Tarjima hikoyalar (O'zimiz qilgan) - Страница 2 - Giyos/FORUM
Tarjima hikoyalar (O'zimiz qilgan)
| |
Mirzoxid | Дата: Воскресенье, 09.06.2013, 19:45 | Сообщение # 26 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Статус: Offline
| Gumurib - отилиб, ту'либ деган манода
Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
|
|
| |
Javlon | Дата: Понедельник, 10.06.2013, 23:28 | Сообщение # 27 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 3
Статус: Offline
| gumurib- tolib towib//yorilib(vulqonday) Добавлено (10.06.2013, 22:28) --------------------------------------------- rahmat)) Mirzohid uzr kommentizi kormabman)) Добавлено (10.06.2013, 22:28) --------------------------------------------- rahmat)) Mirzohid uzr kommentizi kormabman))
|
|
| |
Soginch | Дата: Среда, 12.06.2013, 14:43 | Сообщение # 28 |
Группа: Qadrli mehmon
| Aha. Yana tarjimalar bormi Javlon?
|
|
| |
Javlon | Дата: Четверг, 13.06.2013, 20:29 | Сообщение # 29 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 3
Статус: Offline
| nasib bo'lsa))
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 24.06.2013, 01:53 | Сообщение # 30 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Yigit: Men seni sevmayman... Bo’ldi, seni tashlab ketaman... (ketish uchun yurdi) Qiz: Bilasanmi... Yigit: (Qayrildi) Nima? Qiz: Qachondir sen meni yonimga qaytmoqchi bo’lsang, ketganingdan keyin, shunda men hohlamayman... Meni olib qolmoqchi bo’lganingda, sen hozir menga aytayotgan so’zlaringni aytaman. .. Yigit: Men qaytmayman... (ketdi)
7 YIL O’TDI... Yigit qizni unutmadi...
Yigit: (eshik qo’ng’irog’ini bosdi) Bolakay: (eshik ochib) Sizga kim kerak? Yigit: Bolakay, bu yerda Lena yashaydimi? Bolakay: Ha. Oyijon, siz uchun kelishibdi... (deb chaqirdi) Qiz: (kelib) Hmm... siz nimadir hohlaysizmi? Yigit: (kulib qo’yib) Yo’q, men uyda adashibman... (ketish uchun yurdi) Qiz: (qarab turdi... esladi) Sasha bu senmisan? Yigit: (o’grildi) Qiz: (o’zini so’zlarini esladi) Sen ishonmaganimiding... men senga ushanda aytganimda... Yigit: (jim, ozgina kulib qo’ydi) Qiz: Balki ichkariga kirarsan> Yigit: Yo’q... kechirasan... men ketaman.... Qiz: Mayli. (Eshikni yopdi) Yigit: (qizning domini so’ngi qavatiga chiqdi) unga xat yozdi (sakradi)
YANGILIKLAR: Kecha № 8 chi domning 9 qavatidan 25 yoshli yigit sakradi. Uning yonidan xat topildi. Biz bu xat kimga atalganini bilmayapmiz. Hozirda biz shu xat kimga atalganini qidirayapmiz.
Militsiya: (eshik qo’ng’irog’ini bosdi) Qiz: (eshikni ochdi) Sizga nima foydam tegadi? Militsiya: (Gapirib berdi) xatni berdi (ketdi) Qiz: (shokda) xatni ochdi (o’qiy boshladi) XAT:
Sevgilim.. kechir... men seni, o’zingdan ham ortiq sevardim... Men sendan ketayotganimda hamma aytganlarim yolg’on edi... Men OITS (SPID) bilan kasallangan ekanimni bilganimdan keyin... menga qon quyishganligi omadsiz bo’ldi... Men seni ushlab turishni hohlamasdim, keyin esa, seni qanday ekaningni ko’rishni hohladim... Senda hammasi a’lo ekanini ko’rganimdan so’ng... Men bilardim, meni vazifam seni baxtli qilish ekanini, men bilardim, bu yerda men qiladigan hech nima yo’q ekanini. Seni sevaman! Xayr! Sasha... Baxtli bo’l!
Qiz: (bo’ynidan yoshi dumalab tushdi) O’g’li: Oyijon nima bo’ldi? Qiz: Hech nima, shunchaki otangdan xat: U bizni yaxshi ko’rishini yozibdi... O’g’li: Unda, ular qachon qaytadilar? Qiz: Endi u qaytmaydi, endi u, uzoqlarda dam olmoqda... O’g’li: ... mayli otam tinch dam olsin, biz bu yerda birga yashaymiz... (kulib qo’ydi) Qiz: (Kulib qo’ydi... quchoqlab) Ha o’g’lim...
O’z yarimingizni bilishni o’rganing, siz bilan qanday yashamoqda... Siz u uchun yaxshi bo’lishi uchun qarorlar chiqarmang... Sizning yarimingiz uchun, uning yarimini birga bo’lishidir. Asosiysi birga bo’lishi. Siz unga bardoshini sinamoqchi bo’lmasligingiz kerak. Har qanday to’siqlardan birga o’tishingiz kerak. Seving, ishoning, qadrlang, asosiysi o’z sevgan insoningiz uchun og’riqli hech narsa qilmang....
Shahsiy fikr. Ba’zida bunday holatlarda qaror chiqarishga shoshmaslik kerak. Kimnidir sizga bog’liq hayotini, uzib tashlab ketish juda og’ir. Asosan sizga emas, unga og’ir bo’ladi. Chunki unda siz ketayotganiz sababini bilmaydi. Sizga ham osonmas. O’ziz hohlamagan ishni qilishga majbur bo’lasiz. Lekin bundam boshqa yo’li ham bo’lishi kerak edi. Boshqa yo’l bilan tushuntirsa bo’lar edi. Eng oliy ne’mat, hayotni uvol qilish ham katta xato. Nima bo’lganda ham birga yashasa bo’lardi. Hech bo’lmasa uzoqroqda... Bir haftada bir marta, uzoqroqdan bo’lsa ham ko’rishib... Kasal degani bu endi u odam emas deganimasku... Shoshish kerakmas. O’ylash kerak. Obdon o’ylash kerak. Bu kimnidir xayoti. Meniki yoki siznikimas. Har kim o’z hayoti uchun javob beradi. Shuning uchun har bir qadamingizni o’ylab bosishingiz zarur. Qoqilmang.
|
|
| |
Mirzoxid | Дата: Понедельник, 24.06.2013, 03:35 | Сообщение # 31 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Статус: Offline
| но комет
Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 26.06.2013, 01:11 | Сообщение # 32 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Ko’z yoshgacha... O’qinglar... U yerda sen qandaysan mening hayotim? Bizda tun. Soat ikki, meni esa hali uyqim kelmadi. Sen u yerda bizning qizimizni uchratdingmi? Ishonaman, sening uyqing kelmayotgan bo’lsa uchratding. Meni boshimda alaqachon soch qolmagan, bizning mushuk endi o’tmishga ketib qoldi, men 90 yoshga yaqinlashib qoldim, hayot meni atayin ushlab turibdi. Mana, meni qariyalar uyiga majbur qilib, olib ketmoqchi bo’lishdi. Men taslim bo’lmadim, sen menga oldinga qarab yurishni o’rgatganding, men sensiz sindim. Meni qo’lim choyni ushlay olmay qoldi, o’rnimdan turishga ikki marotabalab qiynalmoqdaman. Sen, meni hayotimni ushla, zerikma, men ham bir kun u yerga boraman. Sening rasming, mening javonim ustida... to’yimizdagi birinchi chiroyli vals... sening gulzordagi guling so’lib qoldi, yashasam, yana ekaman. Dorilar tomog’imdan o’tmayapti, voleryanka hidi butun uyni tutib ketgan. Mening hayotim, endi menga og’riqsiz, stol atrofida yolg’iz ovqatlanayapman. Sen menga, o’zingni oxirgi og’ir tuningda, kuchli bo’l degansan. Men qachonki qabrga kirayotganimda, sen bilan ikki marotabalab uchrashishni hohlayman. Mening qadrli kampirim, sensiz og’ir, majolim yo’q. Mana mening, mana sening yostig’ing. Tezda boraman. Xayrli tun!
PS. Sevgi, yoshlardamas, har kimda bo’ladi. Qariyalarda eng kuchli sevgi bo’ladi. Chunki necha yillab, bir yostiqqa bosh qo’yib, og’ir va yengil kunlarda birga bo’lib, umr kechirgan hamrohi bo’ladi. Ular bir birlariga suyanib qolganlarida, birortalari yiqilsalar... Ularni avvalgidek suyab turadigan hech kim topilmaydi. Topilgani ham avvalgidek bo’lmaydi... Otaxon va onaxonlarimizni asraylik... Ularga qo’ldan kelgancha yordam beraylik. Yolg’iz qolishganda, yolg’iz qo’ymaylik... (ruschadan Giyos Gapparov tarjimasi) (Manba: Giyos.ucoz.org)
|
|
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 30.06.2013, 19:59 | Сообщение # 33 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Tarjimalar menga yoqdi. Shunchaki eslatib o'tmoqchiman, Alloh deb faqatgina biz musulmonlar murojaat qilamiz.Gayridinlarning asarlarini tarjima qilganda Tangri,Yaratgan,Parvardigor kabi so'zlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Tarjimalarni kutamiz.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Четверг, 11.07.2013, 22:15 | Сообщение # 34 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Menda mana bunday hikoya bor...
Mening onamda faqatgina bir donagina ko’zi bor. Men ularni yomon ko’raman. Chunki ularning bunday holatlarini meni uyaltiradi. Haligi uchun, oila uchun bir burda non topish uchun ishlaydilar. Ular maktabda oshpaz bo’lib ishladilar. Bir kun, men boshlang’ich sinfda o’qayotganimda, onam mening oldimga hol ahvol so’rash uchun keldilar. Ko’rdimu, yer meni oyoqlarim ostidan ketib qolgandek bo’ldi. Ular qanday qilib buni qildilar? Menga shunchalar uyatli bo’ldiki... Men o’zimni shunday tutdimki, ularni ko’rmaganlikka oldim. Men ularga nafrat bilan qaradim va u yerdan chopib chiqib ketdim. Ertasi kuni mening sinfdosh do’stim aytdi: “Ee, ha sening onang, ma’lum bo’lishicha, bir ko’zli ekanku”.... Yer yorilsayu, yerni tagiga kirib ketsam. Men hohlardimki, onam qayergadir yoqolib qolsa. Shuningdek, o’tgan kuni, ularni uchratganimda, aytdim: “Sizni yaxshisi o’ldirib qo’ya qolganim yaxshi, nimagaki siz meni kulguli holatga qo’yayapsiz!” Onam menga hech qanday javob qaytarmadi.... Deyarli men bu haqida o’ylamadim, nima deyapman, chunki men o’ta jahldor edim. Menga ularni hislari qiziqtirmas edi. Men, ular uyda bo’lmasliklarini hohlardim. Men juda ko’p ishladim va o’qish uchun Singapurga ketdim... Keyin uylandim. O’zimga uy sotib oldim. Asta sekin bolalarim tug’ilishdi va men hayotimdan mamnun edim. Bir kuni onam menikiga keldi. Necha yillardan beri ular meni ko’rmaganlar va nevaralarini bilmasdilar. Ular eshik oldiga kelganlarida, meni bolalarim ularga qarab kulishayotgandi. Ular mening uyimga kelishga va bolalarimni qo’rqitishga qanday jur’at qildilar? Men ularga baqirdim: “KET BU YERDAN!” Onam esa bosiqlik bilan javob qaytardilar: “Kechir meni. Noto’g’ri manzilga kelganga o’xshayman” va shu gapdan keyin mening ko’zimdan asta g’oyib bo’ldilar. Bir kuni menga maktabdoshlarimdan, bitiruvchilar yig’ilayotgamiz haqida maktub keldi. Men xotinimga bahona sifatida, ish bilan ketayapman deb aytdim. Bitiruvchilar bilan uchrashuvdan keyin, men qiziqishim tufayli o’zimni eski uyimga bordim.. Qo’shnim aytdiki, meni onam olamdan o’tibdi. Men mutloqo yig’lamadim. Qo’shnim, menga onam qoldirgan maktubni berdi. “ Mening eng yaxshi ko’rgan o’g’ilginam, men doimo sen haqingda o’ylayman. Men juda afsusdaman, Singapurga borganim va bolalaringni qo’rqitganim uchun. Sen bitiruvchilar kechasiga kelayotganining eshitishim bilan, men juda quvondim. Lekin men bilmayman, seni ko’rish uchun, yotog’imdan turishga madorim yetarmikan. Men juda afsusdaman, negaki sen meni deb, ko’p uyalarding. Bilasanmi, mening bolaginam, sen kichkinaligingda, sen bilan baxtsiz hodisa ro’y bergan edi va sen o’z ko’zingni yoqotganding. Men seni bu ahvolda, onang sifatida, bir ko’z bilan katta bo’lishingga qarab tura olmasdim. Shuning uchun men senga o’z ko’zimni berdim. Va hozir shunchalar hohlardimki, o’ylardimki, sen meni bilan birga, shu ko’zlar bilan ko’rishingni. Hamisha seni sevib qoluvchi onang...”
(Ruschadan Giyos Gapparov tarjimasi) (Manba Giyos.ucoz.org)
|
|
| |
Sokina | Дата: Пятница, 12.07.2013, 00:40 | Сообщение # 35 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Ta'sirli va ayni damda mulohazaga chorlovchi hikoya ekan.Odam o'z onasidanam jirkanadimi!? Notovon banda! Tarjima uchun rahmat.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 13.08.2013, 03:17 | Сообщение # 36 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Er xotin eshikni bir kunga hech kimga ochmaslika qaror qilishdi.... Ertalab eshik qöng'irog'i chalindi. Ular sekin möralashdi, erining ota onalari?. - Eshikni ochmaymiz. - Erining ota onasi ketishdi. Bir necha soatdan keyin yana eshik qöng'irog'i yana chalindi? Qarasalar xotinning ota onasi! Eshikni ochishni xoxlawmadi. - Ammo xotin yig'lashga tushdi? - Erni rahmi keldi va eshikni ochdi. Oradan ancha vaqt ötdi.... ular 4 ög'ili bo'lishdi va beshinchisi qiz tug'uldi)) - Er xursandligidan katta bayram qildi va juda xursan edi. Shunda döstlari sörashdi undan: -Sen nega buncha xursandsan, hattoki ög'ilaring tug'ulgandayam buncha xursand emasding? Va u tabasum bilan javob berdi: - MEN UCHUN ESHIKLARINI OCHADIGAN INSONIM TUG'ULDI..... (Rus tilidan Zarnigor tarjimasi) m.ok.ru/buhayot
|
|
| |
Sokina | Дата: Вторник, 13.08.2013, 07:56 | Сообщение # 37 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Eshik ochuvchilar tugilaversin)
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
|