Qoraqurt (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM
Qoraqurt (Sokina yozgan hikoya)
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 21.10.2012, 22:15 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Bahor kelishi bilan köpchilik tabiat bag'riga oshiqadi. Добавлено (11.10.2012, 23:08) --------------------------------------------- Hamdam dösti Ravshanga qöng'iroq qilib,shahar shovqinidan charchadim,yur qishloqqa borib dam olib kelamiz,deya taklif bildirdi.Hamdam bilan Ravshanning dadalari bitta qishloqdan,qarindoshlarining deyarli hammalari qishloqda yashashadi.Ularning oilasi taqdir taqozasi bilan shaharga kelib qolishgan... Добавлено (14.10.2012, 05:56) --------------------------------------------- Ravshan telefon tugmasini bosib qöygach,olis xotiralari bilan yakka qoldi.U bir voqea sabab uzoq yillardan buyon qishloqqa bormagandi,tög'rirog'i borishga umuman oyog'i tormasdi.Bölmasa u ham qarindoshlari,ayniqsa buvisini judayam sog'inardi.Buvisi uylariga mehmonga kelsa,qöyib yuborgisi kelmay qolardi.Gulinor buvi ham nabiralarini tashlab ketishga közi qiymasa-da,shahar sharoitiga moslasha olmay,qadrdon qishlog'iga jönab ketardi. Добавлено (14.10.2012, 20:01) --------------------------------------------- Ularnikiga mehmonga kelgan qarindoshlari Ravshanni qishloqqa olib ketishga harchand urunishmashin,u oyoq tirab turib olaverardi. Добавлено (15.10.2012, 13:47) --------------------------------------------- Öshanda Ravshan kollejni bitirib,oliygohga imtihon topshirish arafasida yurgan edi.Opasi Gulhayoni qishloqdagi uzoq qarindoshlariga uzatishdi.Töy ötgach,ikki hafta ham ötmay,shumxabar keldi."Gulhayo vafot etdi"...Bu shumxabarni ularga kim yetkazgandi,bunisi aniq esida yöq,ammo ösha ovoz haligacha uning qulog'ining tagida har zamonda sado berganday böladi... Mana bugun ham dösti bilan gaplashdiyu,vujudini og'ir tosh bosgandek böldi. Добавлено (15.10.2012, 19:30) --------------------------------------------- Ravshanning yuragi g'ijimlangandek siqildi.Giyohvandlikdan davolangandan söng,birdan bir ovunchi bölgan sigaretni buriqsitib tutatdi.Tomog'i qurib,og'ir-og'ir uzluksiz yötala-yötala oshxonaga chiqdi.Suvaraklar bemalol sayr qilib yuradigan bu xona oshxonadan köra axlatxona degan nomga munosibroq edi.Yutoqib bankadagi sovuq choydan ichdi.Stol ustidagi ortiqcha narsalarni axlat chelakka tashlamoqchi böldi,ammo chelakning tölaligidan hafsalasi pir bölib qöl siltab qöya qoldi. Uning bu qadar abgor ahvolga tushib qolishiga nima sabab bölgandi? Bu savolning javobiga boshlang'ich qaysi nuqtaga borib taqaladi,bu bizga qorong'u.Ehtimol,opasi Gulhayo vafot etganda yuragida qolgan bir tutam qasosli alamdan boshlanar? Uning achchiq qismatiga sabab mustahkam e'tiqodi yöqligida bölsa ham ajab emas... U ham tenqurlari kabi yaxshi yashashga intilar edi. Faqat,hayot sinovlarida qoqildi.Qoqilganda esa yaqinlari tirgak bölish örniga uni yanada mushkul ahvolda tashlab ketishdi.Nafrat hissi uni özligidan chalkashtirdi.Tanlash imkoniyati berilganda,tubanlikni ya'ni ruh va tana inqirozini tanladi... Oliygohga öqishga kirganda undan baxtli odamning özi yöq edi.Oltin davri ötgach,köngil qöygan qiziga uylantirishdi.Ishlari yurishib atrofida girdikapalaklar paydo bölganda,sevindi.Döstlarim köpayapti,deb ziyraklikni yöqotdi.Mana shu xonadonni sotib olganda yosh oila mustaqil yashaymiz,deya xursand bölishdi.Ammo,bu xonadonga Ravshan qancha pul topib kelmasin,barakasi yöq edi.Uning topgan-tutganiga qaynonasi egalik qilishini esa keyinchalik bilib qoldi... Ravshanning ishtahasi bölmasada nimadir yegishi kerakligini his qildi.Bir paytlar xolodilnik turgan oshxona burchagidan polga tökilgan kartoshkadan ikkitasini chala-chulpa archidi.Qöllari qaltiragancha,tög'rab keyin tovaning tagini yoqdi.Tova ichidagi yog' ichiga tushib qolgan suvaraklarni qöli bilan olib tashladi.Kartoshka qovurayotganda yog' sachrab qölini kuydirdi.Beixtiyor gavdalangan xotiralaridan qöli emas,yuragi achishgandek böldi... Rafiqasi ikki yil avval giyohvandlikka yöliqqanini bilib qolib,tashlab ketgandi.Ular turmush qurganidan keyin ham,aslida unchalik köngildagidek yashamagandi.Qaynonasi va onasining dam-badam aralashuvi bilan qirpichoq bölib qolishardi...Mana shu Hamdamdan boshqa uni tushunadigan odamning özi bu dunyoda qolmagandek.Puli köpligida Hamdamni nazarigayam olmay qolgandi.Giyohvand bölib ishlari yurishmay qolgach,atrofidagi ulfatlaridan birontasi qorasini körsatmadi.Uni qora ajalga tortgan va doimo qiyomatlik döstimsan,deya poyi-patak böladigan Pustam ham tönini teskari kiyib olgandi.Uni davolanishga majbur qilgan ham shu Hamdam dösti edi.Ota-onasidan ham bir voqea sabab,köngli qattiq qolib ketgandi... Добавлено (15.10.2012, 21:52) --------------------------------------------- Ertasiga unikiga Hamdam keldi.Uy ichidagi ivirsiqni körib,voybö,özing adashib ketmabsanam,tur yuvinib ol,boradigan joyimiz bor,deya achimsiq kölansa hid dimog'iga yoqimsiz tuyulsada,u yoq bu yoqni tartibga keltirgandek böldi.Döstining bunaqa xarob ahvolga tushib qolishiga sababchi bölganlarni g'udranib sökdi.Axlatni köchadagi axlatxonaga tashlab qaytganda,Ravshan yuvinib tayyor bölib turgan ekan.U hayoti özgarishini va bu mubham vaziyatdan chiqish uchun qanchalar intilsada avvalgi holiga qaytish uchun özida kuch topolmayotgandi.Shuning uchun oxirgi paytlarda,Hamdamga suyanib qolgandi.Hamdam uyni yana bir nazorat qilib,kalitni olib,yur jöra,deya Ravshanning yelkasiga qölini qöydi. Добавлено (17.10.2012, 18:14) --------------------------------------------- Ikki döst tashqariga chiqqanda,bahor quyoshi har kungidan köra,jadalroq yer yuzini qizdira boshlagandi.Quyosh nurlaridan Ravshanning közlari qamashib ketdi.Kengayib ketgan qorachiqlari og'riqni his qilgandek böldi.Tezda qölidagi qora közoynakni taqib oldi.Hamdam uning qilig'idan kulgisi kelib hazillashdi.-Ha,nima gap shpionlarga öxshab qora rang közoynak taqib olding?- Közim quyosh nuriga og'riydigan bölib qolgan,Ravshan aybdorona javob qaytardi.Hamdam döstining sogligidan xavotirlanib jiddiylashib söradi.-Döxtirlarga aytdingmi,nima deyishdi?-Aa,ahamiyat berma,shunchaki ötib ketadigan holat ekan,Ravshan qölini sekin siltab javob berdi.Ikkalasi mashina yoniga borganda,Ravshan qayoqqa ketayotganligini söradi.-Borgandan keyin bilasan,Hamdam ayyorona köz qisib qöydi.-Juda sirlisan-da,döstim,Ravshan siniq jilmaydi.Mashina motori öt olganda,Hamdam qani tulpor,olg'a,deb qöydiyu,haydab ketdi.Mashina shaharning keng va obod köchalarini birma-bir tark etib,trassaga chiqqanda Ravshan qishloqqa ketishayotganini anglab,köngli xijil tordi.Ammo,Hamdamga qarab uning quvnoq kayfiyatda taralayotgan qöshiqqa jörovoz bölib xirgoyi qilib ketayotganini körib,indamay qöya qoldi.-Hamdam,shu qishloqqa borishimiz shartmi,boshqa joyga borsak bölmaydimi?-Yöq,jöra bölmaydi.Qishloqdagilarga aytib qöyganman.Ular ikkalamizni kutishayapti!,Hamdamning qat'iy javobi,e'tirozga örin qoldirmadi.Ravshan og'ir uf tortgancha,özing bilasan,deb qöydi.Hamdam tezroq manzilga yetish niyatida mashina tezligini oshirgandan oshirardi. Добавлено (17.10.2012, 22:48) --------------------------------------------- Ikkovlon qishloqqa kirib borishganda kun peshindan oqqan edi.Hamdam mashinani tög'ri amakisinikiga haydadi.Tölagan ota jiyani bilan quchoq ochib körishdi.Ravshanni tanimagani uchun,xush kelibsiz,mehmon,deya qöl berib salomlashdi.-Amaki,bu Ravshanku tanimadingizmi,deya Hamdam eslatganday bölgandan keyin,Tölagan ota biroz ajablangandek unga qaradi-yu,tezda özini önglab,ey qarichilik qursin,deya Ravshanni bag'riga bosib qaytadan körishdi.Qishloqning pastak devorli bu hovlisi quyuq daraxtzor,yam-yashil öt-ölanlar bilan burkangan edi. Добавлено (18.10.2012, 00:08) --------------------------------------------- Hamdam bu hovliga köp kelgan,ayniqsa rahmatli buvisi tirik paytda ta'til paytlarda shu yerda bölardi.Tölagan ota mehmonlarni uyga boshlayotgan edi,Hamdam supaga ötiramiz,deb qoldi.Otaning kelinlari apil-tapil supaga joy hozirlashdi.Kelinlarning biri Ravshanga ham qarindosh böladi.Ammo,u ham Ravshanni tanimadi. Добавлено (18.10.2012, 17:47) --------------------------------------------- Ravshan aftodohol ahvolda supada qunishib ötirardi.Öziga berilgan savollarga ham yarim-yorti javob berib ötirardi.Hamdam uning ranglari allanechuk siniqib tundlashayotganini sezib,sekin turtib,nima bölayapti,degandek imo qildi.Ravshan yelkalarini qunishtirib,sovqatayapman,dedi.Tölagan ota,sergaklik bilan hoy Barchin,yangi tönimni obchiq,deya kampirini chaqirdi.Barchin momo tönni quchoqlagancha kelarkan,mehmon keptiku,Hamdamjon seni körar kun borakanku,deya Hamdam bilan undan söng Ravshan bilan körisha turib,uning közlariga sinchiklab tikilib,Ravshanjon senmisan,deya sevinch aralash hayrat bilan söradi.Ha-ha Ravshanboy böladi,deya uning örniga Tölagan ota javob berdi.- Xolang qoqindiq,örgilay közlaringdan yaxshi yetib keldilaringmi.Qarindosh-urug',bola-chaqa omonmi,...Barchin momo har ikkalasi bilan ham uzoq sörashdi.Mehmondorchilikdan söng,Hamdam joyidan sekin qözg'aldi.Turayotib Tölagan otaga imo qildi.Ota bir yötalib qöyib,Ravshanjon sen momong bilan gurunglashib ötiraver.Bizdi kampir radioniyam mot qiladiganlardan,deya hazil qildi.Darhaqiqat,Barchin momo gapga usta edi.Uzoq-yaqin ötmishdan eslab,Ravshanga rosa gurung berdi.Momoning basavlat gavdasiga yarashmagan chaqqon harakatlarda qöllarini harakatlantirib voqealarni hikoya qilishi beixtiyor kulguga sabab bölardi. Hatto,yaqin yillarda kulishni unutgan Ravshandek odamniyam kuldirishga muvaffaq böldi.Ravshan uning beg'ubor va samimiyligidan zavqlanib,momo haliyam özgarmagansiz-a,dedi.Momo,endi shu boboy vaqtida köp xapa qigan,bömasa bundanam chiroyli bölardim,deya ovozini ataylab balandlatib gapirdi.Tölagan ota eshitdimikan deya, quvlik bilan kulib bog' tarafga qaradi.Ular ancha olislab ketib,nima haqdadir suhbatlashayotgan edi.Momo hafsalasi pir bölgandek,ozib-yozib egasi eshitsin deb,bir g'iybat qiluvdim,uyam yarim yöldan özimga qaytdi,deya qah-qah otib kuldi.Unga sayin Ravshan ham chehralari yorishib miriqib kuldi. Добавлено (18.10.2012, 18:29) --------------------------------------------- Ösha kecha Ravshan tiniqib uxladi.Hamdam ham uni uyg'otmadi.Ertalabki nonushtani qilayotgan payti Ravshan xijolatomuz mehmonxonaga kirib keldi.-Kel,og'ayni shiringina bolaga öxshab uxlayotgan ekansan,uyg'otmay qöya qoldim.-Assalomu alaykum yaxshi dam oldilarizmi,deya hol-ahvol söragan Ravshan dasturxonga yaqin ötirdi.Barchin momo sopol kosada qaynoq sut olib keldi.Keyin dasturxondagi nondan tög'radi va Ravshanning oldiga kosani surdi. -Osh bölsin bolam,ichib ol tanangga darmon böladi,deya mehribonilik ohangida gapirdi.Momoning ovozida mung bor edi. Добавлено (19.10.2012, 09:53) --------------------------------------------- Qishloq joylarda gap-söz tez tarqaladi.Ravshanning giyohvand bölib qolganiyu,undan keyin boshiga tushgan kulfatlar haqida ham uzunquloq gaplar qishloqqacha yetib kelgandi.Lekin,köpchilik qatori Barchin momo ham uni közi bilan körmaguncha ishonmagandi.Barchin momo kecha uni faqat nigohidangina tanib olgandi. Добавлено (19.10.2012, 14:57) --------------------------------------------- Ravshanni bolaligidan buyon taniydigan momo,uning achchiq qismati haqida Tölagan otadan eshitib uni qishloqda olib qolib yordam berish ya'ni davolash niyatini aytdi.Tölagan ota ham ma'qul,deb qöydiyu,yana öylanib gapida davom etdi.-Giyohvand odam bir bu yölga kirgandan keyin davolansayam yana qaytadi,deb eshitgan edim.Hozir qoradori qabul qilmayotgani bilan yana qaytsa nima böladi,davoingni foydasi bölarmikan? - Hammasi niyatga bog'liq boboy,noumid-shayton.Nega bölmaydi,judayam böladida,gulday yigit shunday holga tushadiyu,bilganimni qimasam gunohkor bömaymanmi?! Bu becharayam odam,eslaysizmi qandoq gulday bola edi-ya,momo bu gaplarni goh kuyinib,goh sevinib gapirdi.Kecha Ravshanning ovqatiga tabiy giyohlardan tayyorlanib,bisotida 40 yildan ortiq vaqtdan buyon saqlanayotgan dorivor malhamdan aralashtirgandi.Hozir ham sutga sunbula ösimligining ildizidan qöshib pishirgandi.Sopol idishda taom sifati tez buzilmaydi va shifobaxshligi yanada ortadi.Ravshan sutdan bir-ikki qoshiq ichdiyu,ta'mi odatdagidan köra xushxörligini sezdi.Ammo,indamaygini kosani böshatganda kosa tagidagi allaqanday oq-sarg'ish rangdagi kukunli quyqaga qarab,xola sutga nima qöshgansiz,ta'miyam boshqacha ekan,deya köngli xijillanib ikkilanganday savol berdi.-Aylanay közingdan,sutda sunbula bor.Sunbula ichdagi jami yig'ilgan quyqa(izoh:shlak)lardan xalos qiladi.Qondi tozalab,tanaga kuch yig'adi,Barchin momo bu gaplarni qat'iy ichonch bilan dona-dona qilib gapirdi.Ravshan tanasida bu tozalanish jarayonini göyo his qilgandek yengillashdi.Chehrasi ochilib,e shunaqami,deya momoga hayron qaradi.- Esingdan chiqdimi,giyoh ishlatmasdan biror ovqat pishirmaymanku,aylanay közingdan,deya momo uni yanada tinchlantirdi.Yana shuni angladiki,uning ruhiy ahvolida ham anchagina illatlar yig'ilgan.Avvalo,ruhgamuolaja qilish lozim,bölmasa davo bekorgayam ketishi mumkin.Könjilidagi xijillik odamlardan köp aziyat köravergani oqibatida ishonch hissining yöqolganligidan deb tushundi. Har doimgidek mehribonlik ohangida gapida davom etdi.-Aylanay közingdan biznikida qol,tanangdagi g'uborni aritasan.Malham bilan tanayu-ruhingni tozalaysan.Avvalo xudo. Shaharda nima qilasan,ösha tor kulbangda siqilib,aylanay sendan.Momoning gapiga Tölagan ota ham qöshildi.-Ravshanboy,biz senga begana emasmiz.Qolaqol biznikida! Boshingga tushgan sinovlardan xabarimiz bor.Ammo,sen xapa böma,senga öxshagan yigitlar tegirmonga tushsayam butun chiqadi.Mana shu momongdi bilmagan davosi yöq.Duxtir-muxtir deb ötirmaymiz,nima qilsayam davolab otday qib yuboraveradi.Momongning tishining kovagida asrab yotgan ilonu-chayondan tayyorlangan malhamlari bor,sen bahona bizgayam ozginadan tegib qolarmidi,deya gapini hazilga burib tugatdi. Добавлено (19.10.2012, 15:28) --------------------------------------------- Hamdam ham hazilga javoban xayrihohlik bildirdi.-Amakim tög'ri aytayaptilar yangamning changaliga tushgan ilonu-chayonlaram zahrini yöqotadi,qöyadi.Sen qishloqda qolib,besh-ön kun dam ol.Uyingdan özim xabarlashib turaman.Birorta kelin topib olsang,bahonada töyingniyam ötkazib keyin qaytarsan.Ravshan ularga minnatdor boqdi va ma'yus ohangda xijolatlik bilan gapirdi.- Qanday bölarkan.Özimniki özagimni qirqqanda,shu döstimdan bölak yonimda hech kim qolmagandi.Xudoga shukur,mana yana shu döstim tufayli sizlar bilan qayta körishdik.Men irodasizlik qildim,katta xato qilib qöydim.Keyin esa ana shu xatoimni tuzatishga harakat qilayotgan paytimda hatto,ota-onam ham yuz ögirishgandi.Mendek giyohvanddan hamma or qiladi,sizlar esa odamgachilik qilayapsizlar.Xudo xohlasa sog'ayib ketsam,yaxshiliklaringizni qaytaraman.Agar mendan qaytmasa,xudodan qaytsin,deya közlari jiqqa yoshga töldi.Uning ahvoliga Barchin momo chidab turolmadi.-Aylanay közingdan xapa böma,Allohimning karami keng.Allohga tovba,de bolam,Allohga shukur qil,bundan battar bomaptiku,deya dalda berdi.Tölagan ota ham ta'kidlab,ha tög'ri bundan battar bömaganiga shukur qil.Odamzodga har xil sinov beradi.Mana muhimi,özingda istak borakan buyog'i xudo xohlasa yaxshi böladi,deb qöydi.Hamdam gapni burdi,bömasa biz Ravshan bilan biiir qishloqdi köchalarida sang'isak.-Obbo,haliyam bolaliging qomabdi senlarning,bir baloni boshlab kelsalaring naq adabingni beraman,deya momo yolg'ondakam pöpisa qildi.Hammalari barobar kulib yuborishdi.Dasturxonga duo öqilgach,örinlaridan qøzg'alishib birin-ketin hovliga chiqishdi. Добавлено (19.10.2012, 20:11) --------------------------------------------- Tashqarida ertalabki bahor quyoshi yaltillab chiqib turibdi.Bunday ajib rohatbaxsh havodan esa faqat töyib-töyib nafas olish mumkin,xolos!Hamdam bilan Ravshan sekin-sekin qadam bosishib, qishloq köchalarida aylanib bolalik chog'larini eslashdi.Ular yurib-yurib qishloq chetidagi qabristonga kelib qolishdi.Qabriston darvozasidan kirib yolg'izoyoq yöldan izma-iz ketib borishardi.Ravshan dösti Hamdamning orqasidan qadam tashlarkan,sukunat hukm surgan bu "ölka"da uning opasi Gulhayo ham yotganini eslab,vujudini g'ashlik chulg'ab oldi.Uning qabrini izlab topgisi kelib past ovozda,Gulhayoni qabri qayoqda ekan?,deya öziga özi gapirgandek söradi.U bilmagan qabrni Hamdam qayyoqdan bilsin. -Qorovuldan sörash kerak,Hamdam shunday deya közlari bilan atrofdan tirik jon izladi.Ulardan chaproqda yerdan past ovozda chiqayotgan dursillagan ovoz tomon yurishdi.Görkov gör qaziyotgan ekan. -Assalomu alaykum. -Va alaykum assalom.-Kim qazo qilibdi? - Ilhom sariq rahmatli böpti.Hamdam peshanasi tirishib eslashga harakat qildi.Ammo,harchand xotirasiga zör bergani bilan eslolmadi.Özini eslaganday qilib körsatib,ha rahmatli yaxshi odam edi,deb qöydi.Ravshan ajablanganday döstiga qaradiyu,unga yaqinroq keldi.Görkov javob qaytarmadi,belkurakdagi tuproqni jahd bilan tepaga otdi.Ravshan avvaliga ajablangan bölsa,keyin esa döstining xarakterini bilgani uchun, bu gapni shunchaki taomiliga aytdi, degan öyga bordi.Lekin,shuning barobarida könglida öksik aralash allaqanday alamli tuyg'u zohir böldiyu,sezdirmaslikka harakat qildi. Hamdam ha,deganday boshini silkitib qöydi-da,yana görkovga qarab,biz Meyli muallimding kelini Gulhayoning qabrini izlayotuvdik,deya iltimos ohangida gapirdi.Görkov indamay bir sakrashda lahaddan chiqdi.Ust-boshidagi tuproqni qoqqanday böldi va sözsiz yöl boshladi. Добавлено (20.10.2012, 18:44) --------------------------------------------- Qarovsiz qabrlar örtasida atrofiga rayhonlar ekilgan qabrni körsatgan görkov,mana shu Gulhayo rahmatlini qabri,deya qiroat bilan berilib Qur'on tilovat qildi.Yuziga xomush fotiha tortdi.Söng,yangi unib chiqqan rayhonlar orasidagi mayda toshlarni chetga olib tashladi.Ravshan hayrat aralash qiziqsinib görkovdan söradi.-Qabrga kim qarab turibdi.Görkov ortiga burilib keta turib,uning savoliga jerkib javob berdi.-Nima farqi bor! Ravshan bilan Hamdam ilkis görkovga qarashdi.Vo darig' bu Gulhayoga uylangan yigit Ilyos edi.Ya'ni, Ravshanning ikki haftalik pochchasi.Ravshan karaxt ahvolda hushi boshidan uchib unga qarab qoldi.Hamdam ham görkovga sinchiklab e'tibor qildi-da,uni taniganday böldi.Ichida, ishqilib tinch ketaylik-da,deb qöydi.Ravshan og'riqli xotiralar bilan vujudiga bostirib kelgan kuchli g'azabini bosishga harakat qildi.Ammo, undagi bardosh özini bosib olishga dosh berolmadi.Kamiga, Ilyosning sovuq muomulasi uni quyushqondan chiqib ketishiga yanada turtki bölgandi.U boshqa chidab turolmadi. Bor kuchini jamlab Ilyosga qattiq musht tushirdi.Hamdam chaqqonlik bilan uni chetga itardi.-Kallang joyidami,qabristondamizku!,uning tahdidli ovozidan Ravshan hushiga kelganday böldiyu,ammo alami ichida qoldi.Miyasida g'azabga hamroh yuradigan adovatli savollar gujg'on öynay boshladi. Добавлено (20.10.2012, 19:08) --------------------------------------------- Hamdam ma'yus qiyofada Ravshanga hamdardlik ohangida,ketdik jöra,boshqa payt yana kelamiz,deya qölini uning yelkasiga qöydi.Döstlar vazmin qadamlarda qabristonni tark etishdi.Ular toqqa qarab yöl olishdi. Ancha yölni har biri öz öy-xayollari bilan andarmon bölgancha bosib ötishdi.Uzoqdagi otlar uyuriga közi tushgan Hamdam döstini chalg'itishga harakat qildi.-Ravshan, qara otlar.Boramizmi? -Yöq,yaxshisi uzoqdan tomosha qila qolamiz,u xomush javob qaytardi. Добавлено (21.10.2012, 09:09) --------------------------------------------- Ikki döst qiyalikka ötloq ustiga uzala tushib yotib olishdi.Ravshan chalqancha yotgancha osmon qa'riga tikladi.Könglida Allohga nola qildi,e xudoyim bu azoblardan xalos et,deya könglidan kechgan iltijosidan köksidagi qaysidir tomirlar tortishganday böldi.Hamdam ham buni sezganday gap boshlab qoldi.- Ravshan bilasanmi yaqinda bir maqola öqib qoldim.Qaysidir bir mamlakatning olimlari yuramizdagi holi bir joyda Alloh,degan arabcha yozuv borligini isbotlashibdi.Eslaysanmi Barchin yangam bolaligimizda nima derdilar.Ravshan bolalik chog'larida Tölagan otanikida ötkazgan ta'til kunlarini esladi.-Ha eslayman.Alloh bizlar öziga tegishliligiga ishora qilib qalbimizga muhr bosib yaratadi.Aslida hamma bu dunyoga musulmon bölib dunyoga keladi,deb aytardilarda kepkamizga töldirib zardoli berardilar.Qalb quvvati iymon,yurak quvvati zardoli,deb qöyardilar.-Menam ana shu gaplarini köp eslayman.Uka-singillarim haliyam zardolini körsa shu gapni qaytaradi.Demak,bu gapni hammaga aytar ekanlar.Buyam tarbiya!,Hamdam shunday deya bir kashfiyot qilgandek sevinib döstiga qaradi.-Hamdam,qani endi shu Barchin ona mening onam bölganlarida edi.Ravshan nega bunday deganini Hamdam yaxshi bilsa-da,gapni hazilga burib yubordi.Unday dema döstim.Agar shu gapingni Barchin yangamga gapirsang bormi,naq baloga qolasan,deya zavqlanib kuldi. Добавлено (21.10.2012, 21:00) --------------------------------------------- Ravshan döstining haziliga javoban siniqqina jilmayib qöydi.Ota-onasini, ularning yoniga borgan damlarini esladi.Öshanda giyohvandlikka chalinib,oilasi buzilayotgan payt edi.Uni ota-onasi uyigayam kiritishmadi.Ertasiga onasi kelib,uning uyidagi yaroqli jihozlarni mashinaga ortib olib ketdi.Ketguncha xöp qarg'ab ,eng dahshatlisi, oq qildim deb duoibad ham qilib ketdi.Kamiga undan keyin xotini ukalari bilan kelib rosa qirg'in-töpolon qildi.Uyda qaynonasining mashinasiga sig'may qolgan jihozlarning qolganini u olib ketdi.Onasi egalik qilgan jihozlarni Ravshanni qoradoriga almashtirgan,deya öyladi chog'i alamidan tishlanib hali hammasini tölaysan.Tölamaganingga qöymayman,deb Ravshan bilan uy uchun sudlashishini aytib döq-pöpisa qilib chiqib ketdi. Qaynilari ham ölganning ustiga tepganday tepkilab rosa döpposlashdi.U özini butunlay chiqitga chiqqan odamdek keraksiz his qilardi.Xumori tutgan paytda esa titrab-qaqshab ming bir azobda tölg'onib kun ötkazardi.Ana shunday zulmatli kunlarining birida ostonada oftob kabi Hamdam paydo böldi.Uni holi-joniga qöymay davolatdi. Bir kun ham nazoratsiz qoldirmay dalda berib turdi.Rafiqasi sud mojorasini boshlaganda esa,noinsof ayol bilan uyni men sotib olaman,deya masalani sudsiz hal qilishga kelishdi.Amal-taqal qilib tanish-bilishlaridan qarz havola töplab,uyning yarim pulini unga berib rozi qildi.Oradan vaqt ötaverdi, Ravshan tez-tez davolanib turdi.Shu orada nikohiniyam rasman bekor qilishdi.Hamdamga döstini qora og'u changalidan xalos qilishni otasi buyurgandi.Otasining sözi uning uchun qonun edi.Shu sabab Ravshandan xuddi yosh gödakka köz-quloq bölgandek xabardor bölib turardi.Oxirgi davolanishga yotishdan oldin uni qöyarda qöymay ota-onasinikiga yubordi.Ravshanni ota-onasi qabul qilmadi.Urib-sökib uydan haydashdi.Hamdam bu ishidan qattiq afsuslandi,hech bölmasa dösti bilan birga bormaganiga özidan jahli chiqdi.Ana shundan keyin davolangani foyda berdimi yoki befoyda havoga uchdimi bunisi qorong'u.Ravshan keyingi paytlarda sogayayotganini his qilayotgandi.Ammo, tug'ilib ösgan uyidan eng yaqin odamlari tomonidan haydalgandan söng butkul umidsizlikka tushib qoldi.Mana endi yana jonajon dösti Hamdam joniga oro kirdi... Добавлено (21.10.2012, 21:15) --------------------------------------------- Ikki döst daladan ortga qaytayotganda kun asrga yaqinlashayotgan edi.-Men och qolganimni endi sezdim,sen-chi?,Hamdam har doimgidek döstining yelkasiga qölini qöyib savolga tutdi.-Yöq och qolmadim,ertalabki sutning quvvati bilan yuribman... .Shunday qilib,Ravshan qishloqda qoladigan böldi.Hamdam ertasiga qaytib ketdi...
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Воскресенье, 21.10.2012, 22:15 | Сообщение # 2 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Bu hikoyalarizni tezroq kitob holida ko'rmasak bo'lmaydi((
|
|
| |
Sokina | Дата: Вторник, 23.10.2012, 14:12 | Сообщение # 3 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Rahmat sizga e'tibor uchun.Lekin,yozayotgan hikoyalarimda kamchiliklar köp,deb öylayman.Hikoyalarimning saviyasi kitob holida chiqarish darajasiga yetgan yöq,nazarimda.Allohning ato etgan qaysidir kunida kitob ham bölib qolar.) Добавлено (22.10.2012, 16:56) --------------------------------------------- Ravshan özidagi rutubatli darddan tezlik bilan xalos bölib sogayayotganini his qilardi. Unda yashash uchun rag'bat paydo bölgandi.Atrofidagi mehribon insonlarning unga samimiy va beg'araz xayrihohligidan köngli,ruhi osmon qadar kötarilardi.Shunga sayin tanasida ham jismoniy mehnatga ehtiyoj seza boshladi.Tölagan ota va ög'illari qatorida bog'-tomorqa ishlarida kömaklasha boshladi.Mehnat qilib badanidan qora ter chiqib ketayotganda,özini qushday yengil his qilardi.Har zamonda bolalikda birga ösgan jöralari ham kelib undan hol-ahvol sörab turishardi.Kunlar köz ochib yumguncha ötardi.U dunyoda soat ,degan narsa borligini unutdi.Qishloq köchalarida yurganda esa ötgan-ketgan bir-biri bilan salomlashib ötishlarini kuzatib qadrdonlik rishtalarining mushtarakligini va özi ham ana shu qadrdon davrada ekanidan xursand bölardi.Ayniqsa,kampirlarning uning elkalarini qoqib- qoqib,uzundan uzoq hol-ahvol sörashlariyu,qöyarda qöymay mehmonga olib ketadigan oqsoqollarning ögitlaridan bag'oyat shodlanardi.Qizlarning uzoqdan unga qarashsa-da,yonidan ötib ketayotganda unga qiyo ham boqmay sekingina salom berib ötib ketishlari uni zavqlantirardi. Bu insoniy munosabatlarning barchasi esa uning qalbidagi odamlarga nisbatan yöqotgan ishonch hissining tiklanib, qalb jarohatiga malham topayotganidan darak edi.Barchin momo uning uchun erinmay dorivor taomlar tayyorlar, Ravshanning butun avzoi-badani tozalanayotganini uning miyasiga goh hazil,goh chin gapirgan gaplari bilan singdirib borayotgandi.Avvaliga Ravshan bu taomlarga va dorivor damlamalarga rostdanam ilon-chayonlar qöshilib tayyorlangan bölsa kerak,deb öylab xijil yurdi.Uning gumonlarini Barchin momo bir zumda chippakka chiqardi.Bu malhamlar faqatgina tog'da ösadigan shifobaxsh ösimliklardan tayyorlangani va halol davo böla turib xarom davoga murojaat qilinmasligi tög'risida unga tushuntirdi.Momo nevarasi bilan toqqa giyoh terib kelishga ketayotganda uni ham hamroh qildi.Menga yordam berasan, xurjunni yelkangda kötarib olib yurasan,deya giyoh terishga olib bordi.Qaysi giyoh oyning qaysi kunida hattoki,kunning qaysi vaqtida terilishini yoddan biladigan bu momoning zukkoligiga tan bergancha,giyoh solingan xurjunni yelkasida olib yurgan Ravshan ulardan orqada qolib ketardi.-Xola, buncha chaqqonsizlar?,deya öpkasi harsillab yetib olar va yana dam ötmay orqada qolib ketaverardi.Momoning unga rahmi keldi chog'i,nevarasini unga hamroh qilib qöydi.Nevarasi Isomiddin 12 yosh bölsa,ham ancha tetik va norg'ul körinardi.Ravshandan xurjunni oldi,unga uydan olib kelgan qatiqni berib,qultumlab iching,deb qöydi.Qatiqning chuchuk va shirin mayin ta'mi uning nafas olishini me'yorlashtirganday böldi.Isomiddinga minnatdor boqqancha idishni uzatarkan,senam tabib bölmoqchimisan?,dedi.-Ha,tabiblikni mukammal örganib,medinstitutda öqimoqchiman,nasib bölsa,deb qöydi.-Öqigin,ukam öqi.Xudo xohlasa olim bölarsan balki,olimlaram vaqtida senday bola bölganku,Ravshan shunday deya öyga tolib qoldi... Добавлено (23.10.2012, 08:02) --------------------------------------------- U ham bir paytlar öqigan edi.Oliy ma'lumot oldiyu,na olim böldi na odam böldi.Ravshan shu öylarni afsus bilan kechirarkan,ichki tomonidan allaqanday jöshqin bir quvvat kelganini his qildi va albatta yangitdan hayot boshlayman,deya öziga qat'iy söz berdi... Kechga tomon uyga qaytishayotganda ularga yarim yöldan ot yetaklagan qiz hamroh böldi.Isomiddin yelkasidagi xurjunni otning ustiga irg'itdi-da,öziyam chaqqonlik bilan otga minib oldi.Qiz qölidagi jilovni qöyib yubordi.Barchin momo qizning salomiga alik olarkan,odati böyicha uzundan uzoq sörashdi.- Sulaymon chavandoz omonmi,Noznigor suluv esonmi,otang,onang,aka-ukalaring,...deya özi tanigan jami qarindosh urug'larning ahvolini sörab chiqdi.Qiz ham bu odatlarga örganib ketgan emasmi,shukur-shukur,deya javob qaytarib turdi.Barchin momo bilan salomlashish "marosimi" tugagach,Ravshanga qarab assalomu alaykum,deb odob bilan salom berdi.Ravshan quruqqina qilib yaxshimisiz,deb qöya qoldi.Shu asnoda uning közlariga nogohon közi töqnashib ketdi.Qizning közlarida mung bor edi.Qiz darrov közlarini chetga oldi.Isomiddin ot tepasidan qizga qarab,Vazira opa bu ot Qoraközning bolasimi,dedi.Vazira, ha topding Isom,bu Qoraközning bolasi Oqqanot böladi,deb qöydi.Ravshan bilan Isomiddin oldinda,Barchin momo bilan Vazira esa ularning orqasida kelishardi.Barchin momo ularga gurung berar,ora-sirada qizdan savol sörab qöyardi.Köpchilik bölishgani uchun yöl masofasiyam bilinmadi,bir pasda uyga yetib olishdi.Tölagan otaning uyiga yetib kelishganda Isomiddin otdan tushdi.Vazira otning jilovidan ushlab,momo biznikiga öting,momom bilan gurunglashib kelasiz,deya xayrlasha turib Ravshanga qarab odamgarchilik yuzasidan,siz ham öting,deb qöydi.Barchin momo ham gapga usta emasmi,nasib qilsa tòyingga òtamiz,deb kulib qöydi.Qiz ma'yusgina jilmayib qöyib yölida davom etdi.Barchin momo yöl-yölakay kuyingancha deyarli shivirlab gapirdi,nahotki shunday gulday qiz sölib tugasa-ya?! Ravshan unga hayron qaradi,xola nega unaqa deyapsiz yoshgina qizku.Ha shuni uchun aytayapmanda, bolam.Bu oilaning qizlari doim qishloqning eng suluv qizlari bölib kelgan.Ötgan yili bahorda Vazira bir polvon yigitga unashtirilgan edi.Yoz boshlarida ana-mana töy boshlanadi,degan kunlarding birida yigit selda chökib ketdi.Kasofat katta sel tösatdan kelib qolgan edi-da,qochishga ulgurmay qolgan,boyaqish.Uyammas-buyammas ajal tortkan,bömasa polvon yigit bölsa.Qiz shörlik shahardagi akasinikiga ketgan ekan shu kunlari,bobosi Sulaymon chavandoz qizga xabar berishga qöymadi.Akasinikida bemalol yuraversin,töy oldi özimiz borib olib kelamiz,deb tayin qilib qöydi.Qiz bechora bexabar yuraversinda,oradan ancha payt øtib,kimdandir xabar topib qishloqqa qaytdi.Dardi ichida qoldi shörlikkinaning,ori-andishasi kuchli qiz ekan.Ich-ichidan yondi.Odamlarga körinmadi, kuyib kul bölsayam tovushini chiqarmadi.Yana shaharga akasinikiga ketdi.Essizgina ne bir yigitlarga tegmay shu polvonni tanlagandi-ya,taqdirning ishini qara,endi birovga köngilam bermaydi,tegmayaptiyam.Eshigiga kelgan bari sovchini qaytarayapti... Barchin momo közlariga jiqqa yosh tölib voqeani Ravshanga hikoya qilib berdi. Добавлено (23.10.2012, 13:12) --------------------------------------------- Ravshan uyquga ketguncha Vazira haqida öyladi.Shu kecha hatto tushigayam kirib chiqdi.Vazira otga minishni örganing, deya otni yetaklab uning yoniga kelganmish.Uzoqdan tumanlik ortidan bir yigit ham unga qarab turganmish.Ravshan otga minganda yigit közdan g'oyib bölibdi.Uning örnida bahaybat daraxt paydo bölib qolibdi...Ravshan uyg'onganda quloqqa yoqimli azon tovushi eshitildi.Ha,demak bomdod vaqti bölibdi.Qiziq,bu yerda baland ovozda azonam aytaverishadi,Qur'on tilovat ham qilishaveradi.Shaharda-chi,birovning uyidan Qur'on tilovat eshitilib qolsa,kim qazo qilibdi ekan,deb möralab qolishadi.Ravshan beixtiyor yaqinda u yashaydigan köp qavatli uyda bölib ötgan voqeani esladi.Yangi qöshni köchib kelibdiyu,tongda azon aytibdi. "Sergak" qöshnilar haytovur arz qilishgan chog'i,tushga yaqin uchastka noziri ,posbon va mahalla faoli uning ostonasida paydo bölishibdi.Hujjatlarini obdon tekshirib köngli tinchishmabdi shekilli,uyini ham tintib chiqishibdi.Haligi uy egasi hayron emish,bu yerda shunaqa qilisharkanda deb,soddaligiga borib tursa,mahalla faoli dabdurustdan qaysi oqimga a'zosiz,deb sörab qolibdi. Haligi odam gap nimadaligini fahmlaganday bölib,banda bölib namoz öqishniyam yaqinda örgangan edim.Hech qanday oqim-poqimdan emasman,deb javob beribdi."Ayb"ini isbotlaydigan daliliy ashyo topolmagan uchastka noziri nima deyishini bilmay,oxiri öylab-öylab uy egasining "ayb"ini topganday bölibdi.Baland ovozda azon aytayotgan ekansiz hammani tinchini buzib,jamoat tinchligini qöpol ravishda buzayapsiz,deb közlarini löq qilibdi.Pospon sal insofliroq ekanmi,muomula yöli bilan unga tushuntiribdi,aka namoz öqisangizam birov bilmasin.Azon aytib dinga da'vat qilganingiz uchun gap chiqsa biz javobgar bölib qolamiz,deb qöyibdi.Uchastka noziri esa,yöq namozni faqat masjidga borib öqing,deb döq qilibdi.Uy egasiyam xöp,deb rozi bölishdan özga chorasi qolmabdi.Ösha odam Hamdam bilan birga ishlarkan,Hamdam unga bu voqeani hikoya qila turib,bularing salla desa,kallani olib tashlaydiganlarning xilidan ekan,deb ijirg'anib qöygandi. Bu yerda esa umuman boshqacha manzara,qishloqda namoz öqimaydiganiyam Allohga e'tiqod qiladi.Gunoh qilishdan qörqib turishadi. Qur'on oyat-suralaridan hech bölmaganda 5-6 tasini yoddan biladi.Ehtimol,bu yerda shuning uchun ham mehr-oqibat kuchlidir?! Ravshan azon ovozi tinguncha,shu öy-fikrlarni köz öngidan ötkazdi.Xayoli körgan tushiga chalg'iganda yana Vazira haqida öylay boshladi.Tushimning ta'birini Barchin xoladan sörashim kerak,deb boshqa tomoniga ag'darilib yana uyquga ketdi...
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Пятница, 26.10.2012, 00:36 | Сообщение # 4 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Hmm hmm... Yigitti guli otingni qamchila endi... Ana baxting... ))))))
|
|
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 04.11.2012, 16:24 | Сообщение # 5 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Ösha kuni Hamdam kelib qolib,körgan tushi xayolidan parishon böldi.Hamdam ösha eski odaticha,döstining yelkasiga qölini tashlab,chiroyli yigit böp ketibsanku,jöra,deb uning tölishganiga va yuzlarining rangi tiniqqanligiga ishora qilib gapira turib sevinib ketdi.Ravshan xijolat tortgancha,qöysang-chi döstim,deb jilmayib qöydi... Ikkala döst yana qishloq köchalarini changitish uchun ravona bölishdi.Ular tög'ri qabriston tarafga ketishayotgandi... Добавлено (28.10.2012, 19:17) --------------------------------------------- Ösha kuni Hamdam kelib qolib,körgan tushi xayolidan parishon böldi.Hamdam ösha eski odaticha,döstining yelkasiga qölini tashlab,chiroyli yigit böp ketibsanku,jöra,deb uning tölishganiga va yuzlarining rangi tiniqqanligiga ishora qilib gapira turib sevinib ketdi.Ravshan xijolat tortgancha,qöysang-chi döstim,deb jilmayib qöydi... Ikkala döst yana qishloq köchalarini changitish uchun ravona bölishdi.Ular tög'ri qabriston tarafga ketishayotgandi... Добавлено (28.10.2012, 20:07) --------------------------------------------- Ravshan shu orada bir necha bor Ilyosning oldiga borib , opasi Gulhayoga aslida nima bölganligini söramoqchi bölgandiyu,ammo bunga jazm qilolmadi.Opasi haqida eshitib,özini tutolmay qolib jahl ustida nimadir sodir qilib qöyishdan chöchidi.Hamdam atrofdan Ilyosni izlab topishga ketganda Ravshan opasining qabri tomonga yöl oldi.Ilyos qabr atrofini tozalayotgan ekan,qadam tovushlarini eshitib shu tomonga qaradi.Ravshan uning qabr yonida chökka tushib mung'ayib ötirishiga rahmi kelib ketdi.Sekin yoniga borib ötirdi.Ilyos görkov qiroyat bilan Qur'on tilovatini boshladi.Uning yög'on va dag'al ovozini eshitgan Hamdam ham shu tomonga qarab qadamini tezlatdi.U yetib kelib qöllarini duoga ochgancha ularga sherik böldi.Ravshan ma'yus ohangda söradi:Ajaliga nima sabab bölgandi? -Qoraqurt!. Ilyosning bu javobi Ravshanni aqldan ozdirayozdi.Uning javobi Ravshanga qoradori,deganday tuyulib ketgandi.Nima deding?,uning hayqirib aytgan gapi,aytarli dimog'ida qolib ketganday böldi.Ilyos közlaridagi yoshni ularga körsatmay yenglariga artdi.- Uni zaharli örgimchak chaqqan ekan.Bir og'iz aytmabdi.Bilganimizda kech bölgandi,judayam kech bölgandi!,u tizzalarini mushtlab alam bilan ökirib yig'lab yubordi.U yillar davomida qalbida saqlab, g'am-g'ussasini yutib kelayotgandi. Armonli va og'riqli xotiralaridan vijdon azobida tölg'onib-tölg'onib chorasizligidan oh tortib yig'lardi. Balki,shu tobda u özini eng ojiz banda,deb his qilayotgandir,ehtimol suyuklisini qutqarib qololmagani uchun özini aybdor,hisoblayotgandir.Haytovur,u köp yillik köz yoshlarini shu paytgacha yig'ib,ayni tobda yaqin döstlariga könglini böshatayotgandek taassurot uyg'otar edi.Hamdam unga yaqin borib,qölini yelkasiga qöydi.-Xudo sabr bersin,tirik odam yashashi kerak,u shunday deya döstiga qaradi.Ravshan ham ularga yaqin keldi.-Nega unda nima bölganini ochiq aytmadilaringiz?-Meni ota-onang qamatgan edi.Otam aytgan,lekin ular ishonishmagan.Ekspertizayam notög'ri xulosa bergan. Xotinini zaharlab öldirdi,degan tavqi la'nat bilan ötirib chiqdim.Xudo haqqi,men uni özimdanam ortiq sevardim.Xudo urdi meni,xudo körsatdi menga kimni qanday sevish kerakligini...,Ilyos bu gaplarni öziga özi gapirgandek xörsinib gapirardi... Добавлено (28.10.2012, 23:45) --------------------------------------------- -Ilyos aka,bardam böling.Xudoni marhamati keng,Hamdam shu gaplarni aytdiyu,keyin nima qilarini bilmasdan joyida turib qoldi.Ravshanning qalbida esa yillar davomida saqlanib ich-etini yemirib kelgan alamli qasos ötidan asar ham qolmagandek edi.Uning nigohi göyo böshliqqa qadalgandek öychan qiyofada Ilyos görkovga qadalib qolgandi.Ilyos ham xuddi u kabi ma'nosiz tusda qabrga qarab ötirardi.Ularning xayolidan nimalar kechayotgani esa òzlariga-yu, yolg'iz Parvardigorga ayon edi.Shu alfozda bir muddat sözsiz va ma'nosiz òtirishdi.Ilyos yana gap boshladi. -Òshanda gòyo dunyoda mendan baxtli odam yöqdek edi. Gulhayo shaharda òsgan qiz bòlgani uchunmi,dalaga chiqib atrofni tomosha qilishni yoqtirardi.Òsha ma'shum kun men bir yumush bilan uzoqroq joyga ketgandim.Gulhayo qòshnimizning kichkina qizchasi bilan dalaga chiqqan ekan.Qoraqurt chaqqanini bilmagan yoki e'tibor qilmagan bölsa kerak.Negaki,chaqqan payti birdaniga og'riq kuchaymaydi.Uyga qaytishda esa qattiq tobi qochib qolgan.Shu alfozda hech kimga aytmasdan xonamizga kirib yotgan.Uydagilaram uxlayapti,deb öylashgan ekan.Ertasiga tongda kelsam,bir ahvolda yotibdi.Avvaliga bilmadik,söng tezda Barchin momoga odam yuborib chaqirtirdik.U kelgach,bir qarashda bildi.Tez qòy söy,deb jonholatda menga baqirdi.Ana shunda tushundimu,qölimga duch kelgan qöyni obchiqib bòg'izladim.Qoraqurt chap kuragining tagidan chaqqan ekan.Zahar tezlik bilan tarqalib ketgan ekanda,asrab qololmadik,vaqt òtib ketgan ekan... Ilyos g'amga kòmilgancha yarasi yangilanganidan ozorlanib hikoya qilib berardi.U boshqa gapirolmasligini sezdi shekilli indamay qoldi.Deyarli bòg'ilib sözladiyu,òrnidan qòzgaldi.Ravshanga qarab, sözsiz bosh chayqab qòydiyu,indamay nari ketdi... Добавлено (31.10.2012, 09:15) --------------------------------------------- Hamdam döstiga qarab,ketdikmi,deganday qilib,boshini eshik tarafga qarata bir silkib qöydi.Ravshan esa Ilyosning hikoyasining ta'siridan chiqolmay karaxt ahvolda turardi.Sòngra,da'fatan kelgan savolni Hamdamga berdi.-Hamdam,nega Barchin xolam qòy sóy deb aytganlar?- Qòyning oshqozonida qoraqurt zahriga qarshi ziddi zahar böladi.Agar qoraqurt chaqqan odamga Fotiha surasini òqisayam,sog'ayib ketadi deb eshitganman.Allohning kitobida hikmat köp.Barchin yangam qòy sòy deb shuni uchun aytganlar.Qòyning oshqozonidan ziddizahar olmoqchi bòlgan.Shuning uchun qöyga qoraqurtning zahri ta'sir qilmaydida.Xudo shunday yaratgan.-Gulhayo nega hech kimga aytmadi ekan-a,Barchin xolam asrab qolardilar... ,Ravshan òychan ohangda gapirdi.- Xudoning buyurgani shu bòlgan.Ölim haq,Allohning amri bòlsa, uni bandasi tòxtatib qololmaydi.Ilyos aka aytdiku,xudo kimni qanday sevishim kerakligini kòrsatdi,deb.Mana òzingdan qiyos jòra,xotiningni sevib uylanding,sevgingga arzimadiku.Uyam opangni haddan ziyoda sevganu,Yaratganni unutgan kòrinadi.Mana endi jabrini chekayapti.Allohning rashki kuchli,eng ojiz tomonidan sinov yuborib sinaydi.Yolg'iz Alloh taolo mehribon,aslida kimni sevish kerakligini unutma,deydi.Odamzodga haddidan ziyoda sinov bermaydi.-Ha,tòg'ri aytasan,dòstim...Ravshan og'ir uf tortdiyu,eshik tomon burilib keta boshladi.Ortidan Hamdam ham unga ergashdi. Добавлено (04.11.2012, 15:24) --------------------------------------------- Yòlda yana Vaziraga duch kelishdi.Qiz otni yetaklagancha salom berib òtib ketayotganda Hamdam unga savol berib tòxtatdi. -Vazira,bobong uydalarmi? -Yòq,kòpkariga ketganlar.Halizamon kelib qoladilar.-Kim tòy berayaptiykan? -Halim sartarosh. -Haa,Halim sartaroshmi,kenjasini uylantirayotgandirda?-Yòq,nevaralariga sunnat tòy qilishayapti. Ravshan ularning òzaro savol-javobini eshitib jimgina qarab turardi.Ana shunda bugun körgan tushi yodiga tushdi.Shirin xayollarga berib yuziga tabassum yugurdi.Qiz burilib ulardan uzoqlashib keta boshlagach,Hamdamga qarab,Sulaymon chavandozda nima ishing bor,deya qiziqib sòradi.Hamdam boshini xiyol egib jilmaygancha òylanib turdi-da,imo qilib Vazirani kòrsatdi.-Ukamning yuragidan uribdi.Shundan boshqasi kerakmas,deb oyoq tirab turibdi.Kechroqqa otamlaram kelib qolishadi.Amakim bilan sovchilikka òtishadi.Kutilmagan xabardan Ravshanning hafsalasi pir bòldi.Tarvuzi qòltig'idan tushgan odamdek shalpayib qoldi. Opasi haqidagi og'ir òylar tark etmay turib,yana òyga botib qoldi. " Bir kunda shuncha gap mana senga tushingning ta'biri.Senday narkomanga gulday qizini beraman deb kòzi uchib turgani yòqku,òl bu kuningdan ahmoq,xomxayol.Ana endi òz yog'ingga òzing qovrilib yuraver,kamiga xotin qòygan bòlsang .Shuncha oshig'i turib sen notavonga tegarmidi" ,deya ich-ichidan òzini kamsitib sòkdi. -Sevisharkanmi?,Ravshan qiz haqida haqiqatni bilsa-da,atay taqmoqlab sòradi. -Qayda sevishadi deysan.Bu qiz senu-men taniydigan qizlardanmas,og'ayni.Kimsan Noznigor suluvning tarbiyasini olgan-a!,Hamdam kòrsatgich barmog'ini silkitib,ta'kid ohangida gapirdi va yana gapida davom etdi.- Faqat Asadbekning òzi òlib-tirilayapti.Shu qizga uylanmasam armonda òtaman ,deydi.Otam bobosining va'dasini olsak,qiz kònmasdan iloji yòq, deb turibdilar,endi buyog'i xudodan-da,jòra.Ravshanning qalbi òksingandek titrab ketdi,ammo dòstiga sezdirmaslikka harakat qilib, siniqqina jilmayib qòydi.-Agar bobosi rozi bòlmasa-chi?-Bilmadim,aytdimku,buyog'i xudodan deb,Hamdam negadir biroz zardali ohangda javob qaytardi...
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Воскресенье, 04.11.2012, 20:49 | Сообщение # 6 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| I raqib paydo bo'tiyu)):-D
|
|
| |
Sokina | Дата: Вторник, 06.11.2012, 22:16 | Сообщение # 7 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Òsha kuni Hamdamning ota-onasi kechroqqa tomon yetib kelishdi.Bamaslahat kelishib ertasi kuni sovchilikka ketishdi.Ravshanning behalovat toqatsizlanayotganini sezgan Barchin momo,kasali xuruj qilayotganga òxshaydi,deb òylab gapni uzoqdan olib,uni savolga tutdi.- Ravshanbek,dunyo qisqa,shu omonat umrimizni qanday òtkazishimiz òzimizga havola etilgan.Endi,bizga berilgan har bir fursatning qadriga yetkanimiz savob-da,bolam ranging biroz siniqqanga òxshaydi,tobing bòlmayaptimi?Ravshan ayni damda rostanam tushkun holatga tushib qolgan va qoradorining xuruji - lomka qòzg'ayotganini òzida his qilayotgan edi.Òz òy-xayollari qurshovida kalovlanib tayinli javob axtardi,ammo harchand harakat qilgani bilan fikri boshqa tomonga qarab ketaverdi.Nahotki,bu qiz peshonamga bitilmagan bólsa? Ha tòg'ri,kim ham qizini berardi,tayini yòq narkoman bòlsam.Undan tashqari òz ota-onasi yuz ògirgan baxtiqaro bólsam.Ravshanga davolovchi shifokori,sobiq narkamon degan tushuncha haqiqatga unchalik ham tòg'ri kelmaydi.Davolangandan keyin 20 yildan sòng ham yana bu xarom yòlga qaytganlar bor.Òzingizga bog'liq,irodangizni mustahkamlang,tanayu-ruhingizni chiniqtiring.Soglom hayot kechiring.Sport bilan shug'ullanib ortga qaytmaslikka kuch toping,deya maslahat bergandi.Shu gaplarni eslab,sergaklandi.Nahotki,shuncha davolanishlari bir zumda chippakka chiqsa?! Yóq! Qanday bòlsayam bu la'nati yòlga qaytmasligim kerak.Ey,xudoyim yordam ber menga,gunohlarimni kechir... Barchin momoning sinchkov nazaridan kòzini olib qochgancha iymanib javob berishga taraddudlanayotgan Ravshanning miyasida shu fikrlar gòjg'on òynardi.-Kecha Ilyosni kòruvdim...Gulhayo opamning qabriga boruvdim...,u fikrini jamlayolmay mujmallandi.-Marhumlarni Yaratgan pok parvardigor òz rahmatiga olsin.Ilyos gòrkov yaxshi odam,bechorani qismati shòr ekan-da,boshidan tog'day ótgan kulfatlarga dosh berdi.Avvaliga xotini,undan sòng ota-onasi birin-ketin qazo qildi. Добавлено (06.11.2012, 11:29) --------------------------------------------- Barchin momo peshanasini tirishtirib ranjigan ohangda gapini davom ettirdi. Ilyosgina yosh boshi bilan hammasiga chidadi,chidamayam iloji qancha edi.Meyli muallimam,ayoliyam xòp yaxshi odamlar edi.Isnodga chidolmadi,tuhmat balosi yomon-da,bolam.Bömasa òzim kòrib edim.Opangdi kuragidan qoraqurt òxshatib chaqqan ekan.Shòrlikkinaning kuni bömagan-da,bòmasa xudoyim asrasa ikki toshding orasidayam asraydi.Qirq yil qirg'in bòlsa, ajali yetgan òladi.Onangga aytib edim,Ilyos becharada ayb yòq.Shunday-shunday bòlgan,deb edim. Ilhom sariq degan bir ichiqora insofsiz odam Ilyosga qarshi guvohlikka òtibdi.Suddayam shu gapdi aytib edim.Qozi bova,sizding duxtirlik pattangiz bormi?,dedi.Yòq,aylanay men omi bir kampirman dedim.Duxtirlar boshqa narsa deganakan-da,qamab yubordi.Meyli muallim shu bòyi yiqildi-yu qaytib turmadi.Sòng ayoli Kumush kishmish sop bòldi.Ilyosgina shòrliklarning kenja farzandi edi,oilada yolg'iz òg'il edida.Xòp qiyomat ishlar böp ketdi,Ravshanbek bolam...Momo og'ir uf tortgancha òz oy-xayollariga g'arq bòldi.Qòlidagi dorivor giyohlarni hafsalasiz kelida tuyar,goh-gohida pichilab òziga özi gapirinib ancha payt joyidan jilmadi.Ravshan momoning hikoyasini tinglab,ota-onasidan astoydil norozi bòlib,orlanib ketdi.Negayam dunyoga kelgan ekanman-a?!,degan nadomatli og'ir òydan boshi zirqillab simillab turgan og'riq yanada kuchaya boshladi... Добавлено (06.11.2012, 12:04) --------------------------------------------- Momo Ravshanbekning bu xurujini ortga qaytarish emas,uni boshidan kechirishi kerak,deb bilardi.Ayni paytda buni hatto chin dildan xohlayotgandiyam.Bu ham davolanishning bir bosqichi hisoblanib,xurujning davomiyligiga va ta'sir doirasiga qarab,davolanish jarayonining qanday kechayotganini aniqlab olishi mumkin edi.Ravshan behol sudralgancha uyga qarab yurdi. Barchin momo uni zimdan kuzatib òtirar va malhamga qòshish uchun quvvatlantiruvchi giyohlardan kòproq tayyorlab qòya boshladi.Momo,Ravshanning òz iroda kuchiga tayanib sog'ayishini va bu jarayonda albatta kuchli og'riqlarni ham boshidan òtkazsa,keyinchalik yana bu yòlga qaytmaslikka ham kuch topa oladi,degan òyda edi.Ravshanning tanasi azob chekishi kerak,ana shunda ruhi chiniqadi va tanaga ruh yetakchilik qilishga intiladi.U ichayotgan malhamlar esa xuddi ana shu tomonlama foyda berar,ya'ni tanani chiqitlardan tozalab,ruhni baquvvat qilish xususiyatiga ega edi.Qolaversa,Ravshanning òzi ham sog'lom hayotga intilayapti.Asosiysi shu... . Barchin momo uy oldidagi supa ustida yumushi bilan andarmon bòlib ancha payt ötirdi.Sòng boshini uy tomon burib nabirasini chaqirdi,Isomiddin-uuv... Добавлено (06.11.2012, 12:45) --------------------------------------------- Isomiddin yer yuzasiga savrning yoqimli quyosh nuri mòlgina tushib turgan joydan òra kovlay boshladi.Bir odam yotganda bemalol joylashadigan òra yumshoq tuproqdan bir pasda forig' bòldi.Barchin momo Ravshanni qòlidan yetaklab kelib,òraga tushib yot,deb buyurdi.Ravshan itoatkorlik bilan òraga tushib joylashdi.Isomiddin qòlidagi belkurak bilan avvaliga quruq tuproqni,söng esa nam tuproqni uning ustiga tashlay boshladi.Momo Ravshanning yuziga tuproq sachramasligi uchun ròmol yopib qòydi.Isomiddin bir zumda ishini yakunladi.Butun tanasi tuproq bilan tòliq qoplangan Ravshanning yelkasining ikki kiftigacha tuproq kòmilgan edi.Uning kiftidan tepasi kòrinib turardi.Barchin momo Ravshanning boshiga ham malham chaplab qòygandi. -Boshingdagi rutubatni oladi,tuproq esa tanangdagi dardni tortib oladi,bolam.Ikki kiftingda ikki farishta òtiribdi.Kiftingga hech narsa kerakmas.Sen xudoyimdan sabr sòra,shifo tila,bolam.Tavba qil,xudo de,ollo de,bolam.Barchin momo bu gaplarni qoshiqchada yigitga malhamdan ichira-ichira gapirdi.Ravshan uchun Barchin momo haloskor farishtaga aylangandi.Momo nima deb aytsa,sòzsiz bòysinardi.Uning aytganlarini òzi uchun qat'iy qonun-qoidadek qabul qilardi... Добавлено (06.11.2012, 18:57) --------------------------------------------- Peshindan sòng kòrpaga òralib yotganicha bir kosa qaynoq shòrvani ichib olgan Ravshanning tanasi lanj bòlsada,ammo ruhi ancha-muncha tetiklashib uyquga ketdi.Shu bòyi tongda azon ovozidan uyg'ondi.Rosa miriqib uyquga tòyib uyg'ongan yigit òzidagi keskin òzgarishni his qilib,xudoga shukur,deya sevinib qòydi.Sekin dahlizga chiqdi va u yerda Barchin momoga duch keldi. Tanangga bod kirmasin,qalin kiyinib iloji bòlsa terlab yur,har nimani mendan sòra,sovuq suv ichma,bugundan parhezdasan,deya Tòlagan otaning yangi tònini va ög'lining eski shapkasini tutqazdi.Ravshan tònga òranib ,shapkani bostirib kiyib oldi... Добавлено (06.11.2012, 19:05) --------------------------------------------- Peshindan sòng kòrpaga òralib yotganicha bir kosa qaynoq shòrvani ichib olgan Ravshanning tanasi lanj bòlsada,ammo ruhi ancha-muncha tetiklashib uyquga ketdi.Shu bòyi tongda azon ovozidan uyg'ondi.Rosa miriqib uyquga tòyib uyg'ongan yigit òzidagi keskin òzgarishni his qilib,xudoga shukur,deya sevinib qòydi.Sekin dahlizga chiqdi va u yerda Barchin momoga duch keldi. Tanangga bod kirmasin,qalin kiyinib iloji bòlsa terlab yur,har nimani mendan sòra,sovuq suv ichma,bugundan parhezdasan,deya Tòlagan otaning yangi tònini va ög'lining eski shapkasini tutqazdi.Ravshan tònga òranib ,shapkani bostirib kiyib oldi... Добавлено (06.11.2012, 19:19) --------------------------------------------- Nonushta payti eshitgan xabardan biroz dadillandi.Sulaymon chavandoz sovchilarga ròyxushlik bermabdi.Lekin,Tölagan ota bòsh kelmadi,qizi borning nozi bor.Sulaymon chavandozga gapi òtadigan odam topamiz.Taomilga amal qilib uch martagacha boramiz,agar shundayam kònmasa Asadbekding òzi borib kòndirsin,deb hazil aralash iddao qilib qòydi.Ravshan boshini xam qilgancha, dasturxon atrofidagilarning suhbatini jimgina tinglab òtirdi... Добавлено (06.11.2012, 20:27) --------------------------------------------- Kunlar ketidan kunlar bir maromda òtaverdi.Ravshanning ruhiy va jismoniy ahvoli tubdan òzgargandi.U endi òzini risoladagi odamlardek his qilar,avvalgi sog'lom va jòshqin hayotidagidek bardam va baquvvat edi.Qishloqdagi tòy-ma'rakalarda baholi qudrat xizmat qilar,hasharlardayam hammadan kòra ildamroq ishlashga harakat qilardi. Agar shu tobda ota-onasi yoki qòshnilari kòrib qolishsa bormi,naq og'zi ochilib qolardi,balki uni tanimasdiyam.Ravshan yaqin òtmishi haqida eslashni umuman istamasdi.Vazira ham Asadbekka roziligini bildirgach,ukasidek bòlib qolgan bu yigitga chin dildan baxt tiladi.Shu orada yozning issiq kunlaridan foydalanib, qishloq chetidan òziga boshpana ham qurib boshladi.Birlashgan òzar,birlashmagan tòzar deganlaridek Tòlagan ota qishloq yigitlarini boshlab kelib hashar yushtirib yubordi.Yakka òzi ishni undirolmayotgan bir paytda bu hashar unga anchagina dalda bòldi.Kòpdan quyon qochib qutulmas.Barchin momo bir qozon osh damlab kelib hasharlik berdi.Qöshni ayollar ham topgan-tutganini bolalardan berib yuborishdi.Tush mahali hasharchilar noz-ne'matlarga tøla dasturxon atrofida hangomalashib oshxörlik qilishdi. Momoning kuyinchakligi el-ulusga ma'lum,uning kòzlaringdan aylanay,deb köpchilik momolar kabi bolam-bòtamlashi ham qishloq ahliga moyday yoqadi.Qishloq momolarining aksariyatining fe'li ham xuddi shunday shirinsöz,muloyim va yumshoq tabiatli.Ammo,bu momolarning zukko va keskirligi, uncha-muncha odamniyam dog'da qoldirib gap payrovida mot qilishidek yashirin jihatlari ham qishloq ahliga ayon.Shuning uchun ham haddi sig'ib ortiqcha gap gapirgadiganning söz boyligi kamida zukko kampirlarnikiga teng bòlishi kerak.Hamdamning ta'biricha, qishloq momolarining tilining tagida xanjari bor.Ammo,aqli pesh xanjarni qinidan vaqti-bemahal sug'uravermaydi. Odamlarning kòz öngida Ravshanning yana odamlar orasiga qaytishini va momoning beminnat xizmatini ham ular odatiy hol,deb qabul qilishdi.Ravshanning qishloqqa kelgandagi boshlang'ich tuban hayotidan qaytib,binoyidek yashay boshlaganigayam xayrihohlik bildirishsa-da unchalik hayron qolishmadi. Insoniylikning har xil kòrinishlariga muqobil ta'riflar mavjud bòlsada,qishloq ahli jimjimador balandparvoz sòzlardan kòra ,òzimizning odam-da,deya Ravshanga jòngina ta'rif berishni ma'qul topishdi... Добавлено (06.11.2012, 21:16) --------------------------------------------- Chog'roqqina uy bir pasda bitib,yangi uyga kòchib kirish marosimi ham Barchin momoning tashabbusi bilan bòlib òtdi.Kimdir bitta gilam,kimdir namat,yana kimdir kòrpa-kòrpacha,boshqasi idish tovoq kòrmana qildi.Duradgor jòrasi xontaxta,javon va yana bir-ikkita uy jihozlaridan yasab berdi.Shunday qilib,bip-binoyi rözg'orcha paydo bòldi.Lekin,Ravshan kòpchilikka òrganib qolgani uchun Tölagan otanikida yashab yuraverdi.Bahorda ekkan ekinlari hosil bera boshlagach,yana bir sevindi.Mehnat ikki kòzdan issiq,uning mehnatkashligi hammaga yoqardi.Barchin momo malham tayyorlab berishdan erinmadi.Endi avvalgi jadal davolanishdan kòra,sustroq davolanish bosqichiga òtishgandi.Har faslda bir marta jadal davolansang yetarli,endi buyog'i shunchaki oldini olishdek gap.Kasallik tanaga kirganiga olti oydan oshsa, "chalajon" bòladi.Bir yildan oshsa tanaga chirmashib "tirik jon"ga aylanadi,demak surunkaliga òtdi,degani.Chunki,bir faslni ikki marta kòrgan kasallikning ketishi biroz chöziladi-da,közingdan aylanay.Ha maylida, hechqisi yòq,köpi ketib ozi qoldi,deb uning butkul sog'ayib ketishiga oz fursat qolganiga ishora qilib qòyardi... . Kuz kunlarining birida Ravshan shahardagi uyiga hujjatlarini olish uchun qaytdi.Eshigining almashganini kòrib hayrati oshdi.Boshqa qulf òrnatilgani bois,eshik qòng'irog'ini bosdi.Hech kim sado beravermagach,bir hayratiga òn hayrat qòshildi.Uyda hech kim yöqligiga ishonch hosil qilgach,qòshnisining eshigini ohista taqillatdi.Avvaliga kiiim,degan erkak kishining ovozidan sòng eshik kalitining shiqirlagan ovozi eshitildi.Ravshan bu kabi doimiy örgangan holatlarni deyarli unutay degan ekan,tavba kuppa-kunduzi uyini qulflab òtirishiga sabab nima ekan,ayol kishi bölsayam boshqa gap edi,degan gap lip etib xayolidan òtdi.Qöshnisi unga keling-keling,deb qarab turdi.-Men Ravshanman,assalomu alaykum qòwni, tanidingizmi? -E,Ravshan sizmisiz,vo alaykum.Men akasimi yo ukasimi,deb öylabman.Qani-qani uyga kiring,qòshnisi soxta mulozamat qildi.-Yòq,rahmat boshqa payt kirarmiz.Sizdan bir narsa sòramoqchiydim.Men ancha payt uyda bòlmadim.Uyimda kimdir yashayaptimi?Eshik ham qulfi ham özgartirilibdi,shunga...,Ravshan bu yog'iga jòyali gap topolmadi.Öz uyimga kirolmay ötiribman,deyishga or qildi.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Пятница, 09.11.2012, 00:05 | Сообщение # 8 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Kutamiz...
|
|
| |
Sokina | Дата: Понедельник, 12.11.2012, 13:09 | Сообщение # 9 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Qöshnisi "bilmadim",degandek yelka qisdi.Shaharda özi ahvol shu,bilsayam bilmayman deydi,körsa kòrmadim deydi.Ravshan qöshnisiga sinchkovlik bilan qarab turdi-da,hech bòlmasa eshikni kim almashtirganidan xabaringiz bordir,harqalay qòshnimnikida nima hol deb qiziqqandirsiz ,deya norozi ohangda sòradi.Qöshnisi göyo nimanidir eslamoqchi bölgandek peshonasini tirishtirib yerga tiklab qoldi.Shu alfozda biroz öylanib turgandan keyin,soxta quvnoqlik qilib,sözlay ketdi.-Ha,bir kuni ishdan qaytganimda ustalar ishlashayotgan edi.Ichkariniyam yevro remont qilishibdi.Undan keyin bir yigit kirib-chiqib yurganiniyam bir kòruvdim. -Ayol kishiyam bormidi? -Ha-ya bir yoshgina ayolniyam bir-ikki kòrgandek bòluvdim.Qölida bolasiyam bor edi.Yana bir yoshi katta ayolam keluvdi,lekin rosa baqir-chaqir qildi,deya göyo muhim xabarni yetkazgandek minnatli nigohda qarab qòydi.Ravshan qöshnisining gaplarini eshitib òylanib qoldi.Ular kim bòldi ekan?Aytgancha, bu yerga kelishga kelibdiyu,shu paytgacha yonida kaliti yöqligiga ahamiyat bermabdi.U qisqa vaqt orasida qishloqqa shu darajada moslashib singib ketibdiki,hatto qulf-kalit nimaligini bilmaydigan va tan ham olmaydigan qishloq ahlining bir vakilidek bölib qolibdi.Barchin momoning ta'biricha,qulf osilgan xonadondan baraka qochadi,xudo asramasa qirqta qulf osgani bilan ham foydasi yöq,ayrim qishloq odamlari hatto,qulf osishdanam or qiladi.Shaharda esa vaziyat boshqacha... Ravshan qòshnisi bilan tezgina xayrlashib,ortiga burilib chiqib ketdi.Hamdamning ishxonasi uyiga yaqin joyda joylashgan.Xotirasida qolgani,oxirgi marta eshikni Hamdam qulflagan edi.Qishloqqa borgandan keyin ham na u kalitni berdi,na Ravshan söradi... Добавлено (11.11.2012, 05:08) --------------------------------------------- Hamdamni ishxonasidan topganda tushlikdan endigina qaytgan ekan.Salom-alikdan söng Hamdam ilkis savolga tutdi? -Nima uchun kelishingni aytmading? -Hamdam,uyimni kaliti sendami,jòra?,savolga savol bilan javob bergan Ravshan bu qilig'idan biroz öng'aysizlandi va uyimga borib osh damlab chaqirmoqchi edim,deb gap özanini tòg'rilab qöydi.-Osh bölsa,oshda.Bölmasa sen borib qozonga qara,men ishdan keyin tög'ri senikiga òtaman,deya kalitlar shodasining ichidan bitta kalitni ajratib unga tutqazdi.Ravshan özini qiziqtirgan savollarning javobini bilishga harchand qiziqmasin,sabr qilishga qaror qildi.-Yaxshi,unda men ketdim.Ishdan keyin hayallamay yetib bor,oshni kelishingga damlab qòyaman.-Xöp,mayli yaxshi bor... Добавлено (11.11.2012, 05:22) --------------------------------------------- Ravshan qadamlarini qanchalik tezlatmasin,shoshgani uchun aslida qisqagina masofa juda olislab ketganday tuyuldi.Xayriyat,yetib keldi.Qölidagi kalit bilan eshikni ochib,xuddi birovning uyiga kirayotganday sekin ichkariga möraladi.Tavba,shu uy özimnikimi?,da'fatan miyasiga kelgan savolga tezda javob topolmay ichkariga kirdi.Avvalgi,közi kònikkan ivirsiqdan asar ham yöq.Hammayoq chinniday top-toza.Ta'mirlanganiga uy hidiyam tozalangandek.Xonalarga birma-bir kirib kördi.Arzon gilamlar ustiga yangi yumshoq körpachalar tòshalgan.Bitta shkaf ham paydo bölibdi.Sekin borib shkaf eshigini ochdi.Özining kiyimlari yuvilib,dazmollanib chiroyli qilib taxlab qöyilgan.Demak,bu yerda hech kim yashamaydi.Hamdam bilan ayoli kelib,uyni tartibga olishgan körinadi.Obbo,Hamdam döstim-ey,menga ish qoldirmabsanku.Qilgan yaxshiliklaringni otam ham qilmagan bölsa kerak,Ravshan minnatdor qiyofada bosh chayqab jilmayib qöydi.Bozorchaga chiqib,bor puliga yegulik sotib olib keldi va berilib osh harakatiga tushdi... Добавлено (11.11.2012, 06:26) --------------------------------------------- Hamdam kelganda endigina oshning guruchini solgan edi.-Iya,oshing lanj bölib ketdi,deb halloslab yetib kelibman-a,sen hali guruchiniyam endigina solibsanku,deya qòlidagi selofan xaltani stol ustiga qöydi.Ichidan qand-qurs,non va yana kòkat bog'larini chiqarib alohida-alohida idishlarga joyladi.Ravshanning öpkasi tölib,döstini quchoqlab oldi,bòg'ziga tölib kelgan yig'ini "g'ilt" etib ichiga yutdi.Közlarida ikki tomchi achchiq közyosh g'iltilladi.Shu alfozda bir muddat döstlar quchoqlashib turishdi.Hamdam odaticha,döstining yelkasiga qölini qöygancha,mehmonxonaga boshladi. Ravshan közyoshini qòlidagi qölsochiqqa tezgina artib oldi.Mehmonxona vazifasini òtaydigan bu xonada gilamu-körpachalardan boshqa hech vaqo yöq edi.Ammo,avval shu narsalar ham yöq edi-da.Bir paytlari mebelu-jihozlarga tòla xona edi.Bu xonada qanchadan qancha ulfatchilig-u,bazmu-jamshidlar bölib ötgan.Ammo,ösha paytdagi hashamdor körinishidan köra,hozirgi oddiygina tusi Ravshanning köziga fayzliroq körinardi. U biroz iymangandek gap boshladi.-Döstim,nega özingni koyitib yuribsan?Shuncha qilgan yaxshiliklaringni qanday qaytaray? -Qöysang-chi,nimalar deyapsan,unaqa dema.Shunga majbur bölib qoldim.-Majbur bölib qolding?Nega ?.- Bilasanmi,nima desam ekan,shu haligi...Hamdam gapini qanday davom ettirishni bilmay kalovlandi.-Ochig'ini aytaver,döstim,nima gap? -Ravshan,og'ayni faqat sen xafa bölma.Qishloqda yurganingdan xabar topgan onang,uyingni sotmoqchi bòlgan ekan.Advokat yollab haligi joyda davolanganing haqida ma'lumotnomayam olibdi.Mahallaga chiqib,òg'limni qishloqdagi uyimizga yubordim,bundan buyoq ösha joyda yashaydi,deb aytgan ekan.Xullas,hammasi tushunarsiz bòlib ketdi.Bu gaplarni orqavarotdan eshitib nima qilarimni bilmay yurganimda,bir kuni yòlda Abrorga duch kelib qoldim.Abrorni eslaysan-a,bolalikda qishloqqa borganimizda qishloq bolalariga birinchi shef menman.Senlaram bilib qöy deb,ikkalamizniyam tutvolib rossaaa döpposlagan edi,esingdami?,Hamdam vaziyatni yumshatish va yuzi horg'inlashib tundlasha boshlagan döstini chalg'itish uchun,atay bu xotiralarni esladi.-Ha,esimda.Özi oqköngil bola edi.Keyin qalinlashib ketuvdik,ta'til tugab uyga qaytamiz,deganimizga qolinglar,ketmanglar deb rosa xunobi chiquvdi.-Ha-a,yasha!Ana ösha Abror og'aynimizning qurilish bilan shug'ullanadigan firmasi bor.Qisqasi,vaziyatni tushuntirdim.Uyni ta'mirlash fikriyam undan chiqdi.Uyga köchib òtasan,hech bölmaganda yashayotganday körinasan.Kerak bölsa,Ravshan bilan kelishib,sening nomingga rasmiylashtirib qöyamiz, dedi.Kònmasdan ilojim qolmadi,döstim.Onangning niyati buzuq edi,tòg'risini aytsam köp gaplar bölib ötdi.Amakimnikida turganingdan xabar topgan ekan-da,menikiga kelib keliningdan sen haqingda obdon surishtiribdi.Hamdamga ayting,uyni sotishga yordam qilsin,ulushini beraman debdi.Uyingning kaliti mendaligini bilib qolib,eh-he rosa bezorimni chiqardiku.Bermasang,tuhmat qilib bölsayam qamataman,deb döq-pöpisa qilgandan keyin azbaroyi jahlim chiqib,uyni men sotib oldim.Ana keliningizdan borib sörang,uning haqini avval sotib olgandim.Kerak bölsa tilxatiyam turibdi.Ög'lingizni davolatishga katta pul tòladim.Biz kelishganmiz,sizga nima,uy mening otimda.Boring qölingizdan nima kelsa,shuni qiling dedim.Ösha paytda Abror uyingni ta'mirlatayotgan edi.Keyin ,köz körsinga kirib-chiqib yurdik.Shundan keyinam onang ikki -uch marta kelib rosa töpolon qildi.Mashenniksan,deb qarg'ab-qarg'ab alami bosildi shekilli, haytovur tinchib ketdi.Lekin ,biron marta hujjatingni körsat, demadi.Shunisiga shukur qildik,og'ayni mana shunaqa gaplar... Добавлено (11.11.2012, 06:40) --------------------------------------------- -Kelinidan söragandir-da,shunga hujjat söramagan.Gohida öylab qolaman,shu ayol rostdanam mening onammikan deyman özimga özim.Yana Barchin xolamning pand-nasihatlarini eslaymanda,tavba deyman,ollo deyman,Ravshan bölib ötgan shuncha alg'ov-dalg'ov ishlar uchun balogardon bölgan döstiga mehr bilan minnatdor tikilib qoldi.-Hamdam,nima deb öylaysan,Abrorni oshga chaqirsak kelarmikan? -Hozirda,Hamdam qöl telefonini yonidan olib raqam terdi.-Abror,qalaysan.Ravshannikiga kel,osh damlayapti.Abror rozilik bildirdi shekilli,hozir kelarkan,deya telefonini joyiga joylayotib Ravshanga kulib qöydi.Ikki döst bor-budi bilan dasturxon tuzashga kirishdi... Добавлено (12.11.2012, 11:54) --------------------------------------------- Ikkallasi bölib ötgan voqealardan bir-biriga sözlashib,Abrorni kutib ötirishdi.Abror kelganda chog'roqqina dasturxonga taklif qilishdi.Ravshan osh suzib keldi.Uchchovlon oling-oling,deyishib bolalik xotiralaridan suhbatlashib oshxörlik qilishardi.Mana oradan qanchadir vaqt òtib bu xonadon mehmonaxonasiga mehmonlar uchun yana dasturxon yozildi.Lekin bu dasturxon avvalgidek halol-xarom yeguliklar bilan aralashib tölib toshmagandi.Bir-birlari bilan kayfu-tarroqda bölmagur va ma'no-maqsadsiz suhbat ham qilishmadi.Gapdan gap chiqib,Abror samimiy ohangda Ravshanga ish taklif qildi. Hamdam bu taklifni qöllab-quvvatladi.- Tög'ri öylabsan,Ravshan yaxshi mutaxassis,bundan tashqari harqalay,bolalikdan birga katta bölganmiz.Tanish-bilishchilik,deb Abrorga qarab köz qisdi. Ravshan xijolatomuz minnatdorchilik bildirib,rahmat og'ayni,boshim devorga urilgandan keyin ancha özgardim.Yaxshi-yomonning,halol-xaromning farqini ajratadigan bölib qoldim,deya xayolchan gapirib jilmayib qöydi.Hamdamning yana hazilkashligi tutdi. -Mana katta bola bòlib qolibsan,endi bu yog'iga xudo xohlasa ishlaring besh böladi.-Birinchi sheflikni Ravshanga bersamam bölarkan-a,deya Abror ham hazillashdi.Uning nimaga sha'ma qilayotganini bilib,uchchalasiyam xoxolab kulib yuborishdi... Добавлено (12.11.2012, 12:09) --------------------------------------------- Hamdam bilan Abror allamahalda uylariga ketishdi.Idish-tovoqlarini hafsala bilan tozalab yuvib joylashtirgan Ravshan amallab uyniyam supurib -artib chiqdi.Axlat chelakni ertaga tökaman,degan öyda uxlash uchun joyiga yotgan edi,köngli tölmadi.Joyidan chaqqon turib,axlat chelakniyam tökib keldi.Chelakni chayqab-chayqab tashqariga qöyib keldi.Yana tozalikni bir nazorat qilib chiqqach uyquga ketdi.Ertalab uyni yana bir karra közdan kechirib,qishloqqa jönadi.Yölda Vaziraga öxshab ketadigan bir qiz ham hamroh böldi.Kirakash xöp sözamol kishi ekan,Ravshanning nazarida dunyoning gapini gapirdi-yov.Uning xayoli esa yòlovchi qizda edi.Axiyri,yurak yutib savol berishga jur'at etdi.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Вторник, 13.11.2012, 23:07 | Сообщение # 10 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Shunaqa do'sting bo'sin ekande)
|
|
| |
Sokina | Дата: Четверг, 15.11.2012, 21:22 | Сообщение # 11 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Nimasini aytasiz))) Afsus,hamma tuwunchalar kabi döstlik tuwunchasi ham nisbiy tushuncha. Inson esa özgaruvchan... Добавлено (15.11.2012, 16:36) --------------------------------------------- .-Siz Sulaymon chavandozning kimi bölasiz? Qiz yoqinqiramasdan unga qaradiyu,qaynisinglisining nevarasiman,deya yana mashina oynasidan atrofni kuzatib ketaverdi.Ravshan uning sovuqroq ohangda javob qaytarganidan tarvuzi qöltig'idan tushganday böldi. Suhbatni davom ettirish niyatidan qaytib, Noznigor momoga öxshab ketarkansiz,deb qöya qoldi.Qishloqqa yetib borishganda haydovchi yölovchilarni bekatga tushirib,shu yerning özida ham Ravshanga gurung berib qoldi.Ravshan amallab undan qutuldiyu,qizga yetib olish uchun qadamini tezlatdi.-Qölingizdagini bering,meniyam yölim shu tarafga,deya iltifot körsatdi.Qiz röyxushlik bermadi.-Rahmat sumkam og'ir emas.Undan keyin sizga hamroh ham bölmoqchimasman. -Namuncha qörqasiz? Nima men börimidimki,sizni yeb qöysam,deya Ravshan gapni hazilga burmoqchi böldi.-Yöq,sizdan emas,qishloqda gap-söz bölib ketishimdan qörqaman,qiz shunday deya ildam qadamlar bilan tez-tez yurib ketdi.Boshqa gapga hojat yöq,aqlli qizlari öylovli böladi.Duch kelgan bilan gaplashib ham ketavermaydi.Ravshan qadrdon xonadoniga yetib borganida Barchin momo qayoqqadir otlanayotgan ekan.Supada ötirishib bir-birlaridan hol-ahvol sörashdi.Ravshan yöl-yölakay sotib olgan ul-bul narsalarni momoning oldiga surib qöydi. Barchin momo qulluq,deya selofan xaltani chetga olib qöydi.Ravshanga qarab, butun qishloq töyda.Yildan qolgan tuyaga öxshab taraddudim bitmay xotin-xalajdan qolib ketdim.Qani böl,töyga ketdik,deya qöllarini havoda silkitib Ravshanni turishga undadi. Uzun-qisqa bölishib yölga tushishdi.-Kim töy qilayaptiykan,xola? -Sulaymon chavandoz nevaralariga töy berayapti.Kecha kemadingda,katta köpkari berdi.Öziyam butun qishloqdi ot bosib ketdi.Bugun kurash,kechga öyin-kulgu böladi.-Yölda Vaziraga öxshagan bir qiz bilan keldik,Noznigor momoning qarindoshi ekan.-Noznigor suluvning urug-aymog'i köp,bölsa bordir.Qizlar töylashga kelmaydi,közingdan aylanay .Xizmatga keladida.-Shu qizni töyda körsangiz bir biling,xola.Noznigor momoning singlisini nevarasiman deydi. -E,bömasa körgan qizing Nafisa bölgan chiqar-ov.Ha mayli,agar egasi chiqmagan bölsa,senga munosib qiz.Surishtirib köraman. -Shunday qiling,xolajon,Ravshanning yuzlariga mamnun tabassum yugurdi.Barchin momo uning holatini sezib,ha-a, yoqmaygina ketsin-a,bularga qiz topaman desang,telpagini osmonga otishib qolishadi,deya hazil qildi.Ikkalasi zavqlanib kula-kula töyxonaga kirib borishdi.Ayollarga ichkarida alohida,erkaklarga bog' ichidan joy hozirlangan ekan.G'ij-g'ij odam.Bola-baqra tölib ketgan.Bir qarashda töyga kelgandan köra xizmatchilar köpdek taassurot uyg'otadi.Aslida unday emas ekan,Ravshanni bog'ning etagida joylashgan tenqurlari ötirishgan supaga boshlashdi.Hormang bor bölingdan söng,mazza qilib osh yedi... Добавлено (15.11.2012, 17:10) --------------------------------------------- Ravshan qaytguncha Hamdamning otasini kördi,hol-ahvol sörab xushnud xayrlashdi. Ammo,keyin negadir yuragi g'ashlangandek böldi.Nega uning otasi qishloqdagi töylarning birortasigayam kelmaydi? Hatto,yaqin qarindoshlarining ham töyiga kelmas ekan-a? Lekin,onasining qarindoshlari töy qilishsa albatta borardi.Zarur ishi bölsa ham vaqt topardi.Nega shunaqa ekan? Yoki,onasidan qörqarmidi?Darvoqe,onasi,öz onasimikan?Nega bunchalar yeb-töymas bölsa? E,xudoyim özing asra endi,nima bölsayam qora ötmishimga qaytib bosh burmayin.Qizning ismi Nafisa ekan.Menga qanday mos bölishi mumkin?Yoki,uning ham turmushi buzilganmikan?,Ravshan shu kabi savollar girdobiga g'arq bölgancha qishloq chetidagi yangi bitgan uyi tomon bir maromdagi odimlar bilan ketib borardi... Добавлено (15.11.2012, 17:46) --------------------------------------------- Uyiga borib qölidan kelganicha tozalik ishlari bilan mashg'ul bölganday böldi.Körpachaga uzala tushib birpas xayol surib yotdi.Keyin, közlari yumilib uxlab qolganiniyam bilmay qoldi.Shu yotishda qotib uxlab qolgan Ravshan erkak kishining ovozidan uyg'onib ketdi.Barchin momo xavotirlanib öglini yuborgan ekan.Ravshan örnidan turib,uyi yonidan ötgan ariq suviga apil-tapil yuz-qöllarini yuvdi. Turg'un ikkalasi Tölagan otanikiga qarab yöl olishdi.Bu bola shaharga borib eski hunarini boshlab kelmadimikan?,degan gumonda tashvishlanib ötirgan momo uni eshik oldida kutib turgan ekan. Добавлено (15.11.2012, 20:22) --------------------------------------------- Qishloqqa allaqachon qorong'ulik chökkan,töyxonadan kelayotgan qöshiq sadosini eshitib Ravshanning yodiga yana Nafisa tushdi.Eshik oldida turgan Barchin momoga yaqinlashgach ilhaq söradi. -Xola,töydan hozir qaytdingizmi? -Keldilaringmi,ha yöq allaqachon qaytuvdim. -Nega töyga ötmayapsiz? -Yosh-yalang öyin-kulgu qilayapti,menga nima bor,közingdan aylanay.Turg'un bolam ikkalang tomoshaga borib kela qolinglar.Ular bir-biriga qarab olishdi.Turg'un uning ra'yiga qarab,mayli agar Ravshanbekni xohishi bölsa ötib kelamiz,dedi.Ravshan "yöq" degan ma'noda bosh chayqab,yaxshisi sizlarga shahardagi gaplardan gurung beray,deya töyga borishdan bosh tortdi.Ravshan uchun dasturxon yozildi.Ravshan choy ustida uy bilan bog'liq bölib ötgan voqealar xususida, endilikda uning oila-a'zolariga aylanib bölgan xonadon ahliga bir boshdan sözlab berdi.Tölagan ota dalda berdi,hechqisi yöq.Yigitchilikda hamma narsa boshdan ötadi,ota-onagga xudo insof bermasa qiyin.Sen gina saqlama,otang tentak bölsa bog'lab boq,deydi.Vaqti-bemahal hol ahvol sörab,duosini olaver,deb gapni boshqa tarafga burib,xolang töydan gap ochganday böluvdi.Norqul raisning nevarasini köz ostingga olganing rostmi?,deya jilmayib taqmoqlab söradi.Gapni Barchin momo ilib ketdi.-Ravshan bolam,sen ota-onangdan xafa bölma,nasib qilsa töy bahona yarashib ketasizlar.Bugun avvaliga Nafisaning özi bilan söng momosi bilan gaplashdim.Noznigor suluvgayam gap berib qöydim,közingdan aylanay.Ertaga Nafisa bilan gaplashib könglini bil.Shartini aytsin,sen aytadigan gapingni ayt , ma'qul tushsanglar ana keyin sovchi qöyamiz,deya tushuntirdi.Ravshan ish bu qadar jadal siljishini kutmagani uchun ich-ichidan sevinib ketdi. -Borlaringizga shukur,mendan qaytmasa xudodan qaytsin.Hamma yaxshiliklaringiz men uchun xudoni mukofotiday,men qancha tirishmayin baribir qaytarolmayman,deya butun vujudi bilan rozi bölib minnatdorchilik bildirdi...
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Пятница, 16.11.2012, 10:28 | Сообщение # 12 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Yaxshi kutamiz to'yni)
|
|
| |
Sokina | Дата: Пятница, 16.11.2012, 17:12 | Сообщение # 13 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Ertasiga Nafisa bilan Ravshan, Barchìn momoning tashabbusi bilan uchrashib bafurja suhbatlashib olishshdi.Nafisa aqlli,öqimishli va samimiy qishloq qizi ekan.Bolaligida onasining ehtiyotsizligi tufayli oyog'iga qaynoq suv tökilib kuyib qolgani uning "ayb"i ekan.Albatta,bundan qishloq ahli xabardor bölgan.Göyo, bu "aybdor" qiz tökis baxtga loyiq emasdek,avvaliga uni yoqtirgan yigitlardan sovchi kela boshlagan.Özini ularga teng körmagani uchun rad javob beravergan.Keyinchalik,öziga teng bölmagan yigitlardan sovchi chiqa boshlagan.Qizning bu holatlardan yuragi kuygandek ta'sirlangan va bir umr yolg'iz ötishga ahd qilgan.Oliygohni bitirib maktabda dars bera boshlagan qiz butun aqlu-salohiyatini bolalarga bilim berishga sarf qilgan.Shu bilan oradan vaqt ötib ketavergan.Endi unga "qari qiz",degan tamg'ani bosishgan-u,hatto 3-4 farzandi bilan beva qolgan odamlardan ham sovchi chiqa boshlagan.Uning qalbi baxt tushunchasidan butkul voz kechib umidsizlikka tushgan kunlari Ravshanga duch kelgandi.Barchin momoning qayta-qayta,öylab kör qizim,Ravshan yaxshi bola.Endiii,agar taqdiring qöshilgan bölsa,haligi zormandaga qaytish-qaytmasligi sengayam bog'liq.Mashoyihlarimiz "erni er qiladigan ham,qaro yer qiladigan ham xotin",deyishadi.Aqlli qiz bölganing uchun ham aytayapman.Ma'qul bölsa,ertaga gaplashib kör,deya uqtirgandan söng,Vaziradan Ravshan haqida sekin surishtirdi.Vaziradan ijobiy fikrlar eshitgach,hech bölmasa bir marta gaplashib körishga qaror qildi.Özicha öyladi, tengdoshlarining töng'ich bolasi maktabga chiqadigan bölgan.Nima bölsayam peshonamdan köraman,harqalay ota-onam ham hech bölmasa mening tashvishimdan qutular,öziyam yomon yigitga öxshamaydi,degan fikrda Ravshan bilan körishishga rozi bölgandi.Ravshan ham bekitmasdan bor gapni aytdi,Nafisa unga quloq tutib gap-sözlarini mulohaza qilgancha eshitib turdi. Keyin,öz navbatida u ham oyog'ida jarohat izlari borliginiyam aytdi.Bu esa Ravshan uchun unchalik ahamiyatli emasdi,uning köngliga taskin berib ,hechqisi yöq xohlasangiz plastik operatsiya qildiramiz,deb qöydi.Nafisa unga jilmayib qöydiyu,ruxsat sörab uyiga ketdi.Ular Barchin momoning uyida boshqa uchrashishmadi. Oradan bir hafta ötib qishloqda ixchamgina töy qilishdi.Qishloq momolari,Ravshanboy yangi qurgan uyida elga töy berdi,Nafisa oydek kelin böldi,bu qishloq hali bunday suluv kelinchak körmagan,deya yomonini yashirib yaxshisini oshirib töyni xöp maqtashdi.Bir qozon oshni,besh qozon deb aytishdi.Nafisa tongda turib,hovlisi yöq uyining oldini supurdi.Tört tarafga qarab kelin salom berib, egilib ta'zim qildi.Ötgan-ketganlarni uzoqdan körib qolsa-da,ta'zim qilaverdi... . Ravshan töydan oldin,ota-onasini töyga aytib keldi.Otasi keldi,lekin xuddi begonalardek bir chetdan kelib,bir chetdan ketdi.Avvaliga,qishloqdoshlarining ög'liga körsatayotgan himmat-ikromini,mening hurmatim uchun qilishayapti,deb öylab özicha mag'rurlanib ötirdi. Ammo,qishloqdoshlari unga azbaroyi Ravshanning hurmati uchun "töylar muborak",deb qöyishayotganiga keyinchalik ahamiyat berib qoldi.Ravshan shunisigayam xursand böldi.Tölagan ota hay-haylab töy boshida turdi,Barchin momo kampirlarga gap bermadi.Qishloq ahli özi olib kelgan noz-ne'matni özi yeb ketdi hisob. Ravshanning özi,hali boshlamagan ishidan avans olgandi,xolos. Abror bilan Hamdam töy harajatlarining anchagina qismini kötarishdi.Ammo,hamma buni körib-bilib turgan bölsada,Ravshanboy qishloqqa osh berdi,deb gapirishdi... Добавлено (16.11.2012, 15:24) --------------------------------------------- Oradan biroz vaqt ötib,Tölagan ota xonadoni va el-ulusdan rozi-rizolik bilan duo olib shaharga köchib ketishdi.Ravshan dösti Abrorga yordamchi bölib ish boshladi.Nafisani esa shahar maktablaridan biriga ishga joylashtirib qöydi.Hamdamniyam Abrorning firmasiga ishga chaqirib olishgach,uchchala döst birgalikda ancha-muncha daromad qilishib moddiy ahvolini yaxshilab olishdi.Kunlardan bir kuni uning ostonasida Rustam paydo bölib qoldi.Qiyomatlik döstim,bormisan,deya ayyorlik qilganda,Ravshan uning yuziga eshikni qattiq yopib oldi.Oshxonada ovqat pishirayotgan Nafisaning kim ekan?,degan savoliga, löli,gadoy kelib qolibdi,deb qöydi.Ota-onasining fe'li esa hamon ösha-ösha. Ba'zi-ba'zida Nafisaning qistovi bilan ota-onasini körib kelishga borib turishardi.Lekin,qishloqqa boraylik,desa uchib borgudek otlanardi.Ular qishloqqa borishsa avvalo,Tölagan otanikidan xabarlashishardi... Добавлено (16.11.2012, 16:02) --------------------------------------------- Ravshan öz hayoti misolida,insonga Alloh taolo tanlash imkoniyatini bergani va niyat hamda amallariga qarab hidoyat yoki jaholat yölini ato qilishini anglab yetgandi.Endi uning yashashdan maqsadi hamda hayotida esa mazmun-mohiyat borligini his qilardi.Har qanday omadsizlikdan söng,albatta yana omad hamroh böladi.Buning uchun yashash qoidalarini chalkashtirmaslikning özi kifoya ekanini ham anglab yetgandi.Bu dunyo ötkinchi va sinovli dunyo ekani, Alloh hech bir bandasiga haddidan ziyoda sinov yubormasligiga amin bölgandi.U yashashiga halaqit beradigan odamlar,vaziyatlar,moddiy va ma'naviy zararlardan butkul voz kechib hayot kechirishga harakat qilardi.Nafisaning va atrofidagi yaxshi insonlarning qöllab-quvvatlashi esa unga kuch-quvvat bag'ishlardi.Bu kichik oilaning dunyo qarashi bir-biriga muvofiq edi.Oilada bir-biri bilan kurashib emas,kelishib ymrguzaronlik qilishga ahdlashib olishgandi.Ravshan atrofidagi har qanday ikir-chikir gap-sözlarga e'tibor qilmas,bu ortiqcha mashmashalar faqatgina asosiy maqsadidan chalg'ituchi "qora kuchlar" ekanligini ham anglab yetgandi.Undagi ayni paytdagi sog'lom idrok va iroda kuchi ötmishining qora kunlariga yana qaytmaslik uchun yetarli,deb öylar va hayotdan olgan saboqlari,shu kunlarga yetib kelgani uchun yaxshi insonlarni sababchi qilgan yolg'iz yaratgan pok parvardigor Allohu taologa hamdu-sano aytishdan charchamasdi. Insonlarga ato qilgan ezgu ne'matlarni kelajakda farzandlari tarbiyasida ham qöllashni Nafisa bilan birgalikda orzu qilishardi.U endilikda mutlaqo özgacha fikrlaydigan insonga aylangandi... Добавлено (16.11.2012, 16:12) --------------------------------------------- Xotima.Allohning haqqligi qanchalar haqiqat bölsa,shayton alayhla'naning buzg'unchiligi ham shunchalar haqiqatdir! Yaratganning amriga itoat etish har bir banda uchun FARZ (shart)! Allohning haqq yölini tanlaganlar esa albatta, hidoyat yölidadirlar!
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Воскресенье, 18.11.2012, 09:25 | Сообщение # 14 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| RAHMAT))
|
|
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 16.12.2012, 19:32 | Сообщение # 15 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Sizga ham rahmat)
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
|