Понедельник, 29.04.2024, 14:22
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

DBS 6 NOZI - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ERKIN MAVZU » Do'stim bilan suhbat (DBS) » DBS 6 NOZI
DBS 6 NOZI
GiyosДата: Воскресенье, 28.08.2011, 04:15 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
6 son
 
GiyosДата: Воскресенье, 28.08.2011, 04:24 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
NOZI Giyos dan nimaga hafa bo'lgan...

GIYOS: Bugungi 6 ishtirokchimiz NOZI. Ular bilan suhbat IMPRO TK ga ripititsiyasi oldidan bo'lib o'tdi. 70 maktabda.

Har doimgidek birinchi savolimiz. Nickingiz nima uchun NOZI, Nozima yoki boshqa emas?


NOZI: Bilmadim. Maktab paytida hamma bir-birini ismini qisqartirib gapirardiku, o`shanda hamma mani NOZI deb chaqirishardi. O`sha uchunmi, hammaga yaqinroq bo`lish maqsadidami NOZI deb tanlaganman. Nozimalar ko`p bo`lsa kerak, NOZI bittadir).

GIYOS: Familyangizni ham nick qo`yish fikri kelmaganmi))?

NOZI: Uzun bo`lib ketar edi unda.

GIYOS: Bugungu suhbatni boshqacharoq qilamiza, birinchi ucerlardan kelgan savollar bilan boshlaymiz. Birinchi bo`lib Loading savollar yo`llaganlar:

1. Shaxsiy hayotizda qilgan hatoyizni eslolismi? Padrobna ne nado.

NOZI: Etib berishim shart emas, voy etmiyman, katta xatoyim bo`lgan, lekin esimga yo`q eta olmiyman. (kuladilar) aytaolmayman, chiqaraolmayman.

2. Kitobdagi sevgi qiziqmi hayotdagisimi?

NOZI: Endi kitobda slishkom ideallashtirib olishadide, hayotda unaqa emas, yo`q baribir hayotda ko`proq nima deydi hurmat bor, mehr bor i o`rganish. Bir-biriga ko`nikishmi, o`rganib qolishmi, shunaqa narsalar ko`proqde.

GIYOS: Balki hayotda juda ham kitobdagidanda qattiqroq sevgi bo`lar?

NOZI: Bilmadim, ko`rmaganman.

3. Kichkintoylarga munosabatiz.

NOZI: Kichkintoylarni yaxshi ko`raman, lekin sho`x boladan boshim og`rib ketadi

GIYOS: O`zingizni bolalaringiz sho`xlik qilib turadimi?

NOZI: Bola bo`ladiyu sho`xlik qilmaydimi.

- 4. Manga maslahatiz. Ochiq.

GIYOS: Demak Loadinga, Fazliddin Tojievga

NOZI: Fazliddinmi maslahatlarim nima desa bo`ladi. bilmadim endi kotta odamga nima dip maslahat berishim mumkin, o`zlari shakllanib bo`lgan odamlayu.

GIYOS: Lekin ularga har kim har xil maslahatlar beradide?

NOZI: Eshitganman, masalan tushunarsiz gaplar, tam ko`p gapiradi.shunaqa deyishadiyu, lekin bu odamni xarakteride baribir o`zgartirib bo`lmaydi.

GIYOS: Shu ko`rinishida qolgani yaxshi deb o`ylaysiz?

NOZI: Xm orginalligi , indevidulligide bu.
- Yoqtirgan ovqatingizda, eng yaxshi tayyorlaydigan taom yoki shirinlik?

NOZI: Yoqtirgan ovqatimmi, go`shtli ovqatlar yoqadi. (kuladi)

GIYOS: Tayyorlaydiganingiz?

NOZI: Tayyorlaydiganimmi, nima so`rashsa qilib beraman, shirinliklarga ja uncha ustaman demaymanu, lekin ovqatlarda eksprement qilib turaman. Har xil reseptlarda nima deydi egzoticheskiy ovqatlar ham qilib ko`rganman.

GIYOS: O`xshaganmi?

NOZI: Voy ha o`xshagan,

GIYOS: Yeyishganmi oxirigacha yoki…

NOZI Hammasini yeb qo`yishadi, qolib ketmaydi

GIYOS: Keyingi savol Parvinadan kelgan.

- Qo`rquv deganda nimani tushunasiz?

NOZI: Qo`rquv masalan nimaga nisbatan, odamga nisbatanmi yo biron hodisaga nisbatanmi? Xar xil qo`rquvlar borku! Konkretniy bitta narsani tushunmayman lekin shu bitta barsadan hayiqib qo`rqish o`sha narsani sodir bo`lmasligidan havotirlanish, kutishde o`sha narsani e kutmaslik nabarot bo`lmasin deb nima deydi havotirda turishde, tushuntirib beraolmayman.

GIYOS: Keyingi savol Sherzoddan kelgan.

- Forumdagi yigit-qizlardan go`zal juvftlik yaratib bering.

NOZI: ooo Sherzodni lekin ana u o`g`il bollani moshinalarga o`xshatganlariga voopshe yiqilib tushdim. Bilmadim bitta yarimtasini xafa qilib qo`shiydan qo`rqaman.

GIYOS: Hazil tariqasi. Man savollar hazil tariqasida berilayaptiyu. Jiddiy deb aytib bo`lmaydi bu savollarni.

NOZI: Sherzodni o`zlarini nazarda tutgan bo`lsalar kerak, qani manga kimni para qilib tanlar ekanlar deb.

Sherzodagami – Lolo

Anvarbekkami? O`zlarini yonlarida aytib qo`yay ha bilmasam, hali munosibini topmadim lekin.

Fazliddingami u kishi Smileyga havas qilib yurgan edilar.

GIYOS: Keyin Parvinaga o`tib keldilar.

NOZI: bu orada 1 inson nickli ucerga ha padxod qilib yuruvmidilar.

GIYOS: Irodami?

NOZI: Toxaclubga aytmay qoya qoliy.

GIYOD: Mayli endi qizlardan Parvinaga kimni?

NOZI: Parvinagami? Loadni etaqoliy.

GIYOS: Shaxlo oldimda o`tiribtilar manga kimni etar ekanlar deb, ko`zlaridan o`qidim hozir.

NOZI: Shaxloga hali mos yigit chiqmadi.

GIYOS: Yana Laoddan kelgan savollar:

- O`zizni tashqi ko`rinishingizni tasvirlab bering?

NOZI: Rasmda ko`rishadi. Agentda ha ko`rgan bo`lsalar kere, mirda boru rasmim.

- Farzandlaringizdan siz faxrlanadigan biron narsa bormi?

NOZI: ha har bittasini o`zinga yarasha nima deydi o`ziga xosligi bor. Har bittasi alohida dunyo. Kotta qizimni ijodkorligi bilan faxrlanaman, ijodiy yondashadi hamma narsaga. Hayol parastroqmi lekin anaqa mana bu yil bog`chani bitirdi. Tarbiyachisi gapiga qaraganda, xursandde qizimdan hamma narsa nimaga olsam dars jihatdan ham, o`yimni, ashulami, she`rmi hammasiga qatnashib boryapti deyapti. O`rtanchasi azgina qaysaru lekin juda ham zehni o`tkir I tartibli, tartibni yaxshi ko`radi. Kichkinam endi kichkintoyim, erkatoyimde (kuladi) o`zini narsasiga juda pishiq hech kimga bermaydi, mani ham narsamni I o`zini narsasini.

GIYOS: Loadingni savollariga o`tamiz:

- Qaynona kelin mojarosi bormi sizningcha? Umumiy.

NOZI: Qaynona kelin mojarosi har doim bo`ladi chunki qaynona ona emas, kelin qiz emas, har doim bo`ladi. Endi kimlardadir bu ko`proq, yaqqol doimiy bo`ladi lekin yo odamni o`zi yo`q.

GIYOS: Sizdachi?

NOZI: Man endi urush jan-jal, to`polnni demoqchimasman no baribir nima deydi, qiz bola boshqa oilaga kelin bo`lgandan keyin o`sha oilani qanaqur sharoitiga, odamla bilan munosabatni ko`nikib olguncha baribir tushunmovchiliklar bo`ladi. Qiz bola baribir erka bo`ladi uyda boshqacha sharoit, talablar boshqacha hohlagan paytingizda masalan ishizni bugun tashlab qo`yib, ertaga qilaman, bir pasdan dam oliy degan gaplar bo`lmaydide, shuning uchun bo`ladi har doim.
Лекин ман бу жихатдан бахтлиман, дейишим мумкин, кайнонамлар тушунган, укимишли аёллар. Уларни ёрдамлари билан хам ТошМИда укиб, хам 2та фарзандли булдим. 2та фарзандимга чилласи чиккандан улар караганлар. Уларга бунинг учун минг рахмат айтаман. Ишларимга улгуролмай колган пайтим хам тушунишга харакат килардилар, овкатни бирга килардик. Уй ишларини келинга ташлаб куймай, доим ёрдамлашганлар.

GIYOS: Keyingi savol Venena_89 dan kelgan.
-Salom Giyos Nozi opaga savolim. O`zingizga o`zingiz eng ko`p beradigan savolingiz?

NOZI: O`zimga eng ko`p beradigan savolim, nimaga hech narsaga ulgurmayapman?

GIYOS: Keyingi savol Nodira_Mdan kelgan 10 ta savol

NOZI: Voy vo.

- Yuragingizga qolib ketgan armoningiz bormi?

NOZI: Armonim, 2 ta armonim bor. Buvimla o`lganlarida man yangi kelin edimde, vaxtida yetib kelaolmaganman, ko`ra olmay qolganman buvimlani. Shu manga armon bo`lgan.

- Farzandlaringizga mehribon onaman deya olasizmi?

NOZI: Ha (kuladi) mehribon onaman.

GIYOS: Man aytishim mumkin farzandlaringizdan birontasini olib kelmabsiz, aylantirgani.

NOZI: O`tgan kuni aylantirgandimde kotta qizimni tug`ulgan kuni bo`luvdi, parka oboruvdik endi issiqda yetaklab yurmay dedimde.

- Oxirgi marta qachon to`yib yig`lagansiz?

NOZI: Ancha bo`ldi.

GIYOS: Ancha bo`ldi, nimadan yig`lagansiz?

NOZI: Eslolmayman daje, endi u bu narsaga ko`zingizga yosh kelishi mumkin. Lekin to`yib yig`laganimga oxirgi marta ancha bo`ldi.

- Hozirgi yoshlar haqida fikringiz?

NOZI: Yoshlarmi, to`g`risini aytsam hozirgi yoshlar bilmadim man uje u davrdan o`tibman shekilli ko`ch transportida anchadan beri yurmagan ekanman. O`zgarib ketgandek tuyuldi nazarimda. Bugun man chiqdim, ancha bo`lgan ekan chiqmaganimga metroda keldim, o`tirdim bir pas stansiyada sizni kutib, vaqt o’tishini, soatni 1 bo`lguncha kutib. Atrofni hammani tomosha qilib o`tirdim, lekin yoshlar ancha o`zgarib ketibti, bizani davrdagi yoshlardan ko`ra ancha o`zgargan.

- Hayotda hamma narsa o`tkinchi ekanligga o`zingizni ishontira olasizmi?

NOZI: Ishontirishim shart emas. Man bunga aniq ishonaman.

GIYOS: Qanday ishonasiz? Isbotingiz bormi?

NOZI: Hamma narsa o`tkinchi, odamlar ham o`tkinchi, hech narsa abadiy emas, o`tib ketadi. Yaxshisi ham o`tib ketadi, yomoni ham o`tib ketadi.

- Eng katta baxtiz, baxtsizligingiz? Ozgina tushunarsiz?

NOZI: Oilam. baxtsiz man deb aytmayman.

- Nimani yoqotishdan qo`rqasiz?

NOZI: Yoqotishdan. Shu hozirda egallagan, shu kungacha yetib kelgan o`rnimni yo`qotishdan qo`rqaman.

- Qizlarni majburlab yoqtirmagan insonga turmushga berishlariga qanday qaraysiz?

NOZI: Qarshiman. Qanday qilib, o`zini jigarbandini, o`zi ardoqlab kotta qilgan qizini qanaqadur yoqtirmagan yigitga bir umrga yashashga topshirish mumkin. Tushunmayman ota-onalarni.

- Sevgini sotib olish mumkinmi?

NOZI: Hozirgi paytda shunaqasi ham bo`lyapti. Lekin baribir chin sevgini sotib ololmaysiz, prosta buni nima desa bo`ladi. Sevgi deb bo`lmaydide. Sotib oladigan bu prosta orzu-xavasmi, boylikka berilish deb aytsa bo`ladi.

- O`zingizni baxtli insonman deb bilasmi?

NOZI: xudoga shukur xa.

GIYOS: Sherzoddan savol.

- Sizda ruchka, kitob, konsertga bilet va calendar bor. Shularni forumdagilarga sovg`a qiling, nima uchun aynan shu ucerga sovg`a qilayotganingizni tushuntiring.

NOZI: Kitobni Dilyaga berar edim. O`qishni yaxshi ko`rar ekanlar. Balki bu kitobniyam o`qib bo`lgan bo`lishlari mumkin.

Kuchkani Loadga, ruchka chaynashni yaxshi ko`rar ekanlar. (kuldik)

Kalendarni Venena_89 Charosga beramiz.

Konsertga biletni, oldin berilu shou – biznesga qiziqadigan kim bor? Nodiraga beramiz.

GIYOS: Missdan kelgan savol demak, sevib turmush qurganmisiz?

NOZI: Yo`q sovchi orqali.

- Qiziqishingiz haqida gapirib bering?

NOZI: Qiziqishim, ko`p masalan eng kota qiziqishim. Yoshligimda shu narsani bilaman kitob o`qish kerak, qiziq kitob qo`limda tushib qolsa, ertalabgacha bo`lsa ham o`qib tugatar edim. Yana bitta qiziqishim hozir ko`p vaqtim internetda o`tyapti, I xar xil kompyuter o`yinlari.

- Xobbingiz?

NOZI: Xobbim, hozir uje yo`q. bir paytlar moda bo`lganda hind aktyori Shoxruxxoni rasmlarini yig`ganman.

- Nozi opa forum orqali bildim shto qizchangiz bor ekan, farzand tarbiyasida ko`proq nimaga e`tabor berish kerak?

NOZI: birinchi bo`lib farzandni nima desa bo`ladi, qattiq qo`l bo`lish kerak!

GIYOS: Boya mehribon onaman dedizu?

NOZI: Yo`q mehribonlik boshqa qattiq qo`llik boshqa, talabchanlik boshqa. Qattiq qo`l bo`lmasangzi ertaga farzandingiz masalan xudo ko`rsatmasn yomon yo`lga kirib ketsa, yuzingizga ham solishi mumkin. Nega boshida qattiq ushlamadingiz deb!

GIYOS: Demak sizning fikringzcha qattiq qo`l bo`lish kerak?

NOZI: Qattiq qo`l bo`lish kerak!

GIYOS: Guliloladan kelgan savol:

- Insonlarni har xil toifalarga ajratib bering? Deb savol beringda agar u kishi insonlarni hech qachon toifaga ajralmaydigan degan shunga o`xshash javob bersalar shuni aytinki, ilohim sizdaqalar ko`payaversin deb aytib qo`ying. Ozgina tushunarsiz?

NOZI: Toifalar deganda nima yaxshi va yomon, keyin bor yetakchilar, bor boshqariluvchilar bor. Boshqaruvchilar va boshqariluvchilar ham desa bo`ladi. Liderlar va ularga bo`ysunuvchilar. Keyin uje fizik-liriklar bu ya`ni hayolparastlar bilan aniq fanlarni, ko`proq nima deydi aqniqlikka moyil odamlar bor. shu manincha lekin baribir yaxshi odamni yomon tarafi, yomon odamlarni yaxshi tarafi ham bo`ladi, yaxshi tarafi ham absolyut yaxshi va yomon odamlarni o`zi yo`q.

GIYOS: Demak toifalarga ajratiladi?

NOZI: Ha ajratiladi, hamma yerdan chiqmagan.

GIYOS: dj-dizadan kegan savollar:

- Farzandingiz birontasi sizni kasbingizni egallashini xoxlaysizmi?

NOZI: 3 farzandim ham mani kasbimni egallashini xoxlayman.

GIYOS: Aynan qaysi meditsinani sohasini?

NOZI: Kotta qizimni o`zi aytadi, man sizga o`xshab ko`z shifokori bo`laman deydi, agar bo`laman desa bemalol. Lekin mani uni ko`proq stomatolog bo`lishini xoxlayman. O`rtancham uni shaddodligi xirurg bo`lsa kerak deb o`ylayman. Kichkinamni bilmayman hali.

GIYOS: Kichkinangzni qiziqishini o`rganib chiqqaningiz yo`q?

NOZI: Unaqa qiziqishini ko`rsatmadi de hali.

- Hozirda ko`pchilik chet elda ishlayman deb aldanib kelmoqda. Ularga nima degan bo`lar edingiz?

NOZI: Endi nima deya olaman. Shuncha gapirishayapti, televizorlarda ko`rsatishayapti, gazetalarga yozishaypti, ogohlantirishlar bo`lyapti, reklamalar, bannerlar, lekin baribir odamlar nimagadir aldanyapti.

ANVAR: Reklamalarni foydasi bo`lyapti, nechtasi qaytyapti.

NOZI: Endi qaysidair foiz qaytayotgandir, ogohlikka chaqirilayotgandir lekin buchi ko`proq Toshkentni o`zida ta`sir qilayotgan bo`lishi mumkin. Chunki viloyatlarda, chekka tumanlarda, qishloqdagilar ko`p narsadan bexabarde baribir.

GIYOS: Ko`p joylarda bo`lganman deb yozgansiz, qaysi davlatlarda bo`lgansiz?

NOZI: Ko`p joylarda bo`lganman deb yozmaganman.

ANVAR: Man o`qiganman.

NOZI: Boshqacha ma`noda yozgan edim. O`zim yoshligimda alohida bitta o`zingiz begona shaharda tushib qolsangiz degan savolni aytayaptilar, endi nima desa bo`ladi. 1 yoshda bo`lganimda Moskvada bo`lganman. O`zimni esimda yo`q, keyin Issiq ko`lda bo`lganman, chetga chiqqanlarim, Andijonga bo`lganman.

GIYOS: Samarqand, Buxorodachi?

NOZI: Yo`q hali, lekin rejada bor. Prosta yoshligimda ko`p tog`larga chiqib, lagerlarga dam olar edim bitta o`zim.

GIYOS: Necha yoshingizdan?

NOZI: 3 yoshimdan.

GIYOS: Sigir sog`ganmisiz?

NOZI: Ha sog`ib ko`rganman.

GIYOS: Qayerda, qachon?

NOZI: uyda.

GIYOS: Hozir ham bormi?

NOZI: Yo`q yo`q qizlik paytimda. Hovlimizda sigir bo`lar edi. O`zi man so`gmas edim, amakim sog`ar edilar.

GIYOS: Amakizlanikimi?

NOZI: Ha amakimlar boqar edilar. Zotdor sigirlar o`zi shunaqa faqat xo`jayinni yaqin yo`latar ekan boshqa hech kimni yo`latmas ekan. Amakimlar majburan har kuni kelib o`zlari sog`ar eilar.

GIYOS: Begonani yaqin yo`latmas deb deyapsiz? siz qanday sog`gansiz unda?

NOZI: Amakimlar mani yonimda turganlar, man sog`ib ko`rmoqchi bo`lganman lekin kuchim yetmagan.

GIYOS: Non yopganmisiz?

NOZI: Yo`q tandirda yopib ko`rmaganman.

GIYOS: Ekskyuziv savolim bor deganlar. Kuylayman o`zim uchun yolg`iz qolganda degan ekansiz? Balki biz uchun ham bitta hirgoya qilib bering?

NOZI: Yo`q yo`q rahmat yo`q.

GIYOS: 4 qator kuylay olmaysizmi?

NOZI: Yo`q.

GIYOS: Giyosdan kelgan savol ko`zim g`irralashib bormoqda. Nima maslahat bergan bo`lar edingiz?

NOZI: Ko`z shifokoriga uchrashing deb maslahat bergan bo`lar edim. (kuladi) Chunki tekshirmay turib maslahat berish noto’g’ri

GIYOS: Lolodan kelgan savol, qayta takrorlangan, fanzandlaringiz kasbi bo`yicha.

GIYOS: Ucerlarni qaysi hislatlari uchun hurmat qilasiz? 10 ta ucerni sanab o`ting. Masalan samimiyligi uchun, harakatchanligi uchun.

NOZI: Tushunarli moderatorlar ham kiradimi?

GIYOS: Ha moderlar ham bir patyla ucer bo`lganku.

NOZI: 1. Loloni o`zlaridan boshlaymiz, hazilkash, quvnoq qizlar.
2. Charos – oldindan taniyman, samimiy qiz.
3. Gulilola – kam ma`lumotga ega.
4. Smiley – Nigora singlimdek bo`1ib qoldi. Yuzma-yuz ko`rishmagan bo`lsam ham lekin juda yaqinlashib kettik.
5. Parvina – muloqotga kirishuvchan.
6. Anvarbek – aqlli
7. Loading – xayolparast
8. Sherzod – punktual.
9. Toxaclub – hazilkash.
10. Giyos – bitta so`z bilan tushuntirish qiyin, har bitta ucerdan yordamini ayamaydigan inson.
11. Mr_Online – kam taniyman.
12. Unet – Ibroxim ular bilan boshida forum yangi ochilgan paytida agentda ham gaplashib turar edik. Hozir kirmayaptilar voopshe.

GIYOS: O`zingizni tanishtirib bersangiz?

NOZI: Man Nasriddinova Nozima 1983 yil 13 yanvarda Toshkent shahrida tug`ulganman.

GIYOS: Hayotda qanday insonsiz?

NOZI: Hayotdami ko`proq quvnoq insonman. Ho`mrayib yurgandan ko`ra kulib yurgan yaxshi. Har bitta narsaga kulgili tarafdan qarashga harakat qilaman.

GIYOS: Oilangiz haqida gapirib bersangiz?

NOZI: Oilamda turmush o`rtog`im, 3 qizim bor. Kotta qizimni ismlari Muslimaxon 7 yoshda, shu yil maktabga chiqadi xudo xoxlasa. O`rtanchasi Nafisaxon 3,5 yoshda bog`chaga boradi. Kichkinasi 2 yoshga to`ladi hali o`zim bilan uyda.

GIYOS: Qaynaonangiz bilan yashaysiz?

NOZI: Yo`q o`zimiz.

GIYOS: Kasbingiz haqida gapirib bersangiz, qayerlarda o`qigansiz, bitirgansiz?

NOZI: Bitirganman Chorsudagi 82 maktabni keyin Birinchi Toshkent tibbiyot instituti bo`lar edi. Eski TashMini tibbiy pedagogika fakultetini bitirganman.

GIYOS: Nechinchi yillar kirgansiz?

NOZI: 1999 yilda kirganman, 2006 yilda bitirganman. 2006 yili Toshkent tibbiyot Akademiyasining oftalmologiya kafedrasida magistraturasiga kirganman 2009 yil bitirdim.

GIYOS: Hozirda ishlayapsiz yoki ishlamayapsizmi?

NOZI: Hozir dekretdaman.
 
GiyosДата: Воскресенье, 28.08.2011, 04:24 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
GIYOS: Yoshligingizda kim bo`lishni orzu qilgansiz va nega bo`lmagansiz?

NOZI: Man o`zi tarjimonlikka qiziqar edim. Ingliztilga qiziqardim, Inyazga kirmoqchi bo`lganman. 11 sinfimda adam qaytarganla bu fikrimdan. Qaytarmaganla ta`qiqlaganlar. Til bilish kasbmas, til o`rgansa bo`ladi. Odamda hunar bo`lishi kerak digandilar. Shu bilan tibbiyotga kirib kelganman.

GIYOS: Afsuslanmaysizmi?

NOZI: Yo`q afsuslanmayman, o`zi oilamizdagilarni yarmi shifokorla shu shifokorlar izidan ketgin deganlar.

GIYOS: Qanaqa kitoblar o`qiysiz, kimni ijosiga qiziqasiz?

NOZI: Abadiy, badiiy kitoblarga qiziqganman. Eng yaxshi ko`rgan kitobim O`tkir Hoshimovni “Ikki eshik orasi” undan tashqari shu O`tkir Hoshimovni hamma asarlarini o`qiganman. “Nur borki, soya bor”, “Tushda kechgan umrlar” qissalari, romanlarini hammasini o`qiganman. Toxir Malikni ijodlariga qiziqaman keyin Primqul Qodirovni tarixiy asarlaridan, romanlar Boburni “Yulduzli tunlari”, “Avlodlar davomi” o`qiganman. Odil Yoqubovni “Ulug`bek xazinasi”, “Diyonat” ni o`qiganman. Keyin jahon adabiyotidan eng yaxshi ko`rganim Margaret Mitchel «Унесенные ветром», Agata Kristi “Puaro”, Konan Doyl “Sherlok Holms”, Djordj Simenon “Komissar Megre” asarlarini sevib o’qiganman.

ANVAR: Sizga shunaqa imkoniyat bor yillarni orqaga qaytarish, shunda siz aynan nimani orqaga qaytarar ediz. Qaysi xatoingizni yo vaziyatni to`g`irlagan bo`lardiz?

NOZI: Xuddi shunaqa savol manga tushgan edi, man aytganman 1-qizimga homiladorlik paytimda bu 2004 yil edi. Tug`ishimga azgina qolganda qaynonamlar qo`yarga qo`ymay bitta otinnikigaa xomilador ayollarni o`qitish kerak deganlarga borganmiza o`sha yerga. O`qib bo`lib, dam solgandan keyin oxirida man hozir sizni nima tug`ishingizni aytib beraman degandide, bilmayman qanaqa usulda uje eslolmayman siz 2 ta o`g`il tug`asiz, sizni umuman qizingiz bo`lmas ekan, bo`ldi boshqa bolangiz bo`lmas ekan deb aytgan edi. O`sha gapdan tovba qildim, nimagadir bilmayman xudo borligiga ishonaman, to`g`risi xudo xammasiga guvohu no baribir o`sha paytda qanaqadir tushkunlikka tushganman. Voy nimaga mani qizim bo`lmas ekan deb, qizim bo`lishini xoxlaganmande. Xafa bo`lib chiqganman. O`sha payt oyijonimmam aytgandila birdan yuzingiz o`zgarib qoldi qanaqadir xafa bo`lib qoldiz. Xafa bo`lmang qizingiz bo`ladi deganlar. O`sha gapdan keyinmi bilmayman UZI ga tushganimda shu bolamni o`g`il degan edi. Qiz tug`ulgan. Agar qo`limda bo`lganida qaytarardimde o`shanga umumam bormas edim.

GIYOS: Nechanchi yili turmushga chiqgansiz?

NOZI: 2003 yil.

GIYOS: To`yingiz qayerda bo`lgan?

NOZI: Mahallamizdagi to`yxonada.

ANVARBEK: Shu suhbat davomida bitta savol kelib chiqdi, har bitta qiz sir emas to`yidan oldin folbinga boradi shu narsaga qanday qaraysiz?

NOZI: Qarshiman umuman. Folbinlarga umuman ishonmayman ham, o`zim ham bormaganman. Borishni shirk deb bilaman. Hammasi xudoni qo`lida, peshonasida bo`lsa, o`sha qiz turmushga chiqadi. Qolib ketmitdi.Faqat kutish kerak

Shou-biznes
GIYOS: O’zbek shou biznesi haqida fikringiz. Hozirda rivojlanib bormoqdami yoki rivojlanamayaptimi? O’z shahsiy fikringizni etib o’tsangiz.
Hozirgi o’zbek sh-b bir qadam oldinga yursa, 2 qadam orqaga ketyapti. Qo’shiqlar saviyasi umumiy olganda juda past. Alohida honandalar ijodida ildamlash bo’lyapti, lekin 1 kunlik honandalar ko’proq.
GIYOS: Yoqtirgan honandalariz.
O’zbek estradasida yagona tan oladiganim Yulduz Usmonova, bu san’atkor jahon estradasidayam ancha-munchasini orqada qoldiradi. Eshitaman: “Shahzod”ni, Rayhonni, S. Rahimxon, J. Otajonov, Ziyoda, Shahzoda, Manzuralarni.
GIYOS: Chet elnikidan.
A.varum, L.Agutin, V.Meladze, K.Orbakayte, V,Brejneva, Slava, Ivanushki Int., M. Carey, M. Jackson
GIYOS: Kinolarga qanday baho berasiz?
Oxirgi chiqayotgan kinolar umuman qiziqtirmayapti. Lekin “Telba” va “Kechir” yoqadi, yana “Super kelinchak”

FORUMGA OID SAVOLLAR:

GIYOS: Sayyod.uz saytiga kirib kelishingiz?

NOZI: Sayyod.com saytiga bundan taxminan 3 yil oldin birinchi marta kirganman shu paytda uyimda internet yo`q edi. Ukamni kompyuterida ukamni kirib yurganini ko`rar edim, sayyod.com nima sayt ekan bu deb kirib ko`rganman. Bir, ikkita maqolalarni ko`rib, o`qib qiziqib qolganman shu shu kiraman.

GIYOS: Forumga kirib kelishingiz?

NOZI: Forumda kirib kelishim, shu sayyod comni o`qib yurgan paytlarim, mana shu taxminam noyabr, dekabr oylarida bo`lsa kere.10 dekabrda ochilgan ekan. Birinchi maqolalarga kirganimda har birtta maqolani pastida kommentariy turar edi, Giyosni kommentlari turar edi forumga kiringlar forumga kiringlar degan axiyri qani nima ekan, deb kirib ko`rganman. Lekin umuman boshqa saytlarda ham bironta forumga qatnashmagan edim, birinchi marta o`sha yerga kirganman. Hali u paytda mavzular kam edi. Bitta bitta kirib ko`rganman, bitta joyga fan-club a`zolari degan joyda yozganman, qanday a`zo bo`lsa bo`ladi deb, o`sha payt moder Al_Vakil edila manu shu yerda yozib qoldirganingizni o`zi a`zo bo`lgansz deb aytgan. Shunaqa qilib dekabrni 14 yoki 17 mi dekabrmide 17 dekabr ekan ana u kuni kirib qaragan edim. Ro`yhatdan o`tgan ekanman.

GIYOS: Forumni oldingiz va hozirgi yutuq kamchiliklari?

NOZI: Oldingisini yutug`i kirib kelgan paytimdachi bilmadim, hoziram qizu, oldingi payt man uchun yangilik bo`lgani uchunmi, qiziqb kirar edim, kamchiligi ucerlari kam edi hali. Hozirda ucerlar ko`p, mavzular juda ko`payib ketgan. Bir kunda hammasi kirib ulgurolmaysiz. I bekorchilikda juda ham mavzu ko`p. ko`proq nimadir yangilik ijod taraflamadan yangi mavzular ochilsa yaxshi bo`lar edi.

GIYOS: Qanaqa?

NOZI: Ijodiymi qanaqa yangi ilmiy mavzularmi, lekin bu ham forumni yutug`I deb bilaman forumga kirgan odam o`zini qiziqishiga mos mavzuni albatta topadi.

GIYOS: Siz qaysi mavzularni ochgandiz?

NOZI: O`zim ochgan mavzularim, sanamaganman nechta ekanligini hozir eslolmayman. “Ismingiz o`zingizga yoqadimi”, “Ertalabki nonushta”, katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan “Jangmaydoni” keyin “Mo`jizalar maydoni”, ochuvdim, “Aqliy sport”da, “Sirli voqealar”, “Diniy she`rlar”, “Yana chekish haqida”, “My hobby is…”,“Mening hikoyacham” degan mavzularni ochganman. 5 ta bir biriga mos bo`lmagan so`z qoldirib, hikoya tuziladigan. Rus forumida ham mavzularim bor «Афоризмы» va «Вот так любовь» degan.

GIYOS: Shu mavzu ochayotganda o`ziga yarasha har bir qiziq voqae yoki tarixi bormi?

NOZI: Masalan o`zim she`riyatga qiziqganim uchun, “Diniy she`rlar” haqida ochishni o`yganman. Qarasam yoqtirgan she`rim, o`zimiz yozgan she`rlar degan bor edi. Keyin qarasam o`zimda ham diniy she`rlar ko`p ekan, o`zim yozmaganman, o`zi yozishingiz shart emas, har xil smslar, kitoblardan olingan she`rlar ko`p ekan shunaqa diniy she`rlar degan mavzu ochdim. Keyin “Mening hikoyacham” ga keladigan bo`lsak, buni ham tarixi bor. Institutda o`qib yurgan paytimizda psixologiya fani bo`lgan, o`shanda odamni psixologiyasini aniqlashda, dunyoqarashini aniqlashda o`yinga o`xshagan narsa edide. O`qiyuvchi tomonidan 10-15 ta bir-biroviga to`g`ri kelmaydigan so`zlar berilar edi. Hikoya tuzish kerak edi. Juda ham uzun hikoya bo`lar edi shuning uchun 5 ta so`zli qilib qisqartirganman.

GIYOS: Bitta shov-shuvli mavzuingiz bor edi. “Jangmaydoni” degan, bu mavzuni avval ham muhokama qilganmiz endi buni jonli tarzda o`zingizgan so`rasak.

NOZI: Ochish sababi urushqoqligimmas, o`ziz mani ayblaganingiz kabi birovni birov bilan urushini ko`rib mazza qilmayman. Siz ayb qo`ygansiz manga. Prosta boshqa mavzularda ham bir-biroviga har xil gapirib, urushishlar bo`lmasligi uchun. ???? yozganmanu Yaponyada ishxonalarda xo`jayinni maketini qo`yib urishar ekan. Kirib jaxli chiqsa xo`jayini manekenini urib, urib chiqar ekan. Adrenalinni chiqarib olish uchun kerak bo`lgan mavzu edi.

GIYOS: Man bu mavzuda hech narsani sezganim yo`q.?

NOZI: Man boshida shunaqa boshlagan edim. 2 ta mi post yozilgan bo`lsa, yozilgandir.Birdan o`sha payt kak raz Loadni endi ro`yhatdan o`tgan paytlari edi. Birdan yangi bo`lib, hamma mavzularni bosib oldilarde (kuladi) jangmaydonini sudmaydoniga aylantirdilar. Sudga aylanib qolganini o`zim ham bilmayman O`shanda man post ham qoldirganman, nimaga bittagina shou-biznesdan holi mavzu bor edi, shuni ham shou-biznesga aloqador qilib qo`ydingizlar deganimda, javob bo`lmagan shu bilan.

GIYOS: Hazilomuz deb boshlagan biza Fazliddin forumdoshlarni qishiqtirish uchun, a siz keyin hammani qiziqtiruvchi oldindan kelishib olib, rejalashtirib, agentda gaplashib, telefonda gaplashib hazil qilaman deb kelishib olardim ro`l o`ynar edik u yog`iga. Masalan bilganlar bilar edi, bilmaganlar rostakamiga olar edi. Masalan Anvarbek bilan kelishib olgan edik lekin ular oxirigada tutab ketib qoldilar. O`zlaridan o`zlari.

NOZI: Kelishilganga o`xshagni yo`q.

GIYOS: Oxirida tutub keldilarde, undan keyin Shaxloni jaxllari chiqdi.

ANVARBEK: Yo`q yo`q mani jaxlim chiqganini sababi borde.

GIYOS: Xop bu hazil edi

ANVARBEK: Nimalardir deganlar….

GIYOS: Nima sababdan oxirida hazilligini bilib turib jaxliz chiqib ketib qolgansiz?

NOZI: Mani jaxlim chiqqanimi, hazilligini bilib turganman, man eshitganman sababini, hazilni ko`targanman, hammasiga qarshi turib berganman. Manga alam qilgani mani postimni o`zgartirib “MAN AYBDOR MAN DEB” yozib qo`yganiz bo`lgan. Boshqa hech narsadan uncha jaxlim chiqmagan.

ANAVRBEK: Man yoqamni ushlaganman nahotki Giyos deb.

NOZI: Man umuman unaqa narsani yozmagan edim. Man aybdorman deb, g`irromlik bilan yutdim, deb yozgansiz. Lekin aslida man yutganman.

GIYOS: Lekin Qitmir ham sizni shu paytda agentda bo`lganizdan man olib kelganman Nozini egan bunga qanday qaraysiz? Qitmir guvohlab bergan.

NOZI: Man man Qitmir bilan forumda chat bo`limida birinchi marta tanishganman.

GIYOS: Aynan forum chatda tanishganman emas, rol o`ynashi ham mumkin edi ku

NOZI: Lekin man Qitmir aytgan saytni o`sha yerda birinchi marta eshitganman, kirib ham ko`rmaganman. Hozirgi kungacha ham biron marta kirib ko`rmaganman.

GIYOS: Nega unda sizga unaqa deb aytdi? Mani chaqirdi lekin man bu yerda TUSHUNARSIZ GAPLAR

NOZI: Prokurorni mahoratide sotib olingan.

GIYOS: Nimaga oxirgi paytda “Mo’jizalar maydoni” mavzuingiz savollari sust deb o`ylayman.

NOZI: Boshida ko`p qiziq savollar o`yab qo`ygan edim lekin ko`p savollarimga bir pasda javob topilib qovlayti. Ucerlarga ham qo`l keladigan tarafi internetda bo`lgani uchun shartta kiradi poisk beradi savolimga bittada javob berishadi.

GIYOS: Kitobdan qidirsangizchi?

NOZI: Kitobdan qidiryapman lekin, enda hozir uje murakkablashtirishga harakat qilyapman.

GIYOS: Forumda sizga yana qanday mavzular yoqadi? o`zingiz ochgandan tashqari.

NOZI: Manga qiziq mavzu “Rostini aytsam” yoqadi keyin “Kun fikri”ga kiraman. “Tasdiqlangan ma`lumotlar bloki”ga ham kiraman. Do`stim bilan suhbatga kiraman, I muhokamasiga va o`ziga. Ijodistondagi “She`rlarga” ko`p kiraman. Shunday forumni ochishim bilan yangi qoldirilgan postlarni hammasini ochib o`qib chiqaman. Post qoldirsam qoldirmasam hammasini o`qib chiqaman.

GIYOS: “Rostini aytsam”da kimdir savol qoldirgan “Vatan uchun nima qildingiz degan” siz o`sha yerda mani kuldirishga majbur qilgansiz. O’zbekiston aholisi ko’payishiga hissamni qo`shdim deb javob bergansiz? Kutmagan javob, yarim soat telefonimni ko`tarib kulganman

NOZI: To`g`ride…. Hozircha qilolgan ishim shu, tibbiyotda hali biron yangilik yoki ixtiro qilmaganman

GIYOS: Masalan o`ziz davolaganingiz,

NOZI: Hali bunaqa jon bozlik ko`rsatmaganman

GIYOS: Bitta kishiga ham bo`lsa ham yordam ko`rsatmaganmisiz shu paytgacha?

NOZI: Yordam ko`rsatganman. Endi..

GIYOS: Shuni yozsa bo`lardiyu masalan

NOZI: Masalan bizada keladigan og`ir kasallarni hech kimdan so`ramay ko`rmaymiza, professorlarga yo bo`lmasam bo`lim mudirimiza, opitniy duxturlar davolaydide, bizada o`qish amaliyoti o`tayotgan student desa ham bo`ladi magistrlarni unaqa o`gir kasallarni ishonishmaydi. Har doim kelib xranicheskiyda 6 oyda bir marta kelib davolanib ketadiganlarni topshirishadi.

GIYOS: Poliklenikadachi?

NOZI: Poliklenikada ham bunaqa og`ir kasallar murojaat qilmaydi. Shunig uchun hali medisina sohadiga bunaqa jonbozlik ko`rsatmabman.

GIYOS: Ishingizni davom ettirasiz?

NOZI: Albatta 10 yil o`qidimu.

GIYOS: Yer qimirlaganda nima qildizngiz?

NOZI: Agar uchastkada bo`lsang yugurib chiqish oson bo`ladiyu. Domda teparoq etajda bo`lsangiz qattiq yer qimirlayotganda zinaga chiqayotgan bo`lsangzi, xudo ko`rsatmasinu zina tap etib tushib ketsa, o`lishingiz muqarrar. Undan ko`ra nesushiy devorni yoniga turib olib, o`ladigan bo`lsangiz o`sha yerda ham o`las, zinada ham o`lasiz. Kecha masalan man shunday qildim. Shartta bolalarimni olib, o`sha devor tagida turib oldik.

Добавлено (20-Авг-2011, 02:02)
---------------------------------------------
Ucerlarga ta`rif .

GIYOS: Ucerlarni man aytib o`taman. Nickini siz ular yutuq, kamchiligini va o`zingizga bo`lgan qiziq tomonlarni aytib o`tasiz?

GIYOS: 1. Loading, hozir 1 o`ringa chiqib olgan

NOZI: Loadingmi – hayolparast, ko`p gapiradigan, shoir tabiat bola. Yutuqlari shu o`zlarini individualligi ajralib turishlaride boshqalarga o`xshamydigan tomonlari bor. Kamchiliklarimi bir xil paytda ko`p gapirib yuboradilar.

GIYOS: Giyos

NOZI: Giyos – moderator, hali aytib o`tdim, hech kimdan yordamini ayamaydigan, hamma bilan samimiy, odil moderator.

GIYOS: Shahzod

NOZI: Shahzodmi – oldin ko`p kirar edilar hozir odnolassnikiga o`tiribtilar, kam qoldiryaptiar postlar lekin sayyod.comni ashaddiy, sodiq muxlislaridan.

GIYOS: Parvina

NOZI: Parvina - Rayhonni fanatkasi, bundan ortiq ta`rif beraolmayman.

GIYOS: Unet

NOZI: Unet Ibroxim – Bitta farzandlari bor, o`gillari bor Koreada ishlaydilar. Kamchiliklari forumga kirmayotganlari.

GIYOS: Toxaclub

NOZI: Tanimayman desam ha, kim edi u (kuldik rossa) Abu-Sahiyda ishlar ekanlar, Ximyo texnologiya institutida o`qirkanlar shu ma`lumotlarni bilaman.

GIYOS: Zolushka

NOZI: Zolushka – adashim Nozima u kishini ham otlari, Shvetsiyada yashaydilar. Bitta qizlari bor. Qizlarimiz ham adash Muslima oti, ikkilamiz ham Chorsuda kotta bo`lgan biza.

GIYOS: Dilnoza

NOZI: Dilnoza – Surxandaryolik Sayyodni ashaddiy, ashaddiy muxlislari, yutuqlari forumga kirishlari bilan juda ham tez hamma bilan inoq bo`lib ketdilar, anaqa nima deydi tez aktiv bo`ldilarde. Kamchiliklar nimagadir moder Sarvario bilan kelisholmay qolishdi.

GIYOS: Oxirgi postlarini o`qigan bo`lsangiz. Sarvarioni yoshilari mandan kotta ekan qilgan ishlarim uchun uzur so`rayman deb kechirim so`rab yozganlar.

NOZI: Sarvarioni yoshari kotta ekanmi?

GIYOS: Sarvarioni yoshlari kotta, 84 yil ekanliklarini bilib forum chatdami qayerdadir yozib qoldirganman.

NOZI: A man hali o`qimadim.

GIYOS: Smiley

NOZI: Smiley – juda ham quvnoq, hamma bilan kirishib ketadigan. Amerikali fanatka! Oxirgi marta eshitib ham qoldim Jumanjiga shokoladlaryu, kepka padarka yuborgan ekanlar.

GIYOS: Sherzod

NOZI: Sherzod – shu userni uncha yaxshi tanimas edim, intervyudan keyin hurmatim oshdi.

GIYOS: Writer

NOZI: Shaxlo – yosh bo`lishlariga qaramay qanaqir o`zlarigacha yarasha salovatlari bor. Har bitta gaplarini o`ylab- o`ylab, chertib -chertib gapiradilar. Bugun bildim – rahbarlik qondan o’tgan ekan

GIYOS: Madina

NOZI: Madina – erkatoy ucer edilar ular ham kam kiryaptilar, agentda yashayoptilar lekin mani savollarimga javob bermaydilar.

GIYOS: Jasmina

NOZI: Jasmina – Misrda yashar ekanlar. Ular ham mani mahallamda turar ekanlar.

GIYOS: Ko`rganmisiz?

NOZI: Yo`q yo`q forum orqali bilib olganman. Tanishib qolganmiza. Misrda o`qiydilar. Boshida yangi ro`yhatdan o`tgan paytlarida juda ham ko`p kiradilar, aktiv edilar. Hozir o`qishlari ko`payib ketgan bo`lsa kerak. Kamnamolar.

GIYOS: Gulilola

NOZI: Gulilola – asl ismlari Barnomidi. Barno bo`ldi boshqa hech narsa bilmayman.

GIYOS: Al_Vakil

NOZI: Al_Vakil. Vokhid bo`lib kirdilar hozir. Oldingi Al_Vakil bo`lib kirgan paytlari to`rsini aytsam man kirganman ular yo`q bo`lib qolganlar. Uzoq payt tanish bo`lmaganman. Hozirgi Vokhid aktiv bo`lyaptilar, o`zlarini ko`rsatayaptilar. Eski zapretdagi temalarni boshqatdan yangilab ochayaptilar. Lekin azgina g`irromliklari bor ekan. Ana u “Qizlar yigitlarga qarshi” da biza ikki marta yutdik qizlar lekin shunga qaramasdan yana bugun ertalab kirsam, bolla ketma-ket yana boshqatdan yozib qo`yishibti shu temani ochib

GIYOS: Anvarshox

NOZI: Anvarshox – faqat Navoiylik ekanliklarini bilaman I dj_diza bilan o`rtoqliklarini ham bilaman.

GIYOS: Miss_Ziyoshechkabonu

NOZI: Miss_Ziyoshechkabonu – uncha ko`p ma`lumotga ega emasman.

GIYOS: Navro`z

NOZI: Navro`z – faqat chizgan rasmlarni bilaman.

GIYOS: Mr_Online

NOZI: Ilxom – matematik.

GIYOS: Sabrina

NOZI: Sabrina – uncha tanish emasman. Arazlab ketganlaridan keyin qaytib kelganlarini bilaman.

GIYOS: Miss

NOZI: Miss – ularni ham yaxshi tanimayman. Xafa bo`lishmasinu uncha tanimayman.

GIYOS: Venena_89

NOZI: Charos – Sergilida turadilar, tibbiyot sohasida Yunusobad poliklenikasida ishlaydilar.

GIYOS: Baxodir yangi ucer.

NOZI: Baxodir bilan endi muloqotlashamiz.

GIYOS: Admiral

NOZI: Admiral – ooo lekin biza bu bolani tushunmadik, hammamiz birdaniga tashlandik o`shangami. Balki yaxshi gaplashsak yaxshi gaplashar edi. To`g`ri boshida qitmirchilik qildiyu lekin uni Bek_moderator gaplaridan keyin uni gaplari holva bo`lib qoldi.

GIYOS: Qitmir

NOZI: Qitmir – Samarqandlik ekanliklarini bilaman.

GIYOS: Loloshechka
NOZI: Loloshechka – otlari Gulfina ekan, ichimizda eng yosh ucer bo`lsalar kerak manimcha.

GIYOS: Nodira_M

NOZI: Nodira_M – bankda ishlaydi. Odnoklassnikida gaplashib turamiz.

GIYOS: Anvarbek

NOZI: Anvarbek – oo Anvarbek hurmat qilaman juda ham og`ir, bosiq, gaplarni o`ylab gapiradigan, aqlli ucerla.

Ledy – juda aqlli, dunyoqarashlari keng qiz.
Abdou-uz – yaxshi tanimayman
Askar – forumga o’zgacha imidj bilan kirib keldila, lekin tanlagan imidjlari agressiv.
Dj-diza – avtodorda o’qirkanlar, yana qo’shiqlar ham ijro etib turarkanlar
Super girl – ularam Shvetsiyada ekanliklarini bilaman. Nimagadur anchadan beri kirmaydilar.
Virus_uz – ular ham tibbiyot sohasida faoliyat yuritadilar, hamshira. Ismlari Zarina. Lekin oxirgi payt kirmayaptilar
Sarvario – eng strogiy moder, mavzular chatga aylanmasligini qattiq nazorat qiladi

GIYOS: Parvinani savollari:
- Agar sizda imkoniyat bo`lganida yetim bolalar uchun nimalar qilgan bo`lar edingiz?

NOZI: Yetim bolla uchunmi? Imkon bo`lganida agar shu narsa haqiqatdan qo`limdan kelsa o`shalarni yetim bo`lmasligiga yordam bergan bo`lar edim. Ota-onasi shu yetimlikka olib kelmasligi uchun shu yo`ldan qaytargan bo`lar edim. Lekin bu narsa mani qo`limda emas.

- Bog`da o`sib turgan gullarni uzib tashlaydigan odamlarga qanday qaraysiz?

NOZI: O`sib turgan gul bo`lsa uzib tashlashadide. (kuladi) qanaqa qarayman oddiy.

GIYOS: Yosh ucerlarga tilaklaringiz?

NOZI: Yosh ucerlarga deb nima demoqchisiz endi, qarib qoldiz demoqchimisiz?

GIYOS: Yangi kelganlarga maslahatingiz?

NOZI:Yangi kelganlargami maslahatim shu faol bo`linglar, hamma bilan kirishib ketinglar.

GIYOS: Forumdoshlarha tilaklaringiz?

NOZI: Hammamiz ahl bo`laylik! Tez-tez uchrashib turaylik, man ham qatoringlarda kelib turay.

ANVARBEK: Mani har doimgi savolim. Shu paytgacha forumdami yo agentdami aytaolmagan so`zlaringiz bo`lsa, fan-clubdagi ucerlarga shu tanqidmi yo so`zingizmi bo`lsa sizga imkoniyat.

NOZI: Unaqa so`zim yo`q. Tanqid, fikr unaqa. Jang maydoni bilan bog`liq nohaqlik bor edi. Shu mani postim o`zgartirildi.

GIYOS: Kechirim so`rayman. U hazil mavzu edi))) Agentda ham o’zizga etganman))))

GIYOS: Ucerlardan kelgan eng qiziq savol?

NOZI: Armon to`g`risidagi savol. Nodira_M dan kelgan savol edi,adashmasam.

GIYOS: Tabriklayman.

Yana bir narsa. Suhbat tugashi bilan NOZI ketib qoldilar. Impro Tk ga tayyorlanish bo'layotgani uchun Sayyod ham usha yerda edi. Userlardan kelgan savollar qog'ozga chiqarilgan edi. Sayyod usha savollarga hazilomus qilib javob berdilar. Usha kuni keganlar ko'rishdi. Kulgudan man dumalab qoldim)))). Javoblar har doimgidek orginal bo'ldi. Hazilmisan hazil bo'ldi))))) Kemaganlar eshitmay qoldi.))

Suhbatni Parvina ko'chirdilar.
Rasmlarni Anvarbek qo'yadilar.
 
GiyosДата: Воскресенье, 28.08.2011, 04:25 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline


 
SokinaДата: Четверг, 21.06.2012, 01:23 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Nozima opam Forumdagi havas qilib yaxwi köradigan opalarimdan biri.Didlarimiz köp hollarda bir xil ekaniga guvoh bölganman.Aql bilan iw yuritiwlari yoqadi.Ochgan mavzularidan Mening hikoyacham,Ertalabki nonuta,Qörqoqmasmanu...,Ona tilim...Möjizalar maydoni yoqadi.Ziyoli,tarbiyali ibratli oilada tarbiya olganliklari bilinib turadi.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Giyos/FORUM » ERKIN MAVZU » Do'stim bilan suhbat (DBS) » DBS 6 NOZI
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter