Воскресенье, 05.05.2024, 20:42
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Апрель 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Апрель » 3 » Men sevmaymanku! Davomi 16 qism
05:31
Men sevmaymanku! Davomi 16 qism
Men sevmaymanku!

16 qism

Halima holadan bunday gapni kutmagandim. Tashqarida Sayida opaning bolalarga qarashim kerak degan bahonalari eshitildi. Halima hola unga ham qarayman dib etdilar. Nailoj Sayida opa yotoqxonaga kirdilar. Kirganlarida man bir ahvolda tariflab bo’lmaydigan ahvolda edim. Kallamda hech qanday o’y hayol yo’q edi. Manga qarab kechirim so’radilar:
- G’oppor mani kechir. Sani ham qiyin ahvolga solib qo’ydim. Bunaqa bo’lishini kutmagandim. Oyijonim hursandliglarini ko’rib sanga Murodjonakam bo’lib tur deya qoludim. Bunaqa bo’lishini hayolimga ham keltirmagandim. Uzr. San oldingda hijolat bo’ldim.
- (Indamadim, nima deyishni ham bilmasdim.)
- Hozir ozgina o’tirib chiqib ketamiz.
- Man derazadan chiqib ketaman. Siz bilan bitta xonada tura olmayman. Halima hola bilmay qoladilar.
- Ketganingdan keyin sani so’rab qolsalarchi?
- (Javob bermay chiqib derazadan sakrab chiqib ketdim)

Darvozadan chiqvotganimda Halima xola Murodjon qatga ketvosan didlar. Man hozir kelaman dib chiqib ketdim. Uyga borib rosa o’yladim. Halima hola ko’z oldimga kelib ketdilar. Sayida opa ham. Keyin bir kunda bir marta ularnikiga boradigan bo’ldim. Halima holaga ishga ketayapman dib chiqib ketardim. Kechki payt birovga kirardim. Ancha hursand bo’lib qoldilar. Ranglariga rang kirib, ancha tetik bo’lib qoldilar. Sayida opa esa, Sayida opa bir tomondan hursand bo’lsa ikkinchi tomondan o’sha dard yana kemirardi. Murod aka 1 yilda kelaman dib ketgandilar. Keyin bir marta telefon qilib 1 haftada boraman dib kelmadilar. Mana shunga 2 bo’libdi. Hozir 5 yil. Sayida har hil hayyolarga bormadilar. Qidirmagan joylari qolmadi. Birga ishlagani ketganlari kelishdi, lekin ular yo’q. So’raganda bizdan oldin chiqib ketgandi diyishadi. Boshqa javob yo’q. Sayida opa baribir kutadilar, tunu – tong. Har kun, har soat kutvotilar. Eshik tiq qilsa yugurib chiqadilar. Telefon jirnglamasidan oladilar. Lekin bu Murod aka bo’lmaydi. Yangi kelin bo’lib kelganlarida boshqachacha edilar, hozir siqilaverganlaridan ozib ketganlar. Har kuni yig’laydilar. Ovozlari chiqmasa ham qalbdan yig’laydilar. (Murod aka haqida ular aniq biladilarmi yo’qmi bilmayman. Man eshitish bo’yicha ular kevotgan avtobus yo’lda avtohalokatga uchragan hamma yo’lovchilar o’lgan diyishadi. Murod aka ham shu avtobusda bo’lgan degan tahminlar bor, mahhaladagi g’iybatchi hotinlarni chiqarganmi, tarqatganmi gapiga ko’ra. Manimcha Sayida opa buni biladilar, lekin ishonmaydilar. Baribir kutadilar). Sayida opani ahshiyam qo’llarida guldak hunarlari bor ekan. Har holda kunlari o’tib turibdi. Man ularni Sayida kenayi emas opa deyman, chunki shu paytgacha yaqin bo’lib ketganlar. O’z opamdek bo’lib qolganlar.
Bir kun ishdan kech kelib Sayida opanikiga chiqa olmadim. U paytda hali safarga ketmagandim. Endigina ularnikiga chiqib "Murod jon” bo’lib yurgan paytlarim edi. Halima holaga kelaman dib va’da berib qo’ygandim. Kech bo’lsa ham chiqdim. Halima hola uhlavotganakanlar. Qo’limdagi nonni xontahta ustiga qo’ydim. Keyin xontahta yoniga o’tirdim. Ichkarida Sayida opani alla etvotgan ovozlari eshitildi. Kuchli dard bilan etilardi. Qulog’imga eshitilganini etaman xona uzoqroqda bo’gani uchun yahshi eshitilmadi:
Alla bolajonim alla
Uhlagino bolam alla
Mehribonim uhla alla
Shirintoyim alla
......
......
......
Otang kelsin alla
Seni ko’rsin alla
U ham etsin alla
Uhlagino alla
.......
......
.......
Qiynamang meni alla
Kelsangizchi alla
Sog’indim sizni alla
Kutmoqdaman alla
......
.........
.........

Keyin yig’lagan ovozlari eshitildi. Ho’ngrab yig’ladilar. Orqasidan bolani uyg’onib ketib yig’lagani. Sayida opa yana alla etdilar. Ovozlari pastligi uchun eshitilmadi. Faqat alla so’zi eshitildi halos. Man o’tiribman bu yerda. Begona joy, begona hovli, begona odamlar. Nimaga bu yerda yurganimni o’zim ham tushunmas edim. Shu yerni nimasidir tortar edide. Bilmayman. Uyimdagilar ham bilishmaydi nimaga bu yerda yurganimni. Javobim esa ular Halima holaga yordam bervomman. Uydagilar mani tushunishadi. Bitta muamo man o’zim tushunmasdim. Mani nima bog’lab turganini. Sayida opa chiqib keldilar. Ko’zlari qizargan. Ro’mollarini boshqatdan yechib bog’ladilar. (Sochlari uzun ekan. Oldin hech ko’rmagandim bunaqa uzun soch. Tim qora misli sharsharedek. Yig’ib o’rab oldilar. Keyin romol o’radilar). Man bilan salomlashib tog’rimga o’tirdialar. Ustiga sochiq yopilgan choynakni ushlab ko’rib, hozir sanga issiq choy olib kelaman didilar. Man kerakmas uyga ketaman didim. Ular ozgina gaplshib o’tiraylik siqilib ketdim dedilar. Uyqum kelib turgan bo’lsa ham ular hafa bo’masinlar dib rozi bo’ldim. Yarim soatcha gaplashib o’tirdik. Suhbatimiz asosan Murod aka haqida bo’ldi. Ular faqat gapirdilar man eshitib o’tirdim. Qanaqa qib tanishganlaridan boshlab to hozirgi kungacha bo’lgan vaqtlarni etib berdilar. Man uyqum kelib zo’rg’a eshitardim.


Davomi bor ekan hali)))

Просмотров: 986 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 JASMINA  
qismi demoqchidim biggrin

1 JASMINA  
hmm ajoyib bolibdi bu galgi qizmi wink

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter