O'zim uchun hech qachon maromida qoniqib,yorita olmaydigan mavzuim-Onajonlarimiz haqida.Ona mehrining beqiyos va sarhad bilmasligi haqidagi hayotiy hikoyani e'tiboringizga havola qilmoqchiman.Добавлено (22.06.2012, 20:13)
---------------------------------------------
Turg'un otaning keyingi yillarda kasaldan boshi chiqmay qoldi.Mana uch-tört yildan buyon hali u kasalxonaga,hali bu kasalxonaga qatnaydi.Ammo,neki kasalining uchi chiqsa.Bir döxtir ötingizdan desa,bowqasi owqozondan deydi.Yana biri diabetga öxwayapti deb,Turgun otaning ötakasini yoradi.Sabr kosasi tölgan qariya jahl qilib,xudoga jonim kerak bölsa ola qolsin,bowqa bu döxtirining yonigayam yaqinlawmayman,deya öjarlik qilib turib oldi.Kampiri Adolat aya,qurmag'ur chol,Towkenga boring,öwa yerda katta döxtirlar bor,allambalo apparatlari bilan bir pasda tuzatvoradi,deya javragancha qolaverardi...Suvoqlari tökilib ketgan,tawqi tomondan qaraganda ancha g'arib bu xaroba xonadonda wu cholu-kampirdan bowqa yana bir ayol yawaydi.Bu ayol ularning yakkayu -yagona qizlari Oytumor edi.
Добавлено (22.06.2012, 22:27)
---------------------------------------------
Turgun ota kuzga borib yotib qoldi.Uning chap tomoni butunlay falajlanib oyoq-qöli iwlamay qolgandi.Gohida tili ham aylanmay gapirolmasdan qolardi.Döxtirlarning aytiwicha insultga chalingan ekan.Adolat ayaga jabr böldi.Bu yog'i Turg'un otaning parvari yana bir yog'i guldek sog'lom qizi Oytumor ruhiy xastalikka giriftor bölgan.Unga köz-quloq bölib turiw kerak.Qarilik nafaqasiga bazör rözg'or tebratadi.Wuniyam gohida vaqtida bermay sarson qiliwadi.Sodiq dökonchi baraka topsin,nasiyaga bölsa ham ul-bul kerakli narsalarni berib turadi.Yaqindan bowlab uning yordami bilan qizi Oytumorga nogironlik nafaqasini oliw uchun hujjat tögriladi.Sodiq dökonchining farzandi yöq,Adolat aya doimo duo unga farzand tilab duo qiladi...Oytumor yowligida köhlikkina chaqqon qiz edi.Qishloqning mana-man degan abjir yigitlari unga owiqu-waydo edi.Hatto,Oytumor bexabar uni talawib nechtasi jiqqa muwt böliwardi.Oytumor ularning birortasigayam qiyo ham boqmasdi.O'z orzu-havaslariga yetiwiw yöllarini öylab özicha rejalar tuzib yurardi...
Добавлено (22.06.2012, 23:11)
---------------------------------------------
Adolat aya rözgorga piwiq ayol,lekin sönggi yillarda g'am qaritdi.Avvalgidek kuch-quvvati ham,hafsalasi ham qolmagandi,aksiga olib kuz ham izg'irin sovuq kunlar bilar ölkani siylayapti...Pechkadagi ötin chirsillab yonayapti,xona ichida almisoqdan qolgan xontaxta ustida muk tuwgancha guruch tozalab ötirgan Oytumor deraza tomonga qarab "kiwt",deb qöydi.Adolat aya beixtiyor ösha tomonga qarab,musichaga közi tuwdiyu,jonivor rizqingni topolmay qiynaldingmi,deb ajratilgan kurmakni siqimiga olib tawqariga chiqib ketdi.Oytumor xiringlab qöpol kuldi.Töwakda yotgan Turg'un ota qiziga qarab,öksinib ketib közlaridan yow sizib chiqdi.Uning qalbidan towib borayotgan gam-g'ussa ,guldek qizining sönib borayotgan bema'no nigohiga boqib turganicha,wu ikki tomchi köz yow bilan sirtida ifodalandi.
Добавлено (23.06.2012, 00:14)
---------------------------------------------
Adolat aya hovlida chiqib osmonga qaradi.Qor yog'armikan osmon tundlawib quyqalawibdi,deya öziga özi gapiringancha siqimidagi kurmakni ma'qul joy topib tökib qöydi.Kunning sovug'i etidan ötib ketib,uyga kirmoqchi edi,ovoz chiqarib qöwnisining qizi Zubayda kirib keldi.-Xola hormang wu sovuqda bu turiwingiz nimasi? - Ha,endi özim wundog',deya bir zum nima deb javob beriwini bilmay turdi. - mana buni ayamla berib yubordila,deya qölidagi gazetaga öralgan yumwoq narsani Adolat ayaga tutqazdi.
Добавлено (23.06.2012, 07:09)
---------------------------------------------
Zubayda olib kelgan narsa qovunqoq ekan.Omborda saqlangani uchun sovuqda öziga nam tortib yumwab qolibdi.Xörligi kelgandek bölib,duo qildi:biring ming bölsin...Oytumor qovunqoqini xuw köriwini Zubaydaning onasi biladi.Oytumordan 4-5 katta bu ayol ularga uzoqroq qarindow böladi.Adolat aya sababchi bölib qöwni hovliga kelin bölib tuwgandi.Bultur qaynonasi vafot etdi.Zap ajoyib ayol edi.Aslida qöwnisi Oytumorni kelin qilaman,deya uni holi-joniga qöymasdi.Lekin, qiz istamagani uchun Adolat aya közday qadrdon qöwnisi bilan qaytiwib ketiwni istamay,Zarifani ularga loyiq körgandi.Zarifa xuddi wunday kuz kunlarida qovunqoqiga bowqorong'u böldi.Adolat aya qovunqoqdan ortiqchasi bilan g'amlab qöyardi.Turg'un ota ham erka qizi uchun ataylab eng wirin hosil beradigan qovun navini ekardi.Xullas,Zubayda tug'ulguncha Zarifani qovunqoq bilan ta'minlab turdi...
Добавлено (23.06.2012, 10:27)
---------------------------------------------
Adolat aya qovunqoqini yuvib ichkariga kirdi.Oytumor bir nuqtaga tikilganicha qotib ötiribdi.Turg'un ota esa unga mayus tiklab öylanib yotibdi.Kampiriga qarab közi bilan,buyoqqa kel degandek imladi.Adolat aya qölidagi idiwni qizining oldiga qöyib cholining yoniga sekin borib ötirdi.Turg'un ota past ovozda ,hozirligingni köraver kampir, safarim qariganga öxwaydi,deya pichirladi.Adolat ayaning yuragini allanechuk g'awlik qamrab olib,nega unday deysiz,hali köp yawaysiz.Bizni tawlab qayoqqa ketasiz,deya özini chalg'itiw uchun cholining ustidagi körpani tekislagandek böldi.- Tuwumda ayon berdi,otam toqqa olib ketganmuw,deya yanada past ovozda javob qaytarib Oytumorga achinib qaradi.Qizini bu dun-dunyoda wu ahvolda qoldirib ketiwga közi qiymayotgandir balki,essiz qandoq qiz edi-ya?!...
Добавлено (23.06.2012, 11:32)
---------------------------------------------
Oytumor maktabning yuqori sinfida öqiyotganda basma-bas sovchilar kela bowladi.Kelgan sovchilar haqida Adolat aya qiziga lom-lim demasdi.Faqat ona va qiz örtasida hayot haqida mavzu ochilganda sovchi yuborgan yigitlarning oilalari haqida ayta turib qizining chehrasidan qaysi biriga xayrihohligini payqab oliwga harakat qilardi.Oytumor men avval öqib öz yölimni topiwim kerak,ona.Keyin taqdirimda kim yozilgan bölsa bölaveradi,deya öz rejalari haqida tölib-towib onasiga gapirib berardi...Maktabning 11-sinfini oltin medal bilan bitirib,meditsina bilim yurtiga imtiyozli raviwda qabul qilindi.Turg'un ota bilan Adolat aya yolg'iz qizining bu muvaffaqiyatidan sevinchlari ichiga sig'may rosa quvoniwdi...Bilim yurtini bitirib,tibbiyot institutiga hujjat topwiraman deganida,otasi ruhsat bermadi.Mehribonlik ohangida wunday dedi: wuncha öqiganingiz ham yetadi,ona qizim.Endi yonimda yuring,diydoringizni sog'inib yöl poylab ötiriwga onajoningizning ham sabri qolmadi.Oytumor noiloj ota-onasining aytganiga rozi böldiyu,ammo yuragida katta tugun bölib armon qolib ketdi.Köp ötmay qöwni mahalladan katta oila farzandi Azamat ismli yigitga fotiha qiliwdi.Yigit töygacha Oytumorni wirin yolg'onlariga kömib tawladi.Dunyodagi eng baxtli oila bölamiz,deya qizga qop-qop va'dalar berardi...Azamat oilada katta farzand bölsada,anchagina taltaygan,özbilarmon yigit ekanini Oytumor kelin bölib tuwib borgandan keyin bildi.Avvaliga u bilan juda yaxwi yawawdi.Oytumor tong otgandan ,kun botguncha rözg'or iwlaridan ortmasdi.Katta oila emasmi,wunga yarawa tawviwi ham katta edi.Qaynisingillari u kelin bölib borgandan söng qölini sovuq suvga ham urmay qöydi.Hatto,kap-katta qiz bölsa-da aqalli özlarining kir kiyimlarini yuvmasdi.Oytumor hamma iwlarni öz vaqtida bajariwga ulgurolmagani uchun qaynona-qaynsingillaridan köp dakki ewitardi.Tuwkunlikka tuwib tomog'idan ovqat ham ötmay qoladigan paytlar böldi.Kundan kun holi qolmay,kuchsizlanib borayotganini his qilardi.Darmoni qurib ketayotgani uchun ozg'inlawib,ranglari ham xunuklawib borayotgandi.Azamat töydan oldin bergan va'dalarining birortasiniyam bajarmadi.Aksiga olib onasi va singillarining ig'vosiga uchib Oytumorni xöp döpposlardi.Gohida kaltak zarbidan huwidan ketib qolgan Oytumorni yana özi huwiga keltirib olib,köz yow tökib undan kechirim sörardi.O'zining aybini oqlaw uchun,seni falonchi yigit gapirdi.Jahlim chiqib kelgandim özi,bu gaplar ortiqcha böldi.Rawkimni bilasanku,deya bowqa tuhmatlar aytib bechora qizning özini aybdor ham qilib qöyardi.Yana gapini tekislab,böldi endi bowqa urmayman,agar ursam Xudo ursin,deb echki qasam ichardi...Oytumor homilador bölgandan söng,ahvoli yanada og'irlawdi.Uni deyarli ota-onasinikiga yuboriwmasdi.Agar boradigan bölsa ham,özlari olib borib bir soat ötar ötmas qaytarib olib keliwardi.Maboda,kelin tomondan kimdir yöqlab kelsa ham,unga Oytumorni "baxtli kelin" qilib körsatiwardi...Ayrim paytlari toqati toq bölib indamay uyiga ketib qoliwni ham öylardiyu,ota-onasining tinchini buzmaslik uchun tiwini tiwiga qöyib bariga chidardi.Buyog'i hademay farzandi tug'iladi.Yana mahalla-köyning oldida qanday bow kötarib yuriwini öylab dardini ichiga yutardi...Azatmat tug'ilmagan bolasini ulfatlari bilan "yuvadigan" odat chiqargandan keyin Oytumorning asablari dow berolmay fe'lida jizzakilik paydo bölib yig'loqi bölib qoldi.Tobora qaynona-qaynsingilarining xurmacha qiliqlari avj olib uni xörlawda davom etardi.Tinch oilada kattayu-kichikka hurmat asosida erkin tarbiya topgan bu öqimiwli qizning sabr kosasi tölib bölgandi.Har tomondan turtkilawlar,kesatiq pichinglardan adoyi tamom bölgandi.Bora-bora andiwani ham yig'iwtirib qöyib asabiy holda jazavaga tuwib uydagilari bilan teppa-teng tillawadigan böldi.
Добавлено (23.06.2012, 12:07)
---------------------------------------------
Homiladorlikning oxirgi kunlarida Oytumor nihoyatda qiynalib qolayotgandi.Undan hatto yeguliklarni ham bekitib qöyadigan böliwdi.Qoni kamayib ranglari sarg'ayib ketgani kamdek qöwimcha asabbuzarliklar uni savdoyi qilayozgandi.Mahalla hamwirasi necha marotaba ogohlantiriwiga qaramasdan uni biror marta davolatiw tugul,hatto tibbiy tekwiruvga ham yuboriwmasdi.O'zini bazör eplab rözg'or iwlariga ham yaramay qolgach,Azatmat xotinini ota-onasinikiga tawlab ketdi.Unga onasining bitta buyrug'i kifoya böldi. -Onasiga olib bor bu tentagingni qölidan bir iw kelmay kuni böyi bekorchilikdan janjal chiqarib singillaringga kun bermayapti.Kerak bölsa onasi tug'dirib olsin,öligini menga ortib oladi bölmasa,deya Oytumorning yonida wuncha gapni aytdi...Bu xonadonda Azamatdan bowqa ota yoki ög'il bola yöq ekan,deb öylasak,adawamiz.Yuqorida hikoya qilingan voqealar ichida aynan ularning iwtiroki ham bor edi,ammo örni,qadri yöq edi.Ota bu uyda ta'minotchi qul, bowqa ög'il bolalar ham otasi kabi tilsiz,jag'siz manqurt kabi hayot kechirayotgan kimsalar.Azamat onaning yörig'iga yurgani uchun,unga ba'zi bir "imtiyozli huquqlar" hukmron ona tomonidan "hadya" etilgandi.Wuning uchun onasi uni bowqa ög'illaridan köra aqlliroq hisoblab erkalik qiliwiga biroz izn bergandi...Adolat aya ich-ichidan qizining qiynalayotganini his qilib,Turg'un otaga,qizingizni tengiga bermadik,wekilli.Ranglari ketib,iwtahalari ham susayib ketgan.Közlari kirtayib ketibdi bechora bolamning,desa.Turg'un ota,u yow nihol uzatdingmi,endi tinch qöy.Hadeb bezovta qilaverma borib, yow bola bölmasa,bundan tawqari özi döxtir bölsa.Homilador bölgandan keyin wunaqa böladida,deya kampiriga dakki berib qöyardi.-U yolg'iz qiz bölgani uchun katta oilani orzu qilgandi.Adawib quda tanladig-ov,deya qudasining soxtalik bilan ayyorona kulib turgan qiyofasini köz oldiga keltirib nimanidir tusmollaganday bölgan Adolat aya,iwqilib tinchlik bölsinda ,deb özini tinchlantirib qöyardi.
Добавлено (23.06.2012, 12:17)
---------------------------------------------
Kuyovi Oytumorni uyga tawlab ketgach,Adolat aya mehr bilan qizini parvariw qiliwga kiriwdi.Unga sarhil taomlar piwirib berar,meva-chevalardan og'ziga tutardi.Lekin,qizining iwtahasi ham hatto yawawga rag'bati ham qolmaganini körgach,ota-onasi jiddiy tawviwga tuwiwdi.Mahalla hamwirasini chaqirib körsatiwdi.Hamwira uni zudlik bilan kasalxonaga yotqiziw lozimligini aytib ketdi.Turg'un ota Sodiq dökonchiga borib qizining ahvolini tuwuntirib mawinasida kasalxonaga olib borib qöyiwini iltimos qildi...Sodiq dökonchi Oytumorga chin dildan köngil qöygan yigitlardan biri edi.
Добавлено (23.06.2012, 13:24)
---------------------------------------------
Oytumorning ahvoli körgan Sodiq achinganidan rahmi kelib yig'lab yuboray dedi.Uni kasalxonaga olib boriwganda vrachlar sarosima bilan bir-birlariga qaraganini sezdiyu,yuragi "wig'" etib ketdi...Oytumorning farzandi ölik tug'ildi.O'zi esa ikki kun huwsiz ahvolda koma holatida harakatsiz yotdi.Ota-onasi wu ikki kun ichida adoyi tamom bölgandi.Tinimsiz Yaratganga iltijolar qilib,közlaridan duv-duv köz yow tökiwdi.Nihoyat,qizi közini ochganligini hamwiradan ewitib biroz tinchlangandek böliwib uni köriwga owiqiwdi...Oytumor ruhiy xastalikka chalinib savdoyi bölib qolgandi...Wundan buyon ancha yillar ötdi.Kuyovi Azamat biron marta,holing nima demadi.Göyoki,ular uchun hayotda Oytumor umuman mavjud emasdek uning kelinlik uyiga bowqa kelin tuwirib oliwdi...Turg'un ota bu dunyoda köngil xavotirini qoldirib,tong otganda joni uzildi.Uning közlari Oytumorga tikilgancha bu dunyodan manguga yumuldi...
Добавлено (23.06.2012, 13:46)
---------------------------------------------
Turg'un otaning kampiri Adolat ayaga oxirgi vasiyati ham Oytumor böldi.Mayyitni pewinga qolmay joyiga qöyiwdi...Oytumor otasining vafotini bilgach, turmuwga chiqiwidan avval özi ekkan olma daraxti tagiga borib ötirib olib yig'lay bowladi.Bu daraxtni öshanda,u negadir mehr daraxti deb atagandi. Lekin,ayni paytda daraxt ham uni ovutiwga yoki mehr beriwga ojiz edi...Mayyitni joyiga qöyib hamma qabristondan ortga qaytayotganda ham Oytumor hech kimga aralawmay hovli etagidagi olma daraxti tagida haligacha höng-höng yig'lab ötirardi.Adolat aya qizidan xavotirga tuwib uning yoniga borsa,jazavaga tuwib ket,hammang yöqol bu mening daraxtim deya baqirib özini yerga otib urib battar yig'layverdi.Qöwni ayollar, körgulik ekanda ,mayli öz holiga qöying yig'la-yig'lab öziga kelib qolar,deya dalda berib birin-ketin chiqib ketiwdi.Uning yonida faqatgina Zarifa qoldi...
Добавлено (23.06.2012, 17:36)
---------------------------------------------
Havo yanada sovub maydalab qor yog'a bowladi.Adolat aya tawviwli ohangda Zarifaga,bolaginam tongdan buyon sovuqda qolib ketdi,qanday qilib ichkariga kiritib olarkanmiza,deya zor qaqwab yig'lardi.Zarifa unga tongdan buyon köz-quloq bölib turibdi.Otasining tönini kiygizib ,tagiga körpachani qatlab töwab bergandi.Ammo,hech nima yedirolmadiyam hatto bir piyola choy ham ichirolmadi...Ikkalasi sekin yurib Oytumorga yaqinlawib boraveriwdi.Quniwgancha,bözlab ötirgan ayol bowini kötarib ular tomonga qarab,daraxtimga tegmanglar bolamni öldirmanglar,deya yana izillab yig'lay bowladi.Adolat aya qizi wu daraxt soyasida yoz oylarda ötiriwni yaxwi köriwini bilardi.Ammo, sovuq paytlarda bunchalik qattiq yopiwib jazavaga tuwmasdi.- Hammasiga Azamat aybdor,deya ularni yana hayratga soldi.U wu paytgacha aqalli biron marta erini eslab gapirmagandi.Umuman olganda u hech kimga deyarli gapirmay qöygandi.Adolat aya kuyovining ismini ewitib xörligi keldi,zorlanib turib,öwa badbaxtlarni Xudoga topwirdim,yer yutsin iloyo,deya og'rinib qarg'adi.Bechora ona qiziga wuncha körguliklarni körsatsa ham insof tilab,Alloh ajrim qilsin,deya alam bilan aytib qöyardi.Lekin,hozir qizining ahvolini körib,dunyoga sig'may ketayotgandi.Bu yog'i yostiqdowi Turgun ota ham ularni tark etdi.Zarifa chorasizlikdan nima qilarini bilmay karaxt qotib turibdi.Oyog'idan yax ötib ketayotgan bölsa-da noiloj chidab turardi.Wu payt ewikdan erkak kiwining ovozi keldi.Sodiq dökonchi mawinasidan qopga solingan nimanidir tuwirib ichkariga kiritib qöydiyu,özi ular tomonga kelaverdi.Gap nimadaligini payqagach,sizlar kiraveringizlar sovuqni qarang kökarib ketibsiz,deb Zarifaga qarab gapirdi.Zarifaga jon kirgandek böldi göyo,Adolat ayaga : Sodiqning özi olib kirar,yuring xola ,deya Adolat ayani yetakladi.
Добавлено (23.06.2012, 18:03)
---------------------------------------------
Adolat aya umidvor orqaga qaragancha,onasi yetaklagan bolaga öxwab Zarifa bilan uy tomon ketaverdi.Sodiq chökkalagancha ötirib,Oytumorga mehr bilan qaradi.Qanday suqsurdek qiz edi,yuzi zahillawib közlarida nur qolmabdi.Taqdirida bor ekanda,bechoraning degan öylar bilan gap bowladi. -Oytumor daraxting bu yil hosil beradimi deyman? -Ha beradi.-Daraxting hosil bersa menga tegasanmi? Oytumor jim bölib unga tiklab turib: sen Azamatga öxwab meni urmaysanmi? Sodiq uning bu savolidan ich-ichidan ezilib ketib,közlaridan tirqirab yow chiqib ketdi.- Seni urganni,xudo uradiku,tumorginam.Uning "tumorginam" deganidan Oytumor nimanidir eslamoqchi bölgandek pewonasini tiriwtirib keyin bema'no jilmayib- Sodiq akaa dedi chözib.Uni bolaligida Sodiq tumorginam,xumorginam deb erkalatib gapirardi.Oytumor esa kichkina muwtchalarini unga qaratib dölaytirib qöyardi...Keyin Sodiq armiyaga ketdi,undan keyin öqiw.Katta böliwgach begonalawib ketiwdi,köcha-kuyda köriwganda hamma qatori salomlawib ötib ketardi...Sodiq uni eslaganidan wodlanib ketib,yur qayiqcha yasab beraman,deb qölidan tortdi.Oytumor ham ildam joyidan turmoqchi edi,oyoqlari uvuwib qolgan ekan yiqilib ketayotganda Sodiq uwlab qoldi.Oytumor oyoqlarini zör berib uqalardi.-Ketib qolma,qayiqcha yasab berasan,deya yana wowib örnidan turdi.Bu safar chöloqlanib tez yura bowladi.Sodiq yordam uchun uning qölidan tutib borardi.
Добавлено (24.06.2012, 05:43)
---------------------------------------------
Sodiq Adolat ayaga közini qisib,biz Oytumor bilan qayiqcha yasaymiz.Sizlar ham issiq uyga kiringizlar,deya özi Oytumor bilan uyga kirib ketdi.Adolat aya pewayvonda ularga ilhaq qarab turgandi.Sodiqning qizini qanday köndirganiga aqli yetmay hayron qolgandi.
Добавлено (24.06.2012, 05:52)
---------------------------------------------
Sodiq xontaxta ustiga gazetani bölaklarga bölib,buklab-buklab qayiqcha yasadi.Wu orada Zarifa choy damlab keldi.Adolat aya indamay ularni kuzatib ötirardi.Zarifa yeguliklarni xontaxta chetiga qöyib özi ayaga qarab,endi men bora qolay,hamma iw Zubaydaga qolib ketdi,deya uydan chiqib ketdi.Sodiq qayiqchalarni tezda yasab böldiyu,Oytumorga qarab,endi choy ichamiz mening qornim ochiqib ketdi,deya dasturxonni yoza bowladi.Oytumor xonadan tawqariga bir zum chiqdiyu,kechagi qovunqoqni olib keldi.Sodiqqa,ol deb qöydiyu,özi iwtaha bilan chaynay bowladi...
Добавлено (24.06.2012, 10:33)
---------------------------------------------
Sodiqning ayoli butunlay ketib qolgandi.U ketguncha ,sizning ham umringizni ötkazib yuborayapman,endi yöllarimiz ayriladi,deya uydan öziga tegiwli narsalarini ukalari bilan mawinaga ortib ketdi.Sodiq ham hech nima demadi.Mana wu voqeaga bir oy ötgandan keyin,Turgun ota qazo qildi.U bu xonadonga kirmagan. Faqat köchadan kelib,köchadan ketgan wu paytgacha.Bugungi vaziyat umuman bowqacha edi,u befarq qarab turolmadi.Wu bugundan bowlab Oytumorni davolatib sog'aytiriwni özicha niyat qilib qöydi.Mayli unga tegmasin,lekin bu dunyodan bu ahvolda ötmasin,deya öziga qat'iy söz berdi.
Добавлено (24.06.2012, 11:01)
---------------------------------------------
Sodiq uni malakali döxtirlarga körsatdi,davolatdi.Vaqt ötiwi bilan Oytumor ancha öziga kela bowladi.Risoladagidek bölmasada,bir navi edi.Adolat aya wunisigayam wukur qildi.Köz yowlari tinmay Sodiqni duo qilardi.Qiziga har doimgidek mehr-e'tibor körsatib parvariw qilardi.Oytumor ham yawaw uchun kuraw bowlagandi.U endi uy iwlarini töliq öz zimmasiga olgandi.Gohida kitoblarini varaqlab öqib turardi.Dugonalarining rasmlarini qarab,ismlarini aytib onasiga körsatardi.Unga sayin onasining mehri tovlanib uni erkalatardi.Sodiq ham tez-tez xabarlawib turardi.Oytumor mehr daraxtidan tez-tez xabarlawib turardi.Qiw qattiq kelgani uchun daraxt tanasini eski kiyimlar bilan örab qöydi...Wu zayl kunlar ötaverdi,bahor yalt etib quyow nurini sochib,asta-sekin borliq uyqudan uyg'ona bowladi.Bir kuni tongda Oytumor olma daraxtining 5-10 ta gullaganiga közi tuwdiyu,sevinchi ichiga sig'may onasidan suyunchi oldi.Adolat aya qizining sevinganidan sevinardi.Uning quvonchiga sabab bölgan olma daraxtining tanasini silab,közlaridan sevinch yowlari quyulib öpardi.Tuwga yaqin Sodiq dökonchi kelib qoldi.Ularning kuzdagi "wartnoma"sidan bexabar ona,Sodiqjon mehr daraxtimiz gullabdi,deya gullarni körsatib xuwxabarni yetkazdi.Sodiqning könglidan iliqlik ötib,ana endi Oytumor bilan töy qilamiz,deya ayani hayron qoldirib javob berdi.Sodiq keliwidan oldin daraxt yoniga borib turgan Oytumor uning bu gapidan uyalib uyga kirib ketdi.
Добавлено (24.06.2012, 11:39)
---------------------------------------------
Oytumorni vrachlar psixologik jarohat olgan,agar yaxwi tinch waroit yaratib berilsa,albatta sog'ayib ketadi,deb aytiwgandi.Bu xonadon ahvoli xaroba bölib g'arib körinsada undagi muhit ayni vrachlar talab qilgandek waroit edi.Mehri daryo onasi va u bilan doim hazillawib köngliga qarab gaplawadigan Sodiq bor.Uning xuw köradigan qovunqoqini yetkazib turadigan Zarifa va Zubayda bor.Bular mehrning har xil köriniwlari...Oytumor endilikda diniy ilmga ham qiziqiwi kuchaygandi.U borgan sari sog'ayib köp narsalarni anglab yetayotgandi...Inson mehri towni eritiwga-da qodir bölsa ajab emas.Oytumorni wu köyga solganlar ham odamlar ediku.Ularning taqdiri nima kechdi? degan haqli savol tug'iladi.Kim qilmagay,kim topmagay deb bejizga aytiwmagan.Ular haqida hikoya qiliwni istamadim.Nima bölgan taqdirdayam har kim bu dunyodayam,u dunyodayam öz uluwini oladi.Qaytar dunyo...Bir yil ötib yana bahor faslida baxtdan yuz-közlari porlagan Sodiq jajji ög'ilchasini kötarib Oytumor bilan mehr daraxtining gullariga termulgancha öz xayollariga g'arq bölganicha turiwardi. Uni yöqlab kelgan farzandlariga mehr bilan boqqanicha, Adolat aya , YARATGANGA WUKUR,deya közlari sevinch yowlaridan xiralawib pewayvonda jimgina turardi...
Добавлено (24.06.2012, 11:53)
---------------------------------------------
Xotima. Odamzod Alloh taoloning murakkab qurilmasidir.Bu qurilmaning kaliti Mehr-muhabbat! Ona mehr-muhabbatini nimaga qiyoslaw mumkin? Aniq qiyosini hech kim topmagandir...Hikoyani yoziw jarayonida necha marta yig'lab olganim yolg'iz Allohga va özimga ma'lum.Wunaqa odamlar atrofimizda bor va ular bilan bir havodan nafas olib yawayapmiz.Mana bu jinni bölib qolibdi,deya öz farzandlarini Ruhiy kasalxonaga olib borib tawlaydigan ota-onalar qancha...Oytumorga öxwagan kelinlar kam deysizmi?...xullas,hikoya xulosasi sizlarga havola.Tibbiy maslahatini ayamaganlari uchun döstim Giyosiddinga öz minnatdorchiligimni bildiraman.Hikoyani öqib xulosa qilganlar baraka topsin.