Суббота, 23.11.2024, 14:26
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Taqsim (mistik hikoya) (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Taqsim (mistik hikoya) (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Воскресенье, 17.06.2012, 21:21 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Allohdan madad sörab,mistik janrda ilk marta hikoya yoziwga qaror qildim.Bu hikoya g'oyasiga asos Ona qalbi hikoyasini yoziwim barobarida paydo böldi.Yoziwimdan maqsad esa,bizga körinmas mahluqotlar olamining hayotini baholi qudrat aks ettiriw. Wa'riy ilmimga tayanib badiy qahramonlar iwtirokida ularning yolg'iz Yaratganga ayon,bizga esa mavhum tuwunchalari haqida yozmoqchiman,inwaAlloh.

Добавлено (08.06.2012, 20:21)
---------------------------------------------
Allohning nomi ila barcha yomonliklardan faqat Uning özidan panoh tilab uwbu mistik janrdagi ilk -debocha hikoyamni hukmingizga havola qilmoqchiman.Buyuk Yaratgan olamlarni bekamu -köst yaratdi va bizning bawariyat olamimizni hammasidan a'lo va aziz qilib poyimizga tawladi.Bu olam yaralibdiki,ne bir ne bir voqeayu-hodisotlarga guvoh bölgan bu köhna dunyo sir-sinoatlarga töla xurjunga öxwaydi.Aynan,hikoya qilmoqchi bölgan voqeam qaysi ötmiwda bölgan bu özimgada qorong'u.Faqat wunisi ma'lumki,wa'riy hukmdan yiroq holda wunchaki tafsilotlar bilan bayon etiwni lozim topdim."Biz yolg'iz emasmiz",bu jumla har bir inson miyasidan umri davomida bir necha bor,hech bölmaganda bir marta ötiwi tabiy hol.Bizga körinmas olamda yawovchi mahluqotlarga biz tölig'icha körinib turiwimiz sir emas.Faqatgina Qur'oni karimning sehrli kalomlarigina örtamizda parda tortiwi mumkin.Bir tomondan öylab qaralganda dahwatning özginasi,tasavvur qiling,yolg'iz özim ötiribman deb öylaysizu,aslida sizni minglarcha balki undan ham köproq közlar kuzatib turibdi...Eng asosiysi,hamma borida qilmagan qilig'ingni hech kim yög'ida ham qilma,degan qulog'imizga qörg'owinday quyulgan tarbiyamizda köp hikmatlar yawirin!Xullas,qaysidir bir zamonda Abdulqodir ismli kiwi kimsasiz ovloq,tawlandiq joyni özlawtirib bog' qiliwga qaror qilibdi.Jami asbob-uskunalarini yig'ib,öwa joyga yetib boribdi.Atrofni közdan kechira turib,katta yovvoyi yöng'oq tagidan öziga chog'roqqina chayla quribdi.Almisoqdan qolgan qumg'oni va kichkina qozonchasi un yaqin atrofidan öchoq ham qurib olibdi.Yana u yoq,bu yoqni tozalab joy hozirlaguncha atrofga qorong'ulik öz chodrasini yoyibdi.Kimsasiz ovloq joyda yakka özi,atrof esa zim-ziyo xuddi yutib yuboradigandek.Abdulqodir qörquvdan yuragi taka-puka bölib atrofga chuqur razm soladi.Qörqqanga qöw körinadi deganlaridek köziga ayqaw-uyqaw har balolar körinib ketadi.

Добавлено (08.06.2012, 22:30)
---------------------------------------------
Wu taxlit mudroq bosib uxlab qoldi,uyg'onganda quyow allaqachon chiqib ketgandi.O'zini juda lohas sezgan Abdulqodir örnidan turgisi kelmay uzoq keriwdi.Og'zini katta-katta ochib esnab,yana bu yoniga ag'darilib yotib oldi.Kechagi wawtidan asar ham yöq,erinchoqlik bilan ulfat bölib tuwgacha yotaverdi.Daraxt soyasi quyuqlawgan sari yana uyqu bosaverdi.Oyoq-qöllari jonsarak bölib qolgandek göyo.Nega bunday bölayotganiga özi ham hayron.Kun qiyom bölganda qorni ochiqqanini sezdi.O'rnidan bazör turib buloq böyiga borib chala-chulpa yuz-qölini yuvdi.Qumg'onga buloq suvidan töldirib choy qaynatdi.Uyidan olib kelgan yeguliklarini iwtaha bilan yeya bowladi.Bir qölida non bir qölida piyolani tutganicha ikki qöllab ovqatlanardi.Nafsi orom olgach,dasturxonni nari-beri yig'iwtirib bir chetga surib qöydi. Atrofga razm solib,ehhe,buncha yerni qachon özlawtiraman deya yana joyiga yotib oldi.Wu yotgancha kun botayotganda uyg'ondi.Endi ancha dadil edi,uyquga rosa töygan ertalabki horg'inlikdan asar ham yöq edi.

Добавлено (08.06.2012, 22:46)
---------------------------------------------
Bir pasda atrofga qorong'ulik ham tuwdi.Abdulqodir unchalik ham qörqmayotgandi.Harqalay oy ham körina qoldi.Oyga tiklab yotgancha xayolga toldi.Xayolida katta bog' barpo qildi,yetilib piwgan mevalardan maza qilib yeb,bozorga chiqib sotib mömaygina daromad ham qildi.Mablag'iga köz ostiga olib qöygan qizga uylanib hawamatli bino quriwga ham ulgurdi.O'zining xayolidan zavqlanib jöwib ketgan Abdulqodir wart örnidan turib quvnoq bir kuyni ovoz chiqarib xirgoyi qilgancha raqsga tuwib ketganini özi ham sezmay qoldi.Sakrab-sakrab gir-gir aylanib,közlari yumib mastona harakatlar bn rosa raqsga tuwdi.Nazarida butun olam u bilan xursandchilik qilgandek tuyuldi.Oxiri, yuragi tez urib,bowi aylanganicha yerga behol ötirib qoldi.Qiziq, unga wu paytgacha umuman yot bölgan holatlar sodir bölayotgandi.

Добавлено (08.06.2012, 23:00)
---------------------------------------------
Yelkalari achiwib,oyoq-qöllari goh qizib,goh sovib borar,közlarini ham soqqasidan siljigandek sezidi.Qornida og'riq turib köngli ayniyotganini bowi esa karaxtlanib göyo, xumdek kattalawib ketgandek tuyuldi.Wu taxlit darmonsiz holda uzoq vaqt bir nuqtaga tikilgancha ötirib qoldi.Keyin qattiq chinqirib huwidan ketib qoldi,og'zidan chiqayotgan köpikni körgan odamning ötakasi yorilib ketardi.Huwidan ayrilgancha qancha vaqt yotganini bilmaydi,bir vaqt közini ochiq qarasa yonida bir qariya ötiribdi.Yerdan chiqdimi,osmondan tuwdimi bilmaydi.Yaqin atrofda aholi yawaydigan biror qiwloq ham yöq.Bu kimsasiz joyga wuncha yigitlik g'ayrati bilan özi arang bir hafta yöl yurib yetib keldiyu,bu qariya qanday keldi.U hayron bölib,qariyaga baqrayib qarab qoldi.

Добавлено (08.06.2012, 23:38)
---------------------------------------------
Qariya salmoqlab gapira ketdi: ey,nowukr odamzod Yaratgan Xoliqdan wunday gözal yaratilding,ikki dunyoyingning sarvari komil insoni sening qavmingdan bölsa(Muhammad s.a.v),senlarga eng aziz ne'matlarini baxwida qilgan bölsayu,kamiga yana qöriqchi fariwtalarnida muakkil qilgan bölsa yana nima kam senga?Nega öz qavmingga loyiq bölolmaysan?Nega öz vujudingni biz kabi mahluqotlarga böwatib berasan?Nega omonat tanang,omonat ruhingni pok holda saqlay olmaysan?-deya yigitning yuziga har savol berganida chars-chars wapaloqlab urardi.Abdulqodir hamon özini anglab,anglolmay majolsiz yotardi.Tanasi butkul harakatsiz qotib akawak bölib qolgandi.Közlari ham ochig'u,ammo bir nuqtaga qarab ma'nosiz qotib yotardi.Qariyaga nimadir demoqchi böldiyu,tili aylanmadi.Wu ahvolda yana huwidan ketgancha,ertasi kuni chowgohda közini ochdi.Butun avzoyi badani qaqwab og'rir,qöl-oyoqlari uvuwib sovuqdan kökarib ketgandi.Amallab örnidan qözgalgancha gandiraklab yurib buloq bowiga bordi.Yutoqib hovuchlariga olib suv ichdi.Endi örnidan qözgalmoqchi edi,tölqinlanib turgan suv yuzasida aksini körib qörqib ketdi.

Добавлено (10.06.2012, 10:19)
---------------------------------------------
Tiniq buloq suvida unga, közlari ichiga botib,atroflari kökarib ketgan abgor qiyofa boqib turardi.Yuzidagi momataloq qanday paydo bölganiga hayron bölib suvga qaragancha,kecha tunda bölgan voqealarni eslawga harakat qilib,pewonasini tiriwtirdi.Yöq,deyarli hech narsa eslay olmadi.Uzuq-yuluq nimalardir xotiriga kelganday böldiyu,ammo aynan nima ekanini anglolmadi.Bowi og'riqdan tars yorulgudek bölganiga chidolmay bowini muzdek suvga tiqib oldi.Muzdek zilol suv ancha sergaklantirib,og'riqni pasaytirgandek böldi.Buloq böyida özicha gaprinib uzoq vaqt ötirdi.Chetdan qaragan odam,uni göyo yonida körinmas suhbatdowi bor-u,öwa bilan qizg'in suhbat qurayapti,deb öylardi.Sal vaqt ötib örnidan sekin qözgaldi.Ust-bowining changga bulanganiga e'tibor ham qilmadi.E'tibor qiladigan holi ham yöq edi.Qaddini töliq rostlagancha bowi gir aylanib göyo yer köpchib,osmon esa yaqinlawib kelgandek tuyuldi.Bir silkinib bowlarini sarak-sarak qilib biroz özini önglagandek böldi va mayda,chalkaw qadamlar bilan daraxt tomon yurib yana joyiga yetib olib tezroq yotiwga harakat qildi.Daraxt soyasidagi örniga bazör yetib keldi,yana majolsiz yotib qoldi.Kelgandan buyon yig'ilmagan örni qurt-qumursqalar,xas-chöplar va daraxt barglari bilan tölgan edi.Eti uvuwib tönini ustiga tortiw uchun közlarini ochdiyu,sal naridagi kattakon gajak dumlarida qop-qora zaharni yig'ib olgan chayonga közi tuwdi."Endi ölsam kerak",degan öy "lop" etib miyasidan ötdi.Chayonni öldiriw un atrofdan nigohi bilan kattaroq tow axtardi.Bir zumga atrofga chalg'idiyu,qarasa chayon turgan joyida yöq.Chayonlar tez yugurardi,biror havfni sezib qayoqqadir qochib qoldi,wekilli deya yana atrofga qarab uni izladi.Kelgan kuni wuvoqdan supurgi yasab hammayoqni tozalaganday böluvdi.Lekin mana bugun kelganiga uch kun bölayapti,bu yerga kelib tobi qochib qoliwi mumkinligi xayoligayam kelmagandi.Zör iwtiyoq bilan yölga chiqqandi."Yöl azobi-gör azobi ",deganlaridek safari davomida bowidan köp voqealar ötdi.Yaxwi-yomon odamlarga duch keldi,goh och-nahor yursa,goh qorni töyib kuch-quvvat bilan yöl bosdi.Axiyri,bulog'i bor bölgan wu joyni manzil qilib tanlagandi.

Добавлено (10.06.2012, 10:34)
---------------------------------------------
Qovoqlari og'irlawib uyqu bosa bowladi,lekin miyasining bir chetida " chayonni topib öldiriw kerak" degan fikr uyg'oq turardi.Baribiram lanjlik ustun kelib pinakka keta bowladi.Endi közi ilingan ekan,ayol kiwining qahqahasidan chöchib uyg'onib ketdi.Bowini kötarib hammayoqqa tez qaradi.Hech kimdan darak yöq,quyow tig'i tikkaga kötarilib,yerni kuydirgandan kuydirardi.Hamma jonu-jonzotlar inlariga kirib ketgan hatto, quwlar ham jimjit...Pewonasini uwlab kördi,"isitmam bor ekan,alahsiradim wekilli",deya bowini yana ,öt-ölanlarni yig'ib köylagiga örab yasab olgan kichkina yostiqchasiga tawladi...

Добавлено (10.06.2012, 21:06)
---------------------------------------------
Abdulqodir issiqdan va betoblikdan sillasi qurib közlarini xiyol ochib tepasidagi daraxt woxlariga termuldi.Daraxt woxlari orasida allaqanday warpani ilg'aganday böldi.

Добавлено (11.06.2012, 10:04)
---------------------------------------------
Yöq,endi aniq kördi.Közlarini qattiq yumib,yana ochdi.Daraxt woxida allaqanday mahluq ötirvolib uni kuzatib turibdi.Közlari chaqnab tursada,ichkariga chuqur botib ketgan,quloqlari walpangquloq,avzoyi badanini jun qoplagan qöl-oyoqlari nomutanosib joylawgan,ammo waklu-wamoyilidan biroz odamga öxwaw bu jonzot nima ekaniga Abdulqodirning aqli yetmay,anqayib qarab qoldi.

Добавлено (11.06.2012, 10:15)
---------------------------------------------
Haligi mahluq pastga,Abdulqodirning yoniga tuwib kela bowladi.Abdulqodir özicha g'udrandi: -Ana endi,aniq öldim! Mahluq bir pasda tuwib,sal naridan Abdulqodirni kuzata bowladi.Keyin chaylaga yaqinroq keldi.Törtta ustunni yerga qoqib,ustidan wox-wabba tawlab qurgan bu chaylada Abdulqodir ayni damda özini tobutda yotgandek tasavvur qilardi.Mahluq tap tortmay yoniga kelib ötirdi.Besönaqay qöllari bilan uning yuzlarini siladi.Burun,quloq va qowlaridan tortib-tortib qiziqib uwlab kördi.Abdulqodir qörquvdan qimirlayolmay,karaxt bölib qotib qolgandi.Yurak uruwi beorom bölib öziga ewitila bowladi.

Добавлено (12.06.2012, 09:17)
---------------------------------------------
Mahluq tirnoqlari ösib ketgan uzun qölini Abdulqodirning böyni tomon chözganda,qattiq qörqib ketgan yigit qörqinch tufayli butkul huwini yöqotdi...Mana yana oradan qancha vaqt ötganini bilmay,qanch vaqt bu ahvolda yotganini ham anglolmay,pewonasiga tekkan sovuq narsa ta'siridanmi,iwqilib öziga kelganday böldi.Avvaliga qayerda yotganini anglolmay bir fursat yotdi.Söng tepasidagi chayla tomi va daraxt woxlarini körib,haliyam kimsasiz ovloq joyda yotganini tuwundi.Bowqa qayerda ham bölardi,axir bu yerga öz oyoqlari bilan yurib kelgan bölsa.Miyasining löqillab og'riwi biroz pasaygandek."Deyarli bu yerga kelgan kunimdan buyog'iga dözax azobini chekdim-ov",deb özicha öyladi .Wu payt kimdir tomoq qirdi,seskanib ketib ovoz kelgan tomonga qaradi.Chamasi,undan bir metrlar narida bir qariya tasbeh ögirib ötirardi.Oy yorug'ida uning aftini körib kimgadir öxwatdi.Bir pas xotirasiga zör berib eslawga harakat qildi.Miyasiga kelgan fikrdan közlari chaqnab ketdi."Ha,böldi esladim kecha tunda wu qariya kelib, u tuwunmaydigan köp gaplarni gapirib yuzlariga tarsaki urgandi.Yana qayoqdan paydo böldi,eh yana ursa-ya,axir qanday ahvolda yotganini köra-bila turib,yiqilganni tepiw nomardlik bölmaydimi? Men ham hozir ojizman,ojizga özini teng qiliw undanda ojizlikka kiradiku",wu öylar bilan qariyaga chöchib savol nazari bilan qarab turdi.Qariya:seni tiling yöqmi,yo ota-onang wunday tarbiya berganmi?Na salomni bilasan,na odobni!-deya Abdulqodirni tasbehi bilan bir urdi.Wu uriw barobarida bir narsaning ilkis "chiy" etganini ewitdi va yigitning tanasi biroz yengillawganini sezdi.O'rnidan qözg'alib,joyida qariyaga qarab chordona qurib ötirgach,assalomu alaykum,deya past ovozda salom berdi.-Va alaykum assalom,bani Odam.Xuw kelibsiz endi,bizning g'aribona kulbamizga,deya Abdulqodirni hayratlantirib qöydi.Og'zu ochilib qarab turgan yigitning köriniwiga qarab,qariya jilmaygancha: senga birovning ewigini taqillatib kiriw kerakligini örgatiwmaganmi,deya hayrati ustiga yana hayratlantirib qöydi.Abdulqodir, bu cholning miyasi aynigan bölsa kerak,deb öylagan zahoti yuzi-közi aralaw wart etib yana tasbeh bilan solib qoldi.Xuddi,boyagidek chiyillagan ovoz ewitildi va Abdulqodirning vujudi yengil bölib allaqanday körinmas tölqin bowidan sizib chiqqanday böldi.U, wu tasbehda bir kuch bor-ov,qandaydir davolaydigan xususiyati bor ekan-deb öylab:bobo,wu tasbehingiz bilan yana bir uring,deb qariyaga umidvor qarab turdi.Lekin qariya uning aytganini qilmadi.Qaytanga jahli chiqqanday bölib: tuprog'ing xarom tuproqdanmi nima balo,deya uning naslu-nasabiga wa'ma qildi.Ammo,yigit uning bu wa'masiga tuwunmadi.-Qanday tuproq,men falon qiwloqda turaman,uyim bor,bu yerga yaxwi niyatda keldim,deb javob berdi.U qariyaning "tuproq" deganiga "uysizsan",deb aytayapti deya öylagandi.Qariya wu payt yana tasbehi bilan bir tuwirdi va pichirlab bir nimalar dedi.Endi Abdulqodir ancha tetiklawdi va qariyadan minnatdor bölib: bobo,wu tasbehingiz bilan uriwingiz bilan tanam quvvatga tölib,badanimdan nimalardir chiqib ketayotganday bölayapti,siz sehrgarmisiz?,deya savol berdi.Qariya endi örnidan turib,Abdulqodirni tasbehi bilan tinimsiz savalay ketdi.Tasbeh donalarining uning badaniga charsillab tegib achiwtirayotganini aytmasa va atrofda allaqanday aralaw chiyillagan va voy-voylagan tovuwlarni hisobga olmasa uning tanasi quwdek yengillawayotganidan mamnun edi.Wu tariqa Abdulqodirni rosa savalab hovuridan tuwgan qariya,göyo hech narsa bölmagandek joyiga borib ötirdi.-Ey,ahmoq yigit tasbehda hech qanday sir yöq,hamma gap duoning kuchida!Men sehrgar emas,senga öxwagan Allohning quliman,g'ofil banda!Sen musulmonmisan yoki,g'ayridinmisan özi?-deya savolga tutdi.

Добавлено (12.06.2012, 16:52)
---------------------------------------------
Abdulqodir musulmon ekanini bilardi,wu sabab:haa,musulmonman,deya ta'kudlab javob berdi.Qariya: -nobakor,musulmon bölsang,söppayib haa, dema,alhamdulilloh musulmonman,deb ayt!-deya keskin ohangda buyurdi.Abdulqodir öyladi:öziku yaxwi cholga öxwaydiyu,tajangligi yomon ekanda.U özi bilmagan holda qariyaning gapini takrorlab yubordi:alhamdulilloh,musulmonman,-deyiwi barobarida ichida qattiq og'riq turdi.Kutilmaganda qariya yana tasbeh bilan bir urdi.Abdulqodir qattiq kekirib öqchib yubordi va og'zidan allaqanday yoqimsiz hidli wilimwiq narsa yerga otilib ketdi.Qariya öwa tomonga qarab allaqanday ajnabiy tilda qattiq -qattiq gapira ketdi.Abdulqodir özini ancha tetik his qilar,ichi birdan böwab qolgandek jismi nihoyatda yengil bölgandi.Chaqqon örnidan turib bor ovozicha:ALHAMDULILLOH,MUSULMON ,deya chözib baqirdi.Atrofdan aks sado bilan javob yangradi:alhamdulilloh musulmonman!!!... U özini dunyoga qayta kelgandek his qilardi...

Добавлено (14.06.2012, 10:46)
---------------------------------------------
Abdulqodir qariyani öziga öxwagan odam bölsa kerak ,deb öylayotgandi.Aslida qariya wu yovvoyi yong'oqda bola-chaqasi bilan makon qurgan körinmas mahluqotlardan biri-jin Abdulloh edi.Biz uni bobo deb atamaymiz,chunki bizning ota-bobomiz Alloh taolo eng gözal yaratgan hilqat-bani Odam avlodlaridandir.Ammo,qariya jin Abdullohni haqiqiy mömin jin deb etirof etamiz.Wu örinda biz kabi ularning orasida ham kofir va musulmonlar mavjudligini eslatib ötmoqchiman.Abdulloh köpni körgan,umri davomida bir qancha insonlarni baloyu-qazo hisoblanmiw öz qavmidagi kofir jinlardan xalos qilgan musulmon jin edi.U bu yaxwiliklarni savob uchun qilardi.Allohning yaratgan gözal hilqatini faqat Alloh roziligi uchungina kofir jinlardan qutqarar va köpincha öziga duwman orttirib olardi.Ammo,hech bir narsa Alloh iznisiz sodir bölmagani uchun faqat Allohga tavakkal qilar yolg'iz Undan panoh tilardi...Abdulqodir birinchi kun kelganda u bexabar qolgandi.Ertasiga yong'oq kovagidan unga közi tuwib "eh,g'ofil banda vujuding baloyu-qazoga tölib bölgan ekanku",deya wom og'iwini kutgandi.Bizga mavhum tuwunchalari ba'zida ularning özlarigada qorong'u böladi.Tög'risiyam wu-da,eng yuqori ong sohibi deb,yer yuzida biz insonlar tan olingan bölsag-u,öyinqaroq bola qatorida fikr qiladigan jinlarga yöl bölsin?!Ammo,Allohdan nima sörasa wuni beradi,jin Abdulloh Yaratganning suygan bandalariga köp yaxwiliklar qilgani uchunmi yoki,bowqa sababmi,iwqilib unga ba'zi(!) insonlardan köra yuksakroq aql-zakovat ato etilgandi.U Abdulqodirni Qur'on ilmidan boxabar qilib,Alloh la'natlagan kofirlik-jaholat yölidan hidoyat sari olib chiqiwni niyat qilib qöydi.Ota-bobosi örgatgan duoni öqib inson wakliga kirdi.Aslida,inson wakliga jinlar kira olmaydi.Ular hayvon yoki yana bir bowqa jonzotlar suratiga kira oliwi mumkin,xalos.Masalan,qora it,muwuk,chayon,qirqoyoq va hakozo.Wuning uchun bu jonzotlarga köz tuwganda Allohdan panoh tilab uning kalomlarini zikr qiliwni köpaytiriw lozim...Abdulqodirning na dunyoviy va na diniy ilmi bor.U kim nima desa,öwaning fikri bilan iw tutib yurgan g'ofil bandalardan edi.Bu bilan biz uni ,nimadadir ayblawga va uni osiy gunohkor,deya la'natlawga haqqimiz yöqligini bilamiz.Uning tarbiya ö'chogi wu muhitda bölgandan keyin, u bechora nima qilsin?"Olmaning tagiga olma tuwadi",maboda uning tagiga bowqa meva dumalab kelib qolsa ham biz uni öz nomi bilan ataymiz.Wu olma daraxtdan tuwgan meva,demaymiz...

Добавлено (14.06.2012, 10:54)
---------------------------------------------
Jin Abdulloh yigitni obdon kuzatdi,bolaligidan va yöl davomida buyog'iga xamroh bölgan jinlarning töp-töp bölib uning vujudini ilma-tewik qilib yuborganidan "dod",deb yuboray dediyu,Astag'furulloh,deya Allohdan panoh tilardi.Kamiga yana u taniydigan qöni-qöwni kofir jinlarning ham uning xayolini ög'irlab,abgor qilganiga befarq qarab turolmadi.

Добавлено (14.06.2012, 11:17)
---------------------------------------------
Bizning tilda aytganda,jinlarning ham waharlik va qiwloqliklari böladi.O'z-özidan ma'lumki,tabiy muhitda ulg'ayganlar jismonan va ruhan ancha chidamli böladi.Tabiyki,biz jinlarni waharlik yoki qiwloqlik demasdan, odamlar orasida yawaydigan va kimsasiz ovloq joylarda yawovchilar toifasiga ajratiwimiz mumkin.Demak,agar biz Allohni unutib qöysak,(Alloh asrasin) kimsasiz ovloq joyda hayot kechiruvchi jinlardan köproq aziyat yetiwi mumkin ekan!

Добавлено (17.06.2012, 16:50)
---------------------------------------------
Abdulqodir ruhan va jisman yengil bölib,yuviniw uchun buloq bowiga qarab ketayotganda jin Abdulloh ham unga ergawdi.Unga birma-bir tahorat oliw qoidalarini körsatdi va öqiladigan duolarni aytib unga takrorlattirdi.Abdulqodir talaffuzi qiynalib bölsada arabchada ayta oldi.Söng jin Abdulloh daraxt tagini tozalab supuriwni buyurdi.Abdulqodir,onasining irim-sirimlarini eslab özicha bilag'onlik qildi,-kechasi supursa baraka uchadi,bobo.Jin Abdulloh uning gapidan jahli chiqsada,ilmi tolibga nisbatan sabrli bölmoq kerak,degan öy bilan-hoy yigit,kechami-kunduzmi supuriqsiz befayz joyda baraka bölmaydi buni uqib ol,-deya ohistalik bilan javob qaytardi.Uning bu gapidan keyin Abdulqodir yerdagi ayqaw-uypaw tözib yotgan narsalarini artib-qoqib olgancha daraxt woxlariga ilib qöydi.Suv olib keliw uchun buloq bowiga ketayotgan edi,jin Abdulloh bu safar hamroh bölmadi.Unga,-Allohu akbar,deb borib,qaytguningcha Subhonalloh, deb qayt,-deya dona-dona qilib tuwuntirdi.Abdulqodir ,-xöp böladi,bobo hamma aytganlaringizni qilaman,deya tilida zikr bilan zipillab borib qumg'onda suv olib kelib sepa bowladi.Söng wuvoq supurgi bilan atrofni yanada kengaytirib yaraqlatib supurdi.Oyning sutdek yorug'ida tozalangan joy yanada yorug'roq köringandek böldi.Jin unga g'usl qilib kel,deb buyurdi va g'usl wartlarini ham tuwuntirdi...Jin Abdulloh xufton namozini yigitga örgatdi va keyin ikkalasi jamoat bölib xuftonni öqidi.Aslida,daraxt tagi musulmon jinlar bilan tölib ketgandi,Abdulqodirga faqatgina jin Abdulloh körinayotgandi...Allamahalgacha ötirib islomning 5 ustunlari haqida,Muhammad s.a.v sunnatlari, bomdod va xufton namozining xosiyatlari haqida sözlab bergan jin Abdulloh qay payt közdan g'oyib bölganini yigit hatto payqamay qoldi.U pinakka keta bowladi.O'wa kecha u umrida birinchi marta kam uxlasada,uyquga töyib tong azonda uyg'ondi.Jin Abdulloh örgatgandek tahorat olib,bomdod namozini berilib xuw'u bilan öqidi.Uning aqli wu darajada tiniqlawgandiki,bir marta ewitganini ziyraklik bilan ilg'ab olayotgandi.Atrofga qarab,Abdullohni topolmagach,kelib qolar degan öyda qöliga ketmonni olib buloqdan dara böylab suv taradi.Biroz yumwagan yerni ketmon bilan yovvoyi öt va towlardan tozalab chiqdi.Kecha jin Abdulloh örgatgandek,zikr bilan Allohni tilidan tuwurmay rosa iwladi.Iwi wu darajada unardiki,agar wu tobda kimdir bajarilgan iwni körsa,bu yerda kamida ön kiwi mehnat qilgan,degan bölardi.Abdulqodir bilagiga kelayotgan kuch-quvvat,tanasidagi g'ayratu-wijoatdan zavqlanib bor ovozicha zikr qilib,rosa ter tökib iwladi.Har ketmon urganda tuproq uvalanib ketar,unga sayin yigit iwni avj oldirardi.Wu zayl quyow bow kötarib,osmondagi yana bir kunlik safariga hozirlik körayotgan paytda iwini tugatib,daraxt soyasiga keldi.Qumg'onda choy qaynab turibdi,qozonchada sut piwirilgan.Abdulqodir özicha: bobo qaytibdi, demak yaqin orada qiwloq bor,sutni öwa yoqdan olib kelgan,özi qayoqda ekan,degan öyda atrofga alangladi.O'zidan bowqa hech kimsa yöq. Bu boboning qiliqlari g'alati ekan,ammo u meni azobdan xalos böliwimga sababchi böldi,menimcha tabib bölsa kerak.Biroz kutib turaychi,kelib qolar,degan öyda jin Abdullohni kutiwga ahd qildi.Oradan ancha vaqt ötdi hamki,undan darak bölmadi.Qorni piyozning pöstidek bölib ochlik ustun kelganda, Abdulqodirning bowqa kutiwga sabri qolmadi...Sutga zog'ora non tög'rab maza qilib yeb oldi,söng xuddi jin Abdulloh örgatgandek bir piyola choyni sekin höplab-höplab ichdi.Yana ichgisi kelsada,sunnat amaliga rioya qiliwim kerak degan fikr bilan özini töxtatdi.Fotiha öqib dasturxonni taxlab örab,idiwlarni ham yuvib qøydi...Qorni töyib kayfiyati yanada kötarilgan yigit,kecha yod olgan duo,oyat-suralarni qiroyat bilan bir-bir takrorlay bowladi.O'z ovozidan miyasi orom olar,unga jör bölib butun olam u bilan takrorlayotgandek tuyulardi.Wu tariqa örnidan turib,yana iwga kiriwib ketdi...

Добавлено (17.06.2012, 20:21)
---------------------------------------------
Abdulqodir kun qizdira bowlagach belbog'ini bowiga örab yana biroz iwladi.Quyow tikkaga kelib,qiyom bölgach,bowqa chidolmadi.Ketmonni yelkasiga tawlagancha daraxt soyasiga tomon yura bowladi.Xayolida, qani endi,muzdekkina chalob bölsa,deya tomog'i qurib qolganini his qilib tomoq qirib qöydi.Buloq bowiga borib rohatlanib yuvindi.Ust-bowini qayta-qayta qoqib daraxt tagiga keldiyu,angraygancha qotib qoldi.Dasturxonning yonida bir kosa chalob(ayron) turardi.Kosani ikkilanib qöliga oldiyu,bismilloh,deya sekin simira bowladi.Dilidan yarmini boboga qöyib qöysammi,degan fikr ötib,kosani tutgancha atrofni közdan kechirdi.Orqa tomondan jin Abdulloh kelib,asta yötalib qöydi.Abdulqodir wowgancha örnidan turib,salom berdi.Alik olib yoniga ötirdiyu,mehribon nigoh bilan,rizqingni qoldirma,oxirigacha ichib qöy,deya qozonchaga imo qilib,yog'likkina wörva ham tayyor,nafasingni rostlab uni ham ichib ol.Mehnat qilgan odam baquvvat qiluvchi taom yemasa,wawti qaytadi.Odam ovqat bilan tirik-da,deya yigitga xayrihohlik bildirdi.Darhaqiqat,Abdulqodir mehnat qilib rosmana iwtaha bilan ochiqqanini sezdi.Taomdan jin Abdulloh yemadi.Hatto,u bilan bir dasturxonda ham ötirmasdan sen yeyver,deya joyidan turib ketdi.Abdulqodir kosani yalab-yulqab wörvani ichib bölgach ,yuziga fotiha tortib dasturxonni yig'iwtirib,idiwlarni tozalab yuvib artib qöydi...Jin Abdulloh yana daraxt soyasini tozalawni buyurib,özi daraxtga singib ketgudek bölib suyanib turdi.Yigit bir pasda hammayoqni suv sepib yaraqlatib qöydiyu,özi buloq suvida yuvinib pewin namoziga hozirlik köra bowladi.Jin Abdulloh bilan yana jamoat bölib pewin namozini öqidi.Namozdan söng,pewin namozining xosiyatlari,Muhammad s.a.v hayotlari,sahobalar,tobeinlar hayotlari, va Qur'oni karimning nozil böliwi haqida sözlab berdi.Abdulqodir miriqib jon qulog'i bilan tingladi.Chol indamay qolgach,ötirgan joyida mudrab pinakka ketdi.Wu böyi yerga uzala tuwib yotgancha,asrgacha uxlabdi...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
SokinaДата: Среда, 20.06.2012, 14:27 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Jismoniy mehnatdan toliqqan tanasi sergak tortib yengil joyidan turib chordona qurib ötirdi.Körgan tuwi avvallari yodida qolmasdi negadir,ammo hozir körgan tuwini aniq esladi.Tuwida,Abdulqodir jin Abdulloh bilan wom namozini öqibdi.Keyin jin Abdulloh wom namozining xosiyatlari haqida batafsil sözlab beribdi:"Quyow bilan Oy uchrawgan payt böladi bu payt,bizga köpda körinmasa-da,Allohga ayon.

Добавлено (20.06.2012, 12:21)
---------------------------------------------
Yer yuzini Alloh taolo öz xalifaligi deya e'tirof etib,unda butun borliqni -jonli va jonsiz mavjudotlarni yaratdi.Kun va tunga bölib,ölchovdan adawmay sariwta qilib qöydi.Aynan,wom namoziga chaqirilib, wom namozi öqilgach, jamiki jonzotlar xuddi, wu payt bir kunlik sariwtaligini oliwi darkor.Ba'zi jonzotlar kunduz faol bölsa,ba'zisi tunda faol böladi.Xuddi wu chegara wom namozidan keyindir,deya jin Abdulloh unga tuwuntirayotganmiw"...Abdulqodir tuwini röyi-rost eslaganidan hayratga tuwar,qayta qayta Subhonalloh,deya Allohga hamd aytardi.Sekin örnidan turib buloq bowiga bordi...

Добавлено (20.06.2012, 13:10)
---------------------------------------------
Jin Abdulloh asr namoziga chaqira bowladi.Qayerdan paydo bölganini anglolmay qolgan Abdulqodir,apil-tapil asr namoziga wowdi. Ular yana jamoat bölib namoz öqiwgach,jin Abdulloh asr namozining ahamiyati,tab'aa-tobeinlar,hadiswunos avliyolar,olimu-fuzalolar,Rasululloh ayollari-onalarimiz haqida qisqacha sözlab berdi.Söng,Abdulqodirga ayni mehnatning qizg'ini bomdod va asrdan sönggida ma'qul deya,iwlawga undadi.Abdulqodir uyidan olib kelgan urug'lari va ketmonini kötarib iwga kiriwib ketdi...Wom namozini öqiwgach,jin Abdulloh uning tuwida ayon bölganlariga qöwib yana bir ikki ahamiyatli gaplar aytganda Abdulqodir chin dildan Allohga hamd aytib tinglab ötirdi...Abdullohning nazarida Abdulqodir dunyodagi eng zehnli va wijoatli ijmu tolibga aylanib borardi.Qaysidir ma'noda u Abdulqodirning ma'naviy ustozi edi,albatta...Wu taxlit oradan kunlar,haftalar,oylar zipillab ötib boraverdi.Yigit o'ziga qulay joy tanlab uychayam qurib oldi.Yetiwtirgan hosilidan qiwga g'amlab,qolganini eng yaqin qiwloqqa olib borib mol ayribowlab öziga zarur narsalarni olib kelardi.Alloh farzlarini jin Abdullohdan ham köra ziyoda tarzda bajarardi.Axir u inson-da!Jin Abdulloh bora-bora kam keladigan bölib qoldi.Harchand uning qayerdan kelib,qayoqqa ketayotganini aniqlawga harakat qilsada,bilolmay dog'da qolaverardi.Jin Abdulloh oxirgi marta kelganda odamlarga körinmas olamning jonli mavjudotlari haqida batafsil sözlab berdi va keyin inson qiyofasidan qörqinchli qiyofaga almawganiga guvoh bölgan Abdulqodir hayratdan dong qotib qoldi.Wu paytgacha,bobo deya Allohning ilmini örganib kelgani odam emas jin ekanini anglab yetdi.U wu tobda özining inson ekanidan jirkanib,öz-özidan nafratlanib ketayotgandi.Bolaligidan buyog'iga jaholat yölida yurganiyu,kelib-kelib, wu jin hidoyat yöliga bowlaganidan ta'sirlanib ketdi.Har safar jin Abdulloh,sen oliy Odam qavmidansan,deya unga xizmat qiliwining sababini endi tuwunib yetgandi.Uning qalbida musulmon jin Abdullohga nisbatan bir umr mehr va hurmat saqlanib qoldi.Uni wundan keyin körmagan bölsada,xayolan u bilan gaplawar gohida tuwlarida körardi...Oradan uzoq yillar ötib,har joydan kelib qolgan odamlar jamligida,bu joy qiwloqqa aylandi.Hozirgi vaqtda esa gavjum wahar...Keksa yong'oq daraxti tag-tugi bilan yöqolib,örniga köp qavatli uy qurilgan.Toza tiniq suvli buloq ham qurib yöq bölib ketgan.Uning örnida g'ala-g'ovurga töla bozorda hayot qaynayapti...Odam zoti mana wunaqa "hukmron" mahluq ekanda,buni jin Abdulloh bilarmidi?Menimcha, o'wa paytda bilganda ham Abdulqodirga nisbatan baribiram xayrihohlik qilgan bölardi...

Добавлено (20.06.2012, 13:27)
---------------------------------------------
Xotima.Mana nihoyat mistik hikoyamni amallab yakunladim.Bowlaganimda köproq qilib,qismlarga ajratgan tarzda,Qur'oni karim oyat-suralaridan keltirib batafsil tafsirlar bilan yozmoqchi edim.Ammo,özimga ma'lum sabablarga köra bu fikrimdan qaytdim.Bundan keyin ham mistik janrga imkon darajasida kamroq e'tibor qaratiwga harakat qilmoqchiman.Wa'riy hukmlardan og'iwiwdan imkon qadar chetlab ötdim.Lekin,men ham hamma kabi ojiz bandaman.Hikoyadagi ba'zi bir mulohazalarimni wa'riy hukm deb qabul qilmasligingizni sörayman.O'qib qaysidir darajada xulosa chiqarganlar murodga yetsin.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Среда, 20.06.2012, 21:12 | Сообщение # 3
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Ey raxmat! Buni qarang qo'shni.
Bir gap aytaman menimcha ko'plar chunmaydi.

Insonni amali emas... jannatga olib kiradi.

Duo qililar yana usha jamoatlarga chiqish nasib etsin.

Sokina Alloh sizdan bizdan rozi bo'lsin.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Пятница, 22.06.2012, 14:19 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Kundaligizni ob keling 5!
Va nihoyat 1 bowdan o'qib bo'ldim. Manga wunaqa janr ko'proq yoqdi. Lekin yoziw qiyin. Xatolar bo'lmasli4 uchun, ko'p harakat qiliw k.k. Ozgina xato ham, hikoyani butunlay o'zgartirib yuboriwi mumkin. Sokina esa bu xatolarni chetlab o'ta olganlar)
 
GiyosДата: Пятница, 29.06.2012, 23:05 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Hammamiz ins-jinslar haqida eshitganmiz. Jinlar haqida ham. Kimdir ularni ko'rgan va uzoq vaqt yotib qolgan. Kimdirga hich narsa qilmagan. Sokanadan yangi hikoya "Taqsim" (mistik hikoya). Yahshi jinlar ham bor deb o'ylaysizmi? (davomi komentda)

Giyos - Sayyod uz
Hikoyani o'qish uchun http://giyos.ucoz.org/forum/3-73-1 ni bosing.

Сб 22:53
Giyos - Sayyod uz
O'qimaslik uchun orqaga yoki nazad ni bosing))))

Сб 23:01
Shukrona Ismoilova
Bor chunki ulardaxam musulmon kofir tushunchalari mavjud

Класс! Ответить
Сб 23:01
Giyos - Sayyod uz
Hikoyada shu haqida yozilgan...

Сб 23:07
Çhσçσlลτe ოαძιωไรα ґαωไรçhι
Da musulmon jinlar insonlarni yaxshilikka boshlidi kofirlari yomonlikka

Класс! Ответить
Сб 23:24
Nusratbek Matyoqubov
e bulmagan narsa buni psixatryada galyusinasiya d-di.

Класс! Ответить
Вс 00:10
ॐॐ mr XON ॐ ॐ AFSUN guruhi ॐॐﻫﻬﻬﻬ
oqib chiqdim

Класс! Ответить
Вс 00:35
ORCHIDEA QUEEN
voy yaxwila man bugun 2ta video rolik kordim xalyam 6zimga kemadim

Класс! Ответить
Вс 01:02
Çhσçσlลτe ოαძιωไรα ґαωไรçhι
Hikoya judayam zo'r qaniydi shu hikoyani kino qib chiqarishganida odamlaga ibrat bolardi lekn bizani o'zbek kinoda bunday kinolar mumkin emas diyishadi.........

Класс! Ответить
Вс 01:04
Çhσçσlลτe ოαძιωไรα ґαωไรçhι
Qayodi sevdim o'ldim digan kinolaridan ming marta shuni kino qisa arziydi afsus man rejissor boganimda kino qib chiqargan bolardim

Вс 13:33
Шукурулло Хужамбердиев
yaxshi hikoya
 
SokinaДата: Суббота, 30.06.2012, 10:28 | Сообщение # 6
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Hammangizga fikrlar va e'tibor uchun tawakkur! Nusratbek Matyoqubov,sizga öxwagan materialistlar hamma zamonlardayam bölgan.Galyutsinangizdan ajablanmayman...

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
SoginchДата: Вторник, 04.06.2013, 18:48 | Сообщение # 7
Группа: Qadrli mehmon





Dahwatttt! Olay agar man boganimda yuragim yorilib olib qolardim.Xuddi kino lorganday boldim.Sokina bu hikoyani manimcha 2-qisminiyam yoziwing kerag.Madalan zsmonaviy hayotdagi jinlar haqidami iwqilib yana yaxei hikoya yozs oliwingga iwonaman)
 
БАРСДата: Пятница, 07.06.2013, 09:13 | Сообщение # 8
Группа: Qadrli mehmon





ХИКОЯ САВИЯЛИ ЁЗИЛГАН,УКИБ БОШЛАГАН ОДАМ КАЙТА КАЙТА БОШ
КУТАРМАСДАН УКИЙДИ,МАН БОШКАЧАСИГА ТАРИФ БЕРОЛМАСАМ КЕРАК,
МАН ХАМ ХУДДИ КИНО КУРГАНДАЙ БУЛДИМ,РАХМАТ СОКИНА, ИЛТИМОС ИЖОДИНГИЗНИ ДАВОМ ЭТТИРИНГ!
 
SokinaДата: Четверг, 12.12.2013, 07:49 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Rahmat sizlarga! E'tibor va hurmat-izzat uchun ham tashakkur.

Mistik janrda yana biror narsa yozish niyatim bor.Faqat hali g'oyasi miyamda to'liq pishib yetilgani yo'q .)

Добавлено (12.12.2013, 06:49)
---------------------------------------------
G'oya tayyor bolgan, lekin vaqt yo'q))


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
ParvinaДата: Суббота, 21.12.2013, 12:48 | Сообщение # 10
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 24
Репутация: 5
Статус: Offline
Сокина Сизни куриб турганимдан хурсандман, йукотиб куйидиими деб, куркиб кетдим, хикояга келсак, кимгадир бу сатрлар бегона булиши мумкин чунки хали улар китобни кулларига олмаган балки олиб охирига етказишмаган, Алхамдуллох мен хам бир марта шу китобни тушуришга муяссар булдим.
 
SokinaДата: Воскресенье, 26.04.2015, 13:12 | Сообщение # 11
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Parvina, Qu'roni karimning muborak sahifalariga tekkan qo'llaringiz dard,ko'zlaringiz aslo ranj ko'rmasin ilohim! Ajru savobini dargohida ko'paytirib qabul qilsin.)
Sizga l. s yozdim.

Добавлено (01.11.2014, 08:20)
---------------------------------------------
Ikkinchi qism. XALOS!

Keraksiz narsalardan xalos bo'lish, inson uchun yarim saodatdir. Vaqt yugurik, deyishadi. Oradan qancha vaqtlar o'tdi, buning hisobini qilmaymiz.Shu vaqt orasida bu dunyoga qanchadan qancha odamlar kelib-ketdi, bu ham bizga ahamiyatsiz. Negaki, jon beruvchi ham, jon oluvchi ham yagona Zot Allohu taolodir. Biz uchun ahamiyatlisi,Abdulqodir o'z avlodlariga musulmon jin Abdullohdan o'rgangan ilmlarini nechoglik yetkazib bera oldi? Aslida jinlardan Odam qavmi hech narsa o'rganishi mumkin emas...
Lekin, ba'zi bir odam toifasidagilarni jaholatdan qutqarish uchun ularga ko'rinmas jin qavmining mo'min bandasini o'rnak qilib ko'rsatish foydadan holi bolmas, degan yaxshi niyatimiz inshaAlloh gunoh bolmas, deb Allohdan panoh so'raymiz.
Hikoyamiz qahramoni Abdulqodirning
xalos bo'lgan johilligi uning avlodlarini tarbiyalshda hidoyat yo'lida saboq bo'lib asqotdimi? Inson dunyoga kelibdiki, kerak yoki keraksiz narsalar uchun mehnat qiladi, umrini unumli yoki zoe o'tkazadi. Vaholanki, ana shu to'plagan "jamg'arma"si qurshovida qaysidir bir kun hech vaqosiz bu dunyoni tark etadi.
Vo darig'! Unda umr ne uchun kerak, dersiz?! Umr bizga sinov uchun berilgan muddat. Bizga taqsim qilingan omonat umrimizni nimalar uchun sarf qilishimiz o'zimizga bog'liq.
Ilm nurdir! Ilm ziyo! Foydali ilm insonni hidoyatga yetaklaydi va jaholatdan xalos etadi...

Abdulqodirning nechanchidir avlodidan birining ismi Abdulloh bo'lib u qishloqda ilmu marifatda teng yo'q, deya ta'riflanar edi. Unga qishloq ahli bolalarining savodini chiqarib berishini so'rab tez-tez murojaat qilishar edi. Abdulloh dehqonchilik bilan kun kechirsada lekin o'rgatgan ilmi uchun aslo haq olmasdi. Unga minnatdorchilik yuzasidan keltririlgan sovgalarni boshqa muhtoj kishilarga berib yuborardi. Uning bu odatidan ranjiganlarga esa meni savobdan bebahra qoldirmang, deya uqtirardi.

Добавлено (09.11.2014, 06:34)
---------------------------------------------
Kunlardan bir kun bobokalonlaridan meros qolgan bogda ter tokib ishlayotgan Abdullohning yoniga etti-sakkiz yashar bola yetaklagan bir kishi keldi. Uning ranglari aftodohol, sertuk hamda allaqanday zahil va ko'kimtir rangda ekanligi Abdullohni taajubga solgan bolsada, hurmatini joyiga qoyib odob bilan muddaosini tingladi. U kishi Abdullohning kozlariga qaray olmasdan yer chizib soz boshladi. O'zini shu yaqin joydagi qishloqdan kelyapmiz, deb tanishtirdi. Abdulloh, uni qandaydir nomalum dardga chalingan odam bolsa kerak, deb o'yladi. U kishi o'gliga bilim berishini Abdullohdan astoydil yalinib -yolvorib so'radi.

Добавлено (10.11.2014, 21:38)
---------------------------------------------
-O'g'lingizga-ku saboq beraman, lekin u qiynalib qolmasmikan? Siz har kuni qatnay olasizmi, deya savol berdi.
Haligi kishi, hozirjavoblik bilan ha,ha albatta har kuni siz aytgan vaqtda hozir bo'lamiz, dedi shosha-pisha.

Добавлено (23.12.2014, 21:49)
---------------------------------------------
O'sha kuni Abdulloh kechgacha o'zini behol sezdi. Hatto,namozlarini ham qazo qilib o'qidi.
Uyiga qaytgach, charchoqdanmi yoki boshqa holatdanmi ishqilib lanjligi tarqalmasdan uyquga ketdi. Tushida katta bobolaridan birini ko'rdi, bobosi unga buloq tarafni ishora qilib allanimalar deyaptiyu, Abdulloh esa hech uni gapini eshitmasmish va yana allaqanday noma'lum mavjudotlar ham tushiga kirdi... U harakatsiz qotib qolgan,na qimirlashga va na gapirishga izn yo'qday tosh qotgandi. Ko'zlari ochig'u lekin qaysi olamda ekanidan bexabarligicha qimirlashga harakat qilaverdi va axiyri kalima qaytarishni boshladi. Ixlos surasini xayolan o'qidi...
So'ngra
Abdulloh qora terga botgancha uygonib ketdi, kechaning uchdan ikki qismi o'tgan ekan. Shu uyg'onishda uzoq vaqt uyg'oq yotdi.

Добавлено (02.01.2015, 22:23)
---------------------------------------------
O'rnidan turib tashqariga chiqdi, osmondagi yulduzlarga tikilib qaradi. Toza havodan simirib-simirib to'yib nafas oldi. Keyin tahorat qilib yana uyga qaytib kirdi va joynamozni yozdi. Niyat qilib namoz o'qidi, namozdan so'ng ancha vaqtgacha salovat va hamd aytib zikr qildi. Ko'ngli biroz taskin topib ruhi xotirjam bo'lgach,joynamozni taxlab qaytib joyiga cho'zildi. Fotiha va uch matra Ixlos surasini oqib qollariga dam soldi-da boshidan to qo'llari yetgancha badanini silab qo'llarini havoda yengil silkitib tanasidan dard chiqarib tashlagandek harakat qildi. Esnoq tutdi, bu allaqanday noixtiyoriy esnoq edi. Keyin zarda bolgan kishidek qayta qayta kekirdi bu holat ham tanasidan ixtiyorsiz ravishda sodir bo'ldi.Tanasi yengillashganini his etdi va qanday qilib uyquga ketganini bilmay qoldi.

Добавлено (25.01.2015, 22:14)
---------------------------------------------
Uygonganda bomdod vaqti chiqay deb qolgan ekan apil-tapil tahorat qilib tezgina namozini oqib oldi. Xayolida xo'roz don cho'qilagandek o'qidim-ov,deya ko'ngli xijil tortdi.

Добавлено (26.04.2015, 13:05)
---------------------------------------------
Quyosh ko'tarilib bolgandan so'ng, xontaxta yoniga o'tirdi va qo'liga eskigina Quroni karimni oldi va tasodif ochgan sahifasini o'qishga kirishdi. U sahifada "Jin" surasi bitilgandi. Surani qiroat bilan o'qidi. Uni esnoq tutdi, imkoni yetganicha esnamaslikka harakat qildi. La'nati shayton ustimdan kulmoqchi, deya sergaklanib istig'for aytdi. Astag'furulloh,Astag'furulloh,Astag'furullohil azim. Astagfurullohu va atubi ilayh.
Ruhi yengillashdi. So'ng, kecha uning yoniga kelgan kishi haqida o'ylay boshladi. Kelmasa kerak, kim har kuni tirikchiligiini tashlab qo'yib bola yetaklab yurardi, men ham nonushta qilib boqqa chiqib ishlarimni qilaverganim maqul, deya o'ylab mushafni yopdi va nonushta uchun yozilgan dasturxonga yaqinroq surildi.

Добавлено (26.04.2015, 13:12)
---------------------------------------------
Oilasidagilari bilan o'zaro gurunglashib shoshilmasdan nonushta qilishdi. Har kimni o'z yumushi bor bolsada, qanchalik zarur ishi bolmasin, dasturxon atrofida oila bahamjihat jam bo'lishi bu oilada qat'iy tartibga aylangan edi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter