Пятница, 26.04.2024, 13:37
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Октябрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 3
Гостей: 3
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Октябрь » 4 » Kumushga atalgan noma!!
00:53
Kumushga atalgan noma!!

KUMUSHGA ATALGAN NOMA! 

1. Marg'ilonga borib Kumushni qidirdim. Uzoq izladim, bo'lib bechora. Rosa qidirdim, tolib, charchab. Kunduzi yoqib chiroq ham topolmadim. Ko'rgan qizlarimdan yuzidagi dona holin borisin qidirdim. Lekin u Kumushim emas... Bozorlarda kezdim, ko'chalarda tunadim kutib Kumushni. Tun o'tdi, kun keldi Kumushsiz. . . Uzoqlarga chopdim maqsadsiz, ma'nosiz. Tor ko'chalarga kirdim majolsiz. . . Kumushni ko'rdim! Yuzida dona holi bor, aniq Kumush, lekin yonida Otabek ham bor, Giyos emas...

 

2. Kumush bevafo. Nega aldading meni. Aldov emasdi, bu soxtalik edi. Ko'z ochib ko'rganim sizsiz, sizsiz yasholmayman degan edingku. Nahotki hammasi soxta edi. Yoki Otabekni ko'rguncha, unga siz o'shamu deguncha edimi? Otabekni mendan qay hislati ortiq edi. Qalbingni qilding unga tortiq. Bilasanmi? Sendek muloyimdan, zahar Zaynab yaxshiroq. Unda har holda vafo bor. Ko'ramiz hali, yashayapmiz. Uchrashamiz, yer keng, dunyo tor...

 

3. O'ylarman Kumush seni tunda. Oydan toblanar yuragim, o'char seni isming. Bevafo deyolmadimku, vafodorim bo'lmadingku meni, Zaynab ko'rsatsin kuning seni. Tuproqmisan endi, meniki bo'lganingda Kumush emas, Oltinim dermidim. Qarayman yo'llaringga tinimsiz, kelarmikan qochoqginam deya. Vaqt o'tmas, muzlagan suvdek, erishin kutayotgandekman. Ma'nosiz kutish, axir endi sen Otabek bilanku. Senga Giyos kerakmasku. Nega shu esimdan chiqayapti. . .

 

4. Senga yeta olmagan, yo'llarim olisdir. Bir qadam ham bosolmagan men aybdoring. Ko'zlarim uzolmasman vaslingdan nigorim Kumushim. Seni ne deb atay, sevgilimmi, muhabbatimmi, yoki bevafoyimmi? Aytar so'zim qolmadi ketganingdan so'ng. Sening o'rningga Zaynabni sevsam bo'lmasmidi? U ediku asl vafodor, u ediku sevgini qadrlovchi. Muhabbat yo'llarida toydi oyog'im. Yiqilmadim, ammo yura ham olmayman boshqa bu yo'llardan. . .

 

5. Sen mendan ketmaganingda, osmomdagi Oyim, yerdagi Quyoshim, qalbimdagi yorug'ligim dermidim... Kumush! Endi seni atayman befafo. Uchding, ketding boylikka ko'milib. Otabek savdogar. Giyos oddiy... Boylik bilan baxtli bo'lasanmi? Otabekga ham achinam ba'zi payt. Aytgim keladi, bevafo changalidan qayt. Mayli bu taqdirdur. Kumush ekan menga begona. Ayblaymtt uni bu taqdir o'ynida. Bilmayman. Menga Zaynabdek vafodor uchrarmikan. . .

 

6. Kumush, menga atab tikkan romolchang hali ham turibdimi? Yoki uni ham meni hayotingdan yo'q qilganing kabi, yo'q qilib yubordingmi? Saqlab qo'ygan bo'lsang iltimos menga ber. Seni eslab yuray. Sen endi meni eslamaysanku. Senga Giyos kerakmasku! Otabekka baribir boshqa tikib berasanku! Unga menga tikkaningdan ham zo'r qilib tikib qo'ygandirsan. Romolchani yoqib yubormadingmi? Ismlarimizni tikib yozgan romolchani? Bersang seni eslab, ko'zlarimdan oqqan yoshlarni usha romolcha bilan artardim...

 

7. Bugun baxt to'ying kechasi. Otabek bilan endi birga yashaysan. So'ngi qolgan parcha umidlarim ham bugun so'ndi. Bilasanmi Kumush? Qachonlardur sen meni ko'rganingda baxtsizman demasang, menga shu yetadi. Shu meni chala baxtimni butun qiladi. Senga faqat va faqat baxt tilayman. Boshqa hech narsa senga kerakmas. Otabekga achinaman, chunki unga sendek bevafo uchrayapti. Unga vafodor bo'lishingni, Giyosni butunlay unutib, faqat Otabek deb yashashingni istardim...

 

8. Sen bilan ortiq qololmayman endi Marg'ilonda. Sen bor joyda menga havo yo'q. Qaytaman uyimga, achinib seni kutgan umrimga. So'ngi bora ham ko'rishni istamasman seni Kumush. Menga tikkan romolchang ham kerakmas aslo. Undan ismimni o'chir, yoz o'rniga Otabek deya. Toshkentga qaytaman. Zaynabni topaman. Balki u ko'nar Giyosga. Ko'nmasa ham hafa bo'lmayman. Chunki u seni, ta'ziring beradi hali... O'ng yuzingdagi chiroyli dona holing esimdan chiqmas sira... Esdan chiqarsam edi...

 

9. Vaqtlar o'tib ko'chada ko'rsam nogohon, nigohlarin yashir mendan shu on. Chunki tanimayman seni boshqa. Kumushman desang ham eslay olmayman. Men o'zgardim, o'zga bo'lib, Giyos emasman avvalgi seni sevuvchi. Tanimaylik endi bir birimizni boshqa. Shu sendan bir o'tinchim halos... Dunyo aylanib yana ko'rsangda meni, chetlab o'tgin iltimos. O'g'illi bo'lganingda qo'ymagin ismini Giyos, senga eslatmasin u meni. Xotiralar charchatar...

 

10. Senga so'ngi so'zim bu Kumush. Boshqa aytmayman sening isming. Men seni sevgandim, lekin ayta olmagandim. Kechir. Otabekga turmushga chiqayapman deganingda meni kutgin deb ayta olmadim. Kechir. Aytganimda balki hozir birga bo'larmidik. Bilasanmi? Men seni shunchalar sevardimki, mendan ortiq seni hech kim seva olmasdi. Agar kimdir seni mendan ortiq sevgan bo'lsa, unda men seni sevmagan ekanman... Afsus ayta olmadim. Baxtli bo'l. Giyosni eslama, seni eslamaganimdek... (tugadi)

 

Просмотров: 1336 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter