Суббота, 27.04.2024, 09:48
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Март 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Март » 27 » Men sevmaymanku! Davomi 2 fasl
04:08
Men sevmaymanku! Davomi 2 fasl

15 qism

 

Bugun dam olish kuni. Uydaman hozir. Shu ko’p zerikamande uyda. Yoshligimda zerikganimda asosan ko’chada o’ynardim.Keyin Sayida opanikiga chiqardim. U paytda ular juda qiynalardilar. Erlari chet elga ishlayman deb ketgandi. 2 bolalari bor. Bir qiz va o’g’il. Keyin qaynonalari bor uyda, ruhiy betob bo’lib qolganlar o’g’illari bir yilga deb ketib qaytib kelmadi.man ularnikiga chiqib yurganimda 3 yil bo’lgandi erlari kelmaganiga. Hozir 6 yil. Ularni uylariga kirishimga sabab bolalari edi. Sayida opa erlaridan hech qanday yordam kelmay qo’yganch uyda tikish ishlarini qilardilar. Usta tikuvchi edilar. Ushanda ish bilan bo'lib qizlarini qarovsiz qoldirgandilar. Mashina urib yuborishiga sal qoludi. Man olib qoldim yo’ldan. Keyin uylariga olib kirdim. Ushanda birinchi marotaba ularni yuzlarini yaqindan ko’rdim. Ko’zlari juda ham mayus edi. Lekin hammon chiroyli. Uzoqdan ko’rganimda qachon ko’zlarini yaqindan ko’rish nasib qilar ekan dib o’ylardim. Ular indamasdan qizlarini qo’limdan oldilar. Qizlari 4 yoshda edi. Biram shirin shiringina chuchuk tili  bilan gapirib qo’yardi: "Rahmat akjon” diyrdi. Ko’nglim erib ketdi. Keyin hovlilariga qaradim. Erkak yo’qligi bilardi. Darahtlat butasi o’sib ketgandi. Yerlar chopilmagan. Umuman erkak qiladigan ishlar qilinmagan edi. Lekin hovli toza edi. Sayida opa qizlari Nafisani uyga o’tqazib, o’zlari qaynonalari Hamida xolani sochlarini yuvardilar. Yaqiin bordim. Hamida xola manga qaradilar. Uzoq tikilib turib tosatdan manga qarab, turib tashlanib qoldilar va quchoqlab oldilar: "O’g’lim Murodjon keldingmi? Bolam sani yo’linga ko’z tikib ko’zlarimda nur qolmadku bolaginam. Nega buncha hayalading. Shunchalar ham sog’intirasanmi a? Nega mani quchoqlamayapsan? Sog’inmadingmi? Onangni sog’inmabsana? Shunga kelaman deb aldab kelmadingmi?” der edilar. Man nima qilishni bilmasdim. Sayida opaga qaradim. Ular boshlari bilan "ha” ishorasini qildilar. Man Hamida xolaga qarab keldim onajon, keldim. Mani kechiring. Ushlanib qoldim didim. Ular "o’g’lim qaysi ona og’lidan hafa bo’ladi” dib mani uyaga kirg’azdilar. Sayida opaga qarab "Kelin eringizga choy, ovqat olib keling. Bolam bechora uzoqdan kevoti. Yo’l charchatgan” didilar. Ozoda opaga qaradim. Ko’zlaridan yosh miltirardi. Lekin yuzlarida mayin tabassum bor edi. Hop oyijon dib tashqariga chiqib ketdilar. Hamida xola boshlaridagi sochiq bilan sochlarini quritib o’tirib bir gapni qaytarardilar: "Yahshi keldingmi, nega buncha kech qolding?” Yana yarim daqiqa o’tmasdan shu gapni takrorlardilar. Beixtiyor ularga achinganimdan ko’zimdan yosh oqa boshladi. Ularga bildirmaslik uchun artib oldim. Hamida xola: "Kelin buncha choy olib kelishi qiyin bo’ldi? Hozir borib o’zim olib kelaman sanga o’g’lim” dib xontahtani ushlab o’rnilaridan turmoqchi bo’ldilar. Man ulardan birinchi turib onajon siz dam oling man o’zim hozir olib kelaman didim. Ular O’g’lim sen uzoqdan kelding. O’zim olib kelaman derdilar. Man qaysarlik qilib chiqib ketdim Oshxonaga bordim. Sayida opa yig’lab o’tiribdilar. Manga qarab:

>

>

>

>

>

>

>

>

>

>

>

 

-G’opporjon ukam sani ham qiynab qo’ydimmi a? (ismimni bilarkanlar)

-Yo’q.nega unaqa dvosiz.

-Qaynonam Endigina chin dildan gapirdilar. Oldin bunchalik gapirmasdilar. Ushanga yana siqilmasinlar dib indamang didim.

-Hech qisi yoo’q Sayida opa. Man qiynalmadim. Sizlarga yordam bersam hursand bo’laman faqat.

-Rahmat sanga. Bu yahshiligini hech qachon unitmayman. (yana yig’lab yubordilar)

-Nega yig’laysiz. Bo’ldide endi.

-Erim ko’z oldimga keladi. Onam bu ahvolda..... (ho’rsinib,ko’zlaridagi yoshlarini artib). Charchadim. Hayotdan charchadim. Hamma hammasidan charchadim (yana yig’ladilar)

-Mayli opa siqilmang. Man bormanku, man yordam beraman. (beixtiyor etvordim, ko’z yoshlarga chiday olmaymande.)

-Rahmat. Rahmat. Yahshiligini yahshi kunlaringda qaytaray.

-Yuring Halima hola kutvotila. Choy bo’lib ketimi dib.

-(Ko’z yoshlarini artib). Uzr, hayolga beriib esimdan chiqibdi. Yur ketdik.

Halima hola endi chiqmoqchi bo’lib turgan ekanlar. Yana qaytib o’tirdilar. Man ularni chap taraflariga, Sayida opa o’ng taraflariga o’tirib choy quyib birnichi ularga, keyin manga oddiygina qilib uzatvotganlarida Halima holani Kelin eriga ham shunaqa qilib uzatadimi digan gaplari uzib oldi. Sayida opa bir seskandilar. Keyin turib muolizamat bilan, choyni qo’l uchlariga olib, bir qo’llari bilan yoqalarini ko’kraklariga bosib turib, (ko’zlarim ko’kraklariga tushib ketdi, o’zimdan uyalib ko’zlarimni olib qochdim) choy iching dib uzatdilar. Halima hola manga qarab: Namuncha xotiningdan uyalmasang didilar. (manga qarab turgan ekanlar). Keyin Sayida opaga qarab erini yoniga o’tir qizim. Axir 3 yildan beri sog’ingansan didilar. Sayida opa be e’tiroz ularni raylarini qaytarmay yonimga o’tirdilar. Man Halima holani oldilariga qarab surildim. Halima hola yelkamga turtib: 3 yil xotiningni ko’rmaganinga uyaladigan bo’lib qoldingmi didilar. Sayida opa turtib qo’ydilar mani. Man keyin ularni yonlariga surildim. Oyoqlarim oyoqlariga tegib turardi. Ulardan bir o’zgacha energiya chiqardi. Manni hayajon qamrab ola boshladi. Yurakgimga alaqanday his bezovtalik bera boshladi. Yana beixtiyor Halima xola tomon suridim. Endi boshimga urdilar va: san sog’inbmagan bo’lsang xoting sani sog’ingan. 3 yil sani tunlari yig’lab kutdi. Hurmat shumi dedilar. Man yana Sayida opa tomon surildim. Yana qalblar birlashdi. Bu manga rohat olib kela boshladi endi. Yana yaqinroq surildim. Halima hola kulib piyoladagi choydan ichdilar. Ko’z qirim bilan Sayida opaga qaradim. (Ular Mandan 4 yosh katta edilar). Uyalib yerga qarab o’tirardilar. Halima hola Mandan qanaqa ishlab keganimni so’radilar. Man o’z rtagimni aytib berdim. Ishonarli tarzda. Keyin Halima holani yana shumligi tutdi. Endi xonanga kirib dam ola qol. Charchagansan. Man hursand bo’lib hop didim. Sayida opaga oyoqlarim, badanim tegib turgandan siqilib ketudiim. Ahir nomahram manga. Turib xonani qiidra boshladim. Sayida opa darov tushunib, manga xonani eshigini ochib berdilar.man ichkariga yotoqxonaga kirib ketdim (rosa hijolat bo’voman o’ziyam.). Halima hola dasturxon yig’ishtirayotgan Sayida opaga qarab: Kelin bor sanam kir. 3 yildan beri ko’rmading eringni. U ham Xotinsiz yashadi. Bir biri sog’ingansanlar. Kir ichkariga. Eringni ko’ngliga qara. Dasturxonni o’zim yig’ishtirib qo’yaman dib etdilar. Man eshikni orqasida eshitib turib shokka tushdim.

 

 

Просмотров: 1308 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 1
1 Gulilola  
Davomini kutamiza! Ijodizga ulkan omad va sabrla tiliman!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter