Четверг, 21.11.2024, 17:35
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Meni sevib qolsayding... - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Meni sevib qolsayding...
BumBumCHaДата: Понедельник, 25.03.2013, 17:23 | Сообщение # 1
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
Eshik ochilib bir-biridan ezgin
xayollarimni uchirib yuboradi. Onajonim
astagina tepamga kelib sochlarimni
silaydilar
— O‘tiribsanmi bolam? Men ketyapman,
senam birrovga chiqsang bo‘lardi, sal
bo‘lsayam ko‘ngling yozilardi…
Men qizargan ko‘zlarimni onamdan
yashiraman.
— Yo‘q, ona, borgim yo‘q…
— Mayli, bo‘masa men tezgina qaytaman.
Aytganday, o‘g‘lim, to‘yga anavi sen
yoqtiradigan hofiz kelarmish, chiqsang
ko‘rarding, qo‘shiqlarini tinglarding…
— Siz boravering, onajon, hofizning ovozi
bu yerga bemalol eshitilib turadi…
— Ha mayli…
— Chiroqnio‘chirib keting!
Hujram ko‘nglim bilan bir xil tusga
kiradi…
To‘y bo‘layotgan xonadondan kelayotgan
yor-yor sadolari, karnay-sunray ovozi
yetti mahallaga taraladi. Yo‘q-yo‘q, bular
yor-yor emas, shodlik emas, bular…bular
ayriliq, hijron sadolari! Bular o‘ksib-
o‘ksib yig‘layotgan muhabbatning
nidolari!
Bu mash’um sadolar mening zulmatga
cho‘mgan hujramga ham kirib keladi…
Qulog‘im ostida jaranglab, go‘yo
ustimdan kulayotgandek bo‘ladi…
Boshimni bolishning ostiga tiqaman,
ko‘zlarimni chirt yumaman, yo‘q…Baribir
eshitilaveradi…
Eshitilaveradi, eshitilaveradi!!!
Bo‘g‘zimdan olamni buzgudek bir faryod
otilib chiqadi…
Bu faryod…Bu faryod karnay-sunray
sadolari ostida yo‘q bo‘lib ketadi…
Yuragim yonyapti…
Men nega buncha kuyyapman? Kim
uchun buncha faryod chekyapman?
Sen uchunmi?
Men seni sevarmidim? Bunchalik yonib-
kuyishimga qaraganda sevar ekanman-
da! Buni qara-ya, buni o‘zim ham bilmas
ekanman…
Axir kechagina o‘zim senga kulib turib
baxt tilamadimmi?
Yo‘q-yo‘q… Men seni sevmayman… Biz
do‘st edik xolos.
Esingdami? Xudoni bergan kuni qo‘lingda
kitob bilan yonimga chiqib kelarding.
Qo‘lingdagi kitob albatta muhabbat
xaqida bo‘lardi.
Sen ko‘zlaring chaqnab kitobni maqtay-
maqtay qo‘limga tutqazib ketarding.
Torgina hujram sen berib ketgan katta-
kichik kitoblar bilan to‘lib-toshgandi.
Men kitobni tezroq tugatishga harakat
qilardim, chunki o‘qib bo‘lganimdan so‘ng
sen bilan asar xaqida uzoq-uzoq
tortishib, bahslashib o‘tirardik. Sen
o‘zimiz o‘qib chiqqan kitoblardagi hayotni
orzu qilarding… Yodimda, bir kuni
"Choliqushi” xaqida uzoq suhbatlashdik
— Bariga Komron aybdor! — deganding
uzun-uzun kipriklaring pirpirab, —
axmoq bo‘lmasa, Faridani allaqanday
sariq gullarga almasharmidi?
— Hayotda hamma adashadi. — Shunday
deymanu sening qo‘ng‘iroq
sochlaringdan, Olloh in’om etgan, hech
qanday bo‘yoqlarsiz go‘zal husningdan
ko‘z uzolmay tikilib qolaman.
— E-e, ana endi shu axmoqligini deb
shuncha yil azob chekdi. Farida "hamma
sariq odamlar bevafo bo‘ladi”, degan.
Menimcha u xaq! — shunday deysan-u,
qiqir-qiqir kulasan. Bu gapni menga
tekkizib aytayotganingni bilaman. Shu
choqda sen ko‘zimga xuddi o‘sha
Faridadek ko‘rinib ketasan. — Bilasanmi,
Oygul, sen xuddi Faridaga o‘xshaysan.
— Rostdanmi?
— Ha, rost… Agar men Komronning
o‘rnida bo‘lganimda edi, Faridani hech
qanday gulga alishmagan bo‘lardim…
Sen qizarib, ko‘zlaringni olib qochasan.
Xayollarimni to‘y xonadonidan
kelayotgan mungli qo‘shiq bo‘lib
yuboradi. Ha, bu o‘sha, men suygan
hofiz… Dard bilan sug‘orilgan qo‘shiq
so‘zlari mening xonamga ham oqib
kiradi:
Sen bog‘dagi yelday sho‘x,
Bir dam orom olsayding…
Derlar orzuga ayb yo‘q,
Mani sevib qolsayding…
Yuzimda nam sezaman, yig‘layapmanmi?
Nima uchun?! Hofizning qo‘shig‘igami?
Men ham shuni orzu qilganmidim? Nahot
shunday orzu etishga jur’at qilgan
bo‘lsam?
Yoy nishonga yetmasdan,
Fursat mag‘lub etmasdan
Umrim o‘tib ketmasdan
Mani sevib qolsayding…
Dunyo sinovli, shartli,
Xam quvonchli xam dardli
Orzuyim bo‘lmay gardli
Mani sevib qolsayding…
Kecha oxirgi marta yonimga kelding…
Bu safar qo‘lingda kitobmas, chetiga
kashtalar tikib bezatilgan ro‘molcha bor
edi.
— Aziz, meni unutmaysan-a? — deding
chiroyli ko‘zlaringni menga tikib.
— Yo‘q, Oygul, seni unutmayman. Axir
o‘zimizni mahallaga kelin bo‘lyapsan-u.
— Shundayku-ya, endi baribir oldingga
chiqib turolmaymanda… Lekin bilasanmi,
sen mening eng yaxshi do‘stimsan. Sen
bilan qurgan suhbatlarimiz,
bahslashganlarimiz hech qachon
yodimdan chiqmaydi.
— Mening ham…
— Ertaga to‘yimga chiqasana?
— Albatta…
— Aldamaysanmi? Chiqmasang xafa
bo‘laman. Dadam to‘yga sen yoqtirgan
hofizni olib kelar ekanlar. Dugonalarim
biram kuyib ketyapti…
— Sen albatta bahtli bo‘lishing kerak
Oygul…O‘zing istaganingdek, o‘sha
kitoblardagidek go‘zal baht qurishga
intil…
— Rahmat, Aziz, sen chinakam do‘stsan.
Xayr, endi uyga chiqa qolay…
Sen qo‘limga o‘zing tikkan ro‘molchani
tutqazib ketding. Alvon ro‘molcha chetiga
oppoq ipak bilan "O+A=D”deb yozib
qo‘yibsan…
Mana, ro‘molchang qo‘limda, undan seni
iforing kelyapti, Oygul…
Bugun sening to‘ying…Tasavvur
qilyapman qanchalik go‘zal bo‘lib
ketganingni. Oq libos senga judayam
yarashgandir-a…
Eshityapsanmi, Oygul, qo‘shiqni
eshityapsanmi?
Kuy yig‘layapti… kuy o‘z dardiga dosh
berolmay yig‘layapti. Hofiz o‘rtanib-
o‘rtanib meni dardimni kuylayapti
Oygul…
Keldi mehring fursati,
Bo‘lay vasling ulfati,
Sodiqligim hurmati,
Mani sevib qolsayding…
Qadru qimmatim bilib,
Biroz nazarga ilib,
Ko‘nglimga shafqat qilib,
Mani sevib qolsayding.
Qishloqdoshlarimning qiyqirib chapak
chalgani, ”Juft bo‘lsin!” deb baqirishgani
eshitiladi.
Ey, odamlar, bu qo‘shiqni qiyqirib,
chapak chalib emas, yig‘lab eshitish
kerak, yig‘lab! Bu qo‘shiqni dardi borlar,
yuragi yonayotganlar eshitishi kerak…
To‘yni u yog‘i sho‘x-sho‘x sadolarga
ulanib ketadi.
Bilaman, hozir davra to‘rida, oppoq
libosda yal-yal yonibo‘tiribsan-u, ko‘zing
bilan meni izlayapsan. Kechir meni,
to‘yingga chiqolmadim, Oygul. Mening
bebosh qalbim seni sevib qolishga jur’at
qilibdi… Hofiz aytganidek, orzuga ayb
yo‘q…
Hujram havosi og‘irlashib, bo‘g‘zimdan
bo‘g‘ayotgandek bo‘lyapti…
Eshik g‘ichirlab ochilib onamning xushhol
qiyofalari ko‘rinadi.
— Zerikmay o‘tiribsanmi, bolam? Anavi
hofiz to‘yni rosa qizdiryapti. O‘ziyam
butun qishloq ko‘chib kepti-yov uni
ko‘rgani. Po‘latboyam juda orzu-havasli-
da, to‘yiga shundoq hofizni olib kelibdi!
— Ona, siqilib ketdim, hovliga
chiqaman…
— Hozir, bolam, — onam shoshib
tepamga keladilar. — Oygul shunday
chiroyli kelin bo‘libdi, ko‘z tegmasin,
ko‘rgan odamni suqi kiradi-ya…
Po‘latboyning o‘g‘li bilan bir-birlariga
uzukka ko‘z qo‘ygandek yarashishibdi
o‘ziyam!
Oh onajonima, dardimni bilmaydilar-da…
Bilmaganlariyam yaxshi. Bir o‘zimni
kuyganim ham yetar…
Aravachamni g‘ildiratib, hovliga
chiqaman. Ko‘ksimni to‘ldirib-to‘ldirib
nafas olaman.
— Ollohga shukur...
 
LoadingДата: Четверг, 28.03.2013, 18:04 | Сообщение # 2
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
BumBumCha mazza qildim.
Juda tasirli bo'ldi.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
MIrzoxidДата: Суббота, 30.03.2013, 03:15 | Сообщение # 3
Группа: Qadrli mehmon





juda tasirli
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter