Вторник, 03.12.2024, 22:41
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Kelsam Kutmaysan, Kelmasam Ketasan. (K.K.K.K) (Duet Monolog) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Kelsam Kutmaysan, Kelmasam Ketasan. (K.K.K.K) (Duet Monolog)
GiyosДата: Четверг, 31.01.2013, 21:47 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Kelsam Kutmaysan, KelmasamKetasan. (K.K.K.K.)
 
Qiz:
Seni sevib qiynalguncha, daraxt eksam
bo'lardi. Sen meni tashlab ketding, u yonimda qolardi. Uyim to'rida turib
qalbimga ko'rk berardi. Yillar o'tib oradan shirin meva solardi. Uni sevganim
uchun, Menga vafo qilardi. U bir joyda tursa xam bunga shukur qilardi.  Jonsiz daraxt bo'lsa xam sof sevgimni bilardi.
Lek sen bo'lolmading shu jonsiz daraxt kabi, Uchding chiroy boylikka, Unutding
bir tush kabi. Bir kun kelib bizni xam o'z tengimiz bo'ladi, Men uni
sevganimdek u xam meni sevadi...
 
Yigit:
Daraxting so'ndi, ko'karmay.
Uni ekding mehr bermay. 
Men ketdim, mehrga bo'lib tashna, 
Sen qolding, yoshlaring arta. 
Umiding daraxtdan edi 
U meva qilmadi. 
U juda ham katta, lekin qurigan. 
Termulasan unga ma'nosiz, 
Kutasan meni tinimsiz. 
Men ketganim chiroygamas, mehrga. 
Men ketganim boylikgamas, shirin so'zga. 
Senda faqat sevging bor, 
Yanachi? 
Toza qalbmi? . . . .
 
Qiz:
Sen yana o’shal yolg'on so’zlaring menga
faqat ravo ko’ryapsan. Shuning uchun ketganing yaxshi  Senda faqat
yolg'onlar bisyor rosting yo’q.. Usiz qolgansan..  Sendan kechgandir
balki. Faqat yolg'on senga yor  endi ko’nik... Daraxtmi? Men ekan nihol
bu...? Qara tengin topibdi darhol.Yonidagi yor daraxt uning ....Baxtliligin
sezdirdi oshkor.  Mening baxtim  kelmoqda qara...Tenglamasdan
ketganding meni:   Tengimikan.... Bejavob.
 
Yigit:
Sen o'rganibsan, rostimni ham yolg'on
deya. O'zingku qochding mendan yiroqlarga. Ortingdan kutdim, qaytmading.
Ketdim, kelibsan. Men yashadim faqat seni o'ylab, yashadim seni deb. Qaytdim,
ket dema faqat. Sensiz qiyin bo'lmoqda menga. Ko'rdim daraxting, cho'zibdi
ancha bo'y. Havas qildim ularga. Nega biz unday emas. . .
 
Qiz:
Yo’q endi kech...BOR endi ket. Mendan
afzal ko’rganing borku .Orqanga ham qaramasdan ket. Qarama yo’q  bo’lsa
ham Yurak... yulib tashla aybdor u...
 
Yigit:
Mayli. . . Men ketaman. Faqatgina
birgina istagim bor. Ko'zlarimga qarab, shu "ket" degan so'zlaringni
takrorla. Shu so'zni aytayotganingda nigohlaring qochmasmikan, lablaring titramasmikan.
Bir bora ko'ray. Shuni qila olasanmi? Agar nigohingni ko'zimdan qochirmay,
lablaring titratmay aytsang, bu chindan bo'ladi. Meni boshqa ko'rmaysan keyin.
Agar bunday bo'lmasa, bu alamingdan aytayotganing bo'ladi. Bu bilan meni
haydolmaysan. Hech qachon yoningdan ketmayman. Qochaman desang, qo'yib
yubormayman...
 
Qiz:
Agar, agar men sen uchun o’zimni
asraganimdek o’zingni asray olganingda edi, asraganingda.... Oyog'ing ostidagi
yurakni bosib o’tmasding...MENku qarayman ko’zlaringa ammo o’zimni ko’ra
olmayman unda, boshqa chehralar almashinadi. Bu yaqqol namoyonku. LABlarimda
faqat bitta ism tun-u kun jaranglab titroqsiz, titroqli eshitiladi. Hm, u ham bo’lsa
sening ismingda....SENingchi lablaring o’zinga bo’ysinmasdan bilmadim ne
deyar... TASANNO! Ko’rmoq istabsan... QARAY OLASANMI? Birinchi kun nigohi
ila...O’YLANDINGA .
 
Yigit:
Men termulaman senga unsiz. Men qilmagan
ayblar bo'ynimda og'ir yuk, boshim egik. Sendan boshqani demadim aslo, faqat
seni deya yashadim faqat. Seni o'ylab o'tkazdim tunlarni bedor. Yerdagi yurakni
bosmagandim, olib ketgandim bosib bag'rimga. Mana hali ham turibdi. Urayapti
sevgim qudrati bilan. Borgan kunim sarim, umidlarim yulduzga aylanayapti.
Sendan esa oy isi kelmoqda. Lablarim pichirlab, aytar sening isming. . .
 
Qiz:
Unda aytgin aybing shu Ketgan edim shu
sabab deya....SENsiz o’tgan kunlarim to’ldir....
 
Yigit:
Meni aybim, senga sababin aytmay
ketganim. Ayta olmasdim. Ayta olmayaman. Sen qiynalgandek qiynaldim men ham
axir. Majbur edim. Tushun. Man qaytdimku. Endi doimo sening yoningdaman. Hech
qachon uzoqlashmayman. Ketmayaman hech qachon. Ketsam, seni birga olib ketaman.
Ayt, qanday to'ldiray mensiz kunlaringni. . .
 
Qiz:
Mana yana xuddi bir yil oldin etilgan
gaplar...O’zgarishsiz takrorlading vo ajab...Yana nimalar demaysan ozgina
kutsam... Balki bu gaplaring rost  ma'lum
vaqtgacha... Huddi har yilda qo’zg'ab turuvchi kassalik singari. Qaytaraverasan,
qaytaveradi. SENSIZ o’tkan kunlarim istasam, istamasam qaytarolmaysan. Ko’z yoshlarim
to’ldirolmaysan. Singan qalbimni but qilolmaysan bunga sabring yetmaydi. Yurak
erishin kutolmaysan sen. Faqat Kelsam Kutmaysan, Kelmasam Ketasan.
 
Yigit:
Faqat kulaman telbalarcha, sening bu
azoblar qilgan meni Majnun. Sening vasling ilinjida sarson bo'lay endi. Mayli
roziman gar sen shu desang. Mayli itar meni ko'ksimdan, qulay jarlikga.
Maydalanib yo'q bo'lib, aylanay tuproqga. Usha tuproqdan unib chiqsin bir
nihol. Faqat unga o'zing qara. Mehr berib avayla. Sening nafasin olib bo'lsin
katta.
 
Qiz:
Jarga borar kunimizni ayt...? Guvohlarsiz
ketamizmi? Yo....?
 
Yigit:
Ikkimiz ketsak, nihollarga kim qaraydi?
Ikkalamiz, jarlik bo'yida qolamiz. Qilgan xatolarimizni o'ylab...
 
Qiz:
Mening aybim ayb ish qildimi? Sening
aybingla aybdormanmi yo... Hm, mening aybim seni sevganim. Shuni
aytmoqchisan-a....? O’zimdan o’zim hafaman... Nega bo’lardi Shuncha vaqt senga
Seni Sevaman... Aytolmagandim qara qanday kunda aytmoq istadim. Agar bu so’z
meni sendan ayirishga sabab bo’lishini bilganimda o’sha PARchalaganing
yuragimda saqlayverardim... Tinch joy ...! Aybdorman, qaraya gunohkor  ham
men, ne  deb atay o’zimni....? Sevgisin oshkor etolmagan QIZ...
 
Yigit:
Sening aybing, bu senliging. Men seni
sevib qolganim. Faqatgina shudir aybing. Meni sevishingni bilardim. Lekin
o'zingdan eshitishni shunchalar hohlagandimki. . . Buni so'z bilan hech ham
ifodalay olmayman. Hattoki shoir bo'lganimda ham. Sening yuraging butun.
Hattoki ortiqroqdir ham. Chunki meni butun yuragim senda. Sevishingni izhor
qilishingni qanchalar kutdim sevgilim. . . Men seni, sendan ham ko'proq
sevaman. Bu yolg'on emas.
 
Qiz:
Seni ko’rgim keldi.....,SOG'INGANIM
uchundir balki.O’zimni yolg'iz his qildim shu damda....
 
Yigit:
Men yoningdaman. Ko'zlaringni yumsang
meni ko'rasan. Qara. Yoningda qo'llaringni ushlab o'tiribman. . .
 
Dilshod_AДата: Пятница, 08.02.2013, 14:01 | Сообщение # 2
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 117
Репутация: 2
Статус: Offline
Xmmmm.. Xozi yig'lavoraman...
 
riya94Дата: Четверг, 09.05.2013, 01:20 | Сообщение # 3
Группа: Qadrli mehmon





vaau. QOYIL
 
BumBumCHaДата: Четверг, 09.05.2013, 03:05 | Сообщение # 4
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
cry
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter