Четверг, 21.11.2024, 17:27
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Sukut (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Sukut (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Воскресенье, 01.07.2012, 17:18 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Alloh taolo insonlarni jisman qay tarzda yaratganidan qat'iy nazar borligicha qabul qiliw va wukr qilib taqdirga tan berib yawaw lozim.Tug'ma kar-soqov yigitning ichki kechinmalari va yawaw uchun kurawini hikoyamda aks ettirmoqchiman,inshaAlloh.

Добавлено (29.06.2012, 18:40)
---------------------------------------------
Tohir bilan Nafisa turmush qurishganda töng'ich farzandi tug'ma kar-soqov bölib tug'ilishi,yetti uxlab tushlariga ham kirmagan bölsa kerak.Taqdirning bu qaqshatqich zarbasi oldida esankirab qolgan Tohir hamma aybni ayoliga tönkadiyu,ammo bu bilan uning vijdon yuki yengillashmadi.Qaytaga farzandi voyaga yetgan sayin uni bu yuk bosib boraverdi.

Добавлено (30.06.2012, 14:59)
---------------------------------------------
Tohir mahallaning wum yigitlaridan biri edi.Tekkanga tegib,tegmaganga kesak otib yuradigan bu yigit hayotida davomidagi eng katta xatosi deb bir voqeani eslaydi...O'wanda institutga kiriw uchun tayyorlanib yurgan kezlari edi.Mahallaga tongdan kelvolib sut-qatiq sotadigan ayollarning "suuuut","qatiiiiq","qaymoq",degan jarangdor ovozlari wirin uyquda yotgan yigitga yoqmasdi.Wu ayollar orasida keksaroq gung ayol ham bor edi.U paydo bölib bowlaganda avvaliga sut-qatig'ini sotolmay,dimog'idan allaqanday bög'iq ovoz chiqarib bowqa ayollarning orqasidan xunobi owib yurardi.Tohirning onasi ,savob böladi deb gung ayoldan qatiq oldim,halol ayol ekan,qatig'iyam biram mazali ekan,deganini u ham ewitgandi.Köp ötmay hamma öwa gung ayoldan sut-qatiq sotib oladigan böldi.Savdosi qiziganidan xursand bölib,imo-iworalar bilan gapini tuwuntirib duo qilib qolardi.Bowqa ayollarning esa savdosi yuriwmagani uchun unga hasadi kelib,qöllarini siltab qarg'ab uni ajratib tawlaydigan böliwdi.

Добавлено (30.06.2012, 15:14)
---------------------------------------------
Lekin,rizqni Alloh beradi.Haligi gung ayol öziga örgangan mijozlarining uylariga olib boradigan böldi.Bowqa sotuvchi ayollar wunda ham u bechorani köra olmay,ustidan har xil bölmag'ur giybat gaplar tarqatiwdi.Uning mijozlariga wu darajada jirkantirib uning uy waroitini tasvirlab beriwdiki asti qöyaverasiz.Albatta,bu igvo-fitnalardan keyin öz-özidan uning mijozlari kamayib ketdi.U endi bu köchaga juda kam kelardi.Tohirning onasi undan sut-qatiq oliwni kanda qilmasdi.Bir-ikkita sotuvchi ayollar,gung ayolning ustidan giybat bowlawganda,sen avval tirnog'ingni oliwni örgan,orasidagi kirni qara,deb jerkib bergandi.Gohida nonuwta payti kelib qolsa,Tohirning opasi Habiba opa uni mehmon qilardi.Negadir bu ayol Tohirga umuman yoqmasdi.Balki uning öziga yarawiqsiz kiyimidir yoki beöxwov qiliqlari yoqmagandir,iwqilib undan negadir ijirg'anardi.

Добавлено (30.06.2012, 17:11)
---------------------------------------------
Bir kuni onasi qayoqqadir bir yumuw bilan uydan chiqqanda gung ayol kelib qoldi.Yangasi undan qatiq va qaymoq oldiyu,pulini olib chiqiw uchun uyga kirib ketdi.Tohir ayolga qarab har xil bölmag'ur gaplarni kulib turib gapiraverdi.

Добавлено (30.06.2012, 20:21)
---------------------------------------------
Ayol unga indamaygina mung'ayib qarab turaverdi.Tohirga uning ahvoli kulguli tuyulib,waytoni zör keldi chog'i bowqa wumlikni öylab qoldi.Tezda xonasiga kirdiyu,oq varaqqa "men maymunman" deb yozib orqasiga bekitvoldi.Yöl-yölakay tordan bitta kir qistirgich ham olib keldi.Yangasiga bir nimalar deb iworalar qilgancha chiqib ketayotgan ayolning xalatining bog'ichiga qog'ozni chaqqonlik bilan qistirib qöydi.Bu iwidan wunaqa zavqlandiki,piqillab kulgancha og'izini kafti bilan bekitib oldi.Yangasi ögirilib bir qaradiyu,ammo hech narsa sezmadi.

Добавлено (01.07.2012, 14:59)
---------------------------------------------
Tohir qilgan iwidan miriqib kuldi.O'zining topqirligiga qoyil qoldi...Wundan beri mana uzoq yillar ötdi.O'g'lini taqdiriga tan berib kar-soqovlar maktab-internatiga joylawtirdi.Uning almoyi qiliqlarini körganda vijdon azobi qiynab özini qöyarga joy topolmay qolardi...Samandar maktabni tugatib mebel yasovchi ustaga wogird tuwdi.Bu usta waharning mawhur ustalaridan biri Hazratqul usta edi.U öz korxonasini bir devor qöwnisining uyini sotib olib öwa yerdan ochgan edi.Samandar anchagina ziyrak yigit edi.U bu hunarni bowqa tenqur kasbdowlariga nisbatan puxta özlawtirib tezda ustaning nazariga tuwdi.Ustaning Anorxol ismli nihoyatda suluv qizi bor edi.Anorxol uyda chevarchilik bilan wug'ullanardi.Yow bölsada,5-6 ta wogird tayyorlawga ham ulgurgandi...Hazratqul usta ögliga kelin tuwiradigan böldiyu,hamma wogirdlar qamiwdan bel boglab xizmatga keldi. Samandar qizni ilk bora kördiyu,undan közini uzolmay qoldi.Yonida turgan bir wogird yigit uni kulib bir turdiyu,yuragini uwlab imo qildi.Samandar uyalgancha indamay qöydi.Ayni damda uning köziga Anorxoldan bowqa hech kim körinmasdi.Qayoqqa borsa,Samandar ham bir nimalarni bahona qilib öwa yoqqa borardi.U töy qanday ötganini bilmadi.Es-huwi qizda bölib qoldi...Anorxol ham Samandarning atrofida parvona bölib qolganiga etibor berdi,ammo har doimgi owiqlarning bittasida deya ,parvo ham qilmadi.

Добавлено (01.07.2012, 15:04)
---------------------------------------------
Samandar öwa kundan bowlab öychan bölib qoldi.Qilayotgan iwida ham tez-tez xato qiladigan böldi.Hazratqul usta uning bu holatini payqab,charchoqdan bölsa kerak,deya bir hafta dam oliwga ruhsat berdi.Samandarning yuragiga Anorxolga nisbatan iwq paydo bölgandi.U halovatini yöqotdi,uyga ham sig'masdi.Axiyri,onasiga özining dardini tuwuntirdi.

Добавлено (01.07.2012, 15:10)
---------------------------------------------
Nafisa ona tilini tiwlagancha chorasiz qoldi.O'glining dardi endi unga yuqti,na yuriwida,na yegan-ichganidan halovat topdi.O'tirsayam-tursayam owiq öglining iwqiga malham izlardi.U öylagan öylaridan öksinib ketar,gulday soglom qiz bölsa mening gung öglimga tegarmidi.Bolaginam adoyi-tamom böladiku,nima qilsam bölarkan? O'rtaga odam qöyib qizga og'iz solsammikan?,deya öziga özi savollar beraverardi.

Добавлено (01.07.2012, 16:15)
---------------------------------------------
Samandar yurak yutib qizga xat yozdi.Endigi muammo xatni qanday qilib uning qöliga topwiriw.Til zaboni bölsa ekan,birortasiga iltimos qilib,mana bu xatni Anorxolga berib qöy,desa.U iwga chiqib ham xayol pariwonligi qolmadi.Xatni chöntagida olib yuraverdi.Xullas,qanday qilibdir xat tuwib qolibdi.Uni Hazratqul ustaning ögli topib oladi.Samandarni alohida xonaga olib kirib,xatni unga qarata uloqtirib,bu nima ahmoq.Tengingni bilmay qoldingmi,kelib-kelib sendaqa gungni kuyov qilamizmi,deya unga öwqirdi.Samandar közlari g'iltillab yowlandiyu,ammo yig'lamadi.Ustozining ögliga javob ham bermadi.Ustaning ög'lining lab qimirlawidan uning gaplarini tuwunib olgandi...Samandar otasi Tohir aka bilan sovga-salom qilib kelib, ustoziga rahmat aytib rozi-rizolik oldi.Ustozidan duo olgach,wu ketganicha,ancha vaqtdan söng yorug' yuz bilan yana keladigan böldi...Hazratqul usta ham u ketgandan keyin voqeadan xabar topdi.U xayolan Samandarni köz oldiga keltirdiyu,eh zolim falak,agar til-zaboning bölganda qizimni senga qöwqöllab topwirmasmidim,deya pichirlagancha öksinib qöydi...O'wandan keyin Samandar ancha paytgacha g'amgin kayfiyatda yurdi.Tohir akaga ayoli hamma gapni aytib bergandi.Tohir akaning yana vijdon azobi "xuruj" qildi.Yaratganga qayta-qayta tavba qildi.Bir vaqtlar qilgan qilmiwi uchun olgan badali puwaymonlikdan bowqasiga yaramaganini allaqachon tuwunib yetgandi.Afsuski,sönggi puwaymon öziga duwman böldi... Samandar bowqa odamlarga öxwab,yayrab-yawnab gapiriwni judayam istardi.U gohida zabonlilarning og'zidan chiqayotgan bölmagur gaplarini tuwunib,agar zabonim bölganda men ham wunday bema'ni gaplarni gapirarmidim,deya öziga savol berardi.Yana özicha,yöq men hammaga eng chiroyli gaplarni aytardim.Ayniqsa,Anorxolga yuragimdan kechayotgan hamma tuygularimni oqizmay-tomizmay aytardim,deya xayol surar va bu imkoniyatdan mahrumligini öylab tuwkunlikka tuwib qolardi...Bu iwq dardini Navbahorni uchratganidan söng batamom unutdi...Nafisa ona öglining ahvolidan tawviwlanib unga mos qiz suriwtira bowladi.Bu dunyoda har kimning öz ato qilgan jufti böladi.Ularning nikohiga esa kimdir yoki nimadir sababchi böladi,xolos.Samandarga mos qiz ham topildi.U ham özi kabi kar-soqov qiz bölib,husnu-malohatda Anorxoldan qoliwmasdi.Navbahor ham xuddi Samandarga öxwab zabon ato etilmagani uchun öksinib yurardi.Ular endi ikki yorti bir butun bölib bu dunyoda borligi uchun wukur qiliwardi.Samandar özining telbalarcha Anorxolga owiq bölgan paytlarini eslab,zabonli qizlar öz kuniga omon bölsin,Navbahorimni ularning mingtasigayam almawmayman,deya miyig'ida kulib qöyardi.U hozir örgangan hunarining orqasidan rözg'or tebratayapti.Gohida vaqt topib ustozi Hazratqul ustani köriwga borib turadi.Ha,aytgancha Navbahor ham qöli gul chevar ekan.Tohir aka esa haliyam vijdon azobidan qutulgani yöq,gohida öglining hayotida sodir bölib turadigan dilxiraliklarda yuragi sanchadigan odat chiqargan...

Добавлено (01.07.2012, 16:18)
---------------------------------------------
Xotima.Qaytar dunyo! Bu ötkinchi dunyomiz sinovli va qasoskordir...Atrofingizni kuzating...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
bek_x6Дата: Воскресенье, 01.07.2012, 18:20 | Сообщение # 2
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
ibratli hikoya ekan. taqdirga odamni o'ziham sababchi bo'larkanda?!

Quote (Sokina)
zabonlilarning og'zidan chiqayotgan bölmagur gaplar


xaqiqattan ojizligimizga borib ko'pincha tilimizdan yomon so'zla chiqib ketadi, ba'zila gapirishga zor. bizchi?((
Xudo gunohlarimizi kechirsin


Нет подпись...

Сообщение отредактировал bek_x6 - Воскресенье, 01.07.2012, 18:20
 
GiyosДата: Пятница, 10.08.2012, 12:04 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Qaytar dunyo. So'zlashish ham bu katta nemat. Shuni qadriga yetmog'imiz kerak. Yaxshi gaplarni aytishni esa tobora unutib borayotgandakmiz, . .
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter