Вторник, 03.12.2024, 22:41
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Chinor umri (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Chinor umri (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Понедельник, 02.07.2012, 00:06 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Bu hikoyam otaxonlarimizga bag'iwlanadi.

Добавлено (24.06.2012, 05:58)
---------------------------------------------
Sulaymon ota bomdodni öqib,bog' iwlariga kiriwib ketdi.Qiwloqda hech kim bomdoddan keyin turmaydi,eng kech turadigan odam Narimon söliq bölsa,u ham bomdod mahali uyg'onadi.

Добавлено (24.06.2012, 23:03)
---------------------------------------------
Sulaymon ota ancha tetib va bardam.Yigitlik chog'larida unga bas keladigan yigit bu orada topilmasdi.Kuragi yerga tegmagan polvon edi.

Добавлено (29.06.2012, 18:21)
---------------------------------------------
Bu qiwloqda hammaning laqabi bor.Agar biror kiwi haqida gapirilayotganda laqabini qöwib aytmasa,ösha odamni hech kim darrovda eslay olmaydi.Sulaymon otaning laqabi chavandoz.U otga nihoyatda iwqiboz odam.O'ziga qaramasa qaramaydiki,ammo otlari parvariwsiz qolmaydi.Qishloq joylarda otga miniwni eplolmagan yigitni kamdan kam uchratiw mumkin.Maboda öwalarning birortasi Sulaymon chavandozga duch kelib qolsa bormi, izza qilib,yer bilan yakson qilib tawlaydi.Uning bu chapani odati haliyam qolmagan.

Добавлено (30.06.2012, 17:07)
---------------------------------------------
Sulaymon chavandozning gap niwoniga tutilmaslik uchun ot miniwni örgangan yigitlar ham bor edi,hatto.

Добавлено (01.07.2012, 18:47)
---------------------------------------------
Sulaymon chavandoz yowligida yigit desa yigitday edi.Qiwloqning necha bir suluv qizlari unga havasmand edi.Qiwloqda Noznigor ismlik bir qiz bölg'uvchi edi.Köp yigitlar uning bosgan qadamlariga ilhaq bölgancha,köchalarni poylab turguvchi edi.Sulaymon ham öwa Noznigorga zimdan owiq edi.Ammo,har iwlarda mard turib kelguvchi yigit yurak yutib qizga bir söz aytiwga botinolmasdi.Noznigor bowqa qizlardan ayricha edi.Unga yurak yutib dil izhorini aytoladi deganimiz ham uning jodu közlariniga boqib tili aylanmay qolguvchi edi.

Добавлено (01.07.2012, 20:39)
---------------------------------------------
Sulaymon chavandoz Noznigorning hajrida kunlari-yu,tunlarida halovat topmadi.Ichikib-ichikib sog'inguvchi böldi.Qorabayir zotlik xoldor oti Boychibor bilan qizning ewigidan bot-bot ötguvchi böldi.Boychibor-la suhbat qurib sirlawguvchi böldi.-Kowki,Noznigor qurmag'ur men owiqning dardini bilsa.Kowki,ewigidan bir qorasi körinsa.Eyy Boychibor,senu-men bul qizning yölida nigoron bölib,sog'inchdan ölmasak,görgaydi.Ha jonivor,yigitting dösti ot böladi-da,Wul qizga yetiwmakka kömak ber-a,yöldowim.Sen yonimda yurguvchi jöram böl,Noznigorim yölimdi poylaguvchi yorim bölsin.Etagida qöwwa ög'il-qiz bösin.Sendan bowqa sirdowimdi topmadim,yo Boychiborim,qanotim.Gaplarimdi uqdingma,deb otning közlariga termulguvchi böldi.

Добавлено (01.07.2012, 21:55)
---------------------------------------------
Ot Boychibor "tuwundim",degandek kallasini irg'ab-irg'ab hamdard bölguvchi edi.Boychibor butun el-ulusda,bul otding qonati bor,deb ta'riflanguvchi edi.Boychibor köpkariga kirsa,qolgan otlar özini panaga tortguvchi edi.Haybati bor edi.Kelbati bor edi jonivorning.Sulaymon chavandozning otasi Qobil mergan ot haqida köp hikmatlar bilguvchi edi.Töylarda baxwilar xöp aytiwuvlar qilguvchi edi. Odamlar davra qurib qizg'in-qizg'in gurunglar qurguvchi edi. Avji gurung qiziganda odamlar Qobil mergandan ot haqida gurung söraguvchi edi.Qobil mergan avji kelib zavqu-wavq bilan xöp sözlaguvchi edi.- Yigitting yöldowi ot.Jonivorda kenglik bor,bul jonivorda sahiylik bor.Tört oyoqli bezabon demang,bunda fahm bor,farosat bor.Otting asili arg'umoq böladiTug'ilgani qulun böladi.Ikki yowdan owgani g'önon böladi.Tört yowidan owgani dönan böladi.Bew yowidan owgani tulan böladi.Olti yowdan owgani chirg'a böladi.Eng qarisi qirchang'i böladi.Ammo,otting dev-parisi böladi.Dunyoda yigit bölsang 3 narsada mahkam tur,oring sinib, bedov bölib qolmagin.Birinchisi nikohingdagi ayolingga.Ikkinchisi belingdagi pichog'ingga.Uchinchisi ostingdagi otingga.Bul otting odati vafodorlik,yigitga bergan ahdi qiyomatlik.Otting uyurida bir sarkori böladi.Eng abjiri mard tantisi wul böladi.Uning oti arg'umoq böladi.Mana bizding Boychibor wul arg'umoq.Jonivor Sulaymondan ayrilmaydi.Sulaymon undan bir dam ayrilmaydi.Köz tiymasin,qonati bor jonivording.Köpkarida oldiga tuwguvchisi yöq.Uloqti ayirib yutguvchisi yöq,hay jonivor-ay"- deb tölib-towib sözlaguvchi edi.Odamlar jim bölib tinglaguvchi edi.Katta-katta davralarni og'ziga qaratguvchi edi.Sözlarini tinglab turib,har tomondan ,hay jonivor,ha balli,hay Boychibor,deya luqma tawlab qöwilguvchi edi.Odamlar ham wu paytgacha Boychiborday ot körmagan edi.Köpkarilarda Boychiborning qiliqlarini aytib-aytib maqtawardi.-Sulaymondi tuwunadi wu jonivor.Bekturdi kökalning töyida xöp tomowa körsatdi. -Ha rost,menam körib edim.Uloqti Sulaymon iliwi bilan jonivor uyurdi yorib ötib choptiku-ya.Hov anavi Narimon söliqting chegarasidanam ötib qaytdi.-Yey,siz Aliqul sabzining töyida körmadingiz tikka jardi qiyalab chopti jonivor.Har choptiki birorta ot yetolmadi.Odamlar bir-biriga gap bermay Boychiborni ta'riflaguvchi edi.Yigitlarning sardori Sulaymon chavandoz bölsa.Otlarning sarkori Boychibor edi...

Добавлено (01.07.2012, 22:31)
---------------------------------------------
Sulaymon chavandoz Noznigorning hajrida örtanib yurgan kunlarda Noznigor ham uning otda qaddi-bastini köz-köz qilib köchasidan ötadigan bölib qolganidan yuragi bir iliqlikni sezganday böldiyu,har nelarni tusmol qildi.-Bul Sulaymon chavandoz deganlari muncha serqatnov böldi.Bir qiz yuragidan urganga öxwaydi.Halim sariqding qizimikan,e töxta Kumuw kiwmiw bölmasin tag'in.Tunov kuni bul yigitdi xöp maqtab edi.Og'zidan bol tomib maqtab edi.Qiz bölmay,bir parcha tuz bölgur.Yigit haqida uyalmay gapiradi.Ibo-hayo qilmay gapiradi.Wul yigitding ayoli bölsam,deb edi.Beting qurg'ur Kumuw kiwmiw.Qiziqsam ham indamayman.Bul yigit chavandoz bölsa,biz bir oddiy qiz bölsak.Xudoning aytgani böladi.Taqdirimga bitkani böladi.Sulaymon chavandoz Boychibordi suyadi.Ul yigitding odami kimga kelsa bilamizda,kimdi suyganini,deb öylaguvchi böldi.Sulaymon chavandozning odami ularnikiga borganda,hayratini yawirolmadi.Yangasiga gap berdi.-Bul chavandoz hadeb bözchining mokisiga öxwab köchamizdan qatnaguvchi edi.Yigit omon bölgurning dardi bor ekanda.Men bul yigitding odatini ewitib edim.Boychibordi yeru-köklarga iwonmay suyguvchi.Umrim otxonada ötadimu bir kami,deb noz qilguvchi böldi.Yangasi xöp dono gapni sözladi.Qaynsingilni uzib-uzib sözladi.Baxtinida közlab-közlab sözladi.- Haa,yoqmaygina ketsin.Butun qiwloqting qizi wul chavandozdi desa-yu,bu kiwim noz qilshini-chi.Ana teymasangiz teymang.Kumuw kiwmiwdi oladi,qöyadi.Boychibor ul yigitding dösti.Suygani siz ekansiz.Noz qimang,bir yigit bölsa wuncha bölar. Noznigor yangasining gapiga qotib-qotib kulguvchi edi.Yuraklari orziqib kulguvchi edi.Nozlar qilib kulguvchi edi...

Добавлено (01.07.2012, 22:45)
---------------------------------------------
Sulaymon bilan Noznigorning töylari böldi.Juda katta töy böldi.Hamma joydan chavandozlar keldi.Chavandozning töyiga chavandoz keladi-da.Baxwilar aytiwuvi böldi.Yana Boychiborning gurungi böldi.Qobil mergan har galgidan qiziq-qiziq sözladi.Tölib-towib sözladi.Yigitlar oqsuyak öynadi.Arqon tortiw öynadi.Oliwib-kurawib ham öynadi.Sulaymonga havas qilganlar böldi.Hasadidan yonganlaram böldi.Baribiram töy böldi.Qizlar,ayollar yalla aytib öynadi.Dutor chalib öynadi.Noznigorga havas qilganlar böldi.Hasad ötida yonganlaram böldi.Baribiram töy böldi.Bolalar chillak öynadi.Qöni-qönjini pista-bodomga töldirib öynadi.Yong'oq öynadi...Baribiram töy ötdi.

Добавлено (01.07.2012, 22:59)
---------------------------------------------
Sulaymon ota bomdodni öqib bog' iwlariga kiriwib ketdi.Kampiri tökilgan zardolilarni nevaralari ni atrofida gujg'on yig'ib terayapti.-Kampir deyman,bugun tuwimda Boychibordi köribman.Safarim qariganga öxwaydi.- Choli qurmag'ur sahar maydondan tawlab ketiwdi öylab qopsiz.Mendan köra wul Boychiboringizdi xöp suyasiz-da,deb öpkalagan böldi kampiri.-Sening nozingdi suyaman-ey,Noznigor,- Sulaymon ota soqollarini selkillatib kuldi.Ajinlari buriwiblar kuldi.Kampirining rawkidan-da kuldi.Zavqlaniblar kuldi.Közlaridan yow chiqiblar kuldi...Bir dam ma'yus tortdi.O'limni eslab bir dam sergak tortdi.Göringda tinch yotgur ,Boychiborim deb yuziga fotiha tortdi...

Добавлено (01.07.2012, 23:06)
---------------------------------------------
Xotima.Bu hikoyamni Tog'ay Murod yönaliwida yoziwga harakat qildim.Ammo,yozuvchilikka da'voim yöq.Otlarning yowi haqida ma'lumot bergan inson ham chavandoz...Hikoyamdan ma'naviy ozuqa ololsangiz xursand bölaman.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Суббота, 18.08.2012, 00:55 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Mani ham otim bo'lganda chavondoz bo'larmidim... Yo'q bo'lmasdim. Bizda raqiblar yo'q.)
Hikoya zo'r!
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter