Среда, 04.12.2024, 13:14
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

SSSS!!! - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
SSSS!!!
SokinaДата: Понедельник, 17.09.2012, 00:10 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Assalomu alaykum.GiyosFMda yangi rukn!Har narsalarni öylab topadigan,tinib-tinchimas Sokin As-salomdan hazilomuz mualliflik dasturi.SSSS! Bu yana nima degani böldi ?,deyapsiz-a)) Sokinadan Sönggi Sarxil Satrlar,degani ekan)) O'qishga erinsangiz qisqaroq qilib, HAS --> hazil aralash satrlar desangiz ham bölaveradi. Har ikkalasi ham asliga tög'ri)) Ana bömasam))) Aytgancha,ilhom akangiz hazil-huzul qilib kelib qolsa,hech ikkilanmasdan,tortinmasdan,bexijolat yozavering)) Mullayam bilganini öqirkan,deganlaridek bilganlarimizdan boshladik bölmasa.))

Добавлено (16.09.2012, 19:57)
---------------------------------------------
Telba-teskari(hajviy she'r) Qoravoydan Oqgulga sovchi keldi eshikdan,Rizqi keldi tölib towib tewikdan.Qoravoyga ta'rif berar ammasi,Tanishtirib kelganlarning hammasin:Mana gulday xolasi,Salkam ellik orasi,Dubaydan mol tashiydi.Qölida tillo öynaydi.Bu nozanin opasi,Saloni bor "damskiy",Kiyadi yubka "uzkiy".Hali turmuw qurmagan,Kuyovga qirg'in kelgan.Meni özim ammasi,Bularning "kulturniysi".Bozorda dollar sotaman,Erimni wunday boqaman.Bir qizim bor Oypari,Deysiz buncha gulpari.Qoravoyim xöp dono.Kompyuterning tilini,Tarjimonsiz biladi.Telefon degan matohning,Naq "dodasin" tutadi.Odno degan maktabda,Kun-uzzu kun iwlaydi.Mehnati og'ir deyman,Unga xöp achinaman,Bowimni qotiraman.O'ylab obdon kengawib,Mana keldik ewigiyzga.Qoravoyim zör artis,Töylarda qöwiq aytar,Repmi,pokmi,bowqami,Töyni xöp qizitadi.U raqsga bir tushsa,Maykl Jekson uyatda.Aytgan qöwig'i bezar,Tilibuzar deganni.Endi bir kam dunyoda,Bittagina aybi bor,Odnoda iwlayman,deb,Jabr qilgan köziga.O'ylamang kör ekan,deb.Ikkita közoynak taqsa,Ilg'ab olar warpani. Oqgul bizga xöp yoqdi.O'ziyam sizga öxwabdi.Qoravoy bilan Oqgul,Odnoda birga iwlar,O'sha yerda taniwib.Bir birin sevib qobdi .Rozi böling,egachi.Bizlar eng zör sovchi.Qoravoy bilan Oqgulni,Unawtirib qöyaylik.Söngra odnoga borib,Bir töycha ötkazaylik))

Добавлено (16.09.2012, 23:10)
---------------------------------------------
MOMOGINAMNING PARDOZI. Momomdan qolgan ösma,Qosh-közimga payvasta.Kiprikni östiradi,Qoshga jilo beradi.Rangin qiladi qora,Naq möjiza-ya,qara.Tört-besh chog'li qiz birga,Bog'da qöyardik ösma! Oyxon keldi nozlanib,"Shpaklovka" survolib.O'sma ham bezakmi,der.Mana haqiqiy pardoz.Qöliga olib sumkasin,Bir-bir olar böyog'in.Shumligim tutib birdan.Gujurim toshib sözdan,Izohlayman böyoqni: Tuwning oti maskara,Qöysang bölasan masxara,Suvalib ketsa tasqara.Pomada zöri deysan,Labingning shöri bilsang.Buning oti podvodka,Közga kirsa,naq "vodka".Ten bechora mulzamku,Hind sinduri oldida.Tonal krem dastidan,Yuz bechorang sob böpti.Qotib qolgan upangdan,Ajinlaring dod deydi.Kontur degan matohing,Rasm qalamning özi.Shu sun'iy gözalliging,Tanaginangning uvoli.Shuncha taqir-tuquring, Chöntakkinangning shöri! Sen tannoz öylab körsang,Momongni qilding haqorat.O'smani momong qöygan.Shu mantiqni anglamay,Söz öyinga duch kelding.O'sma ösar beminnat,Qoshga qöysang köp hikmat.Yuzni yuvsang wudringga,Tiniqtirar bir zumda.Labingga zaytun moyi,Yoki shaftoli boli.Tabiy böyoq turganda,Sun'iylikka chopmaymiz.O'ttizga yetmay turib,O'tin bölib qolmaymiz! Shartta aytib betiga, Alam oldim naqdiga.Qizlar qah-qah otishdi,Oyxon qochishga tushdi.)))


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Понедельник, 17.09.2012, 10:29 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
))))
 
FC_PAXTAKORДата: Понедельник, 17.09.2012, 13:18 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
biggrin
 
SokinaДата: Вторник, 25.09.2012, 18:51 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Allohning Rasulini masxara qilgan la'nati yahudiyga! Beysel degan bir kasal,Yotib qolibdi ösal.Turar joyi makoni,Chöchqaxona oxuri.Alla aytar yig'lasa,Chöchqa degan "ona"si.Allohdan qörqmas emish,Yegani najas-yemish.Rasulga teng bölarmu,Yahudiyning "chöchqa"si?!...))

Добавлено (21.09.2012, 09:50)
---------------------------------------------
BOR TOVOG'IM ,KEL TOVOG'IM!Töyga borardi Oyposh,Qölida katta tovoq.Somsa yopgan aralaw,Yarmi gösht,yarmi qovoq.Yasanib olgan Oyposh,Köngli chog'-da,xullas.Bir-bir qadamni bosib,Töyxonaga yetvoldi.Töy egasi qani,deb Xolposh xolasin topdi.Töy egasi yurar wowib har yoqda.Amallab topdi,Oyposh.Tovoqni berdi omon.Hay-hay keling,aylanay,Törga öting,mehmon böling...Töyni Oyposh qizitdi.Qilpilladi xöp toldi.Peshona terni artib,Ketmoqlikka chog'landi.Xolposh xolasin topib,Tovog'ini ob qaytdi.Yölda töxtadi bir zum,Ichi qizidi xöb ham,O'tirvolib yerga,dasturxonni surdi.Yo,tavba astapirlo.Shunchalik pastmi Xolposh?! Göshtli somsam örniga,Solibdiku xom qovoq.Labi zaharga töldi,Uyuldi bodom qovoq...Söng g'azab bilan tovog'ini dast oldi.Alamdan tölib-towib,istehzoli tirjaydi.Yana bir töy qilsa,alamimni olaman.Hozircha bu qovoqdan, Norposhshaning töyiga.Somsa pishirib boraman! Oyposh uyga yetvoldi.Töydan qaytgan qovoqdan,Qovoq somsa yasadi. Bor tovog'im,kel tovog'im!,deb yana.Töyga qarab otlandi.))

Добавлено (21.09.2012, 14:54)
---------------------------------------------
VAHIMA BILAN HOVLIQMA.(hajviy ertak-sher) Ertagim tinglang,döstim.Mag'zidan ma'no chaqing.Dunyo rang-barang gilam,Har xil nusxa jamul-jam...Vahimayu-Hovliqma,O'zaro döst bölibdi.Kelishib sadoqatga,Bir-birin xöp maqtabdi.Vahima der:donosiz,Kal boshingiz naq oltin.Sizdan boshqa dunyoda,Topilmas hech bir daho.Shersiz,eng zör hayvonsiz, Kelbatingiz bahaybat!... Hovliqma tirjayibdi,O'zin sher,deb öylabdi.Hatto,zooparkdan bitta,Sher ham sotib olibdi.Vahimaga ta'rifni,Hovliqma ham beribdi:Siz juda ham sodiqsiz,Sizday döst dunyoda yöq.Mana mening sherimga,Göwt ham olib kelibsiz! Vahimayu-Hovliqma,Sherga havas qilibdi.Uning qafasiga kirib,Sher bölmoqchi bölibdi.Sher tortibdi bir na'ra,Ikki döst qochar urra."Mana bu sal semizroq,Men ozg'in bir kasalvand",Debdi Vahima qochib.Hovliqmani kuch bilan,Sher tomonga itarib! "Ha,nomard sen maraz,Döst eding-ku,yaramas",Hovliqma hovliqibdi.Dir-dir titrab qaqwabdi.Sher unga pisand etmas.Sherning yemishi masliqmas.G'ajib-tiwlab ikkisin,Qafasdan uloqtirdi.Wunday qilib keng olam,Vahimayu-Hovliqmadan,batamom qutulibdi.))

Добавлено (25.09.2012, 17:51)
---------------------------------------------
BARMOQLAR NOLASI.(waxsiy tanqid) "Hoy qalam,namuncha tipirlab shoshasan,Varaqda sudralib,bag'rin böyaysan.Biroz dam bersangchi,shörlik -bizlarga",Barmoqlar jimgina arz qilar qalamga."Menda ayb yöqdir,aybdor közlar.Ta'qib qilar har qadamimda.Asli sizlardadir,ehtimol xato.Közning aytganiga tobe siz axir.Hol sörab varaqdan har kun,kunora,Sathini bezayman,suhbatlashaman",Qalam ham özini oqladi darrov.Hatto,döst varaqqa gardin yuqtirmay...Közlar ma'yusgina termular aybdor,Kipriklar juftlashar himoyaga shay:"Qalbku asli sarsona,aybdor köngil!" , Bu oson iddao "kirpi" kiprikka.Qalb sekin pichirlar,nochor zaifa: Aqldan kelsa gar farmon-oliya,Ne qilay kuydirsa,jonu-jahonim?! Aql jimgina jilmayib kuzatar barin, Anglagan tafakkur ilmini aytmas.Faqat bu jamlikka uqtirar sözin: Haqning buyurgani shu,ey döstlarim.Amrga itoat eng oliy unvon!...Barmoqlar juftlawar tutib qalamni,Közlar kiprikdan ozod boqishar,Oq varaq qad yozar ular poyiga...Barmoqlar noshukur,noshukur ilhom!)


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
FC_PAXTAKORДата: Среда, 26.09.2012, 14:21 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Qoil
 
SokinaДата: Среда, 26.09.2012, 19:17 | Сообщение # 6
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
TOPISHMOQ-she'r). Aqlni peshlang,döstim,Topiwmoqning javobini, Tez öylab toping döstim.U dalada paxta terar,Asli zavodda ishlar.Ajratar paxta navin,Lekin mawina emas.Asli özi Paxtakor-u,Paxta qöyiwni bilmas.Futbol desa jon berar,Komandasi özimizning Paxtakor,Gol ursa naq osmonda.Darvozadan ötsa gol,Jig'ibiyron wu kunda.Paxta terib xöp toldi,Wamollab burun tortdi.Deymiz,hormang paxtakor.Achchiq qilmang siz bekor,Achchiq qalampirdan yeng.Paxtakor ham yutadi,Shamollash ham ketadi". Endi toping kimligin.Uning ismi...?

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
bek_x6Дата: Понедельник, 01.10.2012, 11:16 | Сообщение # 7
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
))))) zo'r, rosa manbop mavzu ekan, lekin yozsam kulish yo')))

Нет подпись...
 
SokinaДата: Четверг, 18.10.2012, 20:04 | Сообщение # 8
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Yozing,Islombek.O'zingizgamas yozgan mavzuingizga kulamiz))

Добавлено (09.10.2012, 11:29)
---------------------------------------------
KAPALAK va KÖRSHAPALAK. Gulzor aro sayr aylar,Alloh guli kapalak.Chiroyli qanotiga, Bitilgan gözal oyat.Atigi bir kun umri,Zikrni qilmas kanda.Guldan totib ne'matin,Ekar ezgulik nurin.Bu dunyoda eng gözal,Hikmat duri kapalak.Hatto johil,battol ham,Jur'at qilmas zulmga. Hoy,Atoning avlodi,Insof tilang yurakka. Shunday sohir hilqatni,Qiyoslamang fahshlarga.Tunda uchgan gumrohni,Tenglashtirmang malakka.Körshapalak makonin,Adashtirmang chamanga. Kapalak uchaversin,Borliq tölsin gulzorga.Körshapalak degani,Yashayversin zulmatda.U na hayvon,Na qushdir.Qolgandir arosatda,Qarg'ish olgan avlodi,Zimistonga mahkumdir. Kapalak kamalakka,Uyg'un bölur rango-rang. Shapalak körhalakka,Körsichqon "döst"dir biling!)

Добавлено (18.10.2012, 19:04)
---------------------------------------------
SHUNCHAKI...Gohida muz sörab qishni qöymayman,Shunchaki,tilanchi bölsam kerak-da) Gohida bir yig'lab tinaman sokin,Shunchaki,köngli chög' bölsam kerak-da) Xöp ajib afandi qiliqlarim bor,Shunchaki,devona bölsam kerak-da) Kim öqir yozganim,kimdadir yöq balki toqat,Shunchaki, qogozu-qalamga zor bölsam kerak-da) Deysizmi,namuncha ta'rifin etibdi bayon,Shunchaki,dun-dunyo ahlidan bölmasam kerak-da)


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
FC_PAXTAKORДата: Четверг, 18.10.2012, 22:01 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Topishmoq she'r zo'r Sokina))))
 
SokinaДата: Пятница, 19.10.2012, 08:22 | Сообщение # 10
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
))Uning ismi Abror,deb hech kim topmabdikuu.Shunaqa qiyin topishmoqni topish osoonmaas))))

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Пятница, 19.10.2012, 09:39 | Сообщение # 11
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Baxodir.

Bo'y bastlari kelishgan,
Boxodirni ko'rganmisiz.
Qo'rqib pisib astagina,
Xol-Axvolin so'rganmisiz.

Yurganida ko'kragi g'oz,
Qadam bosar shu alfoz.
Qishin yozin beg'amgina,
Unga xavas qilganmisiz.

Kecha o'tsam ko'chasidan,
Ovoz yangrar uychasidan.
Kelin bola g'azab qilar,
Baxodirchi boshin egar.

Yashavore, qoil dedim,
Ana endi, mana chundim.
Bu xotinga chidab kelgan,
Baxodirdek erkak bo'lar.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Понедельник, 11.03.2013, 16:25 | Сообщение # 12
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
))) Bahodirga jabr böpti,Ketay desa uyi töla bola-chaqa.Xotini zör,"shef aka"si,Alp yigitning yelkasiga ilgan xalta)))

Добавлено (25.11.2012, 10:31)
---------------------------------------------
NON YOPISH MASHAQQATI.(tajribadan xulosa) Yoz kunlarning birida,Quyosh sahiy paytida.Non yopishni mashq qilib,Xamir qordim bir lagan. Kutdim löppi köpchishin.Löppi,momiq xamirdan, Dumaloq kulcha yasab,Terib qöydim bir qator. Tandirga olov yoqdim.Ötin chöqqa aylangach,Kiydim qalin xalatni,Yuzga örab "chimmat"ni,Qölga kiydim yengchani,Rapidani dast tutib,Nonni yopdim "shap" etib.Mana yana jörang deb,Navbat bilan galma-gal,Kuyib-pishib qiynalib,Bir kam önta non yopdim! Shukur,dedim ichimda,Tandir, otash-olovda! Nonlar turar bözrayib,Endi suvlash kerak-da! Uyat yaxshi, odamlar.Chidamaslik alamda.G'ujur yaxshi,odamlar,Eplolmaslik uyatda! Tilim tishlab amallab,Issiq tandirga kirib,Non yuzin yuvdim bir-bir. Chiroy ochdi kulchalar.Yaltirab kular qarang. Peshonamdan oqar ter,Qosh-kiprigimdan yosh tomar,Xolam sörar xijolat: Yig'ladingmi,oppog'im? - Yig'lamadim,yöq aslo.Mehnat qilib terladim! Mohir nonvoydek göyo,Terlab-pishib non yopdim! Yonimda turar xolam,BarakAlloh,yashang,deb. Sizga aytsam,odamlar.Non yeyish eng osoni,Non yopish mashaqqatin,Usta nonvoydan sörang.Har tishlam nonga uning,Og'ir mehnati singgan! Uvol qilmay urvoqni,Terib yedim ushshoqni. Shundan keyin tandirga,Yaqin ham yölamadim.Non yopayotgan xolamga,Choy damlab berib turdim!)

Добавлено (16.12.2012, 13:34)
---------------------------------------------
Köcha töla odamlar.Kim qayga shoshar,Boshqasi loqayd xömrayar,Biri göyo beparvo.Yana kim wodon kular,Kimdir mulzam iljayar.Kim esa mahzun turar.Yana birov qahrli.Bowqa birov öychanroq,Balki,kimdan xafadir?!Biri qoshini qoqsa,Bowqasi közin suzar. Har kim har xil niyatda.Köcha töla odamlar,Turfa tabiat odamlar.Har birida bir savlat,Mawina qator, saf-saf.Kuzataman befarqroq.Köcha töla odamlar,Uyga yetayin tezroq.Köcha töla odamlar,Yaqinlarim afzalroq!

Добавлено (11.03.2013, 15:25)
---------------------------------------------
Goh öyga tolaman,necha yoshman man? Yuzmi yo ikki yuz yil,Yo undan köproqdir balki?Dun-dunyoda uzoq qolib ketdim-ov?! Nimaga ulgurdim,nimalarga yöq? Tongdan uyg'otadi sertashvish soat,Shomgacha bitmaydi taraddud!Döstlarim aytishar:yashaysan vazmin.Senga havasimiz kelar,sokin Sokina! Yo tavba! Qor tagida qolgan ishlarim qancha?! Bilisharmikan?bilmaydi,bilsa aytmaydi.) Umrim oqar suvdek,yuzdan ötdim-ov? Atrofga qarayman birorta yosh yòq,Hammada muammo,muammo,tashvish,Nechaga kirganin bilarmi ular?Uydan shoshamiz köchaga tomon,Yana köchadan uy tomon ildam. Hatto,bog'chadagi gödakda ham g'am,Qanday rusumli mashina kerak?Qaysi rang,qayda arzonroq?Savdogar aldaydi yosh bola bilib,Xitoydan chiqqani kerakmas unga!)) Höp öyga toldimu,yechmadim jumboq,Sokinroq yashashga bormi bahona? Hayot-harakat,hamma sertashvish.Ruhimdan sörayman,nechaga kirding? Aljabr bobomdan meros sanoqda,Barmoq buklaydi,bir yo ikkimi yo undan köproq?))Xullas,bilolmadim nechaga kirdim,Yana necha asr yashamoq kerak? Tavakkal-boshi kal: Oyog'im uzatib ketib-la qolsam,Shuncha yumushlarim qolib-la ketar!))


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Понедельник, 11.03.2013, 16:48 | Сообщение # 13
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Qizlar kal sozini ishlatsa galati eshitilarkan)))
 
SokinaДата: Понедельник, 11.03.2013, 16:57 | Сообщение # 14
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Qizlarning sochi tökilsayam kal bölib qolmaydi.))

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Sog'inchДата: Суббота, 06.04.2013, 03:17 | Сообщение # 15
Группа: Qadrli mehmon





+ ))))
 
Shoira*Дата: Среда, 01.05.2013, 12:33 | Сообщение # 16
Группа: Qadrli mehmon





O'zbekchada mazza qilib gaplashaman Grekchadan iks igrek jonga tegdi Nemislarning gudtentagi sal bir navi. Man tojiki umumanam namedonam Po russkiyni tushunganskiy Uygurchani naq o'ziga uxshataman Qazaxchada so'ylamesmen jan sheshe Kurdchasida nima ekam mushsha Slavyanckiy nemnoxa razxovorka ponimayu Inglizchada the ok bir baloyu Qirgizchani so'ylemekka yok taqatim Qoraqalpoq qardoshimdir jon bovurim. Turkmanlardan so'ylamakdan sabaq alsam Arablarning jamaliga suv tutaman. Turklarga tamom deyman Tatarga salem deyman Armaniga vino sotib boyib ketsam Ozarining anoridan sipqoraman.Gruzincha Lezginkaga tushaman Habashlarga palto olib boraman Chechenlarga pichoq sovg'a qilaman.Qo'shnim afg'on tinsin deyman Alban,bolgar,polyak,chexdir Har miillatu elat bo'lsa omon bo'lsin O'zbekchada mazza qilib gaplashaman.
 
Sog'inchДата: Среда, 01.05.2013, 17:40 | Сообщение # 17
Группа: Qadrli mehmon





Arvon xolaning talabalari birgalawib yozgan wig'ir.Haha ha ha)))

Добавлено (01.05.2013, 16:40)
---------------------------------------------
bir ikta sözlap qop ketibdi))) bugun arvon xolamiz siqib suvimizni ichdi)))

 
SokinaДата: Вторник, 23.07.2013, 19:38 | Сообщение # 18
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Shoshib yozilgandan keyin shunaqa yarimjon böladi-da)) Men aytgan bir ikkita qator ham qolib ketibdiku))

Добавлено (23.07.2013, 18:38)
---------------------------------------------
Arvon xola haqida sher yozgandim.Biror kun buyoqqa kochirib qoyaman)


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Nilufar_93Дата: Воскресенье, 04.08.2013, 01:13 | Сообщение # 19
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Репутация: 2
Статус: Offline
)))Ochilmagan qirralarni qitlaydi-ya)
 
SokinaДата: Вторник, 06.08.2013, 10:47 | Сообщение # 20
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Sepkilini sanab sannab o'tirar Sog'inch
Sanamasa ko'payarmish sepkillar
Sariq qizda sepkil bolarku axir
Sanab-sanab koshki yetsa hisobga
Sanog'idan adashar qimirlasa kozgusi.
Sabrim tugar qiligidan,aytaman unga:
Sening sepkililng bilinmaydiku aslo
Sira g'am yema,oftobda yurma,
Sal bo'lsada dalda beraman unga.
Sokina, to'grimi aytyotgan gaping,
Sepkilim unchalik bilinmaydimi?
Savolga tutar meni, javobimni aytaman:
Sepkiling kam,yuzing sutga chayilgan goyo
Sevinib ketar Soginch qolidan kozgu tushar
Suhbat qurib chin dildan chalgib ham ketar
Sepkillari borligin,endi butkul unutar.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
SoginchДата: Вторник, 06.08.2013, 11:36 | Сообщение # 21
Группа: Qadrli mehmon





Soginchni sepkillarni Sokina sotqin sotidbi))))
 
FC_PAXTAKORДата: Вторник, 06.08.2013, 12:12 | Сообщение # 22
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Sepkilli sapsariq qizman deng))) biggrin
 
SoginchДата: Вторник, 06.08.2013, 12:18 | Сообщение # 23
Группа: Qadrli mehmon





Sap sarigmas, oq sariqman))) bir kuni
daryoga borganimizda issiqda kop qop ketdik.Keyin qarasam yigirmata sepkil qatoooorr bop turibdi))))
Sokinaga aytdim sepkillarimni sanab qoy deb hazillawdimda))))
Oynakka qarab qara rosa bilinyaptimi desam yoq oftobga chiqmasang yoqoladi degandi.Sotqinnn)))) darrov wer qilib yozibdiya))))
 
FC_PAXTAKORДата: Вторник, 06.08.2013, 12:49 | Сообщение # 24
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Tasavvur qildim, judayam ochilib ketgan bo'lsangiz kkda))))
 
SokinaДата: Вторник, 06.08.2013, 12:52 | Сообщение # 25
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
biggrin

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Поиск:
Flag Counter