Четверг, 12.12.2024, 01:14
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Bekatdagi kundalik - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Bekatdagi kundalik
Nilufar_93Дата: Суббота, 14.09.2013, 22:51 | Сообщение # 1
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Репутация: 2
Статус: Offline
Quyidagi hikoyalarim Bekatdagi kundaligim jamlanmasidan.Ularning aksariyati mening jonajon bekatimda daftar hoshiyalariga muhirlanib borgan.Shu sababli bu mavzuimni "Bekatdagi kundalik",deb nomladim.
Hikoyalar rivojida bunga to'la amin bo'lasiz degan umiddaman.
 
FC_PAXTAKORДата: Воскресенье, 15.09.2013, 00:07 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Kutamiz, kuzatamiz
 
MirzoxidДата: Воскресенье, 15.09.2013, 03:49 | Сообщение # 3
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
"Sog'inch"
Qiz:Uni yonimdaligi naqadar
baxt.Yonidaman ammo sog'inib
ketyapman.Qiziq?!?
Qo'llaridan mahkam tutib,hech qachon
qo'yvormasam edi...Avtobusda odam
ko'p.Hamma har xil xayolga boradide.Bizni faqat sevishganlar tushuna oladi.
Yigit:Hozir u man bilan yonma-
yon.Nigohlari bir nuqtaga
qadalgan.Lablarida tabassum.Uni
baxtiyorligini ko'rib,man ham sevinib
ketyapman.Shu onda mahkam quchog'imga bossam edi.Ko'z qiri bilan
qarab qo'yishinichi?Ayyorcham o'zimni)
Nihoyat manzilga yetib keldik.Bu
atmosferadan tezroq qutilmasam
bo'lmaydi.Oh...hayot naqadar go'zalsan!
Iyee hayotim avtobusda qolib ketibdilar- ku.Ana o'zlari!Malikam mani.
Qiz:Qizlarni ko'rdiz deguncha o'zizi
yo'qotib qo'yasiz.Ortidan ergashiiib mani
unutib qo'yasiz a?
Yigit:Sizni tanimayroq turibman yaxshi
qiz! Qiz:E boringe...undan bir ikki qadam
oldinlab ketdim.
Yigit:qayerga?sani oldingami?hop
bo'ladide.(Unga yetib oldim)
Voy mani Zirapcham arazladilarmi?
Qiz:hali Zirapcha bo'ldimi?(dedim jaxlim chiqib)
Yigit:hade Zirapchamisan zirapchasan!
Qiz:man Zirapcha bo'sam...siz...siz...
Yigit:xo'o'o'sh?kim ekanman?
Qiz:sizchi...SIZ RANDALANGAN
TAXTASIZ!!! (baland ovozda dedim va sharta
ogirilvoldim.Undan javob kutdim.Lekin
o'rtamizga jimlik cho'kdi.Qo'rqa-pisa,sekin
u tomonga qaradim.u ham manga
qaradi.Ikkalamiz ham kulib yubordik.

Yigit:o'zimi jiddiy tutishga harakat qildim
lekin kulib yubordim.Qarashlari naqadar
jozibaliki unga qahr qilishga ojizman.Hozir
u miriqib kulib ketayapti.Uning kulishlari
yoqimli.Qalbimga muhabbat bo'lib quyilib kelayapti, uning kulishlari.
Qiz:Sizga bir savolim bor?
Yigit:Eshitaman.
Qiz:Mani nega sevib qolgansiz?
Yigit:Betakror tabassuming sabab
Qiz:Faqat shu uchunmi? Yigit:Ha,
Qiz:Kulmasam sevmi qo'yarkansizde?
Yigit:Bilg'onginam,San man uchun hayot
bo'lsang,kulishlaring kislarod.Kulgichlaring
manga energiya beradi.
Qiz:Agar gaplariz rost bo'lsa,endi doim kulib yuraman.
Yigit:Rost, malikam.
Qiz:agar 4 yil oldin u bu kim, shu yigit
sani sevib qoldi diganida hecham
ishonmagan bo'lardim."Baxt" bu so'zni
uni deb anglay oldim. Yigit:sevinchim,eshitvossanmi?
Qiz:yo'q.Nimani etvos?
(shunaqangi hayajonlanib ketdilar.hech
narsaga tushunolmay qoldim)
Yigit:Mana,mana eshit!
Umrimda birinchi bor, O'ylashga majbur qilgan,
Mehrimni qozongan,
Va unga javob bermagan,
GO'ZALIM.
Men iqror bo'ldim shunga,
O'xshamaysan hech kimga, Go'zalsan sen juda.
Sevaman balki men shunga,
Seni shunga.
Qiz:Xa-yo-lim senda...
Yigit:Xayolim senda.
Qiz:Xa-yo-lim senda... Yigit:Yonimda visoling,
yodimda visooliing.
Qiz:hozir u judayam xursand.qo'shiqqa
jo'r bo'layapti,orada miriqib kulayapti
ammo ko'zlaridagi tomchi yoshni
ko'rganimda uning bu nigohlari ortida
qandaydir sir borligini tushundim.o'girildi
va tezda ko'zlarini qo'llari bilan artdi.O'zimni hech narsani
payqamagandek tutdim.
Yigit:Sezmadi.Sezganida savol nazari bilan
qarardi.Yo'q,sezmadi.
Qiz:Yetib keldik.Endi qayting.Buyog'iga
o'zim yetib olaman. Yigit:Sensiz ketmayman.Mani ham
kuzatib qo'ymaysanmi?
Qiz:Bo'ldi jinnilik qilmang!Dadam ishdan
qaytadigan vaqt bo'lib qoldi.Sizni ko'rib
qolmasinlar.
Yigit:Hop mayli qo'ymading qo'ymadingda.A to Dadajon bilan
so'rashib ketmoqchidim.
Qiz:Voy dadam?endi nima qilaman?
Yigit:Qani?qani?
Qiz:Yosh boladek ortimga bekinib
oldilar.Kulib yubordim. Yigit:E shunaqayam hazil qiladimi?
Qiz:so'rashib ketmaysizmi? Dedim kulib
Yigit:Kul kulaver.man esa ketdim.
Qiz:hm qayoqqa?
Borasizda mehmon?
Yigit:hali yana kelaman mezbon.Sizni olib ketish sharti bilan.(Ajoyib qizda.Lekin u
emas.Uni nega yana eslayapman.Yo'q uni
unitishim kerak.)
Qiz:Ketganlariga hech qancha vaqt
bo'lmasidan yana sog'inishni
boshladim.Ularni uzoqdan kuzata turib,yugurib borib "sog'indim" degim
kelayapti.
Yigit:Avtobusga chiqib oldim.Ortga
qaytayapman.Bugun uni yana
aldadim.Yana yolg'on aralashdi
sevgimizga.Sevgi dedimi?Yo'q, bu sevgi u uchun emas.Bu mani boshqa uchun
atalgan yolg'onchi sevgim.Aslida...xayolim
unda.
Yigit shu yo'sinda avtobus oynasidan
botayotgan quyoshga ma'nosiz
termulgancha ketardi. Balki u o'zini shu onda botayotgan
quyoshga o'xshatgandir.
Yigit:Azizam charchadim.sensizlikdan
charchadim.o'zimni aldashdan charchadim
dedi shivirlab.

Avtobus to'xtadi.Old va orqa eshiklar
birinma-ketin bir nafasda ochildi.Sanoqli
yo'lovchilar navbatma-navbat avtobusdan
tushdilar.Vaqt ham allamahal bo'lgan edi.
Haydovchi:O'g'lim,manzilinga yetib keldik.Tushaqol,dedi avtobus oynasidan
orqa o'rindiqda o'tirgan yigitga yuzlanib.
Yigit xohlamay o'rnidan
qo'zg'aldi.Hamyonini biroz ko'vlab,bitta
mingtalik chiqardi va old eshikka tomon
yurdi.Shu tobda to'xtab qoldi.Chuqur xo'rsindi-da,ortiga qaytib,o'rindiqqa qayta
joylashdi.
-Amaki,2ta ko'cha naridagi muyilishda
qoldirib keting.Iltimos!
Haydovchi:Hop,mayli.Sen nima desang
shuda o'g'lim! Yigit avtobusda chayqalgancha,shahar
ko'chalariga ma'nosiz termulib
ketardi.Zulmat cho'kkan.Lekin tungi
chiroqlar nuri zulmat qarida raqs tushardi
go'yo.Bekatlar.Hech zot
ko'rinmasdi.O'rindiqlar xomush. Yigit avtobus oynasi tomon yaqinroq
joylashdi.Oynaga bosh barmog'i bilan
katta-katta harflarda yoza boshladi...
S O G' I N D I M
Haydovchi:O'g'lim parishon ko'rinasan?
tinchlikmi? Yigit:ha,ha amaki,Ollohga shukur tinchlik.
Haydovchi:Urishib qoldilarmi bolam?
Yigit:kimni aytayapsiz?
Haydovchi:Meni bilmaydi deb
o'ylaysanda.Shu avtobusni o'ttiz yildan
beri haydayman.Har kuni yuzdan oshiq yo'lovchini uzog'ini yaqin qilaman.Kimdir
bu yerga daqiqalik mehmon,kimdir har
kungi.Eh yoshlarey...yoshlar.Hammani
bola deb o'ylaysizlar-da.Bir-birlaringa ko'z
suzishlaringni koshki bilmasam.Yuzlaring
olmadek bo'lib,yon atrof qarab qo'yasizlar tag'in.
Yigit haydovchini tinglab ketar
ekan,miyig'ida sezilar sezilmas jilmayib
qo'yardi.
-Andisha qilganlaring yaxshi!Jamoat
transporti deb qo'yibtida buni.Ayrim o'g'il-qizlar bor yoqa ushlaysan kishi.Nima
ham derdik ularga bitta gap kam,ikkita
gap ko'p.Oldingi Otabeklar-u Kumushlar
qayog'da deysan.Hozirgilar Rameo va
Julyetta.
Lekinchi o'g'lim xuv anu sen birga yuradigan qiz o'rtog'inchi
ko'xlikina,yoqimtoy qiz.Etagidan mahkam
tut.
Yigit:hop,amaki!dedi-yu kulib yubordi.

Haydovchi:Senga aytsam men ham
kampirimni o'zim topganman.Rahmatli
juda sodda edi.Birinchi uchratganimda
ko'zlariga mahliyo bo'lib qolgandim.Qop-
qora ko'zlari,uzun kipriklari... Meni ko'rsa "Assalomu aleykum" dan
boshqa so'z demasdi.Keyin bilsam
kampirim tushmagur tojik millatidan
ekan.G'ichchalab,so'zma-so'z o'zbekchani
o'rgatdim.Lekin shu "ako' " deyishni
tashamadi.Oilam qarshilik qilishmadi.Taqdir ekan turmush qurdik.
Farzandlarim ham uyli joyli.Nabiralariga
to'ymadida rahmatli.Dunyoning ishlari shu
ekanda...Biz bandalar ojizmiz.
Amaki so'zlab turib ovozlari qaltirab
ketdi.Yuzida qotgan ko'z yoshlarini astalik bilan artdi.
Yigit:Amaki,nega hayot shunaqa ekan-
a.Jondan aziz bilganingni nega olib
qo'yarkan a?
Haydovchi:O'g'lim buni foniy dunyo
deydilar.Ollohning irodasi shu.Olloh suygan bandasini yoniga tez chaqirib
oladi.Yaxshining umri qisqa,yomonga
o'lim yo'q.O'lim hammamizni boshimizda
bor.Chiroyli o'lim esa yaxshilarga nasib
etadi.
Yigit:ha u judayam yaxshi edi.Lekin uni o'limi chiroyli emasdi,dedi past
ovozda,qo'llarini qattiq siqib.
Haydovchi:Senga bir yoqtirgan she'rimni
aytib beraymi?
Yigit:ha, aytib bering!
Haydovchi biroz jim qolib,she'rni o'qidi. -Mendan nima qolar,
Ikki misra she'r.
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan,
Nima desa der. Men seni o'ylayman,
O'zimdan ko'proq.
Lola,lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Yigit:Muhammad Yusuf.
Haydovchi:ha bolam...,Muhammad... Yusuf.
Avtobus muyilishda to'xtadi.Haydovchi
atrofga bir nazar tashlab qo'ydi.Yon
atrofda tirik zog' ko'rinmasdi.Vahimali
sukunat ko'chalarni qoplagandi.
-O'g'lim bu yerda nima ishing bor?sen doim haligi bekatda qolarding?
Yigit:Shu atrofda ishim bor edi.
Haydovchi:Yarim kechdaya.Tag'in
qabriston tomonlarda?!
Yigit:Hotirjam bo'ling amaki.man yaqin bir
tanishimni oldiga ketyapman.Qabriston deysiz?O'liklardan emas tiriklardan
qo'rqish kerak.
Yigit qo'lidagi pulni haydovchiga uzatdi-da
sassiz zulmat qariga sho'ng'ib ketdi.
Amaki uning ortidan biroz ko'z uzmay
turdi so'ng avtobusni o't oldirib yo'liga qaytdi.

Добавлено (15.09.2013, 01:45)
---------------------------------------------
Yigit past ko'chadan katta-katta qadam
tashlab ketardi.Sokin tun og'ushidagi
gung shamol o'zini har yoqqa urgancha,
daraxtlarning shitr-shitr ovozlari,ko'cha
yoqasida oqayotgan suvning shivr-shivr so'zlariga jo'r bo'layotgandek...To'siq bilan
o'rab olingan keng maydonda esa abadiy
jimlik,abadiy uyqu hukum surardi.
Yigit kirish va chiqish darvozasi oldida biroz
to'xtab qoldi...Darvoza shamol yordamida
tebranardi.Go'yo u shu turishida "alla"aytayotgan edi.
Yigit ichkariga sekin asta qadam tashlab
kirdi.Yuragi ham duk...duk etib eshitalar
eshitilmas ura boshladi.Go'yo u bu
harakati bilan biron kimni uyg'otvormay
deyayotgandek.Uzoq masofadan kelayotgan zangori chiroqning xira nurlari
tufayli atrof biroz yorishib ko'rinardi.Yigit
qabriston yo'lakchasidan to'g'ri kelib, bir
qabr boshida to'xtadi.Sekin-astalik bilan
yerga cho'kdi.Issiq kaftlari bilan suvuq
tuproqni siypalagandek bo'ldi. Bo'g'zidagi bir narsa ich-ichidan otilib
chiqayotgan nidoni qandaydir bir kuch
bilan ushlab turardi.Yigitning achchiq ko'z
yoshlari yuzidan dumalagancha tuproqqa
singib ketdi.U o'zini ortiq ushlab
turolmadi.Qabrga o'zini otdi.Yuzini tuproqqa bosgancha silkinib-silkinib
yig'ladi.Laylisin sochlarini silayotgan Majnun
kabi tuproqni siladi.Zuhrosin labidan
o'payotgan Tohir kabi titrab-titrab
tuproqni o'pdi.
Иштирокчи Группа: ЗАПРЕТДА! Сообщений: 270 Награды: 0 Репутация: 234 ± Замечания: 0% Статус: Хозир йўқ Yigit:Azizam man keldim.Sani sog'inib
keldim.Tur...turaqol!
Uyqichi...Shunaqayam ko'p uxlidimi?
To'rt yil...to'rt yil uxladingku.Man esa
sansiz 1 daqiqa ham orom olmadim.
Sani yo'qliginga ko'nikolmayapman.Xotiralar bo'lmaganida
balki aqldan ozarmidim.Zuhram
o'zimni.Tohiring yo'llaringa zor.Zuhra mani
kechir.(u boshini ko'tarib,yuz ko'zlarini
artib gapida davom etdi)
-Opangni aldab yurganimdan jahling chiqmasin.Ishon man buni
istamagandim.Axir nima qilay sani
ko'rmasam yasholmayman.Manda loaqal
bitta surating ham yo'q.Unda sani kashf
etdim.Ba'zida uni Fotima ekanligini ham
unutib qo'yaman. Bugun xato qilayotganimi anglab
yetdim.Jonim,charchadim.(yigit boshini
qabrga qo'ydi)
Endi man ham uxlashni xohlayman.
(Ko'zlarini oxistalik bilan yumdi)
San bilan abadiy uxlamoq uchun keldim... Gulim,uxlashdan avval sanga bir taklifim
bor.Majnuningni rad etmaysana? (dedi
jilmayib)
Kel yashaylik biz birga,
Bizning ertagimizda.
Do'st-u dushman ichida, Ikkimiz oxirgacha.

Yigit:Zuhra sanmisan azizam?
Libosing munchayam chiroyli.Yuzlaringni
nurliligini...
Qiz yigitga nim tabassum qilib turardi.Lekin so'z demadi.
Yigit atrofga qaradi.Ko'zlarni qamashtirar
darajada alvon-alvon qizg'aldoqlarga nigohi
tushdi.O'zini qizg'aldoqzor bag'riga
otdi.Ularning ifori o'zgacha
edi.Barchasidan Zuhraning isi kelardi.Qadini rostlagan ko'yi qizni chorlay
ketdi.
-kel,kelaqol!Nega jim turibsan.
Qiz ortiga burildi.Oppoq nur tomon
yo'naldi.
Yigit:Dildorim,qayerga ketyapsan? TO'XTAAAA!!!
Yigit qancha urunmasin qizga
yetolmadi.Qiz g'oyib bo'ldi.Yigit boshini
quyi solgancha qo'llari bilan qizg'aldoqlarga
ozor bera boshladi.Ularni yulib
tashladi.Hovuri bosilgach unsiz xasrad to'kdi.Shu vaqt qandaydir sharpani
payqadi.Boshini biroz ko'tardi.Ro'parasida
bir nuroni qovog'ini uyib unga norozi
qarab turardi.Yigit Bobosini tanidi.O'rnidan
sapchib turdiyu Bobosini
quchoqladi.Bobosi bir qadam ortga tasirildi.
-Eshit!Eshit bolam...Quloq tut dedi ruh.
Yigit:nimani bobojon?
Hech narsani ewitmayabman.To'xtang
ketmang!
Ruh yerdan biroz ko'tarildi va ortga qaradi:"Qo'shiqni eshit uni yodda tut.u
seni poklaydi bolam!"ovoz tobora
uzoqlawib aks sadoga ulandi "u seni
poklaydi", "poklaydi", "bolam".
Yigit cho'chib uyg'onib ketdi.U qabr
ustida uxlab qolgan edi.Qayerdagilini anglayolmay qo'rqib ketdi.So'ng hammasi
yodiga tushdi.
Osmon yorishib,tong otayotgan mahal
edi.Yigitning qulog'iga azon ovozi
eshitildi.Uzoq uzoqlardan takror-takror
"Ollohu Akbar" "Ollohu Akbar"... sadolari kelardi.
Yigit bir soatcha qabr boshida qilt etmay
turib qoldi.
Agarda uning oldiga qorovul kelib
qolmaganda u shu ko'yi balki soatlab
o'tirardi.
Qorovul:hoy yigitcha,bu yerda nima
qilayabsiz?
Yigit:ziyorat qilib ketay degandim Qorovul:qiziq bola ekansiz-ku.Azonlab
mozor boshigayam keladimi?
Yigit:....
Qorovul:ha mayli,bu gaplarni qo'ya
turaylik.Vaqt ketmasin.Yuring Bomdod
nomozini o'qiymiz.Siz ham shu bahona yaqiningizni ruhini shod qilib ketgan
bo'lasiz.
Qorovul yigitning yelkasiga qoqib qo'ydi.
Yigit:Otaxon,man nomoz o'qishni
bilmayman.Xabarim yo'q dedi boshini egib.
Qorovul:buyog'i qiziq bo'ldiku.O'g'lim,musulmonmisiz?
Yigit:ha otaxon.Ollohga shukur
musulmonman!
Qorovul:ha,barakalla!
Unday bo'lsa, siz meni shu yerda kuta
turing.hozir qaytaman. Yigit hop dedi.Otaxon butalar oralab
kichik bir xujraga kirib ketdi.Taxmonchada
turgan eski jildli kitoblar orasidan ko'k
muqovali kitobni qo'liga oldi.Xujradan
chiqib yigit yoniga qaytdi.
Qorovul:buni oling, sizga. Yigit kitobni oldi.Kitob ni old muqovasini
o'qidi:MEN HAM NOMOZ O'QIYMAN.Yigit
otaxonga mayus ko'zlari bilan
minaddorona qaradi.
Qorovul:omonatimni asrang.3kundan
so'ng sizni shu yerda kutaman.3 kundan so'ng!unutmang.
Yigit:unutmayman.kitob uchun rahmat.
Yigit yo'lakcha bo'ylab qabristonni tark
etdi.Qorovul uni ortidan kuzatib,o'zi ham
xujraga qaytdi.

Добавлено (15.09.2013, 01:56)
---------------------------------------------
Yigit ko'cha bo'ylab uyiga piyoda yetib
keldi.Darvoza eshigi ochiq.Hovlidan kirib
kelayotib,bog'dagi supachada xayol surib
o'tirgan onasiga ko'zi tushdi.Onaizor
qadam tovushidan sergak tortdi.
Ona:Tohirjon bolam,keldingmi? Yigit:ha keldim.
Ona:O'zingni o'ylamasang ham mani
o'ylagin.Tuni bilan mijja qoqmay
chiqdim.Nechi martalab ko'cha boshiga
bordim.
Ona gaplarini yakunlamasdan farazandi gapini bo'ldi.
Yigit:Nima man sizga yosh bolamanmi?O'z
xolimga qo'yaslarmi yo'qmi?nima
qilayotganimni o'zim bilaman.
U tez-tez zinapoyalardan ko'tarildi-
da,xonasini eshigini jahl bilan yopdi. Ona:Ovqatingni yemisa...n...mi?
Bolajonimey ozib to'zib ketyapti,har kuni
ko'zlari qizarib uyga qaytadi.Man ham
onaman-ku bolam.Dardingni sezib
turibman.Ollohning irodasi.Man bechora
nimayam qilolaman. O'ksib-o'ksib yig'ladi.Ko'ksiga bir-ikki
mushtalab qo'ydi.O'rnidan
qo'zg'alayotib,noni ustini sochiqcha bilan
yopibdi.Qaddini rostlab "Ey Rabbim
o'zingga ming shukur"deb oshxonaga kirib
ketdi. Yigit bu mahal karavotida shiftga
termulgancha yotardi.Keyin o'rnida turib
javonidan nimanidir qidira
boshladi.Topolmadi.Xonani u burchagidan
bu burchagiga yuraverdi.Hiyol o'tib,esiga
tushdimi "ha" deb yuzi yorishdi.Kiyimlari joylashgan shkaf ustidagi chang bosib
yotgan qutini oldi.Qutini ochib,ichini tita
ketdi."Qani qayerda?"asabiylashardi."Ha
mana" dedi biroz o'tmay.Bolalarcha
sevinib,telefonini qo'liga oldi.
Telefonni yon tomonidan fleshkani
olib,qo'lidagi boshqa birini o'rnatdi.Qaytib
o'rniga yotdi.Ovozlar bo'limidan 17.07.09
da yozilgan ovozga kirdi,astalik bilan
ko'zlarini yumdi. Qiz: Alo...alo gapiring.Kim bu?
Yigit:
Alo,alo yaxshi qiz!
Siz meni tanimaysiz.
Men xohlardimki shuni,
Siz bilan tanishishni... Qiz:(kulib)Tohir sizmisiz?
Yigit:ha.Man bilan "Bolalar"aytishuvi
qilishga tayyormisiz?
Qiz:Voy hozirmi?
Yigit:ha hozir.Man boshlab
qo'ydim...yoki...yengildizmi? Qiz:hichamde.Man yengilmiman.
(qiz biroz o'ylanib,sekingina tomog' qirib
qo'ydi.)
Meni qo'y o'z xolimga,
O'ylash tegdi jonimga.
Kunlarim o'xshar yilga, Aytgin nega?nega?
Yigit:Xonim, rad etmang meni,
Rad etmang.
Ayting siz ismingizni,
Siz ayting.
Sizni ko'rgandan beri, Yuragim yondi.
Qiz:
Ismim esingdan chiqqan.
Huddi ming yillar o'tgan.
Meni sen eslolmaysan nega?
Huddi men bo'lmaganday, Bo'lmaganday bizda,hech qanday,
Tuyg'uuu
Hech narsa bo'lmaganday.
Nega qilasan unday!
Yigit:balan ovozda...
Yo'q!Unutganim yo'q. Yo'q!Yodimdasan San.
Sen meni birinchi sevgim,
Yodimdasan.
Sen xayolimda tushlarimda...
Hayotim mazmunli sen bilan...
Qiz: Bo'ldi xato,
Katta xato.
Yo'qdur davo,
Dardimga davo.
Qanidi bilmasam edi,
Men seni. Hozir mendan,
Baxtliroq inson bo'lmasdi.
Ayirding meni,
Judo qilding,
Borimdan.
Qanday seni sevdim. Xafaman o'zimdan.
Yigit:
Nega sen ketding deding?
Nega men qolmadim.
Seni sevmayman desam,
Nega bunga ishonding. Yoshlar to'la ko'zimga,
Ishonmasdan ket deding.
Bizning hayot jonginam...
Qiz:
Sen bilgin,bo'la olarding,
Men uchun eng aziz inson. Lekin sevgi bizga,
Qo'ygan shartdan
Biz o'tmadik.
Oson.Shunchaki oson.
Yigit:
Nega men sensiz... Nega sevgingsiz.
Nega men sensiz,
Seni sevgingsiz...
Qiz:
Keldingmi endi yig'la
Sensiz men o'lganim yo'q. Yashayapman.
Ko'rdingmi endi o'yla
Sendan kam joyim yo'q.
Meni zarra.
Ishonmading,
Kutmading. Sevgimizi sen sotding nimaga?
Yigit:
Faqat isming yangrar aqlimda,
Go'zal xusning ko'zim oldida.
Har bir inson haqli sevishga,
Inson haqlidir jonim baxtli bo'lishga. Qiz:
Umrimda birinchi bor,
Sevishga majbur qilgan.
Va unga javob bermagan
Yigit:GO'-ZA-LIM
Qiz:Xa yo lim senda... Yigit:Xa yo lim senda...
-Zuhra qooyil.Zo'rsan-u
Qiz:Ha endi bilasuu.Siz ham qolishmadiz.
Yigit:Bilasanmi...sanga bir gap
aytmoqchidim
Qiz:Qanaqa gap? Yigit:Anaqa...nima disam ekan...
Qiz:Chaynalmen
Yigit:Man sani...SEVAMAN.
Qiz:Nima?
Yigit:O'sha.
Qiz:man...mani chaqirishvoti.Xayr. Ovoz tugadi.
Yigit ko'zlarini ochib,yopdi.Ko'zlarida to'lib
turgan yosh ikki chakkasidan sezib tushdi.
Qiz:hayronman 2 kun o'tdiki xabar
olmaydilar ham.Yo bir gap bo'ldimikan?
G'ururam o'lsin.Na yurakka,na aqlga
bo'ysunadi.
Telefonimi ovozimi?ha qo'ng'iroq
bo'layapti.e sochiqcha qani?qidirganda topilmaydi.
Qiz yugurib telefoni go'shagini ko'tardi.
-Alo Tohir aka!
-Qanaqa Tohir aka? man Nigorman.
-Ha,sanmiding.
-hm manidim.Eslamisanama? Oqibat qomadi san qizda.
-Boshlama o'zi bir ahvolman.
-Hop mana tugatdim.Oldinga
ketayotgandim,bormaganim maqulmi
diyman...
-Voy nega unaqa disan.Tezroq kel.O'zi portlay deb turiman.
-Nuqul atomniy bombalaringni manga atab
qo'yasan
-Gapniyam topib gapirasanda.
Nigor telefoni qo'yebman.
-Bo'pti 10minutda yetib boraman. Suhbat tugadi.Qiz o'zini xonasiga kirib u
yoq bu yoqni saranjomlab qo'ydi.
Oshxonaga o'tib choy qo'ydi.Derazadan
onasiga yuzlandi:
-Opajon,dugonam Nigor kelyapti.Ovqatga
o'ziz qarang. Onasi:Hech gaplaring
tugamaskanda.Dunyoni tashvishi silarning
boshlaringa tushganmi?
Bu uyda ona san,qiz man.Ertaga erga
tegsan ko'raman axvolingni.
Gap desa qop qop Qiz:Ish desa Samarqanddan top.(kulib
davom etdi)
Onasi:Zumrasha.mayli buguncha bir
sirlawa qolinglar.
Qiz:O'zimi opajonimdan aynani.rahmat.
Ona bola suhbatiga Nigora ham eshik taqillatib qoldi.Fotima uni kutvolib,o'zini
xonasiga olib kirib ketdi.Kursiga
o'rnashishgach Nigora
gap boshladi.

Добавлено (15.09.2013, 02:02)
---------------------------------------------
-Nima gap Poti?
Qiz:Poti mas Fotima.Ismimi muncha xunu
etasan.O'zim eshitib o'zim xafa bo'b
ketaman
Nigora xandon otib kulib yubordi.Aslida bu
qiz tabiatan xushchaqchaq,bir gapirib o'ng kuladiganlar toifasiga kirar edi.Ikki sirdosh
azaldan do'st bo'lib,bu ularning kun ora
qiladigan hazil gaplari edi.
-Nigor,nimedir ko'nglim g'ash.Tohir tel
ham qimepti.
Nigora:Shunga shunchami.Qimasa o'zing qil.
Qiz:E doim man qivuramanmi?dedi
qoshlarini chimirib.
Nigora:O'zi buning sanga uylanadimi?Bir
tayini yo'q.Sangayam hayronman kanade
yopishib qogansan. Qiz:E unaqamas.Uyalyaptida.Sovchi
yuboring dimimanu.Bezdek.Ersiz
qovomanmi?
Nigor:bu ketishda qolasanam.Nechtasini
qaytarvording.
Qiz:Axir ko'nglim unda.Kerak bo'lsa butun umr kutaman.
Nigora:Layli-yu Shirinlarni
uyaltirvording.Endi mani eshit.Xullas bir
yigit bilan tanishdim judayam ajoyib.
Qiz:Qachon qayerda?Rustamchi?
Nigora:ee qo'y shu Rustamni.U bilan vertualda tanishdim.Xushsur'at bir
yigit.Uchrashishga kelishdik.Shunga man
emas san bora qol.
Qiz:Nima?jinnimisan?Aqling joyidami?
Nigora:U bilan faqat do'stmiz.
Qiz:Manga nima qizig'i bor.Man Tohirga xiyonat qimiman.Biz bir-birimizi hecham
aldamaganmiz.Ishonamiz bir-birimizga.
Nigora:bu xiyonat emas.Bu do'st uchun
yaxshilik.
Qiz:Yaxshilik so'rab olinmaydi.
Nigora:Hop so'ramadim.O'zi bir marta
ishim tushgandi.Shuniyam ko'p ko'rding.
Qiz:Nega unaqa disan?Axir man yod
begona inson bilan qaysi yuz bilan
uchrashaman.Hatto uni isminiyam bilmayman.
Nigora:Yo'q dima
dugonajon.10minutgayam bormidi
suhbatlaring.Man uchun hop digin.
Qiz:Yo'q didimku.O'zing tanishding,o'zing
bor.(dedi asabiy) Nigora:Man boromimande.O'sha
kuni...Rustamni tug'ilgan kuni.
Qiz:Unda boshqa kunga rejalashtirila
uchrashuvlaringni.
Nigora:Kesatmagin Poti.Mayli bormasang
borma.Majburlamiman. Qiz:Xafa bo'misan.Shu kunlardan
boshqacharoqman.
Nigora:hmmm dedi biroz xayol surib.
-O'zi sanga bitta zo'r gap olib keldim.O'sha
yigit aytib berdi xayron qolibman.
Qiz:Nima dedi? Nigora:Bir do'sti bor ekan.4-5 yil oldin
o'sha yigit bir qizni sevib qoladi.Avvaliga
do'stlashadi keyin odatdagidek sevgi.Yigit
qizga dil izhorini "Bolalar" borku guruh
Qiz:Ha,ha
Nigora:O'shani qo'shiqlarini kuylab aytar ekan.
Qiz:Hozir hamma shunaqa.
Nigora:Oldin boshqacha edida.Xullas,
yigitni sevgisi uzoqqa bormaydi.Qiz nimadir
bo'lib vafot etadi.Yigit esa sevishda
davom etadi. Qiz:Qanaqasiga?
Nigora:Yigit uni opasini o'sha qiz deb
mana necha yildan beri sevib kelayotgan
ekan.Adashmasam opasi buni bilmaydi.
Qiz:Bechora yigit.Lekin opasiga jabr
bo'ptida.Shunchalik o'xshar ekanmi a? Nigora:Fotim va Zuhra ekan.Huddi
silardek.
Qiz:Yo'g'e.
Nigora:Ha avvaliga manam
ishonmadim.Yo'q rost ekan.Tohir Zuhro
lar shu zamonda bor ekan. Qiz:Nima diding? Tohir?
Nigora:ha Tohir.Ismilariyam huddi ataylab
qo'yilgande...e...k.T...tto'xta sani
yigitinam Tohirmidi?
Qiz javob bermadi.U karaxt bo'lib
qolgandi.Nigorani gaplarini boshqa eshitmadi ham.Ko'zlarida achchiq yoshlari
quyilib kelardi.Lekin buni o'zi sezmasdi.
Nigora:Fotima? Fotima dedim!
deb qizning yuzlariga 1-2 marta shapatillab
qo'ydi.
Qiz yosh to'la ko'zlari bilan dugonasiga yuzlandi.
-Uchrashuvga boraman.Qaysi kuniga
kelishganding?
Nigora:Qo'ysenchi Foti.U sani Tohiring
emas.
Hozir bormiman diyotuding.Bormi qo'ya qol. (dedi ichidagi havotirini yuzaga
chiqarmay)
Qiz:Boraman.Qaysi kunligini ayt?Ayt
dedim?
Nigora:Ertadan keyin.Shahar markazidagi
bog'da kutadi. Qiz:Qanaqib taniman.
Nigora:Mana rasmi.Qo'lidagi telefonini
unga uzatdi.
Qiz:Chunarli.Demak,ertadan keyin...g'azab
bilan qo'llarini musht qildi.

Добавлено (15.09.2013, 02:05)
---------------------------------------------
Qiz:Nigor bilan suhbatimiz uzoqqa
cho'zilmadi.O'zini noqulay his qildi
chamamda.Man ham ignani ustida
o'tirgandek edim.Nigorni kuzatayotsam
opam ham hayron bo'ldilar.
-Ha,qizim o'tirda,ovqat tayyor bo'p qoldi.Foti dugonangni choyga taklif
qilsangchi,xoy xayolparast?Fotim didim
deb oshxona derazasida baqirib
qoldilar.Man o'zimda emasdim.Nigor ham
unamadi.Shoshilgancha ketib qoldi.Bugun
uni pastki ko'chagacha kuzatmadim ham.Darvozani berkitib,hovlimizdagi
arg'imchoqda hovurimdan tushishga
harakat qildim.Kun qorayibdi-ki, alamimdan
chiqmagandim.Nazarimda,hech kim mani
tushunmasdi.Aslida ham shunday
edi.Nega uni tanimadim?Nega sevdim? Nega? degan savollar bilan o'zimni ancha
vaqtgacha qiynab o'tirdim.
Unga baqirgim,urgim,xo'rlagim
kelardi.Axiyri bir to'xtamga keldim.Deraza
tokchasidagi telefonimni olib Tohirga
qo'ng'iroq qila boshladim.Telefoni qulog'imga yuborishim bilan asabimni bir
iqiz ovozi battar buzdi:
Siz terayotgan raqam bilan vaqtinchalik
aloqa yo'q.Iltimos birozdan...qizil
tugmachani bosib qo'ydim.O'zimni
qo'yarga joy topolmay qoldim.O'rnimdan turib,xonamga kirib ketdim.O'rnimga
yotdim.Uxlashga harakat qildim lekin
uxlolmadim.Zuhrani eslab yotdim.U bilan
bo'lgan damlarimizni.
Uni judayam sog'indim.Bir bo'lagimdek
edi.Do'stim,singlim ham u edi.Ba'zida
ko'zguga qaragim ham kelmaydi.Go'yo
jismim Zuhra-yu,faqat yuragim o'zimnikide
tuyiladi. Iflos Tohir,Sevganmish.U qotil.Orzularga
to'la singlimdan uni deb ayrildim.

Добавлено (15.09.2013, 02:10)
---------------------------------------------
Qiz qorong'ilikdan qo'rqib xonadan chiqib
ketdi.Osmonda yangi oy ko'rinardi.Qiz
ayvonchada televizor ko'rib o'tirgan
onasini yoniga o'tirib,tizzasiga boshini
qo'ydi.Chuqur xo'rsindi.
Qiz:Opajon? Ona:ha Fotima?dedi uni sochlarini
silab.Nima bo'ldi?
Qiz:Zuhrani sog'indim.U siz judayam
qiynalib ketdim.
Ona:U mangayam kerak.Huddi
sandek.To'lin oyim yarimta bo'lib qoldi asal qizim (lablari titrab ketdi)
Qiz:Opajon,Zuhra siz bilan
ko'psirlashardi,manga sirlarini ishonmasdi.U
sizga anavi yigit haqida aytganmi?
Ona:U o'zi juda sirli edi.Ichimdagini top
xilidan.Qo'yarda,qo'ymayman gapirtirardim.Onaga aytish kerak.Ona
do'st bo'ladi derdim.Ha aytgan.Juda ko'p
gapirardi u haqida.Lekin hech rasmini
ko'rsatmasdi.Isminiyam aytmagandi.
Qiz:Uni hecham ko'rmaganmisiz?
Ona:Yo'q.Lekin ovozini taniyman.Telefonda bir marta
gaplashgandim.Judayam aqlli,odob,gapga
usta yigit edi.
Qiz:nafaratlanam undan.U sabab Zuhra
nobud bo'ldi.
Ona:Hay,hay isbotsiz gapirma.Necha martda aytganman,tuxmat qilma deb.
Qiz:Lekin opa,o'sha kuni ular birga edi.Bir
do'sti ularni ko'rgan o'sha yerda.
Ona:Qizim yaxshi narsalardan
gapirgin.Eslatma o'sha qora kuni.Bu
baxtsiz hodisa edi.Zuhra ham yoshlik qilib qo'ygandi.Bechora qizginam.(ko'zlari
yoshlanib ketdi)Yuragimni sen battar
siqma endi.
Qiz:Kechiring,boshqa eslatmayman.
Boshini ko'tarib,onasini quchoqlab yuzlarini
o'pib qo'ydi. Ammo Fotima yana onasini tizzasiga
boshini qo'yib, o'sha mashum kuni
xotiraladi.
Voqea mana bunday yuz bergan edi:
O'sha tong ikki opa-singil nonushta ham
qilmay,avtobusga bir amallab yetib
olishdi.Qish kunlari.Havo sovuq.Jamoat
transportlari yo'lovchilarga liq to'la.Ustiga
ustak yo'llar tirband va sirpanchiq. Zuhra orqa o'rindiqni ko'zlab,navbatdagi
bekatlarning birida joylashib ham
oldi.Fotima tik turib ketishga
odatlangan,o'rindiqlar bo'sh bo'lsa ham
o'tirib olish uning parvosiga
kelmasdi.Fotima odamlarni kuzatib ketishni yoqtirardi.Zuhra esa yon-atrofni,shahar
ko'chalarni tomosha qilishdan
charchamasdi.
Avtobus kollej binosi oldida
to'xtadi.Eshiklardan gur etib portfel
ko'targan talabalar tushishdi.Ularning orasida Fotima ham bor edi.Lekin Zuhra
ko'rinmasdi.U hali ham avtobusda.Fotima
uni kuzatib turardi.Zuhra avtobusning
yo'lning nariga tomoniga qaragan
oynasidan Tohirni ko'rib qolgan va unga
eshitilar,eshitilmas nimadirlar derdi.Tohir unga "eshitmayapman" ishorasini
qildi.Shunda Zuhra oynaga katta qilib,
S O G' I N D I M deb, yozdi va yugurib
avtobusdan tushdi.Fotima yigitni
ko'rolmagandi chunki ular oralig'ini
avtobus to'sib turgan.
Zuhra:Foti man 1-paraga kirmiman.O'zing
kiruvir.
Fotima:Nega kirmisan?Nima qimoqchisan?
Zuhra:2-paraga kelaman.Bir joyga qizlar
bilan borib kelamiz.Sababli qilib yozdir.
Fotima:Bo'pti,bo'pti bora qol.Keganingda hammasini aytib berasan! dedi, Zuhrani
burnidan chimchilab oldi.
Zuhra Fotimani quchoqlab,yo'lning u
tomoniga yugurib ketdi.
Fotima kursdoshlari bilan kollej binosiga
yo'l olishdi.Qizlar xonaga kelganda dars boshlanmagan hamma o'zi bilan ovvora
edi.Fotima ular bilan birma-bir
salomlashib,koridorga chiqdi.Derazadan
ko'chaga boqdi.Ko'zlari Zuhrani izladi lekin
topolmadi.Tohir va Zuhra anchagina kollej
yerlardan uzoqlashib qolishgan edi. Yigit:Zuhra
qayerga ketvomiz?
Qiz:Judayam sabrsiz odamsizda.
Yigit:O'zing ham qayerga borvotganimizni
etmadingku.Darsdan keyin borsak
bo'lmasmidi? Qiz:Yo'q,hozir borishimiz zarur.Keyin kech
bo'ladida.
Yigit:Hop.Mayli, sazayiz o'lmasin.
Tohir,Zuhrani bitta o'ram qilib,beliga
tushib turgan sochidan sekingina tortib
qo'ydi.Zuhra unga qoshlarini chimirib qarab qo'ydi.Tohir hech narsadan xabari
yo'qdek boshini u yon bu yonga
qaratib,beparvo xushtak chalardi.Qiz
yigitga jilmayish bilan cheklandi.
Oppoq gilam kabi to'shalgan qorli
ko'chalardan yura- yura Zuhra aytgan
manzilga yetib kelishdi.Ular hali qurib
bitmagan 9 qavati uylar oldida
to'xtashdi.Atrofda odam siyrak.Bino to'siq bilan o'rab qo'yilgan.Quruvchilar ham
ko'rinmasdi.Yigit qizga savol nazari bilan
qarardi.
Qiz:Mana yetib keldik.Yuring,tepaga
ko'tarilamiz!
Yigit:Zuhra isitmang yo'qmi?Man quruvchi emasman.
Qiz:Qiziq gaplarni gapirasizda.Man sizi
quruvchisiz dedimi?
Vaqt ketyapti.Ketdik.Tepaga chiqamiz.
Yigit:Zuhra manga bu joylar yoqmepti.Yur
qaytamiz. Qiz yigitga quloq solmadi.Uni qo'lidan tutib
binoga olib kirib ketdi.
Zuhra zinapoyalardan shoshilib
chiqardi.Tohir esa atrofga olazarak qarab
qizning ortidan ergashardi.Bino ichi to'la
bitmagan.Xonalarning eshik-romlari ham qo'yilmagan edi.Chamasi 7-qavatda ular
to'xtashdi.Ikkisi ham chuqur-chuqur nasaf
olardi.Zuhra asta qadamlar bilan o'ng
tomondagi xonaga kirib bordi.Tohir unga
yana ergashdi.Zuhra ochiq oyna
ro'parasida quloch ochib,ko'ksi to'lib nafas oldi.Uning ko'z oldida keng osmon,oppoq
bulutlar,purviqor tog'lar turardi.
Qiz:Qanotim bo'lsayu,osmonlarga uchib
ketsam,pardek bulutlar qo'ynida
uxlasam...qo'llarini samoga tutgancha orzu
qildi. Yigit qizning ortidan kelib,keng yozib
turgan qo'llaridan tutdi.
-Biz "Titanic"damiz dedi,qulog'iga pichirlab.
Qiz "hop Jack", dedi kulib.
Yigit:E qanaqa Jack.Man Tohirman.Agar
bilsang Tohir va Zuhralarni ham "Titanic" dek bo'lmasa ham qayig'i bo'lgan.
Qiz yigitning gaplarini eshitib sevinib
ketdi.U asta ko'zlarini yumib,o'zini bo'sh
qo'ydi.
Qiz:Tohir, qarang!Dengiz!
Yigit:Zuhra,ko'zlarimga qum kirib ketvoti.Orol dengizi qurib qobti shekilli?
Qiz:Issiq cola,salqin perashqe.
Xonada kulgi ovozi ko'tarildi.Ularning
kulgusi uzoqlarga aks-sado bo'lib urila
boshladi.Kulgidan ko'zlari yashlangan
Zuhra biroz jim qoldi.Tohirning chaqnab turgan ko'zlariga uzoq qaray
olmadi.Ko'zlarini tezda olib qochdi.Yuragi
allanechuk hapqirib ketdi.Tohir unga bir-
ikki qadam yaqinroq keldi.Issiq qo'llari bilan
Zuhraning sovqotgan qo'llarini mahkam
tutdi. Qiz:Qo'llarizni issiqligini...
Yigit:Sevgi to'la qalbimga o'xshidide.
Qiz:Maniki nimaga muzde?
Yigit:Mani qo'llarimni sog'ingan...
Qiz:Xoo yoqmi qosin.(qo'llarini tortvolib)
Sizga faqat shunaqa gap bo'lsa. Yigit:O'zinam manga chiroyli qaramaginde
(dedi,jilmayib.)
Qiz:Bu yerga sizni nimaga olib keldim
bilasmi?
Yigit:Bilmiman?
Qiz:Yaqinroq keling dedi, qo'li bilan imlab.Yigit ochiq oyna labiga asta suyandi.
-Endi pastga qarang!
Yigit avval tabassum qilib turgan Zuhraga
keyin pastga qaradi.Qaradiyu
baxtiyorligidan baqirib yubordi.Zuhrani
quchoqlab "rahmat", "rahmat" deb yuzidan o'pib oldi.
Qiz:Ey qo'yvoring!Bu nima qilganiz?
Ko'rganlar nima deydi?Uyat emasmi?
Yigit:Hech kim yo'q-ku.
Qiz uyalib ketdi.
Yigit ko'zlariga ishonmay, qayta pastga qaradi.U yerda oppoq qorga katta yurak
chizilgan, uning ichiga bilinar bilinmas,
"Tohir sizni SeVaMaN" deb yozib qo'yilgan
edi.

Добавлено (15.09.2013, 02:14)
---------------------------------------------
Qiz:Tohir aka, Tug'ilgan kuniz bilan.Umriz
chinor daraxtidan ham uzoq bo'lsin.
Yigit:Rahmat Go'zalim.Chinordek
umrimning ildizi san. Ilk bora qilgan izhoring umrimdagi
unitilmas sovg'a bo'ldi...
Qiz:Voy unitib qo'yibman-ku.
Yigit:Nimani?(hayratlanib)
Qiz:Sovg'anida.Shu so'zni aytmaganizda
umuman esimga kelmasdi. Qiz gapira turib,sumkasidan qora qutichani
oldi.Bir tomoniga did bilan band o'ralgan
qutichani ochib,yigitga yaqin bordi.
Qiz:Qo'lizni bering!
Yigit:Zuhra,bu so'zni man etishim
keregov.Voxli dib yurgan ekanmande Qiz:Nima?Yana shu hazilizi boshladizmi?
Aytganimni qiling!(dedi jiddiylashib)
Yigit qo'lini biroz havoda tutdi.Qiz uning
qo'liga bejirim soatni taqib qo'ydi.Yigit
qo'liga biroz jim termulib qoldi.Xayolidan
turli xil fikrlar o'tdi.So'ng,qizga samimiy tashakkur bildirdi.
Qiz:Bu soat sevgimiz ramzi.Uning har bir
yurib turgan millari muhabbatimizni dukillab
turgan yuragi.To'xtab qolmasin hop?!
Yigit o'ychan "hop" deb qo'ydi.Qiz bunga
ahamiyat bermadi.U o'zini unutgan behad baxtiyor edi.Xayolidan "yana nima qilsam
ekan?" degan o'y o'tardi.
Qiz bir to'xtamga keldi.Oshiqqancha ochiq
oyna labiga chalqancha o'tirib oldi.
Yigit:Nima qivossan?U yer xatarli.Tur
o'rningdan! Qiz:Qo'rqmang!Hech ham xatarli
emas.Undan ko'rasi telefonimdan mani
rasmga oling.Jivoy orqa fon to'g'rimi? Bu
bugungi kun uchun estalik.
Yigit:O'zini rosa yaxshi ko'rasande.Bo'pti
rasmga olaman.Faqat o'zimi telefonimga.Manda rasming yo'q.Sani
sog'insam termulib o'tiraman.
Qiz:Mayli,roziman.
Shu maxal pastki qavatdan odamlarning
ovozi kela boshladi.Ularning qadam
tovushlari borgan sari yaqinlashardi.Bu Zuhra taxmin qilgandek,quruvchilar edi.
Yigit:Zuhra,tur!Ketdik.Biron joyga
yashinib,sekin qochamiz.Tur,turaqol!
Qiz:E yo'q,avval rasmga oling.Bo'ling
tezroq.
Yigit:Topgan vaqtini qara.Hozir,hozir. Yigit telefonini olib,kamerani
bosdi.Telefon yuzida Zuhra ko'rina
boshladi...Quruvchilar ular turgan qavatga
ko'tarilishgandi.Tohir hovliqib turgan
joyida zina poya yo'lakchasiga boqgan
ham edi,qulog'iga "AAAAAAAA" degan,qichqiriq eshitildi...Tohir sekin
ovozda Zuhra dedi.Ovoz kelgan tomonga
shart burildi.Oyna labida o'tirgan Zuhra
g'oyib bo'lgandi.Tohir qo'lidagi telefonini
tashlab yubordi... yugurib,ochiq oynadan
pastga qaradi.Qiz katta qilib chizilgan yurak ichida katta-katta ko'zlari bilan kiprik
qoqmay Tohirga qarab turardi.Tohir shu
zahoti muzlab qoldi.U nafas ham olmas
edi.Faqat oyna labida turgan qo'llari
qaltirab ketardi.Bir soniyada qizning
tanasidan qon sizib chiqdi.Oppoq qorga chizilgan Yurak qonga to'lib borardi.
Tohirni xushi o'ziga kelib,binoni larzaga
soluvchi ovoda chinqirdi:
YO'O'O'Q,ZUUUHRAAA...!
Tohir xonadan otilib chiqib,zinapoyalardan
ko'tirilib kelayotgan odamlarni yorib
o'tdi.Yugurardi,yugurardi...Qadamlari og'ir
og'ir urilardi...Vujudi,yuragi,bo'g'zidan
otilayotgan har bir nafasida birgina so'z:Yo'q...yo'q e Xudo...
Oltinchi qavat...
Beshinchi...
To'rtinchi...
Uchinchi...
Ikkinchi... Birinchi qavat so'nggi zina...Tog'rida
chiqish...
Bosolmadi so'nggisini.Yigit devorga
suyanib sirg'alib yerga tushdi.Tishini tishiga
qo'ydi.Ko'zlaridan yosh otilib chiqa
boshladi. -Ishonmiman.Bu tush.Yo'q,yo'q u tirik.
Boshini zarb bilan devorga tinmay urar tili
u dilida birgina umid...birgina so'z
-Bu tush.U tirik.
Yer,atrof aylanar,Tohirning peshonasidan
oqayotgan qon tomchilab-tomchilab yer bag'rida qotib qolardi.
Yigit hech kimni
eshitmas,quloqlarida,lablarida bir qo'shiq
shivirlardi...
O'n sakkiz ming olamda,
Sarson bo'lgan oshiqlar...

Добавлено (15.09.2013, 02:19)
---------------------------------------------
Fotima:Ko'nglim g'ash.O'zimi biram
noqulay qis qivoman.Dars ham rossa
cho'zildide.Uni ustiga diqqinafas bo'p
o'tiriman.Miq etsen
sezadiya...Ufff...Xudoga shukur.Odatga
aylangan.Dadam "uf dima qizim,Xudoga shukur digin"deb uqtirganlari refleks bo'p
qogan.
Qiz chuqur xo'rsinib biroz yengillashdi.
-Ko'zim uchvoti,yaxshilikka bo'lsinda.Uch
marta kaftini o'pib ko'zini silab qo'ydi.
-Nega shunaqa qilarmikinmiz a?! Bilmiman.Opam shunaqa qilsalar
ajablanardim."nega unday qilasiz",deb
so'rasam "shunaqa qilish kerak"der
edilar.Manimcha,o'zlari ham bilmasalar
kerak.Bu ham qanadir shartlimiyey
refleksde. O'zi yuragim g'ash.Dard ustiga chipqon
qilib boshimi qotirib o'tiribman.O'zimga
o'zim gapirib o'tirishimam jonga tegdi.
Qiz avval partadoshiga, so'ng
kursdoshlariga birma-bir qarab chiqdi.
-Hammani fikr xayoli darsda.Munchayam aqlli bo'lishmasa,Lelin kallalar.
Qiz o'zini gapidan o'zi kulib
yubordi.Kechagi hangoma yodiga tushdi.
Tarix darsi edi.Shu paraga kelganda,guruh
davomati 100% bo'ladi.Juda talabchan
bo'lgani bilan o'ta hazilkash Asfandiyor, ularga shu fandan dars berar edi.Uning
aytishicha,dars mobaynida bolaga tinmay
leksiya o'qish,uni shu fandan tamoman
bezdirishga olib kelar ekan.Shu sababdan
u o'z uslubiga ko'ra mavzuni kuldirish bilan
o'quvchi ongiga singdirar ekan.Yana kim bilsin deysiz.
Uning hech kimnikiga o'xshamagan
hangomalari,yuz mimikalari hammaga
birdek kulgili edi.
Bu o'qituvchi Zuhrani juda bir bo'lakcha
yaxshi ko'rardi.Qizlardan ko'proq Zuhrani
jig'iga tegardi.Lekin Zuhra ham hech
bo'sh kelmasdi.
Zuhrani "Polvon" deb chaqirardi.Qiz bolaga nisbatan berilgan bu ta'rif, ko'z
oldingizda beo'xshov gavdani
nomoylaydi.Ammo Zuhra ustozi
aytganchalik "Polvon"lardan
emasdi.Oppoq yuzli,g'uncha labli,xumo
ko'zli go'zallardan edi u.Zuhraning o'tkir nigohlari manaman degan yuraklarga
cho'g' bosgan.
G'ururi baland,mag'lubiyatni bilmasligi,hech
kimga bosh egmasligi esa
"Polvon"deyilishiga sabab.
Ustozi "Polvon" deguncha Zuhraning ham javobi tayyor:Labbey "Aleks".
Fotima:"Garbacho'p! Foti, kal boshidan
bitta o'p"mush.
Sinfda gur etib kulgu ovozi
ko'tarildi.Fotima biroz gangib
qoldi."nimanidir eshitmi qoldim shakilli",deb o'yladi avvaliga.Qarasa hamma uni ustidan
kulyapti.Keyin tushundi.Hozirgi ustozi
aytgan gapni yuzida aytib yuborgan
edi.Qiz labini tishlab,yuzini
berkitib,xumoridan chiqqancha kulib oldi.
O'qituvchi:Zuhra chalg'imang.Fotima xafa bo'lib qolmasin.Bunday hazillar zilga
aylanishi hech gap emas.
Xonada yana kulgu ovozi ko'tarildi.
-Ustoz,bu Fotimaku.U o'zini ustidan prikol
tashavoti.
O':Iye shundaymi?eh Fotima tushmagurey.Zuhra nega shaddod
desam,shunday opasi bor ekanda.(dedi
kulib)
Fotima kulgidan o'zini
to'xtatolmasdi."Bugun katta qovun
tushurdim"dedi past ovozda yuzlari qizarib.
Hayot qiziq.Bir lahzada o'zgarib qolishi
undanda qiziq.Ba'zida kulishgayam
qo'rqasan chunki shu kulgi ortida ko'z
yosh bo'lar ekan...
Yomon xabar tez tarqaladi deyishadi.Rost
ekan.Qo'ng'iroq chalingach talabalar o'rtasida mish-mish yashin tezligida
tarqaladi.Biri dugonasiga aytsa,boshqasi
yana kimgadir...Ajablanarlisi shu mish-
mishlar haqiqatga yaqin bo'ladi.
Pokiza:Qizlar eshitilarmi?
Nigora:Yana qanaqa gap topib kelding? Pokiza:9-avtobus to'xtidigan bekat
tomonda qurilish bo'votgandi
ko'rganmidilar?do'mlar qurishvotudiku
Fotima:ha, ko'rganman.O'sha tomondan
uyga qaytamiz.Kechayam o'tib
ketdik.Rosaliyam baland qurishvoti. Pokiza:qaysidir qavatidan bir qiz o'zini
tashavoribdi.Nasmert o'libdi.Etishlaricha
suyaklari maydalanib ketibdi.
Fotimani yuragi allanechuk "jig'"
etdi.Vujudini muzdek ter bosdi.
Nigora:O'zinam sovuq,xabarinam sovuq.Darsda edingku qattan eshita
qolding.Ensami ko'chasiga
Pokiza:Ana bollardan eshitdim.Ishonmasez
ishonmen.Manga ne farkuyet.
Qizlar tilida eee bo'magan gap
deyishsada,ichlarida bu gapga ishonishardi.

Добавлено (15.09.2013, 02:29)
---------------------------------------------
Nigora:Manga farkuyet
"BBC"xon.Ko'rmasdan,bilmasdan har
baloni gapirurmidi.
Pokiza:Tushunmadim.Nimaga mendan
alamizi olasiz?Men bor narsani gapirdim.Alaq-valaq gaplarni gapirib
yurmiman.Hhmm tovba...
Qiz mahorat bilan ko'zlarini suzib,lablarini
burdi.
Nigora:Shu gapim rost divossande a?Man
isbotsiz mamniqa quru gaplarga ishonmiman.
Pokiza:Sizga ishoning demadim.Bu sizi
problemayiz.
Qizlarni gap talashishlari Fotimaga yoqmay
borardi.Ustiga ustak yuragidagi g'ashlik
tarqay demasdi. Nigora:Problemani san ochding.Endi uni
birga hal qilamiz.Ming martda
eshitgandan,bir marta ko'rgan avzal.Agar
quru gap bo'sa BBClik lavozimingni
yig'ishtirib,mandan uzur so'risan.
Pokiza ikkilandi,o'ylandi biroz cho'chidi ham lekin past kegisi kemadi.
-Mayli,borsak boruramiz.Agar meni gapim
rost chiqsa,iste'dodimga tan berib,siz
mendan kechirim so'raysiz.
Nigora:Iste'dodmish.Ensami ko'chasiga.
(dedi soxta jilmayib) Fotima nimagadir e'tiroz bildirmadi.Uni
maqsadi biroz toza havoda aylanib kelish
edi.Baxtsiz hodisa,isbotmi?quru gapmi bu
narsalar ko'ngliga sig'masdi.
Fotima:Ketadigan bo'lsak Zuhraga
qo'ng'iroq qilay,birga ketamiz.Man boshqa qaytib kemiman uyga ketaman to'g'ri.
Pokiza:Ikki yoshni ayiradigan bo'ldiz
Fotima kulib qo'ydi va qo'ng'iroq qila
boshladi.
Siz qo'ng'iroq qilayotgan abanent xizmat
ko'rsatish doirasidan tashqarida. Call has been...
Fotima qizilni bosdi.
-O'chiq.
Nigora:Pixini yorgan qizde shu Zuhra
(ayyorona qarab)
Pokiza:Nima qilamiz? Nigora:Boramiz.Borgach bir iloj qib uni
ham chaqiramiz.Tezroq bormasak,skori ob
ketgan dib qomasin tag'in.
Pokiza qovog'ini uydi,lekin
indamadi.Fotimaga taklif maqul keldi.
Qizlar kollejdan chiqib,avtobusga o'tirishdi.Qorli uzun yo'llardan manzil
tomon yo'l olishdi.
Umr.Nimaga o'xshaydi u?Shamga.Yonib
turgan shamga.Birgina uchqun mo'jizaga
qodir...Shu uchqun yonganda
tug'ilmoq,o'chganda o'lmoq kerak.Boqiy
dunyoda boqiy yonmoqlik uchun.Men bir inson umrini tasvirladim.Lekin hayotimizda
dunyoga bir vaqtda ketma-ket tashrif
buyurguvchilar bor.Egizaklar deymiz
ularni.Teng taqsimlangan olmaning 2
palasidek ular.Ammo umr ularga teng
taqsimlanmas ekan.Bir shamda 2 ta rishta,2ta uchqun.Bir uchqun o'chmoqligi
ba'zida taqdiri azaldan.Bir bo'lak
yashamoqligi uchun.
***
Avtobus chorrahada to'xtadi.Qizlar
piyodalar yo'lakchasiga o'tib olishdi.Pokiza atrofga tezda nazar tashladi.Moshinalar
tirband.Yo'lovchilar siyrak.Hamma bir
yo'lakdan ketardi.Kimdir kuzatib,kimdir
odamlar orasiga qo'shilardi.Bino atrofida
odamlar doira shaklida hayratdan lol
turishardi. Fotima yuragi judayam tez urardi.Oyoqlari
o'ziga bo'ysunmas,tanasida kuchli og'riq
sezar edi.
Nigora:Voy Xudoyim gaping rostga
o'xshaydi.
Pokiza:Ana aytmagandimi? Nigora:E nafasingayam.Yaxshi gapga ham
yomon gapga ham farishtalar omin
deydi.Bilmaysanmi?
Pokiza:Buni meni gapimga nima aloqasi
bor.Meni ayblashni bas qiling.O'zimam
qo'rqib ketyapman.Undan ko'rasi ketaylik bu yerdan.
Nigora:Nima bo'lgan ekana?
Qiz Fotimaga qaradi.U yengil qadamlar
bilan jim ketardi.
-Qayerga ketvoti u?
Pokiza:O'sha yerga boryaptimi? Fotima qayerga ketyapsiz?Bormang u
yerga!Yaxshi emas.Tushlarizga kirib,vos-
vos bo'lib qolmang tag'in.Hoy Fotima?
Nigora:Fotima?To'g'ri etvoti.(dedi baqirib)
Fotima ortiga burilib qaradi,ko'zlari
ma'nosiz,yuzlari bir zumda horg'inlashib qolgan edi.
Qizlar undagi o'zgarishni sezishdi.Fotima
lom-lum demay yana yo'lda davom etardi.
20 qadam...
15qadam...
10qadam... Fotima:Ohh yuragim...Og'riq.Oyoqlarim
nega bu yerga kevoman?Ko'zlarim kimni
ko'rmoqchi?Qo'rqaman.Yo'q
bormayman.Uyga ketaman.Mazzam
bo'lmayapti shekilli.Qiz ortiga o'girildi.Yana
to'xtadi. Qizlar uni kuzatishar,ajablanishar edi.
Nigora:Yurchi!Chetdan sekin kuzatib
o'tamiz.
Pokiza:Mayli,lekin men silarni chetroqda
kutib turaman.Qo'rqaman.
Nigora:Bo'pti,yur.Poti to'xtab qoldimi? Qo'rqdiyov...
Pokiza:Ha.Negadir bugun
boshqacharoq.Zuhrasiz o'zgarib qolarkana.
Nigora:Bitta odamdekde ular.Bir-birini juda
tez sog'inadi shekilli.Eh maniyam egzagim
bo'sa edi. Pokiza:Nigora yaxshiyam egizagiz
yo'q.Bo'lmasa men nima qilardim-a?
O'ylashgayam qo'rqaman.O'zi
kichkinaginaman.Yeb bitirarmidilar.
Nigora:Kamroq gapirsang,shunaqa chitte
bo'masmiding. Pokiza:Har gapizda chimchilab olevarar
ekansizda.Hayratki baxtizga men
borman.Yo'qsa jaxliz chiqqanda portlab
ketarmidiz.
Fotima:Arosatda qolib ketdim.Bir yuragim
"bor",deydi.Bir
qarasa,"borma,qayt",deydi.Nima qilay?
Qizlar ham kelishyaptiku.Balki
tanirman.Astofirilloh.Nimalar divoman o'zi?
Ming xayolga borib o'tiramanmi?Boraman! Uzoroqdan nazar tashlab qo'yaman.
Qiz doira bo'lib turgan odamlar ortidan
aylanasiga yura boshladi.Tepadan
qarolmadi.Pastlab kuzatdi.Ko'zlari qorga
singib ketgan qonga tushdi.Tanasini
muzdek ter qopladi.Ko'zlarini olib qochdi.Astalik bilan yaqinroq kuzatdi.Qora
etik,oyoqlari qandaydir qiyshayib
ketgan.Qiz qo'rqanidan labini
tishladi.Aylanasiga yana yurar ekan qizning
qor ustida yotgan qo'lini ko'rdi.Qimir
etmasdi.Qiz yana oldinga harakatlandi.To'xtadi.Qo'llariga yana
qaradi.Bilagidagi munchoqni ko'rdi.Qiz
shoshilib qoldi.Yuragini qandaydir qo'rquv
egallar edi.Sinchikovlik bilan qaramoqchi
ham edi,ro'parasini kimdir to'sib
qo'ydi.Tez-tez yurib,aylandi.Qaradi,qaradi ko'rdi...
-Z...zzz...u...uuu...x...hh...rrr...aa..a.
Qizning shu bir nafasida vujudi ham so'zlab
yubordi go'yo.O'g'ir,bazo'r nafas
oldi.Ko'zlarini
uzolmasdi.Sochlari,qulog'i,yuzi,qora holi.Nigohlari osmonda.Ko'zlari
ochiq.Kipriklari yoyilgan...

Добавлено (15.09.2013, 02:29)
---------------------------------------------
Nigora:Manga farkuyet
"BBC"xon.Ko'rmasdan,bilmasdan har
baloni gapirurmidi.
Pokiza:Tushunmadim.Nimaga mendan
alamizi olasiz?Men bor narsani gapirdim.Alaq-valaq gaplarni gapirib
yurmiman.Hhmm tovba...
Qiz mahorat bilan ko'zlarini suzib,lablarini
burdi.
Nigora:Shu gapim rost divossande a?Man
isbotsiz mamniqa quru gaplarga ishonmiman.
Pokiza:Sizga ishoning demadim.Bu sizi
problemayiz.
Qizlarni gap talashishlari Fotimaga yoqmay
borardi.Ustiga ustak yuragidagi g'ashlik
tarqay demasdi. Nigora:Problemani san ochding.Endi uni
birga hal qilamiz.Ming martda
eshitgandan,bir marta ko'rgan avzal.Agar
quru gap bo'sa BBClik lavozimingni
yig'ishtirib,mandan uzur so'risan.
Pokiza ikkilandi,o'ylandi biroz cho'chidi ham lekin past kegisi kemadi.
-Mayli,borsak boruramiz.Agar meni gapim
rost chiqsa,iste'dodimga tan berib,siz
mendan kechirim so'raysiz.
Nigora:Iste'dodmish.Ensami ko'chasiga.
(dedi soxta jilmayib) Fotima nimagadir e'tiroz bildirmadi.Uni
maqsadi biroz toza havoda aylanib kelish
edi.Baxtsiz hodisa,isbotmi?quru gapmi bu
narsalar ko'ngliga sig'masdi.
Fotima:Ketadigan bo'lsak Zuhraga
qo'ng'iroq qilay,birga ketamiz.Man boshqa qaytib kemiman uyga ketaman to'g'ri.
Pokiza:Ikki yoshni ayiradigan bo'ldiz
Fotima kulib qo'ydi va qo'ng'iroq qila
boshladi.
Siz qo'ng'iroq qilayotgan abanent xizmat
ko'rsatish doirasidan tashqarida. Call has been...
Fotima qizilni bosdi.
-O'chiq.
Nigora:Pixini yorgan qizde shu Zuhra
(ayyorona qarab)
Pokiza:Nima qilamiz? Nigora:Boramiz.Borgach bir iloj qib uni
ham chaqiramiz.Tezroq bormasak,skori ob
ketgan dib qomasin tag'in.
Pokiza qovog'ini uydi,lekin
indamadi.Fotimaga taklif maqul keldi.
Qizlar kollejdan chiqib,avtobusga o'tirishdi.Qorli uzun yo'llardan manzil
tomon yo'l olishdi.
Umr.Nimaga o'xshaydi u?Shamga.Yonib
turgan shamga.Birgina uchqun mo'jizaga
qodir...Shu uchqun yonganda
tug'ilmoq,o'chganda o'lmoq kerak.Boqiy
dunyoda boqiy yonmoqlik uchun.Men bir inson umrini tasvirladim.Lekin hayotimizda
dunyoga bir vaqtda ketma-ket tashrif
buyurguvchilar bor.Egizaklar deymiz
ularni.Teng taqsimlangan olmaning 2
palasidek ular.Ammo umr ularga teng
taqsimlanmas ekan.Bir shamda 2 ta rishta,2ta uchqun.Bir uchqun o'chmoqligi
ba'zida taqdiri azaldan.Bir bo'lak
yashamoqligi uchun.
***
Avtobus chorrahada to'xtadi.Qizlar
piyodalar yo'lakchasiga o'tib olishdi.Pokiza atrofga tezda nazar tashladi.Moshinalar
tirband.Yo'lovchilar siyrak.Hamma bir
yo'lakdan ketardi.Kimdir kuzatib,kimdir
odamlar orasiga qo'shilardi.Bino atrofida
odamlar doira shaklida hayratdan lol
turishardi. Fotima yuragi judayam tez urardi.Oyoqlari
o'ziga bo'ysunmas,tanasida kuchli og'riq
sezar edi.
Nigora:Voy Xudoyim gaping rostga
o'xshaydi.
Pokiza:Ana aytmagandimi? Nigora:E nafasingayam.Yaxshi gapga ham
yomon gapga ham farishtalar omin
deydi.Bilmaysanmi?
Pokiza:Buni meni gapimga nima aloqasi
bor.Meni ayblashni bas qiling.O'zimam
qo'rqib ketyapman.Undan ko'rasi ketaylik bu yerdan.
Nigora:Nima bo'lgan ekana?
Qiz Fotimaga qaradi.U yengil qadamlar
bilan jim ketardi.
-Qayerga ketvoti u?
Pokiza:O'sha yerga boryaptimi? Fotima qayerga ketyapsiz?Bormang u
yerga!Yaxshi emas.Tushlarizga kirib,vos-
vos bo'lib qolmang tag'in.Hoy Fotima?
Nigora:Fotima?To'g'ri etvoti.(dedi baqirib)
Fotima ortiga burilib qaradi,ko'zlari
ma'nosiz,yuzlari bir zumda horg'inlashib qolgan edi.
Qizlar undagi o'zgarishni sezishdi.Fotima
lom-lum demay yana yo'lda davom etardi.
20 qadam...
15qadam...
10qadam... Fotima:Ohh yuragim...Og'riq.Oyoqlarim
nega bu yerga kevoman?Ko'zlarim kimni
ko'rmoqchi?Qo'rqaman.Yo'q
bormayman.Uyga ketaman.Mazzam
bo'lmayapti shekilli.Qiz ortiga o'girildi.Yana
to'xtadi. Qizlar uni kuzatishar,ajablanishar edi.
Nigora:Yurchi!Chetdan sekin kuzatib
o'tamiz.
Pokiza:Mayli,lekin men silarni chetroqda
kutib turaman.Qo'rqaman.
Nigora:Bo'pti,yur.Poti to'xtab qoldimi? Qo'rqdiyov...
Pokiza:Ha.Negadir bugun
boshqacharoq.Zuhrasiz o'zgarib qolarkana.
Nigora:Bitta odamdekde ular.Bir-birini juda
tez sog'inadi shekilli.Eh maniyam egzagim
bo'sa edi. Pokiza:Nigora yaxshiyam egizagiz
yo'q.Bo'lmasa men nima qilardim-a?
O'ylashgayam qo'rqaman.O'zi
kichkinaginaman.Yeb bitirarmidilar.
Nigora:Kamroq gapirsang,shunaqa chitte
bo'masmiding. Pokiza:Har gapizda chimchilab olevarar
ekansizda.Hayratki baxtizga men
borman.Yo'qsa jaxliz chiqqanda portlab
ketarmidiz.
Fotima:Arosatda qolib ketdim.Bir yuragim
"bor",deydi.Bir
qarasa,"borma,qayt",deydi.Nima qilay?
Qizlar ham kelishyaptiku.Balki
tanirman.Astofirilloh.Nimalar divoman o'zi?
Ming xayolga borib o'tiramanmi?Boraman! Uzoroqdan nazar tashlab qo'yaman.
Qiz doira bo'lib turgan odamlar ortidan
aylanasiga yura boshladi.Tepadan
qarolmadi.Pastlab kuzatdi.Ko'zlari qorga
singib ketgan qonga tushdi.Tanasini
muzdek ter qopladi.Ko'zlarini olib qochdi.Astalik bilan yaqinroq kuzatdi.Qora
etik,oyoqlari qandaydir qiyshayib
ketgan.Qiz qo'rqanidan labini
tishladi.Aylanasiga yana yurar ekan qizning
qor ustida yotgan qo'lini ko'rdi.Qimir
etmasdi.Qiz yana oldinga harakatlandi.To'xtadi.Qo'llariga yana
qaradi.Bilagidagi munchoqni ko'rdi.Qiz
shoshilib qoldi.Yuragini qandaydir qo'rquv
egallar edi.Sinchikovlik bilan qaramoqchi
ham edi,ro'parasini kimdir to'sib
qo'ydi.Tez-tez yurib,aylandi.Qaradi,qaradi ko'rdi...
-Z...zzz...u...uuu...x...hh...rrr...aa..a.
Qizning shu bir nafasida vujudi ham so'zlab
yubordi go'yo.O'g'ir,bazo'r nafas
oldi.Ko'zlarini
uzolmasdi.Sochlari,qulog'i,yuzi,qora holi.Nigohlari osmonda.Ko'zlari
ochiq.Kipriklari yoyilgan...

Добавлено (15.09.2013, 02:49)
---------------------------------------------
Fotima majolsizlanib borardi.Tizzalari sekin
bukilib,qorga bosildi.Qo'llari qor yuzida
muzlab qolayotgandi.U o'zini
unutgan,ko'zlari
Zuhradan uzilmasdi.
Qizning murdasi atrofida 3-4ta militsiya tekshiruv o'tkazib,suratga olayotgan
edi.Chetroqda quruvchilar boshqa
birlariga ko'rgan,bilganlarini tushuntirashar
edi.Sur'atga olib bo'lishgach ulardan biri
Zuhraning jasadi ustiga oq mato yopib
qo'ydi.Tez yordam moshinasining ovozini eshitgan odamlar tezda
tarqalishdi.Ayrimlar u yoq bu yoqdan
kuzatib turaverishardi.
-Nomaqbul ishni qilishadide,o'zlarini
osishadi,tepadan otishadi.
-Voy bechara judayam yosh ekan.Alloh rahmatiga olgan bo'lsin.
-Bunaqalar Allohga shirk keltirganlar.Ular
gunohkor bo'lishadi.
-Tavba deng.
Nigora:Potimi u?
Pokiza:Ha,u yuring tezroq! Fotima oq matoni yopgach o'rnidan
qo'zg'aldi...
Davomi bor...
Nilufar
www.sayyod.uz/forum/25-732-8#425864


Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SokinaДата: Воскресенье, 29.09.2013, 18:19 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Davom eting)

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Nilufar_93Дата: Вторник, 08.10.2013, 20:09 | Сообщение # 5
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Репутация: 2
Статус: Offline
Davomi...
Qizning dugonalari uni o'rnidan turib,qayerga ketayotganini faxmlashdi.Ammo ular hali hanuz hech narsani tushunib yetishmagan edi.
Pokiza:Fotimaga nima bo'ldi? xavotirlanib so'radi.
Nigora:Bilmadim...O'ychan javob berdi.
Poki,san shu yerda qol.
Nigora dugonasini tashlab Fotimani ortidan yetib keldi.Yelkasiga qo'l tashlab,uni so'roqladi."O'rto,tuzumisan?".Qiz yelkasini bir siltab,beparvo oldinga intildi.U arang qadam tashlar,qo'llarini kuchli qaltiroq bosib,tez-tez nafas olganidan og'zidan bilinar bilinmas bug' ko'tarilar,ko'z yoshlari yuzlarini alamli sizib o'tar, so'ng tomchi yoshlari lablarin sohillariga quyilib,ularni quydirar di.Qizning oyoqlari ostida yastanib yotgan oppoq qorlar ham bir zumda toshga aylangandek har qadamda unga og'riq berardi.
Fotima to'siq ostidan sekingina o'tib,Zuhraga yaqin bordi.Yoniga o'tirdi.Matoni paypasladi.Matoning bir yonidan Zuhraning qo'li ko'rinib turardi.Fotima Zuhraning qo'lini barmoqlari uchida silab,matoni biroz tepaga surdi.Munchoq.Zuhraning va Fotimaning qo'llarida bir xil munchoqlar.Fotima matoni tezda yopib qo'ydi.Ko'zlariga ishondi.Qiz qo'llari bilan lablarini mahkam berkitib,unsiz dodladi.Qizni ko'rgan militsiya xodimi yugurib kelib,uni qo'lidan tortib o'rnidan turgazmoqchi bo'ldi.
-Singlim,turing.O'zizni qo'lga oling,iltimos.
-Yo'q...yo'q!Qo'yvoring qo'limni.Keting.
Zuhra...Zuhra, singlim.Nega unday qilding?Axir,kelaman deb ketgan edingku.Nega bu yerlarda yotibsan.Mani tashlab ketma.Opamga nima diman.Zuhra.Adamni ko'ziga qanday qarayman.
Qo'limni qo'yvoring didim.Tegmang manga.Boring,keting.
Xodim qizni bir amallab turgazdi.Fotima matoni mahkam siqib, o'ziga tortdi.Fotima ko'zlarini nim yumgancha jonsiz,qimir etmay yotgan Zuhrani ko'rdi.Militsiya xodimi xayratdan qizni qo'yib yuborganini ham bilmay qoldi.U bir xil chehralarni ko'rib,tili kalimaga kelmas edi.Egizaklar ekanligini bilgach ko'zlari bexosdan yoshlanib ketdi.Necha yillardan beri bundan baxtsiz hodisalarni ko'raverib,medasi qotib ketgan bu xodim qarshisidagi holatga birinchi bor duch kelgandi.
 
FC_PAXTAKORДата: Среда, 09.10.2013, 01:51 | Сообщение # 6
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Exx afsus sad
 
SokinaДата: Суббота, 26.10.2013, 10:36 | Сообщение # 7
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Davom eting.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Nilufar_93Дата: Воскресенье, 03.11.2013, 17:07 | Сообщение # 8
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Репутация: 2
Статус: Offline
Davomi.
Militsiya xodimi ortiq o'zini tutib turolmadi.Bir ikki qadam ortga chekinib,to'siqdan chiqib ketdi.Fotima singlisini ko'rgach jim bo'lib qoldi.Huddi begonalardek g'oyibdan unga qarab turardi.Zuhraning ko'm ko'k lablari orasidan yuziga quyilib oqqan qon qorga tomchilay-tomchilay qotib qolgandi.Ko'zlari opamga oxirgi bor to'yib olay degandek nim yumiq Fotimaga qadalab turardi.Fotimadan 3,4 qadam ortda turgan qizlar hayratdan yoqa ushlab turishardi.Ular hayot va mamot oralig'i bir nafas ekanligini birinchi marotaba ko'rib turishardi.
Fotima Zuhraning yuzini silab,unga boshdan oyoq razm soldi-yu tezda ko'zini olib qochdi.Qo'rqdi.Yuragi uvishib ketdi.
-Oppoq libos kiyamiz bir kunda.Ostonamiz tark etamiz...bir kunda.Kelin salom bo'lganda ikkimiz teng bukilsak...judayam zo'r bo'ladi.Bir tomchi suvdek o'xshash kelinchaklar deyishadi bizni.Oq libos manga juda yarashadi.To'g'rimi?
-Ha,oq ko'ylak jamiki qizlarga yarashadi.
-Fotima sansiz yasholmasam kerak a?
-Manam sanga juda o'rganib qolganman.
-Kel unda Xasan Xusanlarga turmushga chiqamiz.
-Gazetaga e'lon beramizmi?
-Nima qilamiz e'lon berib,maktabimizda borku.
-Haya...
-Faqatchi Foti, adashtirib qo'yish yo'q.
-Unda peshonasiga ismini yozib qo'yaman.
Fotima quloqlarida Zuhraning shataloq otib kulayotgan ovozi yangrardi.Xushini yig'ib Zuhraga mayus ko'zlari bilan qarab shivirladi.
-Sanga oq libos yarashadi.Ha,ha juda yarashardi.Lekin...lekin oq kafan emas.Bu dahwatli mato emas...
 
MirzoxidДата: Понедельник, 04.11.2013, 15:02 | Сообщение # 9
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
:-|

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
LoadingДата: Воскресенье, 08.12.2013, 00:40 | Сообщение # 10
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Xmmm! Ham jaxlin chiqadi, xam raxmin keladi. Davom etingchi, Toxir qizga sirni etadimi? Nima bo'ladi?

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
Nilufar_93Дата: Понедельник, 16.12.2013, 00:47 | Сообщение # 11
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Репутация: 2
Статус: Offline
Davomi
Fotima xushini yig'ib olgancha tez yordam moshinasi voqea joyidan uzoqlashib borardi.Qiz avval Zuhraga so'ng moshina ortidan xavotirli qaradi.Dast o'rnidan turib,moshinani quva ketdi.Qo'llarini havoda ko'tarib,bazo'r qichqirdi:
-To'o'o'xxtaaang...Iltimooosss.Singlimniyam ob keting.U...u...u o'lmaaagan.To'o'xxtttang.
Fotima majolsizlanib,oyoqlari ham o'ziga bo'ysinmay borardi.Tizzalari muzlab qolgan yerga musht urib,gavdasi ham behosdan bukildi.Qo'llari go'yo ustun misol uni yerdan biroz balandroq tutib turardi.Axiyri ulardan ham quvvat ketib,qizning yuz ko'zi yer o'pdi.Sovuq bo'sa.Qizning harorati tushib,xushini yo'qotardi.Quloqlarida moshinalarning bejo dod solayotgani so'nib borardi.Nozik kipriklari bu qadar og'ir mungni ko'tarolmayman qovoqlariga bosh egdi.
 
MirzoxidДата: Воскресенье, 11.05.2014, 14:40 | Сообщение # 12
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Bekatda qolibketdi kundalik

Добавлено (11.05.2014, 13:40)
---------------------------------------------
)))


Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
FC_PAXTAKORДата: Среда, 14.05.2014, 12:12 | Сообщение # 13
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
davomi nima bdi
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter