Среда, 08.05.2024, 18:02
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Октябрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Октябрь » 17 » Kumushga atalgan noma II !
05:18
Kumushga atalgan noma II !

Kumushga atalgan noma II. 

1. Kumush... Armonim, yeta olmagan orzuyim. Sendanda uzoqlardaman, qalbim nechukdir sen bilan qolibdi. Ko’zlarim yo’lingdamas hamon, kutishdan charchamadim. Lekin bu foydasiz kutish. Daraxt soyasida mayus o’tiraman. Daraxt shitirlar Kumush deya. Daraxt tanasiga ismning o’yib yozgum. Kumush+Giyos=Armon, orzu ham emas.... Kunlar o’tdi.... Fasllar o’zgardi, sen ham o’zgarganingdek. Sening sevging o’zgardi, mendan Otabekka o’tdi. Yozning issig’idan Qishning Qaxratonini tanlading...

 

2. Eshitdim. Otabek uylanibdi yana. Zaynabni qilibdi o’ziga yor. Uni mehri bo’linib endi ikkiga, senga kamroq qolibdi. Tunlari yig’lama ko’zlaringga olib yosh. Kumush senga aytgandim, qilasan hali afsus deya. Endi foydasiz meni eslashlaring, endi foydasiz meni chaqirishlaring, endi foyadisiz meni intizor kutishlaring... Kutasan endi Otabekni Zaynabni quchog’idan qaytishin. Senga kelib yana seni sevaman deyishini. Kutasan rosa ham. Kutasan ko’zlaringda yosh bilan...

 

3. Esingdami Kumush. Uzugingni menga berib turganding. Usha menda qolib ketibdi. Kecha hamyonim kavlagandim, qo’limga ilinib qolibdi. Esimga tushdi usha uchrashganimiz. Esimga tushdi usha sevishgan paytimiz. Menga kerakmas endi bu uzuk, qaytarib ol . Qolmasin menda sendan esdalik. Kerakmas hecham seni eslashim... Uzugingni berib yuboraman ko’rsam Otabekni Toshkentda. Zaynabni bag’ridan sen tomon ketayotganida. Faqat aytmagin sen, kerakmas bu uzuk menga deb...

 

4. Qish keldi. Kumush qish deyishadi nega, yana xotirlatib seni menga. Oppoq qish desa ham bo’lardiku! Qishni yoqtirmayaman endi. Bildim, nega sovuq Otabekni tanlaganing, u qish edida, Sen bilan Kumush qish bo’lardi. Seni ko’rsam so’rardim. Baxlimisan deb. Afsus istamayman ko’rishni... Eshitdim. Otabek ketibdi sendan. Hozir Marg’ilonda darbadar kezarmish. Nima qilding u bechoraga. Shunday pok qalbli insonga. Otangni ayblama haydadilar uni deya. Sen aybdorsan, tanimading uni xatini... Afsuslanaman senga, hursand bo’laman sen bilan birga bo’lmaganimga.

 

5. Bahor kelayapti. Otabekdan uzr so’rabsan. Xatolaringni tan olib. Kelayotgan ekansan Toshkentga. Marg’ilon torlik qildimi Kumush sen bevafoga. Endi balki ko’risharmiz yo’lda tasodif. Ko’rishganda o’tib ketaylik ko’rmagandek. Vasling qolsin menga armonda.  Armonni yor qilay. Sen yashagin Giyosni o’ylamay. O’ylagin meni uzoqlarda deb. Ko’rasan, hammasi o’z o’rniga tushib ketadi. Men ham baxtimni topib ketaman. Kelganingda yo’l chetida turgan bo’lsam, u men emasman. U boshqa...

 

6. Sen bilan bir shaxarda yashaymiz. Masofalarimiz yaqin. Qattiqroq ovoz bersak eshitamiz. Lekin begonalarmiz bir birimizga. Yonginamizda baqirsak ham eshitmaymiz. Bir birimiz uchun quloqlarimiz betgan, to’lgan. Kulguliku? Lekin shunday ekan bizni taqdir. Kumush sen Otabek bilan baxtlisan. Garchi oralaringda Zaynab bo’lsa ham. Senga qoilman, shunday bo’lsa ham yashayapsan. Men soham bo’yicha ishlayapman. Hech havotir qilma. Seni o’ylamayapman. Hech ham. Faqat bir marotaba eslayman. Shu misralarni yozmoqchi bo’lganimda....

 

7.8.9. Ishda edim bu kun, chopib keldi yonimga Xasanali. Yordam kerakmish senga, tobin qochibdur bir zumga. Kumush isming eshitib, yo’lga tushdim Xasanalidan oldin. Uying tomon yaqinlashganimda eshik oldida Zaynabni ko’rdim. Ko’zlarida sal quvonch bor. Kelganim eshitib, ichakarida tabibni kirg’azing deb qolishdi. O’zbek oyim qo’lida bir go’dak bilan, seni o’g’ling bilan chiqib ketdi. Ichkarida Otabek o’tiribdi seni yoningda, manglayingni bosgancha. Kelganim ko’rib hursand bo’ldi, hayajondanmi, yoki asabdanmi o’rnidan turishni ham unutdi. Ne bo’lganin so’rab, qo’lingni ushalashga izn so’radim. Tomiring urishin tekshirib, lablarim tishladim. Sen ichgan ovqatdan bir barmoq yaladim. Daxshat! Seni zaharlashibdiku, zahar ichibsanku bechorginam. Otabek hayron. Esladi kim berganin. So’kdi yaramas Zaynabni. Ko’rinishing bir ahvol, ranglaring so’lg’in. Har zamon bir o’xchib qo’yasan. Iching qaynar og’riqdan. Men bilgandim Zaynab seni zaharlashin, shunga zaharga qarshi dori ham olib kelgandim. Shuni ichasan, so’ng hech nima ko’rmagandek bo’lib ketasan...

 

10. Ertasiga Otabek keldi yonimga, holing yahshilanibdi, bo’limsan sog’. Uzoq rahmat aytdi. So’radi mendan, o’g’liga meni ismimni, Giyos deb qo’yishni. Men qutqaribman uni baxtini, eslab yurarmish meni endi butun umr. Rozi bo’ldim. Boshqa choram yo’q edi. Senga aytgandim, o’g’lingga ismimni qo’ymagin deb. Nima ham qilardik, taqdirda bor ekan. Otabek va Kumush o’g’illari Giyos bo’lsa bo’lsin endi. Men o’z vazifamni bajardim, seni qutqardim. Senda o’zga bo’lsa ham qutqarardim. Zaynab ketdi. Sen qolding Otabek bilan...  Bilasanmi? Usha qo’lingni ushlaganimdagi tomir urushing hammon barmoqlarimda sezilib turadi. Sen yashayapsan. Baxtli, sog’ salomat yashayapsan!


Tugadi. 

Manba: Giyos.ucoz.org

Просмотров: 1765 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 2
2 Giyos  
1 chisi 10 kun mobaynida yozilgan.
2 chisi 2 kun mobaynida yozilgan)

1 Loading  
Giyos bunisi 1-sidan yaxshiroqmi? yoki manga shunga tuyildimi. sababi bunisi umuman boshqacha. bitta mavzuda ikkixil monolog qoilman.!!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter