Пятница, 26.04.2024, 07:39
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Сентябрь 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Сентябрь » 9 » Men sevmaymanku 35-36 qismlar
03:46
Men sevmaymanku 35-36 qismlar

35 qism


Xonada qamalib o’tiribman. Hayollar o’gushda. Otaxon mani tashqariga chaqirdi. U bir necha haftaga giyoh tergani ketyapman didi. Keyin man ichishim kerak bo’lgan damlamalarini ichkarida ko’rsatdi. 1 hafta ichsam otdek bo’b ketarkanman. Qotgan non bilan suv ichgin didi.  Ketishida mani chaqirib suv qayerdan olishim kerakligini ko’rsatib ketdi. Uncha uzoqmas ekan. 10 daqiqali yo’l ekan. Bitta jilg’a oqib tusharkan. Zo’r muzdek suv ekan. Otaxon tezda ko’zdan g’oyib bo’ldi. G’alati odam ekan. Shundo uyini manga ishonin tashab ketdi.

Keganimga 3 kun bo’ldi. Dorilari achchiq ekan, eskirib qoganmi g’alati hidi ham bor. Har kuni bir xil egulik. Qotgan non va suv. Xona qorong’i. Kechasi sham yoqaman. Bir bir kitob o’qib turaman. Yahshi narsalar yozilagan ekan. Lekin man u giyohlarni bilmiman. Shuning uchun manga uncha qiziq tuyulmadi.

Keganimga 6 kun bo’ldi. Kitob ham o’qimiy qo’ydim. Qotgan non bilan suvni ham yiyishga ishtaxa yo’q. Uydagilarni sog’indim. Uydagi ovqatni. O’xxx ovqatni esladim. Qornim ochibdi... Xonada qotgan non turibdi hali ham. Achchiq dorini bugun ichsam ertga ichsam uje tugidi. Non bor yahshi, noshukurlik qimiman. Lekin bir xil narsa yevursa odamni medasiga tegib ketarkande. Negayam ketdim o’zi. Burgaga achchiq qib ko’rpamni yoqvordim. Hm mayli o’zim pishirgan osh, aylanib ham o’rgilib ham o’zim yiyman. O’xx yana ovqat haqida o’ylavomman. Yahshisi yotib uhliman. Ertalab non yirrman. Uydagilarni sog’indimde. Nima kerak edi manga yangi hayot.......

"Voy o’g’lim G’oppor keldingmi? O’g’ilginam! Qatlaga ketib qoluding? Qatlaga ketib qoluding. Mandan hafa bo’ldingmi dib o’ylabman. Hafamasmisan? O’zimni o’gilginamdan. Endi onamande, seni urishaman, baqiraman. Sanga yahshi bo’sin diymande. Bilaman sanda ayb yo’q. Lekin san shu xatoni qimagin dib man sani yolg’ondan urishdim. Qo’y siqilma o’g’lim. Bo’ldi o’tib ketdi. Voy bo’ ustilaring buncha kir bo’b ketdi. Hamma yog’ing chang. Rangingda ham rang qolmabdi. Ozib ketganingni qara... Qara san kelishinga sani yahshi ko’rgan ovqatingdan qib qo’ydim. Tok oshi. O’zim qildim sanga yoqadigan yumshoqina. Suvliii. Bor oshxonaga kir o’zini katta kosangga suzib qo’yganman. Olaqo bolam issig’ida yeb ol. Sovimasin! Stolni ustida turibdi..... Nima? Naga yo’q bo’ladi? Yahshilab qara turganidiku. Hozirgina suzib qo’ygandim. Ha usha yerda bo’lishi kerak. Yo’qmi??? Haaa... esim qursin. San keganingga hayajonlanib esimdan chiqarib yuboribman. Ayvonga olib kirib qo’ygandim. Yonida choy ham bor. Achchiqina qib damlaganman. Bor ayvonga kir o’zini katta kosangga suzib qo’yganman. Olaqo bolam issig’ida yeb ol. Sovimasin! Nima? Yana yo’qmi? Yahshilab qaradingmi? Hozirgina olib kirdimku. Choynakni oldiga qo’ygandim. Qara turgan bo’lishi kerak.... Topa olmayapsanmi? Exx bolama! Voyyy esim qursin. San charchab kelasan. Ovqatni yeb yotib uhlisan dib xonangga olib kirib qo’ygandim. Qara hidi chiqib turibdi. Ox ox hididan. Bor xonanga kir o’zini katta kosangga suzib qo’yganman. Olaqo bolam issig’ida yeb ol. Sanga yoqadigan yumoshoq tok oshi qilganman. Oloqa bolam. Sovimasin yeb ol!... Yana yo’qmi? Derazada emas stolini ustiga qo’yganman..........”

Onajon mana qaravomman yo’qku. Stolni ustida hech narsa yo’q. Xonamni chirog’i nega yo’q. Qorong’i bo’lib qolibdiku! Keling onajon topib bering o’ziz. Qornim ochib ketdi. Kevosmi?... Onajonim qo’llariz qadoq, qattiq bo’sa ham man uchun yumshoq. Shu qo’llariz bilan boshimni silashlarizni sog’indim. Onajon. Bo’ldi man boshqa ketmiman. Sizni tashlab ketmiman. Mani kechiring. Onajon ovqatni topib bering. Ko’rdiz yo’q. Boshqa suzib keldizmi? Rahmat oyijon. Rostan ham hidi chiqib turibdi. Stolga qo’yavering. Man sizni yahshi ko’raman oyijon. O’zingiz boshlab bering... oyijon man nega ovqatni ushlay olmayapmaaan!!! Qo’limga ilinmayaptiku?!?! Oyijoon kosa yo’q bo’b qoldi. Qani kosa. Axir man hali ovqat yemadimku. Qani kosa qatga ketdi. Oyijoon!... O’zimga kelganimda xonamda stolni ustida stolni paypaslab o’tirardim. Qanaqa qib stolga o’tirib oldim hayronman. Tush ko’rdim uyimni. Lekin onamni shu yerda ko’rdimku. Manga ovqat olib keldilar. Oyijooon qanisiz. Shu yerdamisiz? Mani qidirib topib keldizmi. Mani olib keting bu yerdan. Oyijooon! Qatga ketib qovoooosizzz??? Mani tashlab ketmang. Mani kechiring. Man beboshni kechiring. Man xato qildim. Oyijooo!!! Yana bir marta boshimni silang. Mayli silamasangiz ham bir marta uring. Usha urganizni eslab yuray. Mani kechiring. Man tashlab ketmanggggg..... Qaysi qigan aybim uchun bu yerdaman. Vaaaaaaa aaa aaa~!~~!!!! Man jinnimasmaaaan. Man jinni bo’mayapmaaan. Onamni ko’rdim shu yerda. Mani oldimga xabar olgani kelgandilar. Mana boshimni siladilarku! Hali ham issiq qo’llarini tafti turibdi. Onajooonnnnnnnnnn!!!  Nahotki ko’zimga ko’rindiiizzz? Yana bir marta ko’ring! Diydorizga to’yib olay. Bir marta onajon, yana bir marta qayting.....

Shu ahvolda tong otirdim. Manga nima bo’votganini ham bilmasdim. Hich narsani ham hayol qilmadim. Uzoqda quyosh chiqishiga qarab turibman. Uyimda yurgan paytlarimda ham shunaqa qizarib chiqardi. Bu yerda boshqacha.

Man uyga qaytmiman. O’zim tanlagan yo’l. Ortga qaytmiman. Mayli yaqinlarni sog’inay, sog’inchda yonib kul bo’lay, usha kul shamollarda atrofga sochilib yo’q bo’lib ketay, lekin qaytmayman... Tong havosi toza. Tiniq. So’lim joylar. Hich kim yo’q. Yolg’iz o’zim. Qurib qaqshab yotgan hayollarim bilan. Otaxon ham yo’q bo’b ketdi. Ha. Havo rostanam zo’r. Chuqur chuqur nafas olaman. Havosi toza. Tiniq........

 

Davomi tez kunda!

(c) giyos@mail.ru

 

36 qism

 

Mana keganimga 10 kun bo’ldi. Hali hammon usha holat. Hich narsa o’zgarmadi. Otaxon ham usha ketgani bo’yicha badarg’a bo’b ketdi. 1 haftada kelaman. San manavi devorni ushlab tur yiqilib ketmasin. Man hozir yog’och olib kelaman. Keyin bo’shaysan didi. O’zi bu otaxon manga nega yordam bergisi keldi bilmadim. Agar yana 2 kunda kemasa ketaman bo’tan. Juda qiynalib ketdim. Hich kim yo’q. Bir o’zim. Ko’zimga har kim ko’rinvurib. Onam ko’p ko’rinadilar. Sog’imganmande. Har kun uyda ko’rmasam, boshqacha bo’b ketardim. Har bir minut oldimda edilar. Onamni hidlari ham boshqacha edi. Afsus kelayotganimda bitta romollarini ham olib kelmabman. To’yib to’yib hidlab yurardim. Hech yoqotmasdim. Bag’rimda ko’z qorachig’idek saqlab yurardim. Asrab avaylardim. Hozir onamni romollari somonni orasidan igna qidirishdek gap. Mayli afsuslanishdan endi foyda yo’q.

Tog’ga kelib ham hech qayerni aylanmadim. Bir aylanichi. Nimalar bor ekan.... Mevali daraxtlar borakan. Endi meva ham yiyman. Lekin qancha vaqt. Bu ovqatmasku.... Zo’r joylar ekan. Telefonimni batareasi bo’ganda rasmga ovolardim. Batareya qachon tugagan bilmadim. Keganimdan keyin qarasam o’chib yotibdi. Yoqsam yonmadi.... Xonamga qaytdim. Svet bo’ganda tel o’ynab o’tirardim. Nu hich kim bilan gaplashmasdim. Rasmlar bor edi hech bo’masa. Man tok topishim kerak. Qattan bo’sa ham... Nima qilaman. Yana undan battar eslab siqilish uchunmi? Kerakmas. Yotib uhliman. Yo’q. Uhlasam onamni ko’raman. Yostiqni olib tashiman. Bo’masa uhlab qolaman...

"G’oppor o’g’lim yostig’ing tushib ketdimi? Ma boshinga qo’yib qo’yaman. Yahshi uhlaysan. Usting ham ochilib ketibdi... Mana yopib qo’ydim. Issiqina yot. Yana tog’larda shamollab qolmagin. Mayli o’g’lim man ketdim. San uhlayver. Turma o’rningdan. Charchagansan. Uyga tezroq qaytgin. Man sani kutvomman....”

Oyijooooonn~!... Uhhh! Yana tushmi?.... Lekin yostig’im turibdi. Ustim yopilib qobdi. Onam keganlar. Mani qidirib keganlar. Ovozlarini eshitdimkuuuu~!!! Shu yerda bo’lishlari kerak. Uzoq ketmganlar. Man hozir orqalaridan yetib olaman. Eshikdan chiqib oliy. Uff ochilmayapti. (Orqamdan kimdir "To’xta!” (erkak kishini ovozi edi, lekin tanish) dedi. Orqaga qaradim.)... Xonam qorong’u bo’gani uchun kimligi yaxshi ko’rinmadi. Lekin u man ob kegan olmani stolda yeb o’tirgandi. Keyin manga qarab:

-          Joyinga o’tir. Gap bor. Hovliqma. Qatga shoshasan. Onang kemagan.

-          San qattan bilasan. Onam ustimni yopib qo’ydilarku. Ovozlarini eshitdimku.

-          U o’zini fantaziyang. San onaneni sog’inganing uchun ovozi eshitildi. (Olmani g’archilatib tishlab qo’ydi.) Yostig’ini ham, ko’rpangni ham o’zing yopib olding. Uyqisirab.

-          O’zin kimsan. Mani xonamga qanaqa qib kirding. Qattan kirding.

-          Eshikdan kirdim albatta. Bu sani xonangmas. Mani ham xonam.

-          Kimsaaan!!! (O’rnimdan turdim)

-          O’tir siqilma. Xozir kimligimni bilib olasan.

-          Kimsan! (Joyimga o’tirdim.)

-          Shag’aming qanidi. Ha mana ekan. Gugurt o’zimda bor bo’sa kerak. Ha mana stolga qo’yibman. (Shag’amni yoqdi. Yorug’likda uni yuzi aniq ko’rindi. U man edim. Qarshimda mani o’zim o’tirgandim. Huddi shu kiyimda)

-          Tanidingmi? Man G’opporman. Ha sanman.

-          Qa....

-          Qanaqib dimoqchisan. Huddi ko’rib turganingdek. (Etmasimdan nima dimoqchiligimni topdi)

-          Nega kelding mani oldimga. Kimsaaan!

-          Man sanman. G’opporman. (Yana olma oldi)

-          Man unda kimman?

-          Sanmi? O’zin kimligini bilmisanmi? Sanam G’opporsan.

-          Man o’ldimmi? San ruhimisan. Ha o’lganman. Yoki uhlavomman.

-          Uyg’oqsan. Ma olma ye. Tetiklashtiradi. (divanimga olma otdi, yoimga tushdi)

-          Man olma yemiman.

-          O’zing bilasan. Olmani yahshi tanlabsan. (G’archilatib tishlab, g’archilatib yeb, zo’rakan didi. Mani kopiyamni ko’rinishidan umrida 2 marta olma yiyishiga o’xshardi. Og’zi ko’pirib ham ketdi)

-          Rahmat. O’zi nega kelding oldimga?

-          Zerikib ketdim. Ushanga san bilan gaplashib o’tiriy dib keldim. Sani ko’rib rahmlarim kevoti.

-          Rahmin kemasin. (odam o’ziga o’xshaganga gapirsa g’alati bo’larkan )

-          San o’zing gapirma. Qib yurgan ishingni qara. Uydan ham ketasanmi. Ahmoq. Baribir qaytib borasanku.

-          Qaytib bormiman!

-          Qaytib bormisan. Qatta, kechalari bilan oyiijoonn!! dib yig’lab chiqdinku. Mana hozir ham.

-          ...

-          Endi qaysi yuz, bet, bashara, aft, husn, turq bilan uyalmay borasan. Uyalmasdan.

-          O’chir ovozingni. Yo’qoool. O’zi sansizam problemalarim yetarli bo’b yotibdi. Ko’zimga ko’rinmaaa.

-          Ho’sh, ho’sh. Yuvosh. O’zini bos. Baqirma. Spakoyna gapir. Mana manga o’xshab. Nima o’zingdan o’zin uyalvossanmi? Qigani xatoyini tan ogin kemayaptimi. 2 kundan keyin hich narsa bo’magande borasande uyinga. A?

-          Sani ishing bo’masin. Sani kimligini ham bilmiman.

-          Etdimku man sanman dib. (bakalashgani ochib suv ichdi). Suving ham zo’r ekan. Yumshoq. Shahardagi suv mazasi ham g’alati edi. Bu sani suving yahshi. Umuman yashavotgan joying yahshi, Toza havo. Suv zo’r (suvni ko’rsatib qo’ydi), olma borakan. Prosta ochingdan o’lasande yaqinda.

 

Davomi tez kunda!!

(c) giyos@mail.ru

Просмотров: 1440 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter