Вторник, 03.12.2024, 22:42
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Palatadagi gullar (Giyos yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Palatadagi gullar (Giyos yozgan hikoya)
GiyosДата: Пятница, 21.11.2014, 11:49 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Darsga kelayotganimda,  qizil kiyimda bir qiz doimo palatasiderazasidan ko’chaga qarab turar edi. Yonida ikkita guldasta bor. Gullar ham, u
qiz ham juda chiroyli.
Men Tibbiyot akademiyasida o’qiyman. Darsimiz onkologiyaning
“Kolopraktalogiya” bo’limida bo’layotgan edi. U qiz ham shu bo’limning
palatasida davolanayotgan edi. Uchinchi kun darsga kelayotganimda, shoshib
yurib borardim. Chunki darsga kech qolayotgandim. U qiz esa meni shoshib
yurishimni ko’rib, jilmayib qarab turardi. Menam unga qarab jilmayib qo’yib,
tez yurishda davom etdim. Tanaffus paytida, shu qiz yotgan palataga kirdim. U
ko’rib hayron bo’ldi va meng savol berdi:
-        Siz shifokormisiz?
-        Avval salomlashilardi shekl...
-        Kechirasiz. Assalomu Alekum.
-        Voalekum Assalom. Yo’q, shifokormasman.
-        Unda ...
-        Tibbiyot talabasiman. Nasib qilsa, 5 daqiqadan keyin shifokor bo’laman.
-        To’g’risi gapingizni tushunmadim.
-        Bir gapni eshitmaganmisiz? Yuqori kurs talabalariga 5 daqiqasi kamshifokorlarsanlar deyishadi.
-        Haaa. Shunday demaysizmi?
-        Mana dedimku. Sizni har kuni shu derazadan ko’rib o’taman. Derazangizda, 2ta guldasta va siz bilan 3 ta chiroyli guldasta borligi ko’rinadi. Siz bu
guldastalardan ham chiroyli ekansiz.
-        Iltifot uchun rahmat. Juda gapga usta ekansiz.
-        Ha, bilaman. Lekin o’zimni bunday his qilmayman. Negadir sizni oldingizdako’p gapirib, gapga ustadek ko’rinayotgan bo’lsam kerak.
-        Juda oshirib yubordingiz endi.
-        Yo’g’e. Oshirib yuborsam, toshishi kerak edi. Toshmayapti, demak oshmadi.
-        Xaxaxa. Rosayam qiziqchi ekansiz. Anchadan beri zerikib yotgandim.
-        Shuning uchun ham ertalabdan ko’chaga qarab o’tirarkansizda.
-        Ha. Shunda sal chalg’iyman. Qachon bu darddan qutilarkanman. Bilmadim.
-        O’zi nima bilan yotibsiz. Nimaga davolanayapsiz? (Bilmagandek so’radim)
-        Yog’on ichagim kasal. Bu yer qanday shifoxona ekanini bilasiz. Yog’onichagimda o’sma bor ekan.
-        Usha kasalingiz sizni sevib qolgan ekan. Ushanga sizga yopishib olgan.Shunday chiroyli qizga, bunday kasallik... Hazil.
-        Gapirmang. Ozi meni kasalliklar rosa yaxshi ko’radi. Esimni taniganimdanberi, hali u kasal bilan, hali bu kasal bilan davolanaveraman. Bu kasalligimni
davolash uchunam ancha dori ichdim. Kimyoterapiya, nurterapiya, birnarsa
terapiya Ichim apteka bo’lib ketdi. Lekin tuzalmayapman. Shifokorlar,
operatsiya qilib, o’smani olib tashlash kerak deyishayapti.
-        Shunchalik jiddiy bo’lib ketganmi?
-        Ha. Ancha vaqt davolanmadim. Og’riqqa chidadim. Dardimni hech kimga aytmadim.
-        Hozir yoshingiz nechida?
-        Qizlar yoshini aytmaydi-yu!?
-        Mayli, siz bir marta istesno tarzda ayta qoling. Yaxshilik uchun.
-        Hop. 18 da.
-        18 da ekan yoshingiz, qop qora ekan, ko’zu qoshingiz... degan ekanshoirlar...
-        Judayam ko’ngil ko’tarishga usta ekansiz. Kelganizdan beri kayfiyatimniko’tarayapsiz.
-        O’zi kayfiyat ko’tarishda bizni vazifa. Og’riqqa chidagan ekansiz. Keyinnima bo’ldi?
-        Keyin uydagilarga aytdim. Shifoxonaga olib kelishdi. Davolandim. Ozginayaxshi bo’ldim. Keyin uyga javob berishdi. Ular menga bergan tavsiyalarini
bajarmadim. Keyin yana boshlandi. Ancha vaqt murojat qilmagandim. Bu yerga
kelganimizdan keyin operatsiya taklif qilishdi. Meni kasalim o’tib ketibdi.
-        Hmmm. Operatsiya qildirasizmi?
-        Qo’rqayapman. O’smani davosi baribir yo’q. Yana qaytalanadi.
-        Nega qo’rqayapsiz? Qaytalanmaydi. Davosi shu!
-        Bilmadim. Operatsiya qildirsam... Keyin uyg’onmasamchi? Balki shunday ko’proqyasharman.
-        Nega, hamma uyg’onayaptiku. Agar jiddiy bo’lsa, operatsiya qildirish kerak.Undan ham ko’p asoratga olib bormaslik uchun. Keyin kattalashib ketsa... Chidab
bo’lmas og’riq... Oldini olgan yaxshi-ku!
-        Bilmadim.
-        Siz yaxshilab o’ylab ko’ring. Men yana ertaga kelaman.
 
Shunday qilib, men ertasi kuni yana ertalab uni derazasi
yonidan o’tdim. Meni ko’riboq yuziga hursandchilik yugurdi. Darsga kirib,
tanaffus paytida uni yoniga kirdim.
 
-        Ahvollariningiz yaxshimi? Ancha rangingizga rang qo’shilibdi. Bu yaxshi.
-        Rahmat. Haliyam usha-ushaman. Siz ham usha-ushasiz. Bir narsaga hayronqolayapman. O’zi men hayottan odamoviman. Lekin siz bilan qandaydir chiqishib
ketdim. Nima sababdan ekanini bilmayman. Sizni qandaydir o’zimni yaqinimdek
ko’rdim. Oq xalatda bo’lsangiz ham, siz bilan ochiq gaplashdim. Boshqa
shifokorlar oldimga kirishganda, jiddiy tusda bo’lishadi. Yana qo’polroq
gapirishadi. Yoqmaydi.
-        Juda unchalik qo’pol gapirishmasa kerak. Sizga shunday tuyular.
-        Lekin siz boshqachasiz. Sizda nimadur borki, siz meni ko’nglim qulfini ochaoldingiz.
-        Endi siz oshirvordingiz.... (kulib qo’ydim). Ho’sh kechagi gapimni o’ylabko’rdizmi?
-        Kecha kechasi onam ko’rgani kelgandilar. Ular ham shuni aytdilar. Baribirko’nmadim. To’g’risini aytsam. Men o’z kasalimni bilaman. Baribir tuzalmayman.
Bir kun o’laman. Lekin hozir tavakkal qilmoqchimasman. Qolgan umrimni
yashamoqchiman. Og’riq bilanman, qiyinchilik bilanmi farqi yo’q. Oz bo’lsa ham
yashamoqchiman.
-        Hammamiz ham bir kun o’lamiz. Lekin bunday yosh paytda emasde. Siz osonyengilib qo’yayapsiz. Sizdek yosh qizchani o’lim yoqtirib qolishi kerakmas.
Hali turmushga chiqishiz kerak. Farzandli bo’lishiz kerak.
-        Bunday kasali bor qizga kim ham uylanardi.
-        Operatsiya qildirsangiz, tuzalasiz. Keyin to’ylar muborak.
-        Operatsiya qildirsam, qaytaga tezlashib ketishi ham mumkin. Kinolardako’rganman.
-        Hayot kino emas. U kino. Bekorchilikdan yozilgan va olingan.
-        Yo’q,  men baribir qo’rqayapman.
-        Qo’rqmang. Men shu sohasida o’smasi borlar operatsiya bo’lib, tuzalibketganini ko’p ko’rganman. Umuman qaytalamagan. Sizda ham qaytalamaydi. Siz
yashashingiz kerak. Rozi bo’ling.
-        Bilmadim.
-        Bo’lmasa meni hafa qilib qo’yasiz.
 
Shunday deb, palatadan chiqib ketdim. Ertasiga u yana
derazasi yonida o’tirardi. Meni ko’rib, ko’rmaganga oldi. Men ham shunday
qildim. Bugun palataga kirmadim.
 
Kelasi kuni u derazada u qiz ham, guldastalar ham yo’q
edi. Palataga kirib qaradim. Yo’q. Keyin so’rasam. Uyiga ketib qolibdi. Darsdan
keyin manzilini olib, uyiga ketdim. Yo’l yo’lakay, bitta chiroyli guldasta
sotib oldim. Uning uyiga yetib borib, eshigini qoqdim. Onasi eshikni ochib,
kutib oldi. Ularga nima sababdan kelganimni aytdim. Ichkariga kirg’azdilar.
Qizning xonasiga bordim. Xonada qiz derazadan tashqariga qarab o’tirgan ekan.
Yonida 1 ta guldasta turibdi. U menga qarab:
-        Bitta guldastam so’lib qoldi. Bunisi ham so’layapti.
-        Hech qisi yo’q. Mana sizga yangi guldasta olib keldim.
-        Rahmat (U salgina jilmayib qo’ydi, men guldastani uni yoniga qo’ydim)
-        Mana chiroylilar soni yana 3 ta bo’ldi. Bilasizmi? Guldastalar qancha martaso’lsa, shuncha marta yangisini olib kelishim mumkin. Lekin siz so’lsangiz...
hech qachon boshqa olib kela olmayman. Siz ota-onangizni guldastasisiz. Siz
oddiy guldastangiz so’lganga qancha qayg’urasiz. Ota onangizchi? Shuni ozroq
o’ylang.
-        Meni ko’ndirgani keldingizmi?
-        Ha.
-        Nega kecha kirmadingiz?
-        Kecha....
-        Sizni hafa qildim deb o’yladim. Keyin jahlim chiqdi. Uyga ketaman deb turiboldim.
-        Kecha kirmaganim qarzini bugun to’lay deb, uyingizga keldim.
-        Siz menga ishonasizmi?
-        Bilmadim.
-        Ko’zlarimga qarang. Menga ishonasizmi? Ishonaman deng.
-        Hop. Ishonaman.
-        Unda rozi bo’ling. O’zim tepangizda turaman. Albatta tuzalasiz. Bu dardanqutilasiz. Ishonavering.
-        Uyg’onmay qolsamchi?
-        Aytayapmanku, o’zim tepangizda turib, uyg’otaman deb.
-        Hop. Sizga ishondim. Ertaga qaytib boraman.
-        Ishonchingizni oqlaymiz. Siz sog’ayib ketasiz. Sizga buni 5 daqiqasiyetmayotgan shifokor aytayapti. Sog’yib ketganizdan keyin birga sog’ayganingizni
nishonlash uchun uyingizga 4 ta guldasta ko’tarib kelaman.
-        Hop. Ishqilib, qabrimga obormasangiz bo’ldi. (kulib aytdi).
-        Nafasingizni yel uchirsina. Mayli. Men ketdim. Ertaga kutaman.
-        Yaxshi yetib oling.
 
Uning uyidan uzoqlashib, domlamni telefoniga telefon
qildim.
-        Assalomu Alekum.
-        Voalekum Assalom. Nima bo’ldi.
-        Hammasi yaxshi. Ko’ndirdim.
-        Malades shogird.
-        Faqat operatsiyaga o’zim kirib turaman deb va’da berdim.
-        Bu muammo emas.
-        Menga fandan 5 qo’yib bersizda endi.
-        Bu esa muammo. (kulib qo’ydilar).
 
Ertasiga ertalab, usha derazada, 2 ta guldasta o’rtasida,
chiroyli qiz menga jilmayib qarab turibdi. Men unga hammasi zo’r deb, qo’lim
bilan ishora berdim...
Operatsiya qilindi. Yaxshi o’tdi. Uni palatasiga har kuni
kirib ko’rib turdim. Guldastalari so’layotgan bo’lsa, yangilarini olib kelib
turdim. Ota onasi ham mendan hursand bo’lishdi. Butunlay sog’ayib, uyiga
jo’natishganda, va’daga muofiq, 4 ta guldasta ko’tarib bordim. U esa menga
hazillashib:
-        Bir o’zingiz keldingizmi?
-        Ha, domlamni vaqtlari yo’q ekan.
-        Yo’q, onangiz bilan ammangizni olib kelmadingizmi?
-        To’g’risi sizni tushunmadim.
-        Sovchilikka deyman. Sovchillikka... (u haholab kulib yubordi. Mengayamyetib borib, hoholab kuldim).
 
 
FC_PAXTAKORДата: Пятница, 21.11.2014, 23:58 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
hayotizdanmi demoqchidim uylanganiz esga tushib qoldi))
ajoyib
 
GiyosДата: Суббота, 22.11.2014, 09:50 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ha, ijod mahsuli)
Hamma yozganim hayot mahsuli bo'lavermaydi))
 
FC_PAXTAKORДата: Вторник, 25.11.2014, 04:27 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
siz ham 5 ta kam vrachsizku))
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter