Abiturientning boshdan kechirganlari. Hajviy hikoya. - Giyos/FORUM
Abiturientning boshdan kechirganlari. Hajviy hikoya.
| |
Sokina | Дата: Вторник, 15.07.2014, 11:27 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| O'tgan yil akam kollejni bitirib oqishga hujjat topshirgandi. Risq nasibasi qoshilmagan ekan abiturient bo'lish nasib etdiyu, talaba bo'lish nasib etmadi. Song hayyo hayt deb besh onta ogaynilari bilan Moskob qaydasan deb gastarbayterlikka jonab ketdi. Bu yil kollejni bitirdim, diplom qolimga tekkuncha necha pul chontagimdan chiqqanini aymay qoya qolay. Baxt tavakkal kopdan qolmay omadimni bersa kirarman, deb men ham o'qish uchun hujjat taxlashga qaror qildim. Eng birinchi qilgan ishim suratga tushish bo'ldi. Zamonangdan o'rgilay suratkasham baloi azim ekan, egnimdagi qop -qopa futbolkani o'rniga oppoq ko'ylak, qip-qizil galstuk taqib po'rim qilib "kiyintirib" suratimni bir zumda tayyorlab berdi. Soqqasini to'lab sekin poliklinikaga bordim. Eshik oldida turgan hamshira qizlar abiturient deganini yuz ko'zidan tanib oladigan darajaga yetibdiki,olg'irog'i shartta qo'limdan tortib sudrab ketayapti. Qiz bola boshi bilan uyalmaydiya, yigit kishi bolib men uyalib ketdim. Kuppa kunduzi kopchilik oldida qiz bola bilagingdan ushlab tortib ketsa xijolatdan o'larkansan kishi. Sal chetroqqa chiqarib tayyor tibbiy malumotnomalar bor deb qoldi. - Qanaqasiga? -Soqqasini bersang boldi,menda hammadan arzon. -men,men deb ajablanib qizga qarab kalovlandim. Qiz qurmag'ur dadil ekan, hammasi qonuniy boladi buyogidan g'am yemang deb gapni berdisini aytdi qo'ydi.Добавлено (14.07.2014, 14:40) --------------------------------------------- O'zimcha ,meni sinab ko'rayapti organni odami bo'lsa kerak, deb o'yladim. -Meni hech bir ko'rikdan o'tkazmasdan malumotnoma berolasizmi? -Ha-da,aytayapmanku soqqasini to'lasang bo'ldi. Ism familiyangniyam pasportdagiday qilib harfma harf yozdirib beraman. Bizda girromchilik yoq. Hammasi happa halol. Togrisi,ishim tez bitayotganidan xursand bo'lib ketdim. Pasportimda tuppa tuzuk Jo'ravoy degan ismim Djoravoy deb yozilgan. Bu oliy ma'lumotli o'zbek o'risparastlarni ishi. Familiyamni aytmay qo'ya qolay.Bu tomoniku yaxshi lekin pul masalasi chatoq-da! Ana shunda miyamga momoginamni, biror narsa sotib olsang savdolashib ol, degan gapi keldi-yu, o'zimni biroz befarq tutgancha so'radim. -Qancha deysiz? -Ikki xildasi bor. Biri original , biri oddiy. Puliga chidasang qabul paytda umuman etiroz qilolmaydiganidan beraman. Добавлено (14.07.2014, 14:47) --------------------------------------------- Zamonangdan o'rgilay, har bir narsani oddiy yoki asl nusxa degan turlari bor-a! Hattoki,ko'cha boshida pista qurut sotib o'tiradigan Rasida shuv-shuvam shu gapni aytsa boshqlar nima qilsin. Ha endi bozor yo do'konlardaku har qadamda shu ikki so'zni eshitaverib quloq degani pishib ketgan. Qarang-a, tibbiy ma'lumotnomaniyam u yoki bu xilda bo'lishini bilmas ekanman. Добавлено (14.07.2014, 15:01) --------------------------------------------- -Qalbakisi kerakmas, originalidan beravering. Hamshira qizni yuzlarida sho'x tabasssum o'ynadi. -Yaxshi,unda pul bilan pasportingizni menda qoldirib ketavering. Ertaga kelib olib ketasiz. O'ylanib, atrofga qaradim. Bu paytda menga o'xshab hujjat tayyorlash uchun kelgan tengdoshlarim soni kopayib qolgandi. Ikkita qizdan pasport ichiga joylangan pul olayotgan yoshi kattaroq hamshira shunday chaqqon harakat qildiki, diqqat bilan nazar tashlamasangiz u qizlarni qo'lidan nima olganini hatto ilg'amay qolardingiz. -Bobom pasportingni hech kimni qo'lida qoldirma, deb aytgan. Bu gapni xuddi hamshira qiz pasportimni hozirni o'zida qo'limdan tortib olib qo'yadiganday taassurotda aytib yubordim. Hamshira qiz ayyorona jilmaydi. -Yaxshi yigit qo'rqmang hujjatingizni yeb qoymayman. Nailoj , ishonishdan boshqa ilojim yo'qqa o'xshaydi. Ishim tezroq bitsa bo'lgani. Добавлено (14.07.2014, 15:15) --------------------------------------------- Xonama-xona yurib hujjat taxlayman desam issiq kunda ovorai-sarson bo'laman. Undan tashqari har bir shifokorga "qo'l og'rimasin" berib chiqsamam bundan ko'p pul ketib qoladi. Aslida bu hamshiralaram ana shu vrachlarning "dallol"i bo'lsa kerak. Zamonangdan o'rgilay, eskilar qari bilganni pari bilmaydi deb bekorga aytmagan ekan, momoginam hozir hech kim o'zini vazifasini bajarayotgani yo'q deb aytadi. Mana isboti! Demak,hamshiraniyam qo'shimcha vazifalari bor ekan... Добавлено (15.07.2014, 10:27) --------------------------------------------- Hamshiraga bergan pulimga achina-achina uyga kirib bordim. Ishkom tagidagi karovatda o'tirgan bobom endigina kaftiga nosqovogidan nos to'kkan ekan meni ko'rishi bilan nosni qaytib soldi-da, nosqovoqni chaqqongina belbog'iga ilib qo'ydi. -Assalomu alaykum bobojon. -Vo alaykum assalom o'glim mullo boling.Qani toy bola karovotga chiqib oling-chi.Mana bu chalobdan bir simiring,tanagiz yayraydi, deya xontaxta ustida turgan kosani ko'rsatdi. -Xop , kiyimlarimni almashtirib yuvinib kelay keyin ichaman, o'zimni quvnoq ko'rsatishga harakat qilib javob berdim.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Четверг, 17.07.2014, 15:08 | Сообщение # 2 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| hosh hosh davom eting))))))) )))))
|
|
| |
Sokina | Дата: Суббота, 19.07.2014, 15:46 | Сообщение # 3 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Xop) Добавлено (19.07.2014, 14:46) --------------------------------------------- Xullas,bo'lib o'tgan voqeani oqizmay-tomizmay bobomga so'zlab berdim.Bobom dimog'idan xmm-xm degan tovush chiqargancha meni tinglab gaplarimni boshi bilan tasdiqlab jim o'tirdi.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 20.07.2014, 11:50 | Сообщение # 4 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Bu ketishda qabul tugaydi, bugun oxirgi kun)) Qabul hozir imtixondan ham qiyin. 2-3 kunlab ocherd turilvotti))
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Воскресенье, 20.07.2014, 11:57 | Сообщение # 5 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| tanish bilishlar bez ocherd hujjat topshiryapti))) ozgina soqqa tashab)))))
|
|
| |
Sokina | Дата: Среда, 23.07.2014, 08:22 | Сообщение # 6 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Assalomu alaykum. Ha rost abiturientlarni juda qiynab yuborishayapti. Buniyam soqqali biznesga aylantirib olishgan. Kelgusi yillardagi abiturientlarga asqotib qolar)) Добавлено (22.07.2014, 11:33) --------------------------------------------- Negadir hech nima demasdan uzoq o'ylanib o'tirdi.Bekor aytdim-ov qon bosimi oshib ketsa-ya! Bobomga sinchiklab qaradim, bilayapman, nos otgisi kelayapti lekin meni oldimda xijolat bo'layotganga o'xshaydi. Bir narsani bahona qilib sekin o'rnimdan turdimu, nari ketib o'zimni ish qilayotgan odamdek ko'rsatib koz qirim bilam bobomni kuzatib turdim. Menga bir qaradiyu belbogidagi nosqovoqdan kaftiga yana nos to'kdi. Nosni kappa og'ziga otib,qo'llarini bir biriga ishqalab tozalagan bo'ldi. Aslida,bobom bu darajada o'ylavli odam emas bolalarga ko'rsatmasdan nos otish odatini momom tarbiyalagan. Avvallari bizga ichmanglar,chekmaglar deb nasihat qila turib bir kaft nosni tilini tagiga otardi-da, bizziki enni o'tti sila munnay kimangla,deya og'zini to'ldirib soqovchasiga gapirardi. Biz nevaralar bu holatdan miriqib kulardik. Ana shunda momom bobomga urushardi. Mullani aytganini qil qilganini qilma, deb bekorga aytishmaganda, qarib quyulmagan chol sadqai odam keting. Yosh bola aytganingizgamas,qilganiningizga taqlid qiladiku,deb dakki bera-bera bobomni ta'biri bilan aytganda "odam" qildi. Добавлено (22.07.2014, 16:07) --------------------------------------------- Bir payt qarasam bobom nosni otgancha pinakka ketibdi. Ha mayli uxlayvering bobojon, sizdan kora momodan joyaliroq maslahat chiqardi,dedim ichimda . Добавлено (23.07.2014, 05:59) --------------------------------------------- Ertasiga pasportimni quvlab yana poliklinikaga bordim.Eshik yonida abiturient poylab turgan hamshira qiz meni ko'rishi bilan qoli bilan hozir degandek ishora qildi-da ichkariga kirib ketdi. Sal o'tib mening soppa sog ekanligim haqidagi ma'lumotnomani olib chiqdi. Mana bu yerga rasmingizni yopishtirib olasiz,deb qozoz chetidan joy korsatdi. Xop,dedimu rahmatniyam nasiya qilib izimga qaytdim. Vaqtdan yutay deb qisqaroq yol bolsada taksi toxtatib harbiy chaqiruv bolimiga bordim. U yerdagi odamni kopligidan ehhe ,deb yubordim. Nachora,men mansabdorni ogli bolsam ekan xush kelibsiz deb ikki bukilib kutib olishsa.Navbatga turdim. Navbat ham nomiga shekilli navbatda turganlarni aytishicha tanish bilish qilib kirib ketayotganlar ham kop ekan. Meni bu yerda tanish bilishim yoq, bolganda ham nima deyman. Shuncha odamni koziga yomon korinib suqulamanmi. Navbatim kelishini kutishga qaror qildim. Soya joylar "bron" qilingan. Peshonamdan ter oqib issiqda turaverdim. Yarim soatcha vaqt otib hayriyat mengayam soyada turish nasib etdi. Bularam bizni chiniqsin deb sharoit qilmaganda. Kim papka kotarib hech kimga etibor qilmasdan kirib ketayapti,kim kimnidir etaklab ichkarigakirib ketgan. "Eshik og'a"siyam ism familiyalarni o'qib turibdi. Uch soat deganda mengayam navbat tega qoldi. Ichkariga kirdim, salqingina ekan. Ych tort kishi bamaylixotir gurunglashib o'tirishibdi.Salomimga qayrilib ham qarashmadi. Men ham indamay ularga qarab turaverdim. Добавлено (23.07.2014, 06:24) --------------------------------------------- Tavba,bular kochada shuncha odamni kuttirib qoyib otirishini qarang. Shu darajada bamaylixotir bo'lishadimi?! Loqaydlik ham shuncha bo'lar. Bular bizni orqamizdan oylik oladi,lekin bizga o'xshaganlarni nazar pisand qilmaydi. Ichimda har nimalar deb so'kib turaverdim. O'n minutlardan keyin bittasi menga qarab familiyangni ayt,dedi. Aytdim,yana uch tort savol berib qo'limga qogoz tutqazdi. Tamom,atigi shu ekan. Xullas,bu yerdan ham ishim bitdi. Tashqariga chiqdim. Ichkari salqin bolsa ham menga tashqari erkinroq va yoqimliroq bolib tuyuldi. Добавлено (23.07.2014, 06:59) --------------------------------------------- Mahalladan ma'lumotnoma olishim kerak . Uydan tushlik qilib so'ng mahalla idorasiga bordim. Bu yerdayam ahvol shu! Hamma joyda navbat,hammajoyda sansalorlik, hamma joyda poraxo'rlik...Tavba deyman, bular bola-chaqasiga olgan xarom pulini qanday yedirarkan?! Soat 3 da kop qatori kotibning tushlikdan qaytishini kutib o'tiribman. Bu yerda hamma bir birini tanigani uchun gurung qizigandan qiziyapti.Bir yoshi o'tganroq kishi kenja o'glini o'qishga kiritish uchun nimalar qilganini,qancha harajat ketganini aytib berayapti. -Bizni davrimizda odamlarda din bo'lmasayam diyonat bor edi.Odamlar birovni haqidan qo'rqardi. Mana kenjam kollejni bitirganiga ikki yil boldi. O'qishga kiritish uchun yiqqan-terganimizni sarfladik. Birinchi yil akalari pul bilan gaplashdi. U odam firibgar ekan pulni oldiyu yo'q bo'ldi. Kenjam o'qishdan yiqildi. Kollejda bilim yaxshi berilmayaptiki bolalar repititor degan bilimdon biznesmenga qatnayapti deb unga qatnatdik. O'zini bilimi bilan kirsin dedik,yo'q bu yilam kirolmapti. Shunda bir ayol bilimi yetmaganda deb,u kishining gapini bo'ldi. -Qayda deysiz,haligi repititor Toshkenga olib borib sinov test topshirtirdi. Katta bal oluvdi. Imtihonga kirganda parovoz,bunker, shpargalka yana allambalo deganlari o'rinlarni ilib ketibdida. Biz endi eskini odami hozirgi yangi narsalarni unchaligam bilavermaymiz. E qo'yingki,dunyo pul dunyo boldi.Roddomda tugulgandan boshlab pul,pul,pul. E xudoyo tavba qildim o'likkayam pul kerak.Mana qarang endi,hamma narsa pul vrach davlatdan oylik oladi lekin tekinga operatsiya qilmaydi ee hatto tekshirib qo'ymaydi. Mana oddiy malumotnoma olish uchun ellik kishi bolib bir kishini kutayapmiz,vaqt ketayaptimi. Haqiqatni aytishgayam... U yana nimalardir demoqchi bo'ldi-yu, mahallamizdagi ko'p qavatli uyda yashaydigan Salim quloq degan odamni keloyotganiga ko'zi tushdiyu ana quloq kelayapti,deb kulib qo'ydi.Hammamiz o'sha yoqqa qaradik. Tavba,nega bu odamga quloq deb laqab qo'yishgan bolsa,qulogi bip-binoyidek. Quloq deb sinfdoshim Hayitni aytsa bo'ladi qulog'i naq filnikidek keladi-yov. Salim quloq kelib quruqqina qilib salom berdiyu,bir chetga borib o'tirdi. Endi gap mavzusi o'zgargandi. Odamlar ob-havodan gurung qilib boshlashdi. Essizgina o'qish haqidagi gap chala bo'lib qolgani yomon boldi harqalay bilib qoysam yaxshiydi,deb ichimda o'yladim... Добавлено (23.07.2014, 07:06) --------------------------------------------- Odamlarga ichimda gapiraverib oxiri ovozim chiqmay qolmasa yaxshiydi,deb yana ichimda o'yladim. Bundan o'zimcha kulib qoydim. Kulganimni odamlar sezmadimikan deb atrofimga alangladim. Chunki,gap selda oqib ketgan qizcha haqida ketayotgandi-da... Добавлено (23.07.2014, 07:22) --------------------------------------------- Vanihoyat, uyqudan qovoqlari shishib ketgan kotib ham ko'rina qoldi. Odamlar biri qoyib , biri norozi ohangda gapira ketdi.Kotib majlisda edim qoyasizlarmi yoqmi deb jerkib o'dag'ayladi.Yoshi kattaroq odamlar ranjib ee deb qoya qoilishdi chunki ayollar "ataka"ga o'tishgandi. Kotib shunday qaradiyu,xop uzr opajonlarim boshqa takrorlanmaydi,deb pisanda qildi. Shu payt uyam negadir Salim quloqni ko'rishi bilan gavdasiga yarashiqsiz jilpanglagancha tez yugurib eshikni ochib,marhamat navbat bilan kiringlar,deb ichkariga kirib ketdi. Yana o'sha navbat talashish,kutish... Bir soat deganda menga navbat tegdi. Ikki xil ma'lumotnoma oldim. Indamay chiqib ketayotgandim kotib xomraygancha qogozam pulga keladi buni pulini kim tolaydi,deb qoldi. Ha shundaymi men davlat beradi,deb o'ylabman deb qog'oz pulini u aytganidan kamroq berdim shekilli. Yana qo'sh,dedi. Qancha dedim. Yana ming ,dedi. Aka insofingiz bormi bir parcha qogoz uch ming so'm boladimi,deb aytdim ichimda. Yana ichimda aytdim. Yuziga aytolmadim chunki biz o'zbeklar betgachopar xalq emasmiz. U aytgan pulni indamasdan berdimu,ichimda beting qursin,deb chiqib ketdim...
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Среда, 23.07.2014, 15:53 | Сообщение # 7 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| exxx abiturentlik davrlar
|
|
| |
Sokina | Дата: Среда, 30.07.2014, 17:00 | Сообщение # 8 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Добавлено (24.07.2014, 13:01) --------------------------------------------- Nachora odamlar hamma narsadan pul yasab yashamasa bo'lmaydi)) Kulib o'qiladigan hamma asarlar ham kulib yozilgan bo'lmaydi,degan edi O'tkir Hoshimov. Добавлено (30.07.2014, 15:51) --------------------------------------------- Hafsalam pir bo'la boshladi. Hali o'z hududimda shuncha ovoragarchilik bo'lsa-yu ,boshqa joyga borib o'qishga hujjat topshirsam qanday bo'larkan... . Ertasiga kiyim-kechak oilish uchun bozorga jo'nadim. Добавлено (30.07.2014, 16:00) --------------------------------------------- Bozor darvozasi oldida " otoasi o'lmagaan kiim booorr,onoosi o'lmagaan kiim boor",deb tilanchi kutib oldi. Zamonangdan o'rgilay, shunday to'qchilik zamonda gavdasi otni hurkitadigan odam tilanchilik qilsa odamni har nima bo'lgani yaxshi-da. Miyamga,momomning tilanchilarni xudo qarg'agani uchun yuzida sharmu-hayosi qolmagan,degan gapi keldi. Tilanchini sinab ko'rmoqchi bo'ldim.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Воскресенье, 17.08.2014, 00:49 | Сообщение # 9 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| imtihoni qachon ?))))
|
|
| |
tillo733 | Дата: Воскресенье, 14.09.2014, 22:53 | Сообщение # 10 |
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 3
Статус: Offline
| 1 oy bop qoldi haliyam davomi yog.
|
|
| |
Sokina | Дата: Пятница, 24.10.2014, 09:34 | Сообщение # 11 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Imtihoniga yaqin qoldi)
Uzr,davom ettirishga imkonim bolmadi.Добавлено (24.10.2014, 08:15) --------------------------------------------- Tilanchini oldiga yaqinlashib bitta mingtalikni ko'rsatib, qaytimini bersangiz beraman,dedim. Tilanchini "ovi" baroridan kelmay turgan ekanmi, go'rdan tirilib kelgan otasini ko'rganday sevinib ketdi. Qo'limdagi pulni olmoqchi edi, e to'xtang qancha qaytim berasiz, dedim. Beramon, deb iljaydiyu yana pulga qo'l uzatdi. Bu safar chaqqon qo'llar qo'limdagi pulni olishga ulgurgandi. Nailoj, o'zimdan bo'ldi aslida pulni berish niyatim yo'q edi, shunchaki sinab ko'rmoqchi edim. Endi meni qancha qaytim olishim qiziqtira boshladi. Tilanchi pulni uvadasi chiqib ketgan kiyimining cho'ntagiga sola turib, qaytimiga ham duo qilaman, deb menga ko'zini qisib qo'ydi. Oltin olma , duo ol deyishadi, uko deb o'zbekchani buzib talaffuz qilib gapida davom etdi. Bizlar holi biron zotga sdachi berganimiz yo'q deya kaftlarini ochib duo qildi. Nima deganini eshitdimu, ammo tushunmadim. Добавлено (24.10.2014, 08:31) --------------------------------------------- Uni bezbetligidan momoginamni aytgan gaplari haqiqat ekaniga ishonchim komil bo'ldi. Menga ketgan ming so'mlik emas, mana bu odamning o'z qadrini shunchalar oyoqosti qilishi achinarliroq va ayanchliroq bo'lib tuyuldi. Добавлено (24.10.2014, 08:34) --------------------------------------------- Bozorga kirdim. G'ij-g'ij odam. Buyerdayam navbatmikan, deb yuragim orqaga tortib ketdi. Yo'q,adashibman xudoga shukur navbat emas ekan. Sekin erkaklar kiyimlari bolimiga o'tdim.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 24.10.2014, 12:20 | Сообщение # 12 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Qiziq kechmoqda. Tugatsez, manam bitta hikoyacha ilova qilaman)
|
|
| |
Sokina | Дата: Четверг, 30.10.2014, 09:21 | Сообщение # 13 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Xayrli kun! Qachon tugashini o'zim ham bilmayman. Vaqt bo'lganda qunt yo'q, qunt bo'lganda vaqt yo'q.)) Giyos, siz u hikoyachangizni kutmasdan yozvering.)Добавлено (27.10.2014, 13:03) --------------------------------------------- Rastalarni oralab ketaverdim. Har bir do'konda ikki uchtadan sotuvchi bor. Hamma sotuvchi bolib ketganmi nima balo?! Pakana -uzun,oriq semiz , yoshu-qari erkaklar, sochini allaqanday qirtishlagan o'smirlaru, kalta soqol qo'ygan norgul yigitlar deysizmi hamma hamma bozorda sotuvchi bo'lib ketgandek. Tavba, tarang tor shim kiyib olgan qizlaram erkaklar kiyimini sotishayapti. Ora- sira bo'yniga Olapar itimizni zanjiriday yog'on zanjirlardan qatorlashtirib taqib olgan katta yoshli ayollaram erkaklar kiyimini sotib o'tirishganini korib hayronligim yanada oshdi. Bozor obod, istagan narsangizni topishingiz mumkin lekin... Ana shu lekini chatoq-da, hamma joyda qimmatchilik! Добавлено (30.10.2014, 08:02) --------------------------------------------- Yoshi kattaroq bir amakining do'konidan ozimga kiyim tanladim. Rosa savdolashib, savdo pishigach shu yerni o'zida po'rim bo'lib yangi kiyimlarimni kiyib oldim. Amaki meni ruhimni ko'tarmoqchi bo'lib , kuyovboladay bosh oyoq sarpo kiyding, deya yonidagi o'g'liga qarab qani polvon bir piyolagina choydan quyingchi deb kursiga o'tirdi. Do'kondagi oynaga qarab rostanam o'zimni kuyovboladek tasavvur qilib sevindim. Добавлено (30.10.2014, 08:11) --------------------------------------------- Do'kondor amaki menga qolida piyolani tutganicha jilmayib, uka bundan keyin savdoni begona qilmang. Tanishlarniyam yuboravering, arzongina qilib beraman, deya do'konini xalqona reklama qilib qo'ydi. Menga bu amakining xushmuomulaligi juda yoqdi. Men ham , xop bo'ladi, dedim. Shu onda xayolimga sinfdoshim Sayfi qitmir keldi. Uni shopogolik,deymiz. U , agar har kun yangi kiyim kiymasam namozim qabul bo'lmaydigandek ko'nglim tinchlanmaydi, deydi. Ana shu Sayfi qitmirga shu do'konni raqamini berishni o'zimcha niyat qilib qo'ydim. Добавлено (30.10.2014, 08:21) --------------------------------------------- Do'kondan chiqqach momomga ham bir ro'mol olishni niyat qilib ayollar bo'limiga o'tib rastalarni oralab tomosha qilib ro'mol izlab yurdim. Tavba, bu yerda sotuvchi ayollardan ko'ra sotuvchi erkaklar koproq ekan. Hatto, ayrim do'konlarda ayollarni ich kiyimlaridayam devday yigitlar o'tiribdi.Nima balo zamon teskariga aylanganmi,deb qoydim ichimda! Yana ichimda aytdim. Ovoz chiqarib aytsam atrofimdagilar meni jinni , deb o'ylashadi-da! Do'konlarga ko'z yugurtirib ro'mol izlab ketaverdim. Izlab-izlab axiyri bir chetroqdan ro'mollar sotiladigan dokonniyam topdim.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Loading | Дата: Четверг, 30.10.2014, 10:16 | Сообщение # 14 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| P.S zamon-zamon, bizning zamon, davron bizniki,
man hech ayollar ichkiyimga haridor bo'lib ko'rmaganman. Lekin siz aytkan akaoylarni ko'rganman. Endi shu savol tug'uladida, faraz qilaylik. Biror ayol, yoki nozaningina qizlardan biriga usha akaoy sotib turgan kiyim yoqib qoldi. Ko'rsatti ham deylik, pulini aytish hech qanday xijolat qiladigan gap emas, ammo o'lchamini aytolmay turgan haridorga qarab "mana bunisini oling, sizning o'lchamingiz" desa. Yana tananing qayog'ini siqib, qayog'iga to'ri kelishini aytsa. Qo'shimchasiga bazi tavsiyalarni qo'shib qo'ysa. Man haridorimiz holatini tasavvur qilolmadim.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Loading | Дата: Четверг, 25.12.2014, 19:50 | Сообщение # 15 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Hosh xo'sh sovdoni pishirimay qo'ymaydi bu qiz.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 05.07.2015, 09:28 | Сообщение # 16 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Qani yozganlarimni qolgani ??? :( :(
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 20.07.2015, 21:29 | Сообщение # 17 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Manda ham omadsiz abiturentlar haqida ikkita hikoyacha bor. Qisqa qib yozib berishim mumkin. Agar o'qiyman degan mardlar bo'lsa...)
|
|
| |
|