Суббота, 23.11.2024, 14:27
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Aqlsiz ekansan-ku! (Giyos yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Aqlsiz ekansan-ku! (Giyos yozgan hikoya)
GiyosДата: Воскресенье, 27.10.2013, 22:22 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Aqlsiz ekansan-ku!

SMS:
“Dildora, meni sevasanmi? Meni tanlaysanmi? Faqat meni deysanmi?”
Javob SMS:
“Sizni sevaman. Sizni tanlayman. Faqat, faqat sizni deyman!”.

Aldamchi dunyo, bevafo dunyo, bir kam dunyo... Shu SMS dan 1 oy o’tib, Dildoraning uyiga sovchilar keldi. Yaxshi joydan ekan. Kuyov ham o’qimishli, ishli yigit ekan. Dildorani ota-onasiga sovchilar ma’qul keldi. Qizlari rozi bo’lmasa ham, ularga rozilik berib yuborishdi... Dildora yig’ladi... Dod soldi... Foydasi bo’lmadi, otasi so’zidan qaytmadi... 1 haftadan keyin Fotixa to’yi belgilashdi. Kechasi Dildora telefon qildi:
- Allo, Kabir aka...
- Allo, Eshitaman Dildorim...
- Sizda gapim bor...
- Nima gaping bor? Nega ovozing o’zgargan?
- Bitta yomon xabar bor?
- Nima bo’ldi?
- Meni uzatib yuborishmoqchi! Dadam sovchilarga rozilik berib yubordilar.
- Nima??? Nega qarshilik qilmading?
- Qarshilik qildim. Gapimni eshitishni ham hohlashmadi...
- Sevganim bor deb aytmadingmi?
- Yo’q, qanday aytaman. Ayta olmadim.
- Aytish kerak edi!
- Qo’limdan kelmaydi...
- Meni sevmaysan. Sevmagansan! Shuning uchun kurashmayapsan!
- Yo’q, yo’q, unday emas. Faqat sizni deymanku...
- Nega unda rozilik berib yuborishsa ham, indamay qarab o’tiribsan?
- Nima qilay axir? Ayting, nima qilay?
- ...
- 1 haftadan keyin Fotixam bo’ladi.
- Dadangga aytmaysanmi?
- Ayta olmayman...
- Demak to’yga rozisana?
- ...
- To’yga rozimisan?
- Rozimasman, lekin nima qilay??
- Rozisan! Baxtli bo’l! Xayr!

Kabir telefonni qo’yib qo’ydi. Derazani yonida turgan edi, borib, stulga o’tirdi. Ko’p o’tira olmadi. Hovliga chiqib, boshini sovuq suvga tiqib turdi. Boshidan oqayotgan suvga, yuzini shaloplatib, qayta qayta yuvdi. To’yib-to’yib suv ichdi. Boshini artmasdan, hovlida ozgina yurdi... pichirlab o’ziga o’zi nimadirlar dedi. Yo’lidan chiqqan bo’sh chellakka qoqilib ketgandi, keyin jahl qilib tepib yubordi. Oz vaqt yurib, eshikdan chiqib ketdi... yarim soatlardan keyin uyga hansirab qaytib keldi. Menimcha u yugurib kelgandi. Ushanga hansiragan.

1 haftadan keyin Dildorani fotixasi bo’ldi. To’y kuni 1 oydan keyin qilib belgilandi. Dildora to’yigacha Kabirga telefon qilib turdi. Kabir gaplashishni istamasdi, lekin Dildora uni tinch qo’ymasdi:

- Kabir aka, nega mendan o’zizni olib qochayapsiz?
- Sen endi menikimassan?!
- Men siznikiman. Avval ham aytganmanku!
- Eding... Meni tinch qo’y endi...
- To’yimga ozgina qoldi. Sizni ko’rgim kelayapti. Sog’indim.
- Men uchrashmayman.
- Nega?
- ...
- Nega o’ziz sevgimiz uchun kurashmadingiz? Sovchi ham yubormadingiz?
- Aytganmanku senga. Hali beri meni uylantirishmaydi deb. Ozgina kutganingda yuborardim. Kurashmadingiz deganing notog’ri. Men dadang bilan gaplashdim. Sen telefon qilib aytganingdan keyin. Quvib soldirtirdilar. Ularni tengi emas ekanman.
- Buni nega menga aytmagandiz?
- Aytganimda nima? Sen ayta olmadingmi? Bo’ldide. Dadang qizim bu gaplarni rad etdi dedi.
- ...
- Endi meni tinch qo’y. Meni sevganingda, aytarding, kurasharding... Meni bezovta qilma...

Dildora bechora nima qilsin endi? Unga, Kabirdan ham qiyinroq edi. Kabir faqat sevgisidan ajralmoqda. Dildora esa, ajralayapti, unutishga ulgurmay, boshqasi bilan yashashi kerak... Kimga qiyin? Ikkoviga ham osonmas. Kimdirdan yordam ham kuta olishmaydi...

Dildora Kabirga SMS yozdi: “Itimos to’yimga keyin. Bizni eng yaxshi ko’rgan, bizni to’yimiz bo’lmoqchi bo’lgan joyda. Kutaman”.

Kabir SMS ni o’qib, sal bo’shashib qoldi. To’yga borishini ham, bormasliginiyam bilmadi. Dildoradan bir nafratlansa, bir jahli chiqardi. Uvol ketgan sevgisiga achindi. Keyin ko’chaga aylangani chiqib ketdi. Negadir to’yga borgisi keldi. Va o’ziga tanish yo’ldan yurib, to’yxonaga bordi... To’y hali boshlanmabdi. Eshik oldida ozgina turdi, u Dildorani oq libosda ko’rgisi kelayotgandi. O’zi rostiyam shu sabab kelgandi. Kelin kuyov kelishdi.... Dildora oq libosda kirib keldi, Kabirni ko’rib, ko’ngil so’ray olmadi. Ko’z yoshlarini yashirib. Teskari tomonga qaradi. Kabirni yonidan o’tib ketdi. Kabirning muhabbatiga qildi hiyonat, ayirdi bir birini. Endi bu so’ngi uchrashuv, so’ngi visol. Dildorani yonida esa baxtli kuyov... Kabirni ko’zlaridan ham yosh qalqidi. Mikrafonni olib, dil so’z aytdi. Gapirayotganimda faqat kulib turgin. Yig’lamagin sira. Tabbasuming qolsin meni xotiramda dedi. Shunday qilib, baxt tiladi, keyin to’yxonani tark ayladi....
Kabir katta yo’lda yolg’iz ketib borardi. Yonidan mashinalar bir bir o’tib qoladi. Bo’g’ziga alamidan nimadir tiqilgan. Shunga yo’talib yo’talib qo’yardi. Kuyovni o’yladi. Bir qoraroq yigit ekan. Yuzini ham husnbuzar bosgan. Kabir o’zini undan ming chandon kelishganroq deb o’yladi. Lekin bu o’ylagandan nima naf. To’y boshlanib bo’lganku. Yana jahli chiqib, tez tez yura boshladi. Ozgina yurib, orqaga qarab qo’ydi. Oldin shu ko’chadan Dildora ikkisi qo’l ushlashib yurishardi. Kabir ham usha paytni qumsam orqaga qaradi. Endi o’tmishda qolganini bilayotgandi. Bu paytlar boshqa qaytmasliginiyam tushunayotgandi. Yana bir marta orqaga qaradi. Uzoqdan oq ko’ylakda kimdir yugurib kelayapti. Kabir yanada sergak qaradi. Ha, oq ko’ylakda... Kelin ko’ylakda. Nahotki Dildora to’ydan qocha oldi? Bo’lishi mumkin emas! Qanday qilib? Shuncha odamlar orasidan. Kabir na hursand bo’la olardi, na boshqa bo’la olardi. Dildoraga sevgi baribir ustunlik qilibdida. Endi ota onasi aniq Kabirga Dildorani berishadi. To’ydan qochgan qizni, boshqa odam olmaydi. Olishga qo’rqadi. Balki ruhiy kasal deb o’ylar. Aqlsiz deb o’ylar. Nima deb o’ylasalar ham... Kabirga qaytamiz. U hozir Dildoraga nima deyishini o’ylayabdi. Aytadi: “Nega bunday qilding? Esing joyidami? Endi ota onang, mahalla oldida nima degan odam bo’ldi?...” Shunga o’xshash gaplarni aytadi. Kelin yaqinlashib qoldi. Yonida u bilan baravar bir mashina ham kelayapti. Balki ichida kuyov bordir. Bu qaroridan qaytarmoqchidir. Unaqa qilmasa kerak. Yigitim deb ketayotgan qizga, qaysi aqli bor yigit, bu qaroringdan qayt deydi. Yaqinlashib qolishdi. Kabir o’zini tartibga keltirib oldi. Kelayotgan kelin Dildoraga o’xshamayapti. Sal to’laroqmiye. Yonida kelayotgan mashinani ichida kamera ham bor ekan. Kelinni tanidim. Aktirisaku. Menimcha klipmi, kinomi olishayotgan bo’lishsa kerak. Kabirni yonidan yugurib o’tib ketishdi. Kabirni yuzida bo’lgan boyagi hursandchilik, endi yoqolib qoldi. Kelin ko’ylakdagi aktirisa bilan birga ketdi shekl. Shumshayib qoldi. Menimcha u, Dildorani qochib kelishini chidan istagan ekan. Aktirisa ham sportchimi deyman, to’xtamasdan yugurayapti... Kabir yo’lida davom etdi. Uyiga bordi...
1 hafta tinch yurdi. Juda tinchamas, hayol qilib, alami kelib, ubu qilib yurdi. 1 haftadan keyin telefoni jiringladi. Dildora telefon qilayotgan ekan. Kutmagandi. Hayron bo’ldi. Telefonni ko’tardi:
- Allo, eshitaman.
- Allo. Assalomu Alekum Kabir aka.
- Voalekum Assalom.
- Man Dildoraman. Tanidizmi?
- Ha. Tanidim.
- To’yim o’tdi.
- Bilaman.
- Mendan haliyam hafamisiz?
- Yo’q. Hafa emasman. Sen endi menga hech kimsanku. Hafa bo’lganim bilan nima o’zgarardi?
- Nega endi hech kim ekanman. Sevgilingizmanku!
- Eding!
- Yo’q, hali ham. Hali ham sizni sevgilingizman. Men haliyam sizni sevaman.
- Sen endi meni unut. Eringni sevgin. Endi san eringnikisan. Menikimassan.
- Sizga va’da berganman. Faqat sizni deyman deganmanku.
- Bu gaplarni unut! U o’tmishda qoldi!
- Yo’q, o’tmishda qolmadi. Men haliyam usha gapimdaman.
- Men u gaplarni unutganman.
- Kabir aka uchrashaylik.
- Nega?
- Sizni sog’indim. Uchrashaylik...
- Meni sog’inishga haqqing yo’q. Men senga hech kimman. Unut. Boshqa telefon qilma!
- Yo’q, yo’q. Unutmayman. Men sizni sevaman. Boshqasi kerakmas.
- Ey. Menga qara. Seni ering bor. Boshqasi senga begona endi.
- Sizsiz yashay olmayman.
- Buni vaqtliroq o’ylash kerak edi. Men etgan paytda uyingdagilarga aytishing kerak edi. Shunda hammasi biz istagadek bo’lardi. Biz birga bo’lardik. Bir birimizga yetishardik.
- Bunday bo’lmadi. Meni aybim. Tan olaman. Faqat siz hafa bo’lmang. Sizdan kechirim so’rayman.
- Kechirim so’raganing bilan nimadir o’zgarib qolarmidi?
- Mayli, biz turmush qurib birga bo’la olmagan bo’lsak ham, endi bo’laveramizku. Erimga ko’nglim yo’q, meni ko’nglim sizda. Siz ko’nglimni olishingizni istayman. Ubu hilvatroq joyda uchrashib. Men oldin aytganimdek siznikiman....
- Jinni bo’lib qolibsan. Aqlsiz ekansan-ku! Qanday qilib? Sen yuziga oyoq qo’yayotgan eringni yuziga men oyoq qo’ya olmayman. Uyam kimnidir farzandiku. Orzu havas qilib senga uylanganku. Uni orzularini rasvo qilamizmi? Qilasanmi? Seni esing joyidamas. Sen davolangin.
- Nega unaqa deysiz. Orzularimizchi?
- Orzuyimiz shunaqa bo’lsa, o’t tushsin o’sha orzularga. Kechdim usha orzulardan.
- Men sizni hursand qilish uchun shuni aytgandim.
- Aytmay ham qo’ya qol. Senga kim meni hursand emas deb aytdi? Hursandman. Ozgina avval hursand emasdim. Endi seni shu gaplaringdan keyin hursand bo’la boshladim. Senga uylanmaganimga hursand bo’la boshladim. Sen bilan shuncha yurib, seni bunchalar yengil hayol ekaningni sezmagan ekanman.
- Sizni sevganimdan shunaqa dedim.
- Agar to’yimiz bo’lganda. Undan keyin nogohon boshqasini sevib qolsang, u bilanam sevganing uchun yotishni taklif qilasanmi?
- ...
- Nega jimib qolding?
- Endi unday bo’lmaydiku...
- Bo’lmaydiyam, bo’lmasinam. Men bilanam, boshqa bilanam. Tushundingmi? Seni ering bor. Sen eringni o’ylagin. Menimas. Sen endi eringniki bo’lding. Menikimas. Meni esdan chiqar. Raqamimni o’chirib tashla. Menam o’chirib tashlayman.
- Undan azobga meni yo’liqtirmang... Sizsiz men yashay olmaymanku. Hech bo’lmasa ovozingizni eshitib ovunib yuray.
- Meni azobga yo’liqtirib bo’ldingku! Sen o’zingni o’ylading. Meni boshqa bezovta qilma! Xayr. Xayrmas, Alvido!

Kabir telefonni qo’yib qo’ydi. Keyin telefondan Dildorani raqamini o’chirib tashladi. Past ovozda nimadirlar deb ming’illadi.... SIM kartasini telefondan chiqarib, otib yubordi...

6 oydan so’ng...

6 oy mobaynida Dildora Kabirga telefon qila olmadi. Sababi uni yangi raqamini bilmasdi. Kabir ham unga telefon qilmadi. Chunki uni esdan chiqargandi. Esdan chiqarishga harakat qilgandi.
Kabir bir kun bozorga tushganda, avtomabillar turar joyida turganida yoniga kimdir kelib, unga qarab turganini sezdi. Qaradi. Dilrabo ekan. Ko’rib hayron qoldi. Kutmagandi. Dildora salom berdi:
- Assalomu Alekum.
- ...
- Haliyam mendan hafamisiz? Arazingiz tarqamadimi?
- Men sendan hafamasman deganmanku.
- Meni ko’rib hursandmasmisiz?
- ...
- Men erim bilan ajrashdim...
- Iya, nega?
- Ular bilan yashay olmadim.
- Aqlsiz ekansan. Axmoqsan!
- Men siz bilan birga bo’lish uchun. Siz bilan birga yashash uchun ajrashdim.
- Men senga ajrashsang yashaymiz demagandimku!
- To’g’ri, demagansiz. Lekin men shunday qilsam, balki sizga yoqar degandim. Hursand bo’larmisiz degandim...
- Sen nega meni hursand qilishing kerak? Nega men hursand bo’lib yurishim kerak? Hursandmanku shundoq ham. Hursandligimni bildirish uchun tentakka o’xshab kulib yurmaymanku! Sen meni o’ylamasliging kerak edi. O’zingni o’ylagansan shu paytgacha. Bundan keyinam o’zining o’ylagin endi. Keyin, baribiram uyindagilar seni menga bermaydi.
- Berishadi. Aytaman.
- Aytasan? Endimi? Sen menga endi kerakmassan! Usha aytgan paytimda aytganingda, hozir bunaqa gaplashib turmasdik. Endi mendan nima hohlayapsan?
- Sizni sog’indim...
- Sog’inmi.... hopmi? Asabimni buzayapsan. Qayerdanam bugun bozorga tushdim.
- Telefon raqamingnizni o’zgartiribsiz. Yengisini bering.
- Yo’q. Meni hayolingdan chiqar.
- Baribir topib olaman.
- Topsang topib olaver... Men sen bilan gaplashmayman. Xayr.

Kabir mashinasiga o’tirib, Dildorani yonidan ketdi. Dildora o’ylab qoldi. Kabirni mashinasi yo’q ediku deb. Ha, yo’q edi. Yaqinda oldi. Ishlab.
Yana vaqtlar o’tdi. Taxminan 5 oylar. Bu orada Dildora, Kabirning raqamini topib oldi. Gaplasha olmagan bo’lsa ham, har kuni sms yozadi. Javob kelmasa ham yozveradi. Charchadi. Bir kun yaqin dugonasiga telefon qildi:
- Allo, Dugon, qalesan.
- Ha, Dildora. Qalesan. Men yaxshiman
- Men usha usha.
- Nima gaplar?
- Javob yozmayapti. Charchadim.
- Yozib qolar bir kun.
- Yozmaydide.
- Umidingni uzma.
- Umid alaqachon qolmagan. Kabir akamni bilamanku. Menga endi umuman qaramaydi. Xato qildimda.
- Qanaqa xato qilding?
- Erimdan ajrashishim kerak emasdi. Uni sog’inayapman endi.
- Jinnisana. Tuppa tuzuk erdan ajrashding.
- Ey, meni ko’nglimni ko’tarishni o’rniga, battar tushurayapsanmi? Qayerdanam senga telefon qildim.
- Voy, darrov jerkib tashlaysana. Qo’ysengchi.
- Mana qo’ydim.

Dildora telefonni qo’yib qo’ydi.

3 oydan so’ng.

Dildorani telefoni jiringladi. Kabir telefon qilayotgan ekan. Boshida ishonmadi. Qayta qayta ismini o’qidi. Raqamni ham. Keyin shoshib telefonni oldi.
- Allo. Dilora. Qalesan?
- Allo. Kabir aka. O’zizmisiz? Yaxshiman.
- Ha, menman. Senga gapim bor edi.
- Qanday?
- 1haftadan keyin uylanayapman. Seni to’yimga kelishingni hohlayman. Chunki seni to’yingga borgandim.
- Rostdan uylanayapsizmi? Tabriklayman. Qayerda bo’layapti?
- O’sha, o’zimizni joyda.
- Bo’ldi. Albatta boraman.

1 haftadan so’ng...

Dildora, qizil ko’ylak kiydi. Chunki Kabirga shunday rang ko’ylak kiysa yoqardi. Sochlarini turmakladi. Yuzlarini pardoz qildi. Keyin to’yxona tomon yurdi. Borganda hali kelin kuyov kelmagan ekan. Ozgina kutdi.Kelishdi. Kabir unga qarab, kulib o’tib ketdi. Dildora, ming yig’lamayman desayam, ko’zidan yosh chiqib ketaverdi. Ko’zini yoshini berkitish uchun, teskari qaradi va ro’molchasi bilan ko’z yoshlarini artdi. Keyin soxta kulgi yasab, yana qarab turaverdi. To’y boshlandi. Dildora ozgina o’tirganidan keyin, ketgisi keldi. Eshik yoniga yetganda, bir bolakay unga bir dasta qizil atirgul berdi. Guldastada xat bor ekan. O’qidi, unga: “Senam albatta baxtli bo’lasan!” degan yozuv bor ekan. Dildorani yuzida mayin jilmayish paydo bo’ldi. Keyin katta ko’chaga chiqib piyoda keta boshladi. Mashinalar kam kam o’tadi. U atirgullarni bir bir hidlab qo’yadi. Hursand. Sarhusht. Ketib borayapti. Choraxaga keldi. Yo’lni u tomoniga o’tmoqchi bo’lib yurdi... Guuurs etgan ovoz eshitildi... Svetaforni qizil chirog’i... Har tarafda qizil atirgullar... O’rtada qizil kiyimda qiz... Oqayotgan qizil qon... Dildoraning pichirlab aytgan so’ngi so’zi, “Baxt - bu seni baxtli bo’lishingmas, kimnidir baxtli qila olishing”, bo’ldi. So’nggi marta hayoliga eri keldi.U uni baxtsiz qildi. Balki hozir baxtlidir. Lekin ma’lum vaqt baxtsiz qildi. U shuni to’layapman deb o’ylayotgandi... Oxirigacha o’ylay olmadi. Joni uzildi... Uzoqdan tez yordam mashinasini ovozi eshitilardi...

Manba: Giyos.ucoz.org
Mualif: Giyos Gapparov

Hikoya mualifi bilan suhbat.

Anvarbek: G’iyos, mana yengi hikoya yozibsiz. O’qib chiqdim. Dolzarb va hozirgi paytda uchrayotgan ajrashish haqida yozibsiz. Bu hkoyani yozishizga sabab nima bo’ldi?
G’iyos: Endi nima desam ekan. Avval telefonlarga tarqalgan bir dictafonda yozilgan audioni eshitgandim. Shunda qiz, bolaga telefonda shu gaplarni aytadi. Usha suhbat yozib olingan. Hayron bo’lgandim. Yaqinda bitta o’rtog’im bilan gaplashib o’tirganimda, shu mavzuga yaqin bir voqeani aytib berdi.
Anvarbek: Demak bu yozganiz hayotiy hikoya.
G’iyos: Hayotiy deya olmayman. Sababi, bunda ikki voqeani bitta qilganman. Keyin qolgan joylarini ijod qilib yuborganman. Hayotiy bo’lsa, ushanday qilib yozish kerak. To’qima kam ishlatilishi kerak.
Anvarbek: Oxiri sal mavhumroq tugagandek. Qiz o’ldimi? Yoki tirik qoldimi? Tez yordam mashinasi unga yordam bera olarmikan?
G’iyos: Balki tez yordam mashinasi boshqa yoqqa ketayotgandir.))) Menimcha yordam bera olmaydi. Agar qiz qon ketishdan vafot etgan bo’lsa. Agar boshqa bilan bo’lsa... Balki. Buni aniq ayta olmayman.
Anvarbek: Qiz hayotda ham vafot etganmi?
G’iyos: Yo’q. Buni manga aytishmagan. Agar vafot etganda aytishardi. Oxirini o’zim to’qidim.
Anvarbek: Qizni tirik ham qoldirishingiz mumkin ediku. Hayotda tirik ekan.
G’iyos: Endi nima desam ekan. Shu bir ikki gaplar bo’ladida. Yurgan yo’lda hayolimga keladi. Uni o’layotgan odam aytishi kerak bo’ladi. Ushani keyin qaysidir hikoyaga qo’yib yuboraman. Shu gap, shu hikoyaga nasib qilgan ekan. Bu ilhomga bog’liq.
Anvarbek: Bu hikoya o’quvchilarga nima beradi dib o’ylaysiz?
G’iyos: Shu qizni hayoti saboq bo’lishi. Shunga o’xshab xato qilmasligi. Qadamini o’ylab bosishi. Nafsini tiyib yurishi. O’zinimas, boshqalarni o’ylashi kerakligi ham. Asosan, shu yosh qizlarimiz, shu qizdek xato qilmasinlar. Ozgina bo’lsa ham qadamlarini o’ylab bossinlar deganman. Agar bir dona odamni ham shu hikoya bilan yaxshi tomonga o’zgartira olsam, man maqsadimga erishganman deb ayta olaman.
Anvarbek: Kabirni o’rnida boshqa buzuq yigit bo’lganda hikoya qanday kechardi?
G’iyos: Hozir unaqa buzuq yigitlar ko’p. Uchratayapmiz. Maqtanib yurishadi. Bu to’g’ri emas. Ularda aql yo’q. Nafsni tiyuvchi aql. Hikoyada ushanaqa yigit bo’lganda, shu oxirida to’yi bo’laverardi, u bilanam yuraverardi.
Anvarbek: Suhbat uchun rahmat!
G’iyos: Sizga ham rahmat!
 
FC_PAXTAKORДата: Понедельник, 28.10.2013, 06:35 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Zo'r
 
SokinaДата: Вторник, 29.10.2013, 00:25 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Hayot beshafqat! Hayotni o'yin deb bilganlarning qismatini hayot o'yinchoq qiladi.Bu sinov dunyo Allohning bizni tegrasida aylantiradigan bir aylana chizig'i, bu chiziqning haddi, me'yori bo'ladi.Hamma narsaning chek-chegarasi,ibtidoyu-intihosi bo'ladi.Allohdan aql -tafakkur so'ranglarki, shu had, shu meyorning chegarasini fahmu-farosatingiz idrok etadigan darajada bo'lsin! Ayniqsa,birovning taqdiri bilan hazillashmanglar. Bu gapni ayamlar biz,farzandlariga ko'p aytardilar.Men bu gapni birinchi marta kichkina paytimda eshitgandim. Qiziq, o'shanda oq varaqqa katta aylana shaklini chizib ichiga siqqanicha odamchalarning rasmini chizganman.Aylana tashqarisiga esa yulduzlar,oy,quyosh chizgandim.Bu mening bu sinov dunyo-hayot haqidagi boshlang'ich bolalik tasavvurim bo'lgan.Ayamning menga bergan boshlang'ich tushunchasi yillar davomida hayot tomonidan sayqallandi ya'ni murakkablashdi...
Hikoyani o'qiyotib shu xotiralarim ,ayamning ana shu dono gaplari yodimga tushdi...

Oila shunchaki havasga qurilmaydi.
Oila qurish bu ma'suliyat.Oila bu fidoyilik. Va hakoza!
Dildoraning ayrim "zamonaviy" qizlardek o'ylashi va yengiltakligi uning hayotni o'yin deb qabul qilishiga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.Kabir bilan Dildora bir-biriga mos bo'lmagani uchun ham bu taqdirlar nikohi sodir bo'lmagan. Alloh har kimga o'ziga o'xshagan insonni duch qiladi,deyishadiku.
Hikoya yaxshi yozilgan.Ijodingizga baraka!

Добавлено (28.10.2013, 09:19)
---------------------------------------------
P.s
Giyos, qo'shimcha fikrlarimni shaxsiy xatda yozdim.

Добавлено (28.10.2013, 23:25)
---------------------------------------------
Dildorani ,"Allo Dilora", "Dilrabo ekan", deb uchga bo'lib tashlabsizku))))


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Вторник, 29.10.2013, 12:28 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline

Qanday? Fleshka yoqdimi?))
 
GiyosДата: Вторник, 29.10.2013, 16:54 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
))))
rasm adashib qobdiku)))
 
GiyosДата: Вторник, 29.10.2013, 16:54 | Сообщение # 6
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bartaraf qilamiz
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter