Среда, 04.12.2024, 12:54
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

She'rlar - Страница 2 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
She'rlar
SoginchДата: Среда, 07.08.2013, 23:48 | Сообщение # 26
Группа: Qadrli mehmon





Sokina bu wer uzun ediku.Davomini nimaga yozmadin bu yoqqa?
man bu werni qayta qaytalab oqib tasirlanyapman...

Добавлено (07.08.2013, 22:48)
---------------------------------------------
Wunday zo'r werlari bor hechqaysisini forumga yozmaydida.
Bu qiz bu dunyodanamas.Eto tochno!)))

 
SokinaДата: Четверг, 08.08.2013, 20:44 | Сообщение # 27
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
hayot har doim ham biz istagandek bo'lmas ekan...
rahmat.

Добавлено (08.08.2013, 19:44)
---------------------------------------------
Tiriklik jismimni tark etganida
Fikrlar sarosar yig'lab qoladi...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
EzoDilДата: Понедельник, 24.11.2014, 23:14 | Сообщение # 28
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 4
Репутация: 0
Статус: Offline
Könglim osmonida munavvar oyim,
Volidam ildizi sabr va bardow.
Menku yig'lab-yig'lab charchadim oxir,
Onam közlarida körmasaydim yow.

Yurakka g'am alam qurganida in,
Köksi bor metindan qöymoq uchun bow.
Butun röyi Zamin yig'lasin,mayli,
Onam közlarida körmasaydim yow.

Bilibmi,bilmaymi qilsak gar xato,
Bizga eng yaqin döst,beminnat sirdow.
Wuncha kuyganlari yetar,böldi,bas!
Endi közlarida körmasaydim yow.

Onajon,körasiz köklam keladi,
Bizning bog'larda ham kuladi quyow.
Biz öwa köklamga yetamiz faqat,
Bugun közingizda körmasaydim yow.

Men sizga hamiwa sog'inaman baxt,
Ona,yowingizga qöwilsin yuz yow.
Uwbu werim öqib,mayliga töking,
Faqat qayg'udanmas,quvonchdan köz yow!

(EzoDil)

Добавлено (24.11.2014, 23:14)
---------------------------------------------
Tug’ilish-o’limga qo’yilgan qadam,
Hikmatni bilsak-da, anglay olmaymiz.
Boshimizga og’ir kulfat tushganda,
Uyalmay, Ollohdan madad so’raymiz.

Insonmiz, ba’zida qilamiz xato,
Onamiz-Momodir, otamiz-Ato.
Qobilning ishini qilganda xatto,
Uyalmay, Ollohdan panoh so’raymiz.

Bayram, tantanada qilib kayf-safo,
Ikki rakat namozga vaqt topolmaymiz.
Boshimiz devorga tekkanda goho,
Uyalmay, Ollohdan sabr so’raymiz.

Pul desa, qaytmaymiz eng qabih ishdan,
G’iybat-u tuhmatda me’yor bilmaymiz.
O’zimiz tuhmatga qolganda esa,
Uyalmay, Ollohdan yordam so’raymiz.

Quloq, bo’yinlarga taqib qo’sh-qo’sh zar,
Loaqal, o’n so’mni ehson qilmaymiz.
Kofirning ishini qilib, alhazar,
Uyalmay, Ollohdan jannat so’raymiz.

Keling do’stlar, ochamiz qo’lni duoga,
Mung’aygan qalbimiz nurga o’raymiz.
Namozda iltijo qilib Xudoga,
Zimiston qalblarga iymon so’raymiz!

(EzoDil)

 
LoadingДата: Вторник, 25.11.2014, 10:26 | Сообщение # 29
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Rahmat! Yengi ijodlarizni kutamiz.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
EzoDilДата: Среда, 26.11.2014, 15:48 | Сообщение # 30
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 4
Репутация: 0
Статус: Offline
Tashakkur))

Добавлено (26.11.2014, 15:48)
---------------------------------------------
Men sizga muhtoj payt qayda edingiz?
Bolam betob chog`i kutgandim intiq
"Sen va boladan ham kechdim" dedingiz,
Bundan-da azob yo`q og`irroq,qattiq.

Yolvordim,tiz cho`kdim poyingizga ham,
O`rtada farzand bor,qilmangiz xato.
Go`dagim o`lim-la olishgan vaqti,
Yo`qlab kelmadingiz bir bora hatto.

Bolamni quchoqlab yig`lagan kecham,
Biror kun holimni so`radingizmi?
"Ona qizim"deya,uxlamay hecham,
Yo tunlar parvona qaradingizmi?

Savollar adoqsiz,javobga esa,
Bosh egik aybdor majnuntol misol.
Ayting,nima uchun kechiray sizni,
Oqlashga or vajmi,yo g`urur timsol?

Endi yechildimi yurakda tugun?
Menda esa o`chgan o`tmishning rasmi.
Afsus,kech qaytdingiz,chunki men bugun,
O`zganing yoriman,o`zganing hasmi!

(EzoDil)

 
GiyosДата: Среда, 26.11.2014, 20:27 | Сообщение # 31
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Super!
Ta'rifga so'zlar kam...
 
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:
Flag Counter