Суббота, 27.04.2024, 03:04
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Январь » 24 » Men sevmaymanku! 41-43 qismlar
23:36
Men sevmaymanku! 41-43 qismlar

41 qism

 

Uyimga kirdim. Uyimga yahshi qarashibdi. Hamma narsam joyida. Anvar aka uyda emas ekanlar. Bo’lmasa so’rashib ketardim.

            Ko’chaga chiqib tug’ilib o’sgan joylarimni aylandim. Rosa sog’inibman. Ko’zlarimga boshqacha ko’rinib ketdi. Chet elda rosa o’ylardim, qachon kelaman dib. Mana keldim ham. Kompaniyaga borib SIM karta oldim. Telefon aparat oldim. G’opporga telefon qilsam o’chiq ekan. SMS yozvordim. Kechgacha aylanib, G’opporni uyiga bordim. G’oppor hali ham kemabdi. Xolamni etishlaricha bunaqa kech qob yurmasakan. Lekin negadir yo’q. Xolam man keganimga osh qilibdilar. Qatdandir Anvar aka ham kirib keldilar. G’opporni akalari ham shu yerda. Yana 3-5 ta qo’shnilar mani ko’rgani chiqishibdi. Hamma bilan quyuq ko’rishdim. Anvar akaga rahmatlar etdim. Ular manga ish ham topib qo’yibdilar. Nima ishligini etmadilar. Hamma mandan ta’surotlarni so’ravurganidan so’rashga vaqtim ham bo’lmadi. Kechgacha o’tirdik. Bir necha marta G’opporga tel qildik. Tel aparati o’chiq. Dilshod ishdan qaytib keldi. Unga ham tel qilgandik. G’opporni topib kel dib. U ham topa olamabdi. Man bilan quyuq ko’rishdi. Bir nimalar didi. Lekin tushunmadim. Hamma G’oppordan havotirda edi. Nimagadir G’opporni adasi hotirjam o’tiribdi. Hamma ularga qaravurganidanmi bilmadim. Gapirdilar: "G’oppor kemidi. U ketdi. Uni hich kim sig’dirmadi. Hamma uni aybdor qib ko’rsatdi. U ketib qolmadi. U qochib ketdi. Ha qochib ketdi. Man bilardim uni qochib ketishini. Man indamadim. Qaytaga yo’l ochib berdim. Ket dimadim. Faqat yo’l ochib berdim. (Dilshod manga qarab: qancha ichib oldilar dib qo’ydi). Butun mahalla ikki kishiga yopishib oldiku. Bittasi kvartira olib chiqib ketdi. O’g’lim qochib ketib qutildi. To’g’risi ko’chada manga gapirishsa, manga alam qimidi. Lekin o’g’limni o’zini yuziga sovurshsa qanaqaib chidasin. Man ketganiga qarshi emasman. Shuning uchun qidirmadim. Qatga ketganini ham bilmadim. Dam olib keladi. Bir kun albata qaytadi. Man bunga ishonaman. Zato hammasidan qutildi. Qulog’i tinchidi. Rostanam qatga ketganini bilmiman. Qatga ketganini bilmiman. Qatga ketganini bilmiman....”.

            Man uchun bu kutilmagan xabar bo’ldi. Hamma o’tirganlar g’alati ahvolga tushib qoldi. Anvar akadan boshqa hamma gapirib chiqgan ekan. Dilshod manga podskazka qib turibdi. O’zi ham G’opporni ustidan qotgan ekan. Afsuslanmayapti ham. Xaqiqatdan shunaqa bo’lgan diydi. Xolam ham nito holga tushib qoldilar. Man nima bo’ganiga tushmayapman hali ham. Dilshodni sudrab tashqariga olib chiqib ketdim. Undan nima bo’ganini batafsil so’rab oldim. To’g’ri uni hamma gapiga ishonish ham kerak emas. Mani jo’ja dib o’ylab hamma narsani etvuradi. Lekin shamol bo’masa daraxtni uchi qimarlamidiku.

            Ertasi kuni ham shu ahvol. G’oppor kemadi. Man u uydan qochib ketganiga ishondim. Man uni bilaman. Qanaqadir tupikka kirib qolsa darrov qochadi. Kurashaman disa lekin oxirigacha olib boradi. Xolam ham shaharni aylanib yuribdilar. Hamma yoqni qidirvotilar. Bormagan joylari qolmadi. Ishxonasini ham qidirdilar. Qarindoshlariniki ham qomadi. Man Dilshod bilan o’rtoqlarimiznikini qidirdik. Topomadik. Shu orada bir necha kun o’tdi. Telefoni o’chiq. SMS lar yubordik. Befoyda. Do’stni ahvoli shu bo’lsa endi.

            Bir necha kun o’tdi. Undan nom nishon yo’q. Xolam Saida opani oborib olib kevotilar. Aytishlaricha G’oppor Saida opamnikida yashavotganmish. Ishonmasdan Saida opani uyilariga kirib titib chiqdilar. Baribir ishonmadilar. Domni pastida kechasi bilan G’oppor keladi dib poyladilar. Man bilan Dilshodni ham ovoganlar. Kesa ushlab uyga olib kelarkanmiz. Bo’masa qochib ketarkan. (U jinni bo’b qoganmi? Bilamadim.) Kutdik kemadi. Saida opa yig’laydilar: "Man qattan bilaman. Man uni ko’rmayapmanu. Oxirgi marta usha kuni ko’rdim. Keyin boshqa ko’rmadim. Nega ishonmisizlar. Man bilsam aytardimku. Mani uyimda yo’q. Kelib qolsa etaman. Iltimos mani qiynamela. Mani tinch qo’yila”. Bu gaplarga Gulmira xolam ham jim turarmidilar. Reskiy otvet qildilar: " San manjalaqi o’g’limni yo’ldan urgansan. Sani hidini hidladib o’g’limni o’rgatvolding. Endi orqangdan qolmayapti. San o’g’limni mandan bikitvosan. Chaqir, chiqsin. Man o’g’limga bitta gap etaman. G’ooppor, G’oooppoor. Chiq buyoqqa. (Ichkariga qarab baqirib qo’yadilar). Chaqir. Chiqsin. Bitta gap etaman. Sho’tta qoladi. San bilan qoladi. Obketmiman. (Saida opa: "man bilmiman. Bu yerda yo’q” dib qoladilar ora orada). San mani aldomisan. San chaqirgansan kvartirangga uni. Birga yashimiza dib kelishvogansanlar. Uyini tashab bu yoqga kegansan. Mahallada sanlarga tinchlik bermadikde. A? Sanlarga alohida xona kerak bo’b qogan. Shunaqami? (Uyda Saida opani bolalarini yig’lagani eshitildi. Gulmira xola ularga ahmiyat ham bermadilar.) Gapir. Shunaqa bo’ldi, to’g’rimi? Hich bo’masa bolalarini otasini o’ylasen bo’lardi. FOHISHAlik qimasdan. (Saida opa yalt etib Gulmira xolaga qaradilar. ) Ha alam qilib ketvotimi. Man kelib sanlarni kayfini buzdimmi? Bilamiz mahalada qanchasi uyinga keb ketganini. Manga unaqa qarama. (Man hayronman. Nima bo’votganiga. Dilshod oyisiga telefon qiganakanmi, yetib kelibdilar. Va Gulmira xolani olib tushib ketdilar.) Qo’yvor mani. Man G’opporni topishim kerak. U shu yerda”.

            Shunaqa qilib podezdni boshlariga ko’tardilar. Man Dilshod bilan 3 kun shu yerda G’opporni poyladik. U kemadi. Gulmira xolam uyda adoiy tamom bo’ldilar. Ahvollari kun sayin o’zgarib borvoti. Sochlaridagi oqlar ko’payib ketdi. Ajinlar qalinlashdi. Biza kelib G’oppor yo’q. U kemadi. Rasmini ushatdagi qo’shnilarga berib keldik. Kesa telefon qib etvorishadi didik. Shundan keyin battar yotib qoldilar. Faqat bitta gapni qaytarardilar: " G’oppor mani dib ketib qoldi. Man uni tushunmadim. Saidani ham hafa qildim. G’opporga ishonmadim. O’z o’g’limga ishonmadimaa. O’g’ilginam, mani kechir. O’g’lim qatasan mani kechir. KECHIIIIIRR!!”.

            Bunaqa ahvolga tushaman dib o’ylamagandim. Hammasi bir zumda yuz bersaya. Man kelib bunaqa voqealarni ko’raman dib o’ylamadim. Militsiyaga ham berdik. Ular ham topa olishmayapti. Anvar aka ham topish uchun qilmagan ishlari qolmadi. Dilshod bitta taxmin etdi. U boshqa viloyatga, uzoqroqga ketgan dib. Chunki u safar sumkasini ovogankan. Pasproti ham uyda yo’q emash. Fazliddin aka (G’opporni adasi ismi shunaqa) ham boshida uni uzoqga ketgande qib gapirgandilar. Lekin hich daragi bo’maganidan o’zlari ham g’alati ahvolga tushib qoldilar. Telefonini o’chirib qo’yadi dib o’ylamaganakanlarmi, bilmadim. Oxirgi kunlar o’zlari ham qidirishni boshlavordilar. Lekin G’oppor yo’q. G’oyib bo’lgan....

 

Davomi tez kunda....

(C) Giyos@mail.ru

 

42 – qism

 

Nechi kun qidirdik bilmadim. Hich qatta yo’q. Topomadik. Militsiya ham topomadi. Gulmira xola nisbatan yahshi bo’lib, oyoqga turg’azdik...

(Kunlar o’tdi. G’oppor telefonini yoqishidan bir kun oldingi payt.)

 

Ertalab hamma baqir chaqir qilib qoldi. Mahalla qiy chuv. Man uyimdan o’qdek otilib chiqdim. G’oppor topilganmish. Eshitganimga ishonmadim. Qatta ekan didim shoshib pishib.... so’raganimga afsuslandim.

Sudmedekspertizada ekan. Fazliddin aka. G’opporni akasi keyin Dilshod bilan man ko’rgani ketdik. Gulmira xolaga indamadik. Hali aniq umi, boshqami. Ishqilib u bo’lmasinde. Do’stim o’lganiga ishonmiman. U qatgadir ketib qolgan.

Bizani oq halat kiyvogan odam ichkariga olib kirdi, keyin nimalardir dib rosa gapirdi. Eshitganlarim (hayolim joyida emasdi) Suvdan topildi. Hamma yo’g’i chirib ketgan. Tanib bo’lmas darajada. Shishib ketgan. ... eslashga qo’rqaman. Ustida faqat shimi qolibdi. Boshqa kiyimi yo’q ekan.

Ichkariga burunni bekitib kirdik. Juda kuchli hid. (sasishiga chidab bo’midi). Oq halatli kishi bemalol yuribdi. Bitta murdanni ko’rsatdi. Man tanimadim. Faziliddin aka kiymiga qarab, " Chiqib ketayotganda shu kiyimda edi” diya oldilar. Boshqa gapirmadilar. Dilshod ham tasdiqladi. Yuzini tanib bo’masdi. Ujas filmdagi voqealarni hayotda ko’rayotgandek edim. To’g’risi mani hayolim yoqolib ketdi. Nahotki do’stimni murdasi shu bo’sa. Ishonmayman. Kimdir orqadan nimalardir didi. "Urishgan. Cho’ntaklarida hech narsa yo’q.....”. Dilshod yonimda titrab: "Urib suvga tashlab ketishibdide” digani ham eshitildi..

 

Ertasi kuni uyda aza boshlandi. Gulmira xolani ahvollariga chiday olmayman. Ko’zlarimda yosh. Ro’molcham ho’l bo’lib ketgan. Ovozim chiqmidi. Ko’zimdan yosh tinmidi. Hamma yig’lagan. Tobut ko’tarildi... Fazliddin aka : "Rozi bo’l o’g’limmm, Man sandan roziman. Mingdan ming roziman...” dib yig’lab yuragimni o’rtab yubordilar. Xonadan chiqvotgan ayollar toutga yopirildi. Yig’i... Voy jigarim... Bolaaam... Gulmira xolani ovozlariga ahamiyat berdim. Ular: "Voy og’lim, Voy bolam, Mandan rozi bo’l. Man sandan roziman o’g’lim. Man sani ko’mguncha mani tepkalab, tepkalab ko’msang bo’lmasmidi. Sani dog’ingni ko’rguncha, man o’lsam bo’lmasmidi... Onang o’lsin san o’lguncha bolam...

Mozorga olib borib ko’mib keldik. Telefonga qariman. Manda umid bor. G’oppor telefon qiladi hozir. Qariman. Yo’q. Hech qanday telefon bo’lmaydi. Afsus. Shunday do’stimdan ayrildim. Haqiqiy do’st edi. So’ngi paytda oldida bo’lmaganimga o’zimdan pushaymon bo’lib ketdim. Oldida bo’lganimda bunday bo’lmasdi. Man uni asrab qolardim.

G’opporlarni eshigi tagida o’tiribman. Janozaga kela olmaganlar "Fotiha” o’qib ketishvoti. Telefonimga SMS keldi.

 

Davomi tez kunda....

(C) Giyos@mail.ru

 

43 qism

 

 SMS ni ochib qaradim. Kompaniyadan ekan. O'qimadim... Dilshod Saida opaga tel qib etgan ekan. Saida opa man aybdorman dib rosa yig'labdilar. Dilshodni ko'ngli buziliub g'alati holatga tushib qolibdi.

 Gulmira xolam ko'tara olmadilar. Janoza o'qildi ham yotib qoldilar. Hozir ham yotibdilar. Faqat G'oppor. G'oppor dib etadilar. Kecha yomon bo'ldi. Bunaqa holatni ko'rmagandim... G'oppor Gulmira xolani ko'zlariga ko'rindimi yoki ruhi kelibdimi bilmdim...

 "- Oyijon nega yig'lavosiz?

 - Voy boolam keldingmi? Sani o'ldi dib hamma mani ishontirmoqchi bo'ldi. Man ishonmadim baribir. Ke o'g'lim bir quchoqlay

 - Oyijon man nega o'larkanman. Mana ko'rib turibsiz trikman, sog' omonman. Yig'lamang. Hopmi?

 - Hop bolajonim hop. Qatlarda yuruding, nega uyga kemiy qo'yding?

 - Oyijon. Bilasmi, aylangani ketudim. telefonim o'chib qoldi. Sizlarga xabar qilolmadim.

 - Ha mayli. Kepsanu.

 - Oyijon oyog'im og'rivoti. Uqalab qo'ling.

 - Voy oyog'ingdan. Hop bolajonim. Qatti og'rivoti? "

 

 Gulmira xola karovotdan turib polga o'tirib oldilar. Va polni qo'llari bilan bosa boshladilar. Hamma hayratda qoldi. To'g'risi ular alahlayotganlarini hamma bilayaotgandi. Hech kim joylariga yotqizib qo'yishga botinomasdi. Balki shu bi;an ovunvotganlarigadir.

 Fazliddin aka ichkariga kirib ketdilar. 2 daqiqadan keyin Gulmira xolani "G'ooooppoor qatga ketib qolding, hozir yoonimda edinku. Siz haydab yubordiz" dib baqirganlari eshitildi. Man turomadim. Chiqib ketdim ko'chaga.

 Yana sms keldi. O'zi sms yozadigan hech qanaqa tanishim ham yo'q, yengi nomer olgan bo'sam. SmS ni o'qiyman. Iyaa. G'opporni nomeri dostupen bo'lib keldiku. G'opporni teli yoqildi. G'oppor tirik. U o'lmagan ekan. Dilshod ham qattandir yugurib keldi. Unga ham SMS kelibdi. Rosa hursandmiz. Kimga sms kegan bo'sa hamma yugirib qoldi. Afsus tel qilsak yana Hizmat doirasidan tashqarida...

 

 * * *

 

 G'oppor hikoyasi.

 

 Mana va nihoyat uyga qaytvomman. 1 yilcha tog'li joyda yurdim. Qaytishimga sabab... hih. G'alati bolamande. Nega ham ketdim. Nega endi qaytvomman. Uydagilarga ham adresni etmadim. Sog' salomatman dib etdim, ishlavomman didim, To'g'ri ozgina so'kishdi. Telefonni quloqdan uzoqroq qib turdim. Hozir mana Avtobusda Samarqandga keldim. Hozir moshinaga o'tirib qaytaman. Adam bergan pullarini ishlatvomman. Shu pulni ishlatmaganimda hich qachon qqaytmasdim. majbur bo'lib, keyin o'rniga boshqa qo'yaman dib ishlaytagandim. Ichidan xat chiqdi....

Просмотров: 1452 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Xusan_uz  
- Voy oyog'ingdan. Hop bolajonim. Qatti og'rivoti? " shu joyda ozgina ............................. sad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter