Суббота, 23.11.2024, 14:30
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Toblantirgan sinov...(Giyos yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Toblantirgan sinov...(Giyos yozgan hikoya)
GiyosДата: Суббота, 19.01.2013, 00:23 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Toblantirgan sinov... oxiri yarqiragan baxt.

Kunlarni birida bir qiz va yigit internetda tanishib qolishdi. Ular uzoq suhbatlashishdi. Kunlar, oylar va yillar. Keyin telefon raqam almashildi. Telefonda suhbatlar. Oylar, yillar gaplashdilar. Bu paytda ikkalovligida iliq munosabat shakllanib, u sevgiga aylandi. Lekin ular haligacha bir birini hayotda ko’rishmagandi. Faqat bir birlarini rasmlardan tanishardi. Qiz yigitni uchrashuvga taklif etdi. Yigit boshida rozi bo’lmadi. Keyin rozilik berdi. Ular ertasi kuni bir bog’da uchrashishga kelishishdi. Qiz erta kelishini sabrsizlik bilan kuta boshladi. Rosa kutdi. Tonggacha qanday vaqtni o’tkazishni ham bilmadi. Uhlay desa ko’ziga uyqu kelmadi. Hayol surib yotib, uhlab qoldi. Ko’zini ochsa tong! Juda hursand uyg’ondi. Yuvinib bo’lib, ertalabki nonushtani tayyorladi. Ota-onasi qizidagi yuz o’zgarishlarini ko’rib, bir birlariga kulib qo’yishdi. Nonushtadan keyin ular ishga ketishdi. Qiz sochlarini tarab, turmaklab, yuzlariga oro berdi. Ko’p emas, ozgina. Yuzini o’ng tomonida ozgina dog’i bor. Har doim shu dog’idan uyalib yuradi. Lekin o’ziga yarashib turadi. Baribir uyaladi. Shu joyiga ko’proq oro berib, bilintirmaslikka harakat qiladi. Yana yigit uni ko’rib, fikri o’zgarib qolmasin deb o’ylaydi. Tayyor bo’lgach u yo’lga tushdi. Bog’ga borib, uchrashuv belgilangan joyda yigit yo’q ekanini ko’rdi, hayron qoldi. “Kechikmasligi kerak ediku” deya o’ziga pichirladi. Telefonini olib yigitga, yani Anvarga telefon qildi:
- Allo. Assalomu Alekum Anvar aka. Qayerdasiz?
- Salom Saida. Men shu yerdaman.
- Ko’rmayapmanku! Usha aytilgan joyda turibmanku. Yo’qsiz!
- Ha, kelib bo’ldingizmi? Men vaqtli kelgandim. Ertalab uyda choy ichishga ham ulgurmagandim. Shu sababli, turgan joyizdan to’g’ridagi kafeda o’tiribman. Iltimos shu yerga kelsangiz. Uzr, kutib tura olmadim. Eshitishimcha, “qizlar uchrashuvga kech chiqadi” deyishgandi. Shunga “ulguraman” deb o’ylabman.
- Yo’q, hijolat bo’lmang. Hozir boraman.
- Mayli. Kelavering. Ichkarida bir o’zim o’tiribman.

Qiz hursand holda kafega bordi. Ichkarida, stolni o’ng tomonida rostan ham bitta yigit yegulik buyurtma qilish uchun taomnomani o’qib o’tirardi. Ha. Bu rasmdagi yigit. Qizni eshikdan kirganini sezgan Anvar, Saidaga qaradi. Saida uyalib, pastga qarab kelayotgandi. Anvar o’rnidan turmay, Saidaga to’g’risidagi joyni ko’rsatdi. Saida o’tirdi. Qo’lidagi telefonni stol ustiga qo’ydi. Ichida “kelganimda o’rnidan turib ham kutib olmadi” deb o’yladi. Keyin asta Anvarga qaradi. Qaradiyu, bir cho’chib tushdi. Anvarni yuzini yarimi kuygandan qolgan chandiq bilan qoplangan edi. Juda daxshatli holat edi. Anvar, Saidani holatini tushunib, izoh qildi:
- Saida, ming bor kechirim so’rayman. Sizga boshida ayta olmadim. Hozir yuzimni ko’rib, cho’chib ketganingizni ham sezdim. Ishonasizmi, har tong, oynaga qaraganimda, o’zim ham cho’chiyman. Sizga yuborgan rasmimda, bu holatdan bir necha yil ilgari tushgandim. To’g’risi sizdan ayrilishdan qo’rqdim. Hudbinlik qildim. Usha paytlar menga kerak edingiz. Hozir ham keraksiz. Lekin. Bu uchrashuvga men sizga barcha xaqiqatni aytgani kelganman. Avtohalokat natijasida oyoqlarim qisilib qolib, yonayotgan mashina ichida qolib ketganman. Yuzim shu ahvolga keldi. Uzoq mulojalar jonimga tegib ketgan ishonsangiz. Bu yuzni qayta to’g’rilashga, o’sha oq xalatlilarni ko’rishga ko’zim ham qolmagan. O’sha paytlar siz paydo bo’ldingiz. Yana...
- Gapirib bo’ldingizmi? Men sizni sevardim. Siz mendan hamma narsani yashiribsiz! Yolg’onchisiz! (yig’lab yubordi)
- Yo’q. Men yolg’onchi emasman. Yashirish bu yolg’on deganimas.
- Men sizni boshqacha tasavvur qilgandim. Hudbin ekaningizni bilmabman.
- Tan olaman. Usha paytlar o’zimni o’yladim. Men sizdan hech narsa talab qilmayman. Siz ham o’zingizni o’ylashingiz kerak.
- ...
- Avtoxalokatdan oldin, men unashtirilgandim. Lekin bu holatdan keyin, to’yim bo’lmadi. U qiz boshqaga turmushga chiqib ketdi. Men juda ruhiy tushkunlik holatda qolgandim. Usha holatdan siz chiqardingiz meni. Sizga rahmat aytmoqchiman.
- Arzimaydi. Faqat men uyga vaqtliroq borishim kerak. Kechirasiz.

Saida shoshib kafedan chiqib keta boshladi, hayoli parishon bo’lib, yo’lak chekkasidagi nogironlar aravachini turtib yubordi. Ahamiyat bermay, tashqariga chiqib ketdi. Yo’lda o’zini g’alati xis qildi. Qanday qilib, bunday hunik odam bilan yashashini tasavvur qilomasdi. Dugonalarini gap so’zlar qilishini o’yladi. Bu yoqda ota onasi ham rozi bo’lmaydi. Anvarni unutishi kerak. Telefonidan uni raqamini o’chirib tashlamoqchi bo’ldi. Yurayotgan joyida to’xtab qoldi. Axir telefoni stol ustida qolib ketganku. Kafega qaytib bordi. Kirib, yana to’xtab qoldi. Boyagi nogironlik aravachasiga ofitsantlar Anvarni o’tkazishayotgan edi. Shoshib telefonini stoldan olib, qaytib chiqib ketdi. Orqaga qarashga yuragi ham betlamasdi...

(Hikoyani shu joyigacha ko’p joyda o’qigan, yoki eshitgan bo’lsangiz kerak. Lekin buni davomini yozishmagan. Shu yerda tugagan. Endi davomini o’qiysiz. Balki bu yolg’onmasdi)

Anvar ertalab uyg’ondi. Asta o’rnidan qo’zg’alib, aravachasiga o’tirdi. Yuvingani bordi. Oynaga qaradi. Yarimi odam, yarimi mahluq. Chiday olmadi. Oynani urib sindirdi. Oyoqlarini ushladi. Issiq bo’lsa ham, joni yo’q. Hech narsani sezmaydi. Boshqa odamni oyog’idek turibdi. O’ziga o’zi: “U yuzimni ko’rib, mendan ko’ngli sovidi. Oyoqlarimni ko’rmasdan, meni cho’loq ekanimni ko’rmasdan ko’ngli sovudi. Agar oyoqlarim uchun tashlab ketganda ham rozi edim. Bunchalar afsuslanmasdim. Yuzimdan, yo’q basharamdan qo’rqib ketdi. Nahotki unga odamni ichki go’zalligi emas, tashqi go’zalligi muhim bo’lsa. Kechgani ham ma’qul ekan. Soxta sevgi edi unda. Chin bo’lganda, hech bo’lmaganda, oyoqlarim yurmasligini bilib, keyin qo’rqib ketardi. Lekin men aytmoqchidim. “yana” degan joyimdan qolib ketdim. Afsuslanmayman. Meni shu holatimga ham erga tegishga rozi bo’lganlar bordir. Axir nogironman deb, uyda yotmasam, uyda o’tirib bo’lsa ham ishlasam....” yana nimalardir deb pichirladi.
Anvar bir firmani hisobchisi bo’lib ishlaydi. Uyidan uzoq bo’lmagan joyda joylashgan. Yordamchilarini unga ma’lumotlarni olib kelib turishadi. U uyida ishlaydi. Va internet orqali jo’natadi. U kuchli mutaxasis. Shu sababli shu holatiga ham firma rozi bo’lib, jon deb ishga o’ziga olib qolgan. Anvar yashashi uchun kimnidir yordami juda zarur. Hamma vazifalarini qila oladi. Lekin yuvinishi, kiyimlarini yuvishi, yana boshqa ishlar... unga qiyin. Onasi nechta joyga, boshini urib bormadi. Hammasi nogiron ekanini eshitib, rad etadi. Mayli degani yuzini ko’rib, rad etadi. Anvar onasini tushkun holatda kelishini ko’rib, yuragi eziladi. Bitta odamni deb, otasini deb, hayoti shunday ko’rinishga keldi. Ushanda otasi mast holatda bo’lmaganida, qarshisidan kelayotgan yuk avtomabilini urib yubormasdi, o’zi o’lmay, Anvarni nogiron qilmagan bo’lardi. Lekin bu hayot ekan. Kimdir ozgina narsadan noliydi. Anvar bunga nolimaydi. Yuragi achisa ham, yonmaydi. Ham o’zidan, ham otasidan ayrildi. Onasini dardi olida uniki hech nima emas. Bitta o’g’il. Lekin nogiron. Kecha Saida uni eshitmayyoq tashlab ketgani alam qildi. O’ziga o’zi yana: “Yuzimni o’rniga yuragim yonib ketib, sevolmay qolsam bo’lmasmidi” deb pichirladi.
Baribir odam astoyidil istasa, so’rasa, Alloh unga baxtini berar ekan. Bir qancha vaqtdan keyin Anvarni shu holatiga ham erga tegishga rozi qiz topildi. Ishonish qiyin, lekin rozi bo’libdi. Anvar hayron qoldi. Lekin onasini gapiga ishonmadi. U yuragidan qandaydir hadik bor edi. Onasi esa, kulardi. “O’g’lim, sen ishonaver” deyrdi. Anvar, qiz bilan uchrashishini aytdi. Qiz uni o’z ko’zi bilan ko’rishni istardi. Balki fikri o’zgarar. Turmushga chiqqandan keyin, o’zidan afsuslanishini, bir umr o’zini koyishini istamasdi. Shu sababli Anvar orani ochiq qilish istagida edi. Onasi mayli dedi. 2 kundan keyin bog’ga uchrashuv belgilandi. Anvar aravachasini changlarini artib, boltlarini mahkamlab, uchrashuvga ketdi. Bog’ uyidan uzoq emas. Shu sababli o’zi ketdi. Vaqtliroq bordi. Uzoqdan bir qiz ko’rindi. Yonida bir ayol ham bor. Aniq uchrashuvga chiqgan. O’sha bo’lsa kerak. Ayol un ko’rib turibdi. Qiz esa ko’rmayapti. Anvar kelayotgan tomonga teskari turibdi. Anvar yaqinlashganda ayol qizni oldidan ketdi. Anvar “aniq shu ekan, meni biladi, yolg’iz qoldirish uchun ketdi” deb o’yladi. Qiz hali ham teskari qarab turib. Soatiga qarab qo’yadi. Qizni yoniga yaqinlashganda aravasini mayin tovushinini eshitib, qiz qaradi. Anvar uni darrov tanidi. Bu Saida edi. Anvar hayron bo’ldi. To’g’risi bu holatni kutmagandi. “Qanday qilib” o’ziga o’zi savol berardi. Huddi tush ko’rayotgandek edi. Qiz ko’rmasdan bekorga rozi bo’lmaganini endi tushungandek edi. Shu onda o’zini juda baxtli his eta boshladi... Saida unga salom berdi:
- Assalomu Alekum. (negadir samimiy emas)
- Voalekum Assasalom. Yahshimisiz. (sal duduqlandi)
- Rahmat. Yahshi (qandaydir, Anvarni mensimagandek ohangda, ensa qotirib).
- Men uchrashuvga chiqgandim. (hursand holda)
- Men ham. (Hali ham ensa qotirgan holatda)
- To’g’risi sizni ko’raman deb o’ylamagandim. Ko’zlarimga ishonmayman.
- Nega ko’zlarizga ishonmaysiz, nima meni baxtli bo’lishga xaqqim yo’qmi? Men ham turmushga chiqishim kerak. Sizni aldavingiz qurboni bo’lib yurmaymanku. (baland ovozda shu gaplarni aytdi). Yana kimni aldab, uchrashuvga chaqirdingiz. Bu safar ham stolga o’tirib olib, aldaysizmi? Yoki shu yerda turibmi? Sizni ko’rib, rahmi kelganidan, rozi bo’ladi deb o’ylaysizmi? Adashasiz. Sizdakalarga mana shunaqa hayot munosib. O’zizni harakterizga yarasha jazo olgansiz.
- ... (Anvar hayron qoldi. Uchrashuvga chiqmoqchi bo’lgan qizi shu edimi, yoki adashdimi? Onasidan ismini ham so’ramabdi. Birga olib kelsa bo’larkan. Har holda tanir edi. Saidani bu gapirishlari jon jonidan o’tib ketdi.)
- Uchrashuvingizga boring. Hozir meni bo’lajak qallig’im keladi. Siz bilan ko’rib, noto’g’ri hayolga bormasin.
- Kechirasiz... (uchrashuvga chiqqan qizi bu emasligni bildi. O’ziga shukur qildi. Lekin uni gaplari rostan ham og’ir botgan edi. Yurishni ham yurmaslikni ham bilmasdi. Orqaga, uyga ketgisi ham kelardi. Negadir, hozir keladigan, u bilan uchrashadigan qiz ham uni haqorat qiladigandek.)

Uni hayolini bir yigitni ovozi buzdi. “Kechirasiz, siz Saidamisiz?” dib Saidaga murojat qildi. Saida ham kulib, “Ha menman” deb javob berdi. Yigit aravada, Saidani yonida turgan Anvarga qarab qoldi. Saida buni sezib, tilanchiga o’xshaydi. Shu yerda turib oldi. Nima qilishni bilmay qoldim. Yahshi siz kelib qoldingiz” deb aytdi. Yigit, Anvarni yasanib olganini ko’rib, pichirlab “zamonaviy tilanchi” deb, Anvarni cho’ntagiga 5000 so’m solib qo’yib, “jo’na bu yerdan” dedi. Anvarga uni 5000 so’m solgani emas, Saidani aytgan gaplari boshiga to’qmoq bilan urgandek ta’sir qildi. Saida va u uchrashgan yigit uni oldidan ketishdi. Anvar hayollari bilan qoldi. Uni yonidan bir qiz, nogironlik aravachasida kelib to’xtadi. Anvar o’ziga kelib, unga qaradi. U yosh qizcha ekan. Bo’ynida “Yordam beringlar” deb yozib olgan. Tilanchi qiz ekan. Anvarni hayoliga unga berib ketilgan pul keldi. O’shani cho’ntagidan olib, tilanchi qizga uzatdi. Tilanchi qiz hayron bo’lib, “aka, sizdan men pul ololmayman. Sizdan pul so’rash uchun yoningizga kelmadim. Men har kuni shu yerda gullarni tomosha qilish uchun oz muddat turaman. Mang, qaytib oling” deb unga bergan pullarini uzatdi. Anvar “Yo’q singlim. Bu seni pullaring. Menga adashib berib ketishdi. Seni qalbing bir qiznikidan ming chandon chiroyli ekan. O’zing... (tilanchi demoqchi edi, ayta olmadi)... halol ekansan. Menga achinma. Menga baxt tilasang bo’ldi, bu seni pullaring” deb javob qaytardi. Tilanchi qiz Anvarni hayollariga xalaqit bermaslik uchun boshqa yoqga ketdi. Anvar onasiga telefon qilib, qizni ismini so’rab oldi. Zamira ekan. chiroyli ism. Oz o’tmay. Bir qiz, onasi bilan keldi. Oddiy kiyinishgan. Qiz ozgina to’laroq. Istarasi issiq. Ko’zlari chaqnab turibdi. Zamirani onasi Anvardan kelib, ismini so’radi...
To’y bo’ldi. Katta bo’lmasa ham kichikroq. Zamira juda mehribon edi. Hech qachon yuzidan tabassumi tushmasdi. Hamma gap “Ho’p bo’ladi” so’zi og’zidan tushmasdi. Anvar nima sababdan u to’yga rozi bo’lganini bilmasdi. “Balki bunga kambag’alligi sababdir. Shu sabab turmushga chiqa olmagandir. Yana uyda kasal otasi, uzatilishi kerak bo’lgan singillari bor. Ushanga rozi bo’lgan” deb hayolidan o’tkazardi. Zamira bu narsalar uchun rozi bo’lmagandi. Savob uchun, Anvarga yordam berish uchun rozi bo’lgandi. Anvarni onasi sovchilikka kelganda, ko’zidagi yoshini ko’rib, rozi bo’lgandi. U uchun tashqi ko’rinish emas. Ichki ko’rinish muhim edi. Bu borada Anvarni tanlab, adashmaganini bilardi. Oradan oz vaqt o’tib, Anvar yuzini plastik operatsiya qildirishga qaror qildi... 1-2 oydan keyin uni yuzida oz chandiqdan boshqa hech narsa qolmadi. Ertalab uyg’onib, oynaga qarab, “shuni vaqtli qildirganimda bo’lmasmidi” deb o’ylardi. Keyin Zamirani ko’rib, “yo’q, vaqtida qildirdim. Avval qildirganimda Zamirasiz qolardim” deyrdi. Operatsiyadan oldin palatada yotganda bir xonadoshi, oyoqni tuzatsa bo’ladi deb qolgandi va bir doctorni telefon raqamini yozib bergandi. Anvar ikkilanib, o’sha raqamga qo’ng’iroq qildi... manzilni olib, o’sha yerga bordi. Ularni bir yoshi katta doctor kutib oldi. Anvarga bir ikki tekshiruvlar yozib berib, natijasini olib kelgandan keyin davolash rejasini tuzib chiqdi... yangi usulda davolash metodikasi. Mo’jiza edi bu. Ishonish qiyin. 1 yil deganda Anvar oqsoqlanib bo’lsa ham, o’z oyog’ida yurib chiqdi. Undan baxtli odam yo’q edi. Juda ham baxtiyor. Endi uni hamma narsasi bor. Hech kimdan kam emas. Yura oladi. Yana qanchadirdan keyin oqsoqlanishi ham yo’q bo’lib ketar ekan... 1 yildan so’ng, farzandli bo’ldi. O’g’illi bo’ldi. Ismini shu baxtiyorliklaridan Baxtiyor deb qo’ydi... Baxtiyor tug’ildi. Lekin Zamira... yura olmay qoldi. Bir tomondan sinov tugab, boshqa yoqdan sinov... Zamirani uyga olib keldi. Doctorlar, vaqt o’tgani sayin yahshi bo’ladi deyishibdi. Anvar o’zini davolagan doctorga ham bordi. U ham deyarli shunga yaqin gapni aytdi. Davolay olmadi qisqasi. Anvarni umidlari puch yong’oqqa to’ldi. Ustini qora qarg’alar o’rab olishdi. Uni ko’tarib, aylanishardi. Anvarni hayollari aynan shunday edi. Endi Anvar bolasiga qarashi kerak, ham xotiniga. Bu yoqda ishini ham eplashi kerak. Allohdan har kuni yolborib, xotinini dardiga shifo so’rardi. Uni dardini o’ziga berishini so’rardi. Faqat bir narsani bilmasdi. Zamira ham har namozida huddi shu duoni aytganini... Anvarga bu holatlar o’zini nogironligidan ham og’irroq edi. Bu yoqda hursand bo’lishga ulgurmagan onasi, yana g’amga botgandi. Onasi ham Baxtiyorga qarardi, bir xillarida keliniga. Uni ham boshi qotganda qotgan. U ham har duosida o’sha dardlarni o’ziga olishini so’rardi. Anvar firmaga o’zi borib keladigan bo’ldi. Qo’shimcha ishlamasa, oilani boqa olmasdi. Onasi uyda qolayapti. Onasi ham ancha yoshga borib qolgan. Uy ishlari, hammasi uni zimmasida. Zamira esa, aravachaga ham o’tira olmaydigan holatda. Yahshi hamki qo’llari harakatlanadi. Har holda bolasiga qaray oladi. Lekin bu ham ko’pga bormadi. 6 oy deganda qo’llari bo’shishib, bolasini ko’tara olmay qoldi. Tushirib yuborishiga ham sal qoldi. 9 oy deganda erini oldida ayollik vazifasini bajara olmay ham qoldi... Nima kasal ekanini hech kim aniqlay olmadi. Juda ko’p tekshirtiruvlarga olib borildi. Foydasiz. 1 yarim yil shu holatda o’tdi. Hamma ishlarni Anvarni o’zi qildi. Xotinini parvarishi, tagini almashtirishi, yuvinishi... hamma ishlarni. Onasi bularni eplolmaydi. Ishxonada hamkasblari, uni koyir edi. Har narsalar deyishardi. “Nogiron xotinni boshinga urasanmi? Ko’cha to’la qiz, hohlaganing shu martabangga yo’q demaydi. Qari onangni o’ylasangchi, qariganda rohatda qolish o’rniga, kelinni qo’lidan choy ichish o’rniga, kelinini tegini tozalab yuribdi...” shunga o’xshash ko’p gaplar. Anvar bu gaplarga javob qaytarmasdi. Foydasiz ham edi. Ular buni dardini qaydanam bilsin. Axir uni ham bir paytlar shu holatida Zamira yo’q demagan. Unda tanlash imkoniyati katta bo’lgan bo’lsa ham. Shunday ekan, Anvar qanday qilib uni rad etadi. Uvoli tutmaydimi? Uyiga qanday qilib ketkazib yuboradi. Sog’ holatda olib, kasal bo’lganda qaytarib berish. Axir bu odamku. Uni ustiga u yerda otasi ham kasal bo’lsa. Kim qaraydi. Boshqaga uylanish. Xiyonatni hayoliga ham keltirmaydi. Faqat achinadigani bu yerda onasi. Qiynab qo’ydi. Afsus. Shu o’ylar bilan uyga keldi. Zamira erini ko’rib, sal bo’lsa ham o’rnidan qo’zg’alishga harakat qildi. Buni imkoni yo’q bo’lsa ham. Anvar ham uni qiynamaslik uchun, unday qilishing shart emas deydi. Har kungi holat bu. Zamira Anvarga bir gap boshladi.
- Anvaraka. Sizdan bir narsa so’rasam... yo’q demaysizmi?
- Qo’limdan kelsa, yo’q demayman.
- Qo’lizdan keladi. Buni qila olasiz.
- Hop. Nima ekan. Oldin ayt.
- Siz oldin menga va’da bering. Men shuni qilaman deb ayting.
- Qo’limdan kelsa.
- Keladi.
- Hop. Va’da beraman.
- Uylaning.
- Yo’q. Men faqat seni deganman. Boshqaga uylana olmayman.
- Men roziman. Boshqa uylanishizga roziman.
- Men rozi bo’lolmayman. Hech qachon.
- Va’da berdingiz axir.
- Qo’limdan kelsa dedim.
- Undan keyin va’da beridingiz. Iltimos men uchun rozi bo’ling. Sizga xotinlik qila olmayapman. Iltimos.
- ...
- Sevgimiz uchun, muhabbatimiz mevasi Baxtiyor uchun rozi bo’ling. Onajonimiz uchun rozi bo’ling.
- ...
- Onajonimga aytdim. Ko’ndirdim. Ularni meni deb qiynalshlarini, sizni ham meni deb qiynalshingizni istamayman.
- ...
- Iltimos rozi bo’ling. Ko’zim ochiqligida...
- Unaqa dema. Sen yashaysan. Kerak bo’lsa meni hayotim bilan yashaysan.
- Qayta tuzalishimga ko’zim yetmayapti. Kundan kunga og’irlashayapman. Hali gapira olmay ham qolsam kerak.
- Iltimos, bunaqa gaplaringni gapirmagin.
- Roziman deng. Iltimos. Men uchun!
- Mayli. Roziman. Faqat onamni va bolamni o’ylab. O’zimni emas.
- Sizga ishonaman. Shu oy ichida. Iltimos.

Zamirani bu taklifi Anvar uchun kutilmagan bo’ldi. Juda kutilmagan. Anvar o’zi o’ylayotgan gaplarni, Zamira qandaydir o’qiyotgandek edi. Ishxonasidagi ayollar bu gaplarni qayoqdan eshitishibdi, Anvarga manzillar berishdi. Unisini qo’yib, bunisini maqtashdi. Manimcha Anvarni onasi telefon qilib aytgan bo’lsa kerak, Zamirani qistovi bilan. Anvar boshida tortidi. Qaysi ayol ikkinchi xotin bo’lib, tegishga rozi bo’ladi deb o’ylardi. Yoshi ham 30 ga yaqinlashib qoldi. U xato o’ylagandir balki. O’z tashvishlari bilan bo’lib, ko’cha hayotini unutgandir... Berilgan manzillar bo’yicha ko’rsatilgan “nomzod”larni ko’rdi. Chetni odami bo’lib gaplashib ko’rdi. Hech qaysinisi Zamiradek mehribon chiqmasdi. Faqat bittasigina uni qalbida chiroq yoqa oldi. Kasalxonada ishlaydigan hamshira ayol. Har holda Zamiraga qaray oladi deb o’yldi. Yoshi 25 larda. Erga tegib, 1 yilda ajrashgan. Eri to’g’ri odam emas edi. Adashib, uydagilarini qistovi bilan rozi bo’lgandi. Lekin ko’p yashay olmay ajrashdi. Chiday olmadi. Shunday qilib, Anvar hamshira ayol, yani Madina bilan alohida o’tirib, jiddiy gaplashdi. Hamma voqealarni aytib berdi. Ertasi kuni, uni uyiga onasini olib bordi. Sovchilikka. O’g’lini ham qo’shib oldi. Zamiradan qo’shni ayol chiqib xabar olib turadigan bo’ldi. Madinani uyidagilari, ularga javobni Madinani o’zidan olishlarini aytishdi. Madina uzoq o’ylab, Baxtiyorni ko’rib, Anvarga tegishga rozi bo’ldi. Kichik Xudoyi qilib, Anvar Madinani o’ziga nikohlab oldi.
Anvar ancha yengil bo’ldi. Uy ishlarini hammasini Madinani o’zi bajardi. Zamirani parvarishida ham alohida ahmiyat berdi. Shirinso’zlikda Zamiradan qolishmasdi. Opajon, opajonlab, unga yahshi qarardi. Bir gap bilan hamma ishni uddalardi. Kasalxonadan ishdan bo’shadi. Anvarni ko’p vaqti endi ishda o’tadigan bo’ldi. Hammasi yahshi keta boshladi. Baxt tushunchasini endi tota boshlagandi. Balki bu sinov diyiladiku. Zamira kuchdan qolish o’rniga, kuchga kira boshladi. Bu orada Madina qizlik bo’ldi. Ismini uzoq o’ylab, Sojida qo’yishdi. Chiroyli ism. Endi Anvarni ikki farzandi bor. Anvarni onasi ham hursand. Birdaniga bunday baxtni kelishini kutmagandi. Nevaralariga qarab, rosa quvonardi. Zamira ham rosa quvonardi. U haqiqiy eriga vafodor ayol. Chunki o’z paytida eriga g’amxo’rlik qilib, kerak paytda boshqa turmushga ham ko’ndirdi. Yuragini bir parchasini uzib bo’lsa ham. Uncha buncha ayol bunga rozi bo’lishi qiyin holatda. Bunday olib qaraganda u Anvarni “li”si edi, yani baxt ni “li”si. U Anvarni BaxtLI bo’lishi uchun yaralgandek edi. O’zi esa kamtarlik qilib, “li”ni Madina deb aytardi. Balki ikkalasi hamdir. “l” va “i”. Baxtli. Chiroyli so’z. Hamma orzu qiladigan holat... oylar o’tib, Zamirani ahvoli ancha yahshi bo’lib qoldi. Har holda aravachaga o’tira oladigan bo’ldi. Madina uni sayrga olib chiqardi. Doctorlar hali ham ojiz. Nima kasal edi, qanday tuzalmoqda. Bu Madinani mehribonligidanmi, yoki bir oilani to’kis bo’lishi uchun Tangrini yuborgan sinovimi? Mavhum. Mavhum. Yana 1 yil deganda Zamira o’zi bemalol yuradigan bo’ldi. O’z ishlarini va kerak bo’lsa uy ishlarini qiladigan bo’ldi. Sojida qizaloq ikki yosh. Tug’ilgan kuni nishonlandi. Oila dasturxon atrofida. Hamma hursandchilikda. Bu kunlarni Anvar tushida ham ko’rmagandi. To’kis oila.... Mehr. Anvar o’z mehrini teng ikkiga bo’lishga qiynalardi. Ikki ayol bilan bir uyda yashashga juda ham qiynalardi. Biridan birini ortiq ko’rolmasdi. Shunda ham ko’z ochib ko’rgani Zamira bo’lsa, ikki ayoli ham unga qiyin holatida kelishgan bo’lsa. Bir vaqtni o’zida ikki buloqdan suv icha olmasligini juda yahshi bilardi. Uni o’ylarini, Zamira ham Madina ham o’qiy olardi. Zamira tuzalib ketishini hayol qilmagandi. O’lib ketaman deb o’ylardi. Madina esa, bu hayotni bilib kelgan. Demak, ming sabrli bo’lsa ham Zamira bu holatdan qiynalardi. Ikkalasi ham Anvarni bu qiyin holatdan chiqarish uchun, uydan ketishga tayyor edi. Ko’proq Madina ketishga tayyor edi.
Anvar, bechora Anvar. Ikki o’t orasidagi Anvar. Oldin kim edi. Qanday ahvolda edi. Kim uni shu darajaga yetkazdi. Kim uni shu martabagacha yetkazdi. Ikkalasi... Yana tanlov. Jonga tegdi. Ikkalasiga mehr bera oladi. Ko’nikadi. Uddalaydi... lekin qanday qilib. Siqilib ketib, qo’shni kvartaldagi BARga bir hamkasbini qistovi bilan bordi. Ichkariga kirib, oddiy suv olib, ichib o’tirdi. Yonnida mast, alastlar yigit qizlar... hiringlashib, ichib o’tirishibdi. Hamkasbi usha yerda kim bilandir gaplashib o’tirdi. Anvarga o’ylashi uchun sharoit kerak ekanini bilardi. Ichkari qorong’uroq. U yer bu yerdan chiroqlar yonib, o’chib turadi.
Anvar navbatdagi suvni olib ichayotganda bir ayol uni turtdi. Qaradi, sochlarini to’zg’itib olgan bir mast ayol. Qo’lida qandaydir ichimlik bor. Sovuq tirjayib turibdi. Anvarga qarab: “Yahshi yigit, dam olmaymizmi? Siqilib o’tiribsiz? Yuring, ko’nglizni ochay!” dedi. Anvar ichida “fohisha, senlardan nafratlanaman” deb qo’ydi. Fohisha undan battar suykala boshladi. Uni qo’lidagi suvni olib, ichib qo’ydi. Keyin suvuq kuldi ham. Anvar unga nafrat bilan qaradi. O’chib, yonib turgan chiroqlar ularni yuziga tushdi. Uzoq tushib turdi. Fohisha kulishdan, Anvar nafratidan to’xtab, ikkalasini yuzida hayronlik tusi egalladi. Fohisha asta: “Anvar aka bu sizmi, ko’zlarimga ishonmayapman. Men Saidaman. Taniyapsizmi?” dedi. Anvar yana jim. Faqatgina kallasi bilan “ha” ishorasini qildi. Saida: “Qanday qilib, tuzaldingiz, axir siz... Bilasizmi, meni sizni uvollingiz urdi. Oilam bilan uzoq yashay olmadim. Ajrashib ketdim. To’g’rirog’i, xiyonat qilganimda erim ushlab oldi. Keyin o’z uyimga ham sig’dirishmadi. Ko’chada qoldim. Bilasizmi? Sizni rosa o’yladim. Sizga bo’lgan sevgim hali ham bor” didi. Unga javoban Anvar: “Yo’q, men sizni tanimayman. Men boshqa Anvarman. Iltimos meni tinch qo’ying. Uyda ikki sevgan ayolim kutmoqda. Bolalarim ham. Sizdakalardan nafratlanaman” deb aytdi. Va BARdan chiqib ketdi. Fohisha uni gaplarini pichirlab qaytarib qoldi: “Iltimos meni tinch qo’ying. Uyda ikki sevgan ayolim kutmoqda. Bolalarim ham. Sizdakalardan nafratlanaman”....
Anvar ikki ayol bilan yashashi taqdirida bor ekaniga ishon hosil qildi. Taqdir tushunchasini mohiyatiga yetdi. U Saidaga uylanmaganidan rosa hursand edi. Xudoni o’zi uni, undan uzoqlashtirish uchun shunday dard bergan. Bu dard orqali Zamirasini topgan. Zamirasini dardi tufayli, Madinasini topgan. Endi ularni hech qachon yoqotmaydi. Ularni qiynalib, sinovlarda topgani. Mehrni bo’lish shartmas. Ular o’ziga keragini olib olishadi. Bu baxt hammada ham emas. Tinch oila yaratish hammani ham qo’lida emas. Bu dunyo sinovli dunyo. Oyni 15 qorong’u bo’lsa, 15 yorug’. Sinovlarda toblangan odam, ertasiga albatta yarqiraydi. Toblanayotganda, olov domida albatta azobli bo’ladi. Bunga chidab, o’ta olsa, yarqiraydi...

Tugadi.
Mualif: Giyos
Manba: Sayyod.uz/forum va Giyos.ucoz.org
 
Xusan_uzДата: Суббота, 19.01.2013, 01:05 | Сообщение # 2
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 252
Репутация: 11
Статус: Offline
e qoyil..
zo`rg`a o`qivoldim ))))
 
BumBumCHaДата: Вторник, 22.01.2013, 20:26 | Сообщение # 3
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
Maqtovga söz ojiz (y)
öqib qanaqadur bowqacha böb ketdim ((
 
MirzoxidДата: Понедельник, 01.04.2013, 02:44 | Сообщение # 4
Группа: Qadrli mehmon





Qoyil Orchideya ni xikoyalariga o'xwarkan faqat bowqaha yozilganekan menga juda yoqdi raxmad
 
ГостьДата: Вторник, 30.04.2013, 20:45 | Сообщение # 5
Группа: Qadrli mehmon





Zör chiqibdi G'iyos. Omad sizga.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter