Giyos | Дата: Среда, 01.04.2015, 01:22 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Erta turmush... Oila muqaddas dargoh. Har bir turmush qurgan inson uni asray bilishi lozim. Hozirgi kunlarda avvalgiga nisbatan ajralishlar soni oshib bormoqda. Buning sabablaridan biri erta turmush qurishdir. Yigitlar va qizlar oila qurishi uchun mukammal qilib, necha yosh aytiladi? Bizdagi ko’pgina manbalar bu yoshni qizlar uchun 21-24 yosh qilib belgilasa, yigitlarimiz uchun 23-27 yosh deyishadi. Bunday yosh belgilanishiga sabab, aynan shu yoshda yigit-qizlarimiz ham jismonan, ham ruhan oila qurishga tayyor, hayotda o’z o’rniga ega bo’lgan, Oila deb atalmish buyuk maskanni nima ekanini tushunib yetgan bo’ladi. Erta turmush qurishni 18 yoshdan kichik yoshdagi qizlarni turmushga chiqishini tushunsak bo’ladi. Hozirda qizlarimizni erta turmushga chiqishiga qarshi kurashlar bo’lmoqda. Joylarda ota-onalarga, qizlarni o’zlariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Erta turmush qurgan qiz nima yoqotadi? Birinchi navbatda o’z erkinligini, mustaqilligini yoqotadi. 16-17 yoshga to’lgan qizaloqni boshida turmush degan yuk osilib tursa... U hali o’zi bola bo’la turib, bolalik bo’lsa... U ko’p narsadan ayriladi. Tajribasizligi tufayli erini oldidagi vazifalarini ham uddalay olmaydi (bilmaydi). Uy ishlarini ham eplolmay, qaynonasidan dakki eshitadi. Bolalik bo’lgandan keyin, uni parvarishlashga yetarli malakasi bo’lmay, ko’p qiyinchiliklarga uchraydi. Ikkinchi navbatda yuzaga kelgan ko’pgina muammolarni yechishda to’g’ri yo’l tuta olmaydi. Noto’g’ri qarori bilan o’zini va boshqalarni ham baxtsiz qilishi mumkin. Ota-onasining boshini egadi. (Uni erta uzatishganiga aybdor ota-onasi bo’lishi mumkin. Bunda ular o’zini aybdor his qiladilar.) Uchinchi navbatda erta turmush qurgan qizlarimiz, hali turmushga chiqmagan dugonalarini o’ynab-kulib yurishganini, hohlagan joylariga borib, kino-konsertlarga bemalol tushishayotganlgini, boshlarida hech kim hukumronlik qilmayotganini ko’rib, siqiladilar. Chunki ular bunday hursandchiliklardan vaqtida bahramand bo’la olmagan bo’ladilar. Turmushga chiqqanidan keyin kino-konsertga borgan bo’lsa, eri bilan 2 yoki 3 marta borgan bo’lishi mumkin. Keyin og’ir kechadigan homiladorlik davri boshlanib, shifoxonama-shifoxona yotib chiqadi. Oxiri qiynalib, bir amallab farzandlik bo’ladi. Tamom. Endi ko’chaga chiqishni esdan chiqarsa ham bo’ladi... Erta turmushga chiqqan qizlarimizni quydagi asoratlar kutib turadi: 1. Homiladorlik va tug’ish jarayoni og’ir kechadi. Homiladorlikda homila yaxshi rivojlanmaydi, onadan kerakli oziqalarni ololmaydi (chunki u oziqalar onani o’zida yetarli emas), vazni kichik bo’ladi, ko’p hollarda bola chala yoki nimjon tug’iladi. Tabiiyki u hayotda ko’p kasalliklarga yengiladi. 2. Yosh ona tug’ruq jarayonida qiynalishi aniq (aynan tug’ish yoshidagilar ham qiynaladi-ku!). Og’riq. Bu og’riqqa chidash juda ham qiyinlik qiladi. Hali tanasi ham tug’ruqqa tayyor bo’lmaganidan keyin, anatomik tor chanoq kuzatiladi, uni ustiga chanoq hali to’liq rivojlanmagan bo’ladi (tug’ruqdan keyin ayolda oqsoqlik ham kuzatilishi mumkin). Lekin ko’pincha ular o’zi tabbiy yo’l orqali tug’a olishmaydi. Ko’pgina holatlarda Kesar kesish operatsiyasi orqali bola suniy ravishda tug’dirib olinadi (ona qornida birinchi boladan esdalik sifatida chandiq qoladi). 3. Erta homilador bo’lgan qizlarimiz tanadagi garmonal va funksional o’zgarishlarga ko’nikishlari oson bo’lmaydi. Shu sababli ular ruhiy tushkunlikka tez-tez tushib qoladilar. Bu holat ularda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Hayotga qiziqishlari yoqoladi... Erta oila qurgan yigitlarimiz esa ota vazifasini bajarishda ko’pgina qiyinchiliklarga uchrashlari mumkin. Hali hayotda o’z ishini, o’rnini topa olmagan yigit, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, oila boqa olmay qoladi. Ular ham ruhiy tushkunlikka tushib, kashandalik, spirtli ichimliklar ichishga mukkasidan ketadilar. Eng achinarlisi, giyohvand moddalarni iste’mol qilishga ham o’tishlari mumkin. Oila muqaddas ekanini tushunmay, rafiqasini kelasi taqdirini o’ylamay bemalol ajrashib ketaveradi... Hurmatli ota-onalar! Har bir qilayotgan ishingizni o’ylab qiling. Birgina o’ylamay qilgan qaroringiz bilan ko’pchilikni hayotini qiyinchilikka qo’yasiz. Bizlarda qizlarni erta turmushga berish, yigitlarni erta uylantirishdan ko’ra ko’proq uchraydi. Qizingiz sizning bog’ingizdagi g’uncha. U boshqa bog’da ochilib keta oladimi, yo’qmi bilmaysiz. Shu sababli shoshilmang. Qizingiz albatta baxtli bo’ladi. Boylikka uchmang. “Boy ekan, bunday joydan yana sovchi kelarmikan?” – deb, g’uncha qizingizni ochiltirmay so’litmang. Boylik hiyonatkor. U hech kimga vafo qilmaydi... Siz o’zingizdan sog’lom nasl qolishini o’ylang. Sog’lom, ko’chada o’rtoqlari bilan o’ynab yurgan bola qaydayu, o’z xonasida dori ichib, ko’chaga termulib turgan betob bola qayerda?! Keyin qarindoshlar o’rtasida ham nikoh qurilishiga yo’l qo’ymang. Ko’pgina irsiy kasalliklar aynan shu oiladan tug’ilgan bolalarda uchraydi (masalan, qon kasalliklari). Daxshatlisi, nuqsonli, o’zini mustaqil eplay olmaydigan imkoniyati cheklangan bolalar tug’iladi. Buni bilish uchun bir marotabagina Imkoniyati cheklangan bolalar uyiga borib ko’ring... Qizlar! Vaqtli turmushga chiqib, qayerga shoshasizlar? Hayotdan to’liq bahramand bo’lmaysizlarmi? Qanchadan-qancha imkoniyatlaringiz bor. Kasb-hunar egallang, o’qishga kiring, bitirib, ishga joylashing. Karera qiling. Hammasiga erishgach, turmushga chiqasiz. Sizdek aqlli rafiqasi bo’lishni istovchilar ko’plab topiladi (faqat yoshingizni juda ham o’tkazib yubormang). Sayohatlarga boring. Juda chet davlatlarga chiqa olmasangiz ham, yurtimizda diqqatga sazovor joylar ko’p. Birma bir sekin aylanib chiqavering. Dam olish sihatgohlariga boring. Yigitlar! Oilangizni o’zingiz ta’minlashingizga nima yetsin. Vaqtli uylanib nimaga erishmoqchisiz? Sabr. Hammasi bo’ladi. O’qing. Kasb egallang. Yaxshi ishlab toping. Katta uy quring. Mashina oling (otangizni puliga emas, o’zingizni peshona teringiz bilan ishlab topgan pulingizga). Zararli odatlarni boshlamang, boshlagan bo’lsangiz tashlang. Sizga ishonib aytamanki, “Malika”ni uyiga sovchi yuborsangiz ham, sizga yo’q demaydi. Oila qurganingizdan keyin 2 kishi uchun yashay boshlaysiz, keyin uch kishi... Avval bir o’zingiz uchun yetgan pul, uch kishiga yetishi kerak bo’ladi... Sog’lom ota-onadan sog’lom farzand tug’iladi. Shuni unutmaylik...
|
|
| |