Суббота, 27.04.2024, 10:22
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2013 » Январь » 14 » Tongi SMS.
22:47
Tongi SMS.

Tongi SMS.

 Soat 6:00. Robiyani telefoniga navbatdagi SMS keldi.

"Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.

Bu SMS lar Robiyaga tanish, har kuni bir vaqtda, bir xil SMS keladi. Robiya ham o’z navbatida Sobirga bir xil javob yozadi. Faqat uniki aynan bir vaqtda emas. Har hilroq, nechidir minutga farq qiladi.

"Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))”...

 

Ha. Bu ularni har kungi salomlashish SMS lari desa bo’ladi. Sobir va Robiya bir birini 3 yildan beri tanishadi. Ular avtobusda to’sattan bir voqea sabab tanishib qolishgan. Ushanda Robiyaga ikki mast yigit gap otib, unga tegajorlik qilishvotgandi. Avtobusdagi odamlar, yigitlar ichib olganigami, yoki ulardan qo’rqibmi, o’zi odam ham kam edi. Yo’q, konduktor e’tiroz bildirgandi, bir narsalar dib so’kishdi, keyin biletingni sotginam diyishdi. Sobir orqaroqda o’tirgandi. Bu gaplardan keyin o’rnidan turib, ularni oldiga keldi. Ozgina janjal, keyin pastga tushishdi. Avtobus yo’lida davom etdi. Sobir ular bilan alohida gaplashdi... Robiya avtobus oynasidan qarab qoldi... Robiya tikuvchilik fabrikasida tikuvchi bo’lib ishlaydi. Har kuni bir vaqtda shu avtobusda uyga qaytadi. Sobir ham usha atrofda institutda o’qiydi. Uni ham darslari tugagandan keyin shu vaqtda, shu avtobusda uyga qaytadi. Ertasi kuni Sobir avtobusni orqa o’rindig’ida o’tirib kevotganda yoniga bir qiz keldi. Boshida u ahamiyat bermadi. Yonida joy bo’sh edi. Lekin qiz Sobirga qarab turardi. U qiz Robiya edi. Sobir qiz unga tikilib turganiga o’zini g’alati his qildi. Keyin qizga:

-       Kechirasiz. O’tirmoqchimisiz. Marhamat (shunday deb o’rnidan turdi)

-       Yo’q. Sizga rahmat etmoqchidim.

-       Joy berganimgami?

-       Yo’q. Mani tanimadizmi?

-       ... (Sobir o’ylanib qoldi)

-       Kecha mani bezorilardan himoya qilgandiz. Begona bo’lsez ham.

-       Ha. Kechamidi. Uzr. Sizga qaramagan ham ekanman. Bemalol. Nega endi begona ekansiz. Man barchani o’z yaqinimde ko’raman. Sizga yordam berganimdan hursandman.

-       Kecha sizga rahmat etolmaganimga rosa uyalib yurdim.

-       O’zi rahmat etishizga imkon bo’lmadiku. Tushib ketdik.

-       Ha. Lekin baribiram. Bugun sizni ko’rib rosa hursand bo’ldim. Yonizga kelib, nima dib gap boshlashni ham bilmadim. Yana bir bor rahmat...

 

Bu ikkinchi uchrashuv. Lekin birinchi suhbat. Shu holatdan keyin avtobusda bir birlarini har kun ko’radigan bo’lib qolishdi. Ismlarini etishdi... telefon raqam... endi telefonda suhbatlar... (bir qancha vaqt, taxminan 1 yilcha o’tdi, Sobir o’qishni tugatib, ishga kirdi)

-       Allo. Robiya. Salom.

-       Assalomu Alekum.

-       Sizga bir gap etmoqchidim.

-       Qanaqa gap.

-       Sizni sansirab gapirsam maylimi?

-       Hop. O’ziz bilasiz (Robiya o’ylanib qoldi. Nega sansiramoqchi dib)

-       Hozir o’ylanib qolding. To’g’rimi? Sababi, man o’zimga yaqin olganlarimni barchasini sansirab gapiraman. Qizlarni nazarda tutvomman. Bunga sinfdoshlarim, kollejdagi kursdoshlarim erishgan. Institutdagilar ham erisha olmadi. Ularni sizlab chaqiraman. Usha oxirgilari kollejdagilar bo’lib qolgandi. Man endi shucha paytdan keyin san erishdin. Agar hohlamasang, sizlab ham chaqiraveraman.

-       Yo’q, man sansirab chaqirishizni hohlayman (Robiya o’zi bilmagan holda shu gaplarni etvordi)

-       Hursandman. Mayli keyinroq telefon qilaman.

-       Hop

 

Yana 2 yil o’tdi. Sobir har kuni soat 6:00 da SMS yozadigan bo’ldi. Bir hillarida kechroq ham yozardi. Uhlab qolishi, yana boshqa sabablar... lekin ko’proq 6:00 da. Lekin so’ngi paytlar, yengi telefon olganidan keyin roppa rosa 6:00da kelardi. Yuboradigan SMSi:

"Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.

3 yil ichida ularni orasida qalin munosabat uyg’ongandi. Lekin ular buni sevgimas dib o’ylirdi. Aslida sevgidan boshqa nima bo’lishi mumkin?  SMSda sog’inch haqida yozilvoti. Qiziq. Rostan ham bir birini sog’inisharmidi bir uyquda. Bu savol Sobir va Robiyaga ham qiziq edi. Sobir unga SMS yozdi.

”Robiya. Yaqinginam. Sandan bir narsa so’rayman, rostini et. Man sanga shuncha SMS yozaman. Sog’inmadingmi dib. San zarracha diysan. Rostan ham zarracha sog’inasanmi? Shu manga qiziqde.”

Robiya javob yozdi:

"Bilasizmi? Siz bilan uhlashimdan oldin gaplashib bo’lganimdayoq sog’inishni boshlayman. Shuning uchun, sog’inchimni oz bo’lsa ham jilovlash uchun, tushlarimda ham sizni ko’rishga harakat qilaman.Zarracha deganim, har narsa zarrachalardan tashkil topgan. Zararachalar bo’lmaganda ulkan narsalar ham bo’lmasdi. Siz ham mani sog’inasizmi? Doimo o’ziz so’riysiz, lekin hich sani sog’indim dimiysiz”.

Sobir javob yozdi:

"Sanchalik sog’ina olmasakanman. Sani sog’inching zarrachadek bo’lsa, maniki shunaqangi yuqoridaki, uni hich kim hali his qilmagan ekan. Mandan boshqa. Lekin uhlavotganimda sani sog’inib uyg’onib ketganimda, ko’rishim uchun xonamni har devoriga sani rasmningni osib chiqganman. Qaysi tomonga qarasam ham, sani ko’raman. Faqat sani”.

 

Mana bu sog’inch. Ta’rifga so’zlar ojiz. Bunday  sog’ichlilar  bir birini sevmidi dib etib bo’ladimi? Baribir ichidagisini etishi kerak. Sobir birinchilardan chiday olmadi. Va uchrashuvga taklif qildi. Sovg’a didi. Uzuk ham sotib oldi. Uchrashuvni bitta kafega belgiladi. Sevgi izhorni ham orginal qilmadi. Uzukni olib, Robiyani barmog’iga taqib qo’ya qoldi. Robiya tushunmay ham qoldi. Sobir: "Man sani sevaman, manga turmushga chiq” dib, suhbatni tugatib qo’ya qoldi. Manimcha bunga ham ancha kuch va iroda to’plagandir.... osonmas etish. Robiya bir og’iz javob qaytara olmadi. Uzukni olib qolgani, bu qabul qilganide. Sobir ham shunday o’yladi.

Kafedan chiqib, bekatga borishdi. U yerda bir qari kampir turgandi. Qo’lida og’ir sumka. Bozordan kevotganga o’xshiydi. U Sobirdan uni uyigacha olib borishini iltimos qildi. Sobir yo’q diya olmadi. Kampir uni bu yerdan uncha uzoq emas ekanini etib o’tdi. Robiya ham ular bilan birga ketdi. Yo’lda kampirni tilidan duo tushmadi. Rostan ham uzoq emas ekan. 5 daqiqada yetib borishdi. Kampirni bir pioyola choyga taklifni rad etishdi, kech qovomiza dib, bahona qilib ketishdi. Kampir yana duo qilib qoldi.

Bahor oyi keldi. Har kungidek bugun ham Robiyani telfoniga SMS keldi.

"Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.

Robiya ham usha javobni jo’natdi.

"Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))”

Sobirdan yana keldi:

"Yaqin kunlar uyinga onam bilan ammamni yuboraman”.

Bu gapga Robiyadan javob kelmadi. Nima dib ham yozardi.

Soat 10:00larda Sobir Robiyaga telefon qildi. Nimadir etmoqchidi. Lekin Robiya "keyinroq o’zim telefon qilaman. Hozir ishlarimni qivoliy” didi. Manimcha yana sovchilar haqida gap ketadi dib o’ylagandir. 2 soatdan keyin va’da bergani uchun qaytib qo’ng’iroq qildi.

-       Allo. Assalomu Alekum. Yahshimisiz.

-       Voalekum Assalom. Ha zo’r. Ishlarinigni qilib bo’ldingmi?

-       Ha. Hozircha qilib bo’ldim. Hali yana bor.

-       Man hozir daraxtga chiqvotudim.

-       Nega?

-       Ko’chada bolalarni varragi daraxtga ilinib qolibdi. Tepasida, olsa bo’larkan. Ushanga iltimos qilishgandi, "Amaki olib bering, o’zi bitta edi. Uydagilar boshqa olib bermimiz” diyishgandi, mayli dib obermoqchiman. Hozir daraxtni yarimiga chiqib qoldim. Anaqisa haliroq o’zim SMS yozaman. SMSimni kutgin, albatta yozaman. Yoki o’zing qilgin. Ishlaringni hammasini qilib bo’lib. Maylimi?

-       Hop bo’ladide.

 

Soat 15:00 lar bo’ldi. Bu paytda man 10 marta daraxtga chiqib tushardim dib o’yladi Robiya. Nega SMS yozmayaptilar. O’zim qilaman. Raqamlarni terdi. Javob yo’q. Qayta telefon qildi. Yana javob yo’q. 1 soatlardan keyin yana telefon qildi.

-       Allo. Assalomu Alekum.

-       Voalekum Assalom. Kim bu?

-       ... (begona ovoz edi. Robiya nima diyishini bilmiy qoldi. Sobir hich telefonini begonalarga bermasdi, adashmadimmi dib raqamga qarab qo’ydi. Adashmagan.)

-       Kechirasiz. Man Sobirga telefon qilgandim. Ularni chaqirib bera olmaysizmi?

-       Siz Robiyamisiz?

-       Ha.

-       Manga Sobir siz haqingizda etgandi. Ko’p etar edi. Juda ham ko’p etar edi.

-       ...

-       Sobir endi oramizda yo’q.

-       Nega.....(ovozi titrab chiqdi).

-       Telefonni hozircha manda. Baxtsiz xodisa. Boya negadir daraxtga chiqgan ekan... usha yerdan... yiqilibdi... Shomga chiqaramiz. Undan ayrilib qoldik. Man haligacha o’zimga kelolmayapman.

-       ... (Robiyani qulog’iga bu gaplar kirmasdi)

-       Uzr. Boshqa gapira olmayman. U sizga uylanmoqchi edi. Uni telefonini endi kim tutishini ham bilmiman. Buguncha manda turibdi. (aloqa uzuldi)

 

Robiyani hayollari ostun ustun bo’lib ketdi. Ming hayollar. Faqat bir gapni qaytaradi: "Yo’q. Ishonmayman. Bo’lishi mumkin emas. Ular o’lmaganlar. Ular tiriklar. O’rtoqlari hazil qilishvotti. Kimdan bilishim mumkin? Yo’q. Uylariga boraman. Hoziroq boraman”. dib, yo’lga chiqib ketdi.

Sobirni mahallasiga kirib bormoqda. Telefonga qarab qarab qo’yadi. Hozir Sobir qaytib telefon qiladigandek. Qaytib telefon qilishga yuragi betlamiydi. "Qaysi uy ediya. Nechinchi edi. Uylarini eslolmayapman” dib o’ylab tez tez ketib borardi. "Shom bo’lishiga 1 soatcha vaqt bor. Agar rostan ham o’lgan bo’lsalar, odamlar to’plangan bo’lishi kerak. Ko’chani nomi qanaqa edi. Ha. Mana shu ko’cha. Shu ko’cha bo’lishi kerak. Telefonlarida shu yerda tushgan rasmlari bor edi. Shu ko’chadan yuraman. Mashinalar, odamlar ko’p. Nahotki rost bo’lsa. Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb baqirib yubordi. Orqasidan ayollar kevotgan ekan. Ular kelib, Robiyadan hol ahvol so’rashdi.

-       Tinchlikmi qizim? Sizga hich narsa bo’lmadimi? Yordam kerakmasmi?

-       A? (Robiya, ularga savol nazari bilan qarab turardi. Nima diyishini ham bilmasdi.)

-       Sog’ligiz yahshimi? Hozir baqirganizni eshitdik.

-       Ha. Yo’q. Man yahshiman. (ko’zi odamlar to’planib turgan eshikda)

-       Sizni tanimayroq turibman. Bu yerda qanaqa ishiz bor edi?

-       Manga bir narsani etib berolmisizmi.... (u baribir ishonmayotgan edi, shunga aniqlik kiritmoqchi edi)

-       Nimani qizim?

-       Bu yerda kim vafot etdi?

-       Bu yerdami? Bu yerda 90dan oshgan bir otaxon bo’lardilar. Ushalar bugun olamdan o’tibdilar. Mahallani yuragi edilar. Tetik edilar. Lekin Yaratganni irodasi. Olamdan o’tdilar.

-       Rahmat. (beixtiyor Robiyani yuziga tabbasum yugurdi, ayollar unga qarab hayron qolib, tuf tuflab qo’yishdi o’zlarini o’zlari va yo’lda davom etishdi.

 

Robiya ichidan buni yolg’on ekanini hursand bo’lsada, tashqi tarafdan uni aldashgani nafrati yuzini burishtirib turardi. "shunaqa narsa bilan ham hazil qiladimi, man ularga ko’rsatib qo’yaman hali. Kim bo’lsa ham ta’zirini beraman. Aldoqchilar. Agar Sobirni ham bunda qo’llari bo’lsa, ularni hich qachon kechirmiman. Yana maraka borligini bilib etishgan. Mani sinamoqchi bo’lishdimi? Ko’rsataman ularga hali. Mayli, muhimi sog’ bo’lsalar ham” dib orqaga qarab yurdi. Baribir sevgisi kuchlide. Nafratni ham yenga oldi. Yana hayoliga bir narsa kelib, telefonini oldi. Sobirga telefon qilmoqchi bo’ldi. O’lmaganini biladi endi. Sobirni yod bo’lib ketgan raqamlarini terdi. Qulog’iga tutdi. Yonidan yana ayollar o’tib ketishvotgandi. Ularni gaplari qulog’iga chalindi; "Eshitilarmi qo’shni, Xadichaxonni o’g’li Sobir ham bugun olamdan o’tibdi. Daraxtdan yiqilibdi. – Voy eshitmagandim. Xudo rahmat qilsin. Hali yosh bola ediyu, nega daraxtga chiqibdi? – Bolalarni varragi ilingan ekan. Ushani olib beraman dibdi. Tepasi qurigan shox ekan. Usha sinib, yerga yiqilibdi. Shoxni biri qorniga kirib ketganmish. Yuragiga ham kiribdimiye. Shunaqa diyishdi. – Voy, yoshgina ediya. Manga ham qancha yordam berardi. Hich qahcon yo’q dimasdi. Ko’chada ko’rib qolsa ham salomini kanda qimasdi. Xadichaxonga qiyin bo’libdiya. – Nimasini etasiz. Bu yil uylantiraman digandilar. – Unda tezroq yuringlar. U yoqga ham chiqishimiz kerak. – Buni qaranglar, bitta mahalladan ikki ko’chada bir kunda maraka bo’lsaya.” dib bir birlari bilan gaplashib o’tib ketishdi. Robiya telefonni ushlagancha joyida qotdi. Unda telefonda hazillashishmagandi. Orqaga qaytib, boshqa ko’chaga yurdi. Qayrildi. Bu ko’cha ham tanish, rasmini ko’rgan. To’g’ridagi eshik yonida ham odamlar to’planib turishibdi... Robiya yo’l chetidagi daraxt tagiga turib, piqilib yig’lab yubordi. Buni kutmagandi. Juda og’ir zarba bo’ldi. Yerga o’tirib qoldi. Bir qancha vaqt o’tirdi. Behol... Yonidan odamlar ikki tobutni olib o’tib ketishdi. Ikki xil tobut. Biri yoshniki, qizil duxoba o’ralgan, biri qariyalarniki oq surup o’ralgan. Odamlar tobutni qo’lma qo’l qilib ketishvoti. Robiya asta tobutga qarab qo’ydi. Nima diyishni ham bilmadi... Kun qoraygach, kimdir uni turg’azib, manzilini so’rab, uyiga kuzatib qo’ydi. Bu manimcha usha Sobirni telefonida gaplashgan yigit edi.

Robiya uyida yig’lashga ham holi qolmagandi. O’ksib, o’ksib qo’yardi. Onasi uni yonida nima qilishni bilmasdan yurardi. Birga olib kelgan yigit unga nima bo’lganini etib berdi. Onani ko’zlari yoshlandi. Qizini sirdoshi edi. Nima yordam qilishni ham bilmasdi. Tez yordam chaqirdi. Doctor Robiyaga tinchlantiruvchi ukol qilib ketdi. Robiya uhlab qoldi...

Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi.

"Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.

Robiya SMS ovozidan uyg’onib ketib, telefonini oldi. SMS ni o’qidi. Kulib qo’ydi. Va har doimgi javobini yozdi.

"Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))”

Yuborgandan keyin, telefoniga qarab kulib qo’ydi. Oz kulib turib, yuzi tezda o’zgardi. Axir qanaqa qilib????? Hich narsaga tushunmasdi. Qanaqa qilib SMS keldi. Telefonini qo’liga olishi bilan, jiringlab qoldi. Sobir telefon qivotti. Hayron bo’ldi. Qanaqasiga. Nahotki adashdi. Kecha uni kimdir olib keldiku. Telefonni oldi.

DAVOMI VA TO'LIQ FORUMDA  http://giyos.ucoz.org/forum/3-169-1 DA
Просмотров: 2440 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 3.5/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter