Chiroyli hikoyalar - Giyos/FORUM
Chiroyli hikoyalar
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 21.02.2011, 23:53 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Hohlagan sizga yoqgan hikoyani qo'ying.
|
|
| |
JASMINA | Дата: Среда, 23.02.2011, 06:37 | Сообщение # 2 |
Jasmina
Группа: Talaba
Сообщений: 7
Статус: Offline
| SEVGI Men sizga achinmayman, vafosiz sevgilarda, Behuda oqib o‘tgan bahorimning yillari! Pushkin. U qo‘shni maktabda, o‘ninchi sinfda o‘qirkan. Ismi — Oygul. O‘ziyam xuddi o‘sha oydek to‘lin, gul kabi juda-juda go‘zal edi. Lo‘ppi yuzi lovillab turardi. Bodom qovoqlari xumorlanib boqguvchi ko‘zlarini har zamon-har zamonda yashirmoqchi bo‘lib, silkinganlarida yanada chiroyli bo‘lib ketardi. Ayniqsa, kulganda har qanday odamning zavqini keltirar darajada ochilardi. Ovozi ham shunchalar yoqimli ediki, gapirganida xuddi erkalanayotgandek tuyular va shu mahal eshituvchini-da, erka bir tuyg‘ular og‘ushiga solib qo‘yardi. Avvaliga aynan ana shu ovozi meni o‘ziga asir etdi. Bo‘lmasa, u mendan bir yosh katta bo‘lib, oshnalarimning ichida uni opa, deb chaqirguvchilar ham bor edi. Oygul bilan paxtazorda tanishdik. Yonma-yon egatga tushib qoldik. Qizlaru bolalar bir-birlariga navbat bermay javrashib, o‘rtada turli gaplar aylandi. Nihoyat, oshnalarimdan kimdir meni ko‘rsatib, «shoir» deya ta’riflay ketdi. O‘shanda Oygul menga boshqacharoq qara-di, ko‘zlari chaqnab, xiyol tikilib ham qoldimi-ey. Men¬ga bu xush yoqar, ammo hayajondanmi, yuz-ko‘zlarim lov-lov yonardi. — She’rlarizdan o‘qib bering! — dedi u ham erka, ham yalinchoq bir ohangda. Men endi chinakamiga xijolat tortdim, hali mening ta’rifimni keltirgan sherigimni ichimda so‘kib ham qo‘ydim. Axir men qanaqasiga shoir bo‘lay, uch-to‘rt qator qofiya tizgan shunchaki havaskor edim, xolos-da. Agar she’rlarim unga yoqmasa-chi, sharmanda bo‘laman-ku. Shuning uchun mashhur shoirlarning she’rlaridan o‘qib berdim. Ishqiy she’rlaridan. Avvaliga iymanib, keyin esa hayajon bilan o‘qidim. Shu-shu har kuni ertalab dalaga keliboq bir-birimizni izlaydigan, to kechgacha birga pax¬ta teradigan bo‘ldik. Faqat tushlik mahali ajralishardik — u qizlar, men esa o‘g‘il bolalar bilan ovqatlanardik. Bir kuni tushlikni ertaroq tugallab, paxtazorga kirib o‘tirgancha Oygulni kuta boshladim. Bu orada qizlaru bolalar ham qaytishdi, lekin Oygul ko‘rinmasdi. — Oygulni ko‘rmadingmi? — deya so‘radim bolalarning biridan. U tirjaydi: — Oygulingni egasi keldi. Hov, ana tutqatorda turishibdi. Qayrilib, sherigim ko‘rsatgan tomonga qaradim. Rostdanam, qarta boshidagi tutqatorda novcha bir yigit Oygulning yo‘lini to‘sib turardi. — U kim? — savolga tutdim yana sherigimni. — Hodiy. Yaqinda armiyadan kelgan... Enangdi emgur juda yomon solishadi-da. — Shu bilan sherigimning kiroyi ta’rifiyu, mening savollarimga ham nuqta qo‘yildi. Shundan so‘ng men ular tarafga tikilib qolibman, hatto sherigimning nariga jo‘navorganiyu, paxta terishga tushib ketganini ham sezmabman. Добавлено (23.02.2011, 04:35) --------------------------------------------- Hodiy deganlari menga orqa qilib turar, qo‘llarini silkib, Oygulga hadeb bir narsalarni tushuntirardi. Ichimda nimadir g‘imirlay boshladi, rashkim kelardi, shekilli-da. Hodiyni yomon ko‘rib ketdim, uni shu lahzaning o‘zida bo‘g‘ib tashlashga tayyor edim. Biroq uning yoshi kattaligiyu novchaligini o‘ylab, qolaversa, boyagi sherigimning «yomon solishadi-da», deganini eslab, ko‘nglimning bir chetida undan hayiqardim ham. Ana, Oygul uning yonidan aylanib o‘tib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin Hodiy o‘tkazmadi. Qizning qo‘lidan mahkam tutib, o‘ziga torta boshladi. U bu orada birov ko‘rib qolmayaptimi, deganday atrofga alanglab ham qo‘yardi. Shu payt uning ko‘zi menga tushdimi, har holda men tomonga qarab, bir oz tikilib qoldi. Yuragim «shuv» etib ketdi, qanday qilib o‘tirib olganimni sezmabman. Do‘qillab urayotgan yuragimni xiyla bosib, yarim o‘tirgancha haligi yoqqa mo‘ralaganimda Oygul yugurgiday bo‘lib shu tomonga kelardi. Hodiy esa ko‘rinmasdi. Negadir o‘rnimdan turgani uyaldim. Yerga astoydil o‘tirvoldim-da, barmoqlarim bilan kesaqlarni maydalay boshladim. xayolim esa Oygulda edi. Yuragim yana qinidan chiqib ketguday do‘qillardi. Ana, g‘o‘zalar baralla shitirlay boshladi, qadam tovushlari ham aniq eshitilmoqda. Hozir u ro‘paramga yetib keladi... Qiz to‘xtadi. Men uning ko‘zlariga qarashga botinolmay, boshimni ko‘tardim, xolos. Undan sado chiqmadi. Ana shunda ko‘zlarim beixtiyor uning ko‘zlariga tushdi. Ko‘zlari jiqqa yosh edi. Hadeb o‘ng qo‘li bilan chap qo‘lining bilagini silardi. Bilagi qip-qizil edi, qontalash bo‘lib qolgandi. Men yana ko‘zimni olib qochdim, nafasim ichimga tushib ketdi. U esa qizlar tomonga qayrildi. Bu mahal men endi o‘zimni o‘zim yomon ko‘ra boshlagandim. Qo‘rqoqlik qilganimdan uyalardim va mening murg‘ak orim ohiga bu keng dalalar ham torlik qilayotgandek edi. Umuman hozir bu yerlardan boshimni olib ketgim kelar va hech qursa mana shu joyda boshimni ko‘tar-may o‘tirishni, meni hech kim ko‘rmasligini istardim, juda-juda istardim... Kimdir chaqirganday bo‘ldi. Ha-ha, bu Oygulning ovozi edi, u meni chaqirardi. Asta o‘rnimdan turdim, ming bir andisha bilan unga qara¬dim. — Ko‘rmadingiz shekilli-da, a, sherik? Bo‘lmasa, yordamga borardingiz. — U bir oz jilmayib, kinoyali boqib turardi. Uning bu turishidan boyagi voqeani ko‘rganimni payqagani ma’lum edi. — Nima qilamiz, paxta teramizmi endi?.. Добавлено (23.02.2011, 04:37) --------------------------------------------- hikoyani davmoni kuting
|
|
| |
zolushka | Дата: Пятница, 25.02.2011, 14:19 | Сообщение # 3 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 4
Статус: Offline
| “Olloh bergan Bahtim” I.Birinchi uchrashuv . Begim ikkimizni unashtirishganda, ular AQSH da edilar, ota-onalarimiz bizni unashtirib qo`yishganda biz bir-birimizni real hayotda ko`rmaganmiz, bir-birimizni faqat surat va web camera orqali ko`rib turardik ... Oradan 1 yildan ortiq vaqt o`tdi , ularni Vatanga qaytish daqiqalari toboro yaqinlahsib qolar edi, shu onda yuragimga gu`lg`ula tushdi, agar men ularga yoqmay qolsam, yoki ular menga yoqmay qolsalarchi ? ahir hayotda hamma narsa bo`lishi mumkin-ku ? Shunday hayollar iskanjasida o`zimni-o`zim yeb bitirardim... Begim bilan 1-2 haftada 1 marta telefon orqali suhbatlashib turardik,orada olis masofa AQSH va O`zbekiston , agar hisobda adashmagan bo`lsam unashtirilganimizdan beri toki Toshkentga kelgunlariga qadar 87 marta telefon qilganlar, necha minut, necha soat, qanday mavzuda gapalshganmiz, hamma-hammasini bloknotimga erinmay yozib qo`yardim, orada qo`lda hat yozib, ichiga yangi suratlarim, har hil otkritkalar solib konvert orqali jo`natardim,tug`ilga kun, bayramlarda posilkalar jo`natardik bir-birimizga, huddiki men o`z yorini armiyaga jo`natgan qiz edim Toshkentga qaytish fursati oz qolgani boismi bilmadim yoki shadodligim tutdimi bilmayman, ularga : Bu hayot. Unda hamma narsa bo`lishi mumkin, Inshallah uchrashuv onlarimizga yaqin qolmoqda, agar uchrashuv kuni o`zizda menga nisbatan iliqlik sezmasangiz, men ham sizga nisbatan hech narsa sezmasam bir og`iz so`z ham aytmang, nigohlaringizdan bilib olaman, siz faqat ortga qaramay mendan uzoq keting, men ham shunaqa qilaman ,dedim....(rahmi kelgandan oila qurish ma`qul emas, avvalo odamni o`ziga o`zini rahmi kelishi kerak) Bu achchiq gaplarim,men uchun ayni haqiqatdek tuyulsada, ular uchun juda og`ir botdi .... 2 iyul 2009 yil soat 20-00 da 1 chi uchrashuv belgilandi , ishdan chiqib o`zimga oro bergandek bo`ldim, har kundagidan boshqacharoq,go`zalroq bo`lishga urindim, ahir bu birinchi uchrashuvim, bizni katta hayotga yo`l qo`yishimizdan oldingi ilk qadam edi ... tayyorgarlik ham shunga yarasha bo`lishi kerak edi chamamda ....;) Begim futbolka, krasovka kabi yengil - sport uslubidagi kiyimlarni kiyishni yahshi ko`rardilar, buni qarangki uchrashuv kuni haqiqiy jentlmenlardek hurmatimmi joyiga qo`ygan holda oq ko`ylak-qora shim-qora tuflida men tomonga yurib kelardilar, atrofda odam ko`p edi, qizlar ... men atayin orqam bilan turardim orqa tomonda kimdur men tomonga sekin-sekin mayda qadam bilan tashrif buyurayotganligini ich-ichimdan his qilardim, hayajonni gapirmasa ham bo`ladi, Rihter shkalasi bo`yicha 12 ballni tashkil etardi , harorat 38-40 daraja, puls odatdagidan 2 baravar ko`p :))) Begim 1 chi galdayoq nishonga to`g`ri urdilar, umrida hali bir bora tirik-jonli ko`rmagan qizni orqasidan tanib qolish ... Oyoq tovushlari menga yetganda to`htadi, beihtiyor ortga o`girildim, nigohlarimmi 1 millisoniyaga ularga qadab,shunchalik shiddat-shunchalik tezlik bilan yerga qadadimki, yuzimga qizillik yugurdi, hidi bilan mast qiluvchi alvon-alvon atir gullar qo`limga tutqazildi ....Uchrashuvga kelish chog`ida 5 minut gaplashaman va uyga ketaman deb o`zimga hisobot tuzib olgandim... ......uyga kelganimda esa soat tungi 12-15 edi. Vaqt shunchalar uchqur edi, biz hiyobonlarni aylandik, ozgina tamaddi qildik va uyga qaytishda ancha masofani yayov bosib o`tdik, o`yladim shumikin bahtim,,,? shumikin Begim… shumikin bir umrlik jufti halolim,,,? O`z yorini tunga ishonmagan oshiq 5-qavatgacha kuztaib chiqdi, va zinapoyadan tushar chog`ida "Sizni sevaman" deya baralla butun podezdga jar soldi .... tasavvur qiling-a podyezda qanday akustika mavjud :))) uyda Onajonim uhlab yotgan joylarida Oshiq kuvovlarining izhorlaridan uyg`onib ham ketgan edilar... Добавлено (25.02.2011, 12:19) --------------------------------------------- II.Menga turmushga chiqishga rozimisiz ? Birinchi uchrashuvdan so`ng kunlar o`taverardi, biz bir-birimizga yana ko`proq bog`lanib, yanada ko`proq bir-birimizsiz yashay olmasligimizni his eta boshladik. Kunlarning birida : Ozgina arazlashib qolgan edik, ishdan chiqib shapingga bordim, bundan oldin sms kelgandi: “ Zo`r gap etmoqchidim,endi aytmayman , bugun sizlarnikiga ota-onam boradi shunda bilasiz” Shapingda mashqlarni bajarar ekanman, qo`l-oyog`im harakatdayu aqlu-hushim uyimga uchib ketgan: kelishganmikin? Nimalarni gaplashishayotgan ekan ? tinchlikmikin? Eeee bekor urshib qoldim-de, manimcha uylanmiman deb unashtiruvni bekor qilsala kerak, … eehh mayli peshonada borini ko`ramiz, dedimu mashg`ulotdan keyin uyga ketdim, endi bilsam o`sha kuni eng so`nggi mashg`ulotim ekan. Uyga borsam bo`lajak Qaynonam va Qaynotam meni ota-onam bilan to`y senariysini tuzishayotgan ekan, osh palon joyda bo`ladi, qo`y bizdan, kelinga materiallarni palon kun opkelamiz, ertasi kuni kelin salom bo`ladi, challari qimimiz, kuyov chaqirindi bo`ladi, oshda bir –birimizga kastim-shim kiydiramiz, to`yda chopon kiygazish bo`ladi, hullas etc-itd-itp-vhk… Birozdan so`ng mehmonlar ketishdi, Oyijonim kelib to`y 25chiga belgilandi, ana endi boshlandi urush-janjal , tegmiman unga, tegmiman-tegmiman-tegmiman ( hayron bo`lmang bu ko`pchilik qizlarda bo`ladigan to`y oldi erkalik-u injiqliklar ) Oshhonaga kirmasdan, hech narsa yemasdan(qornim o`larday och edi) idish-tovoqlarni yuvmasdan shartta krovatimga yotvoldim, ustimdan qalin ko`rpa yopvolib hech kim bilan gaplashmadim, soat kechki 11 larda Begim telefon qivottila, hafa bo`lgandek ohangda gaplashdim, to`y haqida umuman lom-mim demadim, Begim mandan : ota-onez nima deyishdi sizga ? deb so`radilar, man esa hech nima bilmagandek : hech narsa deyishmadi, ular bilan gaplashmadim, darrov kelib yotvoldim, juda charchadim dedim. Begim: -eshitmadizmi to`y qivommiz ? Men: -voy kimmi to`yi ? ukezlani uylantirvossilami ? Begim: -yo man uylanvomman Men: -Hooo sizgayam tegadigan qiz borakanmi ? Begim: -Ha borakande,bechora . Men: -Haaaa, bechoraga qiyin bo`pti, to`yga maniyam etasmi ? Begim: -nima qilas to`yimga kelib ? Men: - to`yhonaga kirvolib mazza qilib sakrab-salrab o`yniman qiziqde, kelin kim bo`larkan, ko`ynegi qanaqa bo`larkan ? siz qanaqa kuyov bo`larkansiz. Begim: - Apandi Men: -o`ziz Apandi, tegmiman sizga , tegmiman, siz yomonsiz, yomon bolasiz,yomon ko`raman sizzi, nimaga manga etmadiz oldinroq ? Begim: -o`ziz jahlimmi chiqardizku ajab bo`pti Men: -tegmiman-tegmiman-tegmiman!!!!!!!!!!!!!!!! Begim: -Dod desezam, voy desezam manikisiz bo`ldi, sevaman sizzi,yahshi ko`raman, obojayu!!! Hullas soat kechasi 2 gacha telefonda urshdik, keyin man sal erigandey bo`lib arazlashga o`tvoldim: Men: -O`zilacha kelib to`yni belgilab kettila, mandan so`radizmi bir og`iz menga tegishga rozimisiz deb ? Begim: -Iye hali so`rashimam keremi ? Men: - :(( hoyyyyyyyy o`ldiramannnnnnnnn!!!! Begim: -bundan 1,5 yil oldin so`raganmanu, o`ziz rozi bo`gansiz, keyin unashtirilganmiz. Men: -haaaa endi unda yosh-g`or qizcha edim, hichnimani farqiga bormasdim , boshimmi aylantirvogansizde, o`zi qanaqa yahshi qiz edim-a ,Boshqattan so`rashiz kere qo`limmi . Begim: -qanaqa qilib? Men: -Voy shuniyam bilmismi ? Begim: -qizla bilan yurish-gapalshish uyoqda tursin, institutta o`qigandimda qizla bilan qo`l berib so`rashmasdim, o`zimmi faqat Asalcham uchun deb bilganmande, bir kun kelib sizzi uchratishimmi bilganmande . Men: -Voy voyeyyyy (hursand bo`p kettim,ko`zimmi oldiga qizlaga tegajoqlik qilib, sochidan, qo`lidan ushlab tortadigan institutimdagi bollar ko`z oldimga keldi, juda fahrlanib kettim shunaqa Begim borligidan), Kinolada qizni qo`lini so`riydiku, bir dasta atirgul opkelib, yoniga shokolad qo`shish kere, uzukni mayli to`yda taqasiz, hozircha gul bilan shokolad b`oladi , shokolad obizatelno “Rafaello” bo`sin, rosa yahshi ko`ramande Begim: -Voy vo`, u siz bo`masakanmi ? tegmisizmi ? Men: -Yo`q ….. Oradan 1-2 kun o`tib, telefon qilib palon vaqtda, palon joyda uchrashamiz dedila. Uchrashganimizdan so`ng mashinani ichida bir buket qizil atirgul bor ekan. Bu sizga deb taqdim ettila, vaziyatni shoshirmadim, izhor va qo`limni so`rash qani deb so`ramadim.Oqim bo`yicha suzishni ihtiyor etdim, ovqatlanishga bordik, uyga qaytishimda yo`lda ikkita gaz to`ldirilgan shar va bir korobka Rafaello oberdila (sharlani juda-juda yahshi ko`rishimmi biladilar, har uchrashganimizda, albatta shar oberardilar, ba`zi qizlar yigitidan qimmat-qimmat narsalarni undirishni ,qimmat restoranlarga borishni istasa, man faqat Begimdan gazli shar so`rardim, uyga kelguncha osmonda uchiriiiib kelardim Begim doim ustimdan kulardila “Yosh bola” deb sharlarni mashinaga arang sig`dirdik mahallamga yo`l oldik . Manzilga yetgach To`y haqida bir oz gapalshgandek bo`ldik,Rafaello va old o`rindiqda turgan atirgullarni qo`limga sekin tutqazib , so`zga chiqdilar : -Shirincham manga tegishga rozimisiz ? Men : -….(jim turib) , 3 marta so`ren Begim: -manga tegishga rozimisiz ? manga tegishga rozimisiz ? manga tegishga rozimisiz ? Men : -etmiman kal-kal Begim: -(Jiddiy bo`volib) voyy etin, Ha yoki Yo`q ? Men: -yo`q etmiman Begim: -etasiz, eta qolin Men: -boshimmi tepadan pastga qarab sarak –sarak qildim Begim: -yo`qqqq bunaqasi ketmidi ,o`z tiliz bilan etin Ha yoki Yo`q ! Men: -Eeee qanaqa uyatsiz odamsiz, uyatga qo`yvos shunaqa savollariz bilan, hijolat bo`vomman. Begim: -Ha bo`pti unda boshqacharoq qilib so`riman: Domla ikkimizni nikohimizni o`qishiga rozimisiz? Men: -barmoqlarimni 3 qilib ko`rsatdim. Begim: Domla ikkimizni nikohimizni o`qishiga rozimisiz? Domla ikkimizni nikohimizni o`qishiga rozimisiz? Domla ikkimizni nikohimizni o`qishiga rozimisiz? Men: -2-3 minut Begimni intiq qilib, past ovozda Ha dedim. Begim: -AAAAAAAAAAAAAA, ureeeeeeeeeeeeeeeeeeeee ,men bahtliman-men bahtliman-men bahtliman, deb baqirib yubordilar. O`takam yorilay dedi, bunaqa baqirishlaridan Добавлено (25.02.2011, 12:19) --------------------------------------------- III. Taqdr sinovlari. Mana turmush qurganimga 1 yildan oshdi, chiroyli boshlangan muhabbat sarguzashtlari to`ydan so`ng biroz so`nganday bo`larkan, qaynona-qaynota oldidagi ma`suliyat,vazifalar o`z-o`zingizdan orttirmay qo`yar ekan. Kunlar shu zaylda o`taverar edi, lekin biz hamisha Ollohga bahtimizdan hushnud bo`lib shukronalar aytatrdik… Begim ikkimiz juda bolajonmiz , bolalarni juda sevamiz, doim farzandlarimiz soni 4-5 ta bo`ladi deb niyat qilardik. Sevib-sevilib turmush qurdik, boshida bahtdan sarmast edik, hammasi to`kis edi, lekin vaqt o`tgani sari bu bahtda bir kamchilik bordek tuyulardi bu- farzand edi, shifokorlarga ko`rindik, ozgina shamollashimiz bor ekan davolandik, Olloh SVT turmushimizga 6 oy bo`lganda farzand berdi, hayzim kelavermagach test qilib ko`rdim 2 ta tayoqcha ko`rsatdi, bunga ham qanoatlanmay XG gormoniga qon topshirdim, 2,5 haftalik degan natijani oldim, men uyga shoshardim, uyda o`choqda hammani hursand qilish uchun Qozon kabob pishirdim, ichimda tezroq kech tushib o`z honamizga kirsak-u begimga 1 chi bo`lib bu habarni aytsam derdim, cho`milib hushbo`y atirlarda hidlandim, to`shak qoplamalarini yangiladim, o`zim ham chiroyli bo`lib oldim (juda romantikmanda), begim honaga kirib kelgach bundan ajablandilar, uyoqdan-buyoqdan gapirib ularga bor gapni aytolmasdim, hayajonim yo`l bermasdi, ohiri : -Jon biz farzandli bo`lamiz , dedim -Nimaaaaa -Biz farzandli bo`lamiz ,Hayotim -Yana ayting -Bizni bolamiz bo`ladi , deb 5 marta qaytarishga majbur qildilar, keyin qattiq bag`rilariga bosib AAAAAA deb baqirib yubordilar, nimagadur bag`rlaridan qo`yib yubormas edilar, sekin-asta o`zimdan ozroq itarib ko`zlariga qarasam, ko`zlaridan shuvillab duv-duv yosh to`kilardi... erkak kishining yig`isi insonni larzaga solarkan, ularni qattiqroq quchib men ham birga yig`ladim, shunday bahtdan sarmast bo`lib, yetkazgan qodir Egamga shukronalar aytib ko`zlarimizga uyqu kelmadi, soat tungi 3 ni oralab uhlab qoldik. Ammo quvonchim ko`pga cho`zilmadi, 5 kundan keyin kuchli stressga tushib qoldim va bachadonimdan qon ketishni boshladi, tez bolnitsaga yotdim, qon 4 kun deganda to`htadi, ammo mittivoyimni tushirib bo`lgan edim. Oilada er va hotinning bir-biriga muhabbati va mehri qanchalik kuchli bo`lsa, shunchalik qiyinchiliklarga sabr qilishi kuchli bo`lar ekan. Vaqt o`tib borar edi, tanish bilishlarning-qo`ni qo`shni, ishxona, qarindoshlarning gaplari, tinimsiz so`roqlari odamni ezib yuborar edi, huddiki men farzand ko`rishni istamayotgandeyman , bolani shunchalik yahshi ko`rganimizdan begim bilan Yetimhonadan bir qizcha asrab olishga ham kelishdik, ammo qaynona-qaynotamning yuzidan o`tolmadik, qancha ta`na-dashnomlarga qoldik. Begim ikkimiz Ollohdan tinimsiz farzand so`rar edik, men ancha vaqtgacha depressiya holatida yurdim, jamoat transportlarida homilador ayollarni ko`rsam, ko`zlarimdan duv-duv yosh dumalardi, ko`chada bolachalarni ko`rsam yana yig`lardim, sumkamda doim shirinliklar bilan yurardim va ularni hamisha bolachalarga ulashardim... Vaqt esa yana tinimsiz o`taverardi, qanchalik beshavqat edi u. Vaqti kelib guldek muhabbatimning yuzidan o`tib Begimga ajrashishni taklif etdim , boshqa bir qizga uylansangiz qo`sha-qo`sha tug`ib berar, qaynonam istagan kelin bo`lar dedim. Ammo Begim meni eshitishni hohlasdilar, bu gaplarni bas qilishimni va meni butun umr sevishlarini aytdilar, Olloh bizga farzand bersa-bermasa odamlarni gapiga uchmayman, faqat sizni deyman deb yupatar edilar. Turmush qurganimizga 10 oy bo`ldi, balki voy-bo` namuncha vahima qilasiz! deyishingiz mumkin, lekin bizni holatimizni shunchalar og`ir ediki, o`sha 10 oy 10 yildek o`tdi go`yo, O`rdada joylashgan poliklinikadagi malakali shifokor Lola Baltayevna haqida onamlardan eshitdim, u ayol tug`maganlarni darrov tekshirib, tezda davolash yechimini to`g`ri tashxis yordamida qo`yar va ko`pchilikning savobiga qolgan shifokor edi, uning qbauliga onam ikkimiz bordik, haqiqattan ham uning qbauliga shifo va farzand istab uzoq viloyatlardan kelinchaklar momolari bilan kelishgan ekan. Doktor birinchi qabulidayoq menda juda chuqur va yahshi taassurot qoldirgan edi, men UZI va ko`pgina analizlarni topshirdim, mendan bir "buket" kasal topsihdi. Davolanishga menda vaqt masalasi chatoq edi, o`zim horijliklar bilan ishlaganim uchun, ishdan javob so`rash juda mushkul edi va ta`tilga chiqish vaqtini kuttim , va albatta navbatdagi hayzimni ko`rganimdan keyin davolanishni boshlashimni o`zimga reja qilib oldim. Orada ancha siqildim, sal kam 1 oycha yana vaqt o`tdi, pul masalasi bo`yicha Begim ikkimiz ancha qiynaldik, davolanishga pul kerak edi. Siqilib yurgan kunlarimning birida hayz ko`rishim kerak bo`lgan kundan 5 kun o`tganini payqab qoldim, dorixonadan tezda test sotib olib, qo`lladim, ne ko`z bilan qarayki 2 ta qip-qizil chiziq turar edi, bunga ishonish-ishonmaslikni bilmasdim, bir marta og`zi kuygan odam ozgina gumonchi bo`lib qolarkan. Ishxonamdan sabrim chidamay yana test sotib olib, hojathonada yana sinab ko`rdim, yana 2 ta bahtli chiziq, uyga qaytdim, sabrim yana bo`lmay yana test qildim, 3 chisi halol degan gap bor halqimizda yana 2 ta bahtli chiziq Ertasi kuni shifokorim huzuriga yeldim, ular testlarimni ko`rib 100% homiladorsiz! dedilar, ko`zlarimdan sevinch yoshlari to`kilar edi, ahir qaqasiga ? shuncha kasalim bor ediku ? menda kista o`sib chiqmoqchi ediku ? shunday ham bo`ladimi ? -shuncha kasallikning ichidan yengib bitta urug`cha o`tib ketgan-da, dedi shifokorim kulib Bu Olloh Taoloning begim ikkimizga qilgan yuksak muruvvati va uning mo`jizasi edi, ha, ha, bu mo`jiza.... Hozirgi kunda homila 12 hafta-yu 3 kunlik bo`ldi Mashallah, ko`z tegmasin. Toksikozman, juda og`ir kechyapti homiladorlik vaqti, kechalari bilan inqillab qiynalib chiqaman,2 marta bolnitsada "Soxraneniya"da yotdim, har narsani ham yeyolmayman, qusish, ko`ngil aynishi, hatto Begimning ham hidlari yoqmay qolgan Begimning og`izlari quloqlarida, asrab-avaylayaptilar, hamma injiqliklarimni ko`tarayaptilar, mana sal kam 3 oydirki, oshxonaga kirib ovqat qilolmayman, Begim kunda choy-ovqatimni honamga olib kiradilar, Ollohga beadad shukurlar aytaman, shunday vafoli yorim borligiga va ajrashib ketmaganimga. Azizlarim Ollohdan tinimsiz so`rang, hatto yig`layotganingizda ham, bolalarni ko`rib ho`rsinganingizda ham so`rang, so`rayvering,Ollohning marhamati keng, hammaga beradi, faqat umid qilishdan to`htamang, shiforingizga qunt bilan quloq tuting va puldan qochmang, yahshi shifokor baribir o`z qiymatiga ega bo`ladi. Zora rahmdil Olloh sizga yahshi shifokorni sababchi qilib yuborgan bo`lsa. Hamisha duolarimda farzand istagan dillarga farzand ber deb duo qilaman, OMIN! Wassalamu alaykum wr wb!
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 20.06.2012, 02:28 | Сообщение # 4 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Ernest Xeminguey
DAHSHATLI KUTISH (hikoya)
O‘rinda yotarkanmiz, u derazani yopish uchun xonaga kirdi, ko‘zimga kasaldek ko‘rindi. Yuzlari bo‘zday oppoq, og‘riqning zo‘rligidan bazo‘r harakat qilar, qaltirardi. — Nima bo‘ldi, toychoq? — Boshim og‘riyapti. — Borib yot. — Yo‘q. Tuzukman. — Joyingga borib yot. Hozir kiyinib, oldingga tushaman. Men pastga tushganimda u kiyinib o‘choq yonida o‘tirardi. To‘qqiz yashar murg‘akning rangida rang yo‘q edi. Peshonasiga qo‘limni qo‘yib, harorati borligini bil-dim. — Kirib yot,— dedim unga. — Kasalsan. — Tuzukman,— dedi u. Ko‘p o‘tmay doktor keldi, bolaning isitmasini o‘lchadi. — Qancha?— deb so‘radim undan. — Haddan ortiq baland... Bir yuzu ikki. Doktor ko‘rsatma berib, uch xil dori qoldirdi, Bolani tumov deb aytdi, o‘tib ketadi, harorati u qadar xavotirli emas dedi. Xonamga qaytib, bolaning haro-ratini yozib qo‘ydim-da, dori berilgan vaqtni belgila-dim. — Biron narsa o‘qib beraymi? — Mayli. Agar xohlasangiz,— dedi bola. Uning yuzi.oppoq ko‘zlari kirtayib ketgandi. To‘shakka mixlanib xayol suradi, xolos. Men Xovard Paylning «Dengiz qaroqchilari haqida doston»idan eng qiziq hikoyani o‘qib berdim, biroq uning bunga mutlaqo e’ti-borsizligi sezilib turardi. — Qalaysan, toychoq? — deb so‘radim undan. — Hamishagidek,— deya javob berdi u. Men uning oyoq tomoniga cho‘kib, keyingi dori berish vaqtiga qadar kitob o‘qidim. Uxlab qolar, deb o‘ylovdim, qaydam — karavot oyog‘iga tikilib, jimgina yotibdi. — Nega uxlamayapsan? Dori ichiladigan payt o‘zim uyg‘otaman. — Uxlamaganim yaxshi... Siz ketavering, dada... agar malol kelayotgan bo‘lsa... — Yo‘g‘-e, nima deyapsan, o‘g‘lim. — Ha, anglashimcha... agar malol kelsa... yonimda turmaysiz... Ehtimol, u alahsirayotgandir, deb o‘yladim va soat o‘n birda beriladigan dorisini ichirib, tashqariga chiqdim. Bola xonasiga hech kimni kiritmayapti, deb aytishdi. — Kirmang, kasali yuqishi mumkin,— deyishdi. Men ichkariga kirib, asta karavotga yaqinlashdim. Uning qovog‘i isitmadan pir-pir uchar, hanuz ko‘zi karavot oyog‘ida edi. Haroratini o‘lchadim. — Qancha?— deb so‘radi u. — Ancha tushibdi. — Demak, najot yo‘q...— deya xo‘rsindi u. — Kim shunday dedi? Harorating joyida... Qo‘rqinchli joyi yo‘q. — Qo‘rqayotganim yo‘q,— dedi u,— lekin... o‘ylaganim sari... — O‘ylama. — Bo‘lmayapti-da,— dedi u va menga qadaldi. U nimadandir qattiq siqilardi. — Manovini suv bilan ich. — Foydasi bormikan? — Albatta-da, foydasi bor. O‘tirib, yana «Qaroqchilar»ni o‘qiy boshladim, lekin uning quloq solmayotganini ko‘rib to‘xtadim. — Men qachon o‘laman, ota?— deb so‘radi u. — Nima?! — Men qachon o‘laman? — Sen... o‘lmaysan... Nima bo‘ldi o‘zi senga? — Mengami? Uning: «Haddan ortiq baland», deganini eshitdim... — Odamlar qirq daraja isitmaga chidaydi-ku. Ahmoqona xayollarni qo‘y. — Men bilaman o‘lishimni, Farangistondaligimiz-da maktabdosh bolalar menga qirq to‘rt daraja harorat bilan yasholmaysan, deb aytishgan. Meniki — bir yuzu ikki. U tun bo‘yi, hatto ertalabki soat to‘qqizgacha o‘zining o‘limini kutib yotgan ekan. — Ay, toychog‘im-a,— dedim men.— Sen o‘lmaysan. Axir o‘lchagichlar har xil bo‘ladi-ku. Xuddi milya bilan kilometrdek. U o‘lchagichda o‘ttiz yetti daraja binoyi harorat hisoblanadi, bunda esa to‘qson sakkiz daraja. — Rostdan-a?— dedi u hayratlanib. — Haqqast rost. O‘ylab ko‘r, mashinada o‘n yetti milya yursak, qancha kilometr bo‘ladi? — Ha... U bo‘lak karavot oyog‘iga tikilib xo‘rsinmay qo‘ydi. Yuziga ham rang kirgandek bo‘ldi. Keyingi kuni esa arzimas narsani ko‘ngliga olib, xarxasha qildi...
O‘roq Ravshanov tarjimasi
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 20.06.2012, 02:31 | Сообщение # 5 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Ivan Bunin
XILVAT XIYOBONLAR (hikoya)
Kuzning sovuq, yog‘in-sochinli pallasida yomg‘irdan shiltasi chiqib, egri-bugri, qoramtir g‘ildirak izlaridan toptalib yotgan Tulaning keng yo‘llaridan birida tebranib borayotgan to‘rt g‘ildirakli soyabon arava uzun yog‘och uy qarshisiga kelib to‘xtadi: uyning bir tarafida podsholik tasarrufidagi pochta bekati, narigi tomonida esa yo‘lovchilar hordiq chiqarib tunab qolishi yoki samovar qaynattirib, tamaddi qilib olishi mumkin bo‘lgan xususiy musofirxona joylashgan. Loyga botgan aravaning soyaboni tepaga yarim ko‘tarilgan, izvoshga qo‘shilgan uchta jaydari otning dumi balchiq sachramasligi uchun tugib qo‘yilgan edi. Izvoshchining joyida — o‘rindiqda belini mahkam sirib olgan, qoramag‘iz gazi tund va jiddiy chorpahil mujik o‘tiribdi; kamdan-kam kishilarda uchraydigan qop-qora, quyuq soqoli uni qadimgi qaroqchilarga o‘xshatib turardi; soyabon ostida katta shalkali, nikolaycha qunduz yoqali kulrang shinel kiygan basavlat harbiy qariya o‘tirar, uning qoshlari hali tim-qora bo‘lsa ham, mo‘yloviga tuteshgan chakka soqoli oppoq oqarib ketgan edi; iyagi za bag‘baqasi tozalab qirilgan, umuman, u tashqi ko‘rinishdan Aleksandr II ga shunday o‘xshab ketardiki, bu o‘xshashlik Aleksandr II davrida yashagan harbiy kishilarning deyarli barchasida uchrar-di; uning qarashlari ham qat’iy, savolomuz, shu bilan birga, birmuncha horg‘in edi. Otlar to‘xtagan zahoti u tik, tekis qo‘njli harbiy-cha etikdagi oyoqlarini aravadan pastga osiltirdi-da, bug‘u terisidan tikilgan qo‘lqopli qo‘llari bilan shinelining etaklarini tutgan ko‘yi yog‘och uy yonidagi maydonchaga sakrab tushdi. — Chapga yuring, zoti oliylari,— deya izvoshchi o‘rindiqdan turmay dag‘al tovush bilan qichqirdi; harbiy kishi ostonadan hatlarkan, baland gavdasini sal engashtirgancha, avval dahlizga, keyin meqmonxonaga kirdi. Mehmonxoia ozoda, saranjom aa issiqqina edi. Chap tomondyagi devorga zar halli avliyo suvrati osilgan, uning ostida top-toza, dag‘alroq matodan tikilgan dasturxon yozig‘liq stol, stol tegrasida yaltiratib yuvib qo‘yilgan taxta xarraklar. Xonaning o‘ng burchagi-da yaqinda bo‘r bilan oqlangan leshxona pechkasi; yon gomonda ola-bula ot yopqichi yopilgan kat — suyanchiqsiz divanga o‘xshash bir narsa pechkaning biqiniga taqashtirib joylashtirilgan; pechka tarafdan ko‘k sho‘rvaning, hil-hil pishib yotgan qo‘y go‘shti, karam va dafna bargining qorishiq, lazzatbaxsh hidi taraladi. Mehmon shinelini yechib taxta o‘rindiqqa qo‘ydi, mundiri, po‘rim harbiy etiklari yaqqol ko‘zga tashlanib, gavdasi yanada basavlat tus oldi, keyin qo‘lqop aa bosh kiyimini yechdi-da, ozg‘in, rangpar qo‘llari bilan sochini ketma-ket horg‘in taradi — oppoq, quyuq sochlari ikkala chakkasi uzra fatila-fatila bo‘lib tushdi, bilinar-bilinmas chechak asorati qolgan cho‘zinchoq, chiroyli yuzida, qora ko‘zlarida favqulodda bir jon-lanish paydo bo‘ldi. Mehmonxonada hech kim ko‘rinmasdi, u dahliz eshigini ocharkan, ovozini baralla qo‘yib qichqirdi; — Hoy, odam bormi bu yerda? Shu zahotiyoq mehmonxonaga qora sochli, qora qoshli, yoshi o‘tinqirab qolganiga qaramay, hali-hamon dilovar, keksa lo‘li xotinlarga o‘xshagan bir ayol kirib keldi. Uning yenoq chakkalari, dudog‘ining ustki qismi nafis tuklar — irnlar bilan bezangan edi. Qomati to‘la bo‘lsa ham, qushdek yengil va nozik odimlar, bo‘liq ko‘kraklari qizil koftasini turtib turar, qora jun yubkasi ostidagi qorni esa, xuddi g‘ozning qorniday, uchburchak bir tarzda ko‘rinar edi. — Xush kelibsiz, zoti oliylari,— dedi u.— Tamaddi qilmoqchimilar yoki samovar qo‘yishni buyuradilarmi? Musofir kishi ayolning dum-dumaloq yelkasiga, to‘zg‘ibroq qolgan qizg‘ish tatarcha boshmoqli xushbichim oyoqlariga birrov ko‘z yugurtirdi va e’tiborsizlik bilan qisqa-qisqa qilib dedi: — Choy ichmoqchiman. Bu yerning bekasimisan, xizmatkormisan? — Bekaman, zoti oliylari. — Demak, mehmonxonani yolg‘iz o‘zing boshqarasan? — Xuddi shunday, zoti oliylari, o‘zim. — Bu qanaqasi bo‘ldi, a? Hamma ishni qo‘lingga olvolibsan, yo tulmisan deyman? — Er qilmadim, zoti oliylari, ammo — sababi tirikchilik, qolaversa, o‘zim ham xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘raman. — Ha-ha, shunday degin. Ko‘p yaxshi. Uyni pokiza tutarkansan, bu ishiig menga ma’qul. Ayol sinovchan nigohini harbiy kishidan bir nafas bo‘lsin uzmas, andak qisilgan, xayolchan ko‘zlari unga qadalgan edi. — Pokizalikni ham jokimdan ortiq ko‘raman,— deya javob berdi u.— Axir, aslzodalar xonadonida o‘sdim, tarbiyat topdim, shunday bo‘lgach, ro‘zg‘or tutishim ham shunga yarasha bo‘ladi-da, Nikolay Aleksoevich. Musofir ilkis qaddini rostladi, ko‘zlari katta-katta ochilib, yuzlari qizarib ketdi. — Nadejda! Senmisan?— dedi u shosha-pisha. — Menman, Nikolay Alekseevich,— deya javob berdi ayol. — Yo rabbiy, yo rabbiy, buni qara-ya!—dedi musofir taxta o‘rindiqqa o‘tirarkan, ko‘zlarini hamon ayoldan uzmay.— Kim ham shunday bo‘lishini o‘ylabdi deysan? Ko‘rishmaganimizga necha yil bo‘ldi ekan-a? O‘ttiz besh yilmi? — O‘ttiz yil, Nikolay Alekseevich. Men qirq sakkizga kirdim, siz ham oltmishga borib qolgandirsiz? — Shunga yaqinroq... Yo tavba, juda qiziq bo‘ldi, a? — Nimasi qiziq, taqsir? — Hammasi, hammasi-da... Nahotki tushunmayotgan bo‘lsang! Musofirning horg‘inligi va parishonligidan asar ham qolmagan, endi u yerga tikilgancha mehmonxona bo‘y-lab keskin odimlar edi. Bir payt u shartta to‘xtadi, yuzlari lov-lov yonib, so‘z boshladi: — O‘shandan keyin sen to‘g‘ringda hech narsa eshitmadim. Qanday qilib bu yerlarga kelib qolding? Nega aslzodalar xonadonidan ketding? — Siz ketganingizdan keyin ular menga ham javob berib yuborishdi. — Keyin qaerlarda yashading? — Siz so‘ramang, men aytmay qo‘yaqolay, taqsir. — Erga ham chiqmadim, dedingmi boya? — Ha, taqsir. — Nima uchun? Shunchalik husni latofating bo‘latu-rib-a? — Jur’at qilolmadim, taqsir. — Nega jur’at qilolmadim, deysan? Nima deganing bu? — Nimasini ham aytay endi? Balki yodingizdadir, axir sizni qanchalar yaxshi ko‘rardim... Musofir bu so‘zlardan behad mutaassir bo‘ldi, azbaroyi qizarib ketganidan ko‘zlariga yosh qalqdi, so‘ngra qovoq uyib, yana xona bo‘ylab nari-beri odim-lay boshladi. — Hamma narsa o‘tkinchidir, azizim,— deya g‘udrandi u.— Muhabbat, yoshlik — hamma-hammasi foniydir. Nima bo‘lgan bo‘lsa, o‘tdi-ketdi. Hammasi dahmazayu bemazagarchilikdan iborat. Vaqti xelib, bari unutiladi. Iovning muqaddas kitobida bu xususda nima deyilgan, bilasanmi? «Oqib ketgan suvlar yanglig‘ xotirlagaysan». — Nima bo‘lsayam, peshonada bori bo‘larkan, Nikolay Alekseevich. Yoshlik-ku, hech kimsaga vafo qilmaydi, ammo muhabbat — boshqa narsa. Nikolay Alekseevich boshini xiyol ko‘tarib, yurishdan to‘xtadi-da, hasratli kulimsirab qo‘ydi: — Sen meni bir umr sevolmasding-ku, axir! — Yo‘q, sevishim mumkin edi; o‘shandan buyon qancha yillar o‘tdi, ammo men yolg‘iz muhabbatim bilan yashadim. Sizning avvalgiday emasligingizni, oramizda neki o‘tgan bo‘lsa, barini unutmog‘ingiz mumkinligini, bu bilan hech narsa yo‘qotmasligingizni ham bilardim... Lekin, hozir... Endi gina-kudurat qilib o‘tirishdan hech qanday naf yo‘q, albatta; ammo, to‘g‘risini aytganda, o‘shanda siz meni juda shafqatsizlarcha tashlab ketgan edingiz — mana shuning uchun ham o‘zimni o‘zim bir necha bor o‘ldirmoqchi bo‘lganman, sizni deb chekkan azoblarimni aytib ado qilib bo‘lmaydi. Nikolay Alekseevich, yodingizdami, qanday davrlar ediki, o‘shanda sizni Nikolenka deb chaqirardim, siz esa meni, eslaysizmi, nima deb atardingiz? Aytganday, mendan lutfingizni darig‘ tutmay, qandaydir «Xilvat xiyobonlar» to‘g‘risidagi she’rlarni o‘qisam ham indamas edingiz,— deya noxush jilmaygancha qo‘shib qo‘ydi ayol. — Eh-he, sen haqiqatan ham ajoyib eding!— dedi mehmon armon bilan bosh chayqarkan.— Qanday jozibador, qanday dilovar eding-a! Ko‘zlaring yonib turardi, juda xushqomat eding. Esingdami, seni ko‘rganda hamma ortingdan nihoyasiz hayrat bilan termilib qolardi? — Esimda, taqsir. Ammo siz ham o‘shanda g‘oyat ajoyib edingiz-da. Ana shuning uchun ham men bor husni latofatimni, butun yoshlik jozibamni sizga fido qilgan edim. Axir, bularni unutib bo‘larkanmi! — Ha-ha! Hammasi o‘tarkan. Hammasi unutilarkan. — To‘g‘ri, hamma narsa o‘tadi-yu, ammo hamma narsa ham unutilavermas ekan-da. — Bas, bas, meni xoli qo‘y,— dedi mehmon to‘satdak va qayrilib deraza yoniga bordi.— Iltimos, chiqib ket bu yerdan,— deya yolvordi u, so‘ng dastro‘molini olib, ohista ko‘zlariga bosdi-da, bidirlagancha:— Ishqilib: meni xudo kechirsin,— dedi.— Sen-ku kechirgan ko‘rinasan-a... Ayol eshik oldiga yetganda taqqa to‘xtadi: — Yo‘q, Nikolay Alekseevich, men sizni kechirmaganman. Modomiki, gap hissiyotlarimiz haqida borarkan, to‘g‘risini aytmay ilojim yo‘q gunohingizdan o‘tishni harchand istasam-da, hargiz kechirolmadim. O‘sha paytlarda siz men uchun yorug‘ dunyodagi eng aziz kishi edingiz, keyin ham shunday bo‘lib qoldingiz. Shu vajdan ham sizni kechirolmadim. Keling, yaxshisi, shularni eslab o‘tirmaylik, go‘rga kirgan qaytib chiqarmidi hech jahonda! — Ha-ha, to‘g‘ri, o‘tgan ishga salovat; buyur, otni qo‘-shishsin,— dedi musofir deraza oldidan nari jilar-kan, birmuncha jiddiy, sovuqqon ohangda — Ammo, men senga aytsam, hayotda sira omadim yurishmadi, baxtiyor bo‘lolmadim, tag‘in boshqacha o‘ylab yurma iltimos. Balki mening gaplarim sendagi xudkashlik, izzattalablik hissiyotiga ziddir; balki ular seni tahqir etar, biroq men ochig‘ini aytaman: xotinimni ko‘r-ko‘rona, telbalardek sevar edim. U esa, avval xiyonat qildi, so‘ng men seni tashlab ketgandagidan ko‘ra ham battar tah-qirlab, tashlab ketdi. O‘g‘limga qattiq mehr qo‘ygan edim — voyaga yetgunicha unga ne-ne umidlaru ne-ne orzularimni bog‘lagan edim-a! U esa odam emas, isrofgar, surbet, imonsiz, vijdonsiz, yaramas bir hayvon bo‘lib chiqdi... Sirasini aytganda, bularning hammasi turmushdagi o‘sha dahmazayu bemazagarchilikning bir ko‘rinishi xolos. Xo‘p, mayli, omon bo‘l, azizam, O‘ylab qarasam, sendan ayrilib, men ham hayotdagi eng bebaho gavharimdan judo bo‘lgan ekanman Ayol unga yaqin keldi, egilib qo‘lini o‘pdi; Nikolay Alekseevich ham uning qo‘llaridan o‘pdi. — Buyur, otlarni qo‘shaverishsin...— dedi u. ...Soyabon arava xususiy musofirxonadan olislab borarkan, Nikolay Alekseevich xomush o‘ylar edi: «Ha, judayam chiroyli edi, go‘zal edi, sohira edi!» U xayrlashayotib aytgan so‘nggi so‘zlarini esga oldi va Nadejdaning faqat qo‘llaridan o‘pganini eslab uyaldi, ammo shu zahotiyoq uyatchanligidan xijolat chekdi. «U menga umrining eng go‘zal davrini, oltin daqiqalarini baxsh etgani rost emasmi, axir?!» So‘nik quyosh endigina ufqqa bosh qo‘ygan edi. Iz-voshchi ham allanarsalarni o‘ylagan ko‘yi otlarni yo‘rttirib borar, arava katta yo‘ldagi son-sanoqsiz, qop-qora g‘ildirak izlari bo‘ylab shaloplagancha tebrana-tebrana yelar edi. Nihoyat, izvoshchi qo‘pol, to‘pori tovush-da so‘z qotdi: — Anavi xotin, zoti oliylari, jo‘nashimiz bilanoq deraza oldiga kelib orqamizdan termilib qoldi. Avvaldan tanishligingiz bo‘lsa kerak-da, zoti oliyla-ri? — Ha, Klim, tanish edik. — Aqli raso xotin u. Juda boyib-bitib ketayotganmish — hammaning og‘zida sho‘ gap. Qarzga pul ham berib turadi. — Shuyam martaba bo‘pti-yu! — Martaba bo‘lmay-chi! To‘kin-sochin yashash kimgayam yoqmaydi! Ammo, rostini aytganda, o‘zi juda yaxshi xotin-da. Birovga zig‘ircha yomonlik qilganini hali hech kim eshitmagan. Jaraq-jaraq pulni qarzga beradi-yu, ba’zi boyvuchchalarday tirriqlik qilmaydi. Lekin, o‘z ishiga pishiq — qattiq xotin! Landavurlik qilib qarzni vaqtida to‘lamasang, o‘zingdan o‘pkala, ayab o‘tirmaydi. — Ha-ha, o‘zingdan o‘pkala... Tezroq hayda, muncha imillamasang, poezddan kechikib qolmaylik tag‘in... Ufqqa cho‘kib borayotgan quyoshning kahrabo yog‘dulari kimsasiz dalalarda tanhogina jilvalanar, otlar o‘tloq yo‘ldan, xuddi suzib ketayotgandek, bir maromda chopib borar edi. Nikolay Alekseevich otlarning yalt-yult ko‘zga chalinayotgan taqalariga termilib o‘tirarkan, qora qoshlarini chimirgancha o‘ylar edi: «Ha, o‘zingdan o‘pkala. Ajoyib damlar edi-da o‘shanda! Nainki ajoyib, chinakam afsungar damlar edi! «Atrofda na’matak gul ochmish alvon, xilvat xiyobonlar shivirlar tanho...» Yo rab, yo rab, keyin nima bo‘lgan edi o‘zi? Agar Nadejdani tashlab ketmaganimda nima bo‘lardi? Qanday bema’nilik, qanday bemazagar-chilig-a! Axir, mana shu Nadejda xarob bir musofirxona sohibasi bo‘lmay, mening xotinim bo‘lishi, Peterburgdagi xonadonimga beka, bolalarimga ona bo‘lishi ham mumkin edi-ku?!» U ko‘zlarini behol yumib, boshini ohista chayqab qo‘ydi.
Tohir QAHHOR tarjimasi
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 20.06.2012, 02:32 | Сообщение # 6 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Ivan Bunin
SOVUQ KUZ (hikoya)
O‘sha yilning iyun oyida U qo‘ramizda mehmon bo‘ldi — U doim o‘zimizning odam sanalardi: rahmatli otasi otamning ham do‘sti, ham qo‘shnisi edi. Ferdinand Saroy shahrida o‘n beshinchi iyun kuni o‘ldirildi. Un oltinchi iyun ertalab esa pochtadan gazeta keldi. Otam qo‘lida kechki Moskva gazetasi, xonasidan chiqib, bizlar — U, oyim va men hanuzgacha choy ichib o‘tirgan yemakxonaga kirdida: — Mana endi, do‘stlarim, urush!— dedi.— Saroyda Avstriya shahzodasi o‘ldirilibdi. Bu — URUSh degani! Avliyo Pyotr kuni — otamning tavallud sanasi edi — biznikiga juda ko‘p mehmon keldi, tushlik mahali mening unga unashtirilganim ma’lum qilindi. Biroq o‘n to‘qqizinchi iyulda Germaniya Rossiyaga urush ochdi... Sentyabrda U biznikiga faqat bir kunga — urushga jo‘nash oldidan xo‘shlashgani keldi (u paytlar hamma URUSh tezda tugaydi, deb o‘ylar va, shuning uchun ham, to‘yimiz ko‘klamga qoldirilgan edi). Mana, xayrlashuv oqshomi. Kechki ovqatdan so‘ng, taomilga ko‘ra, samovar olib kirildi, shunda otam bug‘dan terlagan deraza oynasiga tikilib, dedi: — Ajab barvaqt va sovuq kuz! Biz o‘sha oqshom soqin o‘ltirar, haddan tashqari bosiq, botiniy o‘y va tuyg‘ularimizni sir tutgancha, ahyon-ahyonda bir-birimizga shunchaki so‘z qotib qo‘yar edik. Otamning kuz haqidagi gapida ham yolg‘ondakam loqaydlik bor edi. Men balkon eshigiga yaqinlashib, ro‘molcham bilan oynani artdim: bog‘ uzra, qop-qora osmondan shaffof muz bo‘laklariga o‘xshash qirrador va ravshan yulduzlar charaqlardi. Otam gavdasini o‘rindiq suyanchig‘iga tashlagancha, stol tepasidagi qizib ketgan osma chiroqqa parishon tikilib tamaki tutatardi, ko‘z-oynak taqqan oyim esa chiroq yog‘dusida kamoli diqqat bilan ipak xaltacha tikardi — biz uning nchma ekanini yaxshi bilardik, — bu holat ham ta’sirchan, ham dahshatli edi. Otam Undan so‘radi: — Shunday qilib, bari bir nonushtaga qolmay, ertalab barvaqt ketmoqchiman, degin? — Ha, agar ruxsat etsangiz, ertalab,— deya javob berdi U.— Ming taassuf, lekin hali uydagilarimga biron bir ko‘rsatma ham bergan emasman. Otam yengil so‘lish oldi: — Mayli, ixtiyoring, azizim. Gap shunaqa ekan, u holda oying bilan biz endi uxlaylik, ertaga seni al-batta kuzatib qo‘ymoqchimiz... Oyim o‘rnidan turib, bo‘lajak kuyovini cho‘qintirdi, U esa avval oyimning, keyin otamning qo‘lini o‘pdi. Ikkimiz xoli qolgach, biz tag‘in bir muddat yemakxona-da bo‘ldik — men qarta suzishga tutindim, U esa xonaning u burchidan bu burchiga jim borib kelardi, saldan keyin: — Xohlaysanmi, bir oz aylanib kelamiz?— deb so‘radi. Ko‘nglim tobora xiralashib borardi, loqaydgina javob berdim: — Mayli... U dahlizda kiyinaturib nima haqdadir o‘ylarkan, miyig‘ida jozibali kulgancha Fetning she’rini esladi: Sovuq erur bu kuz naqadar! Nimchangni kiy, sholingni o‘ra... — Nimcha yo‘q,— dedim.— Keyin nima edi? — Yodimda yo‘q. Yanglishmasam, mana bunday shekil-li: Go‘yo yong‘in asta yuksalar Qarag‘aylar oralab,— qara... — Qanaqa yong‘in? — Oyning chiqishini aytmoqchidir-da. Bu misralar-da qishloq kuzining allaqanday tarovati bor: «Nimchangni kiy, sholingni o‘ra...» Bobolarimiz va buvilarimiz zamoni... Eh, xudoyim-ey, xudoyim-ey! — Senga nima bo‘ldi? — Hech narsa, azizam. Bari bir mungli. Ham mungli, ham yaxshi. Men juda, juda yaxshi ko‘raman seni... Biz kiyinib, yemakxona orqali balkonga chiqdik, undan boqqa tushdik. Avvaliga shu qadar qorong‘i ediki, men beixtiyor uning yengidan ushlab oldim. Keyin javohirdek yarqiroq yulduzlarga ko‘milgan butoqlarning uchlari yorishayotgan ko‘kda qorayib ko‘rina boshladi. U to‘xtab, uy tomonga o‘girildi: — Qara, derazalar qandaydir boshqacha, kuzga xos mayin yog‘du sochyapti. O‘lmasam, 6u oqshomni hech qachon unutmayman... Men uyga qaradim, U meni shveytsarcha yoping‘ichim ustidan quchdi. Tivit ro‘molimni sal ochib, o‘psin deb boshimni sezilar-sezilmas orqaga tashladim. O‘pgach, U yuzimga tikildi. — Ko‘zlaring qanday charaqlaydi-ya,— dedi.— Sovqotmayapsanmi? Havoni qara, qishning o‘zginasi. Mabodo o‘lib ketsam, har qalay, meni darrov unutib yubormassan? Men o‘ylab qoldim: «Rostdan ham o‘ldirib qo‘yish-sa-ya?! Nahotki, men Uni qandaydir qisqa muddatga bo‘lsa ham yodimdan chiqarsam — axir, bu dunyoda ham-ma narsa bir kun kelib unutiladi-ku?» O‘z o‘yimdan o‘zim cho‘chib, shoshib javob berdim: — Unday dema! Sen o‘lsang, men ortiq yasholmayman! U bir oz jim qolgach, dona-dona qilib dedi: — Nachora, agar o‘lsam, men svni u yoqda kutaman. Sen to‘yib yasha, bu yorug‘ dunyoda xo‘b o‘ynab-kul, keyin yonimga borgin. Men alam bilan ho‘ngrab yubordim. Ertalab U ketdi. Oyim kecha o‘zi tikkan o‘sha mash’um xaltachani Uning bo‘yniga osib qo‘ydi — xaltachada oyimning ota-bobolari urushlarda taqib yurgan jajji oltin but bor edi,— keyin biz Uni allaqanday hayajonli noumidlik bilan cho‘qintirdik. So‘ng Uning ortidan tikilib, kimingnidir uzoq safarga kuzatayotganingda bo‘ladigan gangish ichida, faqat biz bilan ilk huyosh nurlaridan o‘t-o‘lanlar uzra yarqirab yotgan qirovni, farahbaxsh erta o‘rtasidagina vujudga kelgan zidlikni his etgan ko‘yi, eshik oldidagi zinada qotib turdmk. Bir ozdan keyin huvillab qolgan uyga qaytib kirdik. Men yelkalarimni mahkam quchgancha, nima qilishga hayron, bor ovoz bilan ho‘ngrashni ham, qo‘shiq aytishni ham bilmay xonalar bo‘ylab tentiy boshladim... Uni o‘ldirishdi — qanday dahshatli so‘z!— Galitsiya-da, bir oydan so‘ng o‘ldirishdi. Mana, o‘shandan beri o‘ttiz yil o‘tdi. Uzundan-uzoq tuyulgan bu yillar mobaynida boshimdan ko‘p, juda ko‘p voqealar kechdi: ular haqida diqqat bilan o‘ylar ekansan, kechmish deb atalgan bu sirli, anglash mushkul, aql ham, yurak ham bovar qilmaydigan hodisalarni xotirangda birma-bir saralaysan kishi. Un sakkizinchi yilning ko‘klamida, otamdan hem, onamden ham ajralgan damlar, men Moskva-da, Smolensk bozoridagi «Bekam, endi qalaysiz, qatiq bersam yalaysiz?», deb doim ustimdan kuladigan chayqovchi xotinning yerto‘lasida istiqomat qilardim. Men ham chayqov bilan shug‘ullanar, u paytlardagi ko‘plar qatori, goh qandaydir uzukmi, goh jajji xochmi, goh kuya yegan mo‘ynami — qolgan-qutgan ba’zi narsalarim-ni papoq kiygan, shinellari yoqavayron soldatlarga pullar edim. Ana o‘shanda, kunlardan bir kun bozorning Arbatga tutash burchagida, kamdan-kam uchraydigan go‘zal qalbli, iste’foga chiqqan harbiy kishi bilan ganishdim, tez orada turmush qurib, u bilan Yekaterinodarga jo‘nab ketdim, Erimning ko‘ngillilarga qo‘shilishga intilgan o‘n yetti yoshlardagi jiyani ham biz bilan birga edi. Salkam ikki hafta yo‘l yurdik: men — chipta kavushdagi qishloqi ayol, u— ohori to‘kilgan kazakcha chakmonli, uzun soqoliga oq oralagan dehqon, xullas, Don va Kubanda ikki yildan ortiq yashadik. Qishda, dengizda bo‘ron qo‘zg‘algan bir paytda boshqa son-sanoqsiz qochqinlarga qo‘shilib, Novorossiyskdan Turkiyaga qarab suzdik; yo‘lda erim terlamadan o‘ldi. Shundan keyin bu yorug‘ dunyoda mening uchovgina yaqin kishim qoldi: erimning jiyani, uning yoshgina xotini va ulerning qizchasi — yetti oylik chaqaloq. Lekin, ko‘p o‘tmay, erimning jiyani go‘dakni menga topshirib, xotini bilan Qrimga, Vrangel panohiga jo‘nay qoldi. Shu-shu, ular bedarak ketishdi Men esa og‘ir qora mehnat bilan ham o‘zimni, ham qizchani boqib, yana ancha vaqt Istanbulda yashadim. Keyin qizchani yetaklab, ko‘plar qatori ne-ne yurtlarda sargardon bo‘lmadim, deysiz! Bolgariya, Serbiya, Chexiya, Belgiya, Parij, Nitstsa... Qizcha allaqachon ulg‘ayib, juda yoqimtoy, ammo menga butunlay befarq qaraydigan fran tsuz qiziga aylanib, Parijda muqim yashab qoldi, u endi Madlen yaqinidagi qandolat do‘konida xizmat qilar, kumushrang tirnoqli nozik qo‘llari bilan shoko-lod qutilarini silliq qog‘ozlarga o‘rar va uni zar-rin bog‘ichlar bilan tugib, xaridorlarga tutqazar edi; men esa xudo bergan nasibaga qanoat qilib to hanuz Nitstsada yashayman... Nitstsada birinchi marta ming to‘qqiz yuz o‘n ikkinchi yili bo‘lgan edim — uning keyin-chalik men uchun xor-zorliklar maskaniga aylanishini o‘sha baxtiyor kunlarimda xayolimga keltira olarmi-dim! Bir paytlar o‘ylamay-netmay, sen o‘lsang, ortiq yasholmayman, degan odam — men ana shunday qilib, Uning o‘limidan keyin ham yashvyverdim. Biroq, o‘shandan buyon boshimdan kechgan savdolarni eslar zkanman, doim o‘z-o‘zimdan so‘rayman: xo‘sh, u kunlardan nima qoldi? So‘ng o‘zimga o‘zim javob qilaman: birgina o‘sha — sovuq kuz oqshomi... Nahotki, hayotimda, shunday oqshom bo‘lgan? Ha, bo‘lgan edi. Umr bo‘yi ko‘rgan kunim faqat shu,— qolganlari ma’nisiz tushdek o‘tdi-ketdi. Va men ishonaman, juda qattiq ishonaman: qaydadir u yoqda, huv o‘sha oqshomdagidek navqiron muhabbatiyu o‘sha yoshligi bilan U meni kutmoqda. .«Sen to‘yib yasha, bu yorug‘ dunyoda xo‘b o‘ynab-kul, keyin yonimga borgin...» Men to‘yib yashadim, xo‘p o‘ynab-kuldim, endi tezda yoningga boraman.
Abdulla SHER tarjimasi
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 20.06.2012, 02:32 | Сообщение # 7 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Ivan Bunin
BERNAR (hikoya)
Mening bu dunyodagi kunlarim juda oz qoldi endi. Endi Antib yaqinida, bandargohga qo‘shni bo‘lgan Dengizbo‘yi Alpida bir vaqtlar Bernar haqida qilgan qaydlarim tez-tez yodimga tushadi. — berner derazamga bir siqim qum otgan paytda men dong qotib uxlab yotardim... Mopassanning «Suvda» hikoyasi ana shunday boshlanadi, 1888 yilning 6 aprelida, «Balamiy» yaxtasi Antib bandargohini tark etishi oldidan, Bernar Mopassanni shu taxlit uyg‘otgan edi. — Derazani ochishim bilan yuzimga, ko‘ksimga va vujudimga tunning farahbaxsh epkini urildi. Ko‘kdagi harir moviylik yulduzlarning jonli jilvasidan titrab turardi... — Havo bugun ayni muddao, janob. — Shamol-chi? — Sohildan esyapti, janob. Oradan yarim soat o‘tdi, ular endi allaqachon ochiq dengizda edilar: — Ufq bo‘zarib borar, olisda, Farishtalar ko‘rfazi ortida Nitstsaning chiroqlari, undan ham olisroqda esa Vilfranshning aylanib turuvchi mayog‘i ko‘rinar edi... Hali o‘zi ko‘zga tashlanmayotgak bo‘lsa-da, lekin qor bilan qoplangani sezilib turgan tog‘lardan ba’zan quruq va sovuq havo epkini kelib turardi... — Bandargohdan chiqishimiz bilanoq yaxtaga go‘yo jon kirdi, yayrab ketdi, tezligi oshdi, yengil va mayda mavjlar uzra raqs tusha boshladi... Tong yorishib borar, yulduzlar bir-bir o‘char zdi... Huv olis ko‘kdv. Nitstsa ustida Yuqori Alpning qorli cho‘qqilari allaqanday o‘zgacha bir pushti yolqinga chulg‘anib borardi... — Men quyosh chyqishini tomosha qilish maqsadida rulni Bernarga berdim. Kuchaya boshlagan shabada yaxtani titroq to‘lqinlar uzra olg‘a haydardi, men qandadir, olislarda yangragan qo‘ng‘iroq sadosini eshitdim. Angelus bong chalardi... Odamlar hali uyquda yotgan, lekin zamin allaqachon uyg‘ongan mana shu mayin, shaffof tong pallasini naqadar yaxshi ko‘raman! To‘yib nafas olvsan, musaffo havoni simirasan, biz uchun abadiy sirli va buyuk iztirobga aylangan dunyoning gug‘ilib kelayotgan borlig‘ini ko‘rasan kishi!.. — Bernar — ozg‘in, chaqqon, hayratlanarli daraja-da ozodalik va sarishtayaikka ruju qo‘ygan, g‘amxo‘r sezgir, U pokdil, sadoqatli inson, ajoyib dengizchi... Bular Bernar haqidagi Mopassanning so‘zlari. Bernar esa o‘zi haqida mana bunday degan edi. — Men yomon dengizchi emasdim, deb o‘ylayman. Buni u o‘limi oldidan aytgan, bu uning «Balamiy» 1888 yilning 6 aprelida, dengizga yo‘l olgan o‘sha Antibda, o‘lim to‘shagida aytgan so‘nggi so‘zlari edi! O‘limidan bir oz ilgari Bernarni ko‘rgan kishi shunday hikoya qiladi: — Ko‘p yillar mobaynida Bernar buyuk shoirning dengizda kechgan sarkash hayotiga hamrohlik qildi, Mopassan to o‘sha mash’um safarga, Parijga, doktor Blansh huzuriga yo‘l olguniga qadar Bernar undan ayrilmadi. — Bernar o‘zining o‘sha Antibida hayotdan ko‘z yumdi. Lekin men uni yaqindagina ko‘pincha «Balamiy» langarda turadigan mo‘‘jaz Antib bandargohining nurafshon sohilida ko‘rgan edim. — Baland bo‘yli, qotma, yuzlari dengiz sho‘ridan dag‘allashgan Bernarni gapga solish oson emas edi. Biroq suhbat mavzui Mopassanga borib taqaldimi, bas, moviy ko‘zlari shu ondayoq jonlanib ketardi, Mopassan haqida u shunday to‘lqinlanib so‘zlardiki!.. — Endi u abadiy sukut qo‘yniga cho‘mgan. Uning so‘nggi so‘zlari shu edi: «Men yomon dengizchi emasdim, deb o‘ylayman». Men bu so‘zlarni u aynan qay taxlit aytganini yaq-qol tasavvur qilaman. Bu so‘zlarni u qat’iyat va iftixor bilan, oftobdan qoraygan, qarilikdan quruqshagan qo‘llari ila cho‘qina turib aytgan: Xo‘sh bu so‘zlar bilan u nima demoqchi bo‘lgan? Bu dunyoga kelib, yaxshi dengizchi sifatida odamlarga naf yetkaeganidan iftixor tuyg‘usimi bu? Yo‘q: tangri har birimizga hayot ila muayyan bir iste’dod ham ato etganini va uni tuproqqa qorishtirmaslikdek muqaddas burchni zimmamizga yuklaganini aytmoqchi edi u. Xo‘sh, bular nima uchun kerak? Buni bilmaymiz, Biroq biz tubiga hech qachon yetib bo‘lmaydigan bu dunyoda har bir mavjudot uchun ma’no va dunyodagi hamma narsaning «yaxshi» bo‘lishi uchun qandaydir maqsad zarurligini, bu ilohiy maqsadga yetishmoq esa bizning tangri oldidagi xizmatimiz, ayni paytda ham quvonchimiz, ham iftixorimiz ekanini bilishimiz shart. Bernar buni yaxshi bilar va his qilar edi. U zimmasiga xudo yuklagan kamtarin burchni umr bo‘yi munosib ixlos va sadoqat bilan ado etdi, tangriga qo‘rqqanidan emas, vijdonan xizmat qildi. Shunday ekan, u umrining so‘nggi daqiqalarida o‘sha so‘zlarni aytmasligi mumkinmidi? «Bandang tavbasini dargohida qabul aylaguvchi ey birubor tangri taolo, senga va odamlarga qarata bugun shuni aytishga jur’at etamanki, men yomon dengizchi emasdim, deb o‘ylayman». — Dengizdagi biron bir narsaga Bernar befarq qarayolmas edi, deb yozadi Mopassan: nogahon duch kelgan, qaydadir ochiq dengizda shamol esayotganidan dalolat beruvchi sovuq oqimga ham, g‘arbda izg‘irin shamol turganini anglatuvchi Esterel ko‘kidagi bulutlarga ham... U yaxtani shu qadar ozoda saqlardiki, hatto kemaning mis qoplangan qaysidir bir qismiga tushgan dengiz tomchisiga ham chidab turolmas zdi... Ajabo, Bernarning bu tomchini darhol artib olishidan kimga naf bo‘lishi mumkin? U esa albatta artib qo‘yar edi. Xo‘sh, nega? Nima uchun? Axir, hammasi «yaxshi» bo‘lishini hatto xudoning o‘zi xush ko‘radi-ku! Bernar ham o‘z ijodining «yaxshi» ekanini ko‘rib, o‘zi quvonar edi. Nazarimda, so‘nggi kunlarim bilan xo‘shlashar ekanman, men bir san’atkor sifatida, o‘z haqimda o‘limi oldidan bir paytlar Bernar aytgan o‘sha so‘zlarga o‘xshash gapni aytishga haqqim bor, deb o‘ylayman.
A. SHERMUHAMEDOV tarjimasi
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 20.06.2012, 02:33 | Сообщение # 8 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Mari ROBERTS RAYNHART
LAB BO’YOG’I
Hikoya
Mari Roberts Raynhart 1876 yil 12 avgustda Pensilvaniyaning Alegeni shahrida tug‘ilgan. Yozuvchining detektiv asarlari shu qadar mashhur bo‘lganki, uni Amerikaning Agata Kristisi deb ulug‘lashgan. Mari Roberts Raynhart ijodi Amerika milliy adabiyoti tarixida o‘ziga xos bosqich hisoblanadi. Quyida e’lon qilinayotgan asar yozuvchining dasturiy asari bo‘lib, bevosita ingliz tilidan o‘girilgan.
Men tergovdan so‘ng uyga piyoda, ko‘rinishidan ancha cho‘kib qolgan oyim esa mashinada qaytdik. Xolavachcham Elinor Hammond hayotini baxtli o‘tkazgandi. U har tong bugun qandaydir eng baxtli voqea ro‘y beradi deb uyg‘onar, to‘shakda kerishib yotgancha, kiyinish xonasidagi toliqqan bechora Fredga murojaat qilardi: – Balki tanishlarimizni biror nima ichishga taklif qilarmiz, Fred? – Sen nima desang shu, sevgilim, Elinorning har qanday xohishi Fred uchun qonun edi. Men uning tergovchi oldidagi – chuqur qayg‘uda bo‘lgan, o‘ylashdan tirishib ketgan yuzini esladim. – Miss Hammondning o‘z joniga qasd qilishi mumkinligi borasida biror shubha bormi? – Yo‘q, mutlaqo yo‘q. – Uning sog‘lig‘ida tashvishli hech narsa yo‘qmidi? – Yo‘q. U o‘zini o‘ta sog‘lom his etardi. – U doktor Barklay qabuliga qatnagan ekan-ku. – Ha, u biroz toliqqandi, – noxushlik bilan dedi Fred. Lekin Elinor doktor Barklayning ofisidagi o‘ninchi qavatda joylashgan kutish xonasining derazasidan yo itarib yuborilgan, yo o‘zini tashlagandi. Ekspert ham u o‘zini derazadan tashlaganiga aniq ishonardi. O’sha kuni faqat hamshiragina uni ko‘rgan ekan. – O’sha kuni kutish xonasida boshqa hech kim yo‘q edi, – dedi u tergovchiga. – Doktor bir bemorni ko‘rayotgan edi. Miss Hammond deraza yonida o‘tirgandi. Shlyapasini yechib qo‘yib, sigareta tutatdi-da, jurnal varaqlay boshladi. Men esa xonamga kirdim, keyin uni ko‘rmadim... Hamshira kichkinagina, yoqimtoy qiz bo‘lib, oppoq oqarib ketgan edi. – Xonasidagi bemor chiqqanidan so‘ng, doktor qo‘ng‘iroq chaldi. Men Miss Hammondni chaqirish uchun kutish xonasiga bordim. U yerda hech kim yo‘q, faqat uning shlyapasi bor edi, lekin sumkasi ko‘rinmasdi. Keyin... – U so‘zlashdan to‘xtadi-da yutinib oldi. – Keyin men odamlar shovqinini eshitib derazadan pastga qaradim. Tergovchi biroz vaqtdan so‘ng so‘radi: – Nima deb o‘ylaysiz, miss Komings, o‘sha kuni Hammond xonim ruhan siqilgan holatda edimi? – Menimcha, u o‘sha kuni juda xushchaqchaq edi, – dedi u. – Uning yonidagi deraza ochiqmidi? – Ha. Lekin u o‘z joniga qasd qilganiga ishonolmayman... U yig‘i aralash so‘zlardi va hamma bilgan narsalarini aytib bergani ko‘rinib turardi. Navbatdagi guvoh hozirgina kelgan doktor Barklay edi. U qirq yoshlar chamasida bo‘lsa-da, o‘z ko‘rinishini yaxshi saqlab qolgan edi. Elinorni juda yaxshi bilganim uchun bu hol meni hayron qoldirmadi. Elinor chiroyli erkaklarni yoqtirardi, unchalik chiroyli bo‘lmagan Fred esa bundan mustasno edi. Yonimda o‘tirgan oyim ham doktorning chiroyli ko‘rinishiga e’tibor qilgan ekan: – Mana, aslida qanday, – dedi u norozi ovozda. – Elinorning ruhshunosga bo‘lgan ehtiyoji xuddi mening uchinchi oyoqqa bo‘lgan ehtiyojim kabi kuchli ekan. O’sha kuni ertalab doktor Elinorni hali ko‘rib ulgurmagan ekan. U qo‘ng‘iroqni chalgandan so‘ng hech kim kiravermagach, o‘zi kutish xonasiga chiqibdi. Qarasa, derazadan pastga qarayotgan miss Komings birdan qattiq baqirib yuboripti. Yaxshiyamki Tompson xonim o‘sha payti kelib qolib uni biroz tinchlantiribdi. Doktordan Elinorning tashrifi haqida so‘ralganda, u shunday javob qildi: – Mening asabiy va tashvishli bemorlarim juda ko‘p. Miss Hammond ham bu holatda ko‘p yillar bo‘lgan. – Hammasi shumi? U o‘zini tashvishlantirayotgan biror aniq narsa haqida gapirmaganmidi? Doktor miyig‘ida jilmayib qo‘ydi: – Hammamizning o‘z tashvishimiz bor. Ba’zilari xayoliy, ba’zilari esa haqiqiy. Lekin miss Hammond favqulodda ajoyib ayol edi. Men unga dam olishga borishni maslahat bergandim va bunga amal qilishiga ishonar edim. Uning ovozi iliq va ta’sirli edi. Fred esa undan ko‘z uzmasdi. – Siz u o‘z joniga qasd qilishi mumkin deb hisoblaysizmi? – Yo‘q, hech qachon. Doktor Elinorning xayollari haqida hech narsa deyolmasdi. Uning bemorlar bilan aloqasi sir saqlanishi kerak edi. Lekin ahamiyatga molik biror gap bo‘lganida, albatta aytgan bo‘lardi. Doktor bizning yonimizga kelib o‘tirdi va keyingi guvoh chaqirildi. U – hamshirani ovutgan Tompson xonim edi. – Men doktorning xonasini tozalash uchun haftada bir bor borib turaman, – dedi u. – O’sha kuni menga oldindan pul kerak bo‘lib qolgandi, shuning uchun uning oldiga borgandim. Xonim kelganidayoq doktorning yoniga kirmagan ekan. U kutish zalida hali bir bemor, Elinor borligini ko‘rgan va kutish uchun boshqa issiqroq zalga kirib o‘tirgan. Birozdan keyin, doktor qabulidagi bemor ayol chiqib, pastga tushib ketganini ko‘rgan. Bir-ikki daqiqa o‘tib-o‘tmay hamshiraning dahshatga tushib baqirganini eshitgan. – Borsam, hamshira derazadan pastga qarab qichqirayotgan ekan, – dedi u. – Shu payt doktor ham yugurib chiqdi va biz uni stulga o‘tqizdik. "Kimdir derazadan yiqilib tushibdi, – dedi hamshira, u qattiq hayajonda edi: – Kimligini ko‘ra olmadim". Undan miss Hammond zalda qancha vaqt bo‘lgani haqida so‘rashganda, u chorak soatlar chamasi deb javob qildi. Chunki bu vaqt davomida boshqa hech kim kelmagan edi. Aks holda hamshira kirgan odamni albatta ko‘rgan bo‘lardi. – Siz kutish xonasida miss Hammondga tegishli biror buyumga duch kelmadingizmi? – Ha, uning sumkasini topib oldim. Sumka deraza qarshisidagi konditsionerning orqasida turgandi. O’ylashimcha bu sumka uchun juda g‘alati joy edi. Agar rostdan ham u o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan desak, unda sumkani nima qilmoqchi bo‘lgan?! Politsiya kelganda sumkani ularga berdim. Demak, Elinor o‘zini derazadan tashlashdan oldin shlyapasini stol ustiga va sumkasini konditsioner orqasiga qo‘ygan. Bu juda tushunarsiz, sirli holat edi. Sud Elinorni o‘z joniga qasd qilgan deb xulosa chiqardi. Hech kim murda haqida boshqa eslamadi. Lekin Tompson xonimning gaplaridan keyin Elinorning o‘limi qandaydir boshqacha sodir bo‘lganini o‘ylab qoldim. Fred uni loqayd tingladi. Uning yonida o‘tirgan opasi Margaret o‘rnidan turib ketdi. Doktor Barklay Fredga boshdan-oyoq qaradi-da, chiqib ketdi. Uyga piyoda yetib kelganimda, asabiy kayfiyatda edim. Hatto, oyimning ta’biricha u Fredni mendan tortib olgan bo‘lsa ham, Elinorni yaxshi ko‘rar edim. Lekin Fred u bilan birinchi uchrashgandan keyin meni umuman ko‘rmagandi. Fred unga boshdanoq oshig‘u-shaydo bo‘lib qolgandi. Be’manilik, o‘yladim men. Menimcha, Elinor har qanday muammolar girdobida qolgan taqdirda ham o‘z joniga qasd qilmagan bo‘lardi. Kimdir uni o‘ldirgan bo‘lsa kerak. Lekin kim undan bu darajada nafratlanishi mumkin? Rashkchi xotinmi? Bo‘lishi mumkin. U ko‘p ayollarning erlarini to o‘zi bezor bo‘lmaguncha boshini aylantirib yurardi. Ammo u ko‘pdan beri bu odatini tashlab, tinch yurgandi. Albatta ko‘plar uni yoqtirmasdi. Elinor ularning tuyg‘ularini mensimas, ularning ustidan kulardi. U nimani aytgisi kelsa, nimani o‘ylasa shuni aytaverar va bu har doim ham yoqimli tuyulavermasdi. Hatto Fredga ham bu hol yoqmasa-da, lekin uning bundan hech qachon jahli chiqmasdi. Men Fredning yolg‘iz qolgani haqida o‘ylardim va bundan xafa edim. Uning uyi biznikidan uncha uzoq emas edi; tushlikdan so‘ng unikiga bordim. Uning uyi biznikiga o‘xshash bog‘ bilan o‘ralgan katta uy edi. Borganimda, darvoza ortida bir erkak uy tomonga qarab turgandi. Erkak birdan ortiga burildi-da meni ko‘rdi. U doktor Barklay ekan. U meni tanimadi. Meni tergov paytida ko‘rmagan deb o‘yladim. U shlyapasini ushlagancha ko‘chaga chiqdi va shu zahoti mashinasini o‘t oldirgani eshitildi. Mabodo doktor uyga kirgan bo‘lsa ham, Fred bu haqda og‘iz ochmadi. U eshikni ochib, meni ko‘rganida barcha xavotirlari tarqab ketganday ko‘rindi. – Men yana politsiya kelibdimi deb o‘ylabman, – dedi u. Biz kutubxonaga kirdik. U yer bir oylardan beri tozalanmay yotganday ko‘rinardi. Elinorning uyi o‘zi har doim shunday: sigaret tutuni, odamlar va yuviqsiz stakanlarga botib yotardi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu yerda hayot borligi sezilib turardi. Hozir esa unday emas. Men uning sumkasini stol ustida ko‘rib ajablandim, Fred sumkaga qarayotganimni sezdi: – Politsiya buni bugun qaytarib berdi, – dedi u. – Biror nima ichasanmi? – Yo‘q, rahmat. Sumkani ochib ko‘rsam maylimi? U bosh irg‘adi: – Buning ichida o‘sha kunga tegishli hech narsa yo‘q. Men sumkani ochdim. Uning ichi doimgidek to‘la edi: pul, atir-upa, yon daftarcha, lab bo‘yog‘i tekkan ro‘molcha, mato parchalari va ularning ustida "Shularga mos oyoq kiyim" deb yozilgan bir parcha qog‘oz bor edi. Men sumkaning ichini yana bir bor ko‘zdan kechirdim, ammo u yerda bo‘lishi kerak bo‘lgan yana bir narsa yetishmasdi. Sumkani joyiga qaytarib qo‘ydim. Fred Elinorning kumush ramkadagi suratiga tikilib turardi: – U juda maftunkor edi. – Ha, haqiqatdan ham, – deya ma’qulladim men. – Margaret esa uni o‘ziga juda ko‘p pul sarflaydigan axmoq ayol deb hisoblardi, – dedi-da, stol ustida to‘lib ketgan ochilmagan to‘lov qog‘ozlariga qaradi. U mendan biror nima deyishimni kutayotgandek ko‘rindi va men dedim: – Sen uni pul bilan o‘zingga qaratib olishing shart emas edi, Fred. U busiz ham seni telbalarcha sevardi. Uning doktorga borib yurganini bilarmiding, Fred? – Yo‘q, undan to‘lov qog‘ozi kelmaguncha bilmasdim. Fred baxtsiz hodisadan xursanddek gapirardi. Doktor Elinorni baxtiyor qilgandi. Elinor so‘ramay ketaverardi, ammo har doim Fredning yoniga qaytib kelardi, Fredning fikricha, ekspertlarning hukmi mutlaqo noto‘g‘ri. – U o‘zi yiqilib ketgan bo‘lsa kerak. U doim balandlikdan qo‘rqardi. Biz tashqariga chiqayotganimizda, Margaret keldi. – Men Margaret Hammondni hech qachon yoqtirmaganman. U baland bo‘yli, Freddan ancha katta yoshdagi ayol edi. U men bilan so‘rashgandek bosh irg‘ab qo‘ydi. – Men bugun kechga kelaman, sening uyda yolg‘iz qolishingni istamayman va ertaga uyingga kerakli hamma narsani, shuningdek otamning suratini ham olib kelmoqchiman, Fred – dedi u. Fred buni eshitib, o‘zini noqulay his qildi. Chunki keksa Joy Hammondning surati borasida Elinor hayotligida ko‘p mojarolar bo‘lib o‘tgan. Elinor bu suratga beparvo edi. Margaret esa bu suratning ayni shu uyda saqlanishini istardi. Men Margaret Elinorning umri davomidagi haqiqiy dushmani bo‘lgan ehtimol deb o‘ylab qoldim. Margaret stol ustidagi bir uyum to‘lov qog‘ozlarini ko‘rib: – Hali hisobingda qancha puling borligini aniqlashimiz kerak, – dedi. – Men qancha pulim borligini bilaman, – dedi Fred. Fred o‘rnidan turdi va stolni xuddi hali-hanuz opasidan Elinorni himoya qilayotgandek, to‘sib olib, unga tikilib qaradi. Ammo men uydan chiqib ketganimdan so‘ng Fred uxlab qolgach, ishonchim komilki, Margaret bu to‘lov qog‘ozlarini chiqarib otib yuboradi. Meni kimdir kuzatib kelayotganini sezganimda uyga yetib qolgan edim. Men bir oz qo‘rqdim-da, to‘xtab, ortimga burildim. Orqada bir qiz turardi. U mening ismimni aytib murojaat qildi: – Baring xonim? Men sizni tergovda ko‘rgan edim va ismingizni muxbir yigitdan bilib oldim. Siz Hammondlarnikida bo‘lgansiz, shundaymasmi? – Ha, shunday. Nima edi? Qiz juda yosh va bir oz hayajonda edi. – Siz Hammond xonimning do‘stimidingiz? – so‘radi u. – Elinor mening xolavachcham edi. Nega so‘rayapsiz? Qiz sumkasidan sigareta chiqarib, uni yoqdi: – Chunki men Hammond xonimni kimdir itarib yuborgan deb o‘ylayman. Men ko‘chaning narigi tomonidagi ofisda ishlayman. O’sha kuni derazadan qarab turgandim. Men uni oldin tanimasdim, albatta. – Siz bu qanday sodir bo‘lganini ko‘rganman demoqchimisiz? – dedim men hayratlanib. – Yo‘q. Ammo men uni bu hodisa sodir bo‘lishidan bir ozgina oldin ko‘rgan edim va u lab bo‘yog‘i bilan labini bo‘yayotgan edi. Bir ozdan so‘ng qarasam, u deraza oldida emas... pastdagi yo‘lakda yiqilib yotgan edi. Uning qo‘llari titray boshlagach, sigaretini tashladi. – Menimcha, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan odam labini bo‘yab o‘tirmasa kerak, shunday emasmi? – Yo‘q, albatta, – dedim men. – Bu ayol Hammond xonim ekanligiga ishonchingiz komilmi? – Ha, u yashil ko‘ylakda edi, men uning sochini ham ilg‘agandim. Kechqurun men o‘sha lab bo‘yog‘ini yo‘lakdan izlab ko‘rdim, ammo uch kundan buyon bunday gavjum yo‘lakda uni kimdir topib olgan bo‘lishi ham mumkin. Ishonchim komilki, uni itarib yuborishganda lab bo‘yog‘i qo‘lida bo‘lgan. Ha, men Fredga aytmay, Elinorning sumkasidan izlab topolmagan narsa ham xuddi shu Elinorning oltin lab bo‘yog‘i edi. Men soatga qaradim: endi o‘n bir bo‘lgandi. – Balki biz birgalikda izlab ko‘rarmiz, – dedim. Qiz menga o‘z ismini aytishni istamadi. – Meni Smis deb chaqiraqoling. Men sudda guvoh sifatida ishtirok etolmayman. Ishimdan ayrilib qolishni istamayman. Men o‘sha lab bo‘yog‘ini topdim. Yo‘l chetida yotgan ekan. Aftidan kamida yigirma marta mashina ostida qolgan ko‘rinardi. Loyini artdim, o‘sha mashhur "E" harfi yozilgan lab bo‘yog‘i ekan. Smis xonim uni ko‘rib: – To‘g‘ri aytgan ekanmanmi? – dedi. Keyin qiz o‘zini avtobusga urdi va uni boshqa ko‘rmadim. O’sha kecha men yaxshi uxlolmadim va ertasi kuni ertalab doktor Barklayning ishxonasiga borib, Elinorning lab bo‘yog‘ini stol ustiga qo‘yganimda kech tushgandi. – Men hech narsaga tushunmayapman, – dedi doktor unga angrayib qararkan. – Hammond xonim yiqilib tushishidan atigi bir daqiqa oldin deraza oldida labini mana shu bilan bo‘yayotgan bo‘lgan. – Siz u yiqilganida bu narsa uning qo‘lida bo‘lgan demoqchimisiz? – Yo‘q. Men Elinor agar o‘zini tashlamoqchi bo‘lganida labini bo‘yab, keyin o‘z joniga qasd qilganiga ishonmayman demoqchiman. U jilmaydi-da: – Agar siz insonlarning tabiatini hech bo‘lmasa men kabi o‘rganganingizda, bu sizni sirayam ajablantirmagan bo‘lardi, – dedi. – Demak Elinor qo‘lida lab bo‘yog‘i bilan o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlagan. Siz esa kecha Hammondlarnikiga bordingiz va men paydo bo‘lishim bilan shoshib ketib qoldingiz. Bundan kelib chiqadiki... Doktor gapimni eshitib qotib qoldi. U oldin meni tanimagan ekan. – Ha, bu sizmisiz? – dedi u kreslosiga yastanarkan. – Sizga rostini aytaqolay. O’sha kuni janob Hammondning ahvoli yomonga o‘xshagandi. U o‘zini otib qo‘ymasin degan tashvishda borgan edim. – Siz ichkariga kirmay turib uni qanday to‘xtatishingiz mumkin edi? – Siz kelganingizda qanday kirsam deb o‘ylayotgan edim. Opasi undan xavotir olayotganini aytib, qo‘ng‘iroq qilgan edi. – Men Margaret Hammondga ishonmayman, Elinorni ko‘rishga ko‘zi yo‘q edi, – dedim-da, lab bo‘yog‘ini qo‘limga oldim. – Baring xonim, siz yosh va maftunkorsiz. Nega hammasini o‘z holiga qo‘ymaysiz. Endi uni qayta tiriltira olmasligingizni yaxshi bilasiz- ku? – Men shuni yaxshi bilamanki, u o‘zini o‘ldirmagan. Doktorning yonidan chiqayotib, Margaretni kutish xonasida ko‘rib hayratlandim. Qizig‘i shundaki, u bir necha soniya o‘zini o‘sha yerdan tashlamoqchi bo‘lgandek tuyulib ketdi. – Margaret! – dedim to‘satdan. U burilib qaradi, yuzi oqarib ketdi. – E, bu senmisan, Luiza. Margaret o‘tirdi-da yuzini qo‘l ro‘molchasi bilan artdi. – U sirpanib ketib yiqilib tushgan bo‘lsa kerak. Qaragin, pol juda sirpanchiq ekan, Lui. Ammo men bosh chayqab rad qildim, ortimda Margaret turgani holda derazadan pastga qarashni istamadim. U doktorning oldiga Fredning Elinor uchun to‘lov qog‘ozlarini topshirishga kelganini aytdi, lekin shu kuni u o‘zini qandaydir g‘alati tutardi. Men mashinaga o‘tirdim-da, uning chiqib ketishini kutdim. U chiqdi, Elinor yiqilib tushgan yo‘lakka va yo‘l atrofiga sinchkovlik bilan qaradi. Demak, u Elinorning lab bo‘yog‘i qo‘lida bo‘lganini yoki uning sumkada yo‘qligini biladi. So‘ng u taksida ketdi. Taksi ko‘p yurdi va nihoyat bir uyning eshigining oldiga borib to‘xtadi. Margaret zinadan chiqib uyning qo‘ng‘irog‘ini bosdi. U uy ichida bir soatlar chamasi qolib ketdi. Chiqqanida men hayratdan qotib qoldim, uning yonida tergovda qatnashgan Tompson xonim bor edi. Taksi mening yonginamdan o‘tib ketdi. Men mashinamdan tushib, uning oldiga yugurib borganimda Tompson xonim hali uyga kirib ulgurmagan edi. – Siz bilan gaplashib olsak maylimi? – dedim. U ikkilanib qoldi. Nima haqda? – Qotillik haqida, – dedim. – Menimcha, siz Hammond xonimning tergovida aytilmagan yana nimalarnidir bilasiz? Uning yuziga nimadir soya tashlab o‘tdi. – Menimcha, uni hech kim o‘ldirmagandi. Hukm... – Yo‘q, uni kimdir o‘ldirgan. Bo‘lmasa janob Hammondning opasi bu yerda nima qilib yuribdi? – Men uni oldin hech ham ko‘rmaganman. Bu yerga esa tergovda aytgan so‘zlarim uchun minnatdorchilik bildirgani kelibdi. Chunki mening guvohligim bechora ayol o‘z joniga o‘zi qasd qilganini ochib beribdi. – Menimcha, u sizga buning uchun pul ham to‘lagandir? – Menga hech kim pul to‘lagani yo‘q, – dedi u jahl bilan. – Agar kimdir meni sotib olib, yolg‘on gapirishga majbur eta oladi deb o‘ylasangiz, adashasiz. U uyga kirdi-da, eshikni sharaqlatib yopdi. Uning gaplari to‘g‘rimi? Doktor ham tergovda aytganidan ko‘ra ko‘proq narsani biladiganga o‘xshaydi. Lekin nega buni yashirishayapti? Tushdan keyin sochimni turmaklatish uchun Elinorning sartaroshiga bordim. Qizlar Elinor haqda gaplashar ekanlar, ulardan yangi ma’lumotlar eshitdim. – O’sha kuni men uni kutayotgan edim, – dedi ulardan biri. – Albatta u kelmadi va ... – Siz uni o‘sha kuni shu yerda kutgandim, demoqchimisiz? – Ha, u soat to‘rtga uchrashuv belgilagan edi. Men bu haqida eshitganimda umuman ishonmadim, garchand u so‘nggi haftalarda bir oz o‘zgarib qolgan bo‘lsa-da. – Undagi o‘zgarishlarni qachon seza boshlagansiz? – so‘radim men. – Taxminan Pasxadan beri. Esimda, menga uning yangi shlyapasi yoqib qolgandi. U o‘sha shlyapasini menga hadya qildi. Keyin g‘alati bir gap aytdi: "Ba’zan yangi bosh kiyimlar xavfli bo‘lib qoladi", dedi. O’sha kuni balki soch turmagim har qachongidan chiroyli bo‘lgandir, ammo boshim og‘riqdan g‘uvillab ketgan va men bunga e’tibor beradigan ahvolda emasdim. Oyim va men Fredni tushlikka chaqirdik. Dasturxon atrofida o‘tirganimizda men undan “Bahor paytlari, taxminan Pasxa arafasida Elinorni xafa qiladigan biror voqea bo‘lganmidi?” deb so‘radim. – O’sha paytlardan boshlab u psixiatrga qatnay boshlaganini aytmasa, yo‘q. – Nega u doktorga qatnay boshladi, Fred? – so‘radi oyim. – O’zingiz ham ko‘rdingizku, – dedi Fred. – Doktor kelishgan, o‘ktam kishi ekan. Unga qarash, u bilan suhbatlashish Elinorga yoqimliroq bo‘lgandir. Shundan so‘ng u tez ketdi. Kechasi yomon uxladim, shuning uchun nonushta mahali o‘tib ketguncha turmabman. Oyim gazetasini o‘qib bo‘lgan ekan. Men gazetani qo‘limga oldim, gazetaning so‘nggi betida o‘tgan kecha Tompson xonimning otib ketilganligi haqida yozilgan ekan. Men bunga qanday ishonishni ham bilmay qoldim. So‘ng xabarni qaytadan o‘qib chiqdim. U o‘lmay qolgan, ammo og‘ir ahvolda ekan. Bu hodisa ro‘y berganda u uyning tashqarisida yolg‘iz o‘tirgan bo‘lib, hech kim o‘q ovozini eshitmagan ekan. Eri uni kech soat o‘n birlarda uyga qaytganida topib olibdi. Demak Tompson xonim uning hayotiga xavf tug‘diradigan nimanidir bilgan. Men Margaret uning uyiga borganini, yo‘lakdan Elinorning lab bo‘yog‘ini izlaganini va birdan Fredning tortmasida turadigan to‘pponchasini esladim. Bularni o‘ylab, nihoyat, politsiyaga borishga qaror qildim. Bo‘lim kapitani e’tibor ham bermadi, lekin keyinroq mening yonimga izquvar keldi. – Siz Hammond xonim o‘z joniga qasd qilganiga ishonmaysizmi? – dedi. Men unga lab bo‘yog‘i, Elinorning sartaroshxonadagi uchrashuvi va Tompson xonim tergovda aytilmagan nimalarnidir bilishi haqida farazlarimni gapirib berdim. – Unda buni kim qilgan? – Menimcha bu janob Hammondning opasi. Kecha men uni doktorning ofisida ko‘rdim. Elinor itarib yuborilganda ham u o‘sha yerda bo‘lgan bo‘lishi mumkin. U pol sirpanchiq ekanligini va o‘zim buni tekshirib ko‘rishimni aytgandi. Men bir oz hayajonlanib sigareta tutatdim, qarasam qo‘llarim ham qaltirayapti. – Margaret lab bo‘yog‘i haqida ham bilgan, chunki men uning yo‘l chetidan nimanidir izlayotganini ko‘rgan edim. Navbatdagi gumonimni eshitib izquvar bir qimirlab qo‘ydi. – Menimcha, Elinor o‘ldirilgan kuni u ofisda bo‘lgan, – dedim men. – Yana u Tompson xonimni otgan deb hisoblayman. Chunki Tompson xonim bu haqda bilgan bo‘lsa kerak. Izquvar menga yaqinroq kelib qaradi: – Nega siz Hammond xonim uni otgan deb o‘ylaysiz? – Chunki u kecha ertalab Tompsonlarnikiga borib u bilan gaplashgandi. Ularnikida bir soatcha qolib ketgandi. Men buni bilaman, uni kuzatgan edim. Izquvar o‘rnidan turdi, uning yuzi ifodasiz edi. – Baring xonim, sizga bir maslahatim bor, bu yog‘ini o‘zimizga qo‘yib bering, shundagina agar siz haq bo‘lsangiz yaxshi, agar siz nohaq bo‘lib chiqsangiz sizga hech qanday xavf tug‘ilmaydi, – dedi. O’sha kuni tushda izquvar qo‘ng‘iroq qildi. U hozirgina Tompson xonim ko‘rsatma berganini, uni kim va nega otganini bilmasligini, lekin Margaret uning faqatgina tergovda guvohlik bergani uchun rahmat aytishga borganini aytgan. Unga hech kim pul taklif qilmagan ekan. Ammo bu kam edi. Tompson xonim so‘roqqacha juda hayajonda bo‘lgan, u Margaret xonimga qo‘ng‘iroq qilib guvohlik berish shartmi, deb so‘ragandek tuyulardi. U zalda bo‘lganida doktorning ofisiga yana kimdir kirgan. – Hech kim sezmagan bir kishi, – dedi izquvar. – Pochtachi. Men u bilan gaplashdim. U o‘sha kuni ertalab Hammond xonimni ofisda ko‘rgan. Pochtachi uni yaxshi esladi. Hammond xonimni ko‘rganida shlyapasini yechib, gazeta o‘qib o‘tirgan ekan. – U Tompson xonimni ham ko‘rgan ekanmi? – U Tompson xonimni ko‘rmagan ekan, lekin Tompson xonim uni ko‘rgan. – Demak, o‘sha pochtachi o‘tgan kuni kechasi borib Tompson xonimni otib ketgan! Izquvar kulib yubordi: – Yo‘q, u o‘sha kecha oilasini kinoga olib borgan. Baring xonim, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, hozir ko‘pchilikda to‘pponcha bor, hatto oldin uni ishlatib ko‘rmaganlarda ham. Demak, Elinor o‘zini-o‘zi yuqoridan tashlagan, Tompson xonimni esa kimdir, shunchaki, to‘pponchasini sinayotib, otib qo‘ygan. Yo‘q, men bunga ishonmadim. Hatto doktor Barklay o‘sha oqshom kelib aytganda ham ishonmadim. Men radio eshitib, kechki ovqatni yeb bo‘lganimda u keldi. Men politsiyaga hammasini aytib berganimni eshitgach, hayratdan qotib qoldi. – Politsiyaga bordingizmi? – dedi u. – Nega bormas ekanman? Sizning ofisingizning derazasidan kimdir itarib yuborilganini boshqalar bilmasligi uchunmi? Uning jahli chiqib ketdi: – Siz o‘zingiz tushunmaydigan narsalarga aralashayapsiz. Bunga aralashmay turolmaysizmi? Shundan so‘ng men o‘zimni tutib turolmadim. – Men siz buni qilmaganingizni qanday bilishim kerak, – deb baqirdim. – Siz yoki pochtachi! – Pochtachi? – dedi u hayratlanib. – Bu bilan nima demoqchisiz? Menimcha uning hayratdan qotib qolgan yuzi kulgimni qistatdi. Men kulaverdim, kulaverdim. Keyin yig‘lab yubordim. Men o‘zimni to‘xtata olmasdim. Birdan u, hech qanday ogohlantirishsiz, yuzimga bir tarsaki tushirdi. Bu shu zahoti meni to‘xtatdi. – Yo‘qoling, bu yerdan, – dedim, ammo u joyidan jilmadi ham. Men bir oz jahldan tushdim, ammo u qilgan ishidan mamnunday ko‘rinardi. – Bu boshqa gap, – dedi va yelkamga qoqib qo‘ydi. – Men bu yerga sizni urish uchun kelganim yo‘q. Sizdan kechqurun yolg‘iz yurmasligingizni iltimos qilish uchun kelgandim, – dedi. – Nega endi tunda uydan chiqmasligim kerak ekan? – Bu siz uchun xatarli bo‘lishi mumkin, – dedi. U menga oz-moz yoqa boshlagandi. – Ayniqsa men sizning Hammondlar xonadonidan uzoqroq yurishingizni istayman. Menimcha bunday qilishga farosatingiz yetarli deb o‘ylayman, – dedi va eshikni narigi tomonidan yopib ketdi. Men hali jahlimdan tushmasimdan telefon jiringlab qoldi. Bu Margaret ekan! – Menimcha, biz senga bugun tunda kelgan politsiyachi uchun tashakkur bildirishimiz kerak, – dedi u. – Tashvishimiz sensiz ham yetarlicha edi. – Juda yaxshi, – dedim g‘azab bilan. – Sizga bitta savolim bor. Nega siz kecha ertalab Tompson xonimni ko‘rgani boruvdingiz? O’tgan kecha uni kim otib ketdi? U bir pishqirdi-da, telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ydi. Fredning oshxona tomondan kiriladigan eshik oldida charchagan holatda turganini ko‘rganimda, oyimning uxlashga yotganiga bir yarim soat chamasi bo‘lib qolgandi. – Kirsam bo‘ladimi? – dedi u. – Toza havoda sayr qilib yurgandim, chiroq o‘chmaganini ko‘rib, kelaverdim. Uning ahvoli oldingiga qaraganda yaxshiroq ko‘rinardi. U Margaret uxlab qolganini va uyda yolg‘iz qolganini aytdi. – Hech uxlolmadim, – dedi u. – Uy issiq. Ortiqcha latta-puttalar ko‘payib ketgan ekan, yoqib yubordim, U sigareta chekib, bir finjon qahva ichdi. Keyin u ketayotganida men darvozagacha kuzatib qo‘ydim va u uyiga qarab ketishiga qarab turdim. So‘ng men burilib, endi uyga yetdim deganimda butalar orasida nimadir qimirlaganday tuyuldi. Uning nima ekanligini bilish uchun burildim, umrimda o‘q ovozini eshitmagandim, nimadir boshimga zarb bilan urildi, ko‘z oldim qorong‘ulashib yiqildim. Men eshitgan keyingi ovoz oyimning ovozi edi. Men o‘zimning karavotimda boshim bint bilan o‘ralgan holatda yotardim. – Menimcha bu qiz aqldan ozgan, – derdi oyim jahl bilan. – Shuncha ogohlantirishlarga qaramay chiqib ketibdi-ya. – Men qo‘limdan kelgancha harakat qildim, Baring xonim, – dedi kimdir muloyim ovozda. Bu doktor Barklay edi. U karavot yonida turar, ko‘rinishi juda g‘alati. edi. Uning bir ko‘zi yopiq, ko‘ylagining yoqasiga esa qarab bo‘lmasdi. – Siz birov bilan olishdingizmi? – dedim. – Ha, – dedi u. – Bu olishuvda boshingizni o‘q salgina yalab o‘tdi. Men sochingizning bir qismini qirqib tashlashga majbur bo‘ldim. Xavotirlanmang, ozgina joyini qirqib tashladim. Ular ham yana o‘sib chiqadi. – Kim bunday qildi? Kim otdi meni? – Pochtachi, – dedi u va xonadan chiqib ketdi. Men esa uxlab qolibman. Menimcha, u menga nimadir berishi kerak edi. Ertasi kuni ertalab, men nima bo‘lganini eshitishimdan oldin keldi. U bir ko‘zi bint bilan yopilgan holda jilmayib kirdi. Keyin hammasini bir boshidan gapirib berdi. Bahorda Elinor uning yoniga g‘alati gaplar bilan borgan, uning gaplariga qaraganda, uni kimdir kuzatayotgan bo‘lib, kuzatib yurgan odam pochta kiyimida ekan. Bunga ishonish qiyin bo‘lsa-da, Elinor hatto qasam ichgan ekan. – Siz Tompson xonim ofisingizga kirayotib ko‘rgan pochtachini aytayapsizmi? – dedim. – Ha, Tompson xonim ham uni tanidi. Lekin haqiqiy pochtachi Tompson xonim kelishidan ancha oldin kelib ketgan bo‘lgan. U Elinorning stulda gazeta o‘qib o‘tirganini ko‘rgan. Tompson xonim ko‘rgan pochtachi esa Elinorni o‘ldirgan kishidir. – Bu Fred edi, shundaymi? – dedim. – Ha, bu Fred edi, – deya u qo‘llarimdan tutdi. – Meni kechir, azizam. Men Elinorni undan uzoqlashtirishga harakat qildim, ammo Elinor undan ajralmadi. – Fred uni telbalarcha sevardi, – dedim. – Ha u Elinorni qattiq sevardi. Ammo uni yo‘qotib qo‘yishdan juda ham qo‘rqardi va rashk azobi uni qiynardi, – dedi u. – Menimcha, u Elinorni mendan rashk qilardi. – Ammo u haqiqatdan ham Elinorni sevgan bo‘lsa... – Muhabbat va nafratning orasi bir qadam bo‘ladi. Fred Elinor o‘ziniki bo‘lmagandan so‘ng boshqaniki bo‘lishini ham istamagan. – U xo‘rsindi-da, davom etdi. – Men sizni qutqarib qolishga juda kech yetib keldim. Men u otganidan keyin uni ushlab oldim va o‘rtamizda juda qattiq olishuv bo‘ldi. Ammo u o‘zini olib qochdi-yu... o‘zini ham otdi. U bosiq holda hikoyasini davom ettirdi. Tompson xonim Fredning suratini ko‘rib, u o‘sha kuni hamshira baqirishidan sal ilgariroq ko‘rgan pochtachi ekanini aytibdi. Uni otish uchun foydalanilgan o‘q esa Fred to‘pponchasining o‘qi bo‘lib chiqibdi. Margaret, sho‘rlik Margaret esa uni jinni bo‘lib qolyapti deb o‘ylagan. – Tompson xonim otib ketilganining ertasi kuni u mening yonimga kelgandi, – dedi doktor. – Margaret Fredni maxsus kasalxonaga qo‘yish kerakligini aytib kelgan edi, ammo mening politsiyaga topshirish haqida maslahatimni eshitgach, uning ham jazavasi tutdi. Men bu ishning dalillari yo‘qolib ketayotganini, ya’ni Tompson xonimning umri oz qolgandek tuyulganini va pochtachi kiyimi yo‘qolganini o‘ylab shunday qilgandim. – Yo‘qolgan?! – U kiyimni yoqib yuborgan ekan. O’tgan kecha biz pochta kiyimidan qolgan yagona daliliy ashyo, tugmalarni topgan edik. – Nega u Tompson xonimni o‘ldirmoqchi bo‘lgan? – dedim men. – U nimani bilgan? – U o‘sha pochtachini tasvirlashga qodir edi. Margaret pochtachi haqdagi gaplarni eshitgach, uydan pochta kiyimini izlagan va uni topgan. Margaret o‘ylab ish qilishga harakat qilgan, ammo u Fredga barcha gapdan xabardor ekanligini va bundan Tompson xonim ham xabardor bo‘lishi mumkinligini aytib qo‘ygan. U esa mashinaga minib, unga qarshi bo‘lgan barcha guvohlarni o‘ldirmoqchi bo‘lib ketgan. Albatta, sendan tashqari. – Nega unda meni ham o‘ldirishga harakat qilgan ekan? – dedim. – Chunki siz hammasini o‘z holiga qo‘ymadingiz. Siz Elinorni kimdir o‘ldirgan deb o‘ylay boshlaganingizdanoq xavf ostida qolgandingiz. Shuningdek o‘tgan kecha Margaretga qo‘ng‘iroq qilib Tompson xonimlarnikiga nega borganini so‘ragansiz. – U eshitib turgan demoqchimisiz? – Men uning eshitganini aniq bilaman. Doktor Hammondlar uyini kechasi bilan kuzatganini, Fred biznikiga kelganida u tashqarida bo‘lganini tan oldi. Ammo Fred qahvasini tinchgina ichdi. Keyin u uyga tomon ketayotganda doktor buni panjara ortida turib kuzatgan. Fred ortiga qaytib menga to‘pponcha o‘qtalgan. Doktor uni endi tortib olaman deganda Fred menga qaratib o‘q uzgan. Bu gaplarni eshitayotib, yig‘ladim. Doktor ro‘molchasini olib ko‘zlarimni artdi. – Bo‘ldi, hammasi ortda qoldi, – dedi u taskin berib. – Siz judayam jasur ayolsiz, Luiza Baring. Doktor o‘rnidan turdi: – Menimcha, siz yetarlicha murda va tasodifiy o‘limni ko‘rdingiz. Sizga hozir eng keragi boshingizdagi bintni yangilatishdir. Keyinroq biror kishini boshingizni qaytadan bog‘lab qo‘yish uchun yuboraman. – Buni o‘zingiz qilib qo‘ya qolmaysizmi? – Yo‘q. Men bu sohadagi shifokor emasman. – Men unga yaxshilab qaradim. U toliqqan va ko‘zining atrofi qorayib ketgandi. Lekin u kuchli va jasur ko‘rinar edi. U bilan bo‘lgan odam xavf-xatardan yiroq bo‘ladi deb o‘yladim. – Nega siz o‘zingiz g‘amxo‘rlik qilmas ekansiz? – dedim men. – Agar men hozir kal ekanman, buni boshqa birovdan ko‘ra siz ko‘rganingiz ma’qul. Bo‘laqoling. U jilmaydi va kutilmaganda yonog‘imdan yengil o‘pich oldi. – Men buni siz stolimga lab bo‘yog‘ini taqillatib qo‘yganingizdayoq olishni xohlagandim, – dedi u. – Balki endi izquvarlikni yig‘ishtirib, sochingizni o‘stirishning payida bo‘larsiz? Chunki men yoningizda uzoqroq qolmoqchiman. Tepamga qarasam, oyim eshikka suyanib, jilmayib turardi.
Ingliz tilidan Gulnora MATYAZOVA tarjimasi
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 20.06.2012, 02:34 | Сообщение # 9 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Najib MAHFUZ
O’ZGALAR UCHUN YASHA
Hikoya
Kechqurunlari Abdurahmon bog‘iga kirib, undan zavq olishni xush ko‘rar edi. Bu uning odatiga aylangan edi. Abdurahmon aksariyat vaqtini uyida o‘tkazar, zarur kezlardagina ko‘chaga chiqar edi, xolos. U iliq sentyabr kunlarining birida boqqa kirib, tevarakka sinchkov ko‘z tashlagan ko‘yi, notekis yo‘lakcha bo‘ylab borardi. U gulzordagi gullarga ancha payt suqlanib termulgach, qo‘shni hovlini ajratib turuvchi tikanli sim to‘sig‘i oldidagi kresloga o‘tirdi. Kechki gazetani qo‘liga olib ko‘z yugurtira boshladi. Uning yurish-turishida, aft-angorida ajib bir viqor sezilib turardi. Biror kimsa uni shu lahzada ko‘rib qolsa, hech ikkilanmay Abdurahmonni ulug‘ bir xonadon sohibi, deya o‘ylardi. U doimo xotirjamlik va sovuqqonlik bilan ajralib turarkan, ko‘zlarida donolik va mardlik nur sochib tarar edi. Xumdek boshi, qalin mo‘ylovi ham uning salobatiga monand. Uning ko‘rinishi qirq besh yoshni bersa-da, aslida bor- yo‘g‘i o‘ttiz besh yoshni qoralagan edi. Abdurahmon kresloda yastanib o‘tirga ko‘yi o‘qishga shunchalik berilib ketgan ediki, ohista bir ovozdan seskanib ketdi: – Assalomu alaykum, amaki. Abdurahmon gazetani qo‘yib, qo‘shnining bog‘i tomon o‘girildi. U yoqda bir qiz turardi. Qizning yorqin, tim qora ko‘zlarida ishonch, samimiyat balqirdi. Abdurahmonning yuziga yasminning muattar isini taratuvchi yoqimli shabada urildi. – Va alaykum assalom, Samara, – javob berdi u. Qiz iljayib qo‘ydi-da, yonidagi kuchukchasi bilan o‘ynay ketdi. Samara o‘n olti yoshda edi. Uning chiroyli yuzlari va kelishgan qaddi-qomati anchadan buyon Abdurahmonning halovatini o‘g‘irlagan edi. U qizning itiga ishora qilib so‘radi: – Ahvoli qanday buning? – Ollohga shukur, butunlay tuzalib ketdi. – Har holda, – ta’kidladi Abdurahmon iljayib. – Iskandariyaning havosi unga yoqmagan ko‘rinadi? – Aksincha. U tomonlar mittivoyga juda ma’qul keldi, o‘zini yaxshi his qildi. Samaraga boqar ekan, uning quyoshdan andek qoraygan yuzlari, jozibali ko‘zlari Abdurahmonni tobora rom etardi. – Samara, rosa quyoshda qoraydingmi? Qiz kulib qo‘ydi. Abdurahmonning ma’noli nigohi yanada o‘tkirroq tus oldi. Bir tomonga yo‘naltirilgan fikrlar o‘rnini fusunkorlik va orzular oshiyoni egalladi. U stulga o‘tirib, yonidagi ermagini o‘ynatayotgan qizga uzoq va mamnun tikildi. Samara esa kuchukchasini erkalarkan, oppoq, uzun junlarini silab-silab qo‘yardi. Ajoyib jonzot xursand tarzda dumlarini likillatib, sohibasining qo‘lini yaladi va uning tizzasiga sakrab chiqib oldi. Samaraning mayin, uzun sochlari uning bo‘ynini qoplab turardi. Abdurahmon unga qarab turib, zavqlanayotgandi. Negadir uning yuragi siqildi: Samara bolaligidan beri “amaki”, deb murojaat qilib keladi, hozir ham shunday. O’sha kezlarda u juda kichkina bo‘lib, qo‘g‘irchoqlar o‘ynab o‘tirardi. Ilgari bunday murojaat unga ma’qul edi, chunki, qizga nisbatan otalarcha mehr qo‘ygan edi. Endi esa qizning bu tarzdagi muloqoti uni xijolatga solar, hatto ko‘nglini cho‘ktirayotgan ham edi. Agar “amaki” unga uylansa, to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘larmikan? Ko‘pchilik o‘ylaydiki, turmush qurayotganlar yoshidagi tafovut aslo to‘siq emas va bunga e’tibor bermaydilar ham. Ammo baxt uchun kurash juda qimmatga tushmasmikan? Axir u bor-yo‘g‘i Ichki ishlar vazirligida o‘n besh funtga kun ko‘rayotgan bir inspektor-ku. Uning yig‘ib qo‘ygan molu davlati va yoxud mansabi bor bo‘lsaki, qizning yuragini zabt eta olsa. Lekin u qizni sevadi va o‘z hissiyotlari bilan kurashishi qiyin, to‘g‘rirog‘i buning iloji ham yo‘q. Sohibjamol qiz o‘n olti yil mobaynida ko‘zi o‘ngida o‘sib ulg‘aydi. Bu qiz uning yolg‘izlikda o‘tgan hayotida taqdirning yuborgan yagona inoyatidir. Muhabbat unga sekin-asta yaqinlashdi va uning butun vujudini qamrab oldi. Abdurahmon qizning baxtiyor va betashvish bolaligi qanday o‘tganligining shohidi bo‘ldi. Bu esa uning yolg‘izligini yanada go‘zalroq qilib ko‘rsatardi. U sevib qoldi va avvalgi xotirjamligini yo‘qotdi. Endi uni hamma narsa, hatto halovatini o‘g‘irlagan yosh do‘sti bilan tasodifiy uchrashuvlar va suhbatlar ham qiynayotgan edi. U qiz bilan bolalarcha muloqot qilayotgan edi. Abdurahmon qizga muhabbatga to‘lib- toshgan ko‘zlari bilan nigoh tashlar, Samara esa bu bu holatni sezmay “mening aziz amakim”, deyishda davom etardi. Agar u qizning qo‘lini so‘rasa, nima deb javob berar ekan-a? Uning hissiyotlari qanday? U harqalay taajjubga tushsa kerak? Qiz otasiga nima deydi? Qanday tushuntiradi? Bundan keyin hozirgidek ko‘rishib turish unga nasib etarmikan? U qizni butunlay yo‘qotib qo‘ysa-chi... Harqalay, Abdurahmon qizning otasi – o‘z do‘sti bilan bu masalani xotirjam gaplashib olishga qodir. Lekin u qanday javob berar ekan? Ha, qanchalar qiyin bu ish! U ko‘zlarini yumib olib, bo‘lajak muloqotni tasavvur qila boshladi: “Do‘stim, men juda muhim masala yuzasidan tashrif buyurdim. Sen bunga ko‘nasanmi yoki yo‘qmi, bilmadim... Ehtimol, men bu masala haqida so‘z yuritishga haqli emasdirman. Lekin baribir men masala qanday hal bo‘lishidan qat’iy nazar gaplashib olishim kerak...” U xayolan muloqotni davom ettirayotgan edi, dabdurustdan yoqimli ovozdan o‘ziga keldi. – Uxlayapsanmi? – Yo‘q. – Uzr. Men ko‘zingni yumib o‘tirganingni ko‘rdim. – Men o‘ylayotgan edim. – Nima haqida? U yosh suhbatdoshining yuziga razm soldi: nima deyish kerak? Unga hammasini aytib berish kerakmi? Yo‘q, bunga hali ertaroq, hozir mavridi emas. Yaxshisi gap ochmay turganim ma’qul. Bu zaifaning qarshisidagi xijolat qamchi zarbasi misoli unga ta’sir qildi. Shu onda u qimirlamay o‘tirardi. So‘ngra qizning ko‘zlariga boqdi. Voajab, Samaraning yuzlari o‘zgargan, qoshlarida bo‘yoq izlari, qirmizi lablari titrar edi. Qiz unga hadiksirab qarab oldi-yu, uyi tomon chopqillab ketdi. Abdurahmon orqaga o‘girilgan ham ediki, iljayib unga yaqinlashayotgan ukasini ko‘rdi. Abdurahmonning yuragi nohush bir narsani sezgandek tezroq ura boshladi. U sir boy bermay muloyimlik bilan ukasidan so‘radi. – Shifokor, qalay ishlar? O’spirin yigit kulib qo‘ydi. – Sen qanday baxtiyorsan, aka? Abdurahmon gap nimada ekanligini fahmlagan bo‘lsa ham, xuddi tushunmagandek qayta so‘radi: – Baxtiyor? – Ha, albatta. Samara bilan gaplashgan inson o‘zini baxtli his etmog‘i lozim. Abdurahmon o‘yladi: “Mening ukam o‘taketgan qallob, yo ahmoq. Aslida Samara bilan suhbatlashgan odam emas, balki hozirgina yuz berganidek, uning yonginasida qizarib ketib, xijolatdan juftakni rostlab yuboradigan inson baxtlidir. Ehtimol, bu o‘spirin haqiqatan ham baxtlidir. Nahotki, u buni tushunib yetmasa. Balki, u mening ustimdan kulayotgandir?” Abdurahmon o‘z ukasining oldida hayajonlanayotganini sezdirmaslik maqsadida gapni boshqa tomonga burib yubordi-yu undan so‘radi: – Kechagi oqshomni qanday o‘tkazding? Anvar uning yoniga kelib o‘tirdi. – Kecha “Qasr al-Ayni”da juda ko‘p hayajonli voqealar bo‘lib o‘tdi, oqshomning aksariyat qismini o‘sha joyda o‘tkazdim. Abdurahmon jimgina ukasiga boqar ekan, butunlay boshqa narsa haqida o‘yga toldi. U Anvarni yaxshi ko‘rar edi, xuddi boshqa ukalaridek uni ardoqlab, mehribonlik ko‘rsatib kelmoqda. Lekin ayrim kezlarda yuragini tashvishlar qamrab olardi. Ayniqsa, Samara haqida so‘zlaganida ukasini juda yomon ko‘rib ketardi. Ukasi qizning ismini tilga olganida Abdurahmon qiynoq va iztirobda qolar edi. Aka Anvarning porloq kelajagi uchun ko‘p mehnat qildi. Lekin, uka katta akaning yuragida yuz berayotgan tug‘yonlarni ilg‘ay olarmikan? U go‘zal qizni boshqa inson sevishini xayoliga ham keltira olmas, o‘zining tashvishlari bilan nihoyatda band edi. – Men bir muhim masala borasida maslahat olgani kelgan edim, – dedi Anvar. Abdurahmon o‘z hissiyotlarini sir boy bermay xotirjam taklif qildi: – O’tir. – Oldin sen meni eshit , – gapira ketdi Anvar o‘tirmasdan. – Hozir fikrlarim aralash-quralash bo‘lib ketdi. Bir oydan so‘ng shifoxonadagi amaliyotim tugaydi. O’qituvchim doktor Braun tibbiyot fakultetida shifokor bo‘lib qolishga tavsiya etyapti. Abdurahmon ancha yengil tortdi va xursand ohangda qichqirib yubordi: – Tabriklayman! Tabriklayman! Shak-shubhasiz, sen bunga loyiqsan, ofarin! Anvar aniq bir to‘xtamga kela olmay turardi, u hozir aytgan so‘zlariga yana qo‘shimcha qilmoqchi shekilli. Nihoyat u xijolatomuz holda sekingina qo‘shib qo‘ydi. – Yo‘q... demak... Men aytmoqchimanki... Agar ketsam, bir o‘zim ketmayman. – Xech narsani tushunmayapman – hayron bo‘ldi Abdurahmon, lekin yuragi notinch, qandaydir tashvish bor ekanligini sezib turardi. Anvar o‘z hayajonini yengib, davom etdi: – Men uylanib, xotinimni ham olib ketaman. – Nega bunday to‘satdan? Ilgari bu haqida gap bo‘lmagandi-ku, to‘g‘rimi? – Bo‘lmagan. – Unda nima bo‘ldi? – Men jo‘nab ketish bilan bog‘liq ishlarimni hal qilmagunimcha bu haqida gapirmoqchi emasdim. Abdurahmon sukutda edi. U baribir o‘z hayajonini chetga surib so‘radi: – Sen uzil-kesil shu qarorga keldingmi? Kimga uylanmoqchisan o‘zi? – Samaraga, – dedi Anvar qo‘shni uy tomonga ishora qilib. Abdurahmon bu yangilikni sukut saqlagan holda eshitdi. – Sening fikring qanday? – so‘radi Anvar shosha-pisha. – U senga yoqadimi? – Yaxshi tanlov, diding chakki emas, – deb g‘o‘ldiradi Abdurahmon. – Sendan minnatdorman, aka. O’tinib so‘rayman, menga yordam ber, ertaga uning otasiga uchrashamiz, umid qilamanki, u bizga yo‘q demaydi. – Bo‘pti, sen aytgancha qilamiz. – Menda bor-yo‘g‘i bir necha oy bor. Bu vaqt mobaynida men uylanishim va Angliyaga jo‘nab ketishim uchun tayyorgarlik ko‘rishim joiz. Bilasanmi, men asal oyimizni barcha aslzodalar singari xorijda o‘tkazmoqchiman. Anvar xayrlashdiyu jo‘nab ketdi. Abdurahmon ukasiga eshikni yopib, ko‘zdan yo‘qolgunicha qarab turdi. U ma’yus o‘tirar, ko‘zlari hech narsani ko‘rmasdi. Tuman quyuqlashdi va hammayoq sukutga cho‘mdi. U axiri turdiyu kichik bog‘ni aylanib, yana o‘tirdi. Abdurahmon yigirma yil avvalgi o‘tmishini eslay boshladi. U damlar sururga to‘la va saodatli edi. U o‘sha davrda nihoyatda xushchaqchaq o‘spirin bo‘lib, kelgusi hayotdan talaygina umidlari bor edi. U vaqtlar hozirgi kunlar singari shafqatsiz emas edi. Abdurahmon o‘z oilasida to‘ng‘ichi edi. Ota-ona uni iloji boricha hayotdan zavqlanishini istab yashar edilar. Maktabda u o‘z tengdoshlari orasida iste’dodi va tirishqoqligi bilan ajralib turardi. Atrofdagilar haqiqatan uning peshonasida porloq istiqbolni ko‘rishar edi. Balki shunday bo‘lishi mumkin edi, lekin uning otasi to‘satdan olamdan o‘tib qoldi. Ota baxtsiz bevani to‘rt farzandi bilan qoldirib boqiy dunyoga ravona bo‘ldi. Oila bor-yo‘g‘i to‘rt funt nafaqaga arang kun ko‘rar edi. Abdurahmon shafqatsiz hayot bilan ilk bor to‘qnashdi. Uning barcha orzu-umidlari chilparchin bo‘ldi. Ilgari ota oilaning boquvchisi bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bu tashvish Abdurahmonga yuklandi. Boshqa yo‘l yo‘q edi, lekin u bu haqiqatni darrov anglab yetmadi. Shu tariqa oila tayanchining barcha umidlari puchga chiqdi. Yurakni o‘rtab yuboruvchi og‘ir kunlar boshlandi. Lekin u barchasiga chidadi. Uning zimmasida ukalari haqida qayg‘urish yuki bor edi. Endi u faqat o‘zi haqida o‘ylamayotgan edi. U butun borlig‘ini onasi va ukalariga bag‘ishladi. U yangi bir baxtga , ya’ni – o‘zgalar baxti uchun kurashmoq baxtiga sazovor bo‘ldi. U hatto uylanish haqida o‘ylab ham ko‘rmadi, bularning barchasi oila tayanchining yaqin insonlariga nasib etdi. Bu inson sabr-toqat qilishga qaror qildi, lekin ukalarining sabrlari chidamadi. Ulardan biri politsiya maktabini bitirib, zobit bo‘ldi va darrov uylandi. Uning ortidan muhandislik diplomini olgan ikkinchi uka ham uylanib oldi. Abdurahmon esa bo‘ydoq bo‘lib qolaverdi. Endigina uning hayotiga baxtu saodat olib kirishi mumkin bo‘lgan ko‘hlikkina qiz yoqib qolganda... Onaning ovozi uning xayolini bo‘ldi. – Abdu, nega qorong‘ida o‘tiribsan? Abdurahmon kun botganini ham sezmay qolibdi. U og‘ir qadamlar tashlab uyga kirdi. – Anvar sen bilan gaplashdimi? – so‘radi ona. – Ha. – Xo‘sh, uning qaroriga nima deysan? – Uning tanlagan qizi yaxshi. Ertaga men qo‘shnimiz bilan gaplashib, Anvar uchun uning qo‘lini so‘rayman. – Mana endi hamma qushchalarim har tomonga qanot qoqib uchib ketdilar. Sendan tashqari hammasi, – dedi ona xomush ohangda. U jim edi. Kim biladi, ehtimol unga ro‘baro‘ kelgan baxtsizlik unchalar qo‘rqinchli emasdir. Bu birinchi marta emas. Hayot uni bir narsaga, sabr-toqatga o‘rgatdi. U shuni tushunib yetdiki, hayotni o‘zgalarga bag‘ishlagandagina baxt-saodatli bo‘lish mumkin ekan.
Arab tilidan Bobur G’IYOSOV tarjimasi
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 20.06.2012, 02:35 | Сообщение # 10 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Konstantin Pautovskiy
GULMOHILAR
Napoleon armiyasining bir marshali qismati haqidagi ushbu hikoya nozik insoniy tuyg‘ularning tanqisligidan zorlanib yurguvchi kitobxonlarning e’tiboriga arzigulikdir. Bu marshalning ismini rasmiyatchi muarrixlarni qo‘zg‘ab qo‘ymaslik andishasida sir tutamiz. Marshal hali navqiron edi. Oq oralagan sochlari va yanog‘idagi chuqur chandiq uning yuziga qandaydir joziba baxsh etar, ammo bu yuz harbiy yurishlar va shu jangu jadallar “hadya etgan” mahrumiyatlar natijasida qorayib ketgan edi. Askarlar o‘z marshallarini yaxshi ko‘rardilar. Zero, u urush mashaqqatlarini askarlar bilan bab-baravar tortar, yomg‘irpo‘shiga o‘rangancha to‘g‘ri kelgan joyda — dala-dashtda, gulxan yonida yotib qolaverar, ko‘pincha burg‘uning bo‘g‘iq ovozidan uyg‘onib ketardi. Tag‘in u askarlar bilan bir suvdondan suv ichar, hamisha to‘zigan, chang-chung mundirida yurardi. Marshal behad toliqtiradigan harbiy yurishlar va jangu jadaldan bo‘lak hech narsani ko‘rmas edi go‘yo. Qachondir egardan egilib, biror-bir dehqondan Frantsiya shon-sharafi uchun o‘zlari istilo etgan shaharning nima bilan shuhrat topganligi xususida biror narsa bilishga intilish uning xayoliga ham kelmas edi. Chek-chegarasi yo‘q mahorabalar uni kamgaplikka, shaxsiy hayotni butunlay unutishga mahkum etgandi. Qish kunlarining birida marshalning Lombardiyada to‘xtab turgan otliq korpusi zudlik bilan Olmoniyaga ildam kirib borish va “Buyuk qo‘shin” bilan birlashish haqida buyruq oldi. O’n ikkinchi kun deganda korpus tunash uchun kichik bir olmon shaharchasiga qo‘ndi. Qor bilan qoplangan tog‘lar tun qo‘ynida oqarib ko‘rinardi. Atrofda qoraqayin o‘rmonlari cho‘zilib ketgan, bu to‘ngan olam qo‘ynida faqat yulduzlargina charaqlayotgan edi. Marshal tunash uchun mehmonxonada to‘xtadi. Kechki ovqatdan so‘ng u mo‘‘jaz zaldagi kaminning yoniga o‘tirib oldi-da, qo‘l ostidagilarga ruxsat berib yubordi: u juda horigan, ko‘ngli yolg‘izlikni tusamoqda edi. Tomgacha qor bosgan shaharchaning sukunati bolaliknimi va yoki ko‘rgan-ko‘rmaganligi o‘ziga ham ishtibohli bo‘lib tuyulayotgan biror tushnimi xotirga solar edi. Tez kunlarda hal qiluvchi janglar boshlanishini marshal bilar va shuning uchun ham osoyishtalikka bu taxlit noodatiy intilishi hujumning shiddatli gumbur-gumburi oldidan tabiiy bir ko‘ngil yozish ekanligiga o‘zini ishontirmoqchi bo‘lardi. Olov insonni sehrlab, gangitib qo‘yadi. Marshal ham yonib turgan palyonlardan ko‘zini uzmay o‘tirarkan, zalga o‘rta yashar ozg‘in, qushbashara bir kishi kirib kelganini payqamay qoldi. Notanish kimsa to‘rlab yamalgan havorang frak kiyib olgan edi. U kaminga yaqin kelib, sovqotgan qo‘llarini isita boshladi. Marshal boshini ko‘tardi-da, norozi bir ohangda so‘radi: — Siz kimsiz, janob? Nega bu yerga o‘g‘rincha kirib oldingiz? — Men musiqachi Baumveysman, — javob qildi notanish kimsa. — Mening sezdirmay kirib kelganimning boisi shundaki, qishning bunday kechalarida sassiz-sadosiz qadam bosish istagi ixtiyordan xorij bo‘ladi. Musiqachining qiyofasi va ovozi marshalni o‘ziga jalb qildi. Marshal bir muddat o‘ylanib turdi-da: — Olovga yaqinroq keling, janob, — dedi. — Tan olishim kerakki, bunday osoyish oqshomlar menga hayotda juda kamdan-kam nasib bo‘ladi, shunday lahzalarda siz bilan suhbat qurayotganimdan mamnunman. — Minnatdorman, — javob qildi musiqachi, — agar ruxsat etsangiz, royal chalib berardim. Ikki soatdirki, ajib bir kuy xayolimni butkul band etgan, men uni chalmasam bo‘lmaydi — balandda, mening xonamda esa royal yo‘q. — Garchand... bu tunning sukunati eng nozik saslardan-da yoqimliroq... mayli, chalib beraqoling... — dedi marshal. Baumveys royal oldiga o‘tirib, eshitilar-eshitilmas ovozda chala boshladi. Marshalga shaharcha atrofidagi ulkan va ayni paytda mayin qor uyumlari sadolanayotgandek, ana shu qish, ha, qishning o‘zi, qoraqayinlarning qordan bukilib ketgan shoxlari kuylayotgandek, hatto kamindagi gulxan jaranglayotgandek tuyulib ketdi. U qoshlarini chimirdi — palyonlarga tikildi va olov emas, o‘zining qo‘nji baland etigining shporlari jiringlayotganini sezdi. — Mening tasavvurimda qandaydir jinlar, farishtalar jonlanayapti... Siz mashhur musiqachi bo‘lsangiz kerak... Baumveys chalishdan to‘xtadi. — Yo‘q, men kichik knyazlar va pomeshchiklarning to‘ylarida, bayram kechalarida sozandalik qilaman, xolos. Eshik tarafdan chana tovushi eshitildi, otlar kishnadi. — Men endi boray, — Baumveys qo‘zQaldi. — Otlar menga keldi. Xayrlashishga ruxsat eting. — Qayoqqa borasiz? — so‘radi marshal. — Toqqa, bu yerdan ikki lyo narida o‘rmonchi yashaydi. Uning uyida hozir bizning ajoyib qo‘shiqchimiz Mariya Cherni mehmon bo‘lib turibdi — u bu yerga urush jafolaridan qochib kelgan. Mariya tug‘ilgan kunini nishonlayotir — u bugun 23 yoshga to‘ladi. Axir, qaysi shodiyona keksa tapyor* Baumveyssiz o‘tardi deysiz?! Marshal ham kreslodan turdi. — Janob, — dedi u, — mening korpusim ertaga ertalab bu yerdan jo‘nab ketadi. Agar men sizga hamroh bo‘lsam va bu oqshomni o‘rmonchining uyida o‘tkazsam, beadablik sanalmasmikan? — Ixtiyoringiz, — Baumveys shunday dedi-da, sipo ta’zim bajo keltirdi, ammo uning marshalning so‘zlaridan hayron bo‘lgani ko‘rinib turardi. — Biroq, — dedi marshal, — bu haqda hech kim bilmasligi lozim. Men orqa eshiqdan chiqaman, chanaga quduq yonida o‘tiraman. — Ixtiyoringiz, — takrorladi Baumveys va yana bir karra ta’zim bilan xonadan chiqdi. Marshal jilmayib qo‘ydi — bu oqshom u sharob ichgani yo‘q, ammo beg‘am bir sarxushlik vujudini qamrab olgan edi. — Qahratonga qaramay! — dedi u o‘ziga o‘zi. — Jin ursin, o‘rmonga, tungi tog‘larga! Ajoyib! U yomQirpo‘shini yelkasiga tashlab mehmonxonadan bog‘ orqali imi-jimida chiqdi. Quduq yonida chana turardi — Baumveys marshalni kutmoqda edi. Otlar pishqirgancha, qishloq chetida turgan soqchining oldidan g‘izillab o‘tib ketishdi. Soqchi odatiga ko‘ra, biroz kechikib bo‘lsa-da, miltig‘ini yelkasiga olib, marshalga chest berdi. U qo‘ng‘iroqchalarning uzoqlashib borayotgan jiringlashini uzoq tinglab turdi-da, boshini chayqadi: — Qanday tun bo‘ldi bu o‘zi-a?! Eh, qaniydi, shu payt bir qultumgina vino bo‘lsa! Kumush taqa qoqilgan otlar yeldek uchar, ularning qaynoq nafasidan tumshuqlariga qo‘ngan qorlar erib borardi. Qahraton butun o‘rmonni tilsimlab qo‘ygandek. Qorapechak go‘yo ayovsiz ayozda qoraqayinlarning hayotbaxsh sharbati bilan jon saqlab qolmoqchidek daraxtlarning poyasiga mahkam chirmashib olgan. Otlar soy oldida to‘xtab qolishdi. Soy yaxlamagan edi. U tog‘ ungurlari, zich o‘rmonlar ichidan oqib chiqarkan, bo‘ronda sinib tushgan shox-shabbalar va yaxlagan yaproqlarga qorishgancha ko‘pirar, toshlarga urilib sharqirardi. Otlar suvga tumshuq bosishdi. Suvda — ularning tuyoqlari ostidan nimadir yaltiroq oqim bo‘lib Qirillab o‘tdi-da, hurkib, zudlik bilan suvga shaloplab otildi. — Gulmohi*, — dedi chanakash. — Judayam quvnoq baliqlar! Marshal kulimsiradi. U hamon sarxush edi. Otlar chanani g‘izillatib tog‘ sayhonligidan olib chiqib, baland tomli eski uy oldida to‘xtaganda ham bu sarxushlik tarqamagan edi. Deraza yop-yorug‘ edi. Chanakash chanadan sakrab tushdi va oyog‘i ustiga tashlagan po‘stakni olib qo‘ydi. Eshik ochildi. Marshal ustini yechib, Baumveys bilan birga shamlar yoritgan pastak xonaga kirdi-da, bo‘saQada to‘xtab qoldi. Xonada yasan-tusan qilgan bir qancha erkak va ayollar o‘tirishardi. Ayollardan biri o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Marshal unga bir nigoh tashlaboq, ichki bir tuyg‘u bilan Mariya Chernini tanidi. — Avf etgaysiz, — dedi marshal salgina qizarib. — Chaqirilmagan mehmonni avf etgaysiz. Ammo-lekin biz askarlar na oila, na bayram, na sokin o‘yin-kulgularni bilamiz. Bugungi shodiyonangiz taftidan bahramand bo‘lishga ruxsat etgaysiz. Keksa o‘rmonchi marshalga ta’zim bajo keltirdi. Mariya Cherni esa unga yaqin kelib, ko‘zlariga tikildi-da, qo‘lini uzatdi. Marshal Mariyaning qo‘llarini o‘parkan, bu qo‘llar unga muzdek, bir bo‘lak muz parchasidek tuyulib ketdi. Hamma jim qoldi. Mariya Cherni qo‘lini marshalning yuziga ohista tekkizdi, chuqur chandiqni barmoqlari bilan silab turib so‘radi: — Judayam qattiq oQriganmidi? — Judayam, — javob qildi marshal jilmayib. — Bu — qilichning kuchli zarbidan. Shunda qiz marshalning qo‘lidan tutdi-da, mehmonlar oldiga boshladi. U, xuddi qaylig‘ini tanishtirayotgandek, xijolatomuz, ammo yal-yal yongancha, o‘tirganlarni marshalga tanishtirdi. Mehmonlar taajjubda o‘zaro shivirlashib olishdi. Bilmadim, aziz o‘quvchi, Mariya Chernining portretini chizib o‘tirish kerakmikan? Bilmadim. Agar siz ham men kabi Mariya bilan zamondosh bo‘lsangiz, bu ayolning yorqin latofati, mayin raftori, uning g‘alati, binobarin, maftunkor fe’l-atvori haqida eshitgandirsiz. Mariyaning muhabbatidan umidvor bo‘lishga biror-bir erkak jur’at qilabilarmidi? Bo‘lsa ham, Shiller kabi insongina uning ma’shuQi bo‘lishga arzirdi. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi? Marshal o‘rmonchining uyida ikki kun qolib ketdi. Biz bu o‘rinda muhabbat haqida gapirmaymiz — zero, uning nima ekanligini biz hanuz bilmaymiz. Ehtimol, bu — tuni bilan yoqqan qalin qor, qahraton qo‘ynida gulmohilar shaloplab suv sachratayotgan soydir? Ehtimol, bu — shamlar yonib tugayotgan, yulduzlar Mariya Chernining qaroqlarida charaqlash uchun deraza oynalaridan bo‘ylagan subhi kozibda taralgan keksa daraxt shirasining hidi, qo‘shiq va jarangdor kulgidir? Kim bilsin. Ehtimol, bu — qattiq epoletlardagi yalang‘och qo‘llar, marshalning sovqotgan sochlarini silayotgan barmoqlardir? Bu — er kishining ko‘ngilga shu choqqacha mutlaqo notanish nozu adolar haqqi, mehru navozish haqqi, o‘rmon tunlari baQrida uchgan uzuq-yuluq shivir-shivirlar haqqi to‘kkan ko‘z yoshlaridir? Bu, ehtimol, bolalikning qaytishidir? Kim bilsin. Va ehtimolki, bu — Mariya Cherni gulqog‘ozlarni, stollarni, muhabbatining guvohi bo‘lgan xona eshiklarini g‘ayriixtiyoriy silab-siypalayotgan choQda yurakning shuvillab ketarak, ayriliqoldi umidsizligi, chorasizligidir? Va ehtimolki, bu, alaloqibat — deraza ortida Napoleon jandarmlarining qat’iy buyrug‘i ostida mash’alalar tutuniga chulg‘anib egarlardan sakrab tushgan, shaxsan imperatorning buyrug‘iga binoan marshalni qamoqqa olish uchun uyga bostirib kirgan mahali ayol ko‘ksidan otilgan nola, uning aql-hushidan judo bo‘lib qulashidir? Tevarak-atrof aslida, oldingiday edi. O’rmon shamollar oqimi ta’sirida hamon o‘shandoq guvillar, soy qorayib ketgan yaproqlarni hamon kichik girdobchalariga solib o‘ynardi. Tog‘da boltalarning aks-sadosi hamon o‘shandoq taralar, ayollar quduq atrofiga to‘planib olib, hamon o‘shandoq javrashardi. Lekin negadir bu o‘rmonlar, mayin uchib-qo‘nayotgan qor parchalari, gulmohilarning soy baQridagi shu’lalari Baumveysni frakining orqa cho‘ntagidan eski, ammo qordek oppoq qo‘lro‘molchasini olishga, uni ko‘zlariga bosib, Mariya Chernining yashinday tez o‘chgan muhabbati haqida, hayotning ba’zan musiqaga o‘xshab ketishi haqida poyintar-soyintar jumlalarni shivirlashga majbur qilar edi. Yuragining qattiq sanchig‘iga qaramasdan, Baumveysning lablari mazkur voqeaning ishtirokchisi bo‘lganidan va keksa, qashshoq tapyorning chekiga kamdan-kam hollardagina tushadigan hayajonli lahzalardan benasib qolmaganidan uning masrurligini aytib pichirlar edi.
Rus tilidan Nodira Afoqova tarjimasi.
*Gulmohi — baliqning bir turi. *Tapyor — raqs kechalarida pulga pianino yoki bayan chaluvchi sozanda.
|
|
| |
BumBumCHa | Дата: Воскресенье, 03.02.2013, 16:22 | Сообщение # 11 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Статус: Offline
| Bilasizmi azizim, sizni qanchalik sevishimni? Esizdami sevgimiz tarixi qanaqa boshlangani? Avtobusda ketayotganimizda, tik qolganimni körib menga joy bergandiz. O'shanda qattiq sovuq qotganimdan sizga rahmat ham aytolmaganman. Ehtimol hayajonlangandirman, ehtimol ötkir nigohlariz qarshisida hayajonlangandirman. Uyga kelib negadir kalendarda o'sha sanani katta qilib qizil marker bilan belgilab qo'ydim. Keyin yana sizni tasodifan uchratib qolganimda meni qahvaga taklif qildiz. Bu qahva men hayotimda ichgan eng betakrori edi. Sizga juda yarashardi ösha tabassumingiz. Telefon raqamimni oldiz. Har safar uchrashganimizda bag'rimni gullarga to'ldirardiz. Bir oydan keyin menga uzuk sovg'a qilib qo'limmi so'radiz. Men dunyodagi eng baxtli qiz edim. Ayniqsa o't o'chiradigan mashina bilan kelib, tug'ilgan kunim kuni katta, oppoq ayiq sovg'a qilganizni sira unutolmayman. Uni asrab avaylayman, qizimiz uchun. Hayolan ayiqcha bilan siz haqizda gaplashaman. Töyimizdagi voqealar esizdami? Men hali ham to'yimizdagi voqealarni hayajon bilan eslayman. Salonga meni olib ketish uchun kelganizda, do'stlariz meni ko'rmasligi uchun ularni ichkariga kiritmagandiz. Sezganman, rashk qilgandiz. To'yimizdan keyin har kuni azonda qiynalmasligim uchun hovlilarga suv sepib berardiz, keyin oyijonim ko'rib qolmasliklari uchun kirib yana uxlardiz. Qizimiz tug'ilganida xursandligizdan hovuzga sakraganizni eslasam hali ham kulgim keladi. Qaniydi ösha qora kunni hayotimizdan butunlay öchirib tashlashning imkoni bölsa... Siz ikki bolani olov ichidan qutqarib oldingiz, ularga hayot ato etdingiz. Ammo buning badali katta böldi... Qancha köz yosh tökdim ekan? Yodizdami? Jonimga qasd qilmoqchi bölgandim. Tushimga kirib, unaqa qilma, qizimiz uchun yasha degandiz. Mana Zarinamiz ham 6 yoshga to'ldi. Hozir uni maktabdan olib uyga qaytaman, xuddi o'ziz bo'lgan qiziz ham. Xo'p azizim, men uyga qaytdim. Ertaga yana kelaman, sovuq qotmasdan yoting. Ertalab yangi gullar olib kelaman. Ha, siz yaxshi körgan gullardan. Meni duolarim sizni isitadi. Bilasizmi bugun tanishganimizga 7 yil bo'ldi. Xursandmisiz? Xursandsiz a? Xotirjam yoting, xöpmi... Yo'q, men yig'lamayapman. Axir sizga va'da berdimku yig'lamayman deb? Ha, közimdagimi? Bu yosh emas. Hm, tög'risi... Shamol kuchli esyapti... Sizni taqdir hukmi mendan ajratgandir, lekin shuni bilamanki hali hammasi yaxshi bo'ladi, siz har doim qalbimdasiz. Bu sevgimiz tarixi...bizning sevgimiz tarixi... U hech qachon o'lmaydi, manguga yashaydi... Добавлено (03.02.2013, 15:22) --------------------------------------------- Guli va Umid ... Ular har kuni uxlashlaridan oldin bir-birlariga sms yozishardi "seni sevaman" deb. Bu sms ularga odat bölib ketgan edi , Guli smsni öqimas edi ham . Bilar edi , smsda: "seni sevaman" deb yozilgan ekanligini. Bir kuni ertalabdan Gulini uy telefoni jiringladi. Bu Umidning onasi edi , va g'amgin yig'lagan ovozda gapirdi: - Qizim .., Umid endi oramizda yöq , kecha tunda avtohalokatga uchrabdi , bugun tongda joni uzildi.. Guli bu gaplarni oxirigacha ham eshitmay telefonidagi smsni öqishga shoshildi. Smsni ochganda esa "Gulim .. Negadur bugun seni har kungidan ham köproq sog'inib ketyabman. menimcha bu oxirgi smsim va oxirgi kun yashashim . Hozir men kasalxonadaman. Ölimimdan oldin seni söngi marotaba körishni istayman " shu sözlar yozilgan edi...
odnodagi "история о любви" gruppasidan! (Tarjima qivoldim))
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 04.02.2013, 17:42 | Сообщение # 12 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Bum) 1 chisi juda ta'sirli ekan. 2. chisi ham.
|
|
| |
Shohi | Дата: Вторник, 14.05.2013, 00:30 | Сообщение # 13 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Статус: Offline
| Ma'lum va mashxur hikoyalar . Добавлено (13.05.2013, 23:23) --------------------------------------------- O`ylantiradigan hikoyalardan biri bo`lgan N. Eshonqulning "Maymun yetaklagan odam" hikoyasi.
Добавлено (13.05.2013, 23:27) --------------------------------------------- MAYMUN YETAKLAGAN ODAM
Bu voqеa uch yillar oldin bo'lgan edi. Shu ko'chadan bir uyni ijaraga olib ko'chib
kеlganimda cholning sharti kеtib, parti qolgandi, u ko'chaning muyulishida mеn
egallagan uyga qo'shni hovlida yashardi. Uni birinchi marta uyining oldidagi eski
o'rindiqda chuqur o'yga tolgan holda ko'rgan edim. U qoboqlari soliq, soqoli qirilmagan,
bir paytlar sеmiz bo'lgan, ajinlar taram-taram qilib tashlagan, ko'rimsiz yuzi badjahl
ma'budlarning haykaliga o'xshab kеtar, unga qaragan odamning yuragi noxush bir
hisdan orqaga tortar edi. Ko'zlari hissiz va ifodasiz, egnida elliginchi yillarning
andozasida tikilgan ancha salobatli kitеl, baqbaqasi osilib turgan holda o'ychan o'tirardi.
Mashinadan kitoblarni katta etakda tashib kiritayotganimda - go'yo atrofidagi olamdan
endi hеch qanday iltifot kutmay qo'ygandеk, hеch narsaning qizig'i qolmagandеk mеnga
e'tiborsiz bir ko'z tashladida, so'ng yana o'sha holatida еrga qarab o'tiravеrdi.
Bir nеcha kundan so'ng uy bеkasidan bu cholning bir paytlar tuzukkina rassom bo'lganini
va hozir ham surat chizib turishini eshitib, hayron qoldim. Uni hayotda omadi
chopmagan biron amaldor bo'lsa kеrak, dеb taxmin qilgandim. Kеyinchalik cholni tеz-tеz
o'sha kitеlida go'yo nеcha qadam umri qolganini o'lchab yurgandеk og'ir qadamlar bilan
uyiga yoki ko'cha boshidagi oziq-ovqatlar do'koniga qarab kеtayotganini, gohida esa
mahalla oshxonasida ovqatni titrab-qaqshab еb o'tirganini, qoboqlari ostida odamlarga
adovat bilan tikilib-tikilib qo'yganini ko'rib qolardim . Zaharli ... odamni bo'g'ib, holdan
qilib qo'yadigan bu adovat mеnga o'shanda uning butun tanasidan, butun vujudidan,
qoqshol bo'lib qolgan barcha qon tomirlaridan hamda chakalakdor ichidagi tilsimli
qo'rg'on kabi noma'lum bo'lgan umr qal'asidan ufurayotgandеk tuyulgandi. Uni ko'rsam
nеgadir yuragim g'ash tortadigan, ko'nglim bеhuzur bo'ladigan, kayfiyatim buziladigan
bo'lib qolgandi, vaholanki, hali u bilan salom-alikdan nariga o'tmagandik. Mеnga, avvalo,
uning turqi yoqmasdi: nochor holiga qaramay odamlarga kibr aralash dimog'-firog' bilan
qarar, hammaga yotsirab, shubha bilan tikilar, go'yo o'zini bir umr har bir kishiga
shunday tikilib o'tgandеk tutar edi. Bir kuni uy bеkasi mеndan cholga kеchki ovqat
chiqarib bеrishni iltimos qilib qoldi. Cholning sovuq yuzini esladimu isthola qildim; biroq
yo'q dеya olmadim. Eski uslubda qurilgan, tor tabaqali eshidan ichkariga kirdim: chol
katta ayvonda … o'tirgancha oldida ... Cholning uyi hashamatli, kеng, lеkin toshlar tilgan
maydonday huvillab yotardi. Ustun va romlari chirigan, umuman hovlidan chirkin va
badbo'y hid kеlardi. Chirkin hid daraxtlardan, qor ostida qolib qarovsizlikdan xazonlikka
yuz tutgan gulzordan, uyning yog'ochlaridan va ayvonda qalashib yotgan har xil rasmlar
uyumidan kkеlayotgan edi: shaltoq hid esa axlat solinadigan unduqadan kеlardi.
Xayolimga birdan bu unduqadagi axlatlarni chol umr bo'yi saqlab kеlgan bo'lsa kеrak
dеgan fikr kеlib qoldi. Hiddan ko'nglim ayniguday bo'lib chol o'tirgan ayvonga yo'l oldim.
Chol mеnga e'tibor ham bеrmadi, ajabsinib bir qarab qo'ydiyu, o'z ishini davom
ettiravеrdi; u qandaydir bo'yog'i ko'p surat chizayotgan edi. Nariroqda turgan kichkina
xontaxtani kеltirib cholning oldiga qo'ydim: u shunda ham e'tibor bеrmadi, u o'ziga
ovqat kеltirib bеrishlariga ko'nikib qolgan edi, shеkilli. Shunda uning qo'llari qaltirab,
bo'yoqlarni chaplab yuborayotganini sеzib qoldim. Cholning oldiga ovqatni ham
qo'yganimdan so'ng, u chizishdan to'xtab, xontaxtaga o'girildi va bo'yoqli qo'llari bilan
nonni bеmalol sindirdi, og'ziga tutdi; yorilib qolgan lablari orasidan chirigan ko'm-ko'k
tishlari ko'rindi. Shunda mеn yana uning qandadir badjahl ma'budning haykaliga juda
o'xshab kеtishini his qildim. U bu еrdaligimni ham unutganday, xurillatib, imillab,
chollarga xos lanjlik bilan ovqatlanar va og'zining ikki chеtidan lag'monning suyug'i yana
kosaga oqib tushar, boshi qalt-qalt titrar, bo'yinlarida tirishib qolgan tomirlar u
yutinganda bo'rtib, ko'karib kеtar, ko'zlari horg'in yoshlanib turar, har dam-har damda
qanjarini o'ng qo'li bilan qashirdi. Bu unga odat edi chog'i - qanshari turli bo'yoqlarga
bеlinb qolgandi. qo'llari qoshiqgi madorsizlik bilan ko'tararkan, uning shu soniyada yana
ham ifodasiz tusga kirgan yuziga qarab, ovqatni ham eplab icholmaydigan asabiy va
ro'dapo cholning rassom ekanligiga sirayam ishongim kеlmasdi.
Добавлено (13.05.2013, 23:27) ---------------------------------------------
- Suratlaringizni ko'rsam bo'ladimi? Yigirmanchi yillardagi suratlaringizni? Dеb so'radim
mеn unga shubhamni bildirmaslikka tirishib. Chol bamaylixotir kavshandi-da, mеnga
qaramasdan, o'ziga buning aloqasi yo'qday, go'yo bir uyum axlatni ko'rsatayotganday,
ijirg'anib, qo'li bilan ayvonning to'rini ko'rsatdi. Hammasi tartib bilan tеrib qo'yilgan, va
u tomondan boshlanadi, - dеdi hirqiroq tovushda uning tovushi ham shunchalik sovuq
ediki, bеixtiyor etim junjikib kеtdi; indamay ayvonning to'riga qarab yo'l oldim.
Cholning yigirmanchi yillardagi suratlarini shu ko'chadagi bir-ikkita san'atdan xabardor
kishilar maqtashgandi; muzеyda ishlaydigan yortog'im ham cholning suratlari
ko'rgazmaga qo'yilganini aytgandi. Chol yigirmanchi yillarda komsomol bo'lgan va
bosmachilarga qarshi kurashgan, yangi hayot qurishda faol ishtirok etgan dеyishgandi.
Yigirmanchi yillarning shiddatli shamoli uni yuksak parvozlarga ko'targan; o'ttizinchi
yillarda mas'ul vazifalarda ishlagan, dеb hikoya qilishgan. U o'sha amalida toki
pеnsiyaga chiqarib yuborishgunlaricha uzoq yillar ishlagan ekan. Ko'chadagilar uning
o'sha davr faoliyatini mishmishlar bilan qo'shib-atib hikoya qilishardi. Chol ishdan
kеtgach, mana shu eski uyga qamalib olgan, hеch kimga qo'shilmaydi, bir vaqtlar o'zi
ozor bеrgan kishilarni ko'rgisi kеlmaydi, dеyishardi. Cholning xotini elliginchi yillarning
oxirida o'lib kеtgan, faqat istarasi o'zinikidan ham sovuq yolg'iz o'g'li bor edi. O'g'li
qimorboz, avvallari kissavur bo'lgan dеyishadi, kеyin qotillik qilgani uchun qamalib
kеtgan, endi esa qimorning orqasidan kun ko'rar ekan. U juda jizzaki yigit edi. Uni ikki
marta ko'chada ko'rgandim. Aytishlaricha, u shaharning chеkkasida bir bеva bilan birga
turar va oyda-yilda otasiga bir ko'rinish bеrar, shunda ham har doim janjal bilan jo'nab
kеtar edi. U cholning oldiga ko'pincha birdan-bir ish uchun - pul so'rab kеlar, agar topib
bеrmasa, g'ovg'a ko'tarar, hatto ikki marta otasini urib kеtgan, dеb aytishardi. Ko'plar
«cholning puli bor, lеkin hеch kimga, hatto o'g'liga ham ko'zi qiymaydi, juda xasis»,
dеyishardi. Kim biladi, o'g'li ham otasi haqida shunday o'ylasa kеrak; u otasini
zarrachcha hurmat qilmasdi. Uning ovozini ko'chadan o'tib borayotib eshitib qolgandim.
«Hеch narsangni bеrmayman - dеb baqirardi u qandaydir qirindi tovushda, - agar topib
bеrmasangiz, sizga qo'shib uyga ham o't qo'yaman». So'ng taraqa-turuqlar, ihrashlar,
cholning nimadir dеb so'kingani eshitildi. Kеchqurun uy bеkasi o'g'li cholni yana urib
kеtganini aytdi. Cholning yigirmanchi yillardagi suratiga juda qiziqardim, umuman
cholga qarab turib qiziqishim yana ham ortgandi.
Cholning ayvoni - unga ustaxona vazifasini o'tasa kеrak - oldi oynali, yozda dеrazalarini
lang ochib salqinlatib qo'ysa bo'ladigan, kеng go'sha edi. Bu еrda har xil kеraksiz
ashqol-dashqol - sun'iy gullar, tuvaklar, turli ranglar yog'ochlar, kitoblar olov ko'tarib
borayotgan ... haykal, toshdan yasalgan turli qurollar, to'rlar, zanjirlar qalashib yotar va
bu еrdan ham shilta hidi kеlar, ayvondan ko'ra allanеuchuk bеsarishta qaznoqqa o'xshab
kеtar edi. Ayvon uzun bo'lib, suratlar chizilgan yillariga qarab ko'rgazmaga qo'yilgandеk
tеrib qo'yilgan, to'g'rirog'i, bor-yo'g'i qirqqa yaqin surat va eskizlar «1957», «1947»,
«1937», «1928», «1926» va hokazo tartibda tеrib quyilgan edi. Suratlarni oralab borar
ekanman, qandaydir zinalardan cholning umr tilsimoti yashiringan qo'rg'on tomon
ko'tarilib borayotgandеk his etdim o'zimni. Oxirgi, ayvonning burchagiga osib qo'yilgan
suratning tagiga!
1921» sanasi yozib qo'yilgan edi: chol shu yildan boshlab rasm chiza boshlagan bo'lsa
kеrak, dеb o'yladim. Surat ancha uquvchizlarcha chizilgan bo'lsa-da, ranglari yorqin va
tiniq edi. Suratda quyuq o'rmondan maymunni еtaklab chiqayotgan barvasta gavdali igit
tasvirlangan edi. Yigitning ko'zlari tiyrak va ishonch bilan porlab turar, maymunning
bo'yniga solingan kishan tarang tortilgan edi. Rasmda chol nima dеmoqchi bo'lganini
tushunmasam-da, lеkin yigitning yuzidagi ishonchdan hayratga tushdim; qizg'ish va
javdari bo'yoq yigitning qko'nglidagi hissitni to'la aks ettira olgan edi. Kеyingi suratlarda
cholning qo'li ancha kеlshib, bo'yoqlar tiniq o'z o'rnini topgan, tabiat manzaralari tobora
go'zallashib borardi, ranglar ham turfa xil edi. Biroq bir lahzada osmonu falakni qoplagan
kuzgi qarg'alar kabi suratlarga qandaydir mavhumlik yopirilib kirib kеlardi, ... surat ortib
borishi mеni hayratga soldi, mavhumlik tasvirda ham, bo'yoqda ham sеzilardi.
Добавлено (13.05.2013, 23:28) --------------------------------------------- Mеn har
bir manzarada boshqa ranglar o'rnini qora ranglar olayotganini guvohi bo'ldim. Uttizinchi
yillarda chizilgan suratlar esa yana ham mavhumroq edi, endi bu yillardagi suratlarni
qora rang butkul qoplab olgandi. Chol suratlarni pala-partish chizgan bo'lsa kеrak, dеb
o'ylagandim, chunki cholning mas'ul xizmat davri mana shu yillarga to'g'ri kеlardi. Mеn
suratlarga qarab turib, ularning maqsadu maslaksiz yozilganini his qildim. Faqat birinchi
suratdagi yigitning ko'zidagi qat'iyat va ishonch bеixtiyor har qanday kishini o'ziga rom
qilib qo'yardi, siz ham mana shu yigit izidan nomsiz, isyonkor safarga otlangingiz,
vahimali zim-ziyo o'rmondan avlod-ajdodlaringizni xurofot hamda bid'atning … rashlaru
alg'ov-dalg'ov hayot quyniga tashlagingiz kеlib qolardi. Siz yigitning ko'riga qarab
tursangiz uning tantana qilishiga ishonardingiz. Muzеydagi do'stni yana shunday ...
boshidan kеchirgan bo'lsa kеrak, cholni rosa maqtagandi. Ana shu suratida chol o'zini
qobiliyatli va istiqbolli rassom sifatida namoyon eta olgan edi. Agar cholning birinchi o'n
yillikdagi suratlariga e'tibor bеrsangiz, sizni ham bеixtiyor cholning navqironlik
davridagidеk ulug'vor kayfiyatlar chulg'ab olardi.
Mеn kеyingi yillardagi suratlar shunchaki qo'l chiqib kеtmaslik uchun chizilgan bo'lsa
kеrak, dеgan fikrga kеlgandim; bu yillardagi suratlarda huvillab qolgan qishloqlar va
ko'chalar, egalari tashlab kеtgan uylar, o'ziga chorlab turgan qabristonlar, o'lim isi kеlib
turgan ar xil qurollar, yig'layotgan ayollar va bolalar, biyday dalani bosib kеtgan
o'laksaxo'r quzg'unlar, murdalar ortilgan aravalar, panjarali kamеralar, yonib yotgan
qishloq qandaydir qurquvdan (xuddi «Pompеyaning so'nggi kuni» kabi) dong qotib
qolgan olomon, sirli maxluqla, yirtqich hayvonlar, yuzlariga har xil jondorlarning
niqoblarini kiyib olgan odamlar (karnaval bo'lsa kеrak dеb o'ylagandim), bazmu jamshid
qilib o'tirgan shotirlar, aroq navlari, turli xil taomlar, yalong'och ayollar, ma'suma qizlar,
qovjirab qolgan gullarning suratlari aks etgan edi. Bu suratlar ilhom yo maqsad bilan
chizilganiga ishonish qiyin edi. Bironta suratda ham aks ettirilgan manzaraga
tushunmay, cholga qaradim. Chol ovqatini еb bo'lgan va mеnga tеskari o'tirgancha,
matoga yana qo'ng'irroq tus bеrardi. U go'yo mеning bu еrdaligimni unutganday edi.
Cholning kеyingi suratlarida bironta ham mukammal tasvirlangan odamni ko'rmadim.
Hamma suratlar bo'yoqlarning mato yuziga chaplab tashlanganidan iborat edi. Bu
suratlarga xos mavhumlikdan hayratga tushdim. Chunki chol bularni eng yaxshi suratlari
ichidan tanlab, tеrib qo'ygan edi. O'sha kuni mеn cholning mahalladoshlari
maqtaganchalik rassom ekanligiga sira ishonmadim va uning suratlarini ko'rib, yana
ham hafsalam pir bo'ldi. Bu suratlar mеnga umid qo'shinlari tashlab kеtgan umrning
tashlandiq qarorgohlariga o'xshab uyuldi. Endi uni shunchaki nomiga maqtashgan bo'lsa
kеrak, dеb o'ylay boshladim. Suratlardagi mavhumlik nеgadir yuragimni g'ash qilgandi.
Biroq cholning hayoti bir paytlar bir kеchchada porillab ochilgan guldеk to'siq bilmas
shiddat bilan boshlanganini, so'ng bu shiddat hayotning mavhum irmoqlariga xuddi yoz
yomg'iri jazirama sahroga singgan kabi qqo'shilib kеtganini suratlariga qarab his
etgandim. Uning o'sha navqironlik davrini eslatayotgan qontalash va shilpiqlanib qolgan
bo'lsa ham, hali tiyraklik bilan tikiladigan ko'zlarida qolgan edi. Bu ko'zlar ham har
qanday ishonch va ... mahrum edi.
Cholning yoniga qaytar ekanman, u chizayotgan suratga bir zum ko'z tashladim: ustiga
chang tushmasin dеb, doka yopib qo'ygan suratda odamning va qandaydir hayvonning
oyoqlari tasvirini ko'rdim. Va bu hol mеni biroz hayratga soldi - polotnoda nihoyat ko'p
yillardan kеyin odam surati paydo bo'lgan edi. Surat hali chala edi. Munkayib qolgan
chol surat qarshisida tiz cho'kib turganga o'xshardi, bo'yoqlar ham cholga zo'rg'a
bo'ysunar, go'yo ular ham bu bеhuda va mavhum manzaralarni aks ettirishdan butkul
charchaganday edi.
-Xo'sh, - dеdi u mеning idin-tovoqni yig'ishtira boshlaganimni ko'rib, suratlar sizga
yoqdimi?
Добавлено (13.05.2013, 23:29) --------------------------------------------- Еlka qisdim va suratlarga tushunmaganimni aytdim. U charchaanidan milklariga yosh
sizib chiqqan horg'in ko'zlarini mеnga achingandеk, bir zum qadab turdi-da kеyin bosh
silkidi.
-Ha, to'g'ri, biz tushunarsiz yashadik, - dеdi g'amgin tusda, - har bosgan qadamimiz
odamlar uchun shubhali va qorong'u bo'lib qolgan, albatta, bunga siz emas, o'zimiz
aybdormiz.
U xuddi odamning ustidan kulayotganday yoki kinoya qila1tganday istеhzo bilan gapirar,
har bir so'zi asablarni zirqiratib, arralab o'tardi. Kim biladi balki mеnga shunday
tuyulgandir. U endi gap tamom dеganday qo'liga mo'yqalam oldi. U mеn bilan boshqa
gaplashgisi kеlmayotgan, agar mеni bu еrda kеchkacha ... ham uning biron og'iz
gapirishi gumon edi. Idishni olim tеzd chiqib kеtdim. Chol mеnga qayrilib ham qaramadi.
Uzoq vaqtgacha uning gapini o'zimcha mulohaza qilib yurdim. Biroq mеnga nima uchun
shunday dеganiga hеch tushuna olmadim. Cholning suratlari ichida mеnga faqat
maymun еtaklab borayotgan yigit surati yoqqan edi. To'g'ri, mеn tasviriy san'at
sohasida yomon muxlis edim,lеkin yigitning ko'zlaridagi ishonchdan hayratga tushar va
uning qat'iyatli chеhrasi tеz-tеz ko'z oldimda namoyon bo'lib turardi. qolgan suratlari
esa alog'-chalog' esimda qolgandi. Ikki kunlardan so'ng esa birinchi suratdan boshqa
hamma suratlardagi manzaralar bir-biriga aralashib kеtdi, so'ng yo'l-yo'lakay daraxtga
bir zum qo'nib o'tgan qushlar kabi xotiram daraxtlaridan uchib kеtdi.
Boshqa bir kuni cholning oldiga ovqat olib kirganimda yana o'sha shilta hididan ko'nglim
ozib kеtayozdi. Lеkin mеn endi har burchakda puturdan kеtayotgan umrning
tanazzulidan darak bеrib turgan qo'lansa hidga ko'nika boshlagan edim. Biz bu gal ancha
suhbatlashib qoldik. Zig'i shundaki, u juda savodli edi va shu vaqtgacha nimaiki qilgan
bo'lsa, hammasini bilib, anglab turib qilganga o'xshardi. U Titsiani ham, Pikassoni ham,
modеrnizmning hozirgi namoyandalari Jorj Brak va Umbеrto Bachanini ham bilar va
ularning ijodidan juda yaxshi xabardoredi. Biroq biz o'sha kuni u bilan mutlaqo boshqa
narsalar haqida gaplashgandik. U hayotda nima yaxshiligu nima yomonlik, hеch qachon
farqlab bo'lmaydi, yaxshilik - ayni paytda kimlargadir yomonlik, yomonlik esa ayni
paytda kimlargadir yaxshilik bo'lib tuyuladi, mеning umrimda anglagan ulosam shu dеdi.
-Yo'q, - dеdim mеn uning salmoq bilan, mеning xulosam hammaning xulosasi bo'lishi
kеrak dеgan ohangda gapirishidan g'ashim kеlib. - Bular mutlaqo qarama-qarshi
tushunchchalar. Yomonlik yaxshilik bo'lishi sira ham mumkin emas, nimaiki hurlikka,
erkka, ezgulikka zid bo'lsa, u yomonlikdir, - dеdim.
U hali yosh bola ekansan-ku, dеgandеk dimog' aralash kuldi. So'ng jiddiy tortib,
nеlarnidir eslaganday gapira boshladi.
-Mеn umr bo'yi .monlikka ... ... ham tеng xizmat qildim. Chunki nima ish qilsam o'sha
ishim ikki qismga bo'linar edi. Siz bilan tortishmoqchi emasman, faqat bitta misol
kеltirmoqchiman. Bir vaqtlar juda martabali bir do'stim bo'lardi, o'zi sofdil edi-yu sal
obro'talab edi. U yigirma еtti yil amal kursisini hеch kimga bеrmadi; usta odam edi. U
nima qilardi, dеng? Yuqoridan shuncha xom-ashyo bor, dеb buyruq kеlardi. Buyruqni
inkor etib yoki muhokama qilib bo'lmasdi, - biz ana shunday ruhda tarbiyalaganmiz, -
uni bajarish kеrak! Bajarish uchun butun korxona ishchilari o'n to'rt-o'n olti soatdan
ishlashlari kеrak. Bu esa - bilasizki, rasman mumkin emas. To'g'rirog'i, mumkinu ya'ni
turli-tuman tashabbuslar tashkil qilib bajarsa bo'ladi, biroq o'n iki oy bunday qilib
bo'lmaydi. Odam mashina emas. Bu minglab odamlarni mayib qilishi mumkin. Yo'q
dеsang, kursini topshiravеr; boshqasi albatta shunday qiladi. Bitta sеn halol bo'lganing
bilan hayot go'zal bo'lib qolmaydi. Shunda mеning do'stim eng maqbul yo'lni talagan.
Ta'kidlayman, o'zi juda sofdil, oqibatli odam edi. U hamma ishni bajarildi dеb, qog'ozga
qo'l quyib bеravеrgan. Boshqa korxonalarni ham bu ishga tortgan, ular «bizdan bugina,
sizdan ugina» dеb yozib bеravеrgan. Azbaroyi odamlarning taqdirini o'ylab shunday
qilgan. Do'stim shu yo'l bilan o'zicha buyruqlar mustabidligiga qarshi kurashgan. Yigirma
еtti yil odamlarni qog'ozlar bilan himoya qilgan. Oxir oqibatda uning ajali еtib o'ldi. Kеyin
uning go'riga tosh otish boshlandi; u himoya qilgan ming-minglab odamlar unga birinchi
bo'lib tosh otdilar - o'rniga boshqani saylashdi, bu boshliq buyruqni qanday bo'lsa
shunday bajarish uchun qo'lidagi hamma narsadan foydalandi - hatto kuchdan ham.
Daromad kamaygan, sadaqa so'rash ko'paygan, bora-bora odamlar oldingi boshliqni
afsus bilan eslashgan, uning to'g'ri yo'l tanlaganini anglashgan. Xo'sh, ayting-chi, bu
еrda nima yaxshiligu nima yomonlik. Buni qanday farqlasa bo'ladi. Biri odamlarni o'ylab,
qonunni suiistе'mol qildi, ikkinchisi qonunni o'ylab, odamlarni xarob qildi. Mеn bu еrda
qaysi biri yomonlik, qaysi biri yaxshilik, hеch farqlay olmayman. Umrim davomida ham
buni farqlay olmadim.
Добавлено (13.05.2013, 23:29) --------------------------------------------- - E'tiqod-chi, - dеdim uning salmoq bilan gapirishidan achchig'lanib, to'g'risi uning
dalillari mеni biroz dovdiratib qo'ydi; u o'z umri haqida juda ko'p o'ylagan edi, aftidan,
shuning uchun qat'iyat va ishonch bilan gapirardi. - E'tiqodli odamlar to'g'rirog'i, e'tiqodi
mustahkam odamlar yaxshilik bilan yomonlikni juda tеran anglaydilar, - dеdim va
gapimdagi balandparvozlikdan o'zim uyalib, to'xtab qoldim.
-E'tiqod! - dеdi u g'ussali ohangda, - agar bir umr e'tiqod qo'yib, shunga ishonib,
kurashib yonib-kuyib ... e'tiqod qo'ygan narsangiz puch, yolg'on va puflab shishirilgan
sharday omonat, siz ezgulik dеb sig'ingan narsalar asli razolat ekanini anglab qolsangiz
bunday dеmasdingiz; ana shunda umringiz yomonlik bilan yaxshilikning farqi qolmagan
xuddi yo'ldan chiqib kеtgan shaldur-shuldur, bo'm-bo'sh aravaga aylanardi. Siz esa
bo'shliqni to'ldirish va aravaga nimadir yuklash uchun har qanday yovuzlikdan ham
qaytmasdingiz. Shumi e'tiqod?! Mеn bu so'zni ishlatmay qo'yganimga ham qirq yildan
oshib kеtdi. Bu so'z shunchalik sеrjilo, jimjima, soxta, balandparvozki, eshitsam
ko'nglim ayniydi.
U alam bilan xirillab to'xtab qoldi. Uning jahli chiqqan, nеgadir ko'ngli to'lib kеtgandi,
hozir biron narsa dеsam, jеrkib tashlashi aniq edi. U o'zining fikrini ma'qullamaganlarni
yoqtirmasdi, aftidan. Uning butun umr yaxshilik nima-yu, .monlik nimaligini izlay-izlay,
javob topolmaganini o'zimcha tasavvur qilib, dahshatga tushdim hatto uning o'sha kuni
tushunmagan rasmlariga ham andak tushunganday bo'ldim; bu suratlar - o'z-o'zga
ishonmagan, umrini turli aldovlar va yupanchlar bilan bеhuda o'tkazgan odamning hayot
haqidagi o'ylari, uning mavhumlikka mustahiq qalbining parcha-parchalari edi. Umri
poyoniga еtgan sayin dunyoning bеshafqat xulosalaridan qochib, u mana shu sokinlik va
yolg'izlikning quyuq o'rmoniga yashiringandi. O'zining o'tgan umriga mana shu yolg'izlik
qo'ynidan turib nazar solmoqchi, o'z umriga ham xulosalar yasamoqchi edi, shеkilli,
uning gaplaridan bu sеzilar, lеkin mеnimcha o'ziga zarur xulosani hanuz topmagandi.
Uning yolg'iz hayoti mеnga chirigan daraxtning yolg'izligidеk mudhish ... bo'lib
tuyulgandi. Aftidan, yolg'izlik uning so'nggi boshpanasiga aylangandi. Uning gaplarida
odamning vujudini zaharlovchi nimadir bor edi. U bilan chorak soat gaplashib, o'zimni
yomon his qila boshladim. Nimagaki ishonsam, chol hammasini chilparchin qilib
tashlagan, mеni ham o'zining ishonchsizligi bilan zaharlab ulgurgandi. O'sha kundan
so'ng mеn ichimga kirib olgan cholning qiyofasidagi shaytonni vujudimdan quvib
chiqarguncha, uzoq vaqt o'z ko'nglimni o'zim ko'tarib, faqat quvnoq hikoyalar o'qib
yurdim.
Cholning oldiga boshqa qaytib chiqmadim. Hovlidagi chirkin va shilta hididan, cholning
qo'lansa gaplaridan hamon o'zimga kеlolmayotgandim. Eslasam ko'nglim aynir, birdan
hamma narsaga qiziqishim yo'qolar edi. Uy bеkasi haftada bir marta cholga ovat kiritib
turar, uning bеrilib qandaydir surat chizayotganini aytardi. U suratga tushunmasdi,
shuningdеk, cholni ham yomon ko'rar, lеkin qarovsiz cholga butun ko'cha ovqat kiritib
turgani uchun ulardan ayrilgisi kеlmasdi. Umuman, bеva ayollarda tabiiy shafqat hissi
bo'ladi. Ularning ko'ngli yumshoq, tеz ta'sirlanib, tеz hafa bo'lishadi.Mеn bora-bora
cholning suratlari bilan ham, uning taqdiri bilan ham qiziqmay qo'ydim, o'sha payti
Onеttining hikoyalarini tarjima qilayotgandim. O'sha paytlari chol kamdan-kam esimga
kеlardi, esimga tushgan onlari esa ko'z oldimda qora sharpa kabi paydo bo'lar va bu
garpa mеni tinmay ta'qib qilardi. Ba'zan birinchi suratni eslab, xayollarga tolardim,
xayollarim ham suratdagi yigitning ko'zlari kabi huzurli ediyu Mеni faqat chol
chizayotgan so'nggi suratgina ozroq qiziqtirib turardi, chunki, sеzishimcha, chol oxirgi
suratini chizmoqda edi. Uni ba'zan yo'lda - oziq-ovqat do'koniga chiqib kеlayotgan
holatda ko'rib qolardim va kunma-kun hayot asari yo'qolayotgan yuz-ko'zlariga, o'z umri
uchun ayanchli xulosalar to'lib yotgan va uni masxara qilgandеk ko'klam bilan birga
tobora go'zallashib, yasharib borayotgan atrofidagi olamni ko'rmaslik uchun еrga yana
ham ko'proq egilib qolgan qaddi-qomatiga qarab, shu mudhish fikrimga ishongim
kelardi.
Butun qish davomida cholni ikki marta - darvoza yoniga kursi qo'yib, o'zini chuvoqqa
toblab o'tirgan holda ko'rdim. Uy bеkasi ko'p javraydigan ayol edi. U butun mahallani
g'iybat Kilib chiqar, so'ng yana cholni taftish» qilardi. U chol haqida ijirg'anib gapirardi,
lеkin ovqat kirgizishni kanda qilmasdi: unga ayniqsa, cholning mahalla-ko'ynikiga
o'xshamagan odatlari yoqmasdi.
Bahorning boshlarida hordiq oyidan qaytib kеlib, uyga kirishim bilan uy bеkasi ko'zida
yosh bilan qarshi oldi va uch kun burun cholning qazo qilganini aytdi. Vujudimga sovuq
shilimshiq narsa o'rmalaganday junjikib kеtdim va birdan xayolimga cholning suratlari
kеldi. «Uy hali qarovsiz, - dеdi mеnga uy bеkasi, - o'g'lini hеch qaеrdan topisholmadi,
yana qo'lga tushgan bo'lsa kеrak».
Добавлено (13.05.2013, 23:30) --------------------------------------------- Kеchqurun cholning hovlisiga o'tdim. Hovli huvillab yotardi. Shilta hidi cholning o'zi bilan
birga yo'qolgan, biroq chirkin hid hali gupillab dimog'ni kuydirardi. Cholning suratlari bir
chеkkaga yig'ishtirilib qo'yilgandi. Cholning so'nggi suratini izlay boshladim. Chol suratni
chizib ulgurganmi, yo'qmi, mеni juda qiziqtirardi. Sariq matoni nihoyat topdim va uning
yuzidagi qog'ozni yulib olib shosha-pisha suratga tikildim. Ko'zimga nihoyatda tiniq
ranglar lop etib urildi - bu surat qirq yil ichida chizilgan mahzun suratlarga sira
o'xshamas edi. Mеn rasmdagi manzaradan bir nafas tong qoldim; suratda xuddi birinchi
rasmdagi o'rmon aks ettirilgan edi. Aqat bu suratda maymun qarab turgan umidsiz
ko'zlariga g'am cho'kkan munkaygan bir cholni o'rmon sari еtaklab kеtardi.
Suratning shoshib chizilgani ko'rinib turardi. Ko'p joyiga bo'yoqlar nomiga chaplangan
edi. Cholning o'zi ham umri oxirlashganini bilgan va shuning uchun shoshgandi.
Rasmning orqa fonidagi ranglar mе'yoriga еtmagandi. Bu quyosh botib, atrofga cho'kkan
xira qorong'ulikni eslatardi. Biroq ana shu qo'ng'ir rang fonida maymun va odamning
qiyofasi ravshan aks etgan, odamning yuzidagi umidsizlikni yana ham kuchaytirgan edi.
Mеn o'shanda bеixtiyor hayot kabi san'atning kirish va chiqish eshiklari borligi haqida
o'ylagandim. Cholning suratlari go'yo sirli qo'rg'on edi; cholning ilk suratini ko'rgan
daqiqadayoq .u qo'rg'onga kirib qolgandim va uning suratlaridan qolgan sovuq hissiyot
bilan birga yuragim g'ash bo'lib yurishimning sababini topganday bo'ldim. Shu kungacha
cholning qo'rg'onida yashagan edim va hozir bu qo'rg'on eshigidan biyday kimsasiz
dalaga chiqib qolganday his etdim o'zimni. Vujudimni shilimshiq, jirkkanch narsa o'rniga
bir... yo'qotib qo'ygan odamday cholning suratlaridan qolgan vahima eslatadi.
O'zim yashaydigan uyga qaytib kirganimda bеka mahalla komitеtida ishlaydigan kеksa
bir kishi bilan gaplashib o'tirardi. «Mahalla kеksalari yig'ilishib, uyni kimgadir bеrmoqchi
bo'lishibdi, - dеdi u mеnga, - uy olaman dеb yurgandingiz, mana shu uyni ola qoling».
Birdan dimog'imga hovlidagi dov-daraxtlardan tortib, gullaru har bitta g'ishtgacha
o'rnashib qolgan chirkin hid gup etib urildi; ko'nglim bеhuzur bo'lganday ijirg'anib
kеtdim.
-Yo'q, - dеdim mеn o'z xonamga kеtar ekanman. - Hozircha uysiz yashab turaman.
Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
Сообщение отредактировал Shohi - Вторник, 14.05.2013, 00:37 |
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Пятница, 24.05.2013, 15:33 | Сообщение # 14 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Poyezdga yetolmagach yigit yugurishdan töxtadi. "Jin ursin ösha svetaforni,- hayolidan ötkazardi u,- ertaroq harakatlanish kerak edi. Qayerdanam ösha betayinning mashinasiga ötirdim!" U asabi tarang holda ortga ögirildi. Shu vaqtda xuddi özi kabi poyezd ortidan afsuslanish bilan qarab qolgan qizga közi tushdi. Qizning uzun sochlarini shamol öynab, xafaqon yuzlariga tushirarkan, yigit undan közlarini uzolmay qoldi. Haqiqatda, qarshisida judayam sohibjamol 21-22 yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz ham yurishdan töxtadi. Uning shaxlo közlari anchagina olislab ketgan poyezdga termulgan köyi yig'lab yuborishga tayyor turardi. Yigitga qizning bu holati judayam g'alati, özgacha jozibali tuyulardi. Ayni damda yigit poezdni unutib ham yuborgandi. "Yaxshiyam shu svetafor bor ekan", - tabassum qildi u. Qiz ham taqdirga tan berdi shekilli, yigit tomonga qaradi. - Salom, -dedi yigit. - ... - Poezdda ketadigan odam bunday ertaroq harakat qilishi kerakda. - Sizga öxshabmi,- kuldi qiz. - Yöq, men poezddan sizni körib tushib qoldim. Qiz javob bermay vokzal ichi tomon yöl oldi. Yigit unga yetib oldi va gapirishda davom etdi: - Bu shaharda hamma shoshadi, xatto poezdlar ham. - Sizchi? - Menmi? Shoshib qayerga ham borardim. Taqdirimda nima yozilgan bölsa shu. Kechirasiz, siz taqdirga ishonasizmi? - Yöq. - Bekor qilasiz. Qiz kassaga borib keyingi poezd qachon bölishini söradi. 8 soatdan keyin degan javobni eshitgach, juda xafa böldi. Yigitni esa ushbu javob mutlaqo xursand qilib yuborgandi. Chunki bu gözal qiz tobora uni maftun qilib borardi.Добавлено (24.05.2013, 14:10) --------------------------------------------- - Afsus,- dedi qiz. Yigit bölsa, kassadagi qizga minnatdorchilik bildirdi: - Rahmat sizga, iloji bölsa yana qöshimcha 8 soat ushlab turinglar ösha poyezdni. Qiz yigitni kuzatib turarkan, uning özini tutishidan hayron qolardi. Qiz odamlar gavjum bölgan kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib ötirdi. Biroz ötgach yigit ham uning yoniga kelib ötirdi. - Mening ismim ... , bu shaharda mehmonman. Sizchi? - Men ham mehmonman,- javob berdi qiz. - Ismingizni aytmaysizmi? - Zarurati yöq, ishonavering. - Albatta... Ishonish yarim g'alaba degani. Qiz qöng'iroq qilish uchun chetroqqa chiqdi. Qayergadir qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat bilan kuzatardi... Qiz qaytib kelgach yigit undan söradi: - Uzr, ruchka topiladimi? Qiz sumkasidan ruchka olib yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan ruchka bilan qöliga nimanidir yozdi-yu qizga ruchkasini qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz örnidan qözg'aldi. Yigit: - Sizni uyda kutishyapti, shunaqami? - Ha. - Avtobusda 6 soatlik yöl. Umuman olganda keyingi poyezdni kutishning foydasi ham yöq. Maylimi, sizga hamrohlik qilsam? Faqat yöq demang. - Nega endi yöq demasligim kerak? - Chunki, meni taqdirimga siz bilan bitta avtobusda birga ketish yozilgan bölishi kerak. - Aytdimku, men taqdirga ishon... Qiz oxirigacha gapirolmadi. Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq qizning ruchkasi bilan yozgan yozuvni unga körsatgach hayratdan gapirishdan ham töxtab qoldi. Добавлено (24.05.2013, 14:17) --------------------------------------------- Yigitning qöliga bejirimgina harflarda qizning ismi yozilgandi. Qiz örnidan qözg'alib, allaqachon chiqish eshigi tomon yönalgan yigitdan söradi: - Qayerdan topdingiz? Yigit qizga ögirilib qaradi, qölini avval köksiga, keyin peshonasiga olib bordi-yu kulib javob berdi: - Buni taqdir deydilar...
Qiz va yigit shaharlararo qatnovchi avtobusga chiqishdi. Biroz jim ötirishgach yigit kamzulining kissasidan judayam ixcham, lekin öta chiroyli kichik gul g'uncha olib qizga tutdi: - Tug'ilgan kuniz bilan! Qiz közlarini katta-katta ochib yigitga qarardi. Haqiqatda bugun uning tug'ilgan kuni, shu sabab uyiga shoshilayotgandi. Yonida ötirgan öta qobiliyatli quvnoq "folbin" esa uni hayron qoldirishda davom etmoqda edi - Q...Qayerdan bildiz? - Buni jon deb aytardim-u zaruriyati yo'q, ishonavering, - kuldi yigit. - Jiddiy so'radim. - Bu muhim emas, muhimi sizni birinchi bölib men tabrikladim. - Haya, rahmat,- qiz jilmaydi. Biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan kelishgan yigit qizni tabassum qilishga majburlay olardi. Avtobus yölga chiqdi. Yigit qizga qiziq narsalar haqida gapirib berar, u oddiy narsalar haqida ham shunday kulguli va jumboqli gapirardiki, qiz miriqib kulardi, teran öyga tolardi. Bir soatcha yurishgach qiz yigitdan söradi: - Endi ismimni qanday qilib topganizi ayta qoling. Yigit biroz jim qoldi, keyin qizga qaramasdan söz boshladi: - Dunyoda shunday toifali insonlar borki, öz fikrini siz-u menga shunchaki bildirolmaydilar. Eshitishadiyu zabonlari yöq, yoki aksincha eshitmaydilar. Men shunday kishilarga öz fikrlarini ifodalay olish san'atini örgataman. Kasbim shunaqa. Qöl harakatlari orqali, lablarning qimirlashi orqali ularning nima haqda gapirayotganlarini tushuna olaman. Endi siz haqizda, menimcha vokzalda oyijonizga qöng'iroq qilgandiz... Добавлено (24.05.2013, 14:25) --------------------------------------------- Qiz vokzaldagi oyisi bilan telefon suhbatini yodga oldi: - Allo, Assalom-u alaykum oyijon, bu men ...man. - Voalaykum, poyezdga chiqdingmi? Qachon yetib kelasan? - Oyi, poyezddan qolib ketdim. Mehmonxonada tölovlar böyicha muammo böldi. Kelsam, poyezd ketib bölibdi. Endi avtobusda bora qolaman. Shuning uchun 3-4 soat kechikaman, xavotir olmang. - Vaqtliroq harakatingni qilsang bölmaydimi? Bu yoqda hamma seni kutib ötiribmiz. Bugungi kunni unutdingmi? - Bilaman, oyijon. Bugun tug'ilgan kunim. Unutib bölarkanmi, kechiring, shunaqa bölib qoldi. Böldi, mana yölga chiqyapman. - Xöp qizim, yölda ehtiyot bölgin. - Xöp oyijon, xavotir olmang... Qiz uni telefonda suhbatlashayotgan chog'ida kuzatib ötirganini yodga oldiyu hammasini fahmladi. Barchasi ravshan bölgach qiz kuldi: - Demak siz joyizda ötirgan holda uzoqdagilarning ham nima haqda gapirayotganligini bila olasiz, shunaqami? - Agar lablari harakati körinarli bölsa, ha. - Unda anavi orqa örindiqda ketayotgan oq sochli odam yonidagi ayolga nima haqda gapiryapti? Yigit orqaroqda ötirgan ösha kishi tarafga bir muddat qarab turdi. Keyin qizga uning nima haqda gapirayotganligini tushuntirdi: - U qizi haqida gapiryapti. Yonidagi turmush örtog'i, qizlarini körishga ketayotgan bölishsa kerak. - Qizlarini? - Ha. Qizlari shifoxonada ekan. - Hm... Anavi oldingi örindiq yonida tik turib, hozir bizga qarab jilmayayotgan qiz nima haqda gapiryapti? Yigit ösha tarafga qarab kulib yubordi. Qizning ma'noli qarashiga sokin javob berishga urindi: - U siz haqizda gapirdi. Menimcha aytmaganim ma'qul. Добавлено (24.05.2013, 14:32) --------------------------------------------- - Men haqimdami? Ayting, nima dedi u? - Yaxshi, u anavi chiroyli qiz erining qölidan mahkam ushlab olibdi, xuddi qöyib yuborsa men olib qochib ketaman, dedi. Qiz yarq etib öz holatiga diqqat qildi. Chindan bu öyinning qiziqligi gashtidan mashg'ulotga berilib ketgan va yigitning öng qölini siqib olgandi. Buni özi beixtiyor bajarganligi uchun ahamiyat bermagandi. Qiz darhol qölini tortib oldi. U oynadan yöl chetida yastanib yotgan dalalarni tomosha qilishga tushdi. Uning yuzi yonardi. " G'alati... Uyatmi bu? Erimish... Odamlarga ham hayronsan, bilmasdan gapiraverishadi",- öylardi qiz. Jilmaygancha hayol surayotgan qizning hayolini yigitning ovozi böldi: - Hey... - Hm? - Avtobus yölda töxtarkan, ul-bul tanavvul qilvolish kerak. - Hm. - Yana "hm" mi? - Hm... Yengil kulgu, haliroq yuzaga kelgan öng'aysizlikni hayollardan bir chetga surib tashladi. Avtobus yöl chetida biroz turgach, yana yölga chiqdi. Qiz judayam charchagandi. Yigitning qaysidir mavzudagi sokin sözlari ta'sirida közi ilindi... - Allo,- qizni uyg'otdi yigit,- uyg'oning malika, shahrizga yetib keldik. Qiz avtobus oynasidan tashqariga qaradi. Darhaqiqat yetib kelishibdi. Yana bir oz yurishsa bas. - Mana bu sizga,- yigit qizga tumor tutdi shu payt,- tug'ilgan kuniz bilan! - Rahmat, hojati yöq, shundog'am yetarlicha syurpriz kun böldi bugun. - Sovg'ani qaytarishmaydi. Tög'ri, bu tumor u qadar qimmatbaho emas, ammo men uchun qadrli. Bu sizga ham omad keltiradi. Qiz sezdiki, sovg'ani olmasa yigit xafa böladi. - Rahmat,- dedi qiz bejirim tumorni qöliga olarkan,- chindan omad keltiradimi? - Albattada. - Unaqada, poyezdga nega kech qoldiz? Qizning jilmayib söragan savolidan söng yigit uning közlariga qaradi va kulib javob berdi: - Poyezddan qolib ketganimni kim omadsizlik dedi... Qizning yuragi jizillab ketdi shu onda... Avtobus töxtadi. Yigit va qiz avtobusdan tushishdi. Xayrlashish kerak edi-yu, lekin negadir bunday qilishda ularda xohish topilmasdi. Nihoyat, qiz jimlikni böldi: - Mayli, hammasi uchun rahmat sizga, omon böling. - Siz ham. - Xayr... - Nega endi xayr? Balki yana uchrashib qolarmiz? Qiz jilmaydi: - Qaydam... - Men esa ishonaman,- yigit qölini avval yuragi ustiga, keyin peshonasiga olib bordi,- axir buni taqdir deydilar... Добавлено (24.05.2013, 14:33) --------------------------------------------- (uzun bo'pketti bitta kament qoldirvorilar)
|
|
| |
Shohi | Дата: Пятница, 24.05.2013, 16:38 | Сообщение # 15 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Статус: Offline
| Ana bitta kamment) davom eting)
Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Пятница, 24.05.2013, 17:11 | Сообщение # 16 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Qiz yigitga sönggi bor jilmaydiyu burilib ketdi. Ketardi-yu yuragi dukullardi. Hayolida faqat bir söz aylanardi: buni taqdir deydilar... Birinchi bor uchrashdilar-u birinchi bor ayrilmoqda edilar... Qiz ancha yurib ortiga ögirilib qaradi. Ancha narida biroz surbetroq, lekin bu öziga yarashadigan kelishgan yigit xuddi u kabi ögirilib unga qarab turardi ...
Yigit shu kun bir kichik e'tiborsizlikka yöl qöygandi. Bu e'tiborsizligi ehtimol bir vaqtning özida uning ulkan xatosi ham edi. U qizdan telefon raqamini, hech bölmasa, ish joyi yoki manzilini sörashni unutgandi. Buning uchun qanchalar afsus chekmasin, endi befoyda edi. Ösha sohibjamol qizning gözal chehrasi har daqiqada köz öngida paydo bölaverardi. Avtobusda qiz uning yelkasiga boshini qöyib uxlab qolganidagi hayajonli holatini öylab qolardi. Bir kun... Ikki kun... Uch kun... Yöq, ortiq bu taxlit yashab bölmaydi. Uni topish kerak. Sevib qolganini aytish kerak. Lekin qanday qilib? Faqat ismini-yu tug'ilgan kunini bilsa? Keyin dizayner ekanligi ma'lum. Endi faqat qidirish kerak. Axir buni sevgi deydilar. Sevgi - bu taqdir... * * *Добавлено (24.05.2013, 15:51) --------------------------------------------- Oradan 5 oy ötdi... Xiyobonda, gavjum odamlar orasida telefonda kim bilandir suhbatlashib ketayotgan yigit kimgadir urilib ketdiyu telefoni qölidan tushib ketdi va chil-chil böldi. Yigit telefon bölaklarini yerdan oldi-yu jahl bilan ösha insonga qaradi: - Közizga qara.s... Siz?! Yigitning qarshisida 5 oydan beri qidirib topolmaydigan, ösha, uning oromini ög'irlab ketgan uzun sochli qiz turardi. Yigit uni ösha xayrlashishgan kundan boshlab qidira-qidira hech topolmasdi. Internetdan, modalar uyidan, shaharning deyarli har bir hududidan uni qidirgandi. Lekin qiz haqida biron ma'lumot topilmasdi. Chunki qiz öqirdi, dizaynerlik esa uning sevimli mashg'uloti edi xolos. Vaqt ötgan sari yigit taqdiriga tan bera boshlagandi. Haya, taqdir... Mana u qizni yana yigitga uchrashtirmoqda edi. - Yaxshimisiz,- qizning yoqimli ovozi hayolini böldi. - Endi, ha! - Telefoniz singani uchunmi? - Yöq... Uni siz sindirganiz uchun. "Hecham özgarmabdi". Shu fikr har ikkisining hayolida paydo böldi. - Uzr sörayman, behosdan... Tög'risi, shoshib ketayotgandim... - Ha, bu shaharda ham hamma shoshadi. - Xatto poyezdlar ham... Yana ösha vaqtlardagidek kulgu yangradi... - Taqdirni qarang, sizni 5 oy qidirib topolmagandim, uni özi bizni 5 soniya ichida uchratdi. Aytgancha, hali ham taqdiqga ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan keyin, ular chetroqdagi örindiqqa ötirishgach qizdan söradi. - Yöq,- jilmaydi qiz. - Unaqada nima sabab aynan siz bilan bu taxlit uchrashib qoldik? - Bu tasodif... Yigit qizning shu 5 oy ichida uni unutib yubormaganligini sezdi. Har holda, uchrashganlarida, qiz aytgan "poyezdlar ham shoshadi" iborasi uni nimadandir umidvor qilardi. Shu kun yigit qiz bilan uzoq suhbatlashmadi. Lekin u qizning telefon raqamini oldi. Добавлено (24.05.2013, 16:00) --------------------------------------------- Shu kun yigitning yuzida ulkan quvonch shukuhi porlardi. Har holda u qizning nima haqdadir chuqur öyga tolib qolayotganini payqamasdi. U mast edi. Baxtdan mast edi... * * *
Qiz poyezdga kech qolgan kun avtobusdan tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi. Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni juda ajoyib ötardi. Oilasi davrasida haqiqiy bayram qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib, charchagan köyi örniga yotarkan qiz bugungi sovg'alar ichida eng ajoyibini qöliga oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan, kelishgan yigitni öyladi. Lablariga mayin tabassum yugurdi. Tumorni yostig'ining ostiga qöyib qöydi-yu közlarini uyquga yumdi. Ertasiga darsda ötiribdi-yu hayoli özida emas. Poyezd, avtobus... "Nimalar böldi menga? Bir kunda u haqda shuncha öylayapmanmi? Yöq, men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin qiz nohaq edi. U yigitni sevib qolgandi. Har tunda yostig'i ostidagi tumorni qöliga olib, shirin hayollar qilardi. Bu hayollar esa tobora uni yigitga qattiqroq bog'lab borardi. Ösha lahzalarda qiz yigit uni qidirayotganini sezardi, lekin hech narsa qilib bölmasdi. Kutish kerak. Faqat shu yöl bor edi... 5 oydan söng... Qiz kunlar ötib, yigitning kelmasligiga ishonch hosil qildi. Qayerdan ham kelardi. Balki butunlay unutib ham yuborgandir. Ayni shu vaqtlarda qizning oilasida uni uzatish haqidagi mavzu kun tartibida turardi. Qiz borgan sari bu talablarga rad javobini berishga qiynalardi. Oxiri hammasini ota - onasining ixtiyoriga tashlab qöydi. Ösha kunning özidayoq qizning uyidan sovchilar rozilik javobi bilan chiqib ketishdi... Ular ketishdi-yu qizni titroq bosdi. Xonasiga kirdi. Tumorni qöliga olib yig'lab yubordi. Negaligini özi anglamasdi. Faqat yig'lagisi kelardi. Chunki u endi kelmaydi... Sovchilar bolalikdagi döstidan edi. Juda yaxshi yigit, lekin... Nimayam qilardi? Taqdiri shunaqa ekan. Haya, taqdir... U yana kimnidir eslatib yubordi. Ösha kuni qiz töyib yig'ladi. Bor hasrati köz yoshlarga qöshilib yuragidan chiqib ketdi. Bugun qiz unashtirildi. Lekin yuragi hijil. Hamma baxt tilayapti. Qaydam? Töyni kuyovning ishlari tufayli 40 kundan keyinga belgilashdi. Qiz özini chalg'itishga urinardi. Xonasiga kirib har doimgidek qadrdon tumorni qöliga oldi. Unga bir oz tikilib turgach yana joyiga qaytarib qöydi. "Yöq, bugun uni qölimda olib yuraman. Birinchi va sönggi bor...",- qaror qildi qiz. Xiyobonda tumorni mahkam siqib shoshib ketardi. Keyin... Keyin urilib ketdi. Telefoni qölidan tushib sinib ketgan yigitga qaradi-yu qiz qölidagi tumorni qattiqroq siqdi... * * * Добавлено (24.05.2013, 16:11) --------------------------------------------- Telefon orqali suhbatlar... Uchrashuvlar... Hammasi chiroyli edi. Qiz ham hammasini taqdir izmiga tashlab qöydi. Chunki uning sevgisi shu qadar kuchli ediki, undan shunchaki köz yumib ketolmasdi. Har uchrashganlarida yana va yana qattiqroq bog'lanib borardi. Faqat yigit har uchrashganlaridan söng qanchalik baxtli kunlarning yaqinligi haqida öylardi, qiz esa yaqin kelayotgan iztirobli voqealarni his qilardi. Shuning uchun qiz hech kimga bildirmasdan köp yig'lardi... Oradan 20 kun ötib yigit qizga sevgi izhor qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab yubordi. Yöq, qiz ortiq faqat özini öylay olmasdi. Hammasini töxtatish, ehtimol tugatish kerak edi. Uni quchib, yig'lama gulim deb shivirlayotgan yigitga e'tibor ham bermasdan yig'lardi qiz... Ösha kun qiz hammasini oyisiga aytdi. Oyisi esa dadasiga. Ota chuqur öyga toldiyu qizini bir- necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi: - Töy böladi! Töy böladi... Yigirma kundan söng... Ertasiga yigit bilan uchrashgach qiz hammasini unga aytmoqchiydi. Lekin, yana ayta olmadi. Yigit ham qanaqadir mahzun kayfiyatda edi. U qizni uzoq bag'riga bosib turdi: - Yig'lama, azizam senga kulish yarashadi... "Nega yig'layapsan" deb söramadi ham... Ösha kun qiz yigitni sönggi bor körib turgandi. Ertasi kun qiz bu safar yigitga hammasini aytish uchun uchrashuv joyiga keldi. Lekin yigit kelmadi. Telefoni öchirilgan. Ikkinchi, uchinchi kun ham. 4-kun yigitdan sms keldi: "Meni kechir... Menga xorijdan yaxshi ish taklif qilishdi. Bilasanmi, mening kelajak rejalarim ulkan. Bu rejada sen ham bor eding, ammo endi hammasi birdaniga özgarib ketdi. Afsusdaman. Baxtli böl..." Qiz öqib közlariga ishonmadi. Qayta-qayta öqidi. "Siz bunday qilolmaysiz.." yig'lardi u. Lekin hammasi ravshan edi. Qiz u bilan ötkazgan shirin 3 haftalik baxtli kunlarini bir-bir xotirladi. Sevaman degandi, endi tashlab ketdi. Alam bilan unga javob yozdi: - Sizga aytolmagan bir gapim bor: Meni turmushga berishyapti... Balki, kelajagizni öylab, tög'ri qilgandirsiz. Ketavering... Umuman qaytib kelmang... Sizi körishni istamayman. Yodizdami, menga yurakchali tumor sovg'a qilgandiz, omad keltiradi deb? Menga soxta yurak hadya qildiz-u haqiqiy yuragimni olib ketdiz öziz bilan. Sizga baribir rahmat. Menga nimalarnidir örgatdiz. Masalan, taqdirga ishona boshladim. Lekin taqdirlarimiz ayro ekan. Yana bir gapni sizga aytolmaganman: Sizi sevaman! Hm... Yomon bölsaizam, bildiz... Nafratlanaman ham... Sms yubordi-yu telefonini suvga otdi. Örindiqda ötirib ezilib yig'ladi. Hammasi tugadi... Qizning töyi kuni ham keldi. Qiz xonasida közguga qarab ötirardi. Quloqlari ostida esa yigitning unga aytgan hamma gaplari bir- bir jaranglardi: "Poyezdga kech qolganimni kim omadsizlik dedi?" "Kul azizam, kulish senga yarashadi..." "Buni taqdir deydilar..." Uning yuzlariga yosh dumaladi. Shu daqiqada uning ortida otasi qölida qog'oz bilan ma'yus turardi. Otasi uning peshonasidan öpdi: - Meni kechir qizim... * * *
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 24.05.2013, 17:11 | Сообщение # 17 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| \
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Пятница, 24.05.2013, 17:40 | Сообщение # 18 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| 20 kun avval... Qizning otasi qizining boshqa yigitni sevib qolganini eshitgach, chuqur öyga toldi. Fotiha bölgan, hamma rozi. Qudalar ham yaxshi odamlar. Nega qanaqadir ön kun ichida qizining bu taxlit özgarib qolganini tushunolmasdi. Buni ötkinchi hoy-u xavas deb qabul qildi va qizini bir necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi: - Töy böladi! Ota ösha yigitni qidirib topdi. Istarasi issiqqina ekan. Lekin endi kech. U bilan ochiqchasiga gaplashib oldi: - Qizim unashtirilgan, 20 kundan söng töyi böladi, shuni bilasanmi? Yigit jim bölib qoldi. Qizning nima sababdan sevgi izhor qilganda yig'laganini tushungan edi. - Hammasiga endi juda kech... Iltimos qilaman sendan, qizimni chin yurakdan sevsang uni tinch qöy, chunki men ikki dunyoda ham töyni töxtatmayman. Qizimni hurmatini saqla, el-yurt oldida isnodga qöyma. Yigit hech narsa deyolmasdi. Qizning otasi uzoq gapirib sözini yakunladi: - Shunday qilki, u sendan nafratlansin. Meni kechir... Shunday qilsang, hammamizga yaxshi böladi... Shunday dedi-yu ketdi. Yigit bölsa joyida turib qoldi... Hozir qizning otasi undan qiz uchun jonini söraganida hech ikkilanmay bergan bölardi. Lekin ayrim narsalarning qadri jondan ziyoda bölarkan. Nima qilish kerak? Yigit uchun shu kun juda og'ir böldi. Ertasiga qiz bilan uchrashdi. Qiz yana yig'lardi. Yigit undan "nega yig'layapsan" deb söramadi ham. Uni bag'riga bosdi. Ichidan otilib chiqayotgan alami bög'ziga tiqilib qizga shivirladi: "Kul azizam, hech qachon yig'lama..." Yigit shu lahzada qaror qabul qildi: Taqdirga tan berish kerak... Qiz bilan boshqa körishmaslik kerak... Ertasiga yana uchrashuv joyiga otlandi. Yöq, körishmaydi. Uzoqdan kuzatsa bas. U özini kutayotgan qizni uzoqdan kuzatdi. Keyingi kun, undan keyin ham... Shu kun yigitga xorijdan ish taklif qilishdi. Yigit ketishga qaror qildi. Hammasini unutish uchun... Ertasi kun u qizga sms yubordi. Uning öqib yig'laganini uzoqdan kördi-yu qölini yuragi ustiga olib bordi va pichirladi: "Kechir jonim, mendan nafratlanishing kerak..." Kunlar ötaverdi. Yigitning samalyoti uchishidan bir kun oldin u qizni sönggi bor körish ilinjida uning uyi yaqiniga bordi. Kördi ham. G'amgin gözal qiz... Yigit qizning otasi bilan gaplashib olishi kerak edi. - Men ertaga tongda Parijga uchib ketaman,- yigit qizning otasi yonida söz boshladi,- mana bu xatni unga berib qöying, iltimos. Sizning iltimosingizni bajardim. Siz ham bajarasiz deb öylayman... Xayr!
Yigit ketdi. "Endi seni körmayman. Kechir meni azizam... Baxtli böl!" Uning közidan sizayotgan yoshlarni hech kim körmasligi uchun közoynak taqib oldi. Ota maktubni öqib yuragi tölib ketdi. Qizini shu darajada sevarkan, bir og'iz sözini ikki ham qilmadi. Kuyov qilsa arzirdi. Lekin, kechikdi... Tongga qadar hayollar iskanjasida qoldi. Tongda maktubni olib qizining xonasiga kirdi. Qizi judayam gözal. Lekin, uning közlarida yosh bor edi. Ota ortiq bardosh qilolmadi. Qizini bag'riga bosib, peshonasidan öpdi: - Meni kechir qizim... * * *Добавлено (24.05.2013, 16:35) --------------------------------------------- Ota qiziga xatni berib, yigit haqida hammasini aytib berdi. Qiz maktubni ochib öqishga tushdi: "Bugun mendan nafratlanayotgan bölsang kerak. Ishonaver buning hecham ahamiyati yöq menga. Chunki bugun men seni yana hammadan birinchi tabriklayapman. Qanday omadim bora? Sen jinnisan, negaligini bilasanmi? Töying haqida aytmading menga. Lekin meni kimligimni unutib qöyding. Men quvnoq "folbin"manku. Baribir bilvoldim. Xuddi tug'ilgan kuningdagidek... Yodingdami, taqdirga ishonmayman derding. Men esa qölimni avval yuragim ustiga, keyin peshonamga qöyib buni taqdir deydilar derdim. Buning ma'nosini bilasanmi? Bu yurakdagi sevgi uchun taqdirga minnatdorlik.. Ha, men taqdirimdan minnatdorman. Ösha poyezdga kechiktirgani uchun... Seni menga uchratgani uchun... Keyingi 5 oyda aqldan ozayozdim. Seni qidirib. Topganimda esa endi kech bölgan ekan... Meni kechir... Sen baxtli bölishing kerak. Menga öxshagan surbet bilan taqdiring qöshilmagan ekan. Men senga hozir söz beraman. Meni endi hech qachon körmaysan, men esa seni hech qachon unutmayman. Chunki sen bunga loyiqsan. Sen ham menga va'da berishingni xohlayman. Baxtli bölaman deb söz ber. Sizni unutaman deb söz ber. Chunki men unutilishga loyiqman. Seni tashlab ketayotganim uchun ham... Senga bir gapni köp aytishga ulgurmadim. Bugun sönggi bor aytaman: Men seni sevaman! Sen baxtli bölishing kerak. Töying muborak bölsin..." Qiz yig'lab-yig'lab xatni öqib tugatdi. Otasi qizini yupatdi: - U bugun Parijga uchib ketmoqchi. Bor qizim uni töxtat... Qiz yig'lashdan töxtab, otasiga qaradi. - Köchada taksi kutib turibdi. Ulgurishing kerak. Qolganini menga qöyib ber,- otasi qölini avval yuragi ustiga keyin peshonasiga olib bordida kuldi,- axir buni taqdir deydilar... Qiz otasini quchoqladi: - Rahmat, dadajon... Keyin chopdi. U ketib qolmasligi kerak. Ketishga haqqi yöq. Qölidagi bejirim tumorni mahkam siqib taksiga ötirdi. Taksi aeroport tomon yöl oldi. Qiz esa hamon köz yoshlarini töxtata olmas va shivirlardi: - Iltimos, ketib qolmang, bir martagina mening ham iltimosimni bajaring... Taksi aeroportga yetib kelgach qiz shoshib ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga borishini bilmasdi. Aeroport ichida esa operatorlarning yölovchilarga turli murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib nazorat punktiga keldi. Qöriqchilarning hay-haylashiga qaramay ichkarida ötirgan qizdan shoshib söradi: - Opajon, Parijga samalyot uchmadimi hali? - 347-reys bilan Toshkent-Parij yönalishida samalyot yarim soat oldin uchib ketdi. - ...- qiz özini yöqotib qöydi,- ketdimi? U yigitning kulib turgan holatini köz oldiga keltirdi. Lekin u chindan kechikkandi. Samalyot allaqachon uchib ketgandi. Qiz odamlar gavjum bölgan kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib ötirdi. "U ketib qoldi. Endi uni hech qachon körolmayman..."
- Iltimos, tumorimni qaytib ber,- yigitning ovozi eshitildi shu payt,- usiz samalyotga ham kech qoldim. Qiz yigitga qaradi. Qölida bilet, chamadon... Unga kulib qarab turardi. Qiz uning quchog'iga otildi. - Nega ketib qoldiz,- yig'lardi u. - Ketib qoldi deb kim aytdi? Yuragimni tashlab qayerga ham ketardim,- uning sochlarini siladi yigit. - Siz yomonsiz... - Hm. - Surbetsiz... - Hm. - Yana "hm"mi? - Hm. Ular kulib yuborishdi. Aeroportda esa hamma ularga qarardi. Qarayverishsin. AXIR BUNI TAQDIR DEYDILAR.... * Добавлено (24.05.2013, 16:40) --------------------------------------------- Tamom. Qarasam bu hikoya Futbol saytidagi kamentda turgan ekan(( (nima qipti futbol muhlislaridayam yurak bordirda) ))) bu yoqqa kopiya qivordim. Menimcha u yoqqayam kopiya qilishgan bo'lsa kk , shuning un muallifni keltirmadim. (kim yozgani no'malum)
|
|
| |
Mehmon | Дата: Пятница, 24.05.2013, 17:51 | Сообщение # 19 |
Группа: Qadrli mehmon
| :'( :'( :'(
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 22.06.2013, 22:45 | Сообщение # 20 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Bir joyda o'qib qolib, ko'chirdim.
"4 oycha ilgari sochlarim to'kilishi tashxisi qo'yildi. Oradan bir oy o'tib butunlay kal bo'lib qoldim. Maktabga borishni o'ylasam dahshatga tushardim. Hamma ustimdan kulsa kerak, deb o'yladim. Ertasi kuni eshik taqillagani eshitildi. Chiqsam, ostonada sochlari qirib olingan o'ntacha o'rtoqlarim turishibdi. Ulardan ikkitasi qizlar edi..."
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 22.06.2013, 22:47 | Сообщение # 21 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Рустамжон Кодиро Bizni gruppada tayorgarlikdan utayotgan bolani ham chochi tokilib kal bulib qolgandi. Bizdan uyalardi kursatmagan doktori qomadi. Biz unga kaldi omadi bor. San zor bup ketasan dirdik. 2 u sinovlardan otolmadi kasalgi tufayli busa k.k shu shu hammamiz har tarafga tarqab ketdi oradan 6 yil utdi otpuskamda uyga keldim kuchada dustimni kurdim u uyo buyodan gaplashdik u menga kal dustim haqida gapirib qoldi. U AQSH ga kuchib ketib biznes yolida katta omadga eriwgan ota onasni ham olib ketganakan. KAL boganladi omadiyam bor. Gnohi tokilib ketadi iymonli busa Нравится · 1 час назад
|
|
| |
Mirzoxid | Дата: Воскресенье, 23.06.2013, 16:14 | Сообщение # 22 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Статус: Offline
| vuxaxaxa futbol saytida
Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 23.07.2013, 00:21 | Сообщение # 23 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Qadimgi Xitoyda turmushga chiqqan qiz erining uyida yashab, unga va uning onasiga xizmat qilishi kerak edi. Shunday urf- odatlarga muvofiq turmush o‘rtog‘ining xonadonida yashab kelayotgan bir qiz to‘ydan keyin qaynonasining ginalariga chiday olmabdi. Shu bois undan qutulishga qaror qilibdi. Qiz dadasining tabib o‘rtog‘ini oldiga borib, unga: – Qaynonam bilan boshqa yashay olmayman. U meni yaqinda aqldan ozdiradi. Yordam bera olasizmi? Buning evaziga yaxshigina haq beraman, – debdi. – Senga qanday yordam berishim mumkin? – deya so‘rabdi tabib. – Zahar tayyorlab berishingizni istayman. Qaynonamni zaharlab, barcha kulfatlarimdan xalos bo‘lmoqchiman. Uzoq o‘yga tolgan tabib shunday debdi: – Mayli yordam beraman. Biroq ikki narsani tushunishing kerak bo‘ladi. Birinchidan, qaynonangni darhol zaharlay olmaysan. Chunki odamlar buni sen qilganingni payqab qolishadi. Senga asta- sekin o‘ldiradigan zahar tayyorlab beraman. O‘shanda uni sen zaharlab o‘ldirganing hech kimning xayoliga kelmaydi. Ikkinchidan, odamlar gumonlardan butunlay xalos bo‘lishi uchun sen jahlingni jilovlashni, uni hurmat qilishni, yaxshi ko‘rishni, so‘zlariga quloq solishni va sabr qilishni o‘rganishing kerak bo‘ladi. Shundagina qaynonangning o‘limida hech kim sendan gumon qilmaydi. Qiz barchasiga rozi bo‘lib giyohni oladi va qaynonasining taomiga qo‘shib boradi. Bundan tashqari, u o‘zini nazorat qilib, qaynonasining so‘zlariga quloq solib, uni hurmat qilishni boshlaydi. Kelinining unga bo‘lgan munosabatini ko‘rgan qaynona qizni butun qalbi bilan yaxshi ko‘rib qoladi. U qizni hammaga orzu qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi kelin, deya maqtab yuradi. Yarim yil o‘tgach ularning munosabatlari xuddi tug‘ishgan ona-boladek bo‘lib ketadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib qiz tabibning oldiga kelib, iltimos bilan: – Xudo uchun iltimos qilaman, qaynonamni qutqaring. Uni o‘ldirishni istamayman. U eng yaxshi qaynonaga aylandi. Men uni yaxshi ko‘raman, – debdi. Tabib esa: – Xavotir olma, senga zahar emas, oddiy ziravorlar bergandim. Zahar sening kallangda edi. Nihoyat undan xalos bo‘libsan, – deya kulib qo‘yibdi.
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 23.07.2013, 00:35 | Сообщение # 24 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Хар доимгидай ишдан уйга кайтдим аёлим очик чехра билан кутиб олди кечки овкатдан сунг гап бошлади.дадаси сизи жуда яхши кураман лекин сиз яна бир аёлга жуда кераксиз улар сизни жонидан ортик куради уни эртага кечки овкатга таклиф килин.ким экан деб савол тарзда аёлимга карадим аёлим онангиз деб жавоб берди сесканиб кетдим,чунки онамдан бир хафтадан бери хабар олмаганэдим.телефонди олиб ойимга кунгирок килдим.ойим кеч булганлиги учун кунгирогимдан бир оз хавотирга тушди ойи эртага бушмисиз хиёбонга сайр килгани борамиз сунг рестаранда овкатланамиз дедим. ойим хайрон булиб майли углим деб жавоб берди.мен шу кеча хаяжондан яхши ухлолмадим.эртасига гул доконигакириб гул олиб ойимни олдига бордим.жуда хаяжонланардим.эшик ёнида ойим чиройли кийиниб сочларинитурмаклаб мени кутволди.ойим хам хаяжонланарди.гулларни олиб куз ёшларини мендан яширди.шу кунни она бола жуда марокли утказдик.кечкиовкатни эса киммат булмасада бежирим рестаранда овкатландик.ойимни кузлари хиралашкани учун менюни укиб бердим.ойим куз ёшларини тута олмади.мен хам сени ёшлигинда укиб берардим дия жилмайди.кечки овкатдан сунг ойим яна келамиза факат бу сафар мен сени мехмон киламан деди.рози булдим 3кундан сунг онамдан айрилдим бутунлай.ойимнинг чунтагидан эсабир парча когозга ёзилган хатни топдим.болам рахмат сенга бир умрга татигулик кун учун уша рестаранга 2кишили буюртма берганман келиним билан боринглар деб ёзиб колдирибди бу гапларни укиб утган хаётимга афсусланиб кетдим нахот ойимни бир марта булсада ёнларида утириб кунгилларини сурамаган эканман энди канча афсус чексамда онам ёнимда йук... Хар бир инсон онанинг кадрини йукоткандамас балким борлигида кадрини билайлик. хамма онажонларимиз бахтимизга узок умр курсин..
|
|
| |
Soginch | Дата: Вторник, 23.07.2013, 08:19 | Сообщение # 25 |
Группа: Qadrli mehmon
| Giyos aka bunii kim yozgan? wunga oxwaw hikoyani dostimning akasidanam ewitgandim.U onam xech qachon olmasa kerag deb oylardim deb aytuvdi.Owa aka onasini chet elga sayoxatga olib boriwni niyat qiganekan.
|
|
| |
|