Nuqtadan keyingi kunlar qiziqmas . Shu ojiz yog `ochga yetdimi kuchim ? . . . So `nib borar edi , xonamdagi sham , Bilib turib nuqta qo `ygani uchun , Sindirib tashladim , qalamimni ham. So `ng shikoyat qilding, qaynoq alamdan , Oq tutunga to ` ldi, qalb umidlari , O ` tga uloqtirdim , yongan qalamdan Kuygan yurakning keldi hidlari . Hamon , aql yalinadi , nuqta qo `ygin deb , Qalb bo ` lsa , o `rganib qolgan vergulga. Istasang , so` k uni va hohlasang tep , U aylanib bo ` lgan qizil she ` r – gulga . Добавлено (19.03.2013, 08:52) --------------------------------------------- Uni sevib ne topdim, Faqat g`amu-alammi? Mening yolg`iz dardkashim Oq qog`ozu- qalammi? Yozaversam dardlarim, Ado bo`lay demaydi. Mening shuncha kuyganim Ul bevafo bilmaydi. Qog`ozning ham yuzlarin Qaro qilib tashladim. Bilib turib o`z boshim Balolarga boshladim. Deyishardi hech ham sevma, Sevgi faqat qiynoqdir. Shirin dami bir onlik, Misoli bir chaqmoqdir. Qarshi chiqdim barchaga Menda unday bo`lmaydi. Uning ishqi haqiqiy, Sevgisi hech o`lmaydi. Adashibman bilsam men, Yorim ekan bevafo. Sevgi dardi bunchalar, Bo`lar ekan bedavo. Kuzda yog`gan yomg`ir kabi, Ko`z yoshlarim to`kadi. Ul yoshlarga mening oppoq Orzularim cho`kadi. Ul bevafo yurar shodon, O`zga yor-la kulishib. Men yashayman hali hamon Sevgi bilan olishib. Sevgi deydi men shundayman, Qutulmaysan mendan hech. Men unga yolvorib deyman, Iltimos sen mendan kech. Bu dunyoda endi ortiq Yig`lashni hohlamayman. O`zi ojiz yuragimni Qiynashni hohlamayman. Bir nokas yor tufayli Umrim hazon bo`lmasin. Sevgining bozorida Narhi arzon bo`lmasin. Ey do`stlarim so`zlarimdan Sevmayman deb qo`ymanglar. Seving-seviling bu dunyoda MUHABBATdan to`ymanglar!
|
|
| |
beki.maftuna | Дата: Пятница, 22.03.2013, 01:47 | Сообщение # 11 |
Группа: Qadrli mehmon
| Bekzod mani kechiring. Man sizni unitmayman. Sevib yashayman.sevgiliz_MaFTuNa.!
|
|
| |
Loading | Дата: Вторник, 09.04.2013, 12:10 | Сообщение # 12 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Atlas shuncha tormidi, shu kunlaram bormidi. Tor shimlarning etagi, bo'ynimizga dormidi.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
xech kim | Дата: Пятница, 12.04.2013, 19:46 | Сообщение # 13 |
Группа: Qadrli mehmon
| Bilaman, Azizim meni sevasiz. Visolga yetmaymiz buni sezasiz. Sezdirmay azobda ekaningizni, Yolg'iz xijron bog'in kezasiz... Bilaman, siz xam meni sog'inib, Tunlari osmonga oyga qaraysiz, Xijron azobidan mendek og'rinib, Sag'ir muxabbatning sochin taraysiz... Bilaman, siz xam Meni o'ylaysiz, Yuragingiz uradi ismimni aytib. Men kabi yulduzga xasrat so'ylaysiz, Afsuski kelmaysiz yonimga qaytib... Bilaman,Azizim meni sevasiz
|
|
| |
Shohi | Дата: Вторник, 21.05.2013, 10:37 | Сообщение # 14 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Статус: Offline
| Bu yerda yoqtirgan she'rlarimizni yozamiz... O'zimizni ijodimiz ham bo'laveradi)) Добавлено (21.05.2013, 09:37) --------------------------------------------- Yo'q, endi ko'nglingdan chiqarolmaysan.. Umringda quyoshday porlayveraman... Ming yillar qariga ketganingda ham, Men seni samoday chorlayveraman... Ismingni tonglarga yozaman maqtal, G'unchalar bargida uxlayveraman... Yo'q, BAXTing meningsiz bo'lolmas tugal, Men seni har lahza yo'qlayveraman... Otashman... Dengizman... Samoman... Nurman... Jism-u jahoningni o'rtayveraman... Ayt, qanday topasan qochmoqqa imkon??? Men seni Xudodan so'rayveraman....
Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
|
|
| |
Soginch | Дата: Вторник, 21.05.2013, 14:19 | Сообщение # 15 |
Группа: Qadrli mehmon
| Wohi, yaxwi wer ekan.
|
|
| |
Shohi | Дата: Среда, 22.05.2013, 13:40 | Сообщение # 16 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Статус: Offline
| Sog'inch rahmat) Zebo Mirzoni she'ri edi) Добавлено (22.05.2013, 12:40) --------------------------------------------- Begim, sizni tabiat raso qilib yaratgan. Kimlarnidir o'ychan-u, sizni kulib yaratgan. Nogahon berib qo'yib, bu husnni kamolni, O'zi ham rashk hasadga to'lib-to'lib yaratgan. Qiya tushgan nigohni armonga yo'ymagaysiz, Qiz ko'ngliga sevmoqni, osonga yo'ymagaysiz. Qiynamangiz bu o'zi o'rtanuvchi bir bag'ir, Bu bag'irni kenglikda osmonga yo'ymagaysiz. Siz xuddiki, Farxodsiz, Shirin qaydadir, begim? Orzularim dilda-yu, nolam naydadir, begim. Siz desam bor tutgazmay, sochilgan o'ylarimday, Bu tun qaro sochlarim mayda-maydadir begim. Sizni men o'zimga ham ravo ko'rman rosti gap, O'zgaga bermoq esa tushimga kirmas uxlab, O'zga bilan ketsangiz ravon yo'llar qolmasin, Begim, hech ikkilanmay yer yuzin tashlang mixlab. Mixning, tig'ning zaxrini sezmay yonib boraman, Ishq olovli sharobdir, qonib-qonib boraman. Hech kim bilan sirlashmay, Hech kimsaga tutmay may, O'z qonim bilan o'zim, alvonlanib boraman. Hayratlarda qotgaysiz, meni ko'rganda ul dam, Yoningizdagi sovuq suluvdan sovirsiz ham, Sizni obdon muzlatgach, o'zim qaytarman, chunki, Bungacha yo'q saodat, bundan so'ng ham bo'lar kech... O'zga tortmam cheksamda, shuncha jabr-u jafoni, O'zgaga ham bermasman, sizdayin bevafoni.
Begim, sizni tabiat raso qilib yaratgan...
Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
|
|
| |
Soginch | Дата: Понедельник, 10.06.2013, 21:17 | Сообщение # 17 |
Группа: Qadrli mehmon
| Xech kim bu xuddi benom deganidaya)))
|
|
| |
Loading | Дата: Понедельник, 29.07.2013, 11:22 | Сообщение # 18 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Cho'ldagi qalbim.
Quyosh chiqar edi charaqlab, Nur sochardi menga be minnat. Balog'atga yetkanim kunim, Quyoshimni sog'inib kettim.
Qalb qoraygan ko'chalarimda, Qoqildimu, qulab xam kettim. Izlab toptim ming xilgi chiroq, Quyoshimni sog'inib kettim.
Siz aytasiz quyoshing qani, Nechun qolib ketting zulmatda. O'zimga ko'p savollar berdim, Quyoshimni sog'inib kettim.
Otam sovg'a qilgan kitobin, Ko'zlarimga surtib asradim. Quyosh qayda yozilgan edi, Quyoshimni sog'inib kettim.
Qaddi bukur majnuntol asli, Menginadan dadilroq rostim. G'aflat ichra qoldim ming yillar, Quyoshimni sog'inib kettim.Добавлено (29.07.2013, 10:22) --------------------------------------------- Boshin quyyi solgancha, ergashadi olamon. Yelka bilan oling deb, chorlov chiqar xar zamon.
O'g'il, qavmu-qarindosh, oq soqol ularga bosh. To'kilar achiq ko'z yosh, ergashadi olamon.
Xech kim qadam sanamas, tanada titrar qo'rquv. Bir maromda almashib, tobutkashlar ergashar.
Silkinib oqar tobut, jamoatning qo'lida. Hamroh bo'lib ketadi, kim uchrasa yo'lida.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 29.07.2013, 12:06 | Сообщение # 19 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Usta bravo¡
|
|
| |
Loading | Дата: Пятница, 02.08.2013, 02:19 | Сообщение # 20 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Yelpib turgandek!
Baxorida umrimiz, muxabbatga oshnomiz. Nogox kirib kelding, taqdir yelpib turgandek.
Osmondek musaffo, bulutlardek o'ynoqlab. Mazmun olib kelding, kutilmagan yomg'irdek.
Birov yelpib turgandek, havolanib osmonda. Uchib o'tkaning yolg'on, jazirama yoz fasli.Добавлено (02.08.2013, 01:19) --------------------------------------------- Yelpib turgandek!
Baxorida umrimiz, muxabbatga oshnomiz. Nogox kirib kelding, taqdir yelpib turgandek.
Osmondek musaffo, bulutlardek o'ynoqlab. Mazmun olib kelding, kutilmagan yomg'irdek.
Birov yelpib turgandek, havolanib osmonda. Uchib o'tkaning yolg'on, jazirama yoz fasli.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Nilufar_93 | Дата: Вторник, 06.08.2013, 00:28 | Сообщение # 21 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Статус: Offline
| *** Jiyda guli bog'larida uni izladi, Rayhon hidli ro'molini gulga bog'ladi. Gullarini qor yomg'irlar olib ketdi, Ro'molida rayhon hidi qolib ketdi.
|
|
| |
Mirzoxid | Дата: Вторник, 06.08.2013, 02:19 | Сообщение # 22 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Статус: Offline
| ёмгир ёгиб шивирлар осмон, зулматимни таркатар шамол. йернинг иси дилни кувнатиб, согинчимни юбла кетди···
Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
|
|
| |
Sokina | Дата: Среда, 07.08.2013, 21:06 | Сообщение # 23 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Muhabbatning yo'llari uzun...
Mudom o'ylarimni band etgan jumla, "Muhabbatning yo'llari uzuuun"... Mudom hayot haqida cheksiz tasavvur Mag'ribu-mashriqdan izlayman javob... Men keldimu,sendan esa yo'q darak ! Mayli,xayolim ergashtir bir zum Mahobatli qasringga xizmatkorlikka... Muhabbatning yo'llari uzuuun... Misralarim senga,sengaatalgan Menda zabon yoq izhori dilga... Mayli tuyg'ularim to'zsin xazonday, Maylida,sellarda oqib ketsa ham Menda zaboon yo'q izhori dilga... Mushkullik insonning peshonasida Mahtal bo'lganicha mangu muzlikda Mahkum bo'lsin senga aytar so'zlarim, Menda zabon yoq,zabon yoq menda... Muhabbatning yo'llari uzuuun...
Sokina.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Shohi | Дата: Среда, 07.08.2013, 21:56 | Сообщение # 24 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Статус: Offline
| Sokina she'riz ajoyib chiqibdi, ta'sirlandim... Menga judayam yoqdi)
Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 07.08.2013, 22:11 | Сообщение # 25 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| She'r super.
|
|
| |
|