Пятница, 26.04.2024, 15:08
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Май 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Май » 18 » Ona duosi, sevgidan ham ustun ekan... (Monolog - Ertak)
00:56
Ona duosi, sevgidan ham ustun ekan... (Monolog - Ertak)

Yo’lda ketayotgan edim. Olamon. Juda ko’p. Bilmadim bu ne ekan. Tushunmas hech kim. Yaqinroq turarman man ham. Navbat uzun. . . So'radim, bildim. Malika turmushga bo'libdi rozi. Navbatdagilar bari oshiqlar. Malikani vasli istar bari. . . Juda juda ko'p yigitlar, yoshi ulug'lar ham ora orada bor. O'ylayman, ahmoqmi bular. Bir qizni deb jonidan kechishlar. Shu gapimdan so'ng olamon menga qaradi. Ko'zlarida nafrat. Qo'llarida g'azab. "Sen nima deyapsan? Sen bilmaysan. Ko'rmagansan bu malikani. Qoch bu yerdan, o'zingga rahm qil, yoki seni o'ldiramiz. . ." - dedi bir oshiq yigit. Men tobora yanada hayratlandim. Ahmoq emas, telba bular. Telba Majnun bular... Ortga o'grildim, ketmoq istab o'z yo'lim tomon. Olaman "Malika ko'rindi" - deb hayqirdi. Kim ekan u, shunchalar telbaga aylantirgan, kim u shunchalar go'zal deb ta'riflangan. Peshayvonda turar savlat sochib bir hurliqo. Bir marta ko'rdim. Atigi bir marta. Uzoqdan yana. Yaqinlashib ko'rmoq istadi yurak. Ex qani edi olamon bunga ko'nsa. Hamma oldinga intilar, ko'rmoq istab malikani yaqinroq. To'yib ko'rish istar husnini. Oralarda ayollar ham bor. Qaysidir erkakni ortiga tortar, taxminan bildim. Bu uning xotini, erini qaytarmoq uchun kelgan. Onalar ham bor. O'g'lini bu o'limdan olib qolmoq hohlab kelgan. Afsus ko'ndirish qiyin. Yuragini mahf etgan malika vasli, ona mehridan ustun kelar ko'proq. Yaxshiyam oralarda onasiga muhabbati bor bor. Oldingga yurdim, yigitlarni yora. Malika qo'lida ro'molchani silkitar kulib. Bu chiroyli ko'zlar. Chiroyli kulishlar. . . Peshayvon tagida yozuv: "Malikani 3 sharti bor. Shu shartlardan o'tgan Malikani yori bo'ladi. O'ta olmagan oxirgi ko'rgan yorug'ligi shu bo'ladi". Mana men o'taman shartdan. Balki omadim kelar. Lekin bu navbatdan qanday qilib o'taman. Malika qo'lidagi oq ro'molni pastga otdi. Oshiqlar talashib, qo'larini yuqorilab ilomoq uchun talashdilar. Bir oshiq epchil ekan. Mahkam tutdi ro'molni. Malika qaytdi ortiga. Oshiq yigitni ham olib kirib ketishdi. Qolganlar qoldi afsusda. Gap so'zlar, bajarolmasin, bajarsa nima bo'ladi, shartdan o'ta olmasin. . . Shu kabi so'zlar. Menam oshiqman endi.navat talashayapman raqiblarim bilan. Hamma intilar oldinga, ro'mol ko'p tushayotgan joyga. .. Ana yana ko'rindi Malika. Qo'lida romolchasi bor. Ex eplay olmabdi yigit. Omadi kelmabdi. Endi ko'rmas Quyoshni boshqa. Oshiqlar yuragida zaracha qo'rquv yo'q. Kutishar ro'mol tushishin. Malikaga yaqinroqman. Yuzida parda bor. E voh. Parda to'sganda shunday go'zal bo'lsa. Pardasiz ko'rganlarni yuragin to'xtatarku... Mana ro'molni otdi yana. Qo'llarim yonidan o'tib ketdi ozgina. Yana kutaman. Kirib ketganga omadsizlik tilab...

Ex. Ana yana Malika ko'rindi. Essiz ketibdi bechora yigit. Bir tomondan quvonsam, bir tomondan achinaman. Ortda katta olamon. O'tgan yo'lovchilar ham Malikani jamolin ko'rib, safga turar. Malikani har boqishin intizorlik bilan kutishar. Mana yana ro'mol uchdi. Bu safar boshqa yoqga. Talash, ur to'palon. Malika qaytdi ortiga. Ro'molli oshiq ham kirib ketdi. Yana usha gaplar, omad, omadsizlik tilashlar. . . Bajara olmadi shartni yigit. Yo'q bo'lib ketdi endi. Ortda bir onaxon yig'lar: "Nima qilding o'g'lim, ne istading, ne bo'ldi bolam. Aytgandimku senga, Uchma makrga. Sevgi qildi seni telba, ko'r. Menga quloq ham solmading, gaplarim olmading... Qanisan endi. Men kim bilan qoldim. Meni boquvchim, go'rga qo'yguvchim edingku. Bolaginama. Seni ortingdan shu yergacha keldim, ortinga bir bora qaramading ham. Ko'zlaring faqat o'sha Malikada. Nahotki ona mehridan, sevging ustulik qilgan bo'lsa. . . Endi seni qaydan topdim. Ko'zimni oqu qarosin. Sendan emasman aslo hafa. Ayb menda. Qilmabman yaxshi tarbiya. Bermabman sof mehr. Ayb o'zimda. Ko'r ko'zlar ko'radigan mehr bermabman. Aybdorman". Onani gaplaridan nogoh ko'zlarim yoshlandi. Onasiz o'sdim, mehr ko'rmay. Onaga bo'lib zor. Onasi borlarchi? Qilyabdiku xor. Afsus hech kimim yo'q. Ortimdan qoladigan. Meni tartibga soladigan. Ona yig'lar hamon. Yerlar loy bo'ldi, ko'zdagi yoshdan. Borib tiz cho'kdim onaga, dedim: "Onajon. Mana men bo'laman sizga o'g'il. Yig'lamang bo'ldi. Qutqaraman o'g'lingiz, akamni. Meni qiling faqat duo. Bajaray Malikani shartin". Ona der: "Bolam. Joning o'zingga og'irlik qilyaptimi? Hamma ayol birku, ko'rinishi boshqa bo'lsa ham. Nega shunga tushunmaysizlar. Yaltiroqga chopgaysizlar. Bir bolamni yoqotganim yetar. Boshqasi yonimda qolsin. . . . Mayli ahding jiddiy ekan. Qaytara olmayman baribir. Duo qilaman. Esdan chiqarma hech qachon. Yigit boshing baland tut. Egmagin hech qachon. G'ururing sotma, ketsa ham boshing. Sen yigitsan, unutma sira. Ortingda ona bor, shuni esla". Onam duosi olib, Malikani romol otishin kutarman. Onam duo qildi omad tilab. Malika yana chiqdi peshayvonga. Usha savlat, usha kulgu, usha chiroy. Oshqlar qo'li yuqorida. Osmondagi oyni olmoq istab. Malika ozgina oshiqlariga boqdi, so'ng ro'molni otdi. Ro'mol tushdi kelib qo'limga, bosdim qattiq bag'rimga. Ro'moldan taralar ajoyib ifor. . . Sarhush aylar barimizni. Malika kirdi o'z xonasiga. Meni ham olib ketdi soqchilar kuzatib o'sha xonaga.

Xona hashamatli ko'rkam. Malika o'rtada o'tirar xontaxta yonida. Menga joy ko'rsatdi va bir piyola choy uzatdi. Asta yuzidagi pardasini yechdi. Xona yorqinlashdi yanada. Malika ko'zlari kulib turar. Nigohim uni bir bir ilib qo'yar. Malika buzdi jimlikni. Aytmoq istab shartini. Menga aytdi: "tanlang qay birin aytay oldin. Yoki hammasini bir vaqtda". O'ylamayman, ayt hammasi bir paytda. Malika aytdi: "O'yla avval. Hali imkoning bor. Ko'rding bor husnimni. Ketaver uyingga. Bo'lma juvornmang. Joning asra. Shart aytsam, ortga yo'l qolmaydi. Eslolmaysan boshqa quyoshni ham". Yo'q. Ayt shartingni. Bajaraman barini. Men seni yor istab keldim. Maqsadga yetmaslikni ep bilmay. Malika aytar shartini: "Mayli, men berdim imkon, qildim ogoh. Bir umr chekmang afsus. Shartlarim aytaman unda sizga. Bajaring uni sevsangiz agar meni, bir zumda. Birinchi shartim shuki, menga bo'lasiz bir umr yor. Saroydan chiqmaysiz qaytib hech qachon. Ikkinchi shartim esa, turibdi ostonada kovushim. Necha kundan beri usti chang. Shuni tozalaysiz, yoqsin menga. Uchinchi shartim esa. Sizdan oldin kirgan oshiqni o'ldiring. Toki meni yuzimni ko'rgan. Aytolmasin o'zgalarga. Shuni bajarsangiz sizni yoringizman". Yo'q. Men bajarmayman shartingiz. Juda ham osondir kimlarga. Mayli roziman o'limga. Bu shartlar to'g'ri kelmas ekan menga. Bo'larman sizga yor. Tashqarida esa kutayotgan onam bor. Voz kecholmayman onamdan sira. Ona mehri ustun menga bari sevgidan. Sog' bo'lsam balki toparman yana sevgim. Lekin topolmaymanku ona mehrin. Men onamga vafodorman. Yolg'izlatmayman hech qachon. Chang kovushingiz. . . Kechir meni. Men senga er bo'lyapman. Qul emas. Menda erlik g'ururi bor. Egmayman ayolimga sira boshim. Sen qilishing kerak menga xizmatim. Odam o'ldirish. Yo'q. U begunoh. Unda ayb yo'q. Uni jonini men olmayman. Yaratgan oladi. Seni husningni ko'rgani gunoh sanalmas. O'ldirishga esa arzimas. Mana meni o'ldir, ogohlantirding. Bajara olmadim sharting. Roziman. Faqat onamdan uzr so'rab qo'y. Bajara olmadim va'damni. Qaddimni tik tutdim. Egmadim unga boshim. Afsusdaman. Bekor qildim shart o’ynab. Akamni qutqara olmadim. Onam yana farzand do’g’ida qoldi... Malika o’tirar kulib. Men kutaman kelishin ortimdan jallod. Malika bitta chapak chaldi. Jallod emas. Vazir keldi. Qo’lida zar cho’pon. Malika o’rnidan turdi. Menga yaqin kelib tazm qildi: "Ey botir, qo’rqmas yigit, sen bajarding shartimni. Sen yutiding. Sendan oldingilar hammasi aytganimni qilishdi. Saroyga qamalib, oilasidan kechishdi voz. Ayting menga. Tug’ishganlaridan kechgan, vaqti kelib mendan kechmaydimi? Yurtga yov kelsa, qochib ketmaydimi? Bunday oila sevmaslar menga yor bo’la olamas. Siz bu shartda tanladingiz onani. Oilaga vafodorsiz. 1 shartdan shu sabab o’tdingiz. Ikkinchi shart ne bo’ldi. Siz egmadiz menga bosh. Qolganlarchi. Yotib olib, kiyimlariga artishdi kovushim. Shular ham erkakmi? Menga qul emas. Er kerak edi. Ular bir ayol deb, g’ururidan kechdi. Borini sotdi hisob. Yurtga yov kelganda, shular sotilar birinchilar bo’lib qator. Sizda g’urur, egilmas bosh bor. Shu sabab o’tdingiz uchunchi shart tomon. Uchinchi shart edi odam o’ldirish. Bu qotillik, katta gunoh. Ko’zini sevgi ko’r qilganlar. Kim bo’lsa ham o’ldirar. Ularda iroda mustahkam emas. Juda ham ojizdir betamom. Ular sira bilmas adolat. Bundaylar qanday qilib bo’ladi yurtga hukumron. Siz adolat qila oldingiz. Va shartlarim bajara oldiz. Keldi oldimga 100 dan ortiq oshiqlar. Eng ko’pi qildi aytganimdan ikkisin. Bo’ldi. Endi siz menga yorsiz. Yuring peshayvonga. Bilsin xalq sizni endi kimligiz”. Chiqdik Malika bilan qo’l ushlashib. Pastda ikkimizni ko’rgan olamon afsuslanar. Hammasi er tepinib, uyi tomon ketar. Kelgan ayollar hursand, quvonchda. Duo qilar meni tabriklab Malika bilan. Qoldi yolg’iz onam. Esga tushdi bergan va’dam. "Malikam, ana meni onam. Seni zindoningda bor meni akam. Qo’yib yuborsang edi. Baxtli qilarding onamni. Men o’tdim shartingdan. Shu ona duosi tufayli. Ta’zimdaman doim, onalar poyiga”. Malika etdi ozod. Omon qolgan barcha oshiqlarni. Rahmat eta ketdi hammasi, o’grilib ortiga bir bir. Onamni olib kelib saroyga, joy berdim 7 ko’rpaga. Bo’lsinlar endi rohat – farog’atda. Ko’rsinlar orzularin ro’yobin. Meni qilsinlar duo. Bo’ladi chunki ijobat doimo....


Men sevmaymanku hikoyasi uchun yozilgan....

Просмотров: 1187 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 4
4 Sokina  
Gopporning örtoglari obrazidagi qahramonlar Aziz va Dilwodni ham juda yaxwi tanlagansiz.Demoqchimanki,Aziz Gopporga haqiqiy døst,Dilwod esa wunchaki ikkiyuzlamachi beburd odam.Wu tafovutni taqqoslab köriwning özi hikoyaning saviyasini va qiziqiwni owiradi deb öylayman

3 Sokina  
Atrof-olamni kuzatiwimiz bizni hayotiy kònikmalarga moslawtiriw bn birgalikda hayotda xato qilmaslikka ham örgatadi...Albatta,kamchiliklari ham bor lekin,hikoya mazmun-mohiyati yorqin ifodalangani un ibrat olsa b.di deb bemalol aytiw mumkin.Davomini kutamiz.

1 Sokina  
Ijodingizni kuzata turib wunga amin böldimki,bu monolog-ertak eng namunalisi deb ayta olaman.Onalar duosi madadkor bölsin,ilohim.Ijodingizga omad.

2 Giyos  
Rahmat samimiy fikrlaringiz uchun. Ha o'zim ham eng zo'ri shu bo'lsa kerak dib o'yladim. Chunki buni yozish.... juda ko'p personajlarni real hayotdan tanlab oldim. Ko'chada ketayotgan joyimda yozib ketdim. Nomini tanlashda juda qiynchiliklar uchradi. Shu nomni qoldirdim so'ngida. Buni eng zo'r bo'lishida balki boshqacha usulda yozganimdir. Kamchiliklari bor. U shoshilish natijasi. Yana bir Giyos stil: Ismlarsiz yozilgan...

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter