Giyos | Дата: Среда, 04.07.2012, 01:11 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Kechikdim, shoshdim... qoqildim...
“Kun o’tib borayapti. Ba’zida ko’p ishlarga ulgura olmayman ham. Hali yoshim ham oldinga chopib ketayapti. Mana hozir uylanadigan paytim ham keldi. Kimnidir sevib qolsam, ushanga uylanardim”....
Ba’zilar aytishadi, sevib turmush qurish kerak deb. Boshqalar esa teskarisi, ota ona topganiga uylanish kerak. Hamma ham sevib sevilgisi keladi. Ko’proq o’zi topib, sevib uylanishni hohlaydi. Lekin u oldin kimnidir sevib, keyin yoqotgan bo’lsachi? Unda qanday qilib yana qalbida muhabbat qachon paydo bo’ladi. U keyin sevishi qiyin bo’ladi. Usha sevgan qiziga o’xshashini qidiradi. Topadi ham. Lekin u qiz buni yoqtiradimi? Yo’q. Uni boshqa yoqtirgani bo’ladi. Keyin yana boshqa qidiradi. Topadi. Faqat harakteri yaqinini. U ham buni yoqtiradi. Lekin aytishmaydi. Chunki bu yoqtirish. Sevish emas. Hali tuyg’ularini aniq bilishmaydi. Xato tuyg’u deb noto’g’ri izhor qilishdan cho’chishadi. Ikkalasi ham bir biriga yaqin ekanini sezadi. Qiz kutadi yigitdan izhor. Lekin yigit qayerdan ham aytsin. Hali unda oldingi sevgidan iz ketmagan. Aytilmagan sevgi u ham. Buni ham ayta olmayapti. Yoki hali o’zi tuyg’ularini aniq bilmayapti. Aniq bo’lsa aytadi. Vaqtlar o’tadi. Yigit ishlaydi. Vaqti juda kam bo’ladi. Hech kimga vaqt ajrata olmaydi. Qizni ham borgan sari unuta boradi. Unga oldingi sevgisi qadrliroq bo’ladi. Exx. Unuta olmaydi. Lekin bu qizni unuta boradi. Unutdi ham. Yolg’iz qoldi. Vaqtlar o’tdi. Tanish raqamdan sms keldi. Bu usha qiz. Yana eski xotaralar qo’zg’aydi. Yolg’izlik jonga tekkan. U bilan munosabat qilmoqchi bo’ladi. Javob yozadi. Yana vaqtlar o’tadi. 1 oyda bir bora telefon qiladi. Ushanda ham maroqli suhbat bo’ladi. Shu yo’sinda yana vaqtlar o’tadi. Sal bo’lsa ham ko’ngilda bir narsalar paydo bo’ladi. Lekin yigit baribir ayta olmaydi. Uylanishimga yaqin aytaman deb o’ylaydi. Bir bir ko’chada tasodiffan ko’rishib qolishadi. Shunda ham kam gaplashishadi. Chunki boshqalar noto’g’ri tushunishmasin deyishadi. Yana vaqtlar. Qalbda oldingi yoqtirish kamayib borayotgandek. Yigit bir kun qo’ng’iroq qiladi. Lekin qiz ko’tarmaydi. SMS yozmoqchi bo’ladi. Lekin yozgisi kelmaydi. Biroz o’tib qiz qaytib qo’ng’iroq qiladi. - Allo. - Allo, Qalesiz? Uzr boya qo’ng’iroq qilganingizda olomadim. - Yaxshiman. O’zingiz yahshimi? Hich qisi yo'q bo'lib turadi. - To'y boshlab qo'ydik. Boya bo'lajak kuyov bola uchrashgandim. Yonimda edi. - Ha shunday deng. Tabriklayman. Baxtli bo'ling. - O'zi nimaga telefon qilgandingiz? - Bugungi kasb bayramiz bilan tabriklamoqchi edim. - Voy, kattakon rahm . . (Yigit telefonni qo’yib qo’ydi)
Ha. Qiz kutmadi. U kutdi. Juda ko’p kutdi. Lekin yigit ayta olmadi. Qizni esa uyidagilar boshqaga uzatishni hohlashdi. Qiz qanday aytsin, “men bir yigitni yoqtiraman, u meni yoqtiradimi yo’qmi bilmayman”, deya olmaydiku. U yigitni kutsayu, yigit boshqaga uylansachi? Shuncha umri qolib ketadimi? Uni ham o’z orzu havaslari borku. Vaqtliroq farzandli bo’lgisi keladi. Yigitni shuncha kutgani ham yetarli edi. Yigit bechora “shunday qizni qo’ldan chiqardim” deya afsuslanadi. Uni so’ngi so’zlarini eshitishga yuragi ham chidamagandi.
“Kun o’tib borayapti. Ba’zida ko’p ishlarga ulgura olmayman ham. Hali yoshim ham oldinga chopib ketayapti. Mana hozir uylanadigan paytim ham keldi. Endi menga sevishni keragi yo’q. Ulgurmayman. Kech qoldim sevishishga. Endi Ota onam topgan qiz yoqsa, ushanga uylanaman.”....
Vaqtlar o’tdi yana. Yigit onasi topgan bo’lajak turmush o’rtog’i bilan uchrasha boshladi. To’y muddati yaqinlashdi... Ishdan qaytayotgan edi. U qizni ko’rib qoldi. Bu u yoqtirishini aytishga kech qolgan qiz edi. O’yladi. “Menimcha, alaqachon bolalik bo’lgan” deb. Salomlashdi. Qizdan bolalaringiz yahshimi deb so’ray olmayapti. Barmoqlarida negadir nikoh uzugi yo’q. Hayron bo’lib qaradi. Qiz uni nima demoqchi ekani tushundi: “Sizdan boshqasiga rozi bo’la olmasdim. Shuning uchun to’yga rozilik bermadim. Sizga esa qaytib qo’ng’iroq ham qila olmadim. Qo’ng’iroq qilishingizni kutgandim. Lekin siz qo’ng’iroq qilmadingiz. Man endi sizni o’zingizni ko’rdim” deb aytdi. Yigit cho’ntagini kavlab, unga to’yiga taklifnoma berdi...
Qiz buni kutmagandi. Yigitga qaradi. Ma’noli qaradi. Nahotki.... Qizni ko’zidan yosh tomchilari asta sekin namayon bo’la boshladi. Yigit ham nima qilsin. Ortga endi yo’l yo’q. Ahdu paymon qilgani alaqachon bor. Taklifnomalar taqatilgan. Xalq to’yni kutmoqda. Boshi berk ko’chada edi u. Nima qilishini ham bilmasdi. Qizni baxti uchun qo’lidan nima keladi? Shuni o’ylardi. O’ylab o’yini tagiga yeta olmasdi. Qizga birgina gap: “Meni kechiring. Men kech qoldim. Keyin shoshdim” deya oldi. Qiz esa: “Men qoqildim” dedi. Ular ajralishdi. Galma galdan bir birlarini ortlaridan qarab qarab qo’yishdi. Qizni ko’zida yosh. Yigitni ko’zida mayuslik. U bir narsadan afsuslanardi. “Nega ushandan keyin qo’ng’iroq qilmadim. Nega men uni boshqa eslamadim. Endi u qiz meni deb baxtsizmi? Men deb u kelayotgan baxtidan voz kechib, meni kutdimi? Menchi? Men esa bunday qila olmayman. Chunki boshqa qizni baxtsiz qilishni istamayaman. Endi meni taqdirim boshqa bilan. Men unga hislarimni aytmaganman. Axir bu do’stlik bo’lishi ham mumkin edi....” deb o’ylardi. Juda afsuslandi. Vijdoni uni aybdorsan deb har daqiqa eslatardi. Uzoqlarga qochib ketgisi kelardi. Lekin o’zidan qocha oladimi? Yo’q. Qocha olmaydi. Endi bu shunga loyiq. Vaqtida hammasini qizga aytganda bunday bo’lmasdi. Kech qolmaganda, qiz qoqilmasdi. Yigit onasi topgan qizga uylandi... U qizni esa boshqa ko’rmadi. Vaqtlar o’tdi. Ayolini juda qattiq sevadi. To’ydan keyingi qattiq sevgi, bir birlarini hech kimga ishonishmaydi. 3ta farzandli bo’lishdi. Farzandlarini katta qilishdi, tarbiyalashdi, o’qitishdi... Yana usha yo’l. Yigit endi bir oilani boshlig’i bo’lgan. Farzandlari o’qishni bitirib, uylanishga tayyor. Yo’lda ketib borayapti. Oldidan bir chehrasi juda tanish ayol kelayapti. Eslolmayapti. Xaaa esladi. Bu axir ushaku. Ular shu yerda ajralishgandi. Ayol uni bittada tanidi... suhbatlashishdi. Unga “o’zgarmabsiz” dedi. Usha paytdagi xotiralar bilan o’rtoqlashishdi. Ketar chog’larida ayol sumkasidan taklifnoma olib, unga nimalardir deb yozib, uzatdi. “To’yga o’tarsiz, kutaman” dedi. Erkak hayron, “nahotki shuncha payt yolg’iz...” deb o’yladi. Taklifnomani shoshib olib o’qidi. “Hayriyat. O’g’lini to’yi ekan. Kelin tushirayotgan ekan. Baxtini topishiga ishonardim. Qoqilgan bo’lsa ham yiqilmabdi” deb pichirlab yo’lda davom etdi...
PS. Hech qachon kech qolmaylik. Kech qolsakda shoshmaylik. Sizni, bizni deb o’zgalar qoqilmasin. Qoqilsa uni turg’azib yana yurishi uchun yordam beraylik. Mehr oqibat yoqolmasin....
(Tugadi)
|
|
| |
Sokina | Дата: Среда, 04.07.2012, 09:09 | Сообщение # 2 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Bu taqdir bölsa kerak.Agar taqdirida bölganda kimdir yoki nimadir sabab bölib birga hayot kechiriwarmidi.Bilguvchi Alloh...Hikoya ajoyib tarzda yozilgan.2 ta bow qahramon hayoti,ichki kechinmalari yillarda ,ya'ni vaqt ölchovi hisobi bilan körsatib berilgani tahsinga loyiq,desak ham böladi.Ijodingizga baraka.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Loading | Дата: Воскресенье, 08.07.2012, 08:26 | Сообщение # 3 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Manga juda yoqdi. Citata keltirib bo'midi. Sababi har bir gap o'rinlik. Joyida kegan.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |