Понедельник, 29.04.2024, 08:53
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Август 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Август » 7 » Men sevmaymanku! 20-22 qismlar!
03:16
Men sevmaymanku! 20-22 qismlar!

 20 qism

 

Yana usha usha kunlar. Faqat Halima hola boshqacha. Negadir mani Murodjon demayotgandilar. Sayida opa ham hayron. O’zimcha o’ylardim. O’zlari topgan yolg’on oxiri ko’rinibdide endi dib. Mana hovlida yuribdilar. Lekin hayolari boshqa yoqda. Manam nima qilishni bilmaylar qovoman. Haqiqat chiqadi bir kun baribir diyshganicha borakande dib o’ylashdan boshqa narsa qila olamayapman....

            Kunlar o’tdi. Bir kun Halima hola mani oldilariga chaqirdilar, man oldilariga bordim.

-          Ha oyijon tinchlikmi?

-          Nega maniyam o’zingniyam aldavosan G’oppor?

-          ....

-          Boshida bilmagandim. Endi bilvoman. Nega boshida etmading. Sizni o’g’liz emasman dib.

-          ....

-          Etsen tushunardimku.

-          Siz sog’ayib ketishizni....

-          Nima man kasalmidim. Hech hamde. Faqat o’g’limni sog’ingandim.

-          Kechirasiz.

-          Sandan hafa emasman. Kelinimdan ham emas. O’zimdan hafaman.

-          .....

-          Sayida bilan sani yaqinlashtirdim. O’zlaring hohlamagan bo’lsalaring ham.

-          Lekin oramizda.... (hech narsa bo’lmagan dimoqchidim)

-          Shunga o’zimdan naratlanib ketvoman. Qancha qarshilik qililaringa? Shunda ham majburladim.

-          Lekin biz..... (yana etomadim, gapimni bo’lib gapirvotila)

-          Mayli bo’lar ish bo’ldi. O’g’lim erta indin qaytib kesa qaysi yuz bilan qarayman endi. Sani hotinni o’ylab, qo’shib qo’ydim diymanmi?

-          Holajon biz ....

-          Esisiz, nega bunaqa qildim. Hayronman. Bilmayman endi nima qilaman.

 

Yana nimalarnidir gapirib ketdilar. Sayida opa oshhona eshig yonida ko’zlari yosh bilan qarab turardilar. Keyin ichkariga kirib ketdilar. Orqalaridan manam kirdim. Ko’zlarida yosh (anchadan beri ko’zlari yoshlanmayotgandi). Nima diyishni ham bilmadim. Nima ham derdim. O’zizmizni yolg’on. Man endi ketmoqchi edim. Boshqa chiqmoqchi emasdim. Sayida opaga qarab:

-          Sayida opa bo’ldi yolg’on tugadi. Endi manga ruhsat. Halima hola ancha tuzaldilar. Mana mani ham taniy boshladilar. Man ketaman.

-          Nima ham qilardik endi. (Yig’imsirab gapirdilar, Burunlarini tortib qo’ydilar)

-          Mayli sog’ bo’ling. Nega oldizda benzin turibdi. (oldilarida 10 litrli idishda benzin bor edi)

-          Bir idishni yuvgani olgandim. Joyiga hali qo’ymabman.

-          Ha man ketdim.

 

Orqamdan yig’lab qoldilar. Manam nima qilishim kerak. Begona joy, begona ayol. Begona honadon. Karochi man uyga chiqib ketdim. Kelib uhladim. Rosa uhldim. Kechki payt ko’chaga chiqib sang’idim. Negdir emas Halima holamni gaplaridan nastroyeniya it quvlagande qochib ketgandi. Yo’ldan 1-2 ta bezdelnik o’rtoqlarim chiqdi. Ular bilan Toshkentdagi eng qimmat stalavoyga kirdik. Ular ichishdi man quyib berib turdim. Ichdim aldab nima qilaman. Kola ichdim. Keyin 4 tadan kabab yedik. Pulim uyda qogan ekan. O’rtolarimda ham ko’p emas ekan puli.  Telefonimni zalogga tashab ketmoqchi bo’ldim. Lekin telefonim yo’qqqqq. Qidirish kerak. Yo’q oldimda, cho’nchelarimda. O’rtoqlarim tirjayib o’tiribdi. Hazilashib oganmikan. Yog’r bular qatan oladi. O’zi uydan chiqvotganimda bormidi? Yo’q edi. Telefon qilaychi qatda ekan. O’rtoqlarimdan birini telini olib tel qildim ******* tak gudook ketdi. Chaqirvoti. Bir ayol kishi oldi... Sayida opa ekan. Uylarida qolib ketibdi. Man telefoni borib olmasam bo’lmaydi. O’rtog’imni telefonini ham berish esdan chiqib yugirib ketdim. Kun ancha kech bo’b qoganidi. Bahor havosi. Shamol bo’b turibdi. Havo bulut. Sayida opanikiga kirib keldimam yomg’ir quyib yubordi. Telefonni olib uyga ketaman disam zontigim ham yo’q. Nailoj yana uyga ichkariga kirib o’tirdim. Sayida opa xonalariga kirb ketdilar. Man oynadan yomg’irni tomosha qilib o’tiribman. Bolalar va Halima hola uhslashvotgan bo’sa kerak ko’rinishmadi. Yomg’ir ovozini eshitb uhlab qolibman....

      Hovlida nimadir taqiladi. Uyg’ondim. Yomg’ir tingan. Ko’zimni ochib yotibman. Hovli ko’rinmayapti. Yana tinchlik. Birdan hovli yorishib ketdi. Juda ham yorishib ketdi. Sakrab turib tshqariga chiqdim. Qanaqadir katta shar yonayotgan edi. Undan qanaqadir tabiyatda uchramaydigan ovoz chinqiriq, mushukni qattiq chiyilashiga o’xshash bilmadim, oldin bunaqa tovush eshitmagndim. Olovli shar hovlidan u yoqga bu yoqga dumalab yurardi. Man qotib qolagandim. O’zga sayyoradan kelganmikan degan fikrlar ham kallamdan o’tdi. Shar devorlarga borib urilardi. Qattiq g’alati chinqiriq. Man qoti qolgandim. Qimirlamasdim. Orqamda Sayida opa ham chiqib qotib qolibdilar. Shar manga yaqinlashganda o’zimga kelib boshqa yoqga qochdim. Yonatotgan shar man turgan joydagi to’singa urilib yiqldi. Va ovoz ham o’chdi. Bu shar emas ekan. ODAM. Tezda uydan ko’rpa olib chiqib ustiga yopib olovni o’chirdim. Lekin bu kim edi. Uzoqda benzin idish bo’shab yotardi. Keyin burnimga benizin hidi kelib urildi. Bu unda kim. Sayida opa uydan yig’lab chiqdilar OYIJOOOOOONNNN dib baqiridlar. Nahotki Halima hola o’zlarini jonlariga qasd qilib yoqib yubordilar. Nima uchun????

 

 

 

21-qism

 

Bunaqa bo’lsihini kutmagandim. Rosa hayron bo’ldim. Ko’rpani olib qaradim. Halima holani tanib ham bo’lmasdi. Qorayib ko’mir bo’lib qogandilar. Qop qora tana yotardi. Orqada nimadir gurss etdi. O’grilib qaradim. Sayida opa yerga hushlaridan ketib yiqilibdilar. Suv olib kelib sepib o’zlariga keltirdim. Birin ketin shovqindan qo’shnilar chiqb kela boshlashdi. Hamma hayratda, mahallani g’iybatchi opoqilari ham kelishdi birin keyin ko’zlarini ishqalab. Man borib benzin idishni qaradim... Halima hola o’z jonlariga qasd qilmaganlar, bu baxtsiz tasodif ekan. Benzin tepada turgani yorilib ketibdi. Sayida opa ishlatganlari joyida turgandi. Mani baribir savol qiynardi. Nega benzini oldilar... Olov qatdan keldi unda. (o’choqdagi cho’g’dan bo’lsa kerak. Benzin oqib borib tegkan.). Halima holani murdasini tekshirgani olib ketishdi. Mani so’roq qilshlar boshlandi.... (nimalar diyishganini, man nima diganlarim shartmasdir. Tog’risi eslashni hohlamayman.)...

Peshinga yaqin Janoza belgilandi. Odam ko’p keldi. Lekin ularni qarindoshlari yo’q edi. (Bilmiman nega, Shunchalar yuz o’girishganmi bilmadim.)  Endi mandan boshqa yaqin odam yoq bu yerda Sayida opa uchun. Hammani o’g’zida Murodjon bo’madide, Murodjon o’rni bilinvoti, Murodjon o’lganmikina, Murodjon Murodjon......, hamma Murodjon diydi. Birovni ishi yo’q qidirishdan. G’iybat, afsuslanishdan boshqa narsani bilishmidi.

Janoza boshlandi. Odamlar yig’ilishdi. Domla Halima holani ruh poklariga uzundan uzun duo qildi. Keyin maqtab o’tdilar. Oxirida Shu marhumani oldin kimdandir olgan qarzlari bo’lsa, qaytara olmagan bo’lsalar, Shu qarzlarni kimdir bo’yniga oladimi? Kimdir shu marhuma mandan shuncha olgandi, yoki shu narsamni olgandi dib kelsa qaytarib bera oladimi? Hich kimdan sado chiqmadi. Murod aka o’rinlari manga ham bilindi. Ular chiqishlari kerak edi. Afsus yo’qlar. Hamma jim. Hich kimdan sado chiqmayapti, Yana chug’ur chug’ur. Orqalarga qariman bir yarimta qarindoshlari kegan ekanmi dib, yo’q hich kim. Domla tushunmadi dib o’ylab yana qaytardi shu gaplarni. Yana hamma jim. Chidab turolmadim. Odamlarni orasidan yorib chiqmoqchi bo’ldim. Man axir o’g’lim diganlar, endi turib bera olmasam uyat bo’lar dib o’ylavoman. Domla ham hijolat bo’lib yana qaytarishga og’iz juftlagan edi hamki man dib baqirdim. Lekin Domlani oldiga chiqgunimcha boshqa yoqdan Anvar aka kelib bo’ldilar. Domlaga pichirlab nimalardir didilar. Domla manga joyimga turishimni imlab ko’rsatvordi. Man noiloj ortga joyimga qaytdim. Hamma manga qarab pichirilashni boshlashdi. Man yerga qarab qoldim. Domla nimalardir dib gapirdi yana Orasida Anvarjon diganini sal eshitdim. (Manimcha qarz olgan bo’salar Anvarjon to’lidi didilar). Keyin ko’mishdi. Ortlaridan yig’lidigan hich kim bo’madi. (Mozorda). Uyda Sayida opa va qo’shni ayollar yig’lab o’tirishibdi. (O’zi nimaga yig’lashadi. Eslab disam... bilamadim). Uyga qayti hamma. O’tirib tilovat qilishdi. Keyin birin ketin ketishdi. Eshik tagida Anvar aka va man qoldik. Ichkarida kim borligi ham bilmadim. Mani bir savol qiynardi. Sayida opa endi nima qiladilar???????

 

22 – qism

 

Kunlar o’tadi, oylar o’tadi. O’lgan asta sekin yoddan chiqadi. Halima hola ham asta sekin esdan chiqa boshladilar, tog’rirog’i yo’qliklariga ko’nika boshladk. Sayida opa homush yurdilar, keyin asta sekin yuzlariga tabasum yugura boshladi.Tabassum uzoqga cho’zilmasdi. Lekin baribir kuldilar. Man ularnikidan chiqib haftalab yo’q bo’lib ketdim. Bir kun ko’chada ko’rib qoldilar 2 hafta oldin ko’rgan Sayida opa emasdilar. Ozib ketganlar. G’am yeb tamom qilgandi. Nahotki Halima holani o’lganlari shunchalar ta’sir qildi? Oldilariga borsam mani ko’rib yig’lab yubordilar. Nega chiqmay qo’yding, onamdan ayrilganim kammidi? Sandan ham ayrilimiy? Hich kimim yo’qku mani. San tushunishing kerakku? – dib yig’lay boshladilar. Mani ko’nglim bo’shab ketdi. O’zim o’zim so’z bergandim boshqa chiqmiman dib. Mayli endi chiqamiz. Yana opaginamni oldiga. Sayida opa elkamga boshlarini qo’yib yig’lay boshladilar. Shu turishimni Dilshod ko’rib turibdi uzoqdan. Man hijolatda. Keyin kelaman dib ketib qoldim. Uzoqdan dilshot qo’lini silkitib (yomonsan ishorasini) qo’ydi. Man unga qo’lim bilan (batar bo’l) ishorasini qilib qo’yim. Shunaqa qib yana qaytib chiqdim.

Hayron qolamande. Nimaga manga o’rganib qoldilar dib. Bunaqa bo’lmasligi kerak ediku. Ey mayli Opamga yordam bersam beribmande. Ko’chaga chiqishga odam uyaladigan bo’ldi, mahhaladagi g’iybatchi kampirlarni dastidan.  Undan battar avjiga chiqarib yuborishdi, Kamiga Halima holani ham man o’ldiribman. Ustilaridan benzin epib yoqibman. Manga ularni uyi kerakmish. Sayida ga uylanarkanmande, keyin uni haydab yuborarkanman uyni o’zimni nomimga o’tqazib ogandan keyin. Ana fantastika. Odamni taqdirini etib berishadiku lekin, to’g’ri chiqmidide. Bir hillarida o’zim ham shunaqa qiasmikan dib o’ylab qolaman. Bo’rini yesa ham yemasa ham og’zi qonku baribir. Dilshod ham tirshayib turadi ushalani oldida. Oxirgi payt uni erkakligiga podazdrileniya qila boshladim. Tovba! Giybatchi opoqilar diyrdim, endi Giybatchi pochalar diymanmi? Ko’ramizde nima bo’sa ham. Obbo yana tel. Lobar ekan. Shundan hich qutila olmadimde. 1 oylab tel qimasam ham qilaveradi qaytib...

Просмотров: 947 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter