Четверг, 21.11.2024, 18:13
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Olis osmon... (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Olis osmon... (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Среда, 19.12.2012, 19:51 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Men qishloq bolasiman,umrim dashtu-biyobonda ötayotgan bölsa-da qölimdan kitob tushmaydi. Ismim Abdusolih. Ammo,bu ism nega qöyilganiniyam bilmyman.Hatto,öz tuqqan onam ham ismim bilan chaqirmasa,bu ism menga nega kerak, özim ham hayronman. Qishloqdoshlarim Böri mergan deyishadi.Shu yoshimgacha qölimga miltiq ushlab körgan banda emasman.Böri mergan deyishlariga boshqa sabab bor.Bu haqda keyinroq hikoya qilib beraman.Men tabiat shaydosiman,odamlar! Bahorning orombaxsh kechalarining fayzi jilvakor va totli böladi.Ayniqsa, sof tabiat qöynida etni biroz junjiktiradigan salqin shabadada rohatlanib, köm-kök ötloqda chalqancha yotgancha yulduz töla osmonni kuzatishning gashti özgacha.Özingni göyoki, umring davomidagi charchoqlaring chiqib ketayotganday his qilishingning özi yoqimli,men sizga aytsam.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
BumBumCHaДата: Вторник, 22.01.2013, 20:33 | Сообщение # 2
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
ne hikoyalariz oxirigacha yozilmagan? Yoki wu joyida Ilxom opez ketib qoldilami))
 
SokinaДата: Понедельник, 11.03.2013, 02:40 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Ilhom opamni majburlab ketkazvoriwdi desam tögri böladi))) Qachonlardir biror kun hafsala degan dugonam kelib qolsa,yangi boshlagan hikoyalarimni adog'iga yetkazib yozib qöyarman.Ungacha "uxlab" yotaversin))

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
MirzoxidДата: Суббота, 30.03.2013, 03:20 | Сообщение # 4
Группа: Qadrli mehmon





Dilrabo opa oxiri topde
 
SokinaДата: Среда, 03.04.2013, 07:52 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Mirzohid,Dilrabo opa qanilar? topde degani nima?)

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
ГостьДата: Среда, 03.04.2013, 13:15 | Сообщение # 6
Группа: Qadrli mehmon





Dilrabo opa ? topde(mandan xatolik "topdimdemoqchidim") tuwunmadim Sokina bu Dilrabo opaku? yo adawdimmi???????

Добавлено (03.04.2013, 12:08)
---------------------------------------------
?

Добавлено (03.04.2013, 12:09)
---------------------------------------------
Mirzoxid

Добавлено (03.04.2013, 12:15)
---------------------------------------------
Demak adashmabman qaldirg'ochlar haqida:-d shu o'rinda bir po'st esimga tushdi. qaldirgochlani sog'inib yozilgani qish oyida?

 
ГостьДата: Среда, 03.04.2013, 14:03 | Сообщение # 7
Группа: Qadrli mehmon





Haa,men ham endi tuwundim. Tög'ri topdingiz.)) Buni tarixi uzun.Qisqasi,Siz aytayotgan qiwdagi qaldirg'ochlaram Sokinaniki.))) Sokina
 
Sog'inchДата: Вторник, 30.04.2013, 05:35 | Сообщение # 8
Группа: Qadrli mehmon





Davomi qachon?
 
FC_PAXTAKORДата: Вторник, 30.04.2013, 19:42 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Davomi So'gdiyona gazetasida))))
 
SokinaДата: Пятница, 03.05.2013, 05:40 | Сообщение # 10
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Özim ham bilmas ekanman))

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
УМАРДата: Вторник, 14.05.2013, 17:42 | Сообщение # 11
Группа: Qadrli mehmon





ОТ БЕОЗОР ВА МАГРУР ЖОНЗОТ.МАН ХАМ ОТНИ ЁКТИРАМАН.СОКИНА ИЛТИМОС ДАВОМ ЭТИНГ.ОТ ХАКИДА ХИКОЯ ДЕБ ЁЗГАНИНГИЗГА РОСА КИЗИКДИМ.ДАВОМИНИ ЁЗАРСИЗ ДЕБ КУТИБ ЮРГАНДИМ. ОХИРИ БУЛМАДИ.МАНА ДАВОМ ЭТИШИНГИЗНИ ШАХСАН ЁЗИБ ИЛТИМОС КИЛАЯПМАН.
 
SokinaДата: Вторник, 17.09.2013, 21:11 | Сообщение # 12
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Etiboringiz uchun rahmat,Umar.
Alloh ato etgan biron kun yana davom ettirarman...
bilmadim...

Добавлено (11.07.2013, 15:14)
---------------------------------------------
Xayoparastligimdan gohida nima ish bilan band ekanligim ham yodimdan chiqib ketadi.Ana shunday paytlarda onamning chinqiriqli qarg'ishi yoki to'satdan kelib tushgan kaltak zarbidan nimanidir noto'g'ri qilayotganimni anglab qolaman.Onamni yomon ayol deyolmayman.Otamning ichkilikka berilgani unga qattiq zarba bo'lgan.Otam bolaligimda aroq ichmasdi.Qo'liga besh-to'rt so'm pul tushib atrofida ulfatlari ko'paya boshlaganida men o'smir bola edim.Dadam va'da bergan "Ural"rusumli velosipedni har kuni kutardim.Gohida tushlarimda ham velosiped haydab ketayotganimni ko'rib chiqardim.Lekin ming afsuski,otamning kayfi taroq bo'lib aftodohol bir ahvolda eshilib uyga kirib kelardi.O'sha paytlarda men velosiped haqida emas,tengqurlarimning qo'llarini bigiz qilib ,alkashning o'gli deya meni ko'rsatib masxara qilishlarini o'ylab o'zimni yerga kirib ketayotgandek his qilardim.Men bir kunmas bir ota-onamning tabiati o'zgarib hayotimiz yaxshilanishidan umid qilib yashardim...

Добавлено (19.07.2013, 09:07)
---------------------------------------------
Ertaga tug'ilgan kunim.Bu sanaga hech kim e'tibor bermasada men hali hamon yaqinlarimning mehri va e'tiborini kutishdan charchamadim.Onamning shirin taomlar tayyorlab chiroyli dasturxon tuzashini,singilchalarimning akajon tabriklaymiz ,deya o'zlari qollari bilan tayyorlagan biror bir buyumni hadya qilishlarini va eng asosiysi otam tetik holatda uyga men uchun atalgan velosipedni yetaklab kirib kelishini chin dildan orziqib kutaman.

Добавлено (21.07.2013, 20:54)
---------------------------------------------
Bugun tongdan yana onamning qarg'ishlaridan quloqlarim qomatga kelib ko'zimni uyqudan ochdim.Bugun mening tug'ilgan kunim...

Добавлено (02.08.2013, 09:22)
---------------------------------------------
Kunim har kungidek o'tdi.
Men kutgan mo'jiza yuz bermadi.Singilchalarimning bir hovuch yaltiroq qog'ozli konfet sovg'a qilganini hisobga olmaganda boshqa hech kim hatto mening borligimni ham esga olishmadi.
Xo'ligim kelyapti.Uydan bosh olib ketib qolishni o'ylay boshladim...

Добавлено (07.08.2013, 18:39)
---------------------------------------------
So'mma-so'm yig'ib yurgan pulimni bekitgan joyimdan oldim.Bisotimdagi eng ohorli kiyimimni kiydim-u, uydan chiqib ketdim.

Добавлено (12.08.2013, 07:18)
---------------------------------------------
Yo'lda qo'shnimiz Husniddin otani ko'rib ko'maganga oldim.Husniddin ota qishlog'imizning ezma chollaridan biri.Kamida yarim soat hol-ahvol so'rab kamiga qayoqqa ketayapsanlab so'roq qiladi.Qadamimni tezlatib tez o'tib ketayotuvdim baribiram Husniddin otaga tutildim.

Добавлено (12.08.2013, 07:46)
---------------------------------------------
Hoy Bo'rivoy ,salomingni alvastiga nasiyaga bervoruvdingmi, nega po'stagiga bit tushgan odamga o'xshab qashlanasan.Qashlanib o'tib ketsam Husniddin muallim ko'rmay qoladi,deb o'yladingmi? Xey,sodda!
Assalomu alaykim.Yo'g'-ey,hech gap yo'q ,deya o'zimni majburlab yasama iljayib qoydim.
-Himaga shavqing past ,moling kasod bo'ldimi desam senginada tuzukroq biron narsani o'zi yo'q.Xe!.Husniddin otaning ustimdan ochiqchasiga kalaka qilib masxaralashi hamiyatimga tegib ketdi.Hozir qattiqroq gapirvorsam yoshini pesh qilib bir soat notiqlik qiladi.Indamay qo'ya qoldim. Qiyofamdan norozi bo'lganimni payqadi shekilli ,yana jig'imga tega boshladi.
Qayoqqa ketayapsan ,bozorga ketayapsanmi deymana. Saman sotib olarsan-a?,deya xexelab xunuk kuldi.Men qadamimni tezlatdim.
-Hoy Husniddin ,tengingga osilsang-chi kaltafahmliging hech qolmadida.Ahmoqdan qochib qutul,deb bekorga aytmaganda! Yosh bolalar sendan ko'ra insofliroq iymoningni so'rab xudoga shukur qilib yotmaysanmi.Sen Bo'rivoyni yoshida arog'ingni ichib mahallani katta arig'ida loyga qorilib yotarding.Esingdan chiqdimi yo?!. Bu ovoz Luqmon otaning ovozi edi.Demak u mening orqamdan kelayotgan bo'lgan.Menga aytilgan gaplarni ham eshitgan-u,orimga tushgisi kelgan.Xudoga shukur.O'girilmay ketishni o'zimga ep ko'rmadim.
Assalomu alaykum, Luqmon ota.
-Va alaykum assalom Bo'rivoy.Ahvollaring yaxshimi.Ota-onangning vaqti xushmi,dimog'i chog'mi...
Xudoga shukur hammamiz sog salomat
-Boraqol ,ishingdan qolma.Husnidddin muallimni qiladigan ishi , nonga botadigan tishi yo'q.
-Xo'p,ota.
-Yigit boshing omon bo'lsin.

Добавлено (13.08.2013, 12:14)
---------------------------------------------
Luqmon otaning gaplari rostdanam menga biroz dalda boldi.Demak,Husniddin ota ham yoshligida mening otamga oxshagan aroqxo'r bo'lgan ekanda!Otam qarisa ham bu tavqi-la'natdan qutulmas ekanmiz...
Men xayolimni boshqa narsaga burishga harakat qildim. Meni bu dunyoda hech bir mehribon insonim yo'q.Yolg'izning yori xudo,deyishadi.Man ham xudoga tavakkal qildim.Xudoyim,telba bandangni ishini o'zing o'ngga boshqar!Sendan boshqa suyanchig'im yo'q! Shu o'ylar bilan poy-yu-piyoda shaharga qarab ketaverdim.O'zimcha o'ylardim, mardikorchilik qilib bo'lsa ham kunimni o'tkazaman.Boy bo'lib ketsam qishloqqa qaytaman,bo'lmasam qoramniyam ko'rsatmaganim bo'lsin...

Добавлено (17.09.2013, 20:11)
---------------------------------------------
Katta yo'lga chiqib hech qancha vaqt yurmagan edim ham-ki, bir "Damas" rusumli mashina yonimga kelib to'xtadi.
-Yo'l bo'lsin,ukam?
-Shaharga...
-Chiq,olib borib qo'yaman.
Men so'zsiz haydovchi yoniga chiqib oldim.
-Assalomu alaykum.
-Va alaykum assalom.Xo'sh yigit,nima yumush bilan shaharga yo'l olging?, deya haydovchi quvnoq ohangda menga savol berdi.
- Ish izlab ketayapman.
-Ish degin! Oting nima?
-Bo'rivoy ey yo'q ,Abdusolih.
-Abdusolih degin, bo'rivoying laqabingmi?
-Ha.
-Shaharda Abdusolih qachon kelarkan-u, ish berarkanmiz,deb kutib o'tirgan akalaring bormi?
-Yo'q... .Boray-chi,sharoitga qarayman-da.
Shu tobda rostdanam o'yga toldim.Miyamga o'qtin kelgan savoldan ruhim tushib ketdi. Qayyoqda yashayman?!Nima ish qilaman?!
-Ha,Abdusolih jim bo'lib qolding? Gurung berib ket.Shahargacha zerikib ketamizmi.
-Aka, sizning otingiz nima?
-Muhammad! Haydovchi ismini faxr bilan aytdi.
-Shahardanmisiz?
-Ha ukam shaharda turaman lekin shahardan emasman.
-Mashina o'zingiznikimi?,undan havas bilan so'rayman.
-Albatta!
-Nega boshqa odam olmayapsiz?
-Men kirakash emasman,uka...
Bir zarur ish bilan yuribman.
-Qayerda ishlaysiz,aka?
-Tadbirkorman,ukam,tadbirkorman.Tirikchilik bilan erta-yu kech chumoliday tinim bilmay yugurganim yugurgan.Yaxshiyam shu mashinam bor bo'lmasa bilmadim holim ne kechardi.
-


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
MirzoxidДата: Вторник, 17.09.2013, 23:35 | Сообщение # 13
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Давом этинг biggrin

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SokinaДата: Пятница, 15.08.2014, 23:37 | Сообщение # 14
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Ayni damda men uchun ahamiyatisi yashash uchun qulay joy topish edi.Shu xayolda Muhammad akadan men bop joyni qayerdan topishim mumkinligini so'radim.Muhammad aka bir zum indamay ketaturib yo'ldan ko'zini uzmasdan javob berdi.
-Joydan g'am yema.G'irrom ish qilib meni uyaltirib qo'ymasang ish ham yashash joyni ham o'zim topib beraman.
-Menda g'irromlik yo'q,aka.Halol ish bo'lsa ishlayveraman.
-Halol degin! Barakalla,yigit!
-Muhammad aka,to'grisiyam shu-da.
Uning zavqlanib meni alqashidan xijolat bo'lganimcha g'o'ldirab qo'ydim.Shu tobda o'zim o'zimga yoqmay ketdim.
Yo'lda Muhammad aka bir darvoza oldida to'xtab ichkariga kirib ketdi.

Добавлено (01.10.2013, 20:46)
---------------------------------------------
Ayni damda men uchun ahamiyatisi yashash uchun qulay joy topish edi.Shu xayolda Muhammad akadan men bop joyni qayerdan topishim mumkinligini so'radim.Muhammad aka bir zum indamay ketaturib yo'ldan ko'zini uzmasdan javob berdi.
-Joydan g'am yema.G'irrom ish qilib meni uyaltirib qo'ymasang ish ham yashash joyni ham o'zim topib beraman.
-Menda g'irromlik yo'q,aka.Halol ish bo'lsa ishlayveraman.
-Halol degin! Barakalla,yigit!
-Muhammad aka,to'grisiyam shu-da.
Uning zavqlanib meni alqashidan xijolat bo'lganimcha g'o'ldirab qo'ydim.Shu tobda o'zim o'zimga yoqmay ketdim.
Yo'lda Muhammad aka bir darvoza oldida to'xtab ichkariga kirib ketdi.

Добавлено (02.10.2013, 11:37)
---------------------------------------------
Men ancha vaqt kutib o'tirdim.Hadeganda chiqavermagach,mashinadan sekin tushdim.Oyoqlarimni chigilini yozish uchun uyoq-buyoqqa sekin qadam tashlab yurdim.Soyaga o'tib biroz diqqinafaslik bilan darvoza tomonga qarab ham o'tirdim.
Shu payt bir kichkina bolakay uydan chiqib uyga kiyaykansiz, deya chuchuk tilda gapirib qo'limdan ushlab darvoza tomon boshladi.
-Assalomu alaykum,chorpoyada o'tirgan uch-to'rt chog'li kishiga salom berdim.
-Va alaykum ,keling mehmon,deya alik olishdi-yu, hech birlari menga e'tibor qilishmay qandaydir masalani qizg'in muhokama qilishda davom ettishdi.
-O'sha kuni aytishingiz kerak edi,mana endi qudalar eshitishsa nima bo'ladi,deya sochlariga oq oralagan,qorin qoygan gavdali bir kishi yonida o'tirgan kishiga iddao bilan qo'l siltadi.
-Men qaydan bilibman.Hamma aybni birovga to'nkash osonda, bo'la, u kishi ham jerkib tashladi.
Yana biri sal og'ir-vazminroq ekan,bo'ldi qilinglar o'tgan ishga salovat deya,menga qarab qani o'g'lim chorpoyaga chiqmaysizmi ,deya mulozamat ko'rsatgandek bo'ldi.
-Muhammad akani kutib turuvdim...,deya chorpoyaga chiqish-chiqmasligimni bilmasdan ikkilangancha o'ylanib javob qaytardim.
-Muhammad akangiz hozir chiqadi.Siz biz bilan o'tirib turing,deya qat'iy buyruq ohangda aytgan odamga ilkis qaradim.Bu haligi qizishib gapirganlarning bittasi edi.
-Siz bu akangizni gap ohangiga e'tibor qilmang,o'zi shunday gapiradi,deya vaziyatni yumshatgan bo'lib yana taklif qilgan odamning yoniga chiqib omonatgina o'tirdim.
-Qani omiyn o'tirgan o'rnimiz yo'qolmasin,deya yuziga fotiha tortdi.Men ham ular barobar yuzimni qo'llarim bilan silab qo'ydim.
-Qani o'g'lim sog-salomatmisiz,deya hol-ahvol so'ragan bo'lishdi.
Men damim ichim tushib indamaygina mo'mingina- qobilgina bo'lib o'tirardim.Ular hammalari qandaydir salobatli va vajohatli kishilar edi.
Menga e'tibor qilmasdan yana suhbatini davom ettirishdi.
-Chavandoz,siz bir narsani tushuningda,mana siz el orasida ko'p yuradigan odamsiz.Odam mard bo'lish kerak,pastkashlik hech kimga obro' keltirmagan.Pastkashga teng kelmang, degan niyatda gapirayapmanda. O'sha toyni shundoq sovg'a qilib bersangiz tojikistonlik xursand bo'lib ketardi.Lekin sizga bu yoqda bir muddao bilan so'zlayapmanda,uning bu yoqlarda qaytib qorasiyam korinmasligi mumkin edi. Halolda halol sizniki edi,lekin o'zbekni tantiligi qayoqqa ketdi.Agar shu toychoqni olishni o'ziga ep ko'rsa ana keyin mardni ishini qilmaganini hamma bilardi.Qaytib odamlarni o'zi ko'pkariga yo'latmasdiyam deymanda.
-E qo'ysangizchi,uning talxashovlik qilganini jami el-ulus aytdiku,ana betiga aytganlaram bo'ldi.O'zini tilida o'zini millatidagilariyam aytdi.Men forsiyni tushunamanku!, haligi "qo'pol" odam norozi ohangda yana qo'l siltab javob qaytardi.
-E balli,xuddi ana shuni aytayapman-da!
Buni xaloyiq ko'rdi.Hamma uning g'irromlik bilan zot talashayotganini aytganiniyam eshitdim. Uni kimligini isbotlaydigan dalilingiz bor edi,chavondoz .Lekin siz buni qilmadingiz.O'zbekni tantiligini qilib bir sinovdan o'tkazib uning yuzini ochib tashlashingiz kerak edi.Qaytib bu davraga kirishga boshqa haddi sig'masdi-da! Ot mingan erkakka bundan o'tgan abgorlik bo'lmasligini hamma biladi.Sizni sinamoq uchun har nima deymizku.Endi bu yog'iga chidaysizda!,deya gapini hazilga burib tugatib menga qarab bu akalaringiz bir-birlariga bo'la bo'lishadi.Ikkalasiyam chavandoz,deya kulib qo'ydi.
-E,qo'ysangiz-chi mayda gaplarni uni yuzini ochdim nima-yu,ochmadim nima? Jabri o'ziga,qani endi ko'ramiz odamlar bironta ko'pkariga kiritarmikan.O'zimni zotimni halol ayirdim.Shallaqi xotinga o'shab ayuhannos solsam zot beradi deb o'ylaganda! Xalq biladi kimni qandayligini.Menga shunisi etadi.Bakovulniyam axi xalq saylab qo'yibdiku!Yon bosib zot bersa olomon tinch qo'yadimi sizga!,chavandoz keskin ohangda tez-tez gapirib tashladi.
Hali unisiga hali bunisiga qarab o'tirgan kishi chavandozni gaplarini ma'qulladi.

Добавлено (02.10.2013, 16:03)
---------------------------------------------
Bo'lalar bir taraf bo'lib olishgandan so'ng haligi kishi jim qoldi.
Menga qarab,qani siz gapiringchi,Muhammad ukamizga kim bo'lasiz?,deya menga yuzlanib savolga tutdi.Shu payt bu odamning bir ko'zining oqu-qorasi aralashib kulrang tusda ekanligini ko'rib etim seskanib ketdi.Da'fatan berilgan savolga nima javob qilishimni bilmasdan,yana kalovlanib g'udrandim.To'g'risi nima deganimga o'zim ham tushunmadim.Bu odamlarning allaqanday susti bor edi.O'sha sust meni bosib jonsarak bo'lib qolgandim.Devi bor odam deb balki shu toifa odamlarga nisbat berib aytilgandir?! Menga ular g'alati qarash qilib qo'yishdi-yu,yana o'zaro suhbatlashib ketishdi.Bu safar suhbat mavzusi otlarga borib taqaldi.Chavandoz degani rosa zavqlanib ot haqida so'zlar,o'z otini chunonam maqtadiki,men uni ko'rmasam ham otning qanoti borligiga ishonib ketdim.

Добавлено (02.10.2013, 20:30)
---------------------------------------------
-Ot har kuni tongdan xudodan qirqta tilak tilar ekan.Endi qarang bo'la,shulardan o'ttiz to'qqiztasi egasi uchun,atigi bittaginasini o'zi uchun tilarkan-a!
-Vo darig'! Bo'la bundan ortiq vafodorlik bo'ladimi?! Otga o'xshagan aqlli jonzot yer yuzida boshqa yo'q!
-To'ppa-to'g'ri!
-Otning xislatlarini sanab adog'iga yetkazib bo'lmaydi!
-Shuni ayting,ot minmagan yigit,yigit bo'ldim demasin!
-Haqq rost!
-Bu jonivor devlar avlodidan-da!
-Ko'zlari yonib ,tuyog'i chaqnab turadiku,bo'la.Oddiy jonivor bo'lsa shunday bo'larmidi?!
-Haq gap,haq gap!
Ular biri qo'yib biri ot haqida to'lib -toshib so'lashib, kayfiyatlari chog' holda otga rosa ta'rif keltirishardi.Men ularning suhbatini tinlab o'tirarkanman yonimda o'tirgan kishining yuz ifodasini zimdan kuzatib o'tirardim.Uning yuzidagi muskullar o'ynab g'ayrati jo'sh urib ich-ichidan to'lqinlanib borayoganini payqab hayron qoldim.
Mening bu kishilarga nisbatan qiziqishim ortib borayotgandi. Miyamda har xil savollar g'ujg'on o'ynay boshladi.Kim bu kishilar? Qayyoqqa kelib qoldim?Muhammad aka qani?...
Bular savollarimni eshitadigan ham javob beradigan ham odamlar emasdi,nazarimda.

Добавлено (29.10.2013, 19:03)
---------------------------------------------
Savollarimga javobning ham hojati bo'lmadi.Hovli burchgidagi ikki tabaqqli eshikdan Muhammad aka ko'rindi.Uning qo'lida kattakon qop bor edi.
-Muhammadjon,ish bitdimi?, gapirayotib yonimda o'tirgan kishining yuzidagi muskullari yana o'ynab ketdi.Miyamdan,uning qandaydir kasali bo'lsa kerak,degan fikr o'tdi.
-Ha bitdi,bitdi.Ukam, bizni qarindosh-urug'lar bilan tanishib oldingizmi,deya Muhammad aka menga mulozamat qilganday bo'ldi.
-Bu yigit gurungni pulga sotadiganlardan ekan, shunday deb bo'lalarning biri xoxolab ustimdan kuldi.
-Ey yigitni guli,siz bizni uka haqida unday almoyi gaplaringizni gapirmang,bu ukam gurung bersin,siz eshiting.Muhammad aka ham uning qo'polligiga sha'ma qilib gap bilan "o'tirg'izib" qo'ydi.

Добавлено (29.06.2014, 07:52)
---------------------------------------------
O'sha kuni biz shu xonadonda qoladigan bo'ldik. Buning sababini men ham so'ramadim,chunki menga ayni damda qayerda bo'lishimning ahamiyati ham yo'q edi. Muhammad aka ham bu haqda bir og'iz so'z aytmadi.
Tun yarmigacha gurung gurungga ulanib suhbat rosa qizidi. Ko'zlarim yumila boshlaganini sezgan uy egasi sal naridagi supada joy solinganini aytib men bilan birgalikda o'ziyam sekin o'rnidan qo'zgaldi. Mehmonlar suhbatni allamahalgacha davom ettirishdi. Asosiy mavzu esa borib -borib otlarga taqalaverardi. Joyga chozilganimdan keyin uyqum qochib ketdi. O'z kelajak hayotim, o'tgan kunlarim, onam va singilchalarim ko'zimga korinib ketdi. Qiziq , men ularni sogina boshlaganimni his qilayotgandim. Hatto,otamni ham...

Добавлено (22.07.2014, 10:53)
---------------------------------------------
Tongda uyg'onib hovli bo'ylab biroz aylanib yurdim. Shaharga yaqin joy bo'lgani uchun bu yerni odamlari kech uygonsa kerak, deb o'yladim. Muhammad aka hammadan oldin uygonib meni kozi bilan qidirib topdi va boshini bir chayqab jilmayib qo'ydi.
Nonushta paytida mezbon gap boshlab qoldi.
-Polvon, otlaringizga qaraydigan odam izlab yurganmidingiz?
-Ha-da,biror kishini daragini topdingizmi?
-Muhammadjonni aytishicha bu yigitcha ish qidirib yurgan ekan. Kafiliniyam berayapti.
-E shundaymi, buyogi bakovulcha gap bo'ldiku,deya polvon menga oltin topib olgan odamdek sevinib- yayrab qaradi.
Gapni yana mezbon ilib ketdi.
-Ha endi,mardligingizniyam korsatasiz-da,nima deysiz,mehmon,deya menga yuzlandi.
-

Добавлено (22.07.2014, 11:14)
---------------------------------------------
Men kutilmagan taklifdan esankirib qoldim. Hozir men uchun eng muhimi ish va yashash joy topish. Balki,omadim kelayotgandir,shaharga borib qanday topaman bunisi noma'lum. Yaxshisi, naqdini ko'raveray,yoqmasa nari borsa yana qochib ketarman... Shu o'ylar bilan polvonga qaradim.
-Nechta otingiz bor?,deya qiziqib so'radim.
-Jami beshta,sen to'rtasiga qaraysan. Ish haqqingni qiladigan ishingga qarab beraman, insof bilan so'rasang picha qo'shib ham beraman. Maqulmi?
-Ma'qul.Otlarga qarshni avval o'zingiz orgatasiz chunki men bilmayman.Qoy boqqanman, sigirga qarashni bilaman. Lekin otni parvarish qilishni bilmayman,ochigini aytganim yaxshi,aka,deya ichimdagi gaplarni aytdim.
-Obbo,polvon ukam-ey sen ham o'zimizdan ekansanku.U shunday deya qiyqirib kuldi. Qolganlaram meni gaplarimdan zavqlanib kulishdi. Yana gapida davom etdi. Mard ketganingayam rahmat,ukam! O'zim hammasini o'rgataman.Sen dal (dangal) tursang bo'ldi, kopkarigayam olib kiraman. Ko'rasan hali yo nasib bilagi payga to'lgan norgul yigit bo'lasan,ketdik uyga!-,bu gaplarni qat'iy gapirib dasturxonga duo o'qib joyidan qo'zgaldi. Muhammad akaga rahmat aytib xayrlashib shu yerdan ikki manzilga ayrildik.

Добавлено (15.08.2014, 22:37)
---------------------------------------------
Chavandozning mashinasidan tashqariga qarab yo'lda ketayapman-u xayolim uzoq uzoqlarga ketdi...
Osmonni oxiri bormi, deb so'roqlagandi bir mashhur shoirimiz. Osmonga qaradim juda olis va ayni damda juda ham yaqindek tuyuldi. Yerga qaradim go'yoki men emas tevarak atrof harakatlanayotgandek...
Osmonning oxiri bormi?! Osmonning oxiri qalbga tutashib ketgan bo'lsa kerak...
Osmonning adog'i yo'q u ham o'y-xayollarimiz kabi cheksiz va havoyi...
Bugun borman, mavjudman. Mana o'zim bilmagan va tanimagan notanish odam bilan ketayapman. Uyimni , oilamizni tashlab ketdim. Nahotki, kechadan gunohlarim bo'ron kabi bosh ko'targan bo'lsa.Axir, ota onani norozi qilgan farzandni ikki dunyosi kuyib ketadiku! Bugun yo'ldaman...
Ertaga-chi? Birdan o'lib qolsam nima bo'ladi?! O'zimni tor, zax va qorong'u qabr ichida tasavvur qilib avzoyi badanimni sovuq ter bosdi. O'lim bir onda yuz bersa-ya. Jon talvasasi deyisharmidi? Ha-ha jon talvasasida kalima keltirish har kimgayam ato qilmaydi, deyishadi. Gunohlarimni sarhisob qilishga-da vaqtim yetmay qolishi, tavba qilishga kechikib qolishim mumkinligini o'ylab tanamda yengil qaltiroqni his qildim. Bu xuddi o'lim sharpasi kabi sovuq va yoqimsiz his edi...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
FC_PAXTAKORДата: Воскресенье, 17.08.2014, 00:48 | Сообщение # 15
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
davom eting
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter