Суббота, 27.04.2024, 04:23
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Август 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Август » 7 » Men sevmaymanku! 29 qism
03:22
Men sevmaymanku! 29 qism

29 qism

 

Man uydan butunlay ketmoqchiman. Ha oxiri shu qarorga keldim. 3 kun ichida misli ko’rilmagan o’zgarishlar bo’lib ketdi. Sayida opa uyiga orendaga odam qo’yib o’zi kvartiraga ko’chib ketdi. G’iybatchi ayollar brigadasiga qo’shilib qolgan onam, uni ko’chib ketishida mani aybdor ekanimni aytidilar. Ular Sayida opa bilan gaplashishibdi. Ular mani "shunaqa” qimoqchi bo’ganimni aytibdilar. Hichamde. Sayida opa unaqa dimidilar. Bu mahalladagi ayolalrni o’zlarini topgan ertaklari. Lekin hamma yosh boladek shu ertakka ishonib qolishgandi. Hamma ertakni oxiri nima bilan tugashiga qiziqardi. Man ertakni davomini yozilishini hohlamay jo’nab ketvomman. Hammasidan charchadim. Adam indamadilar. Faqat erkakchilik diganlariga ular ham manga ishonmayapganlarini bildim. Onam har kuni janjal qiladilar: "Sani shu niyatda katta qilganmidim. 54 yil shu umidda yashadimmi? Sani boqguncha mol boqsam foydasi katta bo’llarmidi???? Endi sani uylantiramiz diganda qilgan ishingni qara? Qanaqa qib boshqalar darvozasini taqilatib boraman endi???? Sanga kim qizini beradi endi. Mani kuydirdinku???” der edilar. Adam shu joyiga keganda: "Nima qiz qurib qoptimi? Beradi qizini. Ertaga hammasi unitilib ketadi. San o’g’lim shu mahalladagiga yopishmasdan Qatortolga borsang bo’lmasmidi. Hamma ishini spakoyni bitirib yotibdiku. Xalqqa ovoza qimasdan” diydilar. Mana shu gaplarda ham to’ydim. Shu 3 kun shu kun mavzusi bo’lib qoldi. Manga alam qiladigani shu mani aybim yo’qligi, hech narsa qimasdan aybdor bo’lib qolishim. Rostanam alam qiladide. Ushanda balki shunaqa qiganimda Sayida opa ko’chib ketmasmidi. BU gap so’zlar bo’masmidi. Eyyyy hammasiga tupurdim. Uydan ketaman. Oxirgi hulosam shu. Ertaga ertlab yo’lga chiqman.

Pasport, ozgina pul, uydagilarni rasmi, non 1ta, sevimli safar sumkam va o’zimga ishonch bilan yo’lga chiqdim. Hamma uhlavotudi uydagilar. Ko’chaga chiqsam hich kim yo’q. Katta yo’lga qarab ketdim. Yo’lda Dilshod o’tib ketgandek bo’ldi. Hayol bilan bo’lib nima deganini ham eshitmadim.Kecha u ham bir ikki gap qigandi. Etishib qoludim. Orqaga qarasam ketvotgankan. Bekatda o’tiribman o’ylaaaaab..... Hm. Qishloqga ketaman. Hich kim topa olmidi. Eyy telefonimni uyda qoldirmabmanu. Mayli o’chirib qo’yaman. Avtobus stoyankasiga bordim. Kirakashlaru, avtobusni shopirlari hammasi odam chaqirvoti. Samarqand, Buhoro, Navoiy, Jizzax. Hammasiga avtobus bor. Qayoqga ketsam ekan. Hayotimni boshqatdan boshliman.Hich kim ortimdan gap qilomidi. Soatga qariman dib telefonni yoqtim. SMS keldi. Dilshoddan ekan: "Sayida open ("xotinning”) nikiga ketvotumidin. Endi xotinli bo’lib o’rtolarni esdan chiqarish ekande. XAXAXA”. Shu asabim buzildi... Ketishga sal ikkilanish bor edi. Endi aniq ketaman. Lekin qatga. Yonimda 3 ta student turibdi. Gap so’zlaridan o’rtoqlarini to’yiga ketishmoqchi. Shularga qo’shilib olsammikan. Baribir qatga borishim noaniq. Ozgina kuzataman.... Hm. Bir Buhoroni avtobusiga, Bir Navoiyni avtobusiga, Bir Samarqandni avtobusiga borib yo’l xaqini kelisha olmiy qaytib kelib o’rtoqlariga otchyot bervoti. Manam ularga qo’shilib ketish uchun yo’l kira qancha bo’votganini so’radim. Shu bilan ularga qo’shilib ketdim. Qata o’qishini, qatga ketvotganini so’rab oldim. Keyin manam usha taraflarga ketvomman didim. Ular mani ham to’yga taklif qilishdi. Hop didim. Manga nima farqi bor. Baribir boradigan joyim yo’q. Sal bo’lsa ham ko’nglim yozilar. Yana avtobus qidirishni boshladik. To’y egasini ismini etsak hamma tanirkan. Hamma gaplashgan haydovchilarimiz tanirkan. Bittasi qo’shni qishloqdan ekan. Lekin o’zi Navoiyga qatnaydi. Usha kishini taniydi lekin. Bittasi usha qishloqdan. Juda yahshi tanirkan. Lekin Usha kishini ukasini otini bilmasakan. Yana bittasi lasetti haydovchisini "akasiman” dib kelib qoldi. Ana rodnoy ukam. Sizlarni usha to’yhonagachga olib borib qo’yadi. Mashina zo’r. Konditsioneri bor. Buni narxini sal kelisha olmadik. Ushatda aylanib yurudik. Usha lesetti dagi "ukasi” bilan gaplashvotganini ko’rib qoldik. "Ukasi” unga sira o’xshamasdi. 10 ta plastik xirurglar operatsiya qilsa ham uni yuzini akasiga sal bo’lsa ham o’xshata olishmasdi. Bashara 2 xil. Rosa kulgim qistidede. Keyin Samarqand avtobusiga chiqdik. Telefonimni yoqib, nomerimni studentlarga berdim. O’tirib uhlab qoldibman. Bir payt student telefon qildi. Yengil mashinalar stoyankasiga chaqirdi. Neksiyada ketamiz didi. Man bilan yana bittasi qoludi. U bilan ushatga bordik. U yoqda ham kuyov bolani otasini hamma tanirkan. Qoyillar qolib ketdim. Lekin kuyov bolani amakisini otini etib bera olishmaydide. Ushalarni mashinasiga chiqib o’tirsak bo’ldi. Ularga farqi yo’q. Aldab suldam chiqarib olsa bo’lgani. Shunaqa qilib yangi hayot olg’a dib neksiyada ketdim..... Sayida opani adresini ham bilmiman. Borib xayrlashib ketiy disam. Ular ham hozir siqilib o’tirgndirlar. Ha mayli nima bo’lsa ham man ularni, ular mani unitadilar. Man hammasini unitishim kerak... Hali zamon qishloqga borib qolarman...

Просмотров: 1217 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 BumBumCHa  
toba , xayrlawiwga balo bormi , jirkaniw kereku bunaqa "Saida opa"dan wacko

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter