Пятница, 26.04.2024, 21:45
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Февраль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Февраль » 1 » Men sevmaymanku! 56-57 qismlar va qolgan qismlariga manba
00:10
Men sevmaymanku! 56-57 qismlar va qolgan qismlariga manba

56 qism

 Man hayron bo’la boshladim. Unga bir qariman. Bir hamshiraga bir Azizga qariman. Nima diyishni bilmiy ham qoldim. Man bunaqa javobni kutmagandim. Azizga qarab: " Aziz man do’stingman. Tanivossanmi? Man eng qadirdon do’stingman. Eslagin! G’opporman. Aziz do’stim. (U indamasdan manga tanimagandek yotardi.) Aaziz. Aziz divoman. Manga qara. (U manga ma’nosiz termulib turardi. Nimanidir eslashga harakat qilayotgandek.) Aziz nega mani tanimayapsan. Axir do’stingmanku!” didim. Undan javob bo’lmadi. Hamshiradan nega bunday bo’lvotganini so’raganimda yelkasini qisib bilmayman ishorasini qildi. Nahotki hotirasini yoqotibdi dib o’yliy boshladim. Keyin doctorni oldiga borib so’rashni o’ylab, palatadan chiqib ketdim. Orqamdan kimdir: "G’oppor. To’xta. Orqangga qayt. Hazillashdim. Sani tanimay jinni bo’bmanmi. Nima qilarkansan dib, bir hazillashgim keldi” digan ovoz keldi. Orqamga reskiy qaradim. Aziz tirjayib kulib turgandi. Hamshira qiz ham kulib turibdi. Shu borib ikkalsini ham bo’g’ib qo’ygim keldiyu. O’zimni boshimdan pastga bosidim. Aziz bilan shu so’rashishni boshlab ketdim. Keyin hich kimga telefon qilib etmaganligim esimga tushib ketdi. Hamma bilganilarimga Aziz o’ziga keldi dib etib chiqdim. Telefonda qattu gaplashganimga bo’limdan quvg’in qilindim. Gaplashishni ko’chada davom etirdim. Hamma bir pastda yig’ildi. Keyin hich kim ichkariga kiromadi. Anvar aka kelib kirib chiqdilar faqat. Manga kirish VIP bo’gan. Shunday qilib ikki kun reanimatsiyada yotdi. Keyin palataga o’tkazishdi. Yana 7 kun yotgandan keyin uyga javob berishdi. Hayriyat hech qayri sinmagan. O’zi yurvoti. Sekin bo’sa ham. Azamat aka. Aziza o’zi yo’q hursand. Man ulardan battaroq hursand. Moshinamga o’tkzib olib ketdim. Bizani uyga. Onam qarab turaman didilar. Anvar aka ham borlar man bilan. Uyimizga keldik joylashdik. Hammasi yana iziga tushib ketdi.

Saida opa telefon qilib hol ahvolini so’rab qo’ydilar.

 

Oradan oylar o’tdi. 2010 yil sentyabr oyi.

 

Aziz ishiga qaytib chiqdi. Oldingidek ishlab yuribdi. Oktyabrda to’yi. Hamma hursand. Lekin negadir Aziz usha avariydan keyin sal g’alatiroq bo’b qoldi. Sal odamovuroqmiyeyy. Chunarsiz. Soxta tabasum qilib qo’yadi.

Mani shahsiy hayotimda esa hamon jimlik. Lobar bilan telefon orqali gaplashib turdim. Bitta yangilik etdi. Mani ko’ragani kelarkan. Mana bu yangilik.... keldi. Lekin man bilan uchrashmadi. Nimagaligini etmadi. Rosa jahlim chiqdi. Telefonda gaplashmiy qo’ydim. Smslariga javob yozmiy qo’ydim. Boshqa nomerlardan telefon qilib kechirim so’rab boshqa kun kelaman ham didi. Lekin man "shirin gaplarim” bilan uni yig’latdim. Oldingidek yig’ladi. Sevaman dib eta olmadi. Lekin yig’ladi. Rosa yig’ladi. To’yib to’yib yig’ladi. O’zimni noqulay his qila boshladim. Ovutishga so’zlarim kuchi kamlik qildi, gaplarim ozdek tuyuldi. Uni yig’idan to’xtatish uchun qilmagan ishim qolmadi. Baribir xiqilab yig’layverdi. Man oxiri ertaga telefon qilaman telefonni qizil tugmasi ikki uch marotalab bosib tashadim. Nervim chiqa boshladi. Etamande. Ko’rmasdan turib qanaqa qilib sevish mumkin. Odamni qanaqaligini bilmasdan turib sevish. Bilmadim. Man uchun g’alati holat.

Ertasi kuni Lobar manga rasmini MMS qilib yuboribdi. Tegiga o’zizni rasmizni yuboring, ko’rgim kelyapti dib yozibdi. Yubordim manam....

 

57 qism

 

Bir bir yuborgan rasmiga qariman. Oddiygina qiz. Bir paytlar u mandan so’ragandi, bir dugonasini ko’raganimdan keyin: "Dugonam chiroyli ekanmi” dib. Man unga yo’q diyishni ham ha diyishni ham bilmasdim. Shunga qiz bolani chiroyli yoki huniki bo’lmaydi. Muhimi qalb chiroyliligi. Tashqi ko’rinish manga uncha ahamiyat kasb etmidi. Bo’lishi mumkin yahshi yoki yomon hulqli qiz bo’lishi mumkin” digandim. Rasmiga qarab hozir usha etgan gaplarimni o’ylavomman. Boshida u haqida qanaqa fikrda edim. Hozir fikrim qanaqa? Ancha fikrim o’zgargan. Rosa o’zgargan. Oldingi G’opporni fikrlashi o’zgargan. Olam o’zgarvotiyu, odam o’zgarmidimi?

Bugun Aziz va Azizani kelin ko’ylak tanlagani olib boraman. Oldingi qarzimni uzishim kerak. Negadir shu voqeani eslagim kelmaydi. Azizni ishonasidan olaman. Azizani uyidan. Ular uchrashadigan joyi hozir o’zgargan. U joyda daxshatli xotira qo’riqchilik qilmoqda. Ular bu joyga yaqinlashishga qo’rishadi. Ushandan keyin bir marta uchrashishdi. Keyin boshqa u yoqga bormishmadi. 4 soatlardan keyin ish vaqtim tugidi. Keyin yo’lga chiqaman....

Azizni ishxonasiga keldim. Aziz ish bilan mashg’ul. Boshlig’i xotiniga teleefonda otchet topshirvoti. Kechki payt majlis borakan, lekin u qoldirilibdi. Chunki bugun xotini ukasini tug’ilgan kuni ekan. Xotini usha yerga boramiza, vaqtliroq keling dibdi. Mana qarang qanday muhabbat! Er xotin bir birini gapini ikki qimasa. Xotinini shunqalar sevganidan bir og’iz tug’ilgan kun diganiga butun boshli majlis qoldirildi. O’ylab qolaman. Xotini ham bularni etganini qilarmikanlar, yana o’ylayman. Bu sevgidanmikan yoki qo’rquvdan?.... Mana Aziz ham ko’rinib qoldi. Orqasidan kimdir nimadir divoti, bu unga javob etib zindan tushib kevoti. Ketvotganidayam ISH. "Kuyov bola keldizmi, ketdikmi?” dib qo’yaman hazillashib. Uyam kulib qo’yadi. I vsyo.... Azizani uyidan olib, Kelin ko’ylaklar saloniga bordik. Man kirmiman disam ham majburlab, qo’yarga qo’ymay olib kirishdi. Mani firkimni bilishmoqchi emishlar. Manda fikr bo’sa bilasizlarde disam. Hop dib kirdim. Ikki qavatli salon. Hamma yoqda oq ko’ylaklar, yana boshqa ranglilar ham bor. Haykallarga kiyg’azishibdi. Bir ayol bizani kutib oldi. To’y qachon dib so’radi. Keyin mavsumga moslarini ko’rsatdi. Reklamasini ham qib berdi. Azizga qarab Kuyov bola sizga yoqdimi dib qo’ysa Aziz yerga qarab uylishdan qib beradi. Qib qizil olma bo’b qoladi. Eyy man o’rnida bo’ganimdami... o’zim tanlab tashirdim. Bo’masa tikib berlaring diyrdim. Atlas ko’ylakmi, milliyroq qilib. Aziz uyalgani uyalgan. Odamam shunaqa bo’ladimi? Digalarim keladi. 5 xil ko’ylak ko’rsatdi.Azizga hammasi yoqdi. Azizaga 2 tasi. Manga aynan usha ikkitasi yoqmadi. Ko’ngil uchun ha zo’r dib qo’ydim. Yana mandan fikr so’ragani olib kirishgan. Yana boshqalarini ko’rsatdi. O’zi bularni shunaqa ezmalanishini sezgandim. Moshinamda o’tirganim yahshidi bundan. Siqilganimdan manam tanlashga tushdim. Kamchilik va yahshi tomonlarini etdim. Unisini u didim, bunisini bu... sotuvchi ayol hayron. Kuyov umi yoki bumi dib. (Kotta xoleni o’g’li diyrdim agar so’raganda). Oxiri Azizaga va manga yoqgani uchradi. Zo’r. Milliydan qolishmaydi. Chiroyli tikilgan. Kuzga mos. Sotuvchi ko’ngil uchun Azizdan ham so’radi. Shu paytgacha hammasi ko’ylakni yoqdi dib kevotgan, aynan shu ko’ylakka keganda yoqmadi dib qosade... Bir ammalab unga yoqtirishga erishdim. Keyin uyga qaytdik. Ancha yengil tortdim. Aziz oldimga chiqdi:

-          G’oppor vaqting qanaqa?

-          Ha Aziz. Vaqtim bemaol. Tinchlikmi?

-          Ha. Bugungi ko’ylakni yuvmimizami?

-          Jinnimisan. Yep yengi bo’sa. Keyin salonda qogan bo’sa. Pishirib qo’yibdimi yuvib.

-          Eyyy o’zini go’llikga somagin. Yur ubu kafeda o’tirazmiza. Uyda zerikib ketdim.

-          Uyinda o’tirsegam bo’lardi.

-          Keyin kim yig’ishtiradi. Remontdan keyin uyni toza saqlab turiy. Faqat uhlagni kirvomman o’zi.

-          Hop ketdik. (Mahallamiz yaqinidagi kafega bordik. Ushatda o’tirib, 4 tadan shashlik zakaz qildik. Keyin uksus sepilgan piyoz)

-          Mana 1 oydan keyin to’yim. Ancha orziqib kutilgan to’yim.

-          Ha. Manam anchadan beri orziqib kutvotgan to’y.

-          Shu... (Manga nimadir dimoqchi bo’ldi, lekin o’ylanib qoldi). Shu... san qachon uylanasan.

-          Manmi? Man bilmadim. Oldin san uylanvur. Maniki keyin bir gap bo’lar. Akam uylangani hozircha yetadi. Manga hal vaqt bor. Man tayyormasman. Hali ishimni mustahkam qimadim.

-          Ha. Yahshi.

-          Shuni so’ragani shu yoqga chaqirganmiding.

-          Ha. Keyin bir o’tirib oliyli. Yana qachon bunaqa o’tiramiza.

-          Ha. Mana bir muhim gapin borakanmi dibman.

-          Bu muhim gapamasmi?

-          Hazillashdim.

 

Shu tariqa 12 largacha o’trdik. keyin uyga qatdik. 4 ta shashlikdan keyin ketiga 4 ta zakaz qildik...

2 haftacha o’tdi...

Lobar bilan yana usha usha gaplar. U kelaman didi. Hop didim. Yana keldi. Uchrashamiza didi. Hop didim. Uchrashuvga chiqdim. Kutdim. Kemadi. Telefoni o’chiq. Endi rostanam jahlim chiqdi. Uyga qaytdim. Telefon qildi. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildi. Xolalari bilan aylangani chiqib, man bilan chiqa olmabdi. Manga bu bahonasi yoqmadi. Yana shirin gaplarimdan va ALVIDO degan so’z. Ketidan XAYR!!! U esa iltimos bunday qilmang. Shunday bo’lib qoldi. Man hohlamagandim digan gaplari. Mandan yana XAYR digan so’z. Telefon qizil tugmasi uzoq bosib turib bir yo’la telefon aparatini o’chirishim. (Bo’lmasa qaytib telefon qilardi. Manga uni man bilan uchrashuvga chiqmagani emas, mani aldagi yani chiqaman dib aldagani yoqmadi. Yolg’on gapirish kerakmasdi. Nima qilardi aldab, etsa bo’lardi. Ilojim bo’sa uchrashaman. Telefon qilib etaman dib. Afsuski u bunaqa qimadi. Manga nima man uni sevmimanu).

 

Davomini mana bu manbaga kirib o'qiysiz. Pastidan kelasi betga o'tish uchun sonlar bor. Shu tariqa davomiga o'tib ketaverasiz. (orasida izohlar ham bor) 58 qismdan.

http://www.sayyod.uz/forum/25-333-12

Boshidan o'qish uchun.

http://www.sayyod.uz/forum/25-333-1

(c) Giyos@mail.ru

Просмотров: 1169 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter