Bu hikoyam Dallivoy ismli yigitning ayanchli taqdiri haqida.Gururi va ori toptalib,hayot zarbalariga dow berolmay devonaga aylangan bu yigitning öziga bog'liq bölmagan kechinmalar qurwovida qolib ketgani va unga nisbatan atrofdagilarning munosabatini aks ettirib bera olsam hikoyam mohiyatini namoyon etgan böladi,nazarimda.Добавлено (29.06.2012, 18:43)
---------------------------------------------
Inson taqdiri sinovlardan iborat ekani barchamizga ma'lum.Kimdir shodon kunlarda bölsa shukr qilishni,musibatli kunlar örtayotgan bölsa sabr qilishni unutmasin.Barcha yaxshiliklar Allohdandir!
Добавлено (29.06.2012, 19:31)
---------------------------------------------
Dallivoy bolaligida juda yuvosh va anchagina xayolparast bola edi.Hamma bolalarga öxwab sehrgar bölib qoliwni orzu qilardi.Ayniqsa,Xudoyberdi Töxtaboyevning "Sariq devni minib" asarini öqigandan keyin sehrli qalpoqchasi böliwini chin dildan orzu qila bowladi.Albatta,bolalarcha sodda bu beg'ubor orzu aynan wu kitobni öqigan har bir bolada paydo bölishi tabiy hol.Hoshimvoyning sirli qalpoqchasi öziniki bölishni qaysi bola xohlamaydi deysiz.Dallivoyda bu istak boshqa bolalarga nisbatan nihoyatda kuchli edi.Hatto u bozordan wunaqa qalpoqcha sotib olib kiyib yuradigan böldi.Uning oilada deyarli örni bilinmasdi.Kuni böyi uyda yöq bölsa ham birov izlamasdi.Negaki,bu oilada hamma öz tashvishi bilan ovora.Ikkita opasi yasan-tusandan ortmaydi.Rözg'or tashvishlari birgina onaning zimmasida.U qizlariga mutlaqo gapini uqtirolmaydi.Ikkita egizak ukasi töpolonchiligidan hamma "dod",deydi.Otasi esa uch yil oldin ularni tashlab ketgan. Dallivoy otasini eslagisi kelmaydi.Hatto undan nafratlanadi ham,ularga yetkazgan ozorlarini eslab,gohida közlariga yosh oladi.U faqat onasiga suyanib qolgan.Dallivoy onasiga öxshaydi.Hatto fe'l-atvorigacha bir xil desa ham böladi.
Добавлено (30.06.2012, 07:02)
---------------------------------------------
Dallivoy kichkinaligida otasi yaxwi odam bölib körinardi.Balki,rostdanam öwa paytlar yaxwi bölgandir.Hozir birga yawayotgan xotiniga öralawib qolgandan keyin oilasi borligini unutib qöygandir.Endi bu yog'i qorong'u.Onasi u haqda umuman gapirmaydi.Gohida bolalarining quloqsiz va beandiwaligini körib jahl bilan tiwlanib gapirib qöyardi.Zotingga tortasanda baribir,görga borasanmi,deya qahr qilgani bolalariga kor ham qilmasdi.Dallivoy ulg'aygani sari onasi uning landovur,böwligidan jahli chiqadigan bölib qoldi.
Добавлено (30.06.2012, 10:31)
---------------------------------------------
Dallivoy unchalik darajada oilasidalarining tasavvuridagidek landovur emasdi.U sofdil,samimiy va hayratu-taassurotlari möl bola edi.Afsuski,uni hamma ham tuwunavermasdi.Maktabda tiriwqoq va ziyrak öquvchilardan biri edi.Hurmati ham risoladagidek,uning ochiqköngilligini uni taniydiganlarning hammasi e'tirof etiwardi.Ammo,oilada undan haddan ziyoda köp narsa talab qiliwardi.Hatto imkoniyat darajasidan yuqori yumuwlarni unga tap tortmay buyuriwardi. Uning sodda fe'lidan kulib,opalari ham mazax qilib har qadamda turtkilawlaridan zada bölib ketgandi...Yillar wu zayl ötaverdi.Endi u "sehrli " qalpoqchasini ham kiymay qöygandi.Yowgina bowini hayot tawviwlari egib qöygandi.Ammo,uning xayolparastligi haliyam qolmagandi.U yumuwlari orasida uzu-kun bölsa ham xayollari bilan yawab yuraverardi.Ammo,xotirasi juda kuchli edi...U bitiruvchi sinfda öqiyotgan vaqtda qiw rosa qattiq keldi.Aksiga olib qarzdorligi owib ketgani uchun gazni ham elektr ta'minotini ham uzib ketiwdi.Qöni-qöwnilarining ayrimlari ham qarzdor edi.Ammo,har xil yöllar bilan chorasini topiwgandi.Dallivoyga bir qöwnisi astoydil achinib,birortasiga bir-ikki söm bersang ilojini qilib beriwadi.Qora qiwda bunaqa qiynalib ötirmanglar,deya maslahat berdi.Biroq,bolaning gapiga kim ham quloq solardi.Buyog'i kun ham ochilmayapti.Bola beradigan bir -ikki sömni deb,hech kim issiq joyidan qözg'algisi kelmadi.Yuragini hovuchlagancha uyiga qaytdi.Opalari yana yumma talawdi,uni nönoqdan olib tentakka chiqariwdi.Bu mutassil bölib turadigan baqir-chaqirlarni hech kim ewitmaydi,deysizmi? Qayda,qöwnilari qizlarning kunora wang'illawidan bezor böliwgandi.Ba'zilari hatto Dallivoyni rostdan devona hisoblawib,orqavorotdan uni Dalli devona deb atawardi.Ba'zilari esa onasi bechoraning ku tarbiyaga kuchi yetmabdi.Dallivoy bularni wang'illatib özini talatib qöyguncha jag'iga solmaydimi,deya jahli chiqardi.Endi öz opalari tentakka chiqargandan keyin bowqalar ham wunday deydi-da...Aslida Dallivoyning hayotini mubham qiladigan voqealar bolaligidan buyon davom etib kelayotgan bölsada,eng dahwatlisi öwa qiwda sodir böldi...Onasi hech qachon pardoz-andoz qilganini körmagan.Hayot tawviwlariga yolg'iz bowi bilan bardow beravergani uchun ancha-muncha hayotiy kuch-quvvatini ham yöqotib qöygandi. Wu sabab onasi yowiga nisbatan ancha katta körinardi.U yelkasiga hamma yukni ortib olgandi.Avvaliga özi qiynalsa ham qizlarini qiynalmasin,deb taltaytirgan bölsa,keyinchalik ular uchun wunchaki beminnat ta'minotchi xizmatkorga aylangandi.Gapirib gap uqtirolmaganidan holi bölmay qöl siltab qöyardi.Uning nazarida birortayam bolasi qobil chiqmagandi.
Добавлено (30.06.2012, 12:59)
---------------------------------------------
Hayotdan qoniqiw hosil qilmay,umrining mazmunini bilmay ötayotgan bu ayol uchun hali taqdirning bewafqat sinovlari köp edi...O'wa qiwda katta qizi Ozodaning homiladorligini bilgach,özini pichoqsiz söyilgandek his qildi.Qizini hali uzatmagan bölsa,axir nega bunday böldi?Bu vahimali öyi qahrga aylandi.Chiq yöqol,haromi bolang kimniki bölsa öwaning yoniga bor,deya qizining sochidan yulqilab tortqiladi. Ammo,unga kuchi yetmay hansirab qoldi.Qizi qilib qöygan iwidan puwaymon böldimi,yoki yöqmi buni uning qiyofasidan bilib bölmasdi.Hamma voqealar Dallivoyning köz oldida sodir bölayotgandi.U vujudidan allaqanday gazab qaynab otilib qaynab chiqayotganini his qildiyu,köz oldi qorong'ulawib opasini bor kuchi bilan döpposlay ketdi.Uning sabr kosasi tölib,or-nomusi toptalgani uchun ham ayamasdan tepib urardi.Uni ajratib oliwga onasining ham kichik opasining ham kuchi yetmadi.Sovuq qahraton qiwda uning tanasi qahru-g'azabdan olovdek yonardi.Kaltak zarbidan holsiz bölib qolgan Ozodani hovliga sudrab chiqarib ham rosa tepkiladi.Sovuq böliwiga qaramasdan "tekin tomowa"ni devorlardan poylab turgan qöwnilar kelib töpolonni tinchitiw örniga, ulardan biri militsiya chaqiriwgayam ulguribdi.Militsiya xodimlari Dallivoyni olib ketiwdi.Ozoda esa kasalxonaga yotqizildi...Yuqorida aytib ötganimdek,bu uydagi qizlarning tarbiyasi natijasi ölaroq,Ozoda va singlisi Naima fohiwa bölib ketiwgandi.Bundan esa onaning mutlaqo xabari yöq,turmuw tawviwlariga qoriwgancha besamar yawab kelayotgandi.O'ziga xon,öziga bek bölib ulg'aygan qizlar bu iwlarini bekitiwga harakat qiliwardi.Ammo,oyni etak bilan yopib bölmaydi...Ozoda ukasining sudida da'vosidan voz kechmadi.Qasddan tan jarohati yetkazganligi,haqorat qilganligi uchun Dallivoy ozodlikdan mahrum etildi...
Добавлено (30.06.2012, 14:01)
---------------------------------------------
Mahalla-köyga onasi va opalari uni tentak bölib qoldi,deya gap tarqatiwdi.Endi Dallining devonaligiga deyarli hech kim wubha qilmay qöygandi.Ammo,uning yaqin döstlari bu gapga mutlaqo iwoniwmadi.Odamlar achchiq haqiqatdan negadir osongina chetlab ötiwadi-ya?! Mohiyatan olib qaralganda hammasi ayonku,lekin wu wirin yolg'on afzalroq va qulayroqdek.Hamma özicha bu voqeani burchak-burchakda muhokama qiliwdiyu,hech kim onaga ,fohiwa qizlaringni oppoq qilib oqlayapsanu,or-gururi uchun xazon bölgan ög'lingni devonaga chiqarayapsanmi,deb aytmadi.Qaytanga unga xayrihohlik qilib,körgulik ekanda,otasiga tortganmi,esi kirdi-chiqdi bölib qolgan uniyam,deya yuzgöylik qilib tasalli berib qöyiwardi...O'z onasi odamlarga uni "devona",deya gap tarqatib nega bunchalik qabohatga yuz burganini qamoqda yotgan qöwnisidan ewitgan Dallivoy,rostdanam aqlu-huwini yöqotayozdi.Nachora,osmon olis,yer qattiq...Keling endi döppini bowdan olib mulohaza qilib köramiz. Nega ona bu qadar tubanlawdi?Asosan, öz aybi bilan sodir bölgan voqelik uchun gulday farzandining kelajagini mubham qildimi? Nega Dallivoyni soglom bölsada,jabridiyda baxtiqaroga aylantirdi? Voqeaning tub ildizi ilmsizlikka borib taqalayotgani hammamizga kunday ravwan.Oilani porakanda qilgan ota-ona va ularning tarbiya degan hikmatning köchasidan ham ötmagan qizlari "jabridiyda" bölib,el oldida yuriwibdi.Haqiqat mezonining hech qaysi ölchoviga tögri kelmaydigan bir nosoglom aqida ularni wu tahlit fikr qildirgandir,ehtimol...Qiz bolaning nomi ulug' yoki qizni qilig'i masxara,yigitniki tasqara.Ona wundogam badnom bölgan qizlarini "yuvib-chayib" kelin qilib uzatmoqchi bölgandir,balki.Axir bu onadan bowqa narsani kutib bölmaydiku,ya'ni niyati qizlariga nisbatan yaxwilik deb baholasak.Dallivoy ög'il bola,öz kunini körib ketar bir kuni.Juda bölmasa begona joyga borib yangidan hayotini bowlar,degan ahmoqona öyda ham bölgan böliwi mumkin.Xullas,nima bölgan taqdirdayam yaxwi iw bölmadi...Oradan biroz vaqt ötib amnistiya sabab Dallivoy ozodlikka chiqdi.U butunlay özgarib ketgandi.U maktabga wundog'am bir yil kechikib borgandi.Qamalganda 18 dan owgandi.Lekin,oradan uning nazarida uzoq yillar ötib ketgandek tuyulardi.Wu qisqa vaqt orasida mung'ayib qari chollarga öxwab qolgandi.U uyiga qaytmadi.O'wa bolalik paytlarida suyangan onasi endi uning nazarida yalmog'iz kampirga aylanib qolgandi.U haliyam xayollaridan voz kechmagan."Sehrli" qalpoqchasini yana kiyib olgan.U faqat bitta narsadan qattiq puwaymonlik va ökinch bilan yawayapti,onasi va opalari uni "Dalli devona",deya el-yurtga tanitib ötmas pichoq bilan söyiwdi.Uning sodda va samimiy qalbini umrbodga jarohatlawdi.Wu bilan opalar turmuwga chiqiwdimikan,yöq ular öz "faoliyat"larini kengaytiriw uchun biri poytaxtga,biri esa Rossiyaga ketgan.Ona kasalvand bölib qolgan,ögillari Hasan-Husan qaraganda qarab turiwadi.Dalli devona esa bu dun-dunyoning qolipi qiywiq iwlarini öylamaslik uchun oz xayollari og'uwida qirollardek yawayapti...
Добавлено (30.06.2012, 14:09)
---------------------------------------------
Xotima.Dallivoy singari insonlar sizning ham atrofingizda bordir.Ularning ichki olami bu dunyodan köra anchagina gözalroq,menimcha.Ularni devona deb ajratib qöymasdan,bowqa insonlar kabi hurmatini joyiga qöysak.Ehtimol, ular öz xayoliy olamidan voz kechib, yawaw uchun kuraw bowlab yuboriwar? Siz bunga nima deysiz?