Суббота, 18.05.2024, 14:02
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Omonat ko'prik (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Omonat ko'prik (Sokina yozgan hikoya) (Hayotiy hikoya)
Omonat ko'prik (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Среда, 20.06.2012, 18:54 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Bu hikoyani yoziw fikri hozirgina paydo böldi.G'oya dolzarb.Asos esa ewitgan voqeamdan ta'sirlanib,inson taqdiridagi turfa chalkawliklarga yechim izlaw bahonasida Allohning haq-hidoyat yöli eng afzal va iwonchli yöl ekanini yaqqol körsatiwdir.Maqsadim, chet ellarga tirikchilik tawviwi bilan ketayotgan har qanday kiwi dini,millati,qarawlari,va hakoza hayotiy könikmalaridan voz kechiwi mumkin emasligini baholi qudrat yetkazib beriw,inwaAlloh.

Добавлено (11.06.2012, 09:33)
---------------------------------------------
Qiwloq köchalari suv quygandek jimjit,atrofda hech zog' körinmaydi.Göyo,hamma qayoqqadir köchib ketgandek.Aslida bu paytda hovli ichkarisida iw qizg'in böladi...Akrom qadamini bir-bir bosib köchaning örtasidan öychan qiyofada yurib borayapti...Akrom kollejni tamomladiyu,öqigan kasbiga loyiq iw topilmadi.Biroz vaqt döstlari bilan poytaxtga borib mardikorchilik qildi.Katta wahar "nayrang"lari har köylarga solmasin,rizqini amallab halol topib yeyiwga harakat qilardi...Bir boy kiwining ya'ni,öziga haddan ziyoda töq odamning xonadonida,naq olti oy ter tökib halol iwladi.Boy noinsof ekan,iwi bitgach:-mana qancha yeb-ichding hisobladim hammasini,qilgan iwingdan ortib ketibdi,deya munofiqlik qildi.Yana kamiga bezbetlarcha: -Agar "ging",desang melisa chaqirib bervoraman,-deb qörqoq oldin muwt kötarar qildi.Akrom esa uning vijdonsizligidan dili qattiq ranjidi.Ammo,boyning közlariga tik boqqancha:- Lavzim halol bölsin,haqqingizga rozi böling,-deya ich-ichidan alami kelib indamay uydan chiqib ketdi.U pastkawga teng bölgisi kelmadi.Yigitning moli yölida böladi,rizqni faqat Alloh beradi,deya buvisi köp aytguvchi edi.Hozir ham buvisining öwa gaplari miyasiga keldiyu,biroz tinchlangandek böldi.Lavzini pulga almawtirib yuborgan boy esa,iw oson köchganidan quvonib qornini silkitib,qilgan iwidan mazza qilganday yoyilib kuldi.Göyo,Akromning boplab adabini berdi.Iw bowlayotganda Akromga bergan qop-qop va'dalari havoyi-nafsiga qoriwib lavzini xaromga bulg'ancha, Lavhul Mahfuzga uchib ketdi.

Добавлено (11.06.2012, 11:17)
---------------------------------------------
Akrom boyning uyidan chiqib,töppa-tög'ri oliygohda öqiygigan eng yaqin döstining yotoqxonasiga bordi.Döstidan yöl kira olib qiwloqqa qaytib ketmoqchi edi.Ammo,dösti Olimda ham uncha pul yöq,chog'roq dasturxon yozib arang mehmon qiliwga qurbi yetdi,xolos.

Добавлено (11.06.2012, 17:20)
---------------------------------------------
Akrom özining bu ahvolda döstining yoniga kelganiga ori keldi.Tuzukroq ust-bowiyam yöq yana law-luwlari bilan bu yoqqa keliwi Olimni ham noqulay ahvolga solib qöyiwini avvalroq öylab körmagani uchun özidan norozi bölib ketdi.Keyin,men bora qolay,deya Olim bilan xayrlawib chiqib ketdi.O'zini wundan bowqa chorasi qolmagandek his qildi.Olim, buguncha qolsang bölardi,jöra birgalawib iw topardik deya gapirganicha qolaverdi.Olim ham döstiga yordam berolmaganidan dilida bir kemtik paydo böldi.Akrom Olimning yonidan chiqqanda,wahar uyqudan allaqachon uyg'ongan.Hamma iwga ,öqiwga wowardi.Waharda özi wu ahvol,vaqt yetiwmaydi odamlarga ,wowgani wowgan.Akrom nima qilarini bilmay,bekatdagi örindiqlarning biriga ötirdi.Tinimsiz qatnov davom etayotgan serwovqin katta köchada özini yolg'iz his qildi.Miyasida savollar g'ujg'on öynardi.Tongdan beri bölib ötgan voqealarni birma-bir esladi.Lafzi xarom boyning bawarasini,uning gapirgan gaplarini eslab,miyasi qaynab ketgandek böldi.Beixtiyor qöllarini qattiq muwt qilib tugib,ehh,deya örindiqqa jahl bilan urganini özi bilmay qoldi. Bekatda tik turgancha,boyadan beri telefonda kim bilandir qiqirlab gaplawayotgan qiz chöchib tuwdi.Undan sal narida ötirgan ikki ayol bir-biriga qarab,lab buriwib qöydi.O'zining qilgan qilig'ini anglolmay turgan Akrom, ularning harakatlarini körib,közlariga dunyo tor bölib körinib ketdi.Namuncha,bular bag'ritow böliwmasa,men tengi farzandlari bordir?!Ular ham jahl qiliwar?!Göyo fariwtadek tutiwinichi özlarini,jag'i jag'iga tegmay qarg'iwlarni qatorlawtirib tawlayotganda turqi qanday ahvolda köriniwini biliwarmikan?!Bularning bari bir gör,bew barmog'ini og'ziga tiqib halolmi,xarommi farqi yöq,nafsi hakalak otib pul topsa böldi.Xudoni tan olmaydiganlari bor hatto.Bir-birining közini öyib oliwgayam tayyor.Ust-bowga qarab muomula qiliwadi,hozir agar yasanib olgan bölganimda mendan hol-ahvol söragan böliwardi,deya yana orlanib ketdi.Akrom bitta noinsofga duch kelib, achchiq ustida,jahl otiga minib wunday öylayotgani tabiy hol edi, albatta.Axir,olti oylik mehnatini bir tiyinga olmadiya!Yow bowiga bu öylar og'irlik qilardi. Hayriyat,avtobusi kelib haligi ikki ayol turib ketiwdi.Akrom ötirgan joyida engawgancha kaftlari orasiga bowini qisib,ming bir öy bilan ötirardi.Qanday bölmasin yöl kira topib,qiwlog'iga qaytiwi kerak.Bölmasa bu katta waharda uning halolligiyu,qora mehnati bir tiyinga qimmat.Xuddi,wu öylar bilan ötirganda,bowi aralaw yelkasidan kimdir silaganday böldi.Löqillab og'riyotgan bowini og'ir kötarib qaradi,yonida bir keksaroq ayol nabirasining qölidan tutgancha unga xavotir aralaw boqib turardi.

Добавлено (11.06.2012, 21:37)
---------------------------------------------
Ayol sekin uning yoniga ötirdi.Akromning salom beriw xayoliga kelib,deyarli ming'irlab ,assalomu alaykum, dedi.Ayol alik olib undan hol-ahvol söradi.Wukur,deb qöydi Akrom.-Tobingiz qochdimi,bolam,deya mehribonlik ohangida söradi.-Yöq,yaxwiman ,xola.-Hayotning og'ir sinovlari köp,aylanay ammo noumid wayton,bandasi doimo umidvor bölib yawaw kerak,deya ayol öziga gapirgandek gapirdi.Uning bu gaplari Akromga buvisini eslatdi,buvisi wunaqa ohangda salmoqlab gapirardi.Dili biroz yoriwib: Buvimga öxwab ketarkansiz,xola,deya ayolning yuziga bir qarab qöydi.Yuzlaridan nur yog'ilib turgan bu ayolning tawqi qiyofasi ham buvisiga biroz öxwab ketarkan.Aylanay,onayu-buvilarning hammasi bir-biriga öxwaydi,deya jilmayib yana gapida davom etdi: bu bow nimalarni körmadi,bolam.Tirik jon hammasiga chidarkan-da,qarang mana endi bag'rim tölib,nevara boqiiib ötiribman,-deb gapini tugatdi.Wu payt avtobus kelib töxtadi,nevarasini yetaklab borib,konduktorga tayinlab avtobusga chiqarib yubordi.O'zi Akromning yoniga kelib: yuring,bolam mehmonimiz böling,köchada bu ahvolda ötirmang,yaxwi bor,yomon bor,-deya kuyunib gapirib Akromning bowini silab qöydi.Akrom kutilmagan bu taklifdan biroz esankirab öylanib turdi: qanday bölarkan,xolajon,-deya xijolat böldi.-Buvimga öxwaysiz dedingiz,demak buvingizman,qantday böladida,yuraqoling,deya Akromni tezlatdi.Akrom ayolning samimiy muomulasidan köngli tog'day kötarildi.O'rnidan turib,sumkasini yelkasiga ildiyu,ayol bilan yonma-yon yurib ketdi.Nari borsa 5-10 minut yöl yurib,katta oq darvozali uyga buriliwdi.Qani,ichkariga,deya ayol avval özi darvoza hatlab uyga kirdi.Akrom ham izma-iz uning orqasidan uyga kirdi.Ayol,Malikaxon,mehmon keldi,deb kimnidir chaqirdi va Akromni ayvondagi stol-stullar tomon bowladi.Ichkaridan tölachadan kelgan ayol chiqib keldi,Akromga qarab bir pas kim ekan?,degan ma'noda anqayib qarab turdiyu,söng kelib salomlawdi.Bu ayol Malikaxon edi,u wu xonadonning kelini.Qaynonasi Xosiyat xolaga qarab,kum bu? degandek savol nazari bilan qaradi.Kelinining bu qilig'idan achchig'i chiqqan Xosiyat xola,kelin mehmonga choy-non qilmaysizmi,deya Malikaxonga tez böl,degandek imo qildi.Malikaxon owxonaga kirgandan keyin ham derazadan Akromga rosa tiklab qaradi.Yöq,taniwlaridan hech kimga öxwatmadi.Oyim qayoqdan bowlab keldi bu mardikorni,deya qowlarini chimirib ijirg'andi.Choy qöyvorib patnosga meva-chevalardan joyladi.Kecha onasi olib kelgan qimmatbaho konfetdan qöyiw niyati bölmadiyu ammo,qaynonasi yana dakki berib qoliwidan chöchib,undan ham chiroyli idiwga joyladi.Xosiyat xola rostdanam wunaqa fe'li bor,mehmon kelganda uyda nima yegulik bor bölsa,baholi qudrat hammasidan stolga qöyiwni buyuradi.Mehmon kelar ewikdan,rizqi kelar tewikdan,köpam siqilmang,kelin Xudo qaqwatib qöymasin,tag'in-deya ayamasdan tanbeh beraveradi.

Добавлено (17.06.2012, 13:37)
---------------------------------------------
Malikaxon tezda noz-ne'matlar bilan stol ustini töldirdi .O'zi esa yana uyga kirib ketdi.Endi u Akromning kimligiga unchalik ham qiziqmayotgandi,qaynonasi mehmon bilan chalg'ib turganda,uyqusini chala qolgan davomidan davom ettirsa bas...

Добавлено (17.06.2012, 13:41)
---------------------------------------------
Malikaxon tezda noz-ne'matlar bilan stol ustini töldirdi .O'zi esa yana uyga kirib ketdi.Endi u Akromning kimligiga unchalik ham qiziqmayotgandi,qaynonasi mehmon bilan chalg'ib turganda,uyqusini chala qolgan joyidan davom ettirsa bas...

Добавлено (18.06.2012, 15:35)
---------------------------------------------
Xosiyat xola Akromdan sodir bölgan voqeani ewitib,-körmaganni körgani qursin.Undaylarning asli palagi toza bölmaydi,deya Akromga dalda berdi.

Добавлено (18.06.2012, 15:52)
---------------------------------------------
Akrom buvisiga öxwatib unga iwonib,uyigacha kelgan Xosiyat xolaning gapirgan gaplaridan özicha xulosa qilib,yana tinchlangandek böldi.Xosiyat xola unga,bolam agar iwlayman desangiz Rossiyaga boring,öwa yoqda köp pul topsa böladi,mana mening öglim,Sobirjon akangiz ham öwa yöqda iwlayapti,deya ta'kidlab ötdi.Akromga bu gap xuwxabardek tuyuldi.-Xolajon,sizni menga Xudoning özi yubordi,bajonidil borib iwlayman.Iwdan umuman qochmayman,faqat halol haqqimni beriwsa böldi,deb Xosiyat xolaga umidvor qarab turdi...Xullas,Xosiyat xola ögli Sobirjonga qöng'iroq qilib aytadigan böldi.Agar rozi bölsa, kutib olib biror iw va turar joy topib beriwga yordamlawadi.Ungacha Akrom wu yerda vaqtincha yawab,yöl kiraga pul yig'iwiga rozi böldi.

Добавлено (19.06.2012, 17:32)
---------------------------------------------
Tuwga yaqin Xosiyat xolaning nevarasi Salimjon ham maktabdan keldi.Malikaxon noz uyquda yotganda,qaynonasi ovqat piwirdi,u Akromning yonida keliniga dakki bergisi kelmadi.Akrom mehnatkaw yigit emasmi,ekin-tekinlarni sug'orib,begona ötlardan tozalab tawladi.Anchadan buyon holi bölmay ekinlarga qarolmagan Xosiyat xolaning bahri dili ochilib,ichida :"qöli gul yigit ekan",deb öylab qöydi...Tuwlikdan söng Akrom iw izlab köchaga chiqiw niyatini aytganda Xosiyat xola- avval qöwnilardan sörab boqaylik-chi,deya darvozadan chiqib ketdi.Chamasi,10-15 minutlardan söng,niyat xolisda,örgilay Karimboy qöwnimizda iw bor ekan,özi xöp diyonatli odam keliwsa böladi,deya gapirganicha kirib keldi.

Добавлено (20.06.2012, 12:06)
---------------------------------------------
Akrom vaqtni chözmay Xosiyat xola bilan qöwni Karimboynikiga ötdi.Karimboy oq quvadan kelgan,soch-soqoliga oq oralagan kiwi ekan.Akrom unga qarab hayron qoldi qayeridir uning haqqini yeb ketgan "yangi" boyga öxwab ketarkan.Ichida,tavba deb qöydiyu,ammo sirtidan sir boy bermadi.Karimboy unga qilinadigan iwlarni körsatdi,narxini ikkalasi keliwib savdolawiwdi.Akrom Karimboyga sinovchan qarab,lafz halol,dedi.Karimboy yow yigitning bunday ohangda gapirganidan andak ta'sirlandiyu,u ham lafz halol deb qöydi.Sutdan og'zi kuygan qatiqniyam puflab icharkan,Akrom wunday bölsada,Karimboynikida iwlawga qaror qilgandi.Iw kiyimlarini kiyib,iwni bowlab yubordi.Jismoniy mehnatda muskuli piwgan chayir yigit emasmi,bir zumda iwi una bowlaganini körgan Karimboy ham,qiwloq bolasi piwiq böladi.Agar könglimdagidan ham ziyoda qilib bersa,qöwimcha haq beraman ,deb niyat qilib qöydi...Akrom tezroq iwni bitkazib yöl kiraga pul jamg'arsayu,safarga otlansa.U tinimsiz iwlardi.Karimboy yordamchi kerakmi?,deb söraganda ham,rad etib,yakka özi iwlayverdi...Uning otasi ham qöli gul usta edi.Bolaligidan bu hunarning nonini yeb katta bölgan...Uzog'i bilan bir haftada iwni bitkazib qöldan chiqardi.Iwni yakunlagan kuni negadir Karimboy uyga kelmadi.Karimboyning ög'li,adamlar srochniy komandirovkaga ketdilar,deb gapni qisqa qildi.Akrom uning gapini ewitib,tarvuzi qöltig'idan tuwib ketdi.Yana chuv tuwdi,chamasi...Hech nima demay,horg'in kayfiyatda Xosiyat xolanikiga chiqib keldi.Xosiyat xola,uning pariwonligini charchoqqa yöyib,kel bolam bir piyola choy ich,deya choy suzib berdi.Akromning xomuw ötiriwidan nimadir sodir bölganini sezgan Xosiyat xola tasalli uchun,qiwlog'ingni sog'indingmi?-,deb söradi.Akrom ham nima deyiwini bilmay,quruqqina qilib,ha,deya bow irg'ab qöydi.Bir pas ötirib ,söng joyiga borib chözildi.Ammo,öylagan öylaridan uyqusi ham qochib ketdi...

Добавлено (20.06.2012, 14:18)
---------------------------------------------
Agar Karimboy ham uning haqqini bermasa qanday yöl tutadi? Xosiyat xola uni hadeb maqtayveradi,balki rostdanam qöwnilari uchun yaxwi odamdir.Balki,Xosiyat xoladadir hamma gap? Nega unga bunaqa muomula qiliwayapti,qayerda xato qildi ekan? Balki,bu ham buvisi aytgandek taqdirning bir sinovidir?...Akrom wu öylar bilan qancha yotganini bilmaydi,bir payt hovlidagi baqir-chaqirdan sergak tortib ildam joyidan turib tawqariga chiqdi.Ayvonda Xosiyat xola,kelini Malikaxon,bir rus ayol va örta yowlardagi ozg'in bir erkak kiwi baqir-chaqir qiliwardi.Haligi erkak bökib ichib olgancha,kimnidir böralab sökardi.Akrom tezda ularning yoniga borib,Xosiyat xolaga savol nazari bilan qaradi.Xosiyat xola yig'idan qizargan közlarini undan olib qochdi.Haligi kiwi negadir Akromga tösatdan tawlanib qoldi,uning kimligini tuwunib ham yetmagan yigit uchun bu hamla kutilmagan tarzda bölgani uchun chap beriwga ulgurmadi.Ammo,keyin boplab ikki muwt tuwurib,yerga qulatib tawladi.Xosiyat xola,voy bolam degancha uni turg'iziwga urinayotganda,bu kiwi Xosiyat xolaning ögli ekanku,degan fikr miyasiga birdan kelib,joyidan turg'azib stulga ötirg'izib qöydi.Wundagina nariroqda turgan 2ta katta chemodanga közi tuwdi.Bu kiwi tag'in Sobirjon aka bölmasin,degan öy xayolidan ötdi.Keyin indamay borib stulga ötirgancha g'öldirab sökinayotgan haligi kiwini qopga öxwatib yelkasiga kötarvolib,uyga kirgizib yotqizib chiqdi.Boyadan beri tinimsiz sigaret chekayotgan rus ayolga bir nazar tawladi-yu,ijirg'anib xonasiga kirib ketdi...Uning nimalar sodir bölayotganiga öylagan sayin aqli yetmayotgandi...

Добавлено (20.06.2012, 14:49)
---------------------------------------------
Ertasiga hammasi ayon böldi...Xosiyat xolaning ögli Sobirjon Rossiyada iwlab pul topaman,deya ketganicha mana endi bu ahvolda kirib keliwi ekan.Kelini Malikaxonning aytiwicha,eri har zamonda ozgina pul yuborar,u ham bölsa aqalli bolasining kiyim-kechagiga ham yetmas ekan. Lekin,gohida qöng'iroq qilib,onasi va xotiniga,agar örnimga tezroq odam yubormasalaring,mensiz qolasizlar,deb telefonda ödag'aylab qolar ekan.Xosiyat xola noiloj ahvolda qolib köziga zör berar,alamidan keliniga,sen pul top,deb qöymaganing uchun ketdi,deya baqirib qolarkan.Malikaxon esa hammasini ichiga yutib,unutiw uchun faqat uyquga zör berar,özini wu bilan ovutib yurarkan.Malika wu gaplarni yig'lab-yig'lab hikoya qilib berarkan ,Akromga ayanchli qarab: sen qiwlog'ingga qaytib ket.Qaynonam seni ög'lining örniga yubormoqchi edi,yaxwiyamki baxtingga bu dayusning özi kirib keldi.Kördingmi,bir xaromniyam yetaklab kelganini,deya alam bilan hiqillab qöydi.Akrom uning gaplaridan muzlab ketdi,iwoniwiniyam iwonmasliginiyam bilmasdan karaxt ahvolda bir zum qotib turdiyu,söng tez yurib köchaga chiqib ketdi...Xosiyat xola bekatda Akromga duch kelganda da'fatan rostdanam uning ahvoliga rahmi kelgandi.Uyga bowlab kelgandan söng,uning noiloj ahvolda qolganidan özicha bolasi uchun yaxwi maqsadda Akromdan foydalaniwni reja qilib qöygandi.Akromni kuzatib,qölida hunari bor tog'ni ursa talqon qilgudek kuchi bor yigit ekan.Borib Sobirjonning örniga iwlab qarzini uzib bergach,özining yölini topib ketar ,degan umidda Akromga qöwnisinikidan iw topib,vaqtincha yawaw uchun uyidan xona ajratib bergandi.

Добавлено (20.06.2012, 15:45)
---------------------------------------------
Akrom wu ketganicha yöl yoqalab yayov yurib ketaverdi.Qayoqqa ketayotganini özi ham bilmasdi.Qanchadir masofani wu taxlit bosib ötib bir xiyobonga kelib qoldi.U bir chetdagi örindiqqa borib ötirgancha,öyga toldi.Nega men,aybim nima axir? Eh,Xosiyat xola men sizga buvijonimga iwongandek iwongandimku,nimalar qildingiz?!Nega aldadingiz?O'glim xarob bölib alkaw bölib qolgan wuni topib olib kel,deganingizda aytganingizni qilaqdimku?! Bir marta yegan non-tuzim haqqi bajarardimku!Wuning uchun kecha közingizni olib qochgan ekansizda?!...U xayolan Xosiyat xolasi bilan gaplawar ,ketma-ket kelayotgan taqdirning nayrangli sinovlaridan miyasi qaqwab,bowi og'irlawib ketgandi...Wu alfozda uzoq ötirdi.Bowini kötarib tabiy manzaraga chalg'imoqchi bölar,ammo nigohi qayoqqa qadalsayam nohuw manzaraga duch kelardi.Atrofdagi yigit-qizlarning juft-juft bölib behayolarcha qiliwayotgan qiliqlariga toqat qilolmay oxiri örnidan turib ketdi.Qaysi yöldan kelgani yodidan chiqib ketgan.Taxmin qilib yölga tuwib ketaverdi.Xayoliga buvisi xirgoyi qiladigan qöwiq misralari keldi:köchalar,köchalar oydin köchalar...Eh,köchalar, deya vujudida allaqanday kuch paydo bölganini his qildi.Buvisining,sabr va wukr haqidagi rivoyatini eslab: albatta,hammasi yaxwi böladi.Rizqni Alloh beradi,deya tölqinlanib öziga gapirdi.Yonidan ötib ketayotgan odam unga qarab: labbay?,dedi.Akrom haligi kiwiga jiddiy qarab,qat'iy ohangda: rizqni faqat Alloh beradi!,dedi.U kiwi Akrom haqida nima deb öylagani bizga qorong'u.Ammo,albatta,albatta,deya qadamini tezlatib ketganidan nimanidir tuwunsak böladi...Akrom wom payti Xosiyat xolaning uyiga kirib bordi.Ayvonda Xosiyat xola va Sobirjon bip-binoyi suhbatlawib ötiriwibdi.Akromni körib,Sobirjonning chehrasi ochilib,kel,bratiwka,nu kak jizn,deb chala özbekcha gapirib hol söradi.Uning gaririwidan jahli chiqqan Akrom,assalomu alaykum. Alhamdulilloh.Xudoga wukr,deya dona-dona javob berdi.Sobirjon baland ovozda öwqirdi: hey,jena davay vodku prinesi,bratiwkam priwél,wu uchun ichamiz",deya tuturuqsiz taltaygancha iljayib qöydi.Xosiyat xola,bir nuqtaga termulgancha xomuw ötirardi.Akrom uning ahvoliga chin dildan rahmi kelib ketdi.Köziga buvisining mung'ayib ötirgani körinib ketgandek böldi.Malikaxonning qovog'idan qor yog'ilardi.Stolga "taq" etkazib choynakni qöyib ketdi.Har kuni Akromga erkalik qiladigan Salimjondan ham bugun darak yöq.Oraga chökkan jimlikni yana Sobirjon buzdi,eyy bratiwka mamuliyam san haqinda aytib berdila,boru san mujjjik bolaykansan.Ne day box(g) manga bir nassa böganda vabwe qaytmasdim,deya xristiyanchasiga chöqinib yana gapida davom etdi,hozir mamamni nebesadan tomowa qilib ötirardim",deb hiringlab qoqsuyak yelkalarini quniwtirib beöxwov kuldi.

Добавлено (20.06.2012, 16:24)
---------------------------------------------
Xristianlardek chöqinganini körgan Akromning jahli chiqib ketganini börtib ketgan tomirlaridan ham bilsa bölardi.U bu yerda ortiq bir daqiqa ham qolgisi kelmadi.Sekin fotiha öqib joyidan turdiyu,ichkaridan sumkasini olib chiqdi.Xosiyat xoladan bergan tuzingiz,joyingiz uchun rozi böling,xolajon.Mana öglingiz eson-omon bag'ringizga keldi,endi men keta qolay,deya rozilik söradi.Rozilik söragan odamga albatta rozilik beriw kerak,hatto ichidan qirindi ötib ketayotgan bölsa ham! Kitobida wunday yozilgan! Xosiyat xola vijdon azobida qolgandi,wu murtad ögli uchun birovning gulday farzandini musofir yurtlarda zöriqtirib qöymoqchi böldi-ya.Yana bu sodda dil bolaginaning rozilik sörawini-chi? Tuzingiz dedimi,axir birinchi kun tuwlikda yegan ovqatidan bowqa tuz ham totmagandiku,bu bola faqir.Qani endi yonimda ötirgan mana bu murtad bola bölmasaydi-yu,farzand qilib yonimga olib qolsam.,deya öyga chömib bir zum jim turgach,Akromning unga qarab turganini payqab közlarida yow bilan,- roziman bolam,mingdan ming roziman.Faqat sen mendan rozi bölsang böldi,aslida sen emas men sendan rozilik sörawim kerak edi,deya yig'lab yubordi.Xosiyat xolani biroz yupatgach,xayrlawib chiqib ketdi.U köchaga chiqib ketgandan biroz ötib,ortidan yugurib chiqqan Xosiyat xola uni topolmagach özini qarg'ancha:eh,ahmoq xotin, birovning bolasini kechasi qaysi kallang bilan chiqarib yubording.Niyating özingga urdi,Xudo qarg'adi seni,bölmasa bolang dayus murtad bölarmidi?,-deya qattiq iztirobga tuwib behuw ayvonga yiqilib jon taslim qildi.Uydagilari hamma uyquda,mayyitni ertalab kelini Malikaxon körib jon-poni chiqib ketdi.Tezda Sobirjonni uygotib chiqdi,u gandiraklab onasining yoniga yurib keldiyu,közlari bejo bölib chöqinib qöydi...Mahalla-kuy Xosiyat xolani dafn qiliwdi.Bir chekkada gujanak bölib ötirvolgan Sobirjonning murtadligini kimdir payqab qolib uni uydan quvib soliwdi.Mayyitni qabristonga olib ketiwayotgan olomon orasida Akrom ham bor edi.U tobutning bir chetini hech kimga bermay qabrigacha kötarib bordi...

Добавлено (20.06.2012, 17:00)
---------------------------------------------
Akrom bu xonadonda ortiq bir daqiqa ham qoliw kerakmasligini anglab yetib,Xosiyat xoladan rozilik sörab,xayrlawib chiqib ketgandan söng Karimboy akanikiga bordi.Darvozadan ög'li chiqib,- bugun sizni izlab boruvdim yöq ekansiz.Hozir adamlar ofisga ketganlar.Xohlasangiz telefon raqamini beraman,dedi.Akrom ,-yaxwisi özing sörab körchi,haqqimni qachon berarkan,agar ofisga boriw kerak bölsa boraman.Menga pul juda zarur,-deya javob kutib turdi.Bir pasdan keyin bola ofisning manzilini olib chiqib berdi.Ofis manzili u bugun kunduzi piyoda ötgan köchada ekan.Qaytguncha köcha nomlarini öqiganida yodida qolgan edi.Akrom bu ham bir omad, deb qöydi.Qadamini tezlatib amallab ofisni ham topdi.Borib ewik yonidagi qorovul bilan salomlawgach,unga,-Karimboy aka meni kutayapti,dedi.Qorovul istehzoli kulib: hozirda,janobi oliylari bir pas kutib turaolasizmi,deya telefonda kim bilandir gaplawdi.Söng,samimiy ohangda,kiravering deb qavati va xonani aytdi.Akrom zinadan kötarilayotganda uning haqqini yeb ketgan boy uni körib qoldi.Ranglari özgarib gap bowladi: -ha,yigit yöl bölsin ,qayoqqa? Da'fatan unga etibor bermagan Akrom,Karimboy dedi-yu,gapi og'zida chala qoldi.Röparasida bundan bir hafta oldin,uning dilini og'ritib uyidan chiqarib yuborgan, haqqidan bir tiyin ham bermagan qorindor "yangi" boy turibdi.U Karimboyning ismini ewitib,tulkidek tovlanib hiyla-nayrang qila bowladi.- E,ukajon senga hazillawgan edim,lekin mard bola ekansan.Bilasanmi,öwa kuni jahlim chiqib turgandi,wu yoqqacha kelibsan-a,uyimga borganingdayam berardim,-deya yaltoqlandi.Xonasiga bowlab kirib Akromga keliwilgan pulning hammasini sanab berdi.Keyin közlari ola-kula bölib,Karimboy aka menga amaki böladilar.Boraqolgin endi tezroq,e töxta qorovullar seni qanday ötkazib yuboriwdi?-deya miyasiga taqqa kelgan savolni berdi.Xonadan chiqib ketayotgan Akrom orqasiga burilib: meni,Karimboy aka chaqirdi,dedi.Bu javobni kutmagani un anqaygancha joyida ötirib qolaverdi.

Добавлено (20.06.2012, 17:19)
---------------------------------------------
Karimboy akaning xonasiga kirib borganda u qog'ozlarga kömilib ötirardi.Akromni körib:- keling,Akrombek topib kelolmasangiz tongda uyqungizdan uyg'otib bölsayam haqqingizni beraman,deb ötirgandim.Bugun tuwda uyda yöq ekansiz.- deya izzat qilib stulga taklif qildi.Akrom salom berdi.Hol-ahvol sörawiwgach,Karimboy aka gap bowladi: - Akrombek,öqiwga tobingiz qanday?- Yaxwi,amallab kirvolsam eplab ketaman.- Ha,balli yawang,sizga maslahatim öqing.Bu hunaringizam xor qilmaydi.Lekin,yigit kiwiga qirq hunar ham oz.Agar bizni sohada öqisangiz,Xudo xohlasa iw bilan özim ta'minlayman.Men sizga yordam qilmoqchiman,halol yigit ekansiz,deya stol tagidan konvertga solingan pulni uzatdi.Jilmaygancha,sanab oling lafz halol,bu sizning pewona teringiz,deb unga samimiy boqib turdi.Akrom konvertni sekin ochib,pulni sanadi."Yalt" etib Karimboy akaga qaradi,aka bu yerda pul köpku?Men roziman,bu sizning halol haqqingiz olavering.- Rahmat Karimboy aka.Keyin Akrom biroz öylanib turib,aka sizga bir gapni aytmasam bölmaydi,dedi.Karimboy savol nazari bilan undan gap kutdi.

Добавлено (20.06.2012, 17:35)
---------------------------------------------
-Sobirjon aka,xristiyancha chöqindi. Musulmonchilikdan kechganga öxwaydi.Men ertaga qiwlog'imga qaytayapman.Xosiyat xoladan özingiz xabarlawib turarsiz,aka- Voy,dayus murtad-ey ,axiyri wu onasining bowini yebdi-da.Bolaligidan buyog'iga wu ayolga kun körsatmadi bu bola.O'zimam sezuvdim,asli özi bu Rossiyaga ketmasdan avval kechgan bölsa kerak.Dasturxonga fotiha öqimasdida bu nonkör.-Karimboy qiziwib wu gaplarni gapirdi.- Tuwundim,nega uyingga qaytmoqchi ekaningni,qani tur biznikiga ketdik,ertaga seni kelajaging haqida maslahatlawib köramiz...Ertasi kuni Xosiyat xolaning qazosi haqida ewitgan Akrom özini qöyarga joy topolmadi.Yaxwiyamki,kecha jahl ustida bir nimalar deb,dilini og'ritmagani,bölmasa öz yog'ida özi qovrilib vijdon azobida qolardi.O'lim haq,qazosi yetgan kiwi,bir nafas ham ololmaydi...

Добавлено (20.06.2012, 17:40)
---------------------------------------------
Akrom Xosiyat xolaning janozasidan söng,qiwloqqa qaytdi...Karimboy akaga ,institutga hujjat topwiriw uchun qaytib kelaman.Qiwlog'imni,buvimni,oilamizdagilarni sog'indim ,deya jönab ketdi...

Добавлено (20.06.2012, 17:48)
---------------------------------------------
Akrom qadamini bir-bir bosib köchaning örtasidan öychan qiyofa yurib kelayapti.Kimningdir hovlisidan radio ovozi ewitildi.Diktor Dilfuza Yusupova yangiliklarni öqiyapti: O'zbekiston-Rossiya örtasida azaldan döstlik köpriklari örnatilgan...Akrom beixtiyor unsiz pichirladi: omonat köprik...

Добавлено (20.06.2012, 17:54)
---------------------------------------------
Xotima. Hikoya qay darajada yozildi,bu menga qorong'u.Muhimi, öqib xulosa qilganlar baraka topsin.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Пятница, 22.06.2012, 15:19 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ey gap yo'q. (barcha maqtov so'zlari). Bir narsa emas ko'p narsa diya olaman. Zo'r bowlanib, zo'r tugagan. Afsuski hozirda diyonatli kiwilarni google va yandex qidiruv tizimlaridan ham qidirb topiw qiyin kechmoqda. Lekin ular ko'p. Oramizda yuriwibdi. Buni hech kimga bildhrmaydilar. Yaxwilik qil daryoga ot. Hech kim bilmasin . . .
Lekin o'rnak uchun ko'rsatilib vriwi kerak.
 
GiyosДата: Пятница, 29.06.2012, 23:06 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Nega hamma bir birini aldab ketmoqda? Odamlarda bir biriga ishonch qolmayaptimi? Pul debmi hammasi? Balki yahshi odamlar hali bordir. Ular ko'p, faqat yahshiligini bildirmaydi. Shuning uchun kamdek tuyuladi. Sokinadan yangi hikoya "Omonat ko'prik". Hozirda uchrab turgan muamolarga chetdan qaraymiza. (davomi komentda) 24 июн
4 5
Вс 21:23
Giyos - Sayyod uz
Hikoyani o'qish uchun mana bu silkani bosing http://giyos.ucoz.org/forum/3-76-1 va davom eting.

Fikrlar bildirilmadi
 
GiyosДата: Пятница, 29.06.2012, 23:08 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Mehr-muhabbat! Shu tuyg'u dunyoda juda katta qudratga ega. U qanchadan qancha insonlarni umrini, hayotini saqlab qoladi. Agar usha mehr darahtdan olinsachi? SOKINA dan yangi hikoya "Mehr darahti" hayotiy hikoya.
Пн 21:18
Giyos - Sayyod uz
U ruhiy kasal bo'lsa ham, uni shifoxonaga yotqizib qo'yishmadi, Uni uyda mehr bilan davolashdi. Hikoyani o'qish uchun http://giyos.ucoz.org/forum/3-82-1 shuni bosing, yoki yozing.

Izhora Abdusaidova
Mehr -muhabbat. Bu hikoya haqiqatdan juda ham ta'sirli,ma'noli xaqiqatga yaqin. Sokina siz juda.....ta'riflawga til ojiz bu rost.G'iyos sizga ham rahmat wu hikoyani öqiwimiz un waroit yaratdiz.

Giyos - Sayyod uz ответил другу Izhora Abdusaidova
Rahmat.
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Omonat ko'prik (Sokina yozgan hikoya) (Hayotiy hikoya)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter