Bekatdagi kundalik - Giyos/FORUM
Bekatdagi kundalik
| |
Nilufar_93 | Дата: Суббота, 14.09.2013, 22:51 | Сообщение # 1 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Статус: Offline
| Quyidagi hikoyalarim Bekatdagi kundaligim jamlanmasidan.Ularning aksariyati mening jonajon bekatimda daftar hoshiyalariga muhirlanib borgan.Shu sababli bu mavzuimni "Bekatdagi kundalik",deb nomladim. Hikoyalar rivojida bunga to'la amin bo'lasiz degan umiddaman.
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Воскресенье, 15.09.2013, 00:07 | Сообщение # 2 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Kutamiz, kuzatamiz
|
|
| |
Mirzoxid | Дата: Воскресенье, 15.09.2013, 03:49 | Сообщение # 3 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Статус: Offline
| "Sog'inch" Qiz:Uni yonimdaligi naqadar baxt.Yonidaman ammo sog'inib ketyapman.Qiziq?!? Qo'llaridan mahkam tutib,hech qachon qo'yvormasam edi...Avtobusda odam ko'p.Hamma har xil xayolga boradide.Bizni faqat sevishganlar tushuna oladi. Yigit:Hozir u man bilan yonma- yon.Nigohlari bir nuqtaga qadalgan.Lablarida tabassum.Uni baxtiyorligini ko'rib,man ham sevinib ketyapman.Shu onda mahkam quchog'imga bossam edi.Ko'z qiri bilan qarab qo'yishinichi?Ayyorcham o'zimni) Nihoyat manzilga yetib keldik.Bu atmosferadan tezroq qutilmasam bo'lmaydi.Oh...hayot naqadar go'zalsan! Iyee hayotim avtobusda qolib ketibdilar- ku.Ana o'zlari!Malikam mani. Qiz:Qizlarni ko'rdiz deguncha o'zizi yo'qotib qo'yasiz.Ortidan ergashiiib mani unutib qo'yasiz a? Yigit:Sizni tanimayroq turibman yaxshi qiz! Qiz:E boringe...undan bir ikki qadam oldinlab ketdim. Yigit:qayerga?sani oldingami?hop bo'ladide.(Unga yetib oldim) Voy mani Zirapcham arazladilarmi? Qiz:hali Zirapcha bo'ldimi?(dedim jaxlim chiqib) Yigit:hade Zirapchamisan zirapchasan! Qiz:man Zirapcha bo'sam...siz...siz... Yigit:xo'o'o'sh?kim ekanman? Qiz:sizchi...SIZ RANDALANGAN TAXTASIZ!!! (baland ovozda dedim va sharta ogirilvoldim.Undan javob kutdim.Lekin o'rtamizga jimlik cho'kdi.Qo'rqa-pisa,sekin u tomonga qaradim.u ham manga qaradi.Ikkalamiz ham kulib yubordik.
Yigit:o'zimi jiddiy tutishga harakat qildim lekin kulib yubordim.Qarashlari naqadar jozibaliki unga qahr qilishga ojizman.Hozir u miriqib kulib ketayapti.Uning kulishlari yoqimli.Qalbimga muhabbat bo'lib quyilib kelayapti, uning kulishlari. Qiz:Sizga bir savolim bor? Yigit:Eshitaman. Qiz:Mani nega sevib qolgansiz? Yigit:Betakror tabassuming sabab Qiz:Faqat shu uchunmi? Yigit:Ha, Qiz:Kulmasam sevmi qo'yarkansizde? Yigit:Bilg'onginam,San man uchun hayot bo'lsang,kulishlaring kislarod.Kulgichlaring manga energiya beradi. Qiz:Agar gaplariz rost bo'lsa,endi doim kulib yuraman. Yigit:Rost, malikam. Qiz:agar 4 yil oldin u bu kim, shu yigit sani sevib qoldi diganida hecham ishonmagan bo'lardim."Baxt" bu so'zni uni deb anglay oldim. Yigit:sevinchim,eshitvossanmi? Qiz:yo'q.Nimani etvos? (shunaqangi hayajonlanib ketdilar.hech narsaga tushunolmay qoldim) Yigit:Mana,mana eshit! Umrimda birinchi bor, O'ylashga majbur qilgan, Mehrimni qozongan, Va unga javob bermagan, GO'ZALIM. Men iqror bo'ldim shunga, O'xshamaysan hech kimga, Go'zalsan sen juda. Sevaman balki men shunga, Seni shunga. Qiz:Xa-yo-lim senda... Yigit:Xayolim senda. Qiz:Xa-yo-lim senda... Yigit:Yonimda visoling, yodimda visooliing. Qiz:hozir u judayam xursand.qo'shiqqa jo'r bo'layapti,orada miriqib kulayapti ammo ko'zlaridagi tomchi yoshni ko'rganimda uning bu nigohlari ortida qandaydir sir borligini tushundim.o'girildi va tezda ko'zlarini qo'llari bilan artdi.O'zimni hech narsani payqamagandek tutdim. Yigit:Sezmadi.Sezganida savol nazari bilan qarardi.Yo'q,sezmadi. Qiz:Yetib keldik.Endi qayting.Buyog'iga o'zim yetib olaman. Yigit:Sensiz ketmayman.Mani ham kuzatib qo'ymaysanmi? Qiz:Bo'ldi jinnilik qilmang!Dadam ishdan qaytadigan vaqt bo'lib qoldi.Sizni ko'rib qolmasinlar. Yigit:Hop mayli qo'ymading qo'ymadingda.A to Dadajon bilan so'rashib ketmoqchidim. Qiz:Voy dadam?endi nima qilaman? Yigit:Qani?qani? Qiz:Yosh boladek ortimga bekinib oldilar.Kulib yubordim. Yigit:E shunaqayam hazil qiladimi? Qiz:so'rashib ketmaysizmi? Dedim kulib Yigit:Kul kulaver.man esa ketdim. Qiz:hm qayoqqa? Borasizda mehmon? Yigit:hali yana kelaman mezbon.Sizni olib ketish sharti bilan.(Ajoyib qizda.Lekin u emas.Uni nega yana eslayapman.Yo'q uni unitishim kerak.) Qiz:Ketganlariga hech qancha vaqt bo'lmasidan yana sog'inishni boshladim.Ularni uzoqdan kuzata turib,yugurib borib "sog'indim" degim kelayapti. Yigit:Avtobusga chiqib oldim.Ortga qaytayapman.Bugun uni yana aldadim.Yana yolg'on aralashdi sevgimizga.Sevgi dedimi?Yo'q, bu sevgi u uchun emas.Bu mani boshqa uchun atalgan yolg'onchi sevgim.Aslida...xayolim unda. Yigit shu yo'sinda avtobus oynasidan botayotgan quyoshga ma'nosiz termulgancha ketardi. Balki u o'zini shu onda botayotgan quyoshga o'xshatgandir. Yigit:Azizam charchadim.sensizlikdan charchadim.o'zimni aldashdan charchadim dedi shivirlab.
Avtobus to'xtadi.Old va orqa eshiklar birinma-ketin bir nafasda ochildi.Sanoqli yo'lovchilar navbatma-navbat avtobusdan tushdilar.Vaqt ham allamahal bo'lgan edi. Haydovchi:O'g'lim,manzilinga yetib keldik.Tushaqol,dedi avtobus oynasidan orqa o'rindiqda o'tirgan yigitga yuzlanib. Yigit xohlamay o'rnidan qo'zg'aldi.Hamyonini biroz ko'vlab,bitta mingtalik chiqardi va old eshikka tomon yurdi.Shu tobda to'xtab qoldi.Chuqur xo'rsindi-da,ortiga qaytib,o'rindiqqa qayta joylashdi. -Amaki,2ta ko'cha naridagi muyilishda qoldirib keting.Iltimos! Haydovchi:Hop,mayli.Sen nima desang shuda o'g'lim! Yigit avtobusda chayqalgancha,shahar ko'chalariga ma'nosiz termulib ketardi.Zulmat cho'kkan.Lekin tungi chiroqlar nuri zulmat qarida raqs tushardi go'yo.Bekatlar.Hech zot ko'rinmasdi.O'rindiqlar xomush. Yigit avtobus oynasi tomon yaqinroq joylashdi.Oynaga bosh barmog'i bilan katta-katta harflarda yoza boshladi... S O G' I N D I M Haydovchi:O'g'lim parishon ko'rinasan? tinchlikmi? Yigit:ha,ha amaki,Ollohga shukur tinchlik. Haydovchi:Urishib qoldilarmi bolam? Yigit:kimni aytayapsiz? Haydovchi:Meni bilmaydi deb o'ylaysanda.Shu avtobusni o'ttiz yildan beri haydayman.Har kuni yuzdan oshiq yo'lovchini uzog'ini yaqin qilaman.Kimdir bu yerga daqiqalik mehmon,kimdir har kungi.Eh yoshlarey...yoshlar.Hammani bola deb o'ylaysizlar-da.Bir-birlaringa ko'z suzishlaringni koshki bilmasam.Yuzlaring olmadek bo'lib,yon atrof qarab qo'yasizlar tag'in. Yigit haydovchini tinglab ketar ekan,miyig'ida sezilar sezilmas jilmayib qo'yardi. -Andisha qilganlaring yaxshi!Jamoat transporti deb qo'yibtida buni.Ayrim o'g'il-qizlar bor yoqa ushlaysan kishi.Nima ham derdik ularga bitta gap kam,ikkita gap ko'p.Oldingi Otabeklar-u Kumushlar qayog'da deysan.Hozirgilar Rameo va Julyetta. Lekinchi o'g'lim xuv anu sen birga yuradigan qiz o'rtog'inchi ko'xlikina,yoqimtoy qiz.Etagidan mahkam tut. Yigit:hop,amaki!dedi-yu kulib yubordi.
Haydovchi:Senga aytsam men ham kampirimni o'zim topganman.Rahmatli juda sodda edi.Birinchi uchratganimda ko'zlariga mahliyo bo'lib qolgandim.Qop- qora ko'zlari,uzun kipriklari... Meni ko'rsa "Assalomu aleykum" dan boshqa so'z demasdi.Keyin bilsam kampirim tushmagur tojik millatidan ekan.G'ichchalab,so'zma-so'z o'zbekchani o'rgatdim.Lekin shu "ako' " deyishni tashamadi.Oilam qarshilik qilishmadi.Taqdir ekan turmush qurdik. Farzandlarim ham uyli joyli.Nabiralariga to'ymadida rahmatli.Dunyoning ishlari shu ekanda...Biz bandalar ojizmiz. Amaki so'zlab turib ovozlari qaltirab ketdi.Yuzida qotgan ko'z yoshlarini astalik bilan artdi. Yigit:Amaki,nega hayot shunaqa ekan- a.Jondan aziz bilganingni nega olib qo'yarkan a? Haydovchi:O'g'lim buni foniy dunyo deydilar.Ollohning irodasi shu.Olloh suygan bandasini yoniga tez chaqirib oladi.Yaxshining umri qisqa,yomonga o'lim yo'q.O'lim hammamizni boshimizda bor.Chiroyli o'lim esa yaxshilarga nasib etadi. Yigit:ha u judayam yaxshi edi.Lekin uni o'limi chiroyli emasdi,dedi past ovozda,qo'llarini qattiq siqib. Haydovchi:Senga bir yoqtirgan she'rimni aytib beraymi? Yigit:ha, aytib bering! Haydovchi biroz jim qolib,she'rni o'qidi. -Mendan nima qolar, Ikki misra she'r. Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan, Nima desa der. Men seni o'ylayman, O'zimdan ko'proq. Lola,lolajonim, Lolaqizg'aldoq. Yigit:Muhammad Yusuf. Haydovchi:ha bolam...,Muhammad... Yusuf. Avtobus muyilishda to'xtadi.Haydovchi atrofga bir nazar tashlab qo'ydi.Yon atrofda tirik zog' ko'rinmasdi.Vahimali sukunat ko'chalarni qoplagandi. -O'g'lim bu yerda nima ishing bor?sen doim haligi bekatda qolarding? Yigit:Shu atrofda ishim bor edi. Haydovchi:Yarim kechdaya.Tag'in qabriston tomonlarda?! Yigit:Hotirjam bo'ling amaki.man yaqin bir tanishimni oldiga ketyapman.Qabriston deysiz?O'liklardan emas tiriklardan qo'rqish kerak. Yigit qo'lidagi pulni haydovchiga uzatdi-da sassiz zulmat qariga sho'ng'ib ketdi. Amaki uning ortidan biroz ko'z uzmay turdi so'ng avtobusni o't oldirib yo'liga qaytdi.Добавлено (15.09.2013, 01:45) --------------------------------------------- Yigit past ko'chadan katta-katta qadam tashlab ketardi.Sokin tun og'ushidagi gung shamol o'zini har yoqqa urgancha, daraxtlarning shitr-shitr ovozlari,ko'cha yoqasida oqayotgan suvning shivr-shivr so'zlariga jo'r bo'layotgandek...To'siq bilan o'rab olingan keng maydonda esa abadiy jimlik,abadiy uyqu hukum surardi. Yigit kirish va chiqish darvozasi oldida biroz to'xtab qoldi...Darvoza shamol yordamida tebranardi.Go'yo u shu turishida "alla"aytayotgan edi. Yigit ichkariga sekin asta qadam tashlab kirdi.Yuragi ham duk...duk etib eshitalar eshitilmas ura boshladi.Go'yo u bu harakati bilan biron kimni uyg'otvormay deyayotgandek.Uzoq masofadan kelayotgan zangori chiroqning xira nurlari tufayli atrof biroz yorishib ko'rinardi.Yigit qabriston yo'lakchasidan to'g'ri kelib, bir qabr boshida to'xtadi.Sekin-astalik bilan yerga cho'kdi.Issiq kaftlari bilan suvuq tuproqni siypalagandek bo'ldi. Bo'g'zidagi bir narsa ich-ichidan otilib chiqayotgan nidoni qandaydir bir kuch bilan ushlab turardi.Yigitning achchiq ko'z yoshlari yuzidan dumalagancha tuproqqa singib ketdi.U o'zini ortiq ushlab turolmadi.Qabrga o'zini otdi.Yuzini tuproqqa bosgancha silkinib-silkinib yig'ladi.Laylisin sochlarini silayotgan Majnun kabi tuproqni siladi.Zuhrosin labidan o'payotgan Tohir kabi titrab-titrab tuproqni o'pdi. Иштирокчи Группа: ЗАПРЕТДА! Сообщений: 270 Награды: 0 Репутация: 234 ± Замечания: 0% Статус: Хозир йўқ Yigit:Azizam man keldim.Sani sog'inib keldim.Tur...turaqol! Uyqichi...Shunaqayam ko'p uxlidimi? To'rt yil...to'rt yil uxladingku.Man esa sansiz 1 daqiqa ham orom olmadim. Sani yo'qliginga ko'nikolmayapman.Xotiralar bo'lmaganida balki aqldan ozarmidim.Zuhram o'zimni.Tohiring yo'llaringa zor.Zuhra mani kechir.(u boshini ko'tarib,yuz ko'zlarini artib gapida davom etdi) -Opangni aldab yurganimdan jahling chiqmasin.Ishon man buni istamagandim.Axir nima qilay sani ko'rmasam yasholmayman.Manda loaqal bitta surating ham yo'q.Unda sani kashf etdim.Ba'zida uni Fotima ekanligini ham unutib qo'yaman. Bugun xato qilayotganimi anglab yetdim.Jonim,charchadim.(yigit boshini qabrga qo'ydi) Endi man ham uxlashni xohlayman. (Ko'zlarini oxistalik bilan yumdi) San bilan abadiy uxlamoq uchun keldim... Gulim,uxlashdan avval sanga bir taklifim bor.Majnuningni rad etmaysana? (dedi jilmayib) Kel yashaylik biz birga, Bizning ertagimizda. Do'st-u dushman ichida, Ikkimiz oxirgacha.
Yigit:Zuhra sanmisan azizam? Libosing munchayam chiroyli.Yuzlaringni nurliligini... Qiz yigitga nim tabassum qilib turardi.Lekin so'z demadi. Yigit atrofga qaradi.Ko'zlarni qamashtirar darajada alvon-alvon qizg'aldoqlarga nigohi tushdi.O'zini qizg'aldoqzor bag'riga otdi.Ularning ifori o'zgacha edi.Barchasidan Zuhraning isi kelardi.Qadini rostlagan ko'yi qizni chorlay ketdi. -kel,kelaqol!Nega jim turibsan. Qiz ortiga burildi.Oppoq nur tomon yo'naldi. Yigit:Dildorim,qayerga ketyapsan? TO'XTAAAA!!! Yigit qancha urunmasin qizga yetolmadi.Qiz g'oyib bo'ldi.Yigit boshini quyi solgancha qo'llari bilan qizg'aldoqlarga ozor bera boshladi.Ularni yulib tashladi.Hovuri bosilgach unsiz xasrad to'kdi.Shu vaqt qandaydir sharpani payqadi.Boshini biroz ko'tardi.Ro'parasida bir nuroni qovog'ini uyib unga norozi qarab turardi.Yigit Bobosini tanidi.O'rnidan sapchib turdiyu Bobosini quchoqladi.Bobosi bir qadam ortga tasirildi. -Eshit!Eshit bolam...Quloq tut dedi ruh. Yigit:nimani bobojon? Hech narsani ewitmayabman.To'xtang ketmang! Ruh yerdan biroz ko'tarildi va ortga qaradi:"Qo'shiqni eshit uni yodda tut.u seni poklaydi bolam!"ovoz tobora uzoqlawib aks sadoga ulandi "u seni poklaydi", "poklaydi", "bolam". Yigit cho'chib uyg'onib ketdi.U qabr ustida uxlab qolgan edi.Qayerdagilini anglayolmay qo'rqib ketdi.So'ng hammasi yodiga tushdi. Osmon yorishib,tong otayotgan mahal edi.Yigitning qulog'iga azon ovozi eshitildi.Uzoq uzoqlardan takror-takror "Ollohu Akbar" "Ollohu Akbar"... sadolari kelardi. Yigit bir soatcha qabr boshida qilt etmay turib qoldi. Agarda uning oldiga qorovul kelib qolmaganda u shu ko'yi balki soatlab o'tirardi. Qorovul:hoy yigitcha,bu yerda nima qilayabsiz? Yigit:ziyorat qilib ketay degandim Qorovul:qiziq bola ekansiz-ku.Azonlab mozor boshigayam keladimi? Yigit:.... Qorovul:ha mayli,bu gaplarni qo'ya turaylik.Vaqt ketmasin.Yuring Bomdod nomozini o'qiymiz.Siz ham shu bahona yaqiningizni ruhini shod qilib ketgan bo'lasiz. Qorovul yigitning yelkasiga qoqib qo'ydi. Yigit:Otaxon,man nomoz o'qishni bilmayman.Xabarim yo'q dedi boshini egib. Qorovul:buyog'i qiziq bo'ldiku.O'g'lim,musulmonmisiz? Yigit:ha otaxon.Ollohga shukur musulmonman! Qorovul:ha,barakalla! Unday bo'lsa, siz meni shu yerda kuta turing.hozir qaytaman. Yigit hop dedi.Otaxon butalar oralab kichik bir xujraga kirib ketdi.Taxmonchada turgan eski jildli kitoblar orasidan ko'k muqovali kitobni qo'liga oldi.Xujradan chiqib yigit yoniga qaytdi. Qorovul:buni oling, sizga. Yigit kitobni oldi.Kitob ni old muqovasini o'qidi:MEN HAM NOMOZ O'QIYMAN.Yigit otaxonga mayus ko'zlari bilan minaddorona qaradi. Qorovul:omonatimni asrang.3kundan so'ng sizni shu yerda kutaman.3 kundan so'ng!unutmang. Yigit:unutmayman.kitob uchun rahmat. Yigit yo'lakcha bo'ylab qabristonni tark etdi.Qorovul uni ortidan kuzatib,o'zi ham xujraga qaytdi. Добавлено (15.09.2013, 01:56) --------------------------------------------- Yigit ko'cha bo'ylab uyiga piyoda yetib keldi.Darvoza eshigi ochiq.Hovlidan kirib kelayotib,bog'dagi supachada xayol surib o'tirgan onasiga ko'zi tushdi.Onaizor qadam tovushidan sergak tortdi. Ona:Tohirjon bolam,keldingmi? Yigit:ha keldim. Ona:O'zingni o'ylamasang ham mani o'ylagin.Tuni bilan mijja qoqmay chiqdim.Nechi martalab ko'cha boshiga bordim. Ona gaplarini yakunlamasdan farazandi gapini bo'ldi. Yigit:Nima man sizga yosh bolamanmi?O'z xolimga qo'yaslarmi yo'qmi?nima qilayotganimni o'zim bilaman. U tez-tez zinapoyalardan ko'tarildi- da,xonasini eshigini jahl bilan yopdi. Ona:Ovqatingni yemisa...n...mi? Bolajonimey ozib to'zib ketyapti,har kuni ko'zlari qizarib uyga qaytadi.Man ham onaman-ku bolam.Dardingni sezib turibman.Ollohning irodasi.Man bechora nimayam qilolaman. O'ksib-o'ksib yig'ladi.Ko'ksiga bir-ikki mushtalab qo'ydi.O'rnidan qo'zg'alayotib,noni ustini sochiqcha bilan yopibdi.Qaddini rostlab "Ey Rabbim o'zingga ming shukur"deb oshxonaga kirib ketdi. Yigit bu mahal karavotida shiftga termulgancha yotardi.Keyin o'rnida turib javonidan nimanidir qidira boshladi.Topolmadi.Xonani u burchagidan bu burchagiga yuraverdi.Hiyol o'tib,esiga tushdimi "ha" deb yuzi yorishdi.Kiyimlari joylashgan shkaf ustidagi chang bosib yotgan qutini oldi.Qutini ochib,ichini tita ketdi."Qani qayerda?"asabiylashardi."Ha mana" dedi biroz o'tmay.Bolalarcha sevinib,telefonini qo'liga oldi. Telefonni yon tomonidan fleshkani olib,qo'lidagi boshqa birini o'rnatdi.Qaytib o'rniga yotdi.Ovozlar bo'limidan 17.07.09 da yozilgan ovozga kirdi,astalik bilan ko'zlarini yumdi. Qiz: Alo...alo gapiring.Kim bu? Yigit: Alo,alo yaxshi qiz! Siz meni tanimaysiz. Men xohlardimki shuni, Siz bilan tanishishni... Qiz:(kulib)Tohir sizmisiz? Yigit:ha.Man bilan "Bolalar"aytishuvi qilishga tayyormisiz? Qiz:Voy hozirmi? Yigit:ha hozir.Man boshlab qo'ydim...yoki...yengildizmi? Qiz:hichamde.Man yengilmiman. (qiz biroz o'ylanib,sekingina tomog' qirib qo'ydi.) Meni qo'y o'z xolimga, O'ylash tegdi jonimga. Kunlarim o'xshar yilga, Aytgin nega?nega? Yigit:Xonim, rad etmang meni, Rad etmang. Ayting siz ismingizni, Siz ayting. Sizni ko'rgandan beri, Yuragim yondi. Qiz: Ismim esingdan chiqqan. Huddi ming yillar o'tgan. Meni sen eslolmaysan nega? Huddi men bo'lmaganday, Bo'lmaganday bizda,hech qanday, Tuyg'uuu Hech narsa bo'lmaganday. Nega qilasan unday! Yigit:balan ovozda... Yo'q!Unutganim yo'q. Yo'q!Yodimdasan San. Sen meni birinchi sevgim, Yodimdasan. Sen xayolimda tushlarimda... Hayotim mazmunli sen bilan... Qiz: Bo'ldi xato, Katta xato. Yo'qdur davo, Dardimga davo. Qanidi bilmasam edi, Men seni. Hozir mendan, Baxtliroq inson bo'lmasdi. Ayirding meni, Judo qilding, Borimdan. Qanday seni sevdim. Xafaman o'zimdan. Yigit: Nega sen ketding deding? Nega men qolmadim. Seni sevmayman desam, Nega bunga ishonding. Yoshlar to'la ko'zimga, Ishonmasdan ket deding. Bizning hayot jonginam... Qiz: Sen bilgin,bo'la olarding, Men uchun eng aziz inson. Lekin sevgi bizga, Qo'ygan shartdan Biz o'tmadik. Oson.Shunchaki oson. Yigit: Nega men sensiz... Nega sevgingsiz. Nega men sensiz, Seni sevgingsiz... Qiz: Keldingmi endi yig'la Sensiz men o'lganim yo'q. Yashayapman. Ko'rdingmi endi o'yla Sendan kam joyim yo'q. Meni zarra. Ishonmading, Kutmading. Sevgimizi sen sotding nimaga? Yigit: Faqat isming yangrar aqlimda, Go'zal xusning ko'zim oldida. Har bir inson haqli sevishga, Inson haqlidir jonim baxtli bo'lishga. Qiz: Umrimda birinchi bor, Sevishga majbur qilgan. Va unga javob bermagan Yigit:GO'-ZA-LIM Qiz:Xa yo lim senda... Yigit:Xa yo lim senda... -Zuhra qooyil.Zo'rsan-u Qiz:Ha endi bilasuu.Siz ham qolishmadiz. Yigit:Bilasanmi...sanga bir gap aytmoqchidim Qiz:Qanaqa gap? Yigit:Anaqa...nima disam ekan... Qiz:Chaynalmen Yigit:Man sani...SEVAMAN. Qiz:Nima? Yigit:O'sha. Qiz:man...mani chaqirishvoti.Xayr. Ovoz tugadi. Yigit ko'zlarini ochib,yopdi.Ko'zlarida to'lib turgan yosh ikki chakkasidan sezib tushdi. Qiz:hayronman 2 kun o'tdiki xabar olmaydilar ham.Yo bir gap bo'ldimikan? G'ururam o'lsin.Na yurakka,na aqlga bo'ysunadi. Telefonimi ovozimi?ha qo'ng'iroq bo'layapti.e sochiqcha qani?qidirganda topilmaydi. Qiz yugurib telefoni go'shagini ko'tardi. -Alo Tohir aka! -Qanaqa Tohir aka? man Nigorman. -Ha,sanmiding. -hm manidim.Eslamisanama? Oqibat qomadi san qizda. -Boshlama o'zi bir ahvolman. -Hop mana tugatdim.Oldinga ketayotgandim,bormaganim maqulmi diyman... -Voy nega unaqa disan.Tezroq kel.O'zi portlay deb turiman. -Nuqul atomniy bombalaringni manga atab qo'yasan -Gapniyam topib gapirasanda. Nigor telefoni qo'yebman. -Bo'pti 10minutda yetib boraman. Suhbat tugadi.Qiz o'zini xonasiga kirib u yoq bu yoqni saranjomlab qo'ydi. Oshxonaga o'tib choy qo'ydi.Derazadan onasiga yuzlandi: -Opajon,dugonam Nigor kelyapti.Ovqatga o'ziz qarang. Onasi:Hech gaplaring tugamaskanda.Dunyoni tashvishi silarning boshlaringa tushganmi? Bu uyda ona san,qiz man.Ertaga erga tegsan ko'raman axvolingni. Gap desa qop qop Qiz:Ish desa Samarqanddan top.(kulib davom etdi) Onasi:Zumrasha.mayli buguncha bir sirlawa qolinglar. Qiz:O'zimi opajonimdan aynani.rahmat. Ona bola suhbatiga Nigora ham eshik taqillatib qoldi.Fotima uni kutvolib,o'zini xonasiga olib kirib ketdi.Kursiga o'rnashishgach Nigora gap boshladi. Добавлено (15.09.2013, 02:02) --------------------------------------------- -Nima gap Poti? Qiz:Poti mas Fotima.Ismimi muncha xunu etasan.O'zim eshitib o'zim xafa bo'b ketaman Nigora xandon otib kulib yubordi.Aslida bu qiz tabiatan xushchaqchaq,bir gapirib o'ng kuladiganlar toifasiga kirar edi.Ikki sirdosh azaldan do'st bo'lib,bu ularning kun ora qiladigan hazil gaplari edi. -Nigor,nimedir ko'nglim g'ash.Tohir tel ham qimepti. Nigora:Shunga shunchami.Qimasa o'zing qil. Qiz:E doim man qivuramanmi?dedi qoshlarini chimirib. Nigora:O'zi buning sanga uylanadimi?Bir tayini yo'q.Sangayam hayronman kanade yopishib qogansan. Qiz:E unaqamas.Uyalyaptida.Sovchi yuboring dimimanu.Bezdek.Ersiz qovomanmi? Nigor:bu ketishda qolasanam.Nechtasini qaytarvording. Qiz:Axir ko'nglim unda.Kerak bo'lsa butun umr kutaman. Nigora:Layli-yu Shirinlarni uyaltirvording.Endi mani eshit.Xullas bir yigit bilan tanishdim judayam ajoyib. Qiz:Qachon qayerda?Rustamchi? Nigora:ee qo'y shu Rustamni.U bilan vertualda tanishdim.Xushsur'at bir yigit.Uchrashishga kelishdik.Shunga man emas san bora qol. Qiz:Nima?jinnimisan?Aqling joyidami? Nigora:U bilan faqat do'stmiz. Qiz:Manga nima qizig'i bor.Man Tohirga xiyonat qimiman.Biz bir-birimizi hecham aldamaganmiz.Ishonamiz bir-birimizga. Nigora:bu xiyonat emas.Bu do'st uchun yaxshilik. Qiz:Yaxshilik so'rab olinmaydi. Nigora:Hop so'ramadim.O'zi bir marta ishim tushgandi.Shuniyam ko'p ko'rding. Qiz:Nega unaqa disan?Axir man yod begona inson bilan qaysi yuz bilan uchrashaman.Hatto uni isminiyam bilmayman. Nigora:Yo'q dima dugonajon.10minutgayam bormidi suhbatlaring.Man uchun hop digin. Qiz:Yo'q didimku.O'zing tanishding,o'zing bor.(dedi asabiy) Nigora:Man boromimande.O'sha kuni...Rustamni tug'ilgan kuni. Qiz:Unda boshqa kunga rejalashtirila uchrashuvlaringni. Nigora:Kesatmagin Poti.Mayli bormasang borma.Majburlamiman. Qiz:Xafa bo'misan.Shu kunlardan boshqacharoqman. Nigora:hmmm dedi biroz xayol surib. -O'zi sanga bitta zo'r gap olib keldim.O'sha yigit aytib berdi xayron qolibman. Qiz:Nima dedi? Nigora:Bir do'sti bor ekan.4-5 yil oldin o'sha yigit bir qizni sevib qoladi.Avvaliga do'stlashadi keyin odatdagidek sevgi.Yigit qizga dil izhorini "Bolalar" borku guruh Qiz:Ha,ha Nigora:O'shani qo'shiqlarini kuylab aytar ekan. Qiz:Hozir hamma shunaqa. Nigora:Oldin boshqacha edida.Xullas, yigitni sevgisi uzoqqa bormaydi.Qiz nimadir bo'lib vafot etadi.Yigit esa sevishda davom etadi. Qiz:Qanaqasiga? Nigora:Yigit uni opasini o'sha qiz deb mana necha yildan beri sevib kelayotgan ekan.Adashmasam opasi buni bilmaydi. Qiz:Bechora yigit.Lekin opasiga jabr bo'ptida.Shunchalik o'xshar ekanmi a? Nigora:Fotim va Zuhra ekan.Huddi silardek. Qiz:Yo'g'e. Nigora:Ha avvaliga manam ishonmadim.Yo'q rost ekan.Tohir Zuhro lar shu zamonda bor ekan. Qiz:Nima diding? Tohir? Nigora:ha Tohir.Ismilariyam huddi ataylab qo'yilgande...e...k.T...tto'xta sani yigitinam Tohirmidi? Qiz javob bermadi.U karaxt bo'lib qolgandi.Nigorani gaplarini boshqa eshitmadi ham.Ko'zlarida achchiq yoshlari quyilib kelardi.Lekin buni o'zi sezmasdi. Nigora:Fotima? Fotima dedim! deb qizning yuzlariga 1-2 marta shapatillab qo'ydi. Qiz yosh to'la ko'zlari bilan dugonasiga yuzlandi. -Uchrashuvga boraman.Qaysi kuniga kelishganding? Nigora:Qo'ysenchi Foti.U sani Tohiring emas. Hozir bormiman diyotuding.Bormi qo'ya qol. (dedi ichidagi havotirini yuzaga chiqarmay) Qiz:Boraman.Qaysi kunligini ayt?Ayt dedim? Nigora:Ertadan keyin.Shahar markazidagi bog'da kutadi. Qiz:Qanaqib taniman. Nigora:Mana rasmi.Qo'lidagi telefonini unga uzatdi. Qiz:Chunarli.Demak,ertadan keyin...g'azab bilan qo'llarini musht qildi. Добавлено (15.09.2013, 02:05) --------------------------------------------- Qiz:Nigor bilan suhbatimiz uzoqqa cho'zilmadi.O'zini noqulay his qildi chamamda.Man ham ignani ustida o'tirgandek edim.Nigorni kuzatayotsam opam ham hayron bo'ldilar. -Ha,qizim o'tirda,ovqat tayyor bo'p qoldi.Foti dugonangni choyga taklif qilsangchi,xoy xayolparast?Fotim didim deb oshxona derazasida baqirib qoldilar.Man o'zimda emasdim.Nigor ham unamadi.Shoshilgancha ketib qoldi.Bugun uni pastki ko'chagacha kuzatmadim ham.Darvozani berkitib,hovlimizdagi arg'imchoqda hovurimdan tushishga harakat qildim.Kun qorayibdi-ki, alamimdan chiqmagandim.Nazarimda,hech kim mani tushunmasdi.Aslida ham shunday edi.Nega uni tanimadim?Nega sevdim? Nega? degan savollar bilan o'zimni ancha vaqtgacha qiynab o'tirdim. Unga baqirgim,urgim,xo'rlagim kelardi.Axiyri bir to'xtamga keldim.Deraza tokchasidagi telefonimni olib Tohirga qo'ng'iroq qila boshladim.Telefoni qulog'imga yuborishim bilan asabimni bir iqiz ovozi battar buzdi: Siz terayotgan raqam bilan vaqtinchalik aloqa yo'q.Iltimos birozdan...qizil tugmachani bosib qo'ydim.O'zimni qo'yarga joy topolmay qoldim.O'rnimdan turib,xonamga kirib ketdim.O'rnimga yotdim.Uxlashga harakat qildim lekin uxlolmadim.Zuhrani eslab yotdim.U bilan bo'lgan damlarimizni. Uni judayam sog'indim.Bir bo'lagimdek edi.Do'stim,singlim ham u edi.Ba'zida ko'zguga qaragim ham kelmaydi.Go'yo jismim Zuhra-yu,faqat yuragim o'zimnikide tuyiladi. Iflos Tohir,Sevganmish.U qotil.Orzularga to'la singlimdan uni deb ayrildim. Добавлено (15.09.2013, 02:10) --------------------------------------------- Qiz qorong'ilikdan qo'rqib xonadan chiqib ketdi.Osmonda yangi oy ko'rinardi.Qiz ayvonchada televizor ko'rib o'tirgan onasini yoniga o'tirib,tizzasiga boshini qo'ydi.Chuqur xo'rsindi. Qiz:Opajon? Ona:ha Fotima?dedi uni sochlarini silab.Nima bo'ldi? Qiz:Zuhrani sog'indim.U siz judayam qiynalib ketdim. Ona:U mangayam kerak.Huddi sandek.To'lin oyim yarimta bo'lib qoldi asal qizim (lablari titrab ketdi) Qiz:Opajon,Zuhra siz bilan ko'psirlashardi,manga sirlarini ishonmasdi.U sizga anavi yigit haqida aytganmi? Ona:U o'zi juda sirli edi.Ichimdagini top xilidan.Qo'yarda,qo'ymayman gapirtirardim.Onaga aytish kerak.Ona do'st bo'ladi derdim.Ha aytgan.Juda ko'p gapirardi u haqida.Lekin hech rasmini ko'rsatmasdi.Isminiyam aytmagandi. Qiz:Uni hecham ko'rmaganmisiz? Ona:Yo'q.Lekin ovozini taniyman.Telefonda bir marta gaplashgandim.Judayam aqlli,odob,gapga usta yigit edi. Qiz:nafaratlanam undan.U sabab Zuhra nobud bo'ldi. Ona:Hay,hay isbotsiz gapirma.Necha martda aytganman,tuxmat qilma deb. Qiz:Lekin opa,o'sha kuni ular birga edi.Bir do'sti ularni ko'rgan o'sha yerda. Ona:Qizim yaxshi narsalardan gapirgin.Eslatma o'sha qora kuni.Bu baxtsiz hodisa edi.Zuhra ham yoshlik qilib qo'ygandi.Bechora qizginam.(ko'zlari yoshlanib ketdi)Yuragimni sen battar siqma endi. Qiz:Kechiring,boshqa eslatmayman. Boshini ko'tarib,onasini quchoqlab yuzlarini o'pib qo'ydi. Ammo Fotima yana onasini tizzasiga boshini qo'yib, o'sha mashum kuni xotiraladi. Voqea mana bunday yuz bergan edi: O'sha tong ikki opa-singil nonushta ham qilmay,avtobusga bir amallab yetib olishdi.Qish kunlari.Havo sovuq.Jamoat transportlari yo'lovchilarga liq to'la.Ustiga ustak yo'llar tirband va sirpanchiq. Zuhra orqa o'rindiqni ko'zlab,navbatdagi bekatlarning birida joylashib ham oldi.Fotima tik turib ketishga odatlangan,o'rindiqlar bo'sh bo'lsa ham o'tirib olish uning parvosiga kelmasdi.Fotima odamlarni kuzatib ketishni yoqtirardi.Zuhra esa yon-atrofni,shahar ko'chalarni tomosha qilishdan charchamasdi. Avtobus kollej binosi oldida to'xtadi.Eshiklardan gur etib portfel ko'targan talabalar tushishdi.Ularning orasida Fotima ham bor edi.Lekin Zuhra ko'rinmasdi.U hali ham avtobusda.Fotima uni kuzatib turardi.Zuhra avtobusning yo'lning nariga tomoniga qaragan oynasidan Tohirni ko'rib qolgan va unga eshitilar,eshitilmas nimadirlar derdi.Tohir unga "eshitmayapman" ishorasini qildi.Shunda Zuhra oynaga katta qilib, S O G' I N D I M deb, yozdi va yugurib avtobusdan tushdi.Fotima yigitni ko'rolmagandi chunki ular oralig'ini avtobus to'sib turgan. Zuhra:Foti man 1-paraga kirmiman.O'zing kiruvir. Fotima:Nega kirmisan?Nima qimoqchisan? Zuhra:2-paraga kelaman.Bir joyga qizlar bilan borib kelamiz.Sababli qilib yozdir. Fotima:Bo'pti,bo'pti bora qol.Keganingda hammasini aytib berasan! dedi, Zuhrani burnidan chimchilab oldi. Zuhra Fotimani quchoqlab,yo'lning u tomoniga yugurib ketdi. Fotima kursdoshlari bilan kollej binosiga yo'l olishdi.Qizlar xonaga kelganda dars boshlanmagan hamma o'zi bilan ovvora edi.Fotima ular bilan birma-bir salomlashib,koridorga chiqdi.Derazadan ko'chaga boqdi.Ko'zlari Zuhrani izladi lekin topolmadi.Tohir va Zuhra anchagina kollej yerlardan uzoqlashib qolishgan edi. Yigit:Zuhra qayerga ketvomiz? Qiz:Judayam sabrsiz odamsizda. Yigit:O'zing ham qayerga borvotganimizni etmadingku.Darsdan keyin borsak bo'lmasmidi? Qiz:Yo'q,hozir borishimiz zarur.Keyin kech bo'ladida. Yigit:Hop.Mayli, sazayiz o'lmasin. Tohir,Zuhrani bitta o'ram qilib,beliga tushib turgan sochidan sekingina tortib qo'ydi.Zuhra unga qoshlarini chimirib qarab qo'ydi.Tohir hech narsadan xabari yo'qdek boshini u yon bu yonga qaratib,beparvo xushtak chalardi.Qiz yigitga jilmayish bilan cheklandi. Oppoq gilam kabi to'shalgan qorli ko'chalardan yura- yura Zuhra aytgan manzilga yetib kelishdi.Ular hali qurib bitmagan 9 qavati uylar oldida to'xtashdi.Atrofda odam siyrak.Bino to'siq bilan o'rab qo'yilgan.Quruvchilar ham ko'rinmasdi.Yigit qizga savol nazari bilan qarardi. Qiz:Mana yetib keldik.Yuring,tepaga ko'tarilamiz! Yigit:Zuhra isitmang yo'qmi?Man quruvchi emasman. Qiz:Qiziq gaplarni gapirasizda.Man sizi quruvchisiz dedimi? Vaqt ketyapti.Ketdik.Tepaga chiqamiz. Yigit:Zuhra manga bu joylar yoqmepti.Yur qaytamiz. Qiz yigitga quloq solmadi.Uni qo'lidan tutib binoga olib kirib ketdi. Zuhra zinapoyalardan shoshilib chiqardi.Tohir esa atrofga olazarak qarab qizning ortidan ergashardi.Bino ichi to'la bitmagan.Xonalarning eshik-romlari ham qo'yilmagan edi.Chamasi 7-qavatda ular to'xtashdi.Ikkisi ham chuqur-chuqur nasaf olardi.Zuhra asta qadamlar bilan o'ng tomondagi xonaga kirib bordi.Tohir unga yana ergashdi.Zuhra ochiq oyna ro'parasida quloch ochib,ko'ksi to'lib nafas oldi.Uning ko'z oldida keng osmon,oppoq bulutlar,purviqor tog'lar turardi. Qiz:Qanotim bo'lsayu,osmonlarga uchib ketsam,pardek bulutlar qo'ynida uxlasam...qo'llarini samoga tutgancha orzu qildi. Yigit qizning ortidan kelib,keng yozib turgan qo'llaridan tutdi. -Biz "Titanic"damiz dedi,qulog'iga pichirlab. Qiz "hop Jack", dedi kulib. Yigit:E qanaqa Jack.Man Tohirman.Agar bilsang Tohir va Zuhralarni ham "Titanic" dek bo'lmasa ham qayig'i bo'lgan. Qiz yigitning gaplarini eshitib sevinib ketdi.U asta ko'zlarini yumib,o'zini bo'sh qo'ydi. Qiz:Tohir, qarang!Dengiz! Yigit:Zuhra,ko'zlarimga qum kirib ketvoti.Orol dengizi qurib qobti shekilli? Qiz:Issiq cola,salqin perashqe. Xonada kulgi ovozi ko'tarildi.Ularning kulgusi uzoqlarga aks-sado bo'lib urila boshladi.Kulgidan ko'zlari yashlangan Zuhra biroz jim qoldi.Tohirning chaqnab turgan ko'zlariga uzoq qaray olmadi.Ko'zlarini tezda olib qochdi.Yuragi allanechuk hapqirib ketdi.Tohir unga bir- ikki qadam yaqinroq keldi.Issiq qo'llari bilan Zuhraning sovqotgan qo'llarini mahkam tutdi. Qiz:Qo'llarizni issiqligini... Yigit:Sevgi to'la qalbimga o'xshidide. Qiz:Maniki nimaga muzde? Yigit:Mani qo'llarimni sog'ingan... Qiz:Xoo yoqmi qosin.(qo'llarini tortvolib) Sizga faqat shunaqa gap bo'lsa. Yigit:O'zinam manga chiroyli qaramaginde (dedi,jilmayib.) Qiz:Bu yerga sizni nimaga olib keldim bilasmi? Yigit:Bilmiman? Qiz:Yaqinroq keling dedi, qo'li bilan imlab.Yigit ochiq oyna labiga asta suyandi. -Endi pastga qarang! Yigit avval tabassum qilib turgan Zuhraga keyin pastga qaradi.Qaradiyu baxtiyorligidan baqirib yubordi.Zuhrani quchoqlab "rahmat", "rahmat" deb yuzidan o'pib oldi. Qiz:Ey qo'yvoring!Bu nima qilganiz? Ko'rganlar nima deydi?Uyat emasmi? Yigit:Hech kim yo'q-ku. Qiz uyalib ketdi. Yigit ko'zlariga ishonmay, qayta pastga qaradi.U yerda oppoq qorga katta yurak chizilgan, uning ichiga bilinar bilinmas, "Tohir sizni SeVaMaN" deb yozib qo'yilgan edi. Добавлено (15.09.2013, 02:14) --------------------------------------------- Qiz:Tohir aka, Tug'ilgan kuniz bilan.Umriz chinor daraxtidan ham uzoq bo'lsin. Yigit:Rahmat Go'zalim.Chinordek umrimning ildizi san. Ilk bora qilgan izhoring umrimdagi unitilmas sovg'a bo'ldi... Qiz:Voy unitib qo'yibman-ku. Yigit:Nimani?(hayratlanib) Qiz:Sovg'anida.Shu so'zni aytmaganizda umuman esimga kelmasdi. Qiz gapira turib,sumkasidan qora qutichani oldi.Bir tomoniga did bilan band o'ralgan qutichani ochib,yigitga yaqin bordi. Qiz:Qo'lizni bering! Yigit:Zuhra,bu so'zni man etishim keregov.Voxli dib yurgan ekanmande Qiz:Nima?Yana shu hazilizi boshladizmi? Aytganimni qiling!(dedi jiddiylashib) Yigit qo'lini biroz havoda tutdi.Qiz uning qo'liga bejirim soatni taqib qo'ydi.Yigit qo'liga biroz jim termulib qoldi.Xayolidan turli xil fikrlar o'tdi.So'ng,qizga samimiy tashakkur bildirdi. Qiz:Bu soat sevgimiz ramzi.Uning har bir yurib turgan millari muhabbatimizni dukillab turgan yuragi.To'xtab qolmasin hop?! Yigit o'ychan "hop" deb qo'ydi.Qiz bunga ahamiyat bermadi.U o'zini unutgan behad baxtiyor edi.Xayolidan "yana nima qilsam ekan?" degan o'y o'tardi. Qiz bir to'xtamga keldi.Oshiqqancha ochiq oyna labiga chalqancha o'tirib oldi. Yigit:Nima qivossan?U yer xatarli.Tur o'rningdan! Qiz:Qo'rqmang!Hech ham xatarli emas.Undan ko'rasi telefonimdan mani rasmga oling.Jivoy orqa fon to'g'rimi? Bu bugungi kun uchun estalik. Yigit:O'zini rosa yaxshi ko'rasande.Bo'pti rasmga olaman.Faqat o'zimi telefonimga.Manda rasming yo'q.Sani sog'insam termulib o'tiraman. Qiz:Mayli,roziman. Shu maxal pastki qavatdan odamlarning ovozi kela boshladi.Ularning qadam tovushlari borgan sari yaqinlashardi.Bu Zuhra taxmin qilgandek,quruvchilar edi. Yigit:Zuhra,tur!Ketdik.Biron joyga yashinib,sekin qochamiz.Tur,turaqol! Qiz:E yo'q,avval rasmga oling.Bo'ling tezroq. Yigit:Topgan vaqtini qara.Hozir,hozir. Yigit telefonini olib,kamerani bosdi.Telefon yuzida Zuhra ko'rina boshladi...Quruvchilar ular turgan qavatga ko'tarilishgandi.Tohir hovliqib turgan joyida zina poya yo'lakchasiga boqgan ham edi,qulog'iga "AAAAAAAA" degan,qichqiriq eshitildi...Tohir sekin ovozda Zuhra dedi.Ovoz kelgan tomonga shart burildi.Oyna labida o'tirgan Zuhra g'oyib bo'lgandi.Tohir qo'lidagi telefonini tashlab yubordi... yugurib,ochiq oynadan pastga qaradi.Qiz katta qilib chizilgan yurak ichida katta-katta ko'zlari bilan kiprik qoqmay Tohirga qarab turardi.Tohir shu zahoti muzlab qoldi.U nafas ham olmas edi.Faqat oyna labida turgan qo'llari qaltirab ketardi.Bir soniyada qizning tanasidan qon sizib chiqdi.Oppoq qorga chizilgan Yurak qonga to'lib borardi. Tohirni xushi o'ziga kelib,binoni larzaga soluvchi ovoda chinqirdi: YO'O'O'Q,ZUUUHRAAA...! Tohir xonadan otilib chiqib,zinapoyalardan ko'tirilib kelayotgan odamlarni yorib o'tdi.Yugurardi,yugurardi...Qadamlari og'ir og'ir urilardi...Vujudi,yuragi,bo'g'zidan otilayotgan har bir nafasida birgina so'z:Yo'q...yo'q e Xudo... Oltinchi qavat... Beshinchi... To'rtinchi... Uchinchi... Ikkinchi... Birinchi qavat so'nggi zina...Tog'rida chiqish... Bosolmadi so'nggisini.Yigit devorga suyanib sirg'alib yerga tushdi.Tishini tishiga qo'ydi.Ko'zlaridan yosh otilib chiqa boshladi. -Ishonmiman.Bu tush.Yo'q,yo'q u tirik. Boshini zarb bilan devorga tinmay urar tili u dilida birgina umid...birgina so'z -Bu tush.U tirik. Yer,atrof aylanar,Tohirning peshonasidan oqayotgan qon tomchilab-tomchilab yer bag'rida qotib qolardi. Yigit hech kimni eshitmas,quloqlarida,lablarida bir qo'shiq shivirlardi... O'n sakkiz ming olamda, Sarson bo'lgan oshiqlar... Добавлено (15.09.2013, 02:19) --------------------------------------------- Fotima:Ko'nglim g'ash.O'zimi biram noqulay qis qivoman.Dars ham rossa cho'zildide.Uni ustiga diqqinafas bo'p o'tiriman.Miq etsen sezadiya...Ufff...Xudoga shukur.Odatga aylangan.Dadam "uf dima qizim,Xudoga shukur digin"deb uqtirganlari refleks bo'p qogan. Qiz chuqur xo'rsinib biroz yengillashdi. -Ko'zim uchvoti,yaxshilikka bo'lsinda.Uch marta kaftini o'pib ko'zini silab qo'ydi. -Nega shunaqa qilarmikinmiz a?! Bilmiman.Opam shunaqa qilsalar ajablanardim."nega unday qilasiz",deb so'rasam "shunaqa qilish kerak"der edilar.Manimcha,o'zlari ham bilmasalar kerak.Bu ham qanadir shartlimiyey refleksde. O'zi yuragim g'ash.Dard ustiga chipqon qilib boshimi qotirib o'tiribman.O'zimga o'zim gapirib o'tirishimam jonga tegdi. Qiz avval partadoshiga, so'ng kursdoshlariga birma-bir qarab chiqdi. -Hammani fikr xayoli darsda.Munchayam aqlli bo'lishmasa,Lelin kallalar. Qiz o'zini gapidan o'zi kulib yubordi.Kechagi hangoma yodiga tushdi. Tarix darsi edi.Shu paraga kelganda,guruh davomati 100% bo'ladi.Juda talabchan bo'lgani bilan o'ta hazilkash Asfandiyor, ularga shu fandan dars berar edi.Uning aytishicha,dars mobaynida bolaga tinmay leksiya o'qish,uni shu fandan tamoman bezdirishga olib kelar ekan.Shu sababdan u o'z uslubiga ko'ra mavzuni kuldirish bilan o'quvchi ongiga singdirar ekan.Yana kim bilsin deysiz. Uning hech kimnikiga o'xshamagan hangomalari,yuz mimikalari hammaga birdek kulgili edi. Bu o'qituvchi Zuhrani juda bir bo'lakcha yaxshi ko'rardi.Qizlardan ko'proq Zuhrani jig'iga tegardi.Lekin Zuhra ham hech bo'sh kelmasdi. Zuhrani "Polvon" deb chaqirardi.Qiz bolaga nisbatan berilgan bu ta'rif, ko'z oldingizda beo'xshov gavdani nomoylaydi.Ammo Zuhra ustozi aytganchalik "Polvon"lardan emasdi.Oppoq yuzli,g'uncha labli,xumo ko'zli go'zallardan edi u.Zuhraning o'tkir nigohlari manaman degan yuraklarga cho'g' bosgan. G'ururi baland,mag'lubiyatni bilmasligi,hech kimga bosh egmasligi esa "Polvon"deyilishiga sabab. Ustozi "Polvon" deguncha Zuhraning ham javobi tayyor:Labbey "Aleks". Fotima:"Garbacho'p! Foti, kal boshidan bitta o'p"mush. Sinfda gur etib kulgu ovozi ko'tarildi.Fotima biroz gangib qoldi."nimanidir eshitmi qoldim shakilli",deb o'yladi avvaliga.Qarasa hamma uni ustidan kulyapti.Keyin tushundi.Hozirgi ustozi aytgan gapni yuzida aytib yuborgan edi.Qiz labini tishlab,yuzini berkitib,xumoridan chiqqancha kulib oldi. O'qituvchi:Zuhra chalg'imang.Fotima xafa bo'lib qolmasin.Bunday hazillar zilga aylanishi hech gap emas. Xonada yana kulgu ovozi ko'tarildi. -Ustoz,bu Fotimaku.U o'zini ustidan prikol tashavoti. O':Iye shundaymi?eh Fotima tushmagurey.Zuhra nega shaddod desam,shunday opasi bor ekanda.(dedi kulib) Fotima kulgidan o'zini to'xtatolmasdi."Bugun katta qovun tushurdim"dedi past ovozda yuzlari qizarib. Hayot qiziq.Bir lahzada o'zgarib qolishi undanda qiziq.Ba'zida kulishgayam qo'rqasan chunki shu kulgi ortida ko'z yosh bo'lar ekan... Yomon xabar tez tarqaladi deyishadi.Rost ekan.Qo'ng'iroq chalingach talabalar o'rtasida mish-mish yashin tezligida tarqaladi.Biri dugonasiga aytsa,boshqasi yana kimgadir...Ajablanarlisi shu mish- mishlar haqiqatga yaqin bo'ladi. Pokiza:Qizlar eshitilarmi? Nigora:Yana qanaqa gap topib kelding? Pokiza:9-avtobus to'xtidigan bekat tomonda qurilish bo'votgandi ko'rganmidilar?do'mlar qurishvotudiku Fotima:ha, ko'rganman.O'sha tomondan uyga qaytamiz.Kechayam o'tib ketdik.Rosaliyam baland qurishvoti. Pokiza:qaysidir qavatidan bir qiz o'zini tashavoribdi.Nasmert o'libdi.Etishlaricha suyaklari maydalanib ketibdi. Fotimani yuragi allanechuk "jig'" etdi.Vujudini muzdek ter bosdi. Nigora:O'zinam sovuq,xabarinam sovuq.Darsda edingku qattan eshita qolding.Ensami ko'chasiga Pokiza:Ana bollardan eshitdim.Ishonmasez ishonmen.Manga ne farkuyet. Qizlar tilida eee bo'magan gap deyishsada,ichlarida bu gapga ishonishardi. Добавлено (15.09.2013, 02:29) --------------------------------------------- Nigora:Manga farkuyet "BBC"xon.Ko'rmasdan,bilmasdan har baloni gapirurmidi. Pokiza:Tushunmadim.Nimaga mendan alamizi olasiz?Men bor narsani gapirdim.Alaq-valaq gaplarni gapirib yurmiman.Hhmm tovba... Qiz mahorat bilan ko'zlarini suzib,lablarini burdi. Nigora:Shu gapim rost divossande a?Man isbotsiz mamniqa quru gaplarga ishonmiman. Pokiza:Sizga ishoning demadim.Bu sizi problemayiz. Qizlarni gap talashishlari Fotimaga yoqmay borardi.Ustiga ustak yuragidagi g'ashlik tarqay demasdi. Nigora:Problemani san ochding.Endi uni birga hal qilamiz.Ming martda eshitgandan,bir marta ko'rgan avzal.Agar quru gap bo'sa BBClik lavozimingni yig'ishtirib,mandan uzur so'risan. Pokiza ikkilandi,o'ylandi biroz cho'chidi ham lekin past kegisi kemadi. -Mayli,borsak boruramiz.Agar meni gapim rost chiqsa,iste'dodimga tan berib,siz mendan kechirim so'raysiz. Nigora:Iste'dodmish.Ensami ko'chasiga. (dedi soxta jilmayib) Fotima nimagadir e'tiroz bildirmadi.Uni maqsadi biroz toza havoda aylanib kelish edi.Baxtsiz hodisa,isbotmi?quru gapmi bu narsalar ko'ngliga sig'masdi. Fotima:Ketadigan bo'lsak Zuhraga qo'ng'iroq qilay,birga ketamiz.Man boshqa qaytib kemiman uyga ketaman to'g'ri. Pokiza:Ikki yoshni ayiradigan bo'ldiz Fotima kulib qo'ydi va qo'ng'iroq qila boshladi. Siz qo'ng'iroq qilayotgan abanent xizmat ko'rsatish doirasidan tashqarida. Call has been... Fotima qizilni bosdi. -O'chiq. Nigora:Pixini yorgan qizde shu Zuhra (ayyorona qarab) Pokiza:Nima qilamiz? Nigora:Boramiz.Borgach bir iloj qib uni ham chaqiramiz.Tezroq bormasak,skori ob ketgan dib qomasin tag'in. Pokiza qovog'ini uydi,lekin indamadi.Fotimaga taklif maqul keldi. Qizlar kollejdan chiqib,avtobusga o'tirishdi.Qorli uzun yo'llardan manzil tomon yo'l olishdi. Umr.Nimaga o'xshaydi u?Shamga.Yonib turgan shamga.Birgina uchqun mo'jizaga qodir...Shu uchqun yonganda tug'ilmoq,o'chganda o'lmoq kerak.Boqiy dunyoda boqiy yonmoqlik uchun.Men bir inson umrini tasvirladim.Lekin hayotimizda dunyoga bir vaqtda ketma-ket tashrif buyurguvchilar bor.Egizaklar deymiz ularni.Teng taqsimlangan olmaning 2 palasidek ular.Ammo umr ularga teng taqsimlanmas ekan.Bir shamda 2 ta rishta,2ta uchqun.Bir uchqun o'chmoqligi ba'zida taqdiri azaldan.Bir bo'lak yashamoqligi uchun. *** Avtobus chorrahada to'xtadi.Qizlar piyodalar yo'lakchasiga o'tib olishdi.Pokiza atrofga tezda nazar tashladi.Moshinalar tirband.Yo'lovchilar siyrak.Hamma bir yo'lakdan ketardi.Kimdir kuzatib,kimdir odamlar orasiga qo'shilardi.Bino atrofida odamlar doira shaklida hayratdan lol turishardi. Fotima yuragi judayam tez urardi.Oyoqlari o'ziga bo'ysunmas,tanasida kuchli og'riq sezar edi. Nigora:Voy Xudoyim gaping rostga o'xshaydi. Pokiza:Ana aytmagandimi? Nigora:E nafasingayam.Yaxshi gapga ham yomon gapga ham farishtalar omin deydi.Bilmaysanmi? Pokiza:Buni meni gapimga nima aloqasi bor.Meni ayblashni bas qiling.O'zimam qo'rqib ketyapman.Undan ko'rasi ketaylik bu yerdan. Nigora:Nima bo'lgan ekana? Qiz Fotimaga qaradi.U yengil qadamlar bilan jim ketardi. -Qayerga ketvoti u? Pokiza:O'sha yerga boryaptimi? Fotima qayerga ketyapsiz?Bormang u yerga!Yaxshi emas.Tushlarizga kirib,vos- vos bo'lib qolmang tag'in.Hoy Fotima? Nigora:Fotima?To'g'ri etvoti.(dedi baqirib) Fotima ortiga burilib qaradi,ko'zlari ma'nosiz,yuzlari bir zumda horg'inlashib qolgan edi. Qizlar undagi o'zgarishni sezishdi.Fotima lom-lum demay yana yo'lda davom etardi. 20 qadam... 15qadam... 10qadam... Fotima:Ohh yuragim...Og'riq.Oyoqlarim nega bu yerga kevoman?Ko'zlarim kimni ko'rmoqchi?Qo'rqaman.Yo'q bormayman.Uyga ketaman.Mazzam bo'lmayapti shekilli.Qiz ortiga o'girildi.Yana to'xtadi. Qizlar uni kuzatishar,ajablanishar edi. Nigora:Yurchi!Chetdan sekin kuzatib o'tamiz. Pokiza:Mayli,lekin men silarni chetroqda kutib turaman.Qo'rqaman. Nigora:Bo'pti,yur.Poti to'xtab qoldimi? Qo'rqdiyov... Pokiza:Ha.Negadir bugun boshqacharoq.Zuhrasiz o'zgarib qolarkana. Nigora:Bitta odamdekde ular.Bir-birini juda tez sog'inadi shekilli.Eh maniyam egzagim bo'sa edi. Pokiza:Nigora yaxshiyam egizagiz yo'q.Bo'lmasa men nima qilardim-a? O'ylashgayam qo'rqaman.O'zi kichkinaginaman.Yeb bitirarmidilar. Nigora:Kamroq gapirsang,shunaqa chitte bo'masmiding. Pokiza:Har gapizda chimchilab olevarar ekansizda.Hayratki baxtizga men borman.Yo'qsa jaxliz chiqqanda portlab ketarmidiz. Fotima:Arosatda qolib ketdim.Bir yuragim "bor",deydi.Bir qarasa,"borma,qayt",deydi.Nima qilay? Qizlar ham kelishyaptiku.Balki tanirman.Astofirilloh.Nimalar divoman o'zi? Ming xayolga borib o'tiramanmi?Boraman! Uzoroqdan nazar tashlab qo'yaman. Qiz doira bo'lib turgan odamlar ortidan aylanasiga yura boshladi.Tepadan qarolmadi.Pastlab kuzatdi.Ko'zlari qorga singib ketgan qonga tushdi.Tanasini muzdek ter qopladi.Ko'zlarini olib qochdi.Astalik bilan yaqinroq kuzatdi.Qora etik,oyoqlari qandaydir qiyshayib ketgan.Qiz qo'rqanidan labini tishladi.Aylanasiga yana yurar ekan qizning qor ustida yotgan qo'lini ko'rdi.Qimir etmasdi.Qiz yana oldinga harakatlandi.To'xtadi.Qo'llariga yana qaradi.Bilagidagi munchoqni ko'rdi.Qiz shoshilib qoldi.Yuragini qandaydir qo'rquv egallar edi.Sinchikovlik bilan qaramoqchi ham edi,ro'parasini kimdir to'sib qo'ydi.Tez-tez yurib,aylandi.Qaradi,qaradi ko'rdi... -Z...zzz...u...uuu...x...hh...rrr...aa..a. Qizning shu bir nafasida vujudi ham so'zlab yubordi go'yo.O'g'ir,bazo'r nafas oldi.Ko'zlarini uzolmasdi.Sochlari,qulog'i,yuzi,qora holi.Nigohlari osmonda.Ko'zlari ochiq.Kipriklari yoyilgan... Добавлено (15.09.2013, 02:29) --------------------------------------------- Nigora:Manga farkuyet "BBC"xon.Ko'rmasdan,bilmasdan har baloni gapirurmidi. Pokiza:Tushunmadim.Nimaga mendan alamizi olasiz?Men bor narsani gapirdim.Alaq-valaq gaplarni gapirib yurmiman.Hhmm tovba... Qiz mahorat bilan ko'zlarini suzib,lablarini burdi. Nigora:Shu gapim rost divossande a?Man isbotsiz mamniqa quru gaplarga ishonmiman. Pokiza:Sizga ishoning demadim.Bu sizi problemayiz. Qizlarni gap talashishlari Fotimaga yoqmay borardi.Ustiga ustak yuragidagi g'ashlik tarqay demasdi. Nigora:Problemani san ochding.Endi uni birga hal qilamiz.Ming martda eshitgandan,bir marta ko'rgan avzal.Agar quru gap bo'sa BBClik lavozimingni yig'ishtirib,mandan uzur so'risan. Pokiza ikkilandi,o'ylandi biroz cho'chidi ham lekin past kegisi kemadi. -Mayli,borsak boruramiz.Agar meni gapim rost chiqsa,iste'dodimga tan berib,siz mendan kechirim so'raysiz. Nigora:Iste'dodmish.Ensami ko'chasiga. (dedi soxta jilmayib) Fotima nimagadir e'tiroz bildirmadi.Uni maqsadi biroz toza havoda aylanib kelish edi.Baxtsiz hodisa,isbotmi?quru gapmi bu narsalar ko'ngliga sig'masdi. Fotima:Ketadigan bo'lsak Zuhraga qo'ng'iroq qilay,birga ketamiz.Man boshqa qaytib kemiman uyga ketaman to'g'ri. Pokiza:Ikki yoshni ayiradigan bo'ldiz Fotima kulib qo'ydi va qo'ng'iroq qila boshladi. Siz qo'ng'iroq qilayotgan abanent xizmat ko'rsatish doirasidan tashqarida. Call has been... Fotima qizilni bosdi. -O'chiq. Nigora:Pixini yorgan qizde shu Zuhra (ayyorona qarab) Pokiza:Nima qilamiz? Nigora:Boramiz.Borgach bir iloj qib uni ham chaqiramiz.Tezroq bormasak,skori ob ketgan dib qomasin tag'in. Pokiza qovog'ini uydi,lekin indamadi.Fotimaga taklif maqul keldi. Qizlar kollejdan chiqib,avtobusga o'tirishdi.Qorli uzun yo'llardan manzil tomon yo'l olishdi. Umr.Nimaga o'xshaydi u?Shamga.Yonib turgan shamga.Birgina uchqun mo'jizaga qodir...Shu uchqun yonganda tug'ilmoq,o'chganda o'lmoq kerak.Boqiy dunyoda boqiy yonmoqlik uchun.Men bir inson umrini tasvirladim.Lekin hayotimizda dunyoga bir vaqtda ketma-ket tashrif buyurguvchilar bor.Egizaklar deymiz ularni.Teng taqsimlangan olmaning 2 palasidek ular.Ammo umr ularga teng taqsimlanmas ekan.Bir shamda 2 ta rishta,2ta uchqun.Bir uchqun o'chmoqligi ba'zida taqdiri azaldan.Bir bo'lak yashamoqligi uchun. *** Avtobus chorrahada to'xtadi.Qizlar piyodalar yo'lakchasiga o'tib olishdi.Pokiza atrofga tezda nazar tashladi.Moshinalar tirband.Yo'lovchilar siyrak.Hamma bir yo'lakdan ketardi.Kimdir kuzatib,kimdir odamlar orasiga qo'shilardi.Bino atrofida odamlar doira shaklida hayratdan lol turishardi. Fotima yuragi judayam tez urardi.Oyoqlari o'ziga bo'ysunmas,tanasida kuchli og'riq sezar edi. Nigora:Voy Xudoyim gaping rostga o'xshaydi. Pokiza:Ana aytmagandimi? Nigora:E nafasingayam.Yaxshi gapga ham yomon gapga ham farishtalar omin deydi.Bilmaysanmi? Pokiza:Buni meni gapimga nima aloqasi bor.Meni ayblashni bas qiling.O'zimam qo'rqib ketyapman.Undan ko'rasi ketaylik bu yerdan. Nigora:Nima bo'lgan ekana? Qiz Fotimaga qaradi.U yengil qadamlar bilan jim ketardi. -Qayerga ketvoti u? Pokiza:O'sha yerga boryaptimi? Fotima qayerga ketyapsiz?Bormang u yerga!Yaxshi emas.Tushlarizga kirib,vos- vos bo'lib qolmang tag'in.Hoy Fotima? Nigora:Fotima?To'g'ri etvoti.(dedi baqirib) Fotima ortiga burilib qaradi,ko'zlari ma'nosiz,yuzlari bir zumda horg'inlashib qolgan edi. Qizlar undagi o'zgarishni sezishdi.Fotima lom-lum demay yana yo'lda davom etardi. 20 qadam... 15qadam... 10qadam... Fotima:Ohh yuragim...Og'riq.Oyoqlarim nega bu yerga kevoman?Ko'zlarim kimni ko'rmoqchi?Qo'rqaman.Yo'q bormayman.Uyga ketaman.Mazzam bo'lmayapti shekilli.Qiz ortiga o'girildi.Yana to'xtadi. Qizlar uni kuzatishar,ajablanishar edi. Nigora:Yurchi!Chetdan sekin kuzatib o'tamiz. Pokiza:Mayli,lekin men silarni chetroqda kutib turaman.Qo'rqaman. Nigora:Bo'pti,yur.Poti to'xtab qoldimi? Qo'rqdiyov... Pokiza:Ha.Negadir bugun boshqacharoq.Zuhrasiz o'zgarib qolarkana. Nigora:Bitta odamdekde ular.Bir-birini juda tez sog'inadi shekilli.Eh maniyam egzagim bo'sa edi. Pokiza:Nigora yaxshiyam egizagiz yo'q.Bo'lmasa men nima qilardim-a? O'ylashgayam qo'rqaman.O'zi kichkinaginaman.Yeb bitirarmidilar. Nigora:Kamroq gapirsang,shunaqa chitte bo'masmiding. Pokiza:Har gapizda chimchilab olevarar ekansizda.Hayratki baxtizga men borman.Yo'qsa jaxliz chiqqanda portlab ketarmidiz. Fotima:Arosatda qolib ketdim.Bir yuragim "bor",deydi.Bir qarasa,"borma,qayt",deydi.Nima qilay? Qizlar ham kelishyaptiku.Balki tanirman.Astofirilloh.Nimalar divoman o'zi? Ming xayolga borib o'tiramanmi?Boraman! Uzoroqdan nazar tashlab qo'yaman. Qiz doira bo'lib turgan odamlar ortidan aylanasiga yura boshladi.Tepadan qarolmadi.Pastlab kuzatdi.Ko'zlari qorga singib ketgan qonga tushdi.Tanasini muzdek ter qopladi.Ko'zlarini olib qochdi.Astalik bilan yaqinroq kuzatdi.Qora etik,oyoqlari qandaydir qiyshayib ketgan.Qiz qo'rqanidan labini tishladi.Aylanasiga yana yurar ekan qizning qor ustida yotgan qo'lini ko'rdi.Qimir etmasdi.Qiz yana oldinga harakatlandi.To'xtadi.Qo'llariga yana qaradi.Bilagidagi munchoqni ko'rdi.Qiz shoshilib qoldi.Yuragini qandaydir qo'rquv egallar edi.Sinchikovlik bilan qaramoqchi ham edi,ro'parasini kimdir to'sib qo'ydi.Tez-tez yurib,aylandi.Qaradi,qaradi ko'rdi... -Z...zzz...u...uuu...x...hh...rrr...aa..a. Qizning shu bir nafasida vujudi ham so'zlab yubordi go'yo.O'g'ir,bazo'r nafas oldi.Ko'zlarini uzolmasdi.Sochlari,qulog'i,yuzi,qora holi.Nigohlari osmonda.Ko'zlari ochiq.Kipriklari yoyilgan... Добавлено (15.09.2013, 02:49) --------------------------------------------- Fotima majolsizlanib borardi.Tizzalari sekin bukilib,qorga bosildi.Qo'llari qor yuzida muzlab qolayotgandi.U o'zini unutgan,ko'zlari Zuhradan uzilmasdi. Qizning murdasi atrofida 3-4ta militsiya tekshiruv o'tkazib,suratga olayotgan edi.Chetroqda quruvchilar boshqa birlariga ko'rgan,bilganlarini tushuntirashar edi.Sur'atga olib bo'lishgach ulardan biri Zuhraning jasadi ustiga oq mato yopib qo'ydi.Tez yordam moshinasining ovozini eshitgan odamlar tezda tarqalishdi.Ayrimlar u yoq bu yoqdan kuzatib turaverishardi. -Nomaqbul ishni qilishadide,o'zlarini osishadi,tepadan otishadi. -Voy bechara judayam yosh ekan.Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. -Bunaqalar Allohga shirk keltirganlar.Ular gunohkor bo'lishadi. -Tavba deng. Nigora:Potimi u? Pokiza:Ha,u yuring tezroq! Fotima oq matoni yopgach o'rnidan qo'zg'aldi... Davomi bor... Nilufar www.sayyod.uz/forum/25-732-8#425864
Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
|
|
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 29.09.2013, 18:19 | Сообщение # 4 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Davom eting)
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Nilufar_93 | Дата: Вторник, 08.10.2013, 20:09 | Сообщение # 5 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Статус: Offline
| Davomi... Qizning dugonalari uni o'rnidan turib,qayerga ketayotganini faxmlashdi.Ammo ular hali hanuz hech narsani tushunib yetishmagan edi. Pokiza:Fotimaga nima bo'ldi? xavotirlanib so'radi. Nigora:Bilmadim...O'ychan javob berdi. Poki,san shu yerda qol. Nigora dugonasini tashlab Fotimani ortidan yetib keldi.Yelkasiga qo'l tashlab,uni so'roqladi."O'rto,tuzumisan?".Qiz yelkasini bir siltab,beparvo oldinga intildi.U arang qadam tashlar,qo'llarini kuchli qaltiroq bosib,tez-tez nafas olganidan og'zidan bilinar bilinmas bug' ko'tarilar,ko'z yoshlari yuzlarini alamli sizib o'tar, so'ng tomchi yoshlari lablarin sohillariga quyilib,ularni quydirar di.Qizning oyoqlari ostida yastanib yotgan oppoq qorlar ham bir zumda toshga aylangandek har qadamda unga og'riq berardi. Fotima to'siq ostidan sekingina o'tib,Zuhraga yaqin bordi.Yoniga o'tirdi.Matoni paypasladi.Matoning bir yonidan Zuhraning qo'li ko'rinib turardi.Fotima Zuhraning qo'lini barmoqlari uchida silab,matoni biroz tepaga surdi.Munchoq.Zuhraning va Fotimaning qo'llarida bir xil munchoqlar.Fotima matoni tezda yopib qo'ydi.Ko'zlariga ishondi.Qiz qo'llari bilan lablarini mahkam berkitib,unsiz dodladi.Qizni ko'rgan militsiya xodimi yugurib kelib,uni qo'lidan tortib o'rnidan turgazmoqchi bo'ldi. -Singlim,turing.O'zizni qo'lga oling,iltimos. -Yo'q...yo'q!Qo'yvoring qo'limni.Keting. Zuhra...Zuhra, singlim.Nega unday qilding?Axir,kelaman deb ketgan edingku.Nega bu yerlarda yotibsan.Mani tashlab ketma.Opamga nima diman.Zuhra.Adamni ko'ziga qanday qarayman. Qo'limni qo'yvoring didim.Tegmang manga.Boring,keting. Xodim qizni bir amallab turgazdi.Fotima matoni mahkam siqib, o'ziga tortdi.Fotima ko'zlarini nim yumgancha jonsiz,qimir etmay yotgan Zuhrani ko'rdi.Militsiya xodimi xayratdan qizni qo'yib yuborganini ham bilmay qoldi.U bir xil chehralarni ko'rib,tili kalimaga kelmas edi.Egizaklar ekanligini bilgach ko'zlari bexosdan yoshlanib ketdi.Necha yillardan beri bundan baxtsiz hodisalarni ko'raverib,medasi qotib ketgan bu xodim qarshisidagi holatga birinchi bor duch kelgandi.
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Среда, 09.10.2013, 01:51 | Сообщение # 6 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Exx afsus
|
|
| |
Sokina | Дата: Суббота, 26.10.2013, 10:36 | Сообщение # 7 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Davom eting.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Nilufar_93 | Дата: Воскресенье, 03.11.2013, 17:07 | Сообщение # 8 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Статус: Offline
| Davomi. Militsiya xodimi ortiq o'zini tutib turolmadi.Bir ikki qadam ortga chekinib,to'siqdan chiqib ketdi.Fotima singlisini ko'rgach jim bo'lib qoldi.Huddi begonalardek g'oyibdan unga qarab turardi.Zuhraning ko'm ko'k lablari orasidan yuziga quyilib oqqan qon qorga tomchilay-tomchilay qotib qolgandi.Ko'zlari opamga oxirgi bor to'yib olay degandek nim yumiq Fotimaga qadalab turardi.Fotimadan 3,4 qadam ortda turgan qizlar hayratdan yoqa ushlab turishardi.Ular hayot va mamot oralig'i bir nafas ekanligini birinchi marotaba ko'rib turishardi. Fotima Zuhraning yuzini silab,unga boshdan oyoq razm soldi-yu tezda ko'zini olib qochdi.Qo'rqdi.Yuragi uvishib ketdi. -Oppoq libos kiyamiz bir kunda.Ostonamiz tark etamiz...bir kunda.Kelin salom bo'lganda ikkimiz teng bukilsak...judayam zo'r bo'ladi.Bir tomchi suvdek o'xshash kelinchaklar deyishadi bizni.Oq libos manga juda yarashadi.To'g'rimi? -Ha,oq ko'ylak jamiki qizlarga yarashadi. -Fotima sansiz yasholmasam kerak a? -Manam sanga juda o'rganib qolganman. -Kel unda Xasan Xusanlarga turmushga chiqamiz. -Gazetaga e'lon beramizmi? -Nima qilamiz e'lon berib,maktabimizda borku. -Haya... -Faqatchi Foti, adashtirib qo'yish yo'q. -Unda peshonasiga ismini yozib qo'yaman. Fotima quloqlarida Zuhraning shataloq otib kulayotgan ovozi yangrardi.Xushini yig'ib Zuhraga mayus ko'zlari bilan qarab shivirladi. -Sanga oq libos yarashadi.Ha,ha juda yarashardi.Lekin...lekin oq kafan emas.Bu dahwatli mato emas...
|
|
| |
Mirzoxid | Дата: Понедельник, 04.11.2013, 15:02 | Сообщение # 9 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Статус: Offline
| :-|
Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
|
|
| |
Loading | Дата: Воскресенье, 08.12.2013, 00:40 | Сообщение # 10 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Xmmm! Ham jaxlin chiqadi, xam raxmin keladi. Davom etingchi, Toxir qizga sirni etadimi? Nima bo'ladi?
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Nilufar_93 | Дата: Понедельник, 16.12.2013, 00:47 | Сообщение # 11 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Статус: Offline
| Davomi Fotima xushini yig'ib olgancha tez yordam moshinasi voqea joyidan uzoqlashib borardi.Qiz avval Zuhraga so'ng moshina ortidan xavotirli qaradi.Dast o'rnidan turib,moshinani quva ketdi.Qo'llarini havoda ko'tarib,bazo'r qichqirdi: -To'o'o'xxtaaang...Iltimooosss.Singlimniyam ob keting.U...u...u o'lmaaagan.To'o'xxtttang. Fotima majolsizlanib,oyoqlari ham o'ziga bo'ysinmay borardi.Tizzalari muzlab qolgan yerga musht urib,gavdasi ham behosdan bukildi.Qo'llari go'yo ustun misol uni yerdan biroz balandroq tutib turardi.Axiyri ulardan ham quvvat ketib,qizning yuz ko'zi yer o'pdi.Sovuq bo'sa.Qizning harorati tushib,xushini yo'qotardi.Quloqlarida moshinalarning bejo dod solayotgani so'nib borardi.Nozik kipriklari bu qadar og'ir mungni ko'tarolmayman qovoqlariga bosh egdi.
|
|
| |
Mirzoxid | Дата: Воскресенье, 11.05.2014, 14:40 | Сообщение # 12 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Статус: Offline
| Bekatda qolibketdi kundalik Добавлено (11.05.2014, 13:40) --------------------------------------------- )))
Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Среда, 14.05.2014, 12:12 | Сообщение # 13 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| davomi nima bdi
|
|
| |
|