Четверг, 21.11.2024, 18:25
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Yo'q. Xayr. (Giyos yozgan dialog) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Yo'q. Xayr. (Giyos yozgan dialog)
GiyosДата: Четверг, 11.04.2013, 00:57 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yo’q. Xayr.

- Shirin so’zlar, shirin gaplar, shirin yoqimli jumlalar aytasan menga.
- So’zlarim rost. Hammasi samimiy. Qalbimdan.
- Kech, juda kech. Qolmadi sabrim, vaqtim.
- Ishoning menga. Hamon sevaman sizni. Ketmang.
- Yo’q. Xayr.

***
- So’ngi marotaba aytgandim ketmagin deya. Quloq soldingmi?
- Kechiring iltimos. Kechiring. Men aybdorni kechiring. Sizni qadringiz bilmabman.
- Aytgandimku, sog’inasan hali, deb. Qaytar dunyoku.
- O’zim aybdorman. Meni yana qiynamang. Sizni boshqa tashlab ketmayman.
- Yo’q. Xayr.

***
- Esingdami? Bog’da ikkimiz yurganimizda. Senga yoqadigan gulni uzib bergandim. Shunda sen yig’laganding. Nega desam? U uzilmasdan go’zal edi. Endi uni xazon qildingiz deganding.
- Ha. Ha. Esimda. Kechagidek esimda.
- Sen meni sevgimni uzib olding. Endi xazonga aylanadi, usha guldek.
- Aslo. Aslo. U yana qayta o’sib chiqadi. U yana unadi. O’sadi.
- Yo’q. Xayr.

***
- Mayin shamollar esardi, dengiz bo’yida yurganimizda. Quyosh qizarib chiqardi, dengiz ortidan. Sevgimiz chiqardi qizarib yuragimizdan, iliq harorat bilan... Qora bulut keldi, kuchli shamol bilan... Sen ketding, meni deb ojiz...
- Men ahmoq ekanman. Bilmabman o’rningiz. Sog’inishim qilmabman hayol.
- Odam, olamni o’zgartiraman deydi. Nega avval o’zini o’zgartirmas ekan. Sen aybni o’zingdan qidir... Mayin muhabbatni sog’inayotganlar kutayotgandir meni balki...
- Menchi? Tashlab ketmang yolg’iz.
- Yo’q. Xayr.

***
- Sog’indim deb aldaysan. Ishonasanmi? Ishonishimga?
- Nega alday sizni? Shuncha qiynaganim yetar. Uyalayapman o’zimdan.
- Aldamading. Ketib qolding. Hech nima demay. Indamay.
- Ketmadim. Majbur edim.
- Telefonlarimni ko’tarmading. Qayta qayta qilsam olmading. Xatlarimga javob yozmading.
- Sizni unutishim kerak edi. Unutmasam bo’lmasdi.
- Unutding ham.
- Yo’q.
- Yo’q. Xayr.

***
- Sabringni sinading. Sinig’i chiqguncha. Mana holimni ko’r. O’zgarganimni?
- Hafa qildim. Kechirim so’rayman.
- Hafa bo’ldim? Qanday qilib hafa bo’ldim? Men umuman hafa bo’lmaymanku!
- Xayr demang yuragimni hijronga tashlab, Xayr demang mayus ko’zlarimni yoshlab, Xayr demang qalbim parchalab...
- Yo’q. Xayr.
***
- Ketganding sen xayr demay. Men aytaman ketishdan avval.
- Ketganding... Ketganding... Hech sababini so’raysizmi? Nima sababdan ketganimni, sizdan ketganimni so’raysizmi?
- So’ragandan nima foyda. Ishonarli yolg’on aytasan. Boshqa nima kutardim?
- Aytaman. Mayli eshitmansangiz ham. Xayr desangiz ham...
- Yo’q. Xayr.

***
- Befoyda so’zlar, bu ortiqcha urininishlar...
- Ketmasimdan oldin ko’rdim sizni bir qiz bilan. Qo’l ushlashib ketayapgandiz bizni bog’ tomon. Xiyonat qildingiz menga. Chidolmadim qadrimga.
- Yo’q. Xay... bo’lishi mumkin emas. Men u yerga sendan o’zgasi bilan bormaganman. Faqat sen bilan sayr qilganman. Boshqa hech kim.
- Yolg’onmi? To’g’ri. Sen yolg’onchi deyasiz faqat. O’z ko’zlarim bilan ko’rdimku. Boshqa aytganda ishonmasdim. Chidolmasdim.
- Bo’lishi mumkin emas.
- Meni ko’rganimmi? Ha. Nogohon ko’zim tushdi. Siz ko’rmadingiz? Nima deyotgandiz?
- Yo’q. Xayr.

***
- Ishon. Sendan o’zgasini demaganman. Hech kim bilan... hm.
- Siz alday olmaysiz. Yolg’on gapira olmaysiz.
- Men alday olmayman. Kechir. Boshqasi bilan yurdim. Faqat 1 kun. Lekin sen nega ketishga majbur eding.
- Sizni kechira olmadim. Nafratlanib ketdim. Chiday olmadim. Ketdim. Sizga nafratimni sochishdan qo’rqib, majburan ketdim.
- Men faqatgina bir kun yurdim. Bir kunga iltimos qilgandi. Shu yetarli bo’libdi.
- Meni ham chaqirishdi. Siz chaqirayapti deya. Lekin boshqacha holat edi...
- Tushunarli. Bizni birga ekanimiz kimgadir og’irlik qilibdi.
- U qiz nima bo’ldi?
- Birga qolishimni so’radi?
- Nima dedingiz?
- Yo’q. Xayr.

***
- Bizni ayirishdi nomardlar... Nega so’ramading bir og’iz mendan. Eslamadinmi orzularimizni? Orzularimizdan voz kechardimmi? O’zimiz yaratgan orzulardan...
- Esladim. Barini. Farzandli bo’lib, unga tanlagan ismlarimizgacha. Hamma, hammasini. Qaysi biri birinchi tug’ilishini istaganimgacha. Esladim. Lekin...
- Birga o’tkazgan vaqtlarimizni ham esladingmi? Shu joylardan birga yurganlarimizni? Yomg’irda yoping’iching. Qorda issig’ing. Issiqda soya bo’lganlarimni esladingmi? Yodga oldingmi bir borgina?
- Ha. Hammasi esimda. Goyoki, hozir bo’lgandek esimda.
- Nega unda ketding? O’ylamadingmi meni?
- Chiday olmadim...
- Ex. Sodda qiz. Soddaginaya. Men kelaman. Kutgin. Kelaman. Avvalgidek bo’lib.
- Ketayapsizmi?
- Yo’q. Ko’rishguncha.
 
GiyosДата: Четверг, 11.04.2013, 01:17 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Qisqacha dialog haqida. Ikki hil tushunish mumkin.
Umuman umumiy. Va hammasini alohida qilib. hammasini alohida qilib, ma'nosini ochishga harakat qildim. Qanchalik eplaganimni bilmayman.
 
Sog'inchДата: Четверг, 11.04.2013, 10:03 | Сообщение # 3
Группа: Qadrli mehmon





Yaxshi eplagansiz.Alohida öqisayam alohida xulosa olsa bölarkan.
 
ParvinaДата: Четверг, 11.04.2013, 12:20 | Сообщение # 4
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 24
Репутация: 5
Статус: Offline
Телба талабалик!!!
Тугри севишни билмаган кимса, арок ташлашни биладими?!Халол туйгуни устидан кулган инсон, жаннати буладими?! Баъзида хакикат ёмонам
сукилиб утар, баъзида эркак хиёнати тамга булар.  Уринма хайрлашишга, тамомам хайрлашолмайсан. Унутишингучун вакт керак бу вакт ичида мен бахтли инсонлар каторидан жой олганимдагина,
хар сафар ойнага караб кул силтаб куярсан. Согинганингда яна ойнага караб
салом, эркаликларимизни эслаб, туполон килишинг мумкин, барчаси факат якка
узинг билан содир булади, атрофингда мен йукман. Хамонам тоза йулдан бораяпман
деб, узингни макташга уринма оёкларинг эгри, паст-баланд, ункир-чункир
йуллардан юришни тухтатмайди. Бошкалардан калбимни кидирма пасткаш, хаммага
ваъда бериб, мени ягонам деган нокас. Кузларимни куришга интилма, улар хатто
сени танимай куйган. Сенга уша сигарета ва арокни кучоклаб юришинг ярашиб
туради хамиша.  Муносабатларимизга дарзкетган кундан бери сени эслашдан тухтамайман, сен хам. Хаёлан уйинг томонидан
утганимда узокдан булсада деразаннга караб кузларим шошарди, худди сен мени
кузатаётгандек. Хозир эса, якиндан хатто деразанг олдидан утиб колсамда хеч
кандай шом-шошарлик йук, улар сендан жирканади…
 
SokinaДата: Четверг, 11.04.2013, 15:23 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Giyos,Parvina ijodingizga baraka!

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
bek_x6Дата: Пятница, 12.04.2013, 00:11 | Сообщение # 6
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
ehhhh Giyosakaa.... biror tarif etomiman, prosta zo'r! zo'r! zo'r...

Нет подпись...
 
FC_PAXTAKORДата: Суббота, 13.04.2013, 00:24 | Сообщение # 7
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Exxx

Добавлено (12.04.2013, 23:24)
---------------------------------------------
Bir qator joyini stsmga oldim)(

 
LoadingДата: Суббота, 13.04.2013, 20:05 | Сообщение # 8
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Giyos yana bir bOr tan berdim.

Добавлено (13.04.2013, 19:05)
---------------------------------------------
Parvina bu monologmi.?!
Vaqt ajrajib o'qib chiqaman. Qayta va qayta.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
ГостьДата: Вторник, 16.04.2013, 02:56 | Сообщение # 9
Группа: Qadrli mehmon





Qiziq Judayam qiziq ||||||||||
 
GiyosДата: Пятница, 19.04.2013, 18:42 | Сообщение # 10
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yo'q. Xayr. Ayrildik, deb xayr. Ko'rishmaymiz, deganmiz xayr. Afsuslanamiz, aytganimizga xayr. Eslab bir birimiz, yig'lab deymiz xayr. Yo'q. Xayr. Ko'zlarda yosh. Yo'q. Ko'zlar nam. Tomchi tushar, bildirib xayr. Vaqt o'tar, unutarmiz bir birimiz. O'zga chexrada, o'zga ko'rinishda qaytamiz. Tanimaymiz, bilmaymiz, sezmaymiz. So'zlarimiz esa hamon yo'q, xayr.
 
Sog'inchДата: Воскресенье, 21.04.2013, 07:31 | Сообщение # 11
Группа: Qadrli mehmon





Unchaligam tuwunmadim.Adabiyotga yaqin odamlar tuwunsa kerga
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter