Суббота, 23.11.2024, 13:10
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Chanqovuzning sönggi nolasi (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Chanqovuzning sönggi nolasi (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Суббота, 29.12.2012, 13:07 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Tun. Adir etagiga tikilgan geologlar chodiri yonida uch-tört chog'li kishi gulxan atrofida suhbatlashib ötirishibdi.Olis-olislardan chanqovuzning "biyo-biyo"lagan sadosi kelayapti.Har-har zamonda itlarning uvullashi chanqovuzning mungli sadosini bosib ketardi.

Добавлено (29.12.2012, 12:07)
---------------------------------------------
Uzoqdan odam sharpasini közi ilg'agandek bölgan Husan sheriklariga qarab,kimdir kelayapti,deb qishloq tomonga imo qildi.Gulxan atrofidagilarning hammasi ilkis Husan ishora qilgan tomonga qarashdi.Haligi sharpa ancha yaqinlashgach,qölida tayoq tutgan möysafid bir kishi ekaniga ishonch hosil qilishib,örinlaridan qözg'alishdi.Salom alikdan söng, mulozamat bilan möysafidga joy körsatishdi.Unga ergashib kelayotgan olapar it nariyoqda chönqayib ötirgancha,notanish kelgindilarni kuzata boshladi.Möysafid qölidagi tayoqni yoniga yaqinlashtirib surib qöyib,geologlardan hol-ahvol söradi.Yoshi boshqalariga nisbatan biroz kattarog'ini boshliq deb gumon qildi chog'i, non-nasibangiz bizni qishloqqa tortib kelibdida,deya ta'kidlab savol nazari bilan unga qaradi. Geologlar guruhi boshlig'ining ismi Aleksandr bölib,onasi rus , otasi esa tojik millatiga mansub edi.Uning yoshi taxminan 30-35 yoshlar chamasida. Qöng'ir malla sochlari,qop-qora qoshi va köziga nomutanosibdek ajralib körinib turardi.Bu öxshashlik tojik otasiga tortgan bölsa,ayni damda esa qirraburni va oq-sariqdan kelgan yuzi rus tog'alariga tortgandi.-Ha,shunaqa bölib qoldi.Bu yigitlar institutimizning yuqori kurs talabalari,men esa öqituvchisiman.Bizni sizning qishlog'ingizga amalayotga yuborishdi,deb ruscha talaffuzda özbekchalab javob qaytardi.-Balli,balli xush kepsizlar,mehmon atoi xudo.Öt yoqqaningizga tinlikmikan,deb xabar olishga keluvdim.Yuringlar,biznikiga.Kampirim choy-poy qilib beradi.Bu yerga bekor qönalg'a qilibsiz,biy bilan eshak qurt köp.Husan kulib javob qaytardi,otaxon, hasharotlarga qarshi dori-darmonimiz bor.Möysafid tayog'iga suyanib örnidan turayotib mehribonona ohangda ammo,qat'iy gapirdi.-Uyqudagi odam ölikday gap.Turaqolinglar,olovni öchirib,narsa-qaralaringni yig'ishtirinlar.Ketamiz!,möysafid bu gaplarini qat'iy ohangda aytgani uchun,ular bir-biriga qarab sözsiz örnidan qözg'alib ryukzaklarini olib,chodirni yig'ishtirishga kirishdi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
FC_PAXTAKORДата: Вторник, 01.01.2013, 13:35 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Ho'sh ho'sh
 
SokinaДата: Пятница, 19.07.2013, 09:56 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
keyinroq

Добавлено (11.07.2013, 14:56)
---------------------------------------------
Yol-yolakay moysafid eshak qurti va biy(qoraqurt) haqida aytgan gaplaridan yigitlarning kapalagi uchib ketdi.Eshak qurti quloqqa kirib ketsa miyani yeb boshlashi va ko'p o'tmay odamning jonini ming bir qiynoqlarda azob chekib o'limiga sabab bo'lishini va uning o'zi esa uncha munchaga o'lmasligini yani joni qattiq hashorat ekanini so'zlab bergan chol,qabrda ham mayyitni yeb tugatadigan hashorat ana shu bo'ladi
.
Bolaligimdan beri necha minglab eshak qurt o'ldirganimni bilmadimu,ammo o'ldirishga buyurilgan jonjotlar ichida mana shu ikki hashorat borligini aniq bilaman ,deb gapini tugatgan payti uning uyiga yetib kelishgan edi.

Добавлено (19.07.2013, 08:53)
---------------------------------------------
Yigitlar lash-lushlarini oy yo'rug'ida oqarib turgan supa ustiga qoyishib turgan joylarida atrofga razm solishdi.Oy nurlari xira yoritib turgan dov-daraxtlar bu hovliga vazminlik bag'ishlab turgandek edi.

Добавлено (19.07.2013, 08:56)
---------------------------------------------
Boyadan beri ular bilan izma-iz kelayotgan uy egasining iti ularga qayta-qayta o'grilib qarab dumini likillatgancha bog' ichiga kirib ketdi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
FC_PAXTAKORДата: Пятница, 19.07.2013, 13:03 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Keyinchi
 
SokinaДата: Воскресенье, 21.07.2013, 21:48 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Yigitlardan birining ismi Abror edi.U sohasi geologiya bo'lsada , futbolning haqiqiy ishqibozi edi.Biz bu o'rinda ashaddiy so'zini ishlatmaymiz,chunki o'zbek tilida ashaddiy sifati odatda salbiy ma'nodagi mavjudlikni urg'ulash uchun ishlatiladi.Shunday qilib u ashaddiy emas, haqiqiy futbol muxlisi edi.Uning geologiya sohasiga qiziqishi bolaligidan boshlangandi va bunga esa bir voqea sabab bo'lgandi.

Добавлено (21.07.2013, 20:48)
---------------------------------------------
Bu voqeaga hikoyamiz davomida batafsil yana to'xtalib o'tamiz...
Uy ichkarisidan xonadon egasi va yana ayol kishining ovozi keldi.So'ngra esa oy yorug'ida birin -ketin ularning sharpasi ko'rindi.Elektr chirogi o'chib qolgani bois ,yorug'lik maqsadida .yigitlarning har birlari qo'llariga ryukzaklaridan fonar ola boshlashdi.
-Assalomu alaykum.Aleksandr birinchi bo'lib ayolga salom berdi.
-Va alaykum assalom.Kelinglar mehmonlar.Hush kelibsizlar.
-Hushvaqt bo'ling.
Boshqa yigitlar ham salom berishdi.
Uy egasi ularni supa ustiga taklif qildi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
FC_PAXTAKORДата: Понедельник, 22.07.2013, 00:35 | Сообщение # 6
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Iya adash ekanmi))
 
SoginchДата: Понедельник, 22.07.2013, 08:42 | Сообщение # 7
Группа: Qadrli mehmon





Vay booo odamlar avtoriet bop hikoyalarga qahramon bop ketibdiku)))))
hurmatiyiz kuchliykanku joram))))
 
FC_PAXTAKORДата: Вторник, 23.07.2013, 03:04 | Сообщение # 8
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Kamiga futbol fanati emush)) qhe qhe))
 
SokinaДата: Понедельник, 12.08.2013, 09:39 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Yigitlar birin-ketin supaga chiqib chordona qurib o'tirib joylashib olishdi.Ulardan yana birining ismi Fazliddin bo'lib u hamrohlariga nisbatan biroz sho'xroq edi.
-Ha Abrorboy, osh kutayatgan odamdek chordona qurib joylashib oldingiz,deya hazillashib Abrorga fonarni tutdi.
-E ,qo'ysang-chi yarim kecha bo'lyapti senga osh qaerdan bo'lsin ,deya qo'llari bilan fonarning kuchli yorug'idan ko'zini to'sdi.
Shu payt uy egasi dasturxon ko'tarib uydan chiqib qoldi.
Husan sekingina,ana osh kelayapti deb piqillab kulib qo'ydi.

Добавлено (07.08.2013, 18:04)
---------------------------------------------
Xonadon egasi supa o'rtasiga dasturxonni shoshmasdan e'tibor bilan yoza boshladi.Bir-biriga qarama-qarshi o'tirishgan Husan bilan Fazliddin ikki chetidan tortib yordamlashgan bo'lishdi.Xonadon egasi yigitlar bilan birma-bir astoydil hol-ahvol so'rashib ,xush kepsizlar ,deb yana o'rnidan qo'zg'aldi. Nariroqda barkash tutib turgan ayolining qo'lidan barkashni olib kelib noz-ne'matlarni dasturxonga tarqatib joylashtirdi. Qani,deya dasturxonga undagan bo'lib nonni ham sindirib yigitlarni taklif qildi.
-Meni ismim Ostonaqul. Ota-onamni o'g'il farzandlari turavermagandan keyin meni ostonadan topdik bu bizni emas,xudoni ostonasidagi bola ,deb ismimizni rahmatlilar shunday ,deb qo'yishgan ekan deb xijolatli jilmayib qo'ydi.
-Meniki Aleksandr,yonimdagi Abror.Bular Husan bilan Fazliddin.Hammasi mening talabalarim.
-Ma'qul,ma'qul xush ko'rdik.Sir bolmasa bu yerlarda nima ish bilan yuribsizlar?
-Biz qishlog'ingizga tuprog'ingiz tarkibini tekshirib o'rganish uchun kelganmiz.
-Ha shundaymi.Ma'qul,ma'qul binoyi qilibsilar,deya bosh irg'ab qo'ygan Ostonaqul ota uy tomonga bir qarab qo'ydi.
Ayoli ko'rinish berganini ko'rib sekin joyidan qo'zg'aldi.Bu safar qo'lida ingichka tol xivichlaridan juda nafis va tig'iz to'qilgan kichikroq bejirim barkashda yaxna go'sht ko'taib keldi.Dasturxon o'rtasiga qo'ygan edi,barkash deyarli dasturxonning yarmini egalladi.Yigitlar bir-birlariga mamnun qarab olishdi.
-Olinglar mehmonlar.Bugun bir qo'y so'yib xudoyicha qiluvdik.Silarniyam rizqlaring qo'shilgan ekan,deya birinchi bo'lib ovqatga qo'l cho'zib boshlab berdi.

-

Добавлено (12.08.2013, 08:39)
---------------------------------------------
Bismillo,qani olinglar yigitlar tortinmay bahuzur ovqatlaninglar .
-Rahmat Ostonaqul aka ,Aleksandr ham bismilloh aytib ovqatdan tanovvul qilishni boshladi.
Mehmon,so'ramoqni aybi yo'q nega ismingizni Aleksandr qo'yishgan?
-Onam ruslardan.Otam bilan sevishib turmush qurishgan.Aytgancha , onam o'zbek tilini ba'zi o'zbeklardan ko'ra chiroyliroq gapiradilar.Otamning talabi bilan muslima bo'lganlar.
-Binoyi-da!,Ostonaqul ota mamnun alqab qo'ydi.
-Otam, qishloqda qancha aholi yashaydi?,Husan qiziqish bilan so'radi.
-Xo'jalik ko'p .Sanamaganman, barakasi uchadi.Oqsoqol biladida.Jon sonini hisobini qilib to'y-ma'rakalarda bosh bo'lib yuradiku.
Taomni ishtaha bilan paqqos tushurishib ,qorin to'ygandan keyin o'choqda tobiga yetib qaynagan ko'k choydan miriqib simirishdi...

Tongda ,bulbullarning chah-chahlashi-yu ,etni junjiktiradigan salqin shabadadan Fazliddin uyg'onib ketdi.Joyida oyoqlarini uzatib o'tirib olganicha atrofni sinchiklab kuzatdi.Oddiy , keng va serdaraxt qishloq hovlisi, lekin fayzi -salobati bor...
Boshqalar esa dalaga haydalayotgan sigirlarning buzoqlariga andarmon bo'lib mo'rashidan olamni buzib yuborgudek shovqin ko'tarilganda birin-ketin joyidan bosh ko'tarishdi.Ular uyg'ongan bu paytda qishloqda hayot qaynayotgandi.
-


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
MirzoxidДата: Понедельник, 12.08.2013, 17:32 | Сообщение # 10
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Katta tovoqdagi go'shtni o'qib, voxa qishloq xayotini esladim.
davom eting biggrin


Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SokinaДата: Вторник, 13.08.2013, 13:55 | Сообщение # 11
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Ariqdan shaldirab oqayotgan suvga yuz-qo'llarini yuvib yana supaga joylashishdi.Xonadon bekasi shunchalik chaqqonlik bilan ularning yotgan o'rinlarini yig'ishtirib olibdi-ki hayronlar qolishdi.
-Robotdanam tez harakat qilarkanlar-a,Fazliddin hayratlanib yarim chin ,yarim hazil ohangda gapirdi.
-Shuni ayt,qizi yo'qmikan,Abror ayyorona ko'z qisib qo'ydi.
-Jim! Aleksandr qat'iy buyruq qildi.
Husan nimadir deb og'iz juftlagan edi, ustozining so'zidan keyin indamay qo'ya qoldi.
Ostonaqul ota dasturxon yozib sarxil mevalardan keltirib qo'ydi.Birozdan keyin bir kosadan suyuq sho'rva olib keldi.Yigitlar yana hayron qolishib bu safar hayratlarini yashirolmadilar.
-Otam,yangamiz kecha uxlamasdan ovqat pishirib chiqdilarmi?
-Yo'q unday emas.Bu oq sho'rva deyiladi.Masalig'i tayyor bo'ladi ustidan qaynoq suv quyib dastuxonga tortsa boldi.
-Ichiga nima qo'shilgan?
-Ziravorlar,qovrilgan dumba- go'sht bir chimdim tuz.Qani totib ko'ringizlar ,bu oq sho'rva ilikni to'q tutadi.Och qolmaysiz,chanqamaysiz.
-Ha unda yemasak bo'lmas ekan.Aleksandr bir ho'plab ko'rib boshini sarak-sarak qilganicha "bay-bay" muncha mazali ekan.Bu senlarni studencheskiy roltoningdan ko'ra mazali, to'yimliroq ekan yevolinglar, deya yigitlarni ovqatlanishga undadi.
Ostonaqul ota ular qoshiqlab o'tirgan bir paytda kosani bir ko'tarib yarimlatib qo'ydi. Qoshiq ishlatmasdan sho'rva ichgan odamni ilk bora ko'rishlari edi.
Yigitlar bu xonadon ahliga chin dildan hayratlanib havas bilan qaray boshlashdi...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
MehmonДата: Вторник, 13.08.2013, 14:18 | Сообщение # 12
Группа: Qadrli mehmon





Uzur, iloji bo'lsa koproq yozsangiz..))
 
SokinaДата: Вторник, 17.09.2013, 21:25 | Сообщение # 13
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Xo'p bo'ladi))

So'nggi paytlarda vaqt va hafsala ko'chasida adashib ketayapman-da biggrin

Добавлено (17.09.2013, 20:25)
---------------------------------------------
Nonushtadan so'ng mehmonlar qo'zg'alishdi.
Aleksandr uy egasidan idishlariga suv to'ldirib olishlarini so'radi.
-Hey onasi qayoqdasan? deya Ostonaqul ota uy tomon baland ovozda chaqirdi.
Bir fursat o'tib uydan bir qizning boshi ko'rinib ovoz berdi.
Hamma birvarakayiga o'sha tomonga yalt etib qaradi.
-Mohim, bu idishlarga chashmani suvidan to'ldirib kel.
Aleksandr xijolat bo'lib hozirjavoblik bilan yo'g'e ,chashmani yigitlarga ko'rsating o'zlari to'ldiradi,deya yigitlarga qarab turniglsr degandek imo qildi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
MirzoxidДата: Вторник, 17.09.2013, 23:40 | Сообщение # 14
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
яна озгина кушворинг biggrin

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SokinaДата: Пятница, 14.03.2014, 19:28 | Сообщение # 15
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Xo'p)
Hozir o'ylab qoldim.Agar bu hikoyalarimni o'shanda ya'ni boshlagan paytlarimda yozib tugatganimda badiy jihatdan saviyasi qanday bo'lardi?! Bilmadim...
Bu savolga hech qachon javob berolmasligimni bilaman.
Qolganiga ham xudo poshsho )

Добавлено (02.10.2013, 10:23)
---------------------------------------------
Ostonaqul ota ularni hovli etagidagi chashma yoniga olib bordi.Chashma degani yerga ko'milgan trubadan tinimsiz oqib turgan zilol suv ekan.Kichkina hovuzcha va undan so'ng ingichka ariqchalar bo'ylab taralayotgan suv bog'ning har tarafiga tarqalayotir.Bu esa boqqa salqin va namxush havo berib,chindan-da o'zgacha fayz berib turardi. Nafas olish ham o'ta yengil,o't-o'lanlarning hidi dimoqqa yoqimli tarzda gupillab kelib uriladi-yu, tanayu-ruhga ajib rohatbaxsh hislarni tuhfa etardi.
Abror qulochlarini katta yozib miriqib nafas olgancha ,bu yerni havosi supadagidan keskin farq qilarkan-a,degancha suvdan toyib ichdi.
Husan esa ha-a ,deya uning gapini tasdiqlagancha keksa o'rik daraxti tomon ketdi.Fazliddin atrofga jim tikilgancha,suv yerning tagidan chiqayaptimi,deya otani savolga tutdi.
-Chashma suvi yer tagidan kelayapti.Otam rahmatli trubani o'rnatib ,hovuzchani qurgan edi.Avval suv shundoq qaynab chiqib turgan.Qachondan beri suv chiqayotganini bobom ham eslolmasdi,deya Ostonaqul ota chashma tarixini qisqacha so'zlab berdi.Yigitlar galma-gal chashma suvidan ichishib idishlarini ham to'ldirib olishdi.
Ostonaqul ota bo'g' tarafda ham eshik borligini boshi bilan ishora qilib ko'rsatayotgan cho'g'da chashmadan suv olish uchun kelgan ikkita qo'shni qizning chelak ko'tarib nariroqda kutib turganini ko'rib ,qizlar suv olishsin,deya iziga qaytib yo'l boshladi.Aleksandr bunday mazadagi suvning ta'mini hech qayerda totib ko'rmaganini aytib ruhi ko'tarilib otaning izidan ketdi.Yigitlar ham qizlardan ko'zlarini uzmasdan bir-birlariga shivirlashgancha ustozining ortidan yo'l olishdi.
Ular yengilgina ul-bul narsalarini ryukzakka solib olishdi.
So'ngra, zaharli hashoratlarni eslab o'zaro maslahatlashgan bo'lishdi-yu,Ostonaqul akadan siznikida tursak bo'laveradimi,deya xijolat bo'lganicha so'rashdi.
-Binoyi-da,mana joy ko'p.Bemalol turaveringlar,deya chehrasi yorishib javob berdi.
-Sizlar ko'p ovora bo'lmangizlar.Biz osh-ovqatimizni o'zimiz tayyorlay olamiz.Yangamgayam ayting tashvish qilmasinlar,Aleksandr bu gaplarni minnatdor ohangda aytdi.
-Men makaron ovqatlarni turi bilan pishirishni bilaman,Abror kulib Husanga qaradi.
-Sen-chi?
-Men osh pishirishni qoyillataman!Husan maqtanib javob qaytardi.
-Men hamma ovqatni pishirishni bilaman.Lekin idish-tovoq yuvishni yoqtirmayman.Shu ishni bo'ynillaringga olsalaring,oshpaz aka bo'lishim mumkin,deya Fazliddin gapning indallosini aytdi-qo'ydi.
-Navbat qilamiz unda,har kuni bittamiz yuvamiz.
Shu taxlit yigitlar osh-ovqat masalasiniyam kelishib olishgan bo'lishdi.

Добавлено (02.10.2013, 10:23)
---------------------------------------------
Ostonaqul ota ularni hovli etagidagi chashma yoniga olib bordi.Chashma degani yerga ko'milgan trubadan tinimsiz oqib turgan zilol suv ekan.Kichkina hovuzcha va undan so'ng ingichka ariqchalar bo'ylab taralayotgan suv bog'ning har tarafiga tarqalayotir.Bu esa boqqa salqin va namxush havo berib,chindan-da o'zgacha fayz berib turardi. Nafas olish ham o'ta yengil,o't-o'lanlarning hidi dimoqqa yoqimli tarzda gupillab kelib uriladi-yu, tanayu-ruhga ajib rohatbaxsh hislarni tuhfa etardi.
Abror qulochlarini katta yozib miriqib nafas olgancha ,bu yerni havosi supadagidan keskin farq qilarkan-a,degancha suvdan toyib ichdi.
Husan esa ha-a ,deya uning gapini tasdiqlagancha keksa o'rik daraxti tomon ketdi.Fazliddin atrofga jim tikilgancha,suv yerning tagidan chiqayaptimi,deya otani savolga tutdi.
-Chashma suvi yer tagidan kelayapti.Otam rahmatli trubani o'rnatib ,hovuzchani qurgan edi.Avval suv shundoq qaynab chiqib turgan.Qachondan beri suv chiqayotganini bobom ham eslolmasdi,deya Ostonaqul ota chashma tarixini qisqacha so'zlab berdi.Yigitlar galma-gal chashma suvidan ichishib idishlarini ham to'ldirib olishdi.
Ostonaqul ota bo'g' tarafda ham eshik borligini boshi bilan ishora qilib ko'rsatayotgan cho'g'da chashmadan suv olish uchun kelgan ikkita qo'shni qizning chelak ko'tarib nariroqda kutib turganini ko'rib ,qizlar suv olishsin,deya iziga qaytib yo'l boshladi.Aleksandr bunday mazadagi suvning ta'mini hech qayerda totib ko'rmaganini aytib ruhi ko'tarilib otaning izidan ketdi.Yigitlar ham qizlardan ko'zlarini uzmasdan bir-birlariga shivirlashgancha ustozining ortidan yo'l olishdi.
Ular yengilgina ul-bul narsalarini ryukzakka solib olishdi.
So'ngra, zaharli hashoratlarni eslab o'zaro maslahatlashgan bo'lishdi-yu,Ostonaqul akadan siznikida tursak bo'laveradimi,deya xijolat bo'lganicha so'rashdi.
-Binoyi-da,mana joy ko'p.Bemalol turaveringlar,deya chehrasi yorishib javob berdi.
-Sizlar ko'p ovora bo'lmangizlar.Biz osh-ovqatimizni o'zimiz tayyorlay olamiz.Yangamgayam ayting tashvish qilmasinlar,Aleksandr bu gaplarni minnatdor ohangda aytdi.
-Men makaron ovqatlarni turi bilan pishirishni bilaman,Abror kulib Husanga qaradi.
-Sen-chi?
-Men osh pishirishni qoyillataman!Husan maqtanib javob qaytardi.
-Men hamma ovqatni pishirishni bilaman.Lekin idish-tovoq yuvishni yoqtirmayman.Shu ishni bo'ynillaringga olsalaring,oshpaz aka bo'lishim mumkin,deya Fazliddin gapning indallosini aytdi-qo'ydi.
-Navbat qilamiz unda,har kuni bittamiz yuvamiz.
Shu taxlit yigitlar osh-ovqat masalasiniyam kelishib olishgan bo'lishdi.

Добавлено (02.10.2013, 19:52)
---------------------------------------------
Ular yo'lga chiqishganda quyosh yer yuzini quzdira boshlagandi.Qishloq oralab soylikka yetib borishdi va bir oz nafas rostlagach,tuproqni mayda toshchalardan ajratib maxsus shisha idishlarga joylashtira boshlashdi.Ular soylikning chuqurligiga tushib o'sha joydan ham tuproqdan namuna olishdi.

Добавлено (29.10.2013, 19:20)
---------------------------------------------
-Tuproq tarkibida kaliy ko'pga oxshaydi,Aleksandr xayoliy o'ychan tarzda o'ziga o'zi gapirgandek gapirdi.
-Buni qanday bildingiz? Abror qiziqib so'radi.
-Men tuproqning xususiyatini hididan , ko'rinishidan ajrataman,Aleksandr mamnun jilmaydi.
-Qanday ajratasiz,bu qiyinku? suhbatga savol bilan Fazliddin qo'shildi.
-Buning uchun ko'p o'qishing va eng muhimi tuproqni qalban his qilib uni seva olishing kerak. Bu sezgi menda bolalikdan bor.Men ona yer bilan gaplashardim.Hozir ham...
-Qanaqasiga? Husan hayratlanib so'radi.
-Buni tushuntirib berishim qiyin. Yaxshisi,ishni qilinglar.Tog' unguridan ham tuproq olishimiz kerak.Hali hech ish qilmadik.

Добавлено (29.10.2013, 19:25)
---------------------------------------------
-Tuproq tarkibida kaliy ko'pga oxshaydi,Aleksandr xayoliy o'ychan tarzda o'ziga o'zi gapirgandek gapirdi.
-Buni qanday bildingiz? Abror qiziqib so'radi.
-Men tuproqning xususiyatini hididan , ko'rinishidan ajrataman,Aleksandr mamnun jilmaydi.
-Qanday ajratasiz,bu qiyinku? suhbatga savol bilan Fazliddin qo'shildi.
-Buning uchun ko'p o'qishing va eng muhimi tuproqni qalban his qilib uni seva olishing kerak. Bu sezgi menda bolalikdan bor.Men ona yer bilan gaplashardim.Hozir ham...
-Qanaqasiga? Husan hayratlanib so'radi.
-Buni tushuntirib berishim qiyin. Yaxshisi,ishni qilinglar.Tog' unguridan ham tuproq olishimiz kerak.Hali hech ish qilmadik.

Добавлено (14.03.2014, 18:28)
---------------------------------------------
Ular shu taxlit suhbatlashib turgan paytda yonginasida bir yigit paydo bo'ldi. U yerdan chiqdimi yo osmondan tushdimi buni hech biri ahglolmay unga qarab qolishdi. Yelkalari keng ,barvasta bu yigit ularga salom berib qo'l berib hammasi bilan birma bir ko'rishib chiqdi. Uning chayir qollari ancha muncha chiniqqanidan darak berib turardi. So'ng qanday dabdurustdan paydo bo'lgan bo'lsa shu taxlit savollar o'qiga tutdi-ki, savollariga javob berish uchun tezllik kerak edi. Yigitning qaysar va shijoatliligi yuz ko'zlaridan bilinib turardi. Keyin,kimsizlar,qayerdansizlar, kimnikiga keldilaring, bu yerda nima qilib yuribsizlar va hakoza savollariga toliq olmaguncha ulardan ko'zini uzmay qarab turdi. Javoblardan kongli toldi shekilli vazmin ohangda yaxshi, ortiqcha gap chiqmasin ,deb qo'ydida ortiga burilib toshdan toshga sakrab bir zumda tepalik ortiga go'yib bo'ldi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
MirzoxidДата: Воскресенье, 16.03.2014, 14:49 | Сообщение # 16
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Yana oylar o'tadi.
Davomi?


Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SokinaДата: Среда, 30.07.2014, 23:03 | Сообщение # 17
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Qolgan ishga qor yog'ar,deb shuhga aytishsa kerak. Hech vaqtim bo'lmayapti, vaqt topsam quntim bo'lmayapti. Xullas, kunlar,oylar ko'z ochib yumguncha o'tib ketayapti...)

Добавлено (27.06.2014, 08:07)
---------------------------------------------
Ular hammalari notanish yigitni ortidan kuzatib bir zum havas va hayrat bilan qotib qarab qoldilar. So'ng, birinchi bo'lib Fazliddin gap boshladi.
-Qoyile, juda chaqqon ekanku!Apachimi deyman, deya masxara ohangida kulib qo'ydi.
Abror Fazliddinga qarab, apachi bo'lsayam qotib qoldingku, yana kamiga bergan savollariga to'tiqushday bo'lib javob berding,deya xandon otib kuldi.
Fazliddin past ketgisi kelmadi cho'gi, o'zingchi deb qo'ydi.
Aleksandrga ularning gapi yoqmadi shekilli tushuncha berish niyatida gapini aniqlik bilan boshladi.
-Tog'liklar o'zi shunday dangalchi, abjir xalq bo'lishadi. Apachi deganing hindularni qabilasini nomi. Bu yigitni ularga qanday aloqasi bor ,tushunmadim?
Agar yovvoyi degan ma'noda aytgan bo'lsang,ruhiyatni ularchalik kashf etgan va bu dunyoni sir sinoatlarini idrok eta olgan odamlar, ulardek halol va etiqodli yashaganlar juda kam bo'lgan.
Sen o'zini erkakman deb birovning yurtiga qurol ko'tarib bostirib borgan "oqbilak" inglizlarni kinosini ko'raverib ular haqida har xil bo'lmagur fikrlar miyangga singib qolganga o'xshaydi. To'gri, garb tamadduni o'sha davrlarda sekin asta olg'a siljishni boshlagandi. Biz, sharqliklar esa ulardan ancha oldin tammadunga yuz tutgan edik.
Evropaliklarning hatto fikrlashi ham haminqadar edi. Hozirda Amerika deya butun dunyoga liderlik qilayotgan davlat aslida sen aytayotgan apachi va boshqa minglab hindu qabilalarning ona yeri, ota makoni bo'lgan. Ularni evropaliklar ayovsiz qirg'in qilgan boshiga ming bir kulfatlar yog'dirgan. Bunga sabab ularning iqtisodiy rivojlanmagani,samimiyligi va tarqoqligi edi desak xato qilmasak kerak.
Shuni aytish kerakki, birovning yeriga qurol ko'tarib va yana mahalliy xalqlar orasiga ayyorlik bilan fitna tarqatib bir biriga qarshi qo'yib yurtini bosib olish hollari tarixda ko'p bolgan. Tarixni o'qing, arablar O'rta Osiyoni istilo qilganda bizni shaharlarimiz eng gullab yashnagan edi, lekin ular bizni ota-bobolarimizni yovvoyi kofir xalq deb qirgin qilgan. Buyuk Ipak yoli ustidagi shaharlarimizning obodonchiligi dunyo miqyosida tariflanar va o'z vazniga ega xonliklar va bekliklar farovon hayot kechirishayotgan bir paytda yurtni talon taroj qilishdi. Islom dinini dastak qilishib son sanoqsiz turkiy va forsiy xalqlarni qilichdan o'tkazdi. Yurt boyliklarini arab yerlariga tashib ketishdi. Xalqlarni ozligidan kechishga majbur qildi. Vaholanki, Quroni karimda bunday xunrezlikka undovchi hech qanday oyat yoki sura yoq. Alloh ham odam o'ldirish xarom,gunohi kabiralardan biri degan . Ular esa oyatlardan o'z nafslari yo'lida foydalanishdi .Ularning maqsadi esa hukmronlikka intilish va boyliklarga ega bo'lish edi. Bosqinchilarning razilona goyasi esa hamma vaqt niqob ostida bo'lgan. Agar asl maqsadlarini aytib qoysalar, odamlar ularga ergashmas va jang qilmas edida.
Aleksandr yana nimalardir demoqchi edi-yu, lekin xulosa uchun yetar degan o'yda jim qoldi. Shu zaylda goyo atrofida hech kim yoqdek , bu meni anchadan beri qiynab kelgan oylar edi. Sizlarning gaplaringizga aloqasi bor deb o'ylaganim uchun ham aytdim deb katta harsang soyasiga ohista o'tirdi.Endi u uzoqdagi qorli cho'qqilarga qarab g'amgin qiyofada o'yga tolgandi...

Добавлено (27.06.2014, 08:39)
---------------------------------------------
Fazliddin ustozining fikr-mulohazalarini tinglab, gapirgan gapidan pushaymon ohangda, men shunchaki unga havasim kelib samimiy hazil qilib aytuvdim, deya xijolatomuz ustoziga qaradi. Aleksandr unda goyo eshitmagandek taassurot uygotdi song jimgina uning yoniga o'tirdi. O'rtaga mavhum sukunat cho'kkandi.
Abror esa unga qovun tushirding deganday unga galati iljayib qo'ydi.
Sukunatni yana Aleksandrning o'ychan ovozi buzishga jazm etgandek bo'ldi.
-Men yana shu zaminni notinch qilgan ona avlodim ruslardanam gohida nafratlanaman. Ular bu yurtga ayyorlik bilan qon tokib egalik qilishgan. Ne bir , ne bir xuddi mana shu yigitday mard, tanti yigitlarining boshini yegan. O'z yurtida o'zini kamsitgan,bir biriga yov qilgan fitnakorlarga laqqa tushgan oddiygina elimni bagrimga bosib ,yuz kozlaridan silagim keladi,bu gaplarni ayta turib uning ko'zlaridan ikki tomchi alamli yosh sizib chiqdi. U xo'rsinib chuqur nafas oldiyu, gapini davom ettirdi.
-Nafratlaganim sayin shu yurt, shu sodda va samimiy xalq olida o'zimni gunohkorday sezaman-u, unga xizmat qilgim, og'irini yengil qilgim kelaveradi. Shu odamlar uchun qalqon bolgim keladi. Hozirda rus tuprog'ida ayrim o'zini xor qilayotgan yurtdoshlarimga qarata , qaytinglar qanchalar qiyin bolsada, shu muqaddas tuproq bizniki uni birgalikda obod qilaylik degim keladi. Eh...,deya gapini davom ettirolmay qolgan ustozining ruhiy hissiy holatini talabalar juda yaxshi his qilishsa-da, Aleksandrning shu qadar teran fikrlashi va yurt haqida qaygurishini tasavvur ham qilolmagan bo'lishsada,unga ularning hurmati yanada oshganini yuz ko'zlaridan anglab olish mumkin edi...

Добавлено (22.07.2014, 11:49)
---------------------------------------------
Oraga mavhum sukunat cho'kdi. Yigitlar ustozining o'y-kechinmalaridan ta'sirlanibmi yoki havoning isib boshlaganidanmi qo'llari ishga bormay qoldi. Aleksandr vaziyatni tushungan holda ularni ishlashga majbur ham qilmadi. Hali o'simliklardan ham namunalar olishimiz kerak,deya o'rnidan sekin qo'zg'aldida yana bir katta harsang tosh ustidagi qatlamni qirib idishga soldi.

Добавлено (30.07.2014, 22:03)
---------------------------------------------
Keyin Aleksandr yana yo'l boshladi. Ular yurib-yurib keng soylik bo'ylab egri-bugri yo'l ochib oqayotgan jilg'a yoniga borib qolishdi. Jilg'a suvi juda tez oqardi va o'ta darajada muzdek edi. Oyoqlari bilan suvga kechgan Husan soy suvining sovuqligidan eti junjikib sergaklandu va suvdan tezda chetdagi tosh ustiga chiqib olib,voy-ey muncha sovuq ekan yozdayam shunday sovuq suv bo'ladimi? Oyog'imdan o'tgan yax tishimgacha bordi-yov,dedi ustoziga yuzlanib.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
FC_PAXTAKORДата: Воскресенье, 17.08.2014, 00:50 | Сообщение # 18
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
smile
 
SokinaДата: Среда, 20.08.2014, 21:23 | Сообщение # 19
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Yana bittasiga izoh qo'ymabsizku biggrin

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Dilshod_AДата: Четверг, 21.08.2014, 13:57 | Сообщение # 20
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 117
Репутация: 2
Статус: Offline
bir vaqtim bo'liwi bilan xammasini o'qib chiqaman))
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter