Lochinbek Erkinzoda ijodlari - Giyos/FORUM
Lochinbek Erkinzoda ijodlari
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 06.05.2013, 00:23 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Lochinbek Erkinzoda ijodlari
|
|
| |
Lochinbek Erkinzoda | Дата: Понедельник, 06.05.2013, 00:26 | Сообщение # 2 |
Группа: Qadrli mehmon
| Kechirolmayman...
Pichirlab labingda erkalasang ham, Beorom yuragim tilkalasang ham. Kechir deya asta cho'kkalasang ham Kechir jonim seni kechirolmayman...
Sen bilan xotira shirin damlarim, Eslasam qiynaydi dilda g'amlarim. Bir kam bu dunyoda o'zing kamlarim Kechir jonim seni kechirolmayman.
Begona insonni qo'lidan tutib, Osonmas yashamoq seni unutib. Shavqat chegarasin ortiga o'tib, Kechir jonim seni kechirolmayman...
Bahorim eding sen har yil takrorim, Oyog'ing ostida toptaldi orim. Ex mening vafodor xiyonatkorim Kechir jonim seni kechirolmayman...
|
|
| |
Lochinbek | Дата: Понедельник, 06.05.2013, 00:36 | Сообщение # 3 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Статус: Offline
| Men kimman?!
Duch kelgan devorga boshini urgan, Men qaysi devona bilmayman o'zim. Derazang oldida navbatda turgan, Xayolim aytadi hozir dilso'zim:
Seni uyg'onishing kutadi mushtoq Xonangdan shifosin topolmay betob Tafti ham vujuding oldida qashshoq, Sovuq qotayapti qaragin oftob.
Nurlari ko'chada seni o'ylaydi Sochingni bir bora silash hohlaydi Aslida quyoshmas seni har tongda Vaslingni sog'ingan ko'zim poylaydi.
E'tibor berdingmi kecha derazang Yomg'irlar chertkandi uyqingni buzib Aslida yomg'irmas ahvoli tarang Men edim daydigan makoning kezib
Yo'lingda doimo seni kuzatgan Maysaga bir bora nazar solib ket Aslida maysamas qo'lin uzatkan O'zimman gadoying alik olib ket
Kokiling taragan mayin shabboda G'ashingga tegadi guvohdir ko'zim Sochingdan oromin axtargan sabo Aslida shamolmas o'zimman o'zim
Oyog'ing ostida ezilgan yaproq, Ortingda qoladi baxti to'kilgan Yashashga umidi bo'lsada kamroq Shu barg ham o'zimman hazoning bo'lgan.
Ohista qadaming qo'yganda shu on. Bu zamin xis qilar seni eng ko'proq, Aslida u mening qalbimdir ishon Izlaring ko'ksida asragan tuproq!
Yomg'irin yog'dirib ko'kda to'lg'ongan Bulut ham hoyna hoy seni shaydoying Soyaboningdan ham seni qizg'ongan Bulutmas rashqimdir mening savdoyi
E'tibor berdingmi kim deya bir bor Seni deb bunchalar tinchi yo'qolgan Hamma orzulari ushalamas armon Lochinman ortingda soya bo'p qolgan...Добавлено (05.05.2013, 23:36) --------------------------------------------- Kerakmas...
Kerakmas, o'zgalar qo'limdan tutsa Kerakmas, hayoldan begona o'tsa Sirdoshim bo'lsada tunda yulduzlar Kerakmas, tonglarim uningsiz otsa Kerakmas...
Kerakmas, kutgani hech notanishlar Kerakmas, uningdek erkalanishlar O'xshamas baribir nafas olishi Kerakmas uningdek yolg'on xonishlar. Kerakmas...
Kerakmas sevgi deb aqldan tonish Kerakmas bunchalar tezda o'zgarish Bu yurak qiynalar hali ko'p bora Kerakmas uningdek mayin gapirish Kerakmas...
Kerakmas, istamas yurak o'zgani Bu tanda mador yo'q dardim yozgani Baxtiga xavasim keladi faqat Kerakmas niyat yo'q baxtin buzgani Kerakmas...
Kerakdir qalbiga mehr to'lgani Kerakdir ko'zlari sevib kulgani Men uchun kifoya faqat bir o'tinch... Kerakdir uning eng BAXTLI bo'lgani. Kerakdir...
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 06.05.2013, 00:43 | Сообщение # 4 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Juda ajoyib. Qoil. Ijodizga baraka)
|
|
| |
Lochinbek | Дата: Понедельник, 06.05.2013, 00:53 | Сообщение # 5 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Статус: Offline
| Sizga rahmat eng avvalo dostim
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Понедельник, 06.05.2013, 01:51 | Сообщение # 6 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Gap yoq Добавлено (06.05.2013, 00:51) --------------------------------------------- Kerakmas bu atvetmi))
|
|
| |
Lochinbek | Дата: Понедельник, 06.05.2013, 18:33 | Сообщение # 7 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Статус: Offline
| Da Abror bu she'riy tarzda Sardor akaga otvet disayam boladi muxammas disayam boladi Добавлено (06.05.2013, 17:33) --------------------------------------------- Ishonching uchun rahmat! (Text by Erkinzoda)
Atrofimda shuncha go'zal bo'lsa ham Bu lablarim o'zgalarga kulsa ham Sabrlaring paymonasi to'lsa ham Ishonganim ishonganing uchun rahmat
Oqshomlari uyqu tashlab ketganida, Meni kutib ko'zing yoshlar tutganida Hayolingdan shubha, gumon o'tganida Ishonganim ishonganing uchun rahmat.
Naqorat: Muhabbatim egasi Yuragimning bekasi Bu qalbimning erkasi Ishonching uchun rahmat!
Honang uzra quyosh nuri botganida Bedorlikda mensiz tonglar otganida Sog'inchlarda yurak muzdek qotganida Ishonganim ishonganing uchun rahmat
Bekitilgan tuyg'ularim senga faqat Taqdir deya sinovlarga qilgan toqat Qulog'ingga bir gapim bor chin haqiqat Ishonganim ishonganing uchun rahmat!
|
|
| |
Xusаn_uz | Дата: Понедельник, 06.05.2013, 18:51 | Сообщение # 8 |
Сержант
Группа: Talaba
Сообщений: 68
Статус: Offline
|
|
|
| |
Lochinbek | Дата: Понедельник, 13.05.2013, 03:48 | Сообщение # 9 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Статус: Offline
| Otajon (Otam hotirasiga)
Onamning ko'zidan yoshlar oqmasdi, G'am anduh har kuni eshik qoqmasdi. Taqdir yetim digan nishon taqmasdi, Agar otajonim tirik bo'lganda.
Ishongan insonim mehrin sotmasdi, Ortimdan jilmayib toshlar otmasdi. Ota deb ko'zimdan yoshlar oqmasdi Agar otajonim tirik bo'lganda
Erishgan yutug'im ko'rib turardi, Boshini ko'tarib mag'rur yurardi. O'g'lim deb yelkamdan urib qo'yardi, Agar otajonim tirik bo'lganda.
Ishongan tog'im deb suyanar edim, Madadkorligidan quvonar edim. Bir faqat otamga ishonar edim, Agar otajonim tirik bo'lganda.
Taqdir deb ketmasdi ko'ngil berganim, Muhabbat bog'ida yillab yurganim. Yorim bo'lar edi yaxshi ko'rganim, Agar otajonim tirik bo'lganda
Barcha orzularim armon bo'lmasdi, Yoq'chilik dardimga darmon bo'lmasdi. Hayotim bunchalar sarson bo'lmasdi, Agar otajonim tirik bo'lganda.
Yuragim tilmasdi o'ksik xotira, Aksim ko'rinmasdi ko'zguda xira. Kunlarim qorong'u bo'lmasdi sira Agar otajonim tirik bo'lganda.
Yo'limni topolmay hayot avjida, Oqib ketayapman umr mavjida. Sizni bugun ko'rgim kelgandi juda Agar otajonim...
Lochinbek Erkinzoda
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 13.05.2013, 15:37 | Сообщение # 10 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Ta'rifga so'zlar kamlik qilayapti. . . Ofarin.
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Вторник, 14.05.2013, 03:25 | Сообщение # 11 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Zo'r. Omad
|
|
| |
BumBumCHa | Дата: Вторник, 14.05.2013, 03:40 | Сообщение # 12 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Статус: Offline
| "TAQDİRİMİZ AYRO EKAN" mavzusida , qiz bola nomidan xam she'r yozolasmi :((
|
|
| |
Гость | Дата: Среда, 15.05.2013, 19:37 | Сообщение # 13 |
Группа: Qadrli mehmon
| ЛОЧИНБЕК ИЖОДИНГИЗГА ОМАД.КОЙИЛ.
|
|
| |
Lochinbek | Дата: Четверг, 16.05.2013, 02:23 | Сообщение # 14 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Статус: Offline
| BumBumCHa taklifizi o'ylab ko'rib yozishga harakat qilaman! Добавлено (16.05.2013, 01:22) --------------------------------------------- E'tiboriladan judayam xursanman! Добавлено (16.05.2013, 01:23) --------------------------------------------- Sevib qolasiz... (Talablariga binoan!)
Bilaman yoshingiz mendan kattadir, Qalbingiz pokiza juda soddadir, Iltimos gapimga quloq tuting bir. Hali ham erkatoy o'jar bolasiz, Bir kun men shoirni sevib qolasiz.
Opangman deysizu ko'zimga boqib, Jaxlingiz chiqadi shikoyat to'qib, Bu Majnun yurakka olovlar yoqib, Qay makon, manzilga qadam olasiz? Bir kun men shoirni sevib qolasiz.
Ko'nglingiz topolmay necha-nechalar, Orzuning ushalmas kuyini chalar, Hech uxlay olmasdan uzun kechalar, Ko'zguga termulib o'yga tolasiz, Bir kun men shoirni sevib qolasiz.
Yurakda anduhlar shamoli yelib, Alam bag'ringizni ezganda tilib, Menga dardingizni ayting do'st bilib, Qo'lga qalam tutgan mahzun nolasiz, Bir kun men shoirni sevib qolasiz.
Jiddiy qabul qiling dil izhorimni, Oyoq osti qilmang yigit orimni, Berishga tayyorman sizga borimni, Ayting gaplarimga nega kulasiz? Bir kun men shoirni sevib qolasiz.
Maqsadim, pokiza niyatim bilib, Topasiz, yurakdan meni axtarib, O'sha kun o'zingiz yonimga kelib, Eslab qoling gaplarim hali ko'rasiz, Bir kun men shoirni sevib qolasiz!
Lochinbek Erkinzoda 15.05.13
|
|
| |
BumBumCHa | Дата: Четверг, 16.05.2013, 03:27 | Сообщение # 15 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Статус: Offline
| raxmat. İjodlarizdan eng yoqqani BAXTSİZ QİZ monologi (y) İjodizga omad!
|
|
| |
Lochinbek | Дата: Суббота, 18.05.2013, 02:56 | Сообщение # 16 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Статус: Offline
| Behayot sevgi.
Uyqu niyat qilib ko'zlarim yumuq. Lekin ko'zlarimga uyqu kelgan yo'q. Har kecha eslatar seni qalbimda, Javobsiz sevgidan qolgan bir o'yiq.
Sevgim erta hazon bo'lgan gul yaproq, Qalbim oyoq izin qolgan bir tuproq. Tomchi mehrga zor, vujudim qaqshab, Seni sevgan edim, hammadan ko'proq.
Muhabbat begona ko'nglingda kim bor? Bir umr yashrindi mendan beg'ubor. Menga qarash ta'qiqi etkan ko'zlaring, Meni jazoladi qilmay e'tibor...
O'zing bilan o'zing yolg'iz qoldingmi? Nahot gaplarimdan o'yga toldingmi? Shavqat bilan yana urishib qolib, Alamingni faqat mendan oldingmi?
Sendayin sendayni sevolmadim hech, Xatolarim qiynar meni qo'ymas tinch. Qo'llaring o'rniga endi boshimni Mayin siypalaydi bag'ritosh o'kinch.
Taqdir shartlariga qilmasdan amal, Bir umr Ollohga ettim tavakkal. So'nggi bor aytayin seni sevishim, Azroyil jonimni olishdan avval.
Ajaldan yashirib holsiz jabrimni, Jonim uzilmoqda sinab sabrimni. Men uchun kifoya eslasang faqat, Tuproqlarin silab gulsiz qabrimni.
Locbinbek ErkinzodaДобавлено (18.05.2013, 01:56) --------------------------------------------- Sevgim keladi.
Layli bo'lmang Majnun emasman, Shirin bo'lmang mamnun emasman. Zuhroni deb mahzun emasman, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Oshiq yo'qdir mendayin faqir, Taqdirim shu chidayman taxir. Tushuninglar meni ham ahir, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Ko'ngil aslo qaytmas ahdidan, Judo qilib sevgi taxtimdan. Ayirmanglar meni baxtimdan, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Qanotimga tegmang uchayin, Osmonimni borib quchayin. Bu dunyodan mayli kechayin, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Ko'zlarimni o'yinglar meni, Yuragimdan so'yinglar meni. O'z holimga qo'yinglar meni Lochin bo'lib sevgim keladi...
Hohlagancha azoblang faqat, So'ramayman sizlardan shafqat. O'zi bersin Xudoyim toqat, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Mayli yashay bir umr kutib, Xiyonatni butkul unutib. SADOQATning qo'lidan tutib, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Ishq dardiga mubtalo yurak, Hali shifo topmasa kerak. Ko'zlarimda yig'lagan tilak, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Layli bo'lmang Majnun emasman!
Lochinbek Erkinzoda Добавлено (18.05.2013, 01:56) --------------------------------------------- Sevgim keladi.
Layli bo'lmang Majnun emasman, Shirin bo'lmang mamnun emasman. Zuhroni deb mahzun emasman, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Oshiq yo'qdir mendayin faqir, Taqdirim shu chidayman taxir. Tushuninglar meni ham ahir, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Ko'ngil aslo qaytmas ahdidan, Judo qilib sevgi taxtimdan. Ayirmanglar meni baxtimdan, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Qanotimga tegmang uchayin, Osmonimni borib quchayin. Bu dunyodan mayli kechayin, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Ko'zlarimni o'yinglar meni, Yuragimdan so'yinglar meni. O'z holimga qo'yinglar meni Lochin bo'lib sevgim keladi...
Hohlagancha azoblang faqat, So'ramayman sizlardan shafqat. O'zi bersin Xudoyim toqat, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Mayli yashay bir umr kutib, Xiyonatni butkul unutib. SADOQATning qo'lidan tutib, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Ishq dardiga mubtalo yurak, Hali shifo topmasa kerak. Ko'zlarimda yig'lagan tilak, Lochin bo'lib sevgim keladi...
Layli bo'lmang Majnun emasman!
Lochinbek Erkinzoda
|
|
| |
bek_x6 | Дата: Суббота, 18.05.2013, 03:05 | Сообщение # 17 |
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Статус: Offline
| KLASS!!!! zo'r chiqibdi... ijodizda omad...
Нет подпись...
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Суббота, 18.05.2013, 03:07 | Сообщение # 18 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Qoil. Zo'r .
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 18.05.2013, 07:20 | Сообщение # 19 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| 1 chi marta shu audioni eshitgandim. Va haligacha playlistimdan tushmaydi. Tarifga sozlarim kamroq. Yozishga qollarim. Chunki ular qarsak chalayapti))
|
|
| |
Гость | Дата: Суббота, 18.05.2013, 09:22 | Сообщение # 20 |
Группа: Qadrli mehmon
| ЛОЧИНБЕК МАН ШЕЪРГА УМУМАН КИЗИКМАСДИМ.ШУ ФОРУМДАГИ ИЖОДКОРЛАР МАНИ КИЗИКТИРА ОЛДИНГЛАР.ИЖОДИНГИЗГА 5 КЕТДИМ.ДАВОМ ЭТИНГ.
|
|
| |
Lochinbek | Дата: Воскресенье, 19.05.2013, 01:12 | Сообщение # 21 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Статус: Offline
| bek_x6, FC_PAXTAKOR, Giyos, Гость qadrdonlarim sila shunaqa ijodimga baho berib tursela albatta yana qalam tebratishga harakat qilaman! Va aynan siz istagan to'lqinlada mavjlanamiz!!! )))))))))) Добавлено (18.05.2013, 11:30) --------------------------------------------- bek_x6, FC_PAXTAKOR, Giyos, Гость qadrdonlarim sila shunaqa ijodimga baho berib tursela albatta yana qalam tebratishga harakat qilaman! Va aynan siz istagan to'lqinlada mavjlanamiz!!! )))))))))) Добавлено (19.05.2013, 00:12) --------------------------------------------- Behayot sevgi.
Uyqu niyat qilib ko'zlarim yumuq. Lekin ko'zlarimga uyqu kelgan yo'q. Har kecha eslatar seni qalbimda, Javobsiz sevgidan qolgan bir o'yiq.
Sevgim erta hazon bo'lgan gul yaproq, Qalbim oyoq izing qolgan bir tuproq. Tomchi mehrga zor, vujudim qaqshab, Seni sevgan edim, hammadan ko'proq.
Muhabbat begona ko'nglingda kim bor? Bir umr yashrindi mendan beg'ubor. Menga qarash ta'qiq etkan ko'zlaring, Meni jazoladi qilmay e'tibor...
O'zing bilan o'zing yolg'iz qoldingmi? Nahot gaplarimdan o'yga toldingmi? Shavqat bilan yana urishib qolib, Alamingni faqat mendan oldingmi?
Sendayin sendayni sevolmadim hech, Xatolarim qiynar meni qo'ymas tinch. Qo'llaring o'rniga endi boshimni Mayin siypalaydi bag'ritosh o'kinch.
Taqdir shartlariga qilmasdan amal, Bir umr Ollohga ettim tavakkal. So'nggi bor aytayin seni sevishim, Azroyil jonimni olishdan avval.
Ajaldan yashirib holsiz jabrimni, Jonim uzilmoqda sinab sabrimni. Men uchun kifoya eslasang faqat, Tuproqlarin silab gulsiz qabrimni.
Locbinbek Erkinzoda
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Воскресенье, 19.05.2013, 01:20 | Сообщение # 22 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Men bop she'r ekanu))
|
|
| |
Shohi | Дата: Воскресенье, 19.05.2013, 09:35 | Сообщение # 23 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Статус: Offline
| Lochin aka qoyil, mengayam judayam yoqdi
Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
|
|
| |
Lochinbek | Дата: Воскресенье, 19.05.2013, 10:00 | Сообщение # 24 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Статус: Offline
| Nima balo silaniyan sevgela bejavob qoganmi? (((
|
|
| |
Shohi | Дата: Воскресенье, 19.05.2013, 10:49 | Сообщение # 25 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Статус: Offline
| Lochin aka, menda unaqasi bo'magan)) ta'sirlandimda)
Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
|
|
| |
|