Sokina | Дата: Понедельник, 25.06.2012, 17:04 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Tong otdi.Quwlarning sayrawi,tonggi wabada ,dalaga haydalayotgan sigirlarning möngrawi,daryo wovqini,odamlarning baqirib-chaqirib hol-ahvol sörawiwlari,...bularning hammasi qiwloqning tonggi manzaralari.Sigirni warillatib apil-tapil sog'ib olgan Subhidam chelakni ilgakka ildiyu,özi öchoqbowiga qarab ketdi.
Добавлено (24.06.2012, 22:59) --------------------------------------------- Qozonni tozalab yuvdi va sutni suzgida suzdi.O'tinlarni iks waklida taxlab qozon tagiga olov yoqdi.
Добавлено (25.06.2012, 13:31) --------------------------------------------- Sutni chömich bilan maromida wopirib piwirdi.Kosalarga qand va kuvda olingan sariyog'dan solib,ustidan sut suzdi.Nonuwtaga ichilgan wirchoy kiwining tanasida kuch-quvvat hosil qilib,rangni tozalaydi.Dasturxon böyida hamma jamul-jam.Barcha qiwloq xonadonlaridagi kabi bu uyda ham tongdan yumuwlar bowlanadi.Subhidam oilada bow farzand bölgani uchun uning zimmasiga yumuwlar köproq yuklatilgan.Bolaligidan buyog'iga qora mehnat ichida,yana buyog'i ukalarini katta qiliwgan.Onasi xiyol dangasaroq bölgani uchun hamma tawviw ni noiloj öz zimmasiga olgan.Otasi esa erta ketib kech keladi.Deyarli rözg'ordagi kamchiliklar bilan iwi yöq.Qöliga köproq pul tuwib qolsa,aroqqa bökib ewilib kelib qoladi.Ana wunda qöwnilarga tekin tomowani köring.Hammayoqni ostun-ustun qilib vayron qiladi.Xotiniyam tengma-teng baqirib qarg'ab u bilan janjal qiladi.Orada farzandlar sarson,unisi uyoqqa bekingan,bunisi buyoqqa bekingan.Subhidam juda orlanib ketadi,yer yorilsayu yerga kirib ketsa.Ukalarini chetroqqa olib ota-onasining tös-töpoloni tinguncha bekinib ötiriwadi.Ertasiga yana ayrim sinfdowlari kalaka qiladi.Darsgayam borgisi kelmay qolgan,öqiwga havasi baland edi.Ammo,endi imkoniyatiyam,hafsalasiyam yöq,rag'bati qolmagan.Qöli-qöliga tegmay kun böyi mehnatdan bowi chiqmaydi.Hatto,yigitlar bajaradigan qora mehnat ham uning zimmasida.Gohida toliqib charchab ketgan paytda onasiga nolinib qoladi.-Qachon bu iwlar tugarkan-a,biz ham qachon odamlardek yawarkanmiz?,deya ich-ichidan kuyinib ketardi.Onasi esa beparvo turib,nima iw qilib döndirib qöyibsanki buncha noliysan.Iwlayver,qachon ölsang qabrda iwlamay yotasan,deya dilini og'ritib javob berardi.Subhidam bir-ikki marta onasining bunday zardasini ewitgandan keyin,bowqa "churq",etib og'iz ochmaydigan böldi.U yowi ulg'aygan sari aqli töliwib köp narsalarni anglab yetayotgandi.Qöwni qizlarga havasi kelardi,ularga mazza faqat supir-sidir,qozon-tovoq bilan wug'ullanadi.Men-chi,ham uy,ham qora mehnat bilan tuproqqa qorilib umrim ötib ketayapti.Axir,mening ham orzu-havaslarim borku,taqdirimda yaxwi kunlar ham bormikan,deya öyga tolardi.Gohida qora terga botib iwlayotgan bölsa ham,wirin xayollarga berilardi.
Добавлено (25.06.2012, 14:22) --------------------------------------------- U xayolan öz orzu-havaslariga yetiwar,qölidagi katta og'ir ketmonni göyo his qilmay,yerga ketma-ket urib öz iwini bajaraverardi...Yaxwiki,baxtiga kenja tog'asi har zamonda kelib ancha-muncha iwini yengillawtirib ketardi.Keyin tog'asi ham uylangandan keyin yana eski tos,eski hammom.Hamma iw-yumuwlar öziga qoldi.Uning bir kunda bajargan mehnatini ewitgan ,uncha-muncha odamning hayratdan og'zi ochilib qolardi.Subhidam 18 yowga tölganda bilmaydigan rözg'or iwi qolmagandi hisob.Non-ovqat piwiriw,tikiw-iliw,supur-sidir,mol-holga öt-xawak beriw,sigir sog'iw uning uchun ermakdek gap edi.Loy qoriw,öt öriw,og'ilxona tozalaw,tomorqa iwlari va hakoza yigitlar bajaradigan qora yumuwlarni u deyarli yakka özi bajarardi.Onasining qizlarga past nazar bilan qaraydigan yaramas odati bor edi.Ya'ni,uning tuwunchasiga köra qiz bola kiwi bandasi.Wuning uchun uning kuchidan,mehnatidan oqilona foydalanib qoliw kerak.U wunchalikka borardiki,ewakning özi xarom,mehnati halol.Erta-indin uzatsam,menga foydasi tegmaydi.Agar ög'illarimni avaylasam,qariganimda boqadi,deya özicha idroksiz mulohaza qilardi.Subhidam öz qadriga achina-achina,keyinchalik özini mutlaqo ayamaydigan bölib qoldi.Ukalari ham böyi ösib sal-pal yordami tegadigan bölib qolgandi.Lekin,onasi ög'illariga,- senlar öqinglar,iwlarni opa-singillaring qiladi,deya uqtirardi.Gohida wu darajada tubanlawardiki,eng sara ovqatni ög'illariga ajratib berib,qizlarni möltiratib qaratib qöyardi...Subhidam bunday paytlarda qorniga emas,qadriga achinib xörligi kelib ketardi.Uning aqliga sig'mas darajadagi bu tuban tafovutni nima deb atawni öziyam bilmasdi...Sönggi yillarda uning belida og'riq paydo böldi.Onasiga bu haqda aytib baloga qoldi. -Uying kuygur bir joying og'risayam damingni chiqarma.Mehnatdan odam ölmagan.Tuqqan ayolning beli og'riydi,qiz bola narsa bölsang ha betginang qaro bölgur,deya javrab qarg'ab qoldi.Subhidam wu gap bilan aytganiga puwaymon bölib,yana dardi ichida qoldi.Endi uning birdan bir maqsadi turmuwga chiqib bu azoblardan qutuliw böldi.Uning tasavvurida deyarli ideal insoni yöq edi.U faqatgina uyida iwi kam bölgan yigitni orzu qila bowladi...Rözg'or iwlarida wu darajada tadbirkorlikni uddalardiki,bunga onasi ham tan berardi.Onasi özicha öylardi: singillarining suyagi qotguncha Subhidamni uzatmasligim kerak,bölmasa özim qiynalib qolaman,deya xudbinona rejalar tuzardi.Subhidamga birinchi marta sovchi kelganda uning rejasi yana özgardi...
Добавлено (25.06.2012, 15:12) --------------------------------------------- Yigit öziga töq xonadonning ögli ekan.Bahonada u-bu narsali bölib qolaman,degan niyatda onasi rozilik berdi.Subhidam yigit bilan bir marta köriwdi.Yigit unga unchalik yoqmadi.Uning gaplarini tinglab turib,qurumsoq ekan,deb qöydi.Lekin,unga eng alam qilgani,biznikiga kuch yig'ib boring ancha iwlar kutib turibdi.Ha,aytgancha borgandan keyin uni olib ber,buni olib ber deb ötirmang,deya hiringlab kulib wart qöygani jonidan ötib ketdi...Rostdanam,yigitning uyidagilari Subhidamni mehnatkaw qiz deb ewitgani uchun kelinlikka tanlagandi.Garchi,uning ota-onasi haqida qöwnilari bölmagur gaplar aytiwgan bölsada,ammo qizning özini hamma og'zidan bol tomib maqtardi...Subhidam arosatda qolib ketdi.Unga ona tög'ri tarbiya bergan bölsa ekan,mundoq döppini yerga qöyib öylab körsa...O'zimku qora mehnatdan yuragim zada bölib ,kamiga dard orttirib olgan bölsam...qadr-qimmatim öz ota-onam uchun yög'-u bu yigitning oilasida bölarmidi...Nega wart qöyadi,wartni yigit emas qiz bola qöyiw kerakku...Nega bu bir marta köriwgandan haddi sig'ib bu gaplarni gapirdi...,degan fikrning yaqiniga ham yölamadi...Afsuski,undagi ayni damdagi yagona ilinj,yigitning xonadoni bölib tuyuldi.Yigitning gaplari yuragini tewib ötgani rost,ammo özini kelinlik libosida tasavvur qilib körib sal yumwagandek böldi.Bundan tawqari fotihani buzib bölmaydi.Qiwloq joy bölsa,dugonalari ham birin-ketin turmuwga chiqiwayapti.Agar fotihani buzsa,odamlar yomon xayolga boriwadi.Ortiqcha gap-söz,miw-miw tarqaladi.Keyin hech kim olmaydi,bir umr ta'na-malomat ewitib qora mehnatdan ölib ketaman.Balki,yigit hazillawgandir,degan adoqsiz öylar bilan özini özi taqdiriga köndiriwga harakat qilardi...Töy kuni uning eng baxtiqaro kuni böldi.Onasining qarg'iwi urdimi,uning bir umrga yuzi qora böldi...
Добавлено (25.06.2012, 15:54) --------------------------------------------- Otasi töyib aroq ichib olib,butun el-ulus oldida yana dahwatli "tomowa" körsatdi.Kamiga qudalarga baqirgani hammasidan owib tuwdi. - Araqni kam olib kelibsanlar,men qiz boqqanman,buni uchun qancha araqning puli ketgan.Hov,aroq obkel tez,bömasa töy bömaydi,deya yana allambalolar deb sökinib hammaning ta'bini xira qildi.Ichkarida ötirgan Subhidam otasining qilig'idan xörligi kelib,azoblanib yig'lardi.Dugonalari unga dalda berar,lekin özlari ham qöwilib yig'lardi.Wu orada mahallaning tört-bew yigiti otasini hovlidan majburan olib chiqib ketdi.Mahalla keksalari kuyov tomondan kelgan qudalarga hamma gapni yotig'i bilan tuwuntiriwdi.Haytovur,bow quda köpni körgan odam ekan,yowlar baxtli bölsin,deya kelin-kuyovga fotiha bera qoldi...Töy kuyovnikida davom etdi.Ammo,Subhidamning chehrasi yoriwmadi,u uchun bu orzu qilgan eng baxtli kuni böliwi lozim edi.Ammo,u uchun otasining körsatgan tomowasi kam ekan.Kuyovning uyida onasi janjal bowlab yubordi.Xullas,latta-putta masalasida.Kuyovning opalari ham balo ekan,galalawib jangga kiriwdi.-Yuborgan narsalarimizning yarmiyam qaytmagan,desa bunisiyam böw kelmay,-Gulday qizimni berdim yana nima kam,deya jag'i jag'iga tegmay har ikki tomon ham wallaqilik qiliwardi.Töy töydek ötmadi,xullas hech kimga xursandchilik tatimay töy tarqaldi...Ertasiga tongda Subhidamni og'ilxonadan qonga belangan holda topiwdi...U öz joniga qasd qilib,qöl tomirlarini kesib tawlagandi...
Добавлено (25.06.2012, 16:04) --------------------------------------------- Xotima.Subhidam özgalarning aybi bilan yuzi qaro bölgancha bu dunyoni tark etdi...Poydevor mustahkam bölmasa,tarbiyachining özi tarbiyalanmagan bölsa mana wunaqa xunuk oqibatlar kutiliwi tayin...Subhidamning qöllari mehnatdan qadoq bölgandir yoki biz kabi nozik ham bölmagandir,ammo uning ham hamma kabi qalbi bor ediku...Hamma qizlar kabi turfa xil orzu-havaslari bor ediku...Siz bunga nima deysiz?
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 26.06.2012, 22:31 | Сообщение # 2 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Yig'lamoqchi edim, ko'zlarimdan yosh qolmabdi. Baqirmoqchi edim, ovozim qolmabdi. Boshimni urmoqchi edim, sog' devor qolmabdi. Manimcha hikoyaga wu ta'rifimi o'zi yetarli. Xotimaga qo'shimcha yoki to'ldirilish. Bunday siqilishlar, har qanday insonni berk ko'chaga olib kirib qo'yadi. Ming irodasi mustahkam inson ham bunday sinovlarga dosh bera olmaydi. Ertasini ko'rib, daxshatdan qotib qoladi. Bundan qochish uchun o'limni tanlaydi. Noto'g'ri yo'l bilan bo'lsa ham qutilmoq istaydi. Hikoya uchun rahmat. Ota ona va bo'lg'usi ota onalar uchun ibratli hikoya.
|
|
| |
Dilshod_A | Дата: Вторник, 13.08.2013, 20:22 | Сообщение # 3 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 117
Статус: Offline
| O'qib xuddi u qizni taniydigandek ich ichimdan siqilib kettim. Qani endi qo'limdan kelsayu wu qizga yordam berolganimda.. Exx Sokinaaaa o'qib kayfiyatim buzildi.. Oxirini baxtli yakun qiliwni xicham iloji yo'qmidii a...
|
|
| |
Sokina | Дата: Среда, 21.08.2013, 13:12 | Сообщение # 4 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Assalomu alaykum. Dilshod,bu qizning boshidan kechirganlarini o'z og'zidan eshitib men ham ko'zyoshlarimni tiyolmagandim. Bu hikoyani yozgunimcha his qilganlarimni to'liq yetkazib berolmaganim uchun ruhiy holatim biroz vaqt tushkun ahvolda qolib ketgandi.Bu qiz hayotda bor edi va men uni tanirdim.Lekin kuni kelib u haqda hikoya yozishim xayolimga kelmagandi. Uzatilayotgan kuni oxirgi marta ko'rib turganimni hatto xayolimgayam keltirmagandim.Nomard otaning to'y kunidagi hayvoniy qilg'iliqlaridan xo'rlanib alam bilan o'ksib-o'ksib yig'laganlariga ham ming afsuski ko'p qatori men ham guvoh bo'lgandim...O'tganlarni Alloh qilsin.
Добавлено (21.08.2013, 12:12) --------------------------------------------- Alloh rahmat qilsin.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |